Научная статья на тему 'ONA TILI O‘QITISH SAVODXONLIK METODIKASI FANI TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK USULLARI'

ONA TILI O‘QITISH SAVODXONLIK METODIKASI FANI TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
74
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Traektoriya / lingvopedagogik kompetensiya / didaktik / sun’iy intellekt / tushuntirish-illyustrativ (axborot-retseptiv) / reproduktiv / muammoli taqdimot / qisman-qidiruv (xuaristik).

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kuranbayeva Husnora Abdullayevna

Ta’lim traektoriyasini metodik shakllantirish imkoniyatini yaratilishi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining lingvopedagogik kompetensiyalarini takomillashtirish, talabalarning fanga qiziqishi, hamda biro‘quv topshirig‘ini bajarish asnosida bir nechta nutqiy ko‘nikmani rivojlantira olish imkoniyatiga ega bo‘lishi, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining topshiriqlarini amalga oshirishga ongli yondashishi, bajarishda didaktik ketma-ketlikka rioyaqilishi, topshiriqlarni zamonaviy axborot manbalaridan topish uchun sun’iy intellekt bilan to‘g‘ri muloqot qila olishi, joriy etilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI O‘QITISH SAVODXONLIK METODIKASI FANI TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK USULLARI»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

ONA TILI O'QITISH SAVODXONLIK METODIKASI FANI TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK USULLARI

Kuranbayeva Husnora Abdullayevna

TAFU "Pedagogika" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13292456 Annotatsiya: Ta'lim traektoriyasini metodik shakllantirish imkoniyatini yaratilishi bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining lingvopedagogik kompetensiyalarini takomillashtirish, talabalarning fanga qiziqishi, hamda bir o'quv topshirig'ini bajarish asnosida bir nechta nutqiy ko'nikmani rivojlantira olish imkoniyatiga ega bo'lishi, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining topshiriqlarini amalga oshirishga ongli yondashishi, bajarishda didaktik ketma-ketlikka rioya qilishi, topshiriqlarni zamonaviy axborot manbalaridan topish uchun sun'iy intellekt bilan to'g'ri muloqot qila olishi, joriy etilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: Traektoriya, lingvopedagogik kompetensiya,didaktik, sun'iy intellekt, tushuntirish-illyustrativ (axborot-retseptiv); reproduktiv, muammoli taqdimot, qisman-qidiruv (xuaristik).

1 KIRISH

Umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlang'ich sinf uchun ona tilidan tuziladigan o'quv dasturlari fanga oid darsliklar va ishlab chiqilgan o'quv qo'llanmalarida o'quvchilarining nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish va shular xususida tizimli ishlar olib borish, 1-4-sinf o'quvchilari nafaqat ona tili o'qitish metodikasi darslarda so'zlarni to'g'ri qo'llash qobiliyatiga ega bo'lishi, balki ijtimoiy hayotda ham nutqiy vaziyatlarga duch kelganda muammoni muloyim so'zlash, hikmatomuz maqollarni keltirish, ba'zi o'rinlarda buyuk siymolarning hikmatli so'zlaridan namunalar keltirish va sharhlash, kelajakda o'z kasbining yetuk mutaxassisi hamda barcha nutq uslublarida o'zining fikr-mulohazasini, munosabatini izchil ravishda belgilangan talablar asosida ifodalay olishi darkor. Shuning uchun, avvalo, tayanch, umumta'limda DTSda belgilangan nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan talablarni rejalar asosida nazariy ma'lumotlarni chuqur o'rgatish, mashq va topshiriqlardan unumli foydalanish, dars jarayonida ilg'or texnologiyalarni qo'llash, ona tili darslariga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etilishini ta'minlash zarur. Bu esa, ona tili ta'limidagi eng dolzarb hisoblangan bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.

