MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALARDA O'Z-O'ZINI BOSHQARISH KO'NIKMASINI KOGNITIV JARAYONLAR RIVOJLANISHI BILAN BOG'LIQLIGI
Bekchanova Kuvanch Roximovna
Urganch davlat universiteti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11193795
Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarda o'z-o'zini boshqarish ko'nikmasini rivojlanishining va kognitiv jarayonlarining psixologik xususiyatlarining o'zaro bog'liqli haqida ma'lumotlar keltirilgan. Maktabgacha yosh davridagi bolalarning kognitiv jarayonlarining psixologik xususiyatlari ahamiyatga ega bo'lgan dolzarb mavzu hisoblanib, o'z-o'zini boshqarish ko'nikmasini va kognitivjarayonlarningyaxshi rivojlanmasligi bevosita bola hayotida muhim ta'sir qiluvchi muammolarni keltirib chiqararishi haqida ilmiy nazriy muhim fikrlar yoritilgan.
Kalit so'zlar: kognitiv jarayonlar, o'z-o'zini boshqarish ko'nikmasini ,o'yin faoliyati, bilim, ko'nikma, ichki qat'iyat.
Аннотация. В данной статье представлена информация о взаимозависимости психологических особенностей развития навыков саморегуляции и познавательных процессов у детей дошкольного возраста. Психологические особенности познавательных процессов дошкольников считаются важным актуальным вопросом и выделяются важные научно-теоретические положения о том, что отсутствие навыков самоуправления и слабое развитие познавательных процессов вызывают проблемы, которые непосредственно влияют на жизнь ребенка.
Ключевые слова: познавательные процессы, навыки саморегуляции, игровая деятельность, знания, умения, внутренняя детерминация.
Abstract. This article provides information on the interdependence of psychological characteristics of the development of self-management skills and cognitive processes in preschool children. The psychological characteristics of cognitive processes of preschool children are considered an important topical issue, and important scientific and theoretical points are highlighted that the lack of self-management skills and poor development of cognitive processes cause problems that directly affect the child's life.
Keywords: cognitive processes, self-management skills, game activity, knowledge, skills, internal determination.
Kirish. Bugungi kunda sifatli ta'lim taraqqiyotining poydevori bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimi va unda tarbiyalanayotgan bolalarga berilayotgan e'tibor har qachongidan ortib bormoqda. Ayniqsa Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich negizi hisoblangan maktabgacha ta'limni sifatli va zamon talabi darajasida tashkil etilishini ta'minlash borasida keng qamrovli islohotlar va bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirilayotgani guvohi bo'lamiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intelektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori [1] qabul qilindi.
Mazkur yosh davridagi bolalarning kognitiv jarayonlari yangi bilim,o'z-o'zini boshqarish ko'nikmasi, ichki qat'iyat va ma'lum bilimlarni to'plash uchun turli xil harakat usullaridan foydalanishga bo'lgan qiziqishini namoyon qiladi.
Ko'pgina olimlar tomonidan kognitiv jarayonlar haqidagi asarlar o'rganilgan bo'lib ,ularda, kognitiv faoliyatni maktabgacha yoshdagi bolalarning o'rganishga bo'lgan tabiiy istagi sifatida belgilagan hisoblanadi. K.D.Ushinskiy maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv faoliyatning xususiyatlarini va uni qanday faollashtirishni o'rganishdi. Shu bilan birga u bolalar bilan suhbatda davomida doimo ikki maqsad nazarda tutilishi va ularning birontasiga ham ikkinchisini unitib qo'yadigan darajada berilib ketmaslik lozim. Bolalarda birinchi maqsad rasmiy bo'lib, ularining aqliy qobiliyatini uning kuzatuvchanligini, xotirasi, hayoli, fantaziyasi va fahm-farosatini rivojlantirishdan iborat. Bolalarga biron-bir ma'lumot beribgina qolmay, balki yana... kitoblardangina emas bakli uni qurshab turgan predmetlardan, hayotiy hodisalardan, o'z qalbining tarixidan ham foydali bilimlar chiqarib oladigan vosita ham berish kerakligini doim yodda tutish kerak bo'ladi. Aqliy kuchi bor odam umr bo'yi o'qib-o'rganadi va hamma joydan foydali ozuqa topib oladi. Bu esa ta'limining asosiy vazifalaridan birini tashkil etadi [4]
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda o'z-o'zini boshqarish ko'nikmasi va kognitiv jarayonni shakllantirishdan maqsad ham mazmunli bilimga ega bo'lib maktab ta'limiga aqlan rivojlangan qilib tarbiyalashdir. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv jarayonlar yangi bilim, ko'nikma, ichki qat'iyat va ma'lum bilimlarni to'plash va kengaytirish uchun turli xil harakat usullaridan foydalanish zaruriyatiga bo'lgan qiziqishini aks ettirsa , ulardagi o'z-o'zini boshqarish ko'nikmasini rivojlantirish esa barcha irodaviy sohani rivojlantiradi. Bog'cha yosh davridagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi.
