Научная статья на тему 'KOREYS VA O‘ZBEK LINGVOMADANIYATLARIDA AYOL BILAN BOG‘LIQ EVFEMIZMLARNING YOSH XUSUSIYATLARI'

KOREYS VA O‘ZBEK LINGVOMADANIYATLARIDA AYOL BILAN BOG‘LIQ EVFEMIZMLARNING YOSH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Conferences
Область наук
Ключевые слова
lingvomadaniyat / konsept / evfemizm / ayol / marosim / balog‘at davri / birlashgan Silla davri / yosh davri / keksalik. juvon. / linguistic culture / concept / euphemism / woman / ceremony / adulthood / unified Silla dynasty / youth period / old age / juvon.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Diloram Ravshanovna Ashirbayeva, Zuhra U. Yo‘Lchiyeva

Ushbu maqolada koreys va o‘zbek lingvomadaniyatida ayol konseptiga oid evfemizmlar yosh davrlarga ko‘ra yoritilgan. Shuningdek, tarixiy jarayonlarda ayolga bo‘lgan munosabat va uning tilda aks etgan ko‘rinishiga oid ma’lumotlar ham misollar asosida yoritilib, tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

YOUNG CHARACTERISTICS OF EUPHEMISMS RELATED TO WOMEN IN KOREAN AND UZBEK LINGUISTIC CULTURES

In this article, euphemisms related to the concept of women in Korean and Uzbek linguistic culture are covered according to the age. Also, information about the attitude towards women and her appearance reflected in the language in the historical processes is highlighted and analyzed on the basis of examples

Текст научной работы на тему «KOREYS VA O‘ZBEK LINGVOMADANIYATLARIDA AYOL BILAN BOG‘LIQ EVFEMIZMLARNING YOSH XUSUSIYATLARI»

DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-11-75-81

Pages: 75-81

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS

4th INTERNATIONAL CONFERENCE

KOREYS VA O'ZBEK LINGVOMADANIYATLARIDA AYOL BILAN BOG'LIQ EVFEMIZMLARNING YOSH XUSUSIYATLARI

Diloram Ravshanovna Ashirbayeva

dotsent, PhD Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston E-mail: hangook2019@gmail.com

Zuhra U. Yo'lchiyeva

Magistratura talabasi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston E-mail: zuhrayulchiyeva7@,gmail.com

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: Annotatsiya: Ushbu maqolada koreys va o'zbek lingvomadaniyat, konsept, lingvomadaniyatida ayol konseptiga oid evfemizmlar yosh evfemizm, ayol, marosim, davrlarga ko'ra yoritilgan. Shuningdek, tarixiy jarayonlarda balog'at davri, birlashgan Silla ayolga bo'lgan munosabat va uning tilda aks etgan davri, yosh davri, keksalik. ko'rinishiga oid ma'lumotlar ham misollar asosida yoritilib, juvon._tahlilga tortilgan._

YOUNG CHARACTERISTICS OF EUPHEMISMS RELATED TO WOMEN IN KOREAN AND UZBEK LINGUISTIC CULTURES

Diloram Ravshanovna Ashirbayeva

associate professor, Ph.D Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan E-mail: hangook2019@gmail. com

Zukhra U. Yolchiyeva

Master's student Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan E-mail: zuhrayulchiyeva7@,gmail.com

ABOUT ATRICLE

Key words: linguistic Abstract: In this article, euphemisms related to the culture, concept, euphemism, concept of women in Korean and Uzbek linguistic culture are woman, ceremony, adulthood, covered according to the age. Also, information about the unified Silla dynasty, youth attitude towards women and her appearance reflected in the period, old age, juvon. language in the historical processes is highlighted and _analyzed on the basis of examples._

МОЛОДЕЖНЫЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ЭВФЕМИЗМОВ, СВЯЗАННЫХ С ЖЕНЩИНАМИ, В КОРЕЙСКОЙ И УЗБЕКСКОЙ ЛИНГВОКУЛЬТУРАХ

Дилорам Равшановна Аширбаева.

