Научная статья на тему 'EVFEMIZMLARDA GENDER XUSUSIYATLARNING NAMOYON BO‘LISHI'

EVFEMIZMLARDA GENDER XUSUSIYATLARNING NAMOYON BO‘LISHI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Conferences
Область наук
Ключевые слова
evfemizm / gender / ayol / erkak / lingvomadaniyat / axloq / xulq / tashqi ko‘rinish. / euphemism / gender / female / male / linguistic culture / morality / behavior / appearance.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Shoxistaxon Qudratullayevna Shamsiyeva

Mazkur maqolada xitoy va o‘zbek lingvomadaniyatlaridagi evfemizmlarning gender xususiyatlari, xususan, ayol va ayollik bilan bog‘liq keng tarqalgan va sermahsul qo‘llaniladigan evfemik so‘z va iboralar tadqiq etildi. Xitoy va o‘zbek tillarida “ayol”, “ayollik” tushunchalari bilan bog‘liq evfemizmlar ayolning yoshi, axloqi, turmushga chiqishi, tug‘ruqoldi, tug‘ruq va tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq mavzuiy guruhlarga ajratib o‘rganildi. Evfemizmlarning jamiyatda ayolga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi, G‘arb xalqlari madaniyatining taʻsiri, mentalitetdagi yangilanishlar, sharqona axloq meʻyorlariga jips bog‘liqlikda shakllangani va qo‘llanishga o‘tgani aniqlandi. Evfemik ottenkali so‘z va iboralarning nutqiy madaniyat zarurati bilan miqdoran boyib, shaklan o‘zgarib kelishi ayon bo‘ldi. Shuningdek, evfemizmlarda “ayol”, “ayollik” tushunchalarining voqelanishinig lingvomadaniy va pragmatik omillar izohlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSION OF GENDER CHARACTERISTICS IN EUPHEMISMS

In this article, the gender characteristics of euphemisms in Chinese and Uzbek linguistic cultures, in particular, the widely used and prolifically used euphemistic words and expressions related to female and femininity were studied. Euphemisms related to the concepts of “female” and “femininity” in Chinese and Uzbek languages were studied by dividing them into thematic groups associated with a female’s age, morals, marriage, childbirth and appearance. It was found that euphemisms were formed and used in connection with changes in the attitude towards women in society, the influence of the culture of Western nations, updates in mentality and the norms of Eastern morality. It became clear that words and phrases with euphemistic tone are enriched in quantity and changed in form by the necessity of speech culture. Linguistic, cultural and pragmatic factors of the realization of the concepts of “female”, “femininity” in euphemisms were also explained.

Текст научной работы на тему «EVFEMIZMLARDA GENDER XUSUSIYATLARNING NAMOYON BO‘LISHI»

DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-26-195-202

Pages: 195-202

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS

4th INTERNATIONAL CONFERENCE

EVFEMIZMLARDA GENDER XUSUSIYATLARNING NAMOYON BO'LISHI

Shoxistaxon Qudratullayevna Shamsiyeva

dotsent, PhD Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston E-mail: Shohistaxon81@mail.ru

MAQOLA HAQIDA_

Annotatsiya: Mazkur maqolada xitoy va o'zbek lingvomadaniyatlaridagi evfemizmlarning gender xususiyatlari, xususan, ayol va ayollik bilan bog'liq keng tarqalgan va sermahsul qo'llaniladigan evfemik so'z va iboralar tadqiq etildi. Xitoy va o'zbek tillarida "ayol", "ayollik" tushunchalari bilan bog'liq evfemizmlar ayolning yoshi, axloqi, turmushga chiqishi, tug'ruqoldi, tug'ruq va tashqi ko'rinishi bilan bog'liq mavzuiy guruhlarga ajratib o'rganildi. Evfemizmlarning jamiyatda ayolga bo'lgan munosabatning o'zgarishi, G'arb xalqlari madaniyatining ta'siri, mentalitetdagi yangilanishlar, sharqona axloq me'yorlariga jips bog'liqlikda shakllangani va qo'llanishga o'tgani aniqlandi. Evfemik ottenkali so'z va iboralarning nutqiy madaniyat zarurati bilan miqdoran boyib, shaklan o'zgarib kelishi ayon bo'ldi. Shuningdek, evfemizmlarda "ayol", "ayollik" tushunchalarining voqelanishinig lingvomadaniy va pragmatik omillar izohlandi._

