Научная статья на тему 'KOMPETENSIYAVIY YONDАSHUVDА INDIVIDUАL TА’LIM JАRАYONINI TАSHKIL ETISH'

KOMPETENSIYAVIY YONDАSHUVDА INDIVIDUАL TА’LIM JАRАYONINI TАSHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
bola / ta’lim / tarbiya / individuallik / tajriba / rivojlanish / shaxs / tarbiyachi / ijodiy faoliyat / pedagogik jarayon / mahorat / shakillantirish / o’yin / maktabgacha yosh.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kattaho’jayeva Shaxlohon Bohodirovna

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning afzalliklari hamda individual muhitni ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOMPETENSIYAVIY YONDАSHUVDА INDIVIDUАL TА’LIM JАRАYONINI TАSHKIL ETISH»

KOMPETENSIYAVIY YONDАSHUVDА INDIVIDUАL TА,LIM

JАRАYONINI TАSHKIL ETISH

Kattaho'jayeva Shaxlohon Bohodirovna

Maktabgacha ta'lim tashkiloti director mutahassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti "maktabgacha va musiqiy ta'lim" kafedra katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11259906

Annotasiya. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, shaxsga yo'naltirilgan ta'limning afzalliklari hamda individual muhitni ta'lim jarayonidagi ahamiyati haqidafikryuritilgan.

Kalit so'zlar: bola, ta'lim, tarbiya, individuallik, tajriba, rivojlanish, shaxs, tarbiyachi, ijodiy faoliyat, pedagogik jarayon, mahorat, shakillantirish, o'yin, maktabgacha yosh.

Аннотация. Рассмотрены вопросы развития индивидуальных способностей воспитанников в дошкольных образовательных организациях, преимущества личностно-ориентированного обучения и значение индивидуальной среды в образовательном процессе.

Ключевые слова: ребенок, образование, воспитание, индивидуальность опыт, развитие, личность, воспитатель, творческая деятельность, педагогический процесс, умение, формирование, игра, дошкольный возраст.

Abstract. It was thought about the development of individual abilities of schoolchildren in preschool educational organizations, the benefits of personality-oriented education and the importance of the individual environment in the educational process.

Keywords: child, education, upbringing, individuality experience, development, personality, educator, creative activity, pedagogical process, skill, shaping, play, preschool age.

Maktabgacha yoshdagi yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga insoniy hislatlar va hayotda o'z o'rnini topishda eng muhim parametrlar hisoblanadi.

Bu davrni uch qismga ajratish mumkin:

Birinchi davr-bu 3-4 yosh oralig'ida bqlib, bola emotsional jixatdan qiziqishlarini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog'liqdir.

Ikkinchi davr-bu 4-5 yoshni tashkil etib ahloqiy o'z -o'zini boshqarish.

Uchinchi davr esa 6-7 yosh bo'lib, shaxsiy ishchanlik va o'zini anglash xususiyatining shalkllanishi bilan xarakterlanadi.

Bola kattalar singari jamiyatning to'laqonli a'zosi bo'lganligi sababli uning huquqlarini tan olish, pedagogik pozitsiyani "yuqoridan" emas, balki yonma-yon va birga olishni anglatadi. Ahloqiy tushunchalar manbai ularning ta'lim -tarbiyasi bilan shug'ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari xam bo'lishi mumkin. Ahloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shu bilan birga kattalarning ayniqsa onalarning maqtovi va tanqidlari orqali o'tadi va mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga xarakat qiladi. Bu baho va maqtovlarning bola shaxsidagi muvaffaqiyatga erishishga xarakat xususiyatining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy hayoti, hamda kasb tanlashida axamiyati juda katta. Bu motivlar ilk bolalik davrdan boshlanib yuzaga keladigan bolalarning tabiy qiziquvchanligi o'rnida paydo bo'ladi, o'zini ko'rsatish motivlari ham bu yoshda yaqqol namoyon bo'ladi. Bu motiv asosan bolalarning syujetli -rolli o'yinlarda asosiy rolni egallashga boshqalar ustidan rahbarlik qilishga, musobatga kirishishga qo'rqmasligida nima bo'lganida ham yutishga xarakat qilishlarida ko'rinadi. Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan baholari juda muhim. Bolalar

birinchi navbatda maishiy ahloq norma va qoidalarni, o'z majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga rioya etish, xayvon va narsalar bilan muomila qilish normalarini egalaydilar. Bunday normallarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib, ularni yaxshi o'zlashtirish uchun syujetli -rolli o'yinlar yordam berishi mumkin. Maktabgacha yoshining oxirlariga kelib, ko'pchilik bolalarda aniq bir ahloqiy qarashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy sifatlar ham shakllanadi. Kishilarga nisbatan diqqatli, mehribon bo'lish xususiyati shakillanadi. Katta yoshdagi bolalar ko'p xollarda o'z xatti -xarakatlari sababini tushuntirib bera oladilar. Bolalar 3-3,5 yosh oralig'ida o'zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o'z munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat asosan ularning o'zlariga beradigan baholari asosida bo'ladi. 4-5 yoshli bolalar esa o'z imkoniyatlarini real baholay oladilar. Ular xali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek o'zlari xaqida ma'lum bir xulosani bera olmaydilar. O'z -o'zini anglash layoqati katta maktabgacha yoshidan boshlab rivojlanib avval u qanday bo'lganini va kelajakda qanday bo'lishini fikrlab ko'rishga xarakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men kichkina paytimda qanday bo'lgan edim?», «Men katta bo'lganimda qanday bo'laman?» singari savollarida ko'rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib, bolalar kelgusida kuchli, jasur, aqlli va boshqa shu singari qimmatli insoniy fazilatlariga ega bo'lishiga xarakat qiladilar.