доцент, PhD

Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан E-mail: Hangook2019@gmail. com

Зухра У. Ёлчиева

студент магистратуры Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан E-mail: zuhrayulchiyeva 7@gmail. com

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Аннотация: В данной статье рассматриваются языковая культура, концепт, эвфемизмы, связанные с концептом женщина в эвфемизм, женщина, обряд, корейской и узбекской лингвокультуре в зависимости от период Объединенной Силлы, возраста. Также на основе примеров даются сведения об период молодости, старость, отношении к женщине в исторических процессах и его жувон._проявлениях, отраженных в языке._

Lingvistik tadqiqotlarda ayol konsepti o'ziga xos xusisiyatlarga ko'ra alohida o'rin tutadi. Sababi esa ayollik biologik tushuncha bo'libgina qolmay, ijtimoiy xarakterga ham ega hisoblanadi. So'nggi paytlarda tilshunoslik nuqtai-nazaridan gender tadqiqiga oid masalalar keng muhokama qilinmoqda.

Xususan, ayol konseptini koreys va o'zbek tili doirasida tahlil qiladigan bo'lsak, undagi bir

qancha xususiyatlarni ko'rishimiz mumkin. Koreys tilda ayol [yoeja], [nyoeja],

ayollik esa ^o [yeoseong] so'zlari orqali ifodalanadi. Ma'lumki, koreys tilidagi so'zlarining

ko'pchiligi [hanja-eo] (Щ Hp) ya'ni - xitoy ierogliflariga asoslangan koreys

so'zlariga asoslanadi. Mazkur tizimda kerakli so'zni topishda so'z o'zagi kalit vazifasini o'taydi. Bunda qO [yeoseong] va q*[yeoja], so'zlari hanja hisoblanib, Щ [nyeo] (A) belgisi suv tayyorlamoq, sizib chiqmoq so'zidan olingan bo'lib, "sut ishlab chiqaruvchi odam" degan

ma'noni anglatadi. Hanjada ^(A) belgisi bola emizayotgan ayol tasviriga yaqin shakl deya qaraladi.

Ma'lumki, til madaniyatni o'zida aks ettiradi. Har bir xalq madaniyatida til yuqori o'rin tutadi va aynan shu xalqning madaniy jihatlari tilda o'z aksini topadi. Masalan, ko'plab sharq xalqlari madaniyatida erkaklar orasida ayolining hol ahvolini so'rash mumkin emas. Bir erkak tomonidan boshqa bir erkakka "xotiningiz yaxshimi?", "ayoling qalay?" deya savol berish odatda o'rtada tushunmovchilik keltirib chiqarishi mumkin. Buning o'rniga umumiy tarzda "Uydagilar yaxshimi?", "Uy ichi tinchmi?" - deya so'rash mumkin, ammo hol-ahvol so'rashda erkakning ayoli tomonga o'tilmaydi. Bundan ko'rinadiki, muloqotda lingvomadaniy jihatlarni ham hisobga olish muhim va ahamiyatlidir. Shunga ko'ra koreys va o'zbek lingvomadaniyatida ham ayollik va ayolga munosabat bir qancha jihatlarni o'z ichiga oladi. Ta'kidlash kerakki, ushbu xususiyatlarda evfemizm hodisasining ham o'rni beqiyos.

Birgina yosh davrlariga ko'ra ayol konseptini ifodalovchi evfemizmlar alohida jihatlarga ega bo'lib, har bir yosh bosqichida ayolga munosabat va bu munosabatning nutqda aks etishi turfa xil ko'rinish kasb etishi mumkin.

Insonning yoshini davrlarga ajratish anatomo-fiziologik o'zgarish xususiyatlari bilan birga uning jamiyatda vaqt o'tishi bilan egallab boruvchi o'rni va mavqeiga ham bog'liqdir. Bunda har bir yosh davri o'zida ma'lum bir xususiyatlarni mujassamlashtiradi. Xususan, ayol jamiyat nuqtai-nazaridan qaralsa, turli yosh davrlariga turlicha ijtimoiy munosabatlarga kirishadi.