EXPRESSION OF GENDER CHARACTERISTICS IN EUPHEMISMS

Shakhistakhan Qudratullayevna Shamsiyeva

associate professor, Ph.D Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan E-mail: Shohistakhon81@mail. ru

ABOUT ATRICLE_

Key words: euphemism, Abstract: In this article, the gender characteristics of gender, female, male, linguistic euphemisms in Chinese and Uzbek linguistic cultures, in culture, morality, behavior, particular, the widely used and prolifically used euphemistic appearance. words and expressions related to female and femininity were _studied. Euphemisms related to the concepts of "female" and

Kalit so'zlar: evfemizm, gender, ayol, erkak,

lingvomadaniyat, axloq, xulq, tashqi ko'rinish.

"femininity" in Chinese and Uzbek languages were studied by dividing them into thematic groups associated with a female's age, morals, marriage, childbirth and appearance. It was found that euphemisms were formed and used in connection with changes in the attitude towards women in society, the influence of the culture of Western nations, updates in mentality and the norms of Eastern morality. It became clear that words and phrases with euphemistic tone are enriched in quantity and changed in form by the necessity of speech culture. Linguistic, cultural and pragmatic factors of the realization of the concepts of "female", "femininity" in _euphemisms were also explained._

ВЫРАЖЕНИЕ ГЕНДЕРНЫХ ХАРАКТЕРИСТИК В ЭВФЕМИЗМАХ

Шахистахан Кудратуллаевна Шамсиева.

доцент, PhD

Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан E-mail: Шохнстахон81@таИ. ru

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Аннотация: В данной статье исследованы

эвфемизм, гендер, женщина, гендерные характеристики эвфемизмов в китайской и мужчина, лингвокультура, узбекской лингвокультурах, в частности, широко мораль, поведение, распространенные и часто употребляемые

внешность. эвфемистические слова и выражения, связанные с

женским началом и женственностью. Эвфемизмы, связанные с понятиями "женщина" и "женственность" в китайском и узбекском языках, были исследованы путем разделения их на тематические группы, связанные с возрастом, нравами, замужеством, рождением ребенка и внешностью женщины. Было установлено, что эвфемизмы образуются и используются в связи с изменением отношения к женщине в обществе, влиянием культуры западных народов, обновлением менталитета и норм восточной морали. Выяснилось, что слова и словосочетания с эвфемистической интонацией обогащаются количественно и изменяются по форме в силу необходимости культуры речи. Также были объяснены лингвистические, культурные и прагматические факторы реализации концептов _"женщина", "женственность" в эвфемизмах._

Hozirgi kunda ayolning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi rolining ortib borishi ayol haqidagi tasavvurlarning ham o'zgarishiga olib keldi. Bu, o'z navbatida, "ayol" tushunchasi bilan bog'liq bo'lgan zamonaviy lingvomadaniy tadqiqotlarning olib borilishiga, tilshunoslikda nutqning gender xususiyatlarini o'rganishga keng yo'l ochdi, alohida tadqiqotlar yuzaga keldi [1, b.82]- Shu ma'noda xitoy va o'zbek lingvomadaniyatlarida "ayol", "ayollik" bilan evfemizmlarni

tadqiq etish nutqning gender xususiyatlarini o'rganishda ahamiyat kasb etadi. Kuzatishlarmizdan ma'lum bo'ldiki, xitoy va o'zbek tillarida "ayol", "ayollik" tushunchalari bilan bog'liq evfemizmlarni ayolning yoshi, axloqi, turmushga chiqishi, tug'ruqoldi, tug'ruq va tashqi ko'rinishi bilan bog'liq mavzuiy guruhlarga ajratib o'rganish lozim.

