Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA ISLOHOTLARI INSON QADRI UCHUN'

KONSTITUTSIYA ISLOHOTLARI INSON QADRI UCHUN Текст научной статьи по специальности «Право»

15
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA ISLOHOTLARI INSON QADRI UCHUN»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

KONSTITUTSIYA ISLOHOTLARI INSON QADRI UCHUN

B. E. Yuldashev

dotsent, tarix fanlari nomzodi

A. A. Abduqodirov, B. B.Yusupov

"Iqtisodiyot" fakulteti MN-3 guruh talabalari:

yusupovb781 @gmail.com [email protected]

Bugungi kunda inson huquqlari, erkinliklari, ularning kafolatlari har bir mamlakat uchun o'ta muhim masalalardan biridir. Zero, inson huquqlarini quvvatlangan yurt doim yuksak darajalarga erishganini tarix isbotlagan. Ma'lumki, davlat va jamiyat haètida ba'zi narsalar borki, u vatanimiz kabi yagonadir, ya'ni, bayrog'imiz, gerbimiz, madhiyamiz bitta va shu qatori konstitutsiyamiz ham yagonadir. Har bir timsol ona vatanimiz va xalqimizning ezgu maqsadlarini o'zida aks ettiradi. Shu ma'noda Bosh qomusimizning muqaddimasida inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligini tantanali ravishda e'lon qilgan holda, fuqarolarining munosib haèt kechirishlarini ta'minlashga intilish, insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilinganligi qayd etilgan. [1]

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o'ziga xosligi shundaki, u "Xalq Konstitutsiyasi"dir. Konstitutsiyamiz loyihasini muhokama qilishdan boshlab to uni qabul qilguncha bo'lgan davrda o'tkazilgan umumxalq muhokamalarida millionlab yurtdoshlarimiz faol va munosib ishtirok etdilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yangilangan Konstitutsiyamizning chinakkam muallifi xalqimiz bo'ldi, deb aytishga barcha asosimiz bor. [2] Konstitutsiyani o'zgartirish bo'yicha takliflarni qabul qilish, jamlash va tahlil qilishning birinchi bosqichida fuqarolardan 60 mingdan ziyod taklif kelib tushdi. Muhimi - bu takliflarning taxminan har to'rttasidan bittasi loyihadan joy oldi. Ikkinchi bosqichda takliflar asosida ishlab chiqilgan Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasiga qo'yildi. Muhokama davomida loyiha bilan 5 million aholi tanishdi va 150 mingdan ziyod takliflar komissiyaga kelib tushdi. Bundan tashqari, mehnat jamoalari, oliygohlar, mahalla faollari va ziyoliylar bilan bo'lib o'tgan muhokamalarda yana 10 mingga yaqin takliflar berildi. [3] Yuqoridaga raqamlar Konstitutsiya

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

loyihasining tom ma'nodagi muallifi xalq ekanini dalillaydi. Tan olish kerakki, Konstitutsiyaga o'zgartirishlaro kiritish - shunchaki oddiy va oson ish emas. Xalq fikrini o'rganishdan tashqari bu jarayon har bir masalani aql chig'irig'idan o'tkazishni, yangi moddalarning O'zbekiston amaliyotida qanday qo'llashni chamalab ko'rishni, rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasini sinchiklab o'rganishni talab qildi. Shu nuqtai nazardan, loyihani tayyorlash davomida 190 dan ortiq davlat tajribasi o'rganildi, hujjat 6 turdagi ekspertizadan o'tkazilib, puxtalandi. Ko'rinib turibdiki, Konstitutsiya loyihasi ko'plab muhokamalar, baxslar mahsuli sifatida dunyoga keldi. [4]

Asosiy qonunimizning butun mazmun va mohiyati insonga xizmat qilishga yo'g'rilgan. Konstitutsiyamizning biror bir joyida, davlatning huquqi eki fuqarolar davlat xohish va irodasini bajarishi shart qabilidagi qoidalar uchramaydi. [5] Aksincha, asosiy qonunimizda, "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar.", "Davlat inson hamda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi" kabi davlatning majburiyatlarini uchratamiz. Konstitutsiyamiz o'zining insonparvarligi bilan ajralib turadi. Unga ko'ra "Mehnatga layoqatsiz va yolg'iz keksalar, nogironligi bo'lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarning huquqlari davlat himoyasidadir.", "Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to'laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralarni ko'radi", "Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar ob'ektlari va xizmatlaridan to'laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, ularning ishga joylashishiga, ta'lim olishiga ko'maklashadi, ularga zarur bo'lgan axborotni to'sqinliksiz olish imkoniyatini ta'minlaydi". [6]

Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish asoslari, fuqarolarning huquq va burchlari sharhlab berilgan. Xususan, Konstitutsiyamizning 42-moddasida "Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega" deb belgilab qo'yilgan. [7] Ushbu huquq O'zbekiston Respublikasi

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Mehnat Kodeksi, "Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida"gi hamda "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonunlarda ham o'z ifodasini topgan. Mazkur qonunlarga ko'ra, barcha fuqarolar mehnat qilish huquqiga ega bo'lishi va ulardan foydalanishda keng imkoniyatlarga egadirlar. Har bir xodim, o'z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo'lmagan miq dorda haq olish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek, haq to'lanadigan yillik ta'tillar berish orqali ta'minlanadigan dam olish, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish, ish bilan bog'liq holda sog'lig'iga yoki mol-mulkiga etkazilgan zararning o'rnini qoplash, kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish, qariganda, mehnat qobiliyatini yo'qotganda, boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish, o'zining mehnat huquqlarini himoya qilish huquqiga egadir. [8]

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi umuminsoniy qadriyatlarga sodiq ekanligini namoèn qildi. Ushbu umuminsoniy qadriyatlarning diqqat markazida inson, uning haèti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlarini ta'minlash davlatimiz oldidagi oliy ma'suliyat ekanligi Konstitutsiyamizning asosiy g'oyasi sifatida tanlab olindi. Konstitutsiyamizning barcha tamoyillari, avvalo, inson va fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan bo'lib, davlatning majburiyati ushbu huquq va erkinliklarini ta'minlashda aks etadi.

REFERENCE

1. Shavkat Mirziyoev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T: "O'zbekiston", 2021.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaati. "Xalq so'zi", 2022 yil, 21 dekabr.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar № PF-60 sonli "20222026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni. Lex UZ on-line.

4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., "O'zbekiston", 2023.

5. Dadasheva A.A.. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) Инноватсионные исследования в современном мире: теория и практика 2 (17), 87-90

6. Касимова А.А Рол женщины в современной науке 8 (08/2023), 226-234

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

154

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

7. Эгамбердиева Н.Х. Деликт мажбуриятларнинг хукукий табияти Узбекистан Республикаси Бош прокуратурасининг Олий укув курслари АХБОРАТНОМАСИ

8. Инагамова М.М Аёл хукукларини химоя илишда иччки ишлар органлари иштирокининг хукукий механизларини такомиллаштириш (Scienceweb academic papers collection)

9. Юнусова Н. Ш (2022). ЁШ МУТАХАСCИСЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА КАДРИЯТЛАРНИНГ УРНИ. Academic research in educational sciences, 3 (ТСТУ Conference 1), 339-341.

10. Маликов, Б. К. (2021). ШАРК МУТАФАККИРЛАРИНИНГ ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИГА ДОИР СИЁСИЙ КАРАШЛАРИ. Scientific progress, 7(4), 207-212.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

155

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.