Научная статья на тему 'XITOY VA O‘ZBEK LINGVOMADANIYATIDA NUTQIY ETIKET TUSHUNCHASI'

XITOY VA O‘ZBEK LINGVOMADANIYATIDA NUTQIY ETIKET TUSHUNCHASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
50
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyatlararo muloqot / etiket / nutqiy etiket / obro‘ / murojaat shakllari. / intercultural communication / etiquette / speech etiquette / reputation / forms of address.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shamsiyeva, Sh. Q.

Turli xalqlar, tillar va madaniyatlar yaqinlashgan bugungi kunda, xorijiy tillarni o‘rganish bilan birga, boshqa madaniyatlarga ham qiziqish ortib bormoqda. Madaniyatlararo, xalqaro muloqot masalalari umume’tiborni tortmoqda. Madaniyatlararo muloqot muammolari bilan shug‘ullangan aksariyat xorijlik tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, chet elliklar bilan muomalada bo‘lganda grammatik, leksik va uslubiy xatolar kechiriladi, chunki bu ulardagi til bilimining yetarli emasligi bilan izohlanadi. Biroq muloqot jarayonida ijtimoiy-madaniy me’yorlarning, odob-axloq qoidalarining buzilishi salbiy qabul qilinadi. Shundan kelib chiqqan holda, globallashuv, standartlashuv, integratsiиyalashuv va madaniyatlarning aralashuvi yuz berayotgan bugungi kunda madaniyatlararo muloqot muammolarini o‘rganish, ularni tadqiq etish dolzarb masalalardan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF SPEECH ETIQUETTE IN CHINESE AND UZBEK LINGUISTICS

Today, when different peoples, languages and cultures have become closer, along with learning foreign languages, interest in other cultures is also increasing. The issues of intercultural and international communication are attracting general attention. Most foreign researchers dealing with the problems of intercultural communication point out that grammatical, lexical and stylistic mistakes are forgiven when dealing with foreigners, because this is explained by their insufficient knowledge of the language. However, in the process of communication, violation of social and cultural norms and rules of etiquette is negatively accepted. Based on this, studying the problems of intercultural communication and researching them is one of the urgent issues today, when globalization, standardization, integration and mixing of cultures are taking place.

Текст научной работы на тему «XITOY VA O‘ZBEK LINGVOMADANIYATIDA NUTQIY ETIKET TUSHUNCHASI»

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

XITOY VA O'ZBEK LINGVOMADANIYATIDA NUTQIY ETIKET

TUSHUNCHASI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2023-21-243-249

PhD Sh.Q. Shamsiyeva

TDSHU, Xitoy fílologiyasi kafedrasi dotsenti, +998977770876 Shohistaxon81 @mail.ru

Annotatsiya. Turli xalqlar, tillar va madaniyatlar yaqinlashgan bugungi kunda, xorijiy tillarni o'rganish bilan birga, boshqa madaniyatlarga ham qiziqish ortib bormoqda. Madaniyatlararo, xalqaro muloqot masalalari umume'tiborni tortmoqda. Madaniyatlararo muloqot muammolari bilan shug'ullangan aksariyat xorijlik tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, chet elliklar bilan muomalada bo'lganda grammatik, leksik va uslubiy xatolar kechiriladi, chunki bu ulardagi til bilimining yetarli emasligi bilan izohlanadi. Biroq muloqot jarayonida ijtimoiy-madaniy me'yorlarning, odob-axloq qoidalarining buzilishi salbiy qabul qilinadi. Shundan kelib chiqqan holda, globallashuv, standartlashuv, integratsiuyalashuv va madaniyatlarning aralashuvi yuz berayotgan bugungi kunda madaniyatlararo muloqot muammolarini o 'rganish, ularni tadqiq etish dolzarb masalalardan biridir.

Kalit so'zlar: madaniyatlararo muloqot, etiket, nutqiy etiket, obro', murojaat shakllari.