Erga tegish va yosh bilan bog'liq evfemizmlar. Xitoy madaniyatning birmuncha avvalgi vaqtlarida xitoylik ayollar uchun yosh o'tishi unchalik "qo'rqinchli" bo'lmagan, biroq hozirgi paytda xitoylik ayollarga ham "qari ko'rinish" noxush tuyula boshladi. Bu holat xitoyliklar nutqida yoshga nisbatan turli evfemik belgili so'zlarni qo'llash odatini yuzaga keltirdi. Mutaxassislarning tushuntirishicha, Xitoyda ayollarning yoshini aytishdagi ehtiyotkorlik G'arb madaniyati ta'sirida shakllangan bo'lishi mumkin.

Ayolning yoshini uning umrining davriy belgilariga ko'ra uch bosqichga ajratish mumkin: yoshlik davri: (qizaloq / qiz); balog'at davri:(kelin / rafiqa/ xotin/ ayol /ona); keksalik davri: (buvi / qaynona).

Xitoyda ayolning yoshi bilan bog'liq an'anaviy tushunchalar bevosita nikoh bilan bog'liq, qadimgi Xitoyda qiz o'n besh yoshga to'lganida bo'yi yetgan hisoblangan. Balog'atga yetish munosabati bilan qizning soch turmagi o'zgartirilgan. An'anaviy soch turmagi uchun ishlatiladigan soch to'g'nog'ichi^jî iyeroglifini o'n besh yoshli qizni ifodalovchi so'zlar guruhida uchratish mumkin: ^^ chu jî, shï jî, jia jî, jîzông [2, b.375].

O'zbek lingvomadaniyatida ham "xotin" bo'la olish yoshiga yetganlikni ifodalash uchun to'lmoq, balog'atgayetmoq, bo'yi(ga) yetmoq, ko'zga ko'rinmoq, ko'zga tashlanib qolmoq, katta qiz bo'lib qolmoq, o'n oltiga kirmoq, o'n sakkizga kirmoq singari so'z va iboralar qo'llanadi: Binafsha endi balog'atga yetgan, chiroyli qizga aylanadi...(Sharof Boshbekov. Falakning gardishi).

Xitoy tilida "yoshlik" tushunchasi go'zallik, joziba, muhabbat tuyg'ulari bilan evfemik ibora ko'rinishidagi qator assotsiatsiyalarni hosil qiladi: ^^^^Huânghuâ shàoniân "qizlik yoshining oltin davri"; ^^ '^#Shàonu huâichun "yosh qiz sevgi haqida o'ylaydi";

shunu, junzï hàoqiu "Go'zal va didli ayol bilan dono yigit -baxtli juftlik!" [3]. Umuman, bunday "evfemizmlarning paydo bo'lishida "muloyimlik" tamoyili yetakchilik qiladi. Chunki salbiy voqelikni yumshoq tarzda yetkazish evfemizm asosini tashkil etadi" [4, b.22].

Xitoy an'analarida, umuman, Sharqda turmushga chiqish bo'yi yetgan qizning majburiyati

sanaladi: JB^^Is^^^l^Nân dà dang hun, nu dà dang jià qizning bo'yi yetganda, u o'z

vaqtida turmushga chiqishi kerak"; Nu dà bù zhông liu "Bo'yi yetganda qizni uyda

ushlab turmaslik kerak". Turmushga chiqmagan qiz, odatda, muayyan ijtimoiy mavqega SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 197

erishmagan va bu mavqega xos xususiyatlarga ega bo'lmagan shaxs sifatida qabul qilinadi [5]. Mazkur xitoycha jumlalarning o'zbekcha tarjimalaridan bo'yi yetmoq, turmushga chiqmoq ifodalari ishlatilganini ko'rish mumkinki va ular "erga tegish vaqti bo'ldi" degan qo'pol ifodani almashtirgan.

O'zbek taomillariga ko'ra ham, balog'atga yetgan qizda shunday majburiyat bor, ota-ona uchun qizni erga berish farz sanaladi. Albatta, nutqiy odob yuzasidan erga berish, erga tegish deyish to'g'ri emas. Shuning uchun o'zbek tilida erga bermoq iborasi o'rnida turmushga bermoq, kuyovga bermoq, egasiga topshirmoq,uzatmoq, chiqarmoq kabi, erga tegmoq iborasi o'rnida turmush qurmoq, turmushga chiqmoq, uy qilmoq, tegmoq singari so'z va iboralar keladi va bunda ular evfemik vazifa bajaradi.