2 TADQIQOT METADOLOGIYASI

Nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishda dialoglarda berilgan topshiriqlarni tuzib chiqish va o'quvchilarni nutqini tozalash ishlarini amalga oshirish mashqlarini ham yaratish foydali deb hisoblaymiz, ona tili darslarida videolavhalar, qo'l mehnati bilan chizilgan rasmlar, chizmalar mavzuni tushunish uchun yordam beruvchi vositalardir.

Odatda, nutqiy kompetensiya o'quvchilarning gapirish (dialogik hamda monologik nutq, rolli o'yinlar, muhokama), tinglash (konspektlashtirish, matn mazmunini qisqacha bayon etish, lisoniy taxminlarni rivojlantirish), o'qish (izlanuvchi, tanishtiruvchi, shaxsiy nuqtai nazarni shakllantirish, matndagi asosiy fikrni tushunish) hamda yozma nutq (ko'chirib yozish, turli ish qog'ozlarini to'ldirish, tavsiflarni tuzish, yetishmayotgan ma'lumotlarni to'ldirish, ijodiy matnlarni yaratish) malakalari sifatida tushuniladi.

Tinglash, o'qish, so'zlash, yozish malaka va ko'nikmalarini egallab matn yaratish, yozma ish turlarini bajarish, monologik nutq yaratuvchisi - yakka shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

S.Salimovaning ta'kidlashicha, fikrni va ma'lumotni xatosiz yozish, ya'ni "imlo, bu - savodxonlik, savodxonlik esa madaniylik belgisidir" [68;31-b.]. Insonda ma'lum bir ehtiyoj tufayli muloqotga kirishish istak-xohishi yuzaga keladi. Nutqni shakllantirish va harakatga keltirish fikrning nutqqa aylanishidagi tushuncha, tafakkurning rivojini belgilovchi tanlangan leksik birliklar va ularni bog'lab turuvchi grammatik vositalarga bog'liq. So'zlovchining fikri yozma nutq shakliga kelguniga qadar inson miyasida fikrlar reja asosida aqliy faoliyat tufayli tizimga keltiriladi. Bu o'rinda fikrlarni yig'ish, mavzu doirasidagi fikrlarning ketma-ketligini aniqlash, saralab olingan fikrning mazmun-mohiyatini tushunish, mantiqqa asoslanib gapirish va so'zlashning mazmunini tashkil qiladi. Rivojlantirilgan so'zlash qobiliyati zamirida yozish ko'nikmalari shakllantiriladi. Bunda ilmiy nazariy qoidalari, badiiy asarlar, barqaror birikmalar ahamiyatli o'rin egallaydi.

Muloqotga kirishish, so'zlash va gapirish, fikrni yozma bayon qilish jarayonida quyidagilarga tayaniladi: hayotiy tajribalarga asoslanib boshdan kechirgan yoki guvohi bo'lingan voqealardan xulosalar chiqarish; bildirilgan fikrlarni asoslangan dalillar yordamida isbotlash; ko'rgan-bilganlarga tayanib boshqalarga yo'l-yo'riq ko'rsatish; muayyan informatsiyani tinglovchiga yetkazish; mavhum ma'lumotlar yuzasidan tushunchalar berish; tinglovchiga noaniqlikni keltirib chiqargan notanish ob'ekt haqida ma'lumot berib, uni tasvirlashga harakat qilish.

"Britaniya maktablarida oltita tayanch kompetensiyalar asos sifatida olingan. Ularni shartli ravishda bir nechta guruhlarga birlashtirish mumkin. Asosiy kompetensiyalar: muloqotga kirishish, hisob-kitoblar yuritish, axborot savodxonligi" [68;57-b.].

Aytish joizki, bu uchala tayanch kompetensiyaning har bir guruhini takomillashtirish zamirida tinglab tushunish, o'qish, so'zlash va yozish kompetensiyalari

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™e^centurv

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

kompleks tarzda yordamchi vositalar bo'lib xizmat qiladi.

3 MAVZUGA OID FIKRLAR VA QARