Научная статья на тему 'KOGNITIV-PRAGMATIK KOMPETENSIYA VA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KOGNITIV-PRAGMATIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI'

KOGNITIV-PRAGMATIK KOMPETENSIYA VA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KOGNITIV-PRAGMATIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kognitiv / pragmatika / modellashtirish / lingvistik shakl / ekstralingvistika / fragment / korrelyatsiya / yondashuv / komponent / funksional-semanik tahlil / kommunikativ shaxs. / когнитивный / прагматический / моделирование / лингвистическая форма / экстралингвистика / фрагмент / корреляция / подход / компонент / функционально-семантический анализ / коммуникативная личность.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A M. To‘rabekova

ushbu maqolada kognitiv-pragmatik kompetensiya va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kognitiv-pragmatik kompetentligini rivojlantirish borasidagi xorijlik olimlar fikr-mulohazalari tizimli va tahliliy o‘rganilgan. O‘rganilgan nazariy ma’lumotlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning kognitiv-pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COGNITIVE-PRAGMATIC COMPETENCE AND STAGES OF DEVELOPMENT OF COGNITIVE-PRAGMATIC COMPETENCE OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS

в данной статье систематически и аналитически изучены мнения зарубежных ученых о развитии когнитивно-прагматической компетентности и когнитивно-прагматической компетентности будущих учителей начальных классов. На основе изученных теоретических данных разработаны этапы развития когнитивно-прагматических компетенций будущих учителей начальных классов.

Текст научной работы на тему «KOGNITIV-PRAGMATIK KOMPETENSIYA VA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KOGNITIV-PRAGMATIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© A.M. To'rabekova 1H_

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada kognitiv-pragmatik kompetensiya va bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kognitiv-pragmatik kompetentligini rivojlantirish borasidagi xorijlik olimlar fikr-mulohazalari tizimli va tahliliy o'rganilgan. O'rganilgan nazariy ma'lumotlar asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarning kognitiv-pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari ishlab chiqilgan.

MAQSAD: mazkur maqola bugungi kunda dolzarb muammoladan bo'lgan kognitiv -pragmatik kompetensiya tushunchasi va bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kognitiv-pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlarini atroflicha yoritib berishni aqsad qilgan. Bu borasida 'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kognitiv-pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlarining ishlab chiqilganligi maqolaning yutug'i bo'ldi.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu ilmiy izlanishlarimizda "Muammoli pedagogik vaziyat", "Intervyu", "Aqliy hujum" interfaol metodlaridan samarali foydalandik. Shunga muvofiq ravishda mavzu bo'yicha muammoli vaziyat o'rganildi, savol - javob orqali intervyu amalga oshirildi hamda turli muhokamali savollar o'rtaga tashlandi, aniq misollar yordamida fikr-g'oyalar keltirildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: kognitiv va pragmatik kompetentlikni kompleks tizimli tarzda tahlilni oshirish, shunga taalluqli nazariyalarni tanqidiy o'rganib, mantiqiy munosabat bildirish, og'zaki va yozma nutq malakalarida uning xususiyatlarini yorqin aks ettirish, kommunikatsion jarayonda shaxs va fikr erkinligiga e'tibor qaratish, muloqot sharoitini aniqlash, uning imkoniyatlarini o'rganishdan iborat. Kognitiv-pragmatik kompetentlikni rivojlantirish modeli tavsifi va undagi komponentlar nutqni qabul qiluvchi va suhbatdosh mushohadasi munosabatlarida strukturaviy bog'liqlik zarur.

XULOSA: bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kognitiv-pragmatik kompetensiyalarni rivojlantirishda uning tarkibiy komponentlarini tilning leksik, grammatik, morfologik va sintaktik birliklar yig'indisini va jamlanmasini muvofiq tarzda keltirish asoslidir.

Kalit so'zlar: kognitiv, pragmatika, modellashtirish, lingvistik shakl, ekstralingvistika, fragment, korrelyatsiya, yondashuv, komponent, funksional-semanik tahlil, kommunikativ shaxs.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: To'rabekova A.M. Kognitiv-pragmatik kompetensiya va bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kognitiv-pragmatik kompetentligini rivojlantirish bosqichlari. // Inter education & global study. 2024. №8. B.206-212.