Etiket - axloqiy madaniyatda yaqqol ko'zga tashlanadigan munosabatlarning ko'rinishlaridan biri. U ko'proq insonning tashqi madaniyati, o'zaro munosabatlaridagi o'zini tutish qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o'z munosabatlariga ijodiy yondashsa, ya'ni bir holatda, bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo'lsa, etiket muayyan holat uchun qoidalashtirib qo'yilgan xati-harakatni taqozo etadi. Etiket keng qamrovli tushuncha bo'lib, u ma'lum ma'noda, umumbashariy miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o'z ichiga oladi. Etiket - «etika» so'zining o'zagi sifatida bevosita axloqiy me'yorlar, tamoyillar va mezonlarning "yukini" ko'tarishga qodir bo'lgan axloqning amaliy ko'rinishidir. Har bir sohada etiket ko'rinishlari mavjud bo'lib, uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg'otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qat'iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin. Etiket takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko'zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin ayni paytda, u asl axloqiy asosini yo'qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo'ladi: etiket qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o'z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko'rayotgan bo'lishi mumkin. Shunga qaramay, umuman olganda, etiket shaxsni muayyan tartib -

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda bo'lmasin, bosiqlikka, muloyimlik va sabr-toqatga o'rgatishi bilan ahamiyatlidir.

Ko 'rinadiki, etiket kishilarning jamiyatdagi xatti-harakatlarini tartibga soladi. Nutqiy etiket esa kishilar muloqotini, nutqiy xatti-harakatlarini tartibga soladi.

Nutqiy etiket - bu xatti-harakatlar odobini og 'zaki ifodalovchi, ziddiyatli bo 'lmagan, kishilarga meyoriy munosabatni, ya'ni xayrixoh munosabatni ifodalash uchun har bir jamiyatda to 'plangan til vositalarini beradigan til va nutq birliklarining katta zaxirasidir.

Demak, nutqiy etiket nutqiy xulqni tartibga soluvchi qoidalar, suhbatdoshlar o'rtasida aloqa o'rnatish, ko'zlangan maqsadda aloqani saqlab turish va uni to'xtatish uchun jamiyat tomonidan qabul qilingan aloqaning o'ziga xos milliy qoliplari hamda turg'un shakllar tizimidir .

Nutqiy etiketning "Salomlashish", "Xayrlashish", "Minnatdorchilik", "Uzr so'rash", "Murojaat", "Taklif etish", "Rozilik", "Tabriklash" va h.k. shakllari bo'lib, ular suhbatdoshlar o'rtasida o'zaro nutqiy aloqa o'rnatish vazifasini bajaradi.

Xitoy lisoniy manzarasini aks ettirgan aksariyat xitoyshunos olimlarning tadqiqotlarida xitoyliklar muloqotining tavsiflovchi muhim xususiyatlaridan biri -"yuz" (M" miàn zi) tushunchasidir. Ushbu tushuncha xitoy lingvomadaniyati vakili uchun o'zini-o'zi boshqarish qobiliyatini saqlab qolish, o'z qadr-qimmatini yo'qotmaslik, shuningdek, boshqalar oldida "yuzini yo'qotmaslik", ya'ni "obro'yini to'kmaslikka" harakat qilishni anglatadi. Bundan xitoyliklarning muloqot uslubida "murosaga kelish" hamda "muvofiqlik" tushunchalarining ustuvorligi ayon bo'ladi.

Xitoy etnotipiga xos bo'lgan muloqotning xususiyatlari xitoyliklarning "shaxslararo munosabatlarda ziddiyatlarni yumshatish va ularni muvofiqlashtirishga" imkon beradigan "yuzni saqlash" (obro'yini saqlash) istagi bilan bog'liq . Xitoyliklar yuzni yaxshi ko'radilar, uni "saqlab qolish" uchun bor kuchlari bilan harakat qilishadi va eng muhimi, uni "yo'qotishdan" qo'rqishadi. "Yuz" - bu hamma narsada, shu jumladan, kechirim so'rash nutqida ham Xitoy xatti-harakatlarining asosiy arxetipi sanaladi. Ular yuzni saqlab qolish uchun har narsaga, hatto o'limga ham tik qarab borishga tayyor turishadi (^^M"^^^ - sï yào miànzi huo shouzui) .

O'zbek lingvomadaniyatida aynan xitoy etnotipiga xos bo'lgan "yuz" ( M"? miànzi) tushunchasining garchi to'liq bo'lmasa-da, obro' so'zi bilan yasalgan iboralar orqali anglatish mumkin. O'zbek tilidagi obro'(y) so'zi fors tilidagi "obi ro'y", ya'ni (ob - "suv", ro'y - "yuz") "yuz suvi" ma'nosini ifodalagan iboradan o'zlashgan. Masalan, obro'yini to'kmoq iborasi "nufuziga zarba yetkazmoq" ma'nosida qo'llaniladi:

O'qituvchilar ichida shunchalik obro'yimni to'kdingiz, indamadim.

Yoki:

Har kim o'z obro'yini saqlagan holda harakat qilsa...

Xitoy ijtimoiy odob-axloqida "yuz" tushunchasi (M" miànzi) muhim o'rin tutadi. "Yuz" nimani anglatishini tushunmasdan, xitoylikliklarning xulq-atvorini

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

tushunish mumkin emas. "Yuz" - bu jamiyat tomonidan insonning ijtimoiy me'yorlarga qanday mos kelishini baholashdir. Bu uning ijtimoiy mavqeyi, uning ichki nazorat me'yorlariga emas, balki jamiyatning tashqi me'yorlariga rioya qilish qobiliyatidir. O'z-o'zidan mazkur ijtimoiy me'yorlar Xitoy tarixi davomida shakllangan eng chuqur an'analarga asoslanadi va xitoyliklar ongiga uning ijtimoiylashuvi jarayonida, tom ma'noda ona suti bilan kiradi.

Xitoyliklarning xatti-harakatlaridagi aksariyat holatlar deyarli "yuzni" saqlab qolish istagi bilan izohlanadi. Asrlar davomida oddiy xitoyliklarning ongi guruh ongining bir qismi sifatida shakllangan va shuning uchun ham me'yorlarga rioya qilish shaxsiy erkinlikdan ko'ra muhimroq hisoblanadi. Shu ma'noda, "yuz" - bu odamning o'zini o'zi baholashi emas, balki unga guruh tomonidan baho berilishidir. "Yuzingizni" yo'qotingizmi, demak siz allaqachon o'zingizni guruhdan tashqarida ko'rasiz va natijada mavqeyingizni, aloqalaringizni, qo'llab-quvvatlashingizni -umuman, oddiy hayotingizni yo'qotgan hisoblanasiz.

Xitoy tilining izohli lug'atlarida "Mianzi" so'zi bir nechta ma'nolari: "kiyim-kechak, kitob va boshqa predmetlarning ko'rinishi" deb talqin qilinadi. Umuman olganda, xitoy tilida "mianzi" har qanday predmetning old qismini, sirtini anglatadi. Bu biz ko'rgan narsa, tashqi kuzatuvchi uchun mavjud bo'lgan narsadir. Shu nuqtayi nazardan, tashqi qism benuqson an'anaviy bo'lishi kerak, garchi bir vaqtning o'zida ichki tarafda ayrim qusurlar, nuqsonlar bo'lishi mumkin, ammo eng asosiysi tashqaridan ijtimoiy me'yorlarga rioya qilishdir.

Tananing bir uzvi sifatida yuz xitoy tilida biroz boshqacha tarzda ifodalanadi -^ "liân", shuning uchun M" "miàn zi" insonning aynan ijtimoiy me'yoriy xatti-harakatini anglatadi. Shuni ta'kidlash kerakki, ^ "liân" so'zi xitoyliklar ongiga "inson doimo boshqalar tomonidan sevilishi va qabul qilinishi uchun u ^ "liân" bo'lishga intilishi kerak" degan muhim g'oyani singdiradi.

Boshqacha aytganda, insonning "miàn zi"si uning ijtimoiy tan olinishi, ya'ni (taxminan) "ijobiy ijtimoiy yuzi" dir. " ^ liân" esa - yuksak axloqli shaxsga jamiyatning hurmatidir. Kimki o 'z mas'uliyati va vazifalarini to 'g'ri bajarsa, demak, umda lian bo'ladi.

Biron kishi yoki uning sherigi bilan muayyan bir vaziyatda salbiy hodisa sodir bo'lishi oqibatida mianzi yo'qolishi mumkin (masalan, biron kishining bema'qul harakatlari haqida ommaviy ravishda xabar berish yoki boshqalar oldida rafiqasiga baqirish, yoki kimdir tomonidan berilgan sovg'ani rad etish, yoki imtihondan o'tolmaslik va h.k. holatlarda).