Har qanday faoliyatimizning doimiy yo'ldoshi diqqat hisoblanadi. Shuning uchun ham diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya kattadir. Maktabgacha yoshidagi bolalar diqqati ko'pincha ixtiyorsiz bo'ladi. Bu yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o'sib borishi uchun o'yin juda katta ahamiyatga ega. O'yin davomida bolalar diqqatlarini bir joyga to'plab, o'z tashabbuslari bilan ma'lum maqsadlarini ilgari suradilar. Bu bolalarda nafaqat kognitiv jarayonlar balki, o'z-o'zini boshqarish ko'nikmasi rivojlanishi uchun ham asosiy omil hisoblanadi. Bolalar bu xildagi bilimlardan o'z o'yinlarida, rasmlarida, ustozlari yoki kattalar bilan suhbatda foydalanadilar, bu bilimlar ularning aqliy va axloqiy o'sishlari uchun xizmat qiladi. A.N. Leontiev ko'plab tadqiqotlar asosida ilgari surgan maktabgacha yosh davr birinchi marta bo'ysunuvchi motivlar tizimi vujudga keladi, birlik yaratadi. Shuning uchun uni boshlang'ich davri deb hisoblash kerak. Bu davrda tobe motivlar tizimi boshlanishi, bolaning xatti-harakatlarini nazorat qilish va uning barcha rivojlanishini aniqlashga yordam beradi. Bola maktabgacha yosh o'zlariga bo'ysunishga qodir bo'ladi. Bunday bo'ysunish vaziyatdan tashqarida allaqachon maktabgacha yoshda barqarorlik bilan tavsiflanadi.[2,6]
L.I. Bozovich, fikricha, katta maktabgacha yoshdagi bolalar o'ziga xos "ixtiyorsiz o'zboshimchalik" bilan tavsiflanadi.
Maktabgacha yoshdagi boalarda prosotsial motivatsiyaning tanlash ustunligi ongsizlik bilan izohlanadi.[6 ].
Respublikamizda olib borilgan tadqiqotlar jumlasidan B.R.Qodirov rahbarligida D.B.Hakimova tomonidan «5—7 yoshli bolalar bilish jarayonlarini rivojlanishining yosh va jins xususiyatlari» mavzusidagi ishni ko'rishimiz mumkin. Uning natijalariga ko'ra, 5 yoshda
psixologik belgilar kuchli namoyon bo'ladi, bir xil psixik belgilar o'g'il bolalar va qizlarda turli yosh davrlarida, turli darajada namoyon bo'lishi aniqlandi.[3]
J.Piaje, Dj.Kelli kognitivistik yo'nalishning asoschilari qatoriga kiritishimiz mumkin. J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funksiyalari (vazifalari) hamda uning davrlari haqidagi ta'limotni o'z ichiga oladi. Muallif intellektni (aqlni) quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi:
1) sensomotor (hissiy-harakat) intellekti (tug'ilgandan 2 yoshgacha);
2) operatsiyalardan (fikriy harakatlardan) ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha);
3) yaqqol xatti-harakat davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha);
4) rasmiy sa'y-harakatlar davri.
J.Piajening g'oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyachilarga qo'shish mumkin. Bu yo'nalishning namoyandalari bolaning aqliy o'sishi to'g'risida fikr yuritilganda, narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, sub'ekt o'yin paytida faol harakat qilishga o'rinadi. Psixolog J.Piaje o'yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy e'tibor bilan qarab, bu ish ramziy m a'noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan xulosaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to'g'ri yo'li ekanligini bildirmaydi. Shuning uchun narsaning nomini o'zgartirish bilan bolada tafakkur va aql-zakovat o'sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir. Aslida narsalami qayta nomlash emas, balki o'yin harakatlarining xususiyatini o'zgartirish bolaning aqliy o'sishiga sezilarli ta'sir o'tkaza oladi. Bundan kelin chiqadiki, o'yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi ko'rinishi, ya'ni uning flkriy, aqliy jihati namoyon bo'ladi va shuning uchun o'yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko'rinishi vujudga keladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o 'yinning muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali o'z ifodasini topadi.[5]
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, maktabgacha yoshidagi bolalarda o'z-o'zini boshqarish ko'nikmasini rivojlanishi kognitiv jarayonni shakllantirish asosan bu yoshdagi bolalarni bilimga ega bo'lishiga va maktab ta'limiga aqlan rivojlangan qilib tarbiyalashga yordam beradi. Kognitiv jarayonlar va o'z-o'zini boshqarish ko'nikmasini rivojlanishi maktabgacha yoshdagi bolalarning yangi bilim, ko'nikma, ichki qat'iyat va ma'lum bilimlarni to'plash va kengaytirish uchun turli xil harakat usullaridan foydalanish zaruriyatiga bo'lgan qiziqishini rivojlantiradi. Maktabgacha yosh davridagi bolalarda o'z-o'zini boshqarish ko'nikmasini rivojlanishi kognitiv jarayonlarni o'rganish sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi aniqlashga yordam beradi. Bu jarayonlarning rivojlanishi esa bog'cha yoshdagi bolalarning kelgusi hayotida aql bilan ish ko'ruvchi har tomonlama teran fikrli va komil inson bo'lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3261-sonli Qarori/O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami 2017., 37-son, 984-modda; qonun xujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi,09.10.2020 y., 07/20/4857/1357-son.
2. Божович Л.И. Избранные психологические труды. - М.:Международная педагогическая академия, 1995. - 212 с.
3. Nishanova Z.T. Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya [Matn] : darslik / Z.T. Nishanova va boshq. — Toshkent: « O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018. - 600 b.
4. Ушинский К.Д. Изб. пед. Соч.: 2 томлик, 2-том. - М.: 1974. - Б. 27-28.
5. G'oziyev E. Ontogenez pslxologiyasi/darslik /.Tosbkent:"NIF MSH", 2020, 288 bet.
6. Мухина B.C. Шестилетний ребёнок в школе. М., Просвещение, 1990.