ПОЗНАВАТЕЛЬНО-ПРАГМАТИЧЕСКАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ И ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ПОЗНАВАТЕЛЬНО-ПРАГМАТИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ_

© А.М. Турабекова1И

Ташкентский Государственный педагогический университет имени Низами, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье систематически и аналитически изучены мнения зарубежных ученых о развитии когнитивно-прагматической компетентности и когнитивно-прагматической компетентности будущих учителей начальных классов. На основе изученных теоретических данных разработаны этапы развития когнитивно-прагматических компетенций будущих учителей начальных классов.

ЦЕЛЬ: данная статья призвана подробно осветить концепцию когнитивно -прагматической компетенции, которая сегодня является актуальной проблемой, и этапы развития когнитивно-прагматической компетенции будущих учителей начальных классов. В связи с этим разработка этапов развития познавательно-прагматических компетенций учителей начальных классов стала прорывом в статье.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в нашем научном исследовании мы эффективно использовали интерактивные методы «Проблемная педагогическая ситуация», «Интервью», «Мозговой штурм». идеи были представлены на конкретных примерах.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: повышение познавательной и прагматической компетентности путем комплексного системного анализа, критического изучения соответствующих теорий, логического реагирования, яркого отражения его особенностей в навыках устной и письменной речи, акцентирования внимания на свободе личности и мысли в коммуникативном процессе, выявления условий общения, изучения его возможностей. Описание модели развития познавательно-прагматической компетентности и составляющих в ней структурных связей необходимо в отношениях речевого реципиента и наблюдателя собеседника.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: вместо вывода можно сказать, что при развитии познавательно-прагматических компетенций у будущих учителей начальных классов обоснованно соотносить ее составные компоненты с совокупностью и совокупностью лексических, грамматических, морфологических и синтаксических единиц языка.

Ключевые слова: когнитивный, прагматический, моделирование, лингвистическая форма, экстралингвистика, фрагмент, корреляция, подход, компонент, функционально-семантический анализ, коммуникативная личность.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Для цитирования: Турабекова А.М. Познавательно-прагматическая компетентность и этапы развития познавательно-прагматической компетентности будущих учителей начальных классов. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 206-212.

COGNITIVE-PRAGMATIC COMPETENCE AND STAGES OF DEVELOPMENT OF COGNITIVE-PRAGMATIC COMPETENCE OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS_

© Aziza M. To'rabekova1®

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: this article systematically and analytically examines the opinions of foreign scholars on the development of cognitive-pragmatic competence and cognitive-pragmatic competence of future elementary school teachers. Based on the theoretical data studied, stages of development of cognitive-pragmatic competencies of future elementary school teachers have been developed.

MATERIALLAR VA METODLAR: in our scientific research, we effectively used the interactive methods "Problem Pedagogical Situation", "Interview", "Brainstorming". ideas were presented with the help of specific examples.

AIM: this article is intended to highlight in detail the concept of cognitive-pragmatic competence, which is an urgent problem today, and the stages of development of cognitive-pragmatic competence of future primary school teachers. In this regard, the development of stages in the development of cognitive and pragmatic competencies of primary school teachers has become a breakthrough in the article.

DISCUSSION AND RESULTS: improving cognitive and pragmatic competence through comprehensive system analysis, critical study of relevant theories, logical response, vivid reflection of its features in oral and written speech skills, focusing on the freedom of personality and thought in the communicative process, identifying communication conditions, exploring its capabilities. A description of the model of cognitive-pragmatic competence development and the structural connections that make up it is necessary in the relationship between the speech recipient and the observer of the interlocutor.

CONCLUSION: instead of a conclusion, we can say that with the development of cognitive and pragmatic competencies in future primary school teachers, it is reasonable to correlate its constituent components with the totality and totality of lexical, grammatical, morphological and syntactic units of the language.

Key words: cognitive, pragmatics, modeling, linguistic form, extralinguistics, fragment, correlation, approach, component, functional-semantic analysis, communicative personality.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

For citation: Aziza M. To'rabekova. (2024) 'Cognitive-pragmatic competence and stages of development of cognitive-pragmatic competence of future primary school teachers', Inter education & global study, (8), pp. 206-212. (In Uzbek).