Xitoy tilida qaddi-qomatini yaxshi saqlagan o'rta yosh ayolni tasvirlash uchun fA^shunu "etilgan" ("yoshi katta"ning o'rniga) ifodasidan foydalaniladi:

2011. №4). Shunu bi xué de shi tâng jîfu kàng läo kè -Yetilgan ayollar uchun terining qarishiga qarshi o'nta tavsiya [6, b.73]. Bizningcha, har qanday ayol o'rta yoshga yetganda, jismonan, aqlan va ruhan kamolga yetganligi sababli xitoy lingvomadaniyatida o'rta yoshdagi ayolga nisbatan shunday muomala madaniyati shakllandi. fA^shunu (etilgan)so'zini ana shu evfemik madaniyat bilan qo'llaydilar. Zero, o'rta yosh yoshlik va qarilikning o'rtasi, ya'ni har tomonlama yetilgan vaqtdir.

Xitoy tilida katta yoshli ayollarga Ô^fùnu deyiladi. Xitoy tilining klassik lug'atida Й: qadimgi iyeroglifi "chap qo'lida supurgi va o'ng qo'lida xokandoz ushlagan ayol uy ishlari bilan shug'ullanadi va u erkakka bo'ysunadi", deb tasvirlangan. Ô^fùnu ifodasi esa faqat turmush qurib, bola tug'adigan ayollarga nisbatan qo'llanilgan. Demak, Ô^fùnu nafaqat yoshni, balki oila qurganlikni ham bildirgan. Bugungi kunda Ö^funu so'zi rasmiy yozma matnlarda 14 yoshdan oshgan, turmushga chiqqan yoki turmushga chiqmagan har qanday ayolga nisbatan qo'llaniladi. Biroq zamonaviy til sohiblari uchun inqilobiy o'tmishga, an'anaviy oilaga tegishli bu so'z eskirgan va o'z ahamiyatini yo'qotgan. Ayol kishi Ô^fùnu deb atalganda, uning yosh emasligiga ishora qilinadi [2, b.376].

Bizning fikrimizcha, ayolning yoshiga munosabatning o'zgarishi ham G'arb mentalitetining ta'siri bo'lsa kerak, chunki G'arb mamlakatlarida bu jins vakillari ayol sifatida Sharq ayollariga nisbatan jinsiy hayotga doir bilimlarga juda erta ega bo'ladilar.

Tug'ruqoldi va tug'ruq bilan bog'liq evfemizmlar. Dunyo tillarining qariyb barchasida bo'lganidek, xitoy va o'zbek tillarida ham ayolning tug'ruqoldi holati va tug'ruq jarayonini birmuncha yumshatib, ba'zan yashirib ifodalaydigan alohida til birliklari bor bo'lib, ular nutqqa

evfemik maqsad bilan olib kiriladi. Bu guruhdagi evfemizmlar har ikkala xalq ayollaridagi sharqona ibo, hayo, iffat kabi kognitiv belgilar asosida shakllangan. Chunonchi, xitoy lingvomadaniyatida "ikkiqaf'likni ifodalash uchun 'W^ huâi yùn, 'WII huâi täi evfemizmlari qo'llaniladi.

Xitoy madaniy an'analariga ko'ra, er-xotinni oilada birlashtiradigan narsa - "erning kindigiga aylanadigan bola"dir. Oila quvonchi hisoblangan bolaning atrofida hamma girdikapalak bo'ladi. Shuning uchun ham turmushga chiqqan ayolning homilador bo'lishi katta baxt, chunki endi naslni davom ettiruvchi bor. Xitoyliklarning nutqida tug'ruqoldi holatni

bildiruvchi "ikkiqat" ma'nosi ^T yöule (bor, mavjud), ^Syouxï (baxt bor), ШШШ Zhün mama Mä mi) (bo'lg'usi ona) evfemik vositalari bilan beriladi. Masalan:

+ —(SRi+^У. 2011. №5).Shi yuè huaitäi, zuô yîgè kuàilè

xiàngshàng de zhün mämä - 10 oy davomida bo'lg'usi ona sifatida quvnoq bo 'lib yuring.