Ayol yoshini hayot kechirish davriga ko'ra bir necha pog'onalarga ajratish mumkin:

-yoshlik davri(qiz/qizaloq);

- balog'at davri(kelin/rafiqa);

- keksalik davri(buvi/qaynona)1

Ta'kidlash lozimki, ayolni yoshiga ko'ra tasniflash ma'lum bir davr yohud biron ijtimoiy tuzum tamoillariga ko'ra ham turlicha bo'l ib, bu omil har bir millat va elatlar hayotining tarixiy jarayonlari bilan bog'liqdir.

Masalan, qadimda Birlashgan Silla davrida qishloqchilik hujjatlarida [sinlachonlagmunseo] ayollar yoshga ko'ra olti toifaga bo'lingan: [sonyeoja],

[chunyeoja], [jonyeoja], o И [jeongnyeo], [jemo], [nomo].

[sonyeoja]ning yoshi 1 yoshdan 10 yoshgacha deya qaraladi. ^И^ [jonyeoja] so'zi 16 yoshdan

1 Shamsiyeva Sh. Xitoy va o'zbek tillarida maishiy evfemizmlar. - Toshkent: Mahalla va oila. 2021. - B. 89. SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 77

19 yoshgacha bo'lgan qizlarga ishlatilgan. ОЩ esa [jeongnyeo] 20 yoshdan 59 yoshgacha

bo'lgan ayollarga nisbatan qo'llangan hamda Ц0|°| ^^ - ya'ni, o'zining eng yaxshi

davridagi ayol ma'nosini ifodalaydi va Konfutsiychilik nazariyasida borliqdagi mavjud bo'lgan

^^[ohaeng] ya'ni, besh unsurning biri - 'M'[bul] - olovga ishora qiladi. Bu jihat ayolning

olovdek jo'shqin, ayni yetilgan davrini ifodalaydi. Bu guruhdagi ayollar jamiyat hayotida turli jismoniy mehnat faoliyatini amalga oshirganlar va hukumat tomonidan o'rnatilgan soliqlarni to'laganlar. Yuqorida ayollarning ma'lum bir yoshiga nisbatan ishlatilgan so'zlarga qo'shimcha

ravishda тЩ^ [chunyeoja] so'zidan ham foydalanilgan bo'lib, uning aniq tarifi ma'lum bo'lmasada, ba'zi ma'lumotlarga оЩ [jeongnyeo] va [jonyeoja] yoshiga yetishi

mumkin bo'lgan qiz ma'nosini ifodalaydi. ТЩ^ [chunyeoja]ning yoshiga oid tahminiy

ma'lumotlar mavjud. Ba'zi manbalarda bu nomdagi ayollarning yoshi 10 yosh deb berilsa, ba'zi manbalarda esa 11 yoshdan 14 yoshga deya keltirib o'tilgan1. Yosh davrlariga bo'lishining bunday ko'rinishi mamlakatda soliq ishlarini tartibga solish maqsadida amalga oshirilgan.

Koreys va o'zbek lingvomadaniyatida ayolga bo'lgan munosabat avvalo nikoh munosabatlari bilan aloqadordir. Bu jihatdan ikki madaniyatda ham nikoh ayolning balog'atga yetishi bilan bog'liq tushuncha hisoblangan. Koreyada balog'atga yetgan qiz va yigitlar uchun

maxsus marosimlar ham mavjud bo'lgan. Masalan, qizlar uchun [gyerye] marosimi

o'tkazilgan bo'lib, unda qarindosh-urug'lar orasida yuqori mavqega ega bo'lgan ayol uch kun

oldin uyga kelib e'zozlanadi va marosim kunida voyaga yetgan qizning sochiga yIH[binyeo] -

maxsus to'g'nog'ichni taqqan. O'rta asrlarda mazkur buyum ^°i[binhyeo], ^i*|[geosgoji] deb ham atalgan.

Bunda balog'atga yetish koreys tilida o^0| E|Lf- [seongnyeon-i doeda] so'zi orqali ifodalanadi: Л^ £|E, Л°| йв ### (voyaga

yetsa bobosidan katta meros qoladi2. Bundan tashqari aynan shu ma'noni ifodalovchi о^ЭД 0|s^(voyaga yetmoq), E|C|-(kattaga aylanmoq), (to'liq

^ qxf- ^ https://encykorea.aks.ac.kr/Article/E0072043

2 h|tps://m^og^aBeB^im/aiinaBBBBooii22BBBB

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 78

rivojlanmoq), ^sh°^(yetuklikka erishish), ^^°^(muvaffaqiyatga erishmoq) kabi

so'zlardan ham foydalanish mumkin.

O'zbek lingvomadaniyatida ham bu tushuncha o'ziga xos xususiyatlarga ega. Qizlarni balog'atga yetishi aynan oila qurish yoshiga yetishi bilan teng holda tushunilgan. Qizlarning balog'at yoshi ularning yoshi va unda kuzatiladigan jismoniy o'zgarishlar bilan me'zonlanadi. Bunda ulg'aymoq, yoshiga to 'lmoq, ko'zga tashlanib qolmoq, bo'yi yetmoq/cho'zilmoq, ko'zga ko'rinmoq, katta qiz bo'lib qolmoq kabi so'z va iboralar balog'atga yetmoq ma'nosida qo'llaniladi. Masalan: 1. Bo'yi yetgan qizning orzusi osmondagi yulduzga o'xshaydi(O'tkir Hoshimov. Ikki eshik orasi). 2.- Obbo, Mohchuchuk-ey, katta qiz bo'lib qolibsiz-a! (Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar). 3. Bir payt xonaga xolamning bo'yyetib, ko'zga tashlanib qolgan nabirasi - Muborak kirib kelib: - Tog'a, sizni Shoiraning oyisi so'rayapti, -deb qoldi. (Muhammad Xayrullayev. Birinchi muhabbat).

Ko'rinib turibdiki, yuqorida berilgan misollarning barchasi ayni qizning balog'atga yetganligiga ishora qilmoqda va bu ma'no qay shaklda berilmasin, so'z ma'nosida qo'pollik sezilmaydi va fikrlar evfemik madaniyat bilan yetkazilmoqda. O'zbek madaniyati tarixida koreys madaniyatida bo'lgani kabi ayol yoshi ma'lum me'zonlar asosida davrlarga bo'linmagan bo'lsada, yosh farqlarini ifodalovchi so'zlar orqali mazkur farqliklar anglashilgan.

O'zbek tilida o'rta va katta yoshli ayolni ifodalovchi "xotin" so'zi turmushga chiqqan va chiqmagan ayol uchun ham qo'llanilishi mumkin: Qandoq polvon xotin edi, yursa yer titrardi. (Said Ahmad. Jimjitlik). Shuningdek, aynan shu ma'noda qo'llanuvchi "juvon" so'zi ham mavjud bo'lib, bu so'z mohiyatan o'rta yoshli ayolni bildiradi: Juvonning chehrasiga daf'atan iliq bir mehr toshib, ma'yus kulimsiradi. (Shukur Xolmirzayev. O'n sakkizga kirmagan kim bor?).

Juvon so'zi ma'noviy xususiyatiga ko'ra salbiy yoki nisbatan ijobiy ma'nolarda qo'llanishi mumkin. O'zbek tilining izohli lug'atida bu so'zga quyidagicha ta'rif va misollar keltirib o'tilganini ko'ramiz: Juvon :

1. Erga chiqqan, ammo hali yosh ayol. 1. To'xta, xola atrofga olazarak qarab turgan edi, o'rta yashar bir juvon kelib qoldi. (I.Rahim, Chin muhabbat). 2. Yoshi ortib borayotgan har bir qiz, har bir juvon singari, To'raxon ham bola ko'rishni xohlar edi. (M.Ismoiliy. Farg'ona tong otguncha).