Zamonamizning muhim shartlaridan biri bo'lgan ilm-fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o'zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar ta'lim sohasi oldiga yangi vazifalarni qo'ymoqda. Bugungi kunda xalqimiz hayotida buyuk o'zgarishlar sodir bo'ldi. Barcha jabhada, jumladan, iqtisodiy, madaniy, ilmiy, sog'liqni saqlash, ayniqsa, ta'lim sohasidagi hech kimning hayoliga ham kelmagan mislsiz o'zgarishlar, rivojlanishlar yuz berdi. Oliy ta'limi sohasida olib borilayotgan tub islohitlar o'z samarasini bermoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining Davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida" 187-sonli qarori, "Ta'lim to'g'risida"gi 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-673-sonli qonunining qabul qilinishi va boshqa tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish soha vakillarining oldiga bir qator vazifalarni qo'yadi.

Kognitiv-pragmatik kompetentlikni modellashtirish jihatlari, nutq aktlari nazariyasi nuqtai nazaridan muloqot qilish jarayoni situatsiyasi Borkin, Reynxart1, Braun va Levinson2, Freyzer3, Goffman4, Formanovskaya5lar tomonidan taqdid qilingan. Lingvistik shaklni o'rganish kommunikativlikning ekstralingvistik parametrlari xilm-xilligi nutqning to'liq ma'nosini ochib berishda fragment va korrelyatsiyaning farqli jihati I.M.Kobozova6 va Kolshanskiylar7 tomonidan o'rganilgan. Kommunikativlik va muloqot yuritish, tinglovchi va so'zlovchi o'rtasidagi uyg'un munosabat, shular barobarida nutq harakatga keladi.

"Kognitivlik va pragmatika lingvistik jarayonlarda o'sib borishi va unga muayyan ehtiyojning borligi hamda ularga motivlar berilishi, maqsadlarga yo'naltirilishi asoslanib borishi kerak"8, - deysi Yu.V.Tufanova.

Kognitiv-pragmatik yondashuvlarda ko'plab omillar mavjudligi yuzasidan G.M. Kostyushkina9 fikr-mulohazalar bildirib o'tgan.

Kognitiv-pragmatik kompetentlik komponentlari va uning fuksional semantik tahlili, uni modellashtirish usullari ilmiy qarash, nutqning konseptual asoslarini talqin qilish

1Borkin A., Reinhart S.M. "Excuse me and I'm sorry"// TESOLQuartely. 1978. № 12 (1).

2 Brown. P., & Levinson. S., Universals in Language usage: Politeness phenomena. In E. N. Goody (Ed.), Questions and politeness: Strategies in social interaction, 8(1978), 56-289. (Cambridge: Cambridge University Press).

3 Fraser, B., & Nolen, W. (1981). The Association of Deference with Linguistic Form. International Journal of the Sociology of Language, 1981

4 Goffman, E. (1971) The Presentation of Self in Everyday Life. Pelican Books, London.

5 Формановская Н.И. Русский речевой этикет: лингвистический и методический аспекты. М.: 1982.

6Кобозева И.М. Теория речевых актов как один из вариантов теории речевой деятельности, Новое в зарубежной лингвистике, 1986.

7 Контекстная семантика / Г. В. Колшанский . - 2-е изд., стер. - М. :Эдиториал УРСС, 2005 . - 152 с. - (Лингвистическое наследие ХХ века). - ISBN 5-484-00096-3.

8 Туфанова IO.B. КОММУНИКАТИВНАЯ СИТУАЦИЯ ИЗВИНЕНИЯ: когнитивно-прагматический подход. авто.реф. Иркутск-2010, c 4.

9 Костюшкина Г.М. Концептуальная систематика языка, речи и речевой деятельности как объект лингвистики. Язык. Култура. Коммуникация. 2009.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

dolzarbligicha qolmoqda. Bunda tushunchalar, atamalar, terminlar izohi, glossariylar yaratish samarali bilishni amalga oshirishning istiqbollari, muloqot qilishning psixo-emotsional va mativatsion holati, idrok va tushunish, informatsiyani tanlash va uni qayta ishlashni o'z ichiga oladi. Biz modelimizni T.A.van Deykning10 "Kommunikativ-kognitiv pragmatika" nomli modeliga tayandik.

S.S. Taxtarovaning fikiga ko'ra kommunikativ shaxs - bu modellashtirilgan ma'lum bir mavhum konstruktsiya insonning kommunikativ xulq-atvorini tahlil qilish natijasi11.

P.Yu. Zolotovning fikriga ko'ra kommunikativ bosqichda o'quvchilar funksional aniqlash uchun pragmatika asosiy, izohli, parallel va nutq belgilari kabi bir qancha qidiruv mashqlarini bajarishlari mumkin.