Umuman, mianzisiz yashash mumkin, lekin liansiz yashash deyarli mumkin emas. Tadqiqotchi Huangni [Huang 2010] qayd etishicha, "har bir kishi bitta ^ "liân" ga ega, M" "miàn zi" esa xilma-xildir. Inson turli vaziyatlarda va turli joylarda bo'lishi va har xil mianzi olishi mumkin". Muallif lianni ta'lim, mianzini esa

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

turli shaxslararo munosabatlar bilan bog'laydi. ^ "liän" insonning ichki dunyosining tarkibiy qismidir. Unng zohiri lian, botini esa mianzidir.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, Xitoy lisoniy manzarasida miàn zi va ^ liän nafaqat shaxs, balki jamoa, oila, tashkilot, hatto davlatda ham mavjuddir. Masalan: yaxshi biznes hamkorlar yoki boshqa munosabatlardagi shaxslarga ham xuddi oila a'zolaridek muomala qilish mumkin. Umuman, xitoyliklar ularni bog'lab turadigan ish, o'qish yoki yashash joyidagi kishilar guruhining barchasini oila deb qabul qilishlari mumkin. Bundan "o'ziniki" degan tushuncha kelib chiqadi. Tabiiyki, o'ziniki bo'lgan insonlar doimo bir-biriga yordam beradi, "lian"ni himoya qiladi va "mianzi"ni qozonadi. Shunday qilib, ularda umumiy lian va mianzi mavjud bo'ladi. Agar bunday guruh a'zolaridan biri mianzi olgan yoki olmagan bo'lsa, unda barcha guruh a'zolari mianzi olgan yoki olmagan sanaladi. Misol uchun, Xitoy futbol jamoasi pley-off bosqichiga chiqa olmaganli sabali barcha xitoyliklar mianzidan mahrum bo'lishgan.

Ma'lumki, Xitoy demografik jihatdan aholisi juda ko'p va zich joylashgan mamlakat bo'lgani uchun ham u yerda biroz bo'lsa-da yolg'iz qolib, odamlardan dam olish oson emas. Shu jihatdan "miàn zi"ning mavjudligi xitoyliklarga ma'lum darajada o'zlarini xavfsiz his qilishlariga, tashqi qoidalarni buzmasdan ichki xotirjamlikni saqlashga imkon beradi. An'analarga ko'ra, "yuz"ning mavjudligi hatto kasbiy ko'nikmalar, biron bir mavzuni puxta bilishdan ham muhimroq bo'lgan. Xullas, birinchisi sizning ijtimoiy mavqeyingiz, ishonchliligingiz haqida, ikkinchisi -faqat muayyan bir kasb haqida ma'lumot beradi. Bu o'rinda shuni ta'kidlash kerakki, Xitoy jamiyatida yashash uchun zarur bo'lgan barcha aloqalar ( guan xi) -biznes, shaxsiy, iqtisodiy va hokazo boylik yoki ko'nikmalarga qarab emas, balki faqat "yuz"ning mavjudliga ko'ra o'rnatiladi.

"Yuz" - bu Xitoy jamiyatidagi ijtimoiy mavqe hisoblanadi, unga ega bo'lish uchun yillar kerak bo'ladi, lekin uni bir zumda yo'qotish mumkin.

Chet elliklarni "yuzini yo'qotish" va uni an'anaviy "varvaf'ga chiqarish uchun ko'plab xitoycha hiyla-nayranglar mavjud. Shuning uchun ham Xitoyga borgan chet ellikning eng muhim vazifasi muzokaralarda unchalik katta muvaffaqiyat qozonish yoki muvaffaqiyatli tuzilgan shartnoma emas, balki xitoyliklar nazarida har qanday holatda ham "yuzni" saqlab qolish qobiliyatining mavjudligi hisoblanadi.

Ko'pincha chet elliklar Xitoyda "yuz"ni saqlab qolishni soddalik bilan xitoyliklarga mayin tabassum qilish, e'tiroz bildirmaslik, ular bilan turli nizolarga kirishmaslik deb tasavvur qilishadi. Aslida esa, xitoyliklar bilan muzokaralarda bahslasha olish, rozi bo'lmaslik va hatto "yutqazish" mumkin. Asosiysi bularning barchasini qanday qilib, qaysi "yuz" bilan amalga oshirish hisoblanadi .

Shunday qilib, mianzi - insonning ijobiy yuzi, boshqalardan oladigan narsasi; bu shaxsning maqomi, unga nisbatan bo'lgan hurmat yoki bo'ysunishdir. Inson o'z "liani"ni himoya qilishi va "mianzi"ni qozonishi kerak. Shuni ta'kidlash joizki, kishi boshqalarning "mianzi"sini saqlab qolish bilan birga, bir vaqtning o'zida o'zining

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

"mianzi"sini ham qozongan bo'ladi. Shuning uchun xitoyliklar boshqalarning "mianzi"lariga e'tibor berishadi va u haqida g'amxo'rlik qilishadi.