2. Erdan chiqqan yoki tul qolgan xotin. 1. [Qutidorning] Bordi-keldi bitta juvon qizi bor-ku, muncha, to'yni boshqa, nikohni boshqa qilamiz, deganiga hayronman, - dedi birinchi kishi. (A.Qodiriy. O'tgan kunlar). 2. Juvon olmang, qiz oling: Qizning qilig'i yaxshi. "Oq olma, qizil olma".

3. Iffatini yo'qotgan qiz. - Qizmi, juvonmi, Gulnormi - baribir, men dadamning yosh xotin olishini xohlamayman, - dedi Salim. (Oybek, Tanlangan asarlar)"1. Yuqoridagi ta'riflardan shuni anglash mumkinki, juvon so'zi nisbatan salbiy ma'noga ega bo'lib, uning o'rniga nutqga xushmuomalalik ma'nosini yuklash uchun ayol so'zini ishlatish maqsadga muvofiq. Shuningdek xotin, juvon so'zlariga qaraganda ayol so'zi kundalik hayotda, siyosatchilar va diplomatlarning nutqlarida, ishbilarmonlik aloqalarida, shu bilan birga, badiiy va publitsistik asarlarda eng faol qo'llanuvchi so'zlardan ham hisoblanadi va bu so'z ma'nosida asosan ijobiylik aks etadi: Shabada elitib mizg'ir u andak, Ayolning olami o'ng mingta she'r. (Oydin Hojiyeva. Mushfiq onajon she'ri).

A.J. Omonturdiyevning o'zbek tilining qisqacha evfemik lug'atida ayollikni ifodalovchi birliklar batafsil keltirib o'tilgan bo'lib, bu birliklarni xotin so'zi o'rnida nutqning ifoda-maqsadidan kelib qo'llash mumkin: ayol, aya, ahliyat, beka, bulbul, vafodor, dildor, yo'ldosh, yor, yostuqdosh, juft, jufti halol, zavja, zavjai halol, zaifa, zan, kampir, kelin, mahram, ojiza, oila, oyisi, onasi, rafiqa, tanmahram, turmush o'rtoq, uyning guli, umrdosh, umr yo'ldoshi, xasm, xonim, evluk, o'rtoq, qalliq, hayot yo'ldoshi, halol, haram2. Yuqorida keltirilgan ayollikni ifodalovchi evfemik birliklarda kundalik hayotda qo'llaniluvchi so'zlar bilan bir qatorda diniy ma'noga ega bo'lgan evfemik birliklar ham mavjud ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Koreys tilida xotin, turmush o'rtoq ma'nosini ifodalovchi O^Lfl [ane] so'zi bo'lib, bu so'z

Aë ya'ni "Erkak turmush qurgach, u bilan birga yashovchi

ayol" ma'nosini anglatadi. Misollar: 1. Лё 0|-ВД AO - U ayoli bilan

munosabati yaxshi. 2.OLë Й^Р - Quvnoq ayol umrni zavqqa

to'ldiradi. Koreys erkaklari ayoliga [yeobo], ^^ [buin], [jagiya], G^Ef-

[manura], onh [yeongam], ы4п [jipsaram], ^Gf- [aegi eomma] deb xitob qiladilar4.

Bundan tashqari ayol ma'nosini beruvchi keksa yoshdagi insonlar nutqida ko'proq uchraydigan 31Ы so'zi ham mavjud. ^1ы5 [kyejib] sof koreyscha so'z hisoblanadi: Biroq bu so'z bugungi kunda kamsituvchi mazmunga ega. Mazkur so'z bilan bog'langan axsus maqol ham bor bo'lib,

1 O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik 1-jild, Toshkent: O'ME, 2006. - B. 110.

2 Omonturdiev A.J. O'zbek tilining qisqacha evfemik lug'ati. Toshkent, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. "Fan" nashriyoti, 2006. 134 bet, 28,30-betlar.

3 https://m.blog.naver.com/

4 Ashirbayeva D.R. Koreys va o'zbek diskursida murojaat birliklarining qiyosiy tadqiqi: Filol. fan. bo'yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoref. - Toshkent. 2023. - B. 14.