Kichik va o'rta maktabgacha yoshida bola xarakterining shakllanishi davom etadi. U asosan bolalarning kattalar xarakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi. Shu yillardan boshlab bolada ahamiyatli hisoblangan -iroda, mustaqillik va tashabbuskorlik kabi shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta maktabgacha yoshida bola atrofdagi odamlar bilan turli faoliyatlarda muloqot va munosabatlarga kirishishga o'rgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan til topishishda, ish bo'yicha va shaxsiy munosabatlarni normal ravishda o'rnata olishida foyda keltiradi. Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota -onalari haqidagi fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda a'amiyatlidir.

Maktabgacha yoshidagi bolalarning xayoli, asosan, ularning turli-tuman o'yin faoliyatlarida o'sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar maktabgacha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliyati bo'lmaganda edi, ularning xayoli xam xilma-xil bo'lmas edi. Maktabgacha yoshidagi bolalarning xayollari turli xil mashgulotlarda xam o'sadi. Masalan, maktabgacha yoshidagi bolalar loy o'ynashni, ya'ni loydan turli narsalar yasashni, qumdan turli narsalar ko'rib o'ynashni va rasm solishni yaxshi ko'radilar. Ana shunday mashg'ulotlar bolalar xayolining o'sishiga faol ta'sir qiladi.

Maktabgacha yoshidagi bolalar xayolining o'sishiga faol ta'sir qiluvchi omillardan yana biri ertaklardir. Bolalar xayvonlar haqidagi turli ertaklarni eshitganlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma'lum munosabat yuzaga keladi. (Ish jarayonida ertak terapiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq).

Maktabgacha yoshidagi bolalarda yoqimli va yoqimsiz xis-tuygular g'oyat kuchli va juda tez namoyon bo'ladi. Ularning xis-tuyg'ulari ular organik extiyojlarining qondirilishi va qondirilmasligi bilan boglikdir. Bu extiyojlarning qondirilmasligi sababli bolada noxushlik (yokimsiz), norozilik, iztiroblanish tuyg'ularini ko'zgaydi. Katta yoshidagi bolalarda burch hissi - nima yaxshi-yu, nima yomonligini anglashlari bilan ahloqiy tasavvurlari o'rtasida bog'liqlik bor. Katta odamlar tomonidan buyurilgan biron topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shodlik tuygulari paydo bo'lsa, biron tartib qoidani buzib quyganlarida xafalik, ta'bi xiralik xissi tug'iladi. Shuningdek, maktabgacha yoshidagi bolalarda ma'naviy hissiyotlardan o'rtoqlik, do'stlik va jamoada o'zini tutish holatlari ham yuzaga kela boshlaydi. Bolaning maktabgacha yoshidagi

davrida estetik hissiyotlar ham ancha tez o'sadi. Maktabgacha yoshidagi bolalarda estetik xislarning namoyon bo'lishini ular biron chiroyli, yangi kiyim kiyganlarida juda yaqqol ko'rish mumkin. Bolaning shaxsini shakllantirish kelajakda hayotda o'z o'rnini to'laqonli egallashi va "men" ini ijobiy shakllanishiga olib keladi. Shuning uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarning tarbiyachilari va psixologlari hamkorlikda bolani shaxsini shakllantirilishiga jiddiy yondashishlari darkor.

Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida talim jarayonini tashkil etishda tarbiyachilar quyidagilarni bajarishi lozim:

• bolalarning yoshi, qiziqish va imkoniyatlarini inobatga olish;

• talim jarayonini hamkorlikdagi o'yin, izlanish faoliyati shaklida tashkil etish;

• bolaning birgalikdagi faoliyatiga oid har qanday so'roviga javob va yordam berish;

• birgalikdagi tashkillashtirilgan talim faoliyati davomida har bir bolaga ism-sharif bilan murojaat qilish uchun vaqt va imkoniyat topish, bajarayotgan ishiga qiziqish bildirish, rag'batlantirish, qiyinchiliklarni yengishga yordam berish. Barcha bolalarni bu talim faoliyatida qatnashishga majburlamaslik;

• bolani o'yinlarga jalb qilish, tashabbusni uyg'otish, u bilan uning xohishistaklarini inobatga olgan holda rivojlantirish uchun turli variantlarni muhokama qilish;

• bolalarning mustaqil o'yiniga qiziqishni, bolalarning topilmalaridan, asl harakatlaridan va bayonotlaridan xursand bo'lish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son qarori

2. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta'lim agentligining 2023 yil 28 avgustdagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 99-sonli buyrug'i.

3. Grosheva I.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Yevstafyeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr) Toshkent 2022-yil (o'zbek va rus tillarida)

4. Abdullayeva N.Sh, "Maktabgacha ta'limni variativ yondashuv asosida takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari" - T.:2020.

5. Muslimov N., Usmonboyeva M., Sayfurov M., To'rayev A."Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari".O'quv metodik qo'llanma-Toshkent, 2015-y.

6. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

7. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

8. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.