Xitoyda nutq odob-axloq qoidalariga, xususan, xushmuomalalikka rioya qilish juda muhim hisoblanadi. Xushmuomalalikning boshida murojaat turadi. Murojaat -shaxsga qaratilgan nutq bo'lib, u so'z yoki so'z birikmalari vositasida ifodalanib, da'vat, chaqiriq, biror ish, iltimos va h.k. maqsadlarda qo'llaniladi.

Murojaat birliklarini to'g'ri tanlash nutqiy jarayonni muvaffaqqiyatli yoki muvaffaqqiyatsiz amalga oshirilishiga olib keladi. Bunda suhbatdoshlarning tanishlilik darajasi, yosh xususiyatlari va ijtimoiy mavqeyiga e'tibor qaratish lozim bo'ladi.

Xitoy xalqining nutqiy odob-axloq qoidalari Konfutsiylik ta'limotiga asoslanadi. Nutqiy odob-axloq standartlari xitoliklarning mentaliteti va milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettiradi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, Xitoyda nutq odob-axloq qoidalariga rioya qilish juda muhim, shuning uchun agar siz xitoyliklarga qanday murojaat qilishni bilmasangiz, har doim quyidagicha so'rang:

"în^M'M&ffi^? qïngwèn nin zenme chenghu?" - "Iltimos, ayting-chi, sizni qanday chaqirishim mumkin?"

Yoki: "^iMnMf^ÎÎ^? wo gai rûhé chenghu nï?" - "Ayting-chi, sizga qanday murojaat qilishim kerak?"

Tilning milliy xususiyatlari murojaat qoliplarida ham aniq ifodalangan bo 'ladi. Bu, birinchi navbatda, turli davlatlardagi o'ziga xos ustuvorliklari bilan bog'liqdir. Masalan, Xitoyda va O'zbekistonda kollektivizm, Yevropa davlatlarida esa individualizm tamoyiliga amal qilinadi. Bu farqlarni ikki xil madaniyat vakillari uchrashganda ko'rish mumkin: ingliz tilida rasmiy muhitda suhbatdosh ko'pincha o'zini ismi va familiyasi bilan tanishtiradi (masalan: "Jeyms Tompson"), xitoy tilida esa, odatda, familiya va lavozim bilan xitob qilinadi (masalan: W" - Lï lâoshï

- Ustoz Li). Shuni ham ta'kidlash kerakki, agar murojaat qilinayotgan kishi biron-bir lavozimga ega bo'lmasa, u holda unga " [Xiansheng] "janob" yoki [Tàitài] "xonim" deb murojaat qilinadi.

Qadimgi Xitoyda juda ko'p xushmuomalalikni ifodalovchi so'zlar qabul qilingan. Ulardan eng sermahsul qo'llaniladigan va bugungi kunga qadar saqlanib qolganlari: [xiansheng] va [nùshi], ^^ll! [nù sheng men, xian

sheng men] "Xonimlar va janoblar!"dir.

[nù shi] ("o'qimishli, aqlli ayol") rasmiy muloqot holatlarida qo'llaniladi. [xian sheng] ("mendan oldin tug'ilgan") erkaklarga qaratilgan va u quyidagi 3 holatda qo'llaniladi:

1) har qanday sohada (fan, madaniyat) umume'tirof etilgan hokimiyat organlariga nisbatan;

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

2) rasmiy muloqotda (masalan, ishbilarmonlik muzokaralari) yoki chet elliklar bilan muloqotda

3) juda mag'rur va o'ziga ishongan shaxslarga nisbatan.

Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgandan keyin esa [tongzhi] o'rtoq murojaati birinchi o'ringa chiqdi. Ammo hozirda bu murojaat deyarli iste'moldan chiqib ketgan.

Hozirgi kunda xitoy tilidagi murojaatlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

1. Erkaklar uchun qo'llaniladigan murojaat shakllari. Erkaklar uchun, odatda, « [xiansheng] "janob" deb murojaat qilinadi. Mazkur shakl, ayniqsa, hurmatli

kishilar uchun yoki rasmiy vaziyatlarda ishlatiladi. Shunigdek, murojaatning bu turi familiyadan keyin qo'yiladi. Masalan: ^ % ^ [Li xiansheng] «Janob Li». Tengdoshga nisbatan [gege/ dage] "aka" kabi eshitiladigan murojaat

birligidan foydalanish mumkin. O'zidan sezilarli darajada kattaroq bo'lgan kishiga: «

[shüshu] "amaki" deb murojaat qilinadi. Yoshi ulug' insonlarga nisbatan «^ [daye/ yeye] - "amaki/ bobo" murojaat qilish mumkin.