5 ht|ps.//namu.wiki/w/%EA%B3%84%EC%A7%91

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 80

^lu u ^ ^d1 "ayol og'zidagi arzon narsa" ya'ni ayollarning bema'ni gaplarni gapirishi va

o'ylamay ko'pirtirib gapirishi odatiga ishora qiluvchi istehzoli ma'no kelib chiqadi.

[ajumma] yoki [ajumoni] so'zi bu o'rta yoshdagi ayolga nisbatan

qo'llaniladigan murojaat bo'lib, xola, amma ma'nosida keladi. Odatda, u kundalik hayotda o'rta yoshli ayollarga nisbatan keng qo'llaniluvchi so'z hisoblanadi. Qadimgi davrlarda ayollar erta

turmush qurishgan, shuning uchun 20 yoshdan oshgan qizlarga murojaati ishlatilgan.

Bugungi kunga kelib esa 30 va undan katta yoshdagilar uchun ham [ajumma] yoki

Ox^M [ajumoni] so'zlari ishlatiladi. Ammo, ba'zi bir ayollar ularga nisbatan bu so'zning

ishlatilishida kamsituvchi ma'no bor, deb hisoblashadi. Buning o'rniga ko'proq 0|fi. [imo] -

xola so'zi qo'llash maqsadga muvofiq. Ta'kidlash kerakki, 0|S. [imo] so'zi so'nggi paytlarda

kamsituvchi obrazga aylangan [ajumma] ga qaraganda ancha muloyim ma'noga ega

murojaat shaklidir. Shuning uchun katta yoshdagi ayol tinglovchilar so'zlovchidan o'zlariga nisbatan murojaatda ko'proq shu so'zni ishlatishlarini afzal ko'rishadi. Nutqda ushbu so'zga - □

[-nim] qo'shimchasini qo'shgan holda [imonim] tarzida aytish murojaatga yanayam

hurmat va yumshoqlik beradi.

Bundan kelib chiqadiki, evfemizmlar nafaqat aytilishi qo'pol bo'lgan so'z ma'nosini yashiradi, balki madaniy muloqot me'yorini ta'minlash uchun ham hizmat qiladi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, Koreys tilida ham, o'zbek tilda ham yosh tafovvutlari evfemik birliklarni qo'llashda muhim o'rin tutadi.

Ikki tilda ham yoshni ifodalovchi leksik birliklarning shakllanishi uzoq tarixiy jarayonni

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

bosib o'tgan. Masalan qadimgi davrlarda ayolni ifodalagan bo'lgan bo'lsa, zamonaviy

davrlarga kelib uning mohiyatida ayolni kamsituvchi ma'noga ega so'zga aylangan. O'zbek tilida ham juvon so'zi davrlar o'tib ma'noviy xususiyatiga ko'ra biroz salbiy ko'rinishga kelgani yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik 1-jild, Toshkent: O'ME, 2006. - B. 110.

1 Chul Woo Son. The motives of self-sacrifice in korean american culture, family, and marriage. 27-page.

^^ttgsy/www.wigiandstock.com

2. Omonturdiev A.J. O'zbek tilining qisqacha evfemik lug'ati. Toshkent, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. "Fan" nashriyoti, 2006.

3. Xojiyev A. Lingvistik terminlar izohli lug'ati. - T.: O'qituvchi, 1974.

4. Shamsiyeva Sh. Xitoy va o'zbek tillarida maishiy evfemizmlar. 2021.

5. H w sm^Ai ^^ https://encykorea.aks.ac.kr/Article/E0072043

6. Kwon Hwan's Poetry Book 2 2)^*^ 2023.08.25.

https://ridibooks.com/books/1745006294

7. Chul Woo Son. The motives of self-sacrifice in korean american culture, family, and marriage. https://www.amazon.com/Motives-Self-Sacrifice-American-Culture-Marriage/dp/1625641605

8. https://www.wipfandstock.com

9. https://m.blog.naver.com/tjina0210ooi/222509370792

10. https://m.blog.naver.com/

11. https ://namu. wiki/w/%EA%B 3%84%EC%A7%91

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.