Ta'kidlash lozimki, xitoy an'analarida insonning yoshiga bir yil qo'shib aytish urfga kirgan, bunda bolaning ona qornidagi davri ham hisobga olinadi. Homiladorlik davri esa 10 oy deb belgilanadi. Shu bois yuqoridagi ikkinchi kontekstda "10 oy davomida..." deganda homiladorlik davri nazarda tutilgan.

O'zbek lingvomadaniyatida "bo'g'oz//ikkiqat" tushunchasini ifodalash uchun homilador, bo'yida bor, og'iroyoq, yukli, qornida bor; "ikkiqat bo'lmoq"tushunchasini anglatishda yuzida dog' paydo bo'lmoq, bo'yida bo'lmoq kabi evfemik belgili til birliklaridan foydalaniladi. Qiyoslang: Homilador xotini ko'z oldiga kelganda yuragini nimadir kemira boshlardi (Tohir Malik. So'nggi o'q); Yangamning bo'yida bor emish (Sobir O'nar. Bibisora).

Xitoy lingvomadaniyatida "ikkiqat/homilador bo'lmoq" ifodasining o'rniga

ûy^w^^Chuàng shengming qijî (hayot mo"jizasini yaratmoq) evfemik iborasi ishlatiladi:

1999. №7). - Hayot mo"jizasini yarating, oila baxtiga

ega bo'ling. Bu o'rinda û'J^w^^Chuàng shengming qijî "hayot mo"jizasini yaratmoq"

evfemik iborasiga o'zbek tilidagi "ro'zg'origa fayz kirmoq" iborasi muqobil bo'la oladi.

Agar ayol homiladorlik davrida juda semirib ketgan bo'lsa, unda ^^Yùn wèi "bo'lg'usi onaning maftunkorligi" evfemizmidan foydalaniladi: Ф^ЙШ^ (Only lady

^À^. 2008. №10).Xiäo tâohong tïng dà dù «yùn wèi» shizu - Qorni do'ppayib qolgan Tao Xon bo'lg'usi onaning maftunkorligini namoyon etardi [6, b. 73].

O'zbek tilida homiladorlik davrida ayolning semirishi to'lin oyga o'xshatiladi: Yoz o'tdi. ... Uning oqish-sariqdan kelgan yuzlari qizarib, to'lishdi. Semirdi. Bilak va ko'kraklari bo'liq bo'ldi. Oyoqlari ham. Yangam oyday edi. Oydek to'lin edi (Sobir O'nar. Bibisora).

Xitoy tilida ikkiqat bo'lmayotganlikni ochiqdan-ochiq "u homilador bo'lolmaydi"

deyilmaydi, uning o'rniga ¿^Wufä xiängshöu tianlun zhï lè (oila baxtiga ega

emas), i±-i;£^ffDùzi méi dôngjing (qornida hech qanday o'zgarish bo'lmayapti) singari evfemik belgili birikmalardan foydalaniladi va bu bilan qo'pol tushuncha yumshatiladi:

(В^1Ш£'№.2008. №8). Nï de du zi hâi méi dôngjing ma-Qorningda hali o'zgarishyo'qmi? [6, b.73].

Xitoy tilida "tug'ish" tushunchasi iÈTSShëng xiàlâi -"dunyoga kel(tir)ish", ^ÎWfëllrn

zhé xian xiâng lin (chaqaloqning farishtalar tomonidan yerga tushirilishi), ying yùn

tian shï (osmon farishtasidek bolaning dunyoga kelishi); xîndé bäo (xursandchilik

bilan kutilgan farzandning dunyoga kelishi); 'hPS^Axiäo mô sheng rén (yangi hayotning dunyoga kelishi); ifiSl^À xîn lâide kè ren (yangi kelgan mehmon, bolaning dunyoga kelishi) kabi evfemik belgili iboralar vositasida ifodalanadi.

Yuqorida qayd etilgan iÈTSShëng xiàlâi (dunyoga kel(tir)moq); ifiSl^À xîn lâide kèren (yangi kelgan mehmon, ya'ni bolaning bu dunyoga kelishi, xursandchilikka to'lish) kabilarga o'zbek tilidagi dunyoga kelmoq, dunyo yuzini ko'rsatmoq, yangi mehmon kelmoq/ko'rmoq evfemik iboralari muqobil bo'ladi.