2. Ayollar uchun qo'llaniladigan murojaat shakllari. Turmush qurgan ayolga nisbatan «[taitai] "xonim" deb xitob qilish mumkin. Bu murojaat shakli ishbilarmonlar muloqoti uchun mos keladi. 25 yoshgacha bo'lgan yosh qizlarga «^

[nüsheng], shuningdek, ba'zan turmushga chiqmagan yosh qizlarga ham «^#1» [güniang] deb murojaat qilish o'rinli bo'ladi. Bu ikkala murojaat shakli muloqot vaziyatidan kelib chiqqan holda o'zbek tilidagi "yaxshi qiz", "qizim", "singlim" deyiladigan xitobga muqobil bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, ayolning turmushga chiqqan yoki turmushga chiqmaganligi noma'lum bo'lgan hollarda «^i» [nüshi] -ing. "miss" murojaatidan foydalaniladi. Odatda, « » [nüshi] murojaati "o'qimishli, aqlli ayol" ma'nosini anglatadi va u rasmiy muloqot holatlarida qo'llaniladi. Har ikkala h b «^i» murojaatlari familiyadan keyin qo'yiladi

(Masalan: ^^^ Zhäng taitai - Madam Jan/i^i -Wang nüshi - Vang xonim). Tengdoshlarga murojaat «MM/ ^M» [jiejie/ dajie] - "opa" kabi eshitiladi. Shuningdek, norasmiy nutqiy vaziyatlarda onalar yoshidagi ayollarga «ßM» [Äyi], ya'ni "xola" deb murojaat qilish mumkin. Keksa yoshli ayollarga esa [popo]

- "onaxon", "buvijon" deyish mumkin.

3. Kasb-korga ko'ra qo'llaniladigan murojaat shakllari. Turli mansabdagi shaxslarga, xususan, o'ituvchi, boshliq, direktor, menejer va h.k. kasb egalariga, odatda, "familiya+maqom" qolipida (masalan; [Li läoshT] Ustoz Li yoki i^M [Wang läobän] Mudir Van) murojaat qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shuningdek, taksi haydovchilari yoki ayrim xizmat sohasidagi mutaxasslarga «№#» [shTfu] "usta" deb murojaat qilinadi.

4. Do'stlarga nisbatan qo'llaniladigan murojaat shakllari. Do'stlarning familiyasiga [Läo/Xiäo] "keksa/ yosh" so'zlari qo'shib aytiladi. Masalan,

248

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

kishining ismi-sharif '^Ш-Song Jie Xiu bo'lsa, unga do'stlari uning yoshining katta yoki kichikligiga qarab ^'/Ф' - Lao Song/Xiao Song kabi murojaatlardan birini tanlab qo'llash mumkin.

Xulosa qilib aytganda, xitoy nutqiy odob-axloq standartlari konfutsiylik ta'limotiga asoslanib, xitoliklarning mentaliteti va milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettiradi. Xitoy nutqiy muloqotida murojaat shakllarining ishlatilishida suhbatdoshlar orasidagi munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositalar, xususan, suhbat turi (rasmiy, norasmiy); suhbatdoshlarning tanishlilik darajasi (notanish, qisman tanish, yaqindan tanish); suhbatdoshga bo'lgan munosabat (hurmat, e'zoz, neytral, familyar, norasmiy-do'stona va h.k.); so'zlovchining xarakteristikasi; adresatning xarakteristikasi; suhbat joyi (uyda, ko'chada, majlisda va h.k.), shuningdek, muloqotdoshlarning yoshi, jinsi, lavozimi va h.k. ijtimoiy omillar asos bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Сафаров А.О., Леонова Д.Ю. Речевой этикет английского и китайского языков: сравнительная характеристика// Язык и культура. Сборник статей XXVIII Международной научной конференции (25-27 сентября 2017 г.). -Томск: Издательский Дом Томского государственного университета, 2018. - С. 487-494.

2. Правила китайской вежливости // https://culture.wikireading.ru/38943

3. Тонкости китайского речевого этикета //https://zen.yandex.ru/media/natali_chinese/tonkosti-kitaiskogo-rechevogo-etiketa-5b80a3646a028a00aa5721a1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.