Научная статья на тему 'KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA INKLYUZIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI'

KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA INKLYUZIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bo‘lajak o‘qituvchi / inklyuziv kompetensiyasi / oliy pedagogik ta’lim / kognitiv ta’lim / bilim / kognitiv yondashuv / pedagogik faoliyat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ibragimova Feruza Xolboyevna

Maqolada kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar asosida oliy pedagogik ta’lim mazmuni va o‘qitish metodlarini takomillashtirish, kognitiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA INKLYUZIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI»

KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA INKLYUZIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Ibragimova Feruza Xolboyevna

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti,

(PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.11186645

Annotatsiya. Maqolada kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar asosida oliy pedagogik ta'lim mazmuni va o'qitish metodlarini takomillashtirish, kognitiv yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarda inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlariga e 'tibor qaratilgan.

Tayanch so'zlar: bo'lajak o'qituvchi, inklyuziv kompetensiyasi, oliy pedagogik ta'lim, kognitiv ta'lim, bilim, kognitiv yondashuv, pedagogik faoliyat.

Inson xotirasi va tafakkurida bilimlarning saqlanishi va rivojlanishi kognitiv faoliyat va inklyuziv kompetensiyasining vujudga kelishiga asos bo'ladi. Bo'lajak o'qituvchilarda shakllannadigan kognitiv faoliyat inklyuziv kompetensiyasining asosiy manbai hisoblanadi. Bugungi kunda butun dunyo miqiyosida kognitiv pedagogikaga inson faoliyatiga xos bo'lgan barcha bilimlarni o'zida mujassamlashtirgan ilm sohasi sifatida yondashilmoqda. Bu esa o'z navbatida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash, ularda inklyuziv kompetensiyani shakllantirishda kognitiv pedagogikaning imkoniyatlaridan samarali foydalanish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.

Kognitiv yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarda inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirish Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlarining maqsadlariga mos bo'lib, kognitiv pedagogikani rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi. Kognitiv pedagogikaning yetakchi metodlaridan biri retrospektiv tahlil metodidir. Mazkur metod kognitiv yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash sohasidagi ko'plab yo'nalishlar va g'oyalarni har tomonlama o'rganib, chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Mazkur g'oyalar, ta'limotlar, konsepsiyalar bo'lajak o'qituvchilarda inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlarini belgilab berishga xizmat qiladi.

Bo'lajak o'qituvchilarda inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirish insonning bilish jarayoni bilan bevosita bog'liqdir. Insonning bilish jarayoni psixik jarayonlarning tizimli tarzda namoyon bo'lishini ifodalaydi. Bular bo'lajak o'qituvchining kasbiy bilimlarni idrok etishi, xotirasida saqlab qolishi, eslab qolishi, qayta ishlashi, interpretatsiyalashida o'z ifodasini topadi. Ta'limda mazkur jarayonlarni faollashtiruvchi, mahsuldor usullar va metodlarni o'tgan asrning oxirlaridayoq mutaxassisilar tomonidan tizimli tarzda o'rganila boshlangan. Kognitiv pedagogikada bo'lajak o'qituvchini faollashtirish, o'quv jarayoniga nisbatan faol munosabatni shakllantirish, yetakchi masalalardan biriga aylangan. Bunda bo'lajak o'qituvchining bilish faoliyatini jadallashtirish orqali inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Bugungi kunda kognitiv pedagogikada quyidagi yo'nalishlarni ilmiy asoslashga alohida e'tibor qaratilmoqda [1]. Ular:

- bo'lajak o'qituvchilarning kognitiv jarayonlarini rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish;

- bo'lajak o'qituvchining shaxsiy kognitiv jarayonlarini faollashtirish imkoniyatlarini aniqlash orqali ularda inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirish;

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy nuqtai nazarlari ularning kogniv sohalari va o'z-o'zlarini mustaqil rivojlantirish omili ekanligini nazariy jihatdan asoslash kabilar.

Kognitiv yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarning inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirishda quyidagi metodlarga ustuvorlik berish nazarda tutilmoqda:

1. Reproduktiv;

2. Izlanuvchanlikka undovchi evristik;

3. Kreativ metodlar.

Ko'rinib turibdiki, kognitiv pedagogika tadqiqotlarning yangi sohasini kashf etish imkonini berdi. Kognitiv pedagogikada shaxsning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan kognitiv texnologiyalardan foydalanish zaruriyatini kuchaytirmoqda.

Bugungi kunda kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlarga tayangan holda oliy pedagogik ta'lim mazmuni va o'qitish metodlarini takomillashtirishga oid ilimy yogdashuvlar vujudga kelmoqda. Bo'lajak o'qituvchilarning inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirish imkonini beradigan o'qitish shakllari va metodlarini takomillashtirish, shaxsni kasbiy, metodik jihatdan shakllantirishga oid falsafiy, sotsiologik, psixologik, pedagogik bilimlarni uyg'unlashtirish zaruriyati kuchaymoqda.

Oliy pedagogik ta'lim mazmunini tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, kognitiv yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy rivojlantirish imkonini beradigan mavzular, o'quv materiallari, kognitiv texnologiyalari, o'quv modullari tarkibiga yetarlicha singdirilmagan [2].