Aloqa bosqichi o'z ichiga quyidagi turdagi vazifalarni oladi: yozma ravishda rollarni taqsimlash bilan juftlikda spontan suhbat (ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardan foydalangan holda) juftliklarda spontan suhbatni amalga oshirish orqali pragmatik bilimlari rivojlanadi12.

M.Canale13 tomonidan takomillashtirilgan model to'rtta komponentni o'z ichiga oladi: grammatik, sotsiolingvistik, nutq va kompensatsiya.

Shu o'rinda biz ham ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va nazariy ma'lumotlarning amaliyotdagi holatidan kelib chiqib, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kognitiv -pragmarik kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlarini ishlab chiqdik.

Bo'lajak o'qituvchilarning kognitiv-pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari quyidagilardan iborat:

Birinchi bosqich. Tushunish bosqichi - bu bosqichda bo'lajak o'qituvchilarning kognitivligini oshirish va tildagi lisoniy birliklar va pragmatik hodisalarning mohiyatini tushunishlari uchun nazariy ma'lumotlar taqdim etish.

Ikkinchi bosqich. Loyihalash bosqichi - talabalardagi kognitiv-pragmatik kompetensiyalarni rivojlantirish uchun loyiha ishini tashkil etish va hamkorlikda mavzuning muhokamasini va natijasini belgilash.

Uchinchi bosqich. Baholash mezonlari bilan tanishtirish bosqichi - bunda ta'lim jarayoni subyektlarining o'quv darsliklari va turli metodik ta'minotdagi kognitiv-pragmatik kompetensiyalar rivojiga oid o'quv-ta'limiy vositalar qay darajada berilganligini diagramma asosida ko'rsatib berishni uyga vazifa sifatida berish.

To'rtinchi bosqich. Lingvistik bosqich - loyiha yaratish jarayonida talabalardagi lingvistik bilimlarni sinovdan o'tkazish va ularni baholash.

Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan bosqichlar talabalarning kognitiv-pragmatik kompetensiyalarining rivojlanganligini aniqlash maqsadida grammatik-kommunikativ mashq va topshiriqlar ishlab chiqilishi va ularni baholashda baholash mezonlarida berilgan

10Дейк Т.А. ван. Язык. Познание. Коммуникация. - М.: Прогресс, 1989. c-69.

11 Тахтарова С.С. Категория коммуникативного смягчения: (когнитивно-дискурсивный и этнокультуркый аспекты) / Волгогр. гос. унт. - Волгоград, 2010,

12Золотов П.Ю. Формирование прагматической компетенции студентов на основе корпусных технологий. авто.реф. Тамбов-2020. 13Canale M. From communicative competence to communicative language pedagogy // Language and Communication. London :Longman, 1983. P. 2-27.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

nazariy va amaliy bilimlarini nutqida qo'llashni yuqori saviyaga olib chiqish strategiyalari o'z ifodasini topgan.

O'qish malakasini egallash ancha murakkab jarayon bo'lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T.G.Yegorov o'zining "Очерки психологии обучении детей читению" nomli asarida o'qish malakalarini shakllantirish jarayonini uch bosqichga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqich va avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi, bunda so'zni bo'g'in-harf tomonidan tahlil qilish va bo'g'inlab o'qish malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so'zni sidirg'a o'qish xarakterlidir; bunda so'zni ko'rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so'z ma'nosini anglash bilan asosan mos keladi. O'qish so'z ma'nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O'quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o'tadilar. Bundan keyingi yillarda o'qish avtomatlasha boradi14, deb ta'kidlanadi K.Qosimova boshchiligida yozilgan "Ona tili o'qitish metodikasi" darsligida.

Professor Asqar Zunnunov o'qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib, o'quvchilarning oldin bilimlarni o'zlashtirishiga, so'ng yod olishlariga e'tibor berilishi ta'lim jarayonida izohli o'qish deb nomlanganini ta'kidlaydi.

Demak, izohli o'qish deb o'ylashga, his qilishga, asarni to'liq idrok qilishga, o'qilganning mazmunini o'zlashtirishga olib keladigan o'qishga aytiladi. lzohli o'qish asar mazmunini tushunishni asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g'oyani angl ashni ta'minlaydi.