Ayolning axloqi bilan bog'liq evfemizmlar. Xitoy tilining"ïM^/5inM?BiiÂ:"Xiàndài

hànyù guîfàn cidiän lug'atida /MlXiäojieso'zining 1) qadim zamonda turmushga chiqayotgan qiz; 2) yosh qiz; 3) xizmat ko'rsatuvchi qiz (fohisha) ma'nolari qayd qilingan. /MIXiäojie so'zi

qadimgi xitoy tilidagi ^P^MËDàhù xiäojie (tannoz ayol)ning qisqarishidan kelib chiqqan

bo'lib, uning ma'no taraqqiyoti uzoq tarixiy jarayonlarga tutashadi. 'Mlxiäojieso'zi Sun, Yuan davrlarida past tabaqadagi qizlarga nisbatan qo'llanilgan. So'nggi yillarda mazkur so'z "yosh qiz, miss" yoki "boy xonadonning qizi" ma'nolari uchun ishlatila boshladi [7].

Ayollarning tashqi ko'rinishi bilan bog'liq evfemizmlar. Zamonaviy xitoy madaniyatida tashqi ko'rinishdagi nuqson xitoy ayollari uchun eng og'riqli masalalardandir. Bugungi xitoy ayollari o'zlarining tashqi ko'rinishiga, qomatiga juda katta e'tibor qaratadilar. Ammo yosh o'tishi va boshqa sabablar ayol tashqi ko'rinishida o'z izini qoldiradi. Endi so'zlovchida shunday SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 200

tashqi nuqsonni ochiq aytmaslik talabi turadi. Xitoy lingvomadaniyatida ayollarning tashqi ko'rinishi bilan bog'liq ko'plab evfemizmlar yuzaga kelgani shu omil tufaylidir.

Keyingi yillarda qator mamlakatlarda yashash sharoitlarining yaxshilanib borishi natijasida kishilarning vazni og'irlashib bormoqda. Ortiqcha vazn, nafaqat xitoylik, balki barcha dunyo ayollarining ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shu ma'noda hozirgi xitoy kundalik nutqida semiz ayollarga xushomad qilish, semizlikni me'yoriy holat sifatida qabul qilish maqsadida quyidagi evfemizmlar qo'llaniladi: ^^ feng män -semirib ketgan rafiqasiga erkaklar tomonidan aytiladigan xushomad; yànzî -do'mboq, lekin ingichka belli ayollarga; chéng shüde - nisbatan semiz qomatli ayollarga; güdiän tïxing - klassik qomat,

nisbatan semiz qomatli ayollarga; you xing gän de -to'la jozibador ayollarga;

^ÖAgui fùrén -do'mboq ayollarga (Evropa tillaridan kirib kelgan evfemik ottenkali birikma);

xiàng tânkèche -yo'g'on, yirik gavdali, odatda, yoshi katta, keksa ayollarga nisbatan hazil ma'nosida ishlatiladi. Shuningdek, do'mboq qizlarga nisbatan ^MlS^Ö^fazhän yuân män de, past bo'yli, beli yo'g'on, katta o'lchamda kiyim kiyadigan qizlarga nisbatan ^^bànhào, bàndàhào (asosan, kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi fabrikalarning reklama

savdosida) evfemizmlar qo'llanadi. O'zbek tilida ayolning semizligiga ishora qilishda do'mboq, do'ndiq, do'ndiqcha, to'la, to'ladan kelgan, bo'liq va h.k. evfemizmlardan foydalaniladi.

Bugungi kunda ayollarning kosmetologiya va plastik jarrohlik amaliyotiga katta qiziqish bilan qarayotgani hech kimga sir emas. Soch turmagidan tortib qomatini yaxshilash, yuzning tuzilishi va rangini o'zgartishgacha qaratilgan urinishlar bu mavzuda muayyan evfemizmlarning shakllanishiga olib keldi. Masalan, fi^iÄKJü pi züzhi(sellyulitli teri) o'rniga fi&MM, jü pi xiànxiàng "mandarin po'sti" evfemik vositasining qo'llaniladi: 90%

(Only lady &A&. 2007. №5). 90% Yïshàng de nüxing zài gè chù pifû de bùwèi dûhui chûxiàn jü pi züzhT 90% dan ko'proq ayollarning yuz terisida "mandarin po'sti" muammosi mavjud. Ko'pincha, husnbuzar o'rniga ^^xiäo dôu (kichik loviya) metaforasidan foydalaniladi:{^^^%É^JN^A

(^M^AM^. 2009. №7).