Bo'lajak o'qituvchilarda inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirish uchun o'quv jarayoniga bo'lajak mutaxassisni intellektual, ma'naviy, madaniy, axloqiy va kasbiy jihatdan rivojlantirishning kognitiv tizimi sifatida namoyon bo'lishini ta'minlash talab etilmoqda. Oliy pedagogik ta'limning mazmunini kognitiv yondashuv asosida takomillashtirishda jarayon subyektlarining kasbiy tafakkurni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish kerak. Oliy pedagogik ta'lim jarayoni subyektlarining inklyuziv kompetensiyasini kognitiv yondashuv asosida rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish talab etiladi [3]:

- bo'lajak o'qituvchilar ijodiy pedagogik jarayon subyekti sifatida namoyon bo'lishlari uchun qulay didaktik muhit yaratish;

- ularda ijodiy rivojlanish jarayonida muvaffaqiyat qozonish;

- intellektual, ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun qulay vaziyatlarni vujudga keltirish;

- kasbiy rivojlanishga erishishlari uchun motivatsiya hosil qilish;

- kreativ faoliyat ko'rsatishlari uchun qulay pedagogik muhit yaratish;

- bo'lajak o'qituvchilarda inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirish strategiyalarini qo'llash;

- bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy madaniyatini boyitishga alohida e'tibor qaratish

kabilar.

Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun bo'lajak o'qituvchilarda inklyuziv kompetensiyasini muntazam rivojlantirish talab etiladi. Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash oldiga

ulkan vazifalar qo'yilayotgan hozirgi davrda ushbu muammoning samarali yechimini ta'minlash alohida ahamiyatga ega. Buning uchun bo'lajak o'qituvchilarda kognitiv bilimlarni mustaqil o'zlashtirish va turli nostandart pedagogik vaziyatlarda ularni samarali qo'llash kompetensiyasiga ega bo'lish talab etiladi. Bo'lajak o'qituvchilarda inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirish natijasida ular tomonidan o'zlashtirilgan bilimlar faollashadi, bo'lajak o'qituvchilarda inklyuziv kompetensiyasi madaniyati, ijodiy xarakteridagi pedagogik faoliyatni amalga oshirish motivatsiyasi kuchayadi.

Bo'lajak o'qituvchilarda inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirish uchun o'quv modullari tarkibiga kreativ texnologiyalarni singdirish maqadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, bo'lajak o'qituvchilar bilan professor-o'qituvchilar orasida ijodiy hamkorlik, o'quv materiallarini birgalikda tahlil qilish, ishchan dialogga kirishish muhim ahamiyatga ega. Chunki dialog jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning inklyuziv kompetensiyasilari namoyon bo'ladi. Oliy pedagogik ta'lim jarayoniga kognitiv yondashuvni tatbiq etish bo'lajak o'qituvchilarning ijodiy fikrlash usullarini o'zlashtirishlariga ko'maklashadi.

Kognitiv yondashuvning nazariy asoslarini shaxsning bilish jarayoni va uning tarkibiy tuzilishi haqidagi ilmiy yondashuvlar tashkil etadi. Professor R.G.Safarova kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar haqida fikr yuritib quyidagilarni ta'kidlab o'tgan: "Kognitiv pedagogika ta'lim oluvchilar olamni qanday va nima vositasida tadqiq etishlari, o'z faoliyatlarini tashkil qilish hamda o'z hayot tarzini amalga oshirishi haqidagi ilmiy yondashuvlarni ilgari surmoqda [1].

Yuqoridagi tahlillar asosida takidlash mumkinki, bo'lajak o'qituvchilarda inklyuziv kompetensiyasini kognitiv yondashuvga tayangan holda rivojlantirish jarayoni quyidagilarni amalga oshirishni taqozo etadi:

- oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning inklyuziv kompetensiyasini rivojlantirish bilan bog'liq vazifalarini muvaffaqiyatli yechish;

- bo'lajak o'qituvchilarning inklyuziv kompetensiyasi motivlarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish;

- kognitiv yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarni bilish motivlarini faollashtirish;

- inklyuziv kompetensiyasini egallashga intilishni bo'lajak o'qituvchilarning ichki ehtiyojiga aylantirish;

Oliy pedagogik ta'lim tizimi uchun o'quv dasturlari, ma'ruza matnlari, qo'llanma va tavsiyanomlarni yaratishda ushbu yo'nalishlarni alohida hisobga olish talab etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Safarova R.G. Kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar. Monografiya. - Toshkent, 2023.

2. Ibragimov, X., Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." - T.: Fan va texnologiya, 288 (2008).

3. Ibraimov Kh. I. Creativity as one of the characteristics of the personality of the future teacher // Science, education and culture. - 2018. - No. 3 (27). - P. 44-46.

4. Ibraimov X.I., Quronov M. Umumiy pedagogika (darslik). - T., "Shaffof", 2023, 416-bet.

5. Ibraimov X., Quronov M., Ibragimova F. Pedagogika tarixi va nazariyasi: Darslik. - T.: Shaffof, 2023. - 392-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.