Izohli o'qish quyidagi tamoyillarga to'liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli bo'ladi:

1. O'qishni hayot bilan bog'liq holda tashkil etish.

2. O'qishning ongli va ta'sirchan bo'lishi uchun o'quvchitarning hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish.

3. O'qishni ko'rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o'simliklar dunyosini kuzatish, rasmIar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o'quvchining ifodali o'qishi tarzida olib borish.

Boshlang'ich sinf o'qish darslarida asosan she'rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o'qib o'rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri o'ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o'ziga xos usulda o'qib o'rganish taqozo qilinadi. Bunda albatta, innovatsion metodlar, didaktik materiallar va multimedia vositalaridan o'rinli foydalanish darsning mazmunli va qiziqarli o'tishiga o'zining ijobiy ta'sirini ko' rsatadi.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kognitiv-pragmatik kompetentligini rivojlantirishni takomillashtirishda ulardagi kognitiv nazariyani tushunish, uni nutqida o'rinli qo'llash va ularda shu bo'yicha tafakkur paydo bo'lishiga erishish, lisoniy sathlarning pragmatik jihatini anglash, zamonaviy, innovatsion metodlar asosida o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish, dars davomida talabalarning o'quv materiali asosidagi subyektiv fikr -mulohazalarini va mantiqiy, tanqidiy xulosalarini tinglash va tahlil qilish, ularni

14 K. Qosimova, S.Matchonov, X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. Ona tili o'qitish metodikasi— Т.: "NOSHIR", - 2009, 74-b.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

umumlashtirish, jamlashga bo'lgan qobiliyatlarini o'stirish, tildagi pragmatik hodisalar va belgilar mazmunidan kelib chiqib, kognitivlikni ta'minlash hamda nutqning kommunikativ sifatlaridan tashkil topgan vazifalar bo'yicha topshiriqlar ishlab chiqishdan iborat.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Borkin A., Reinhart S.M. "Excuse me and I'm sorry"// TESOLQuartely. 1978. № 12 (1).

2. Brown. P., & Levinson. S., Universals in Language usage: Politeness phenomena. In E. N. Goody (Ed.), Questions and politeness: Strategies in social interaction, 8(1978), 56-289. (Cambridge: Cambridge University Press).

3. Canale M. From communicative competence to communicative language pedagogy // Language and Communication. London:Longman, 1983. P. 2-27.

4. Fraser, B., & Nolen, W. (1981). The Association of Deference with Linguistic Form. International Journal of the Sociology of Language, 1981.

5. Goffman, E. (1971) The Presentation of Self in Everyday Life. Pelican Books, London.

6. K. Qosimova, S.Matchonov, X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. Ona tili o'qitish metodikasi— Т.: "NOSHIR", - 2009, 74-b.

7. Дейк Т.А. ван. Язык. Познание. Коммуникация. - М.: Прогресс, 1989. c-69.

8. Золотов П.Ю. Формирование прагматической компетенции студентов на основе корпусных технологий. авто.реф. Тамбов-2020.

9. Кобозева И.М. Теория речевых актов как один из вариантов теории речевой деятельности, Новое в зарубежной лингвистике, 1986.

10. Контекстная семантика / Г. В. Колшанский . - 2-е изд., стер. - М.: Эдиториал УРСС, 2005. - 152 с. (Лингвистическое наследие ХХ века).- ISBN 5-484-00096-3 .

11. Костюшкина Г.М. Концептуальная систематика языка, речи и речевой деятельности как объект лингвистики. Язык. Култура. Коммуникация. 2009.

12. Тахтарова С.С. Категория коммуникативного смягчения: (когнитивно -дискурсивный и этнокультуркый аспекты) / Волгогр. гос. ун -т. - Волгоград, 2010.

13. Туфанова ЮБ. КОММУНИКАТИВНАЯ СИТУАЦИЯ ИЗВИНЕНИЯ: когнитивно-прагматический подход. автореф. Иркутск-2010, c 4.

14. Формановская Н.И. Русский речевой этикет: лингвистический и методический аспекты. М.: 1982.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^To'rabekova Aziza Mirzabek qizi, tayanch doktarant, [Турабекова Азиза Мирзабековна, докторант], [Aziza M. To'rabekova, doctoral student]; manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi 27 uy; [адрес: Узбекистан, г. Ташкент, Чиланзарский район, ул. Бунёдкор, 27], [address: Uzbekistan, 27 Bunyodkor street, Chilanzor district, Tashkent city].

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.