Ou'er chûxiàn de xiao dou dà dou yïnwèi yali, zuôxi bù guîlu, yïnshiguô yôuguô xînlà zàochéng, suoyï tamen chixù de shijian yïnggai bù hui tài jiü, ye bù hui zhäng dé hen dà - Kuchli zo'riqish,

ish va dam olishdagi nomuntazamlik va yog'li ovqatlar terida tasodifiy kichik loviyalarning paydo bo'lishiga sabab bo 'ladi1.

G'arb lingvomadaniyatida xol so'zi teridagi tashqi tug'ma nuqsonni bildiradi, ammo o'zbek xalqi yuzdagi xolni tug'ma go'zallik timsoli deb qabul qiladi. Ayniqsa, mumtoz adabiyotimizda bu timsol latofat sifatida tarannum etilgan: Agar ko'nglimni shod etsa o'shal Sheroz jononi, Qaro xoliga baxsh etgum Samarqandu Buxoroni (Hofiz Sheroziy); Latif burni yonidagi qora xolining tabiiyligiga ishonmagandek qashib ko'rdi va ko'zgu yonidan jo'nadi (Abdulla Qodiriy. O'tgan kunlar).

Muxtasar qilib aytganda, xitoy va o'zbek lingvomadaniyatlarida "ayol", "ayollik" bilan bog'liq evfemizmlar muloqot jarayonida keng tarqalgan va sermahsul qo'llaniladigan eng muhim lisoniy birliklardan biri sanaladi. Ular jamiyatda ayolga bo'lgan munosabatning o'zgarishi, G'arb xalqlari madaniyatining ta'siri, mentalitetdagi yangilanishlar, sharqona axloq me'yorlariga jips bog'liqlikda shakllangan va qo'llanishga o'tgan. Evfemik ottenkali so'z va iboralar nutqda qo'pol, dag'al tushunchalarni yumshatish, yashirish va nutqiy madaniyat zarurati bilan miqdoran boyib, shaklan o'zgarib kelmoqda.

Evfemik so'z va iboralardan nutqda unumli va o'rinli foydalanish nutq ifodaliligi hamda jo'yaliligini ta'minlaydi, kommunikatsiya maqsadini to'liq amalga oshiradi. Shuningdek, evfemizmlardan til darslarini o'qitishda istifoda etish, ularning kontekstdagi ma'no va vazifalarini ko'rsatib berish talabalarning nafaqat xorijiy til haqidagi, balki boshqa madaniyatlar haqidagi bilimlarini oshirishga, ularda muloyim muloqot qilish va nutq odobiga rioya qilish ko'nikmalarini hosil qilishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Вилданова Г.А. Гендерный аспект эвфемизации (на материале английского языка): Дисс. ... канд. филол. наук. - Бирск, 2008. - 194 с.

2. Вэньтин Л. Гендерная специфика концепта "возраст" в китайской языковой картине мира // Молодой учёный. №22 (208). - Казань, 2018. - С. 374-376.

3. БКРС: Сайт для профессионалов и любителей китайского языка. URL: https://bkrs.info/

4. Гулямова Ш. Узбек тили эвфемизмларининг гендер хусусиятлари: Филол. фан. б. ф.д. ... дисс.автореф. - Бухоро, 2020. - 24 б.

5. Муратова М. Старая дева и стародевичество как культурный концепт / Язык-Гендер-Традиция: Материалы международной научной конференции. http://www.folk.r-u/Research/Conf_2002/muratovaphp?rubr=Research-conf

6. Чжан Ч. Гендерные особенности эвфемизации как факторы реализации вежливости в языке китайской женской прессы // Известия ВГПУ, 2012. - С.73-76.

7. 2010^

1 KypcaTH^raH Ma^o^a, 2012. - E.72-73.

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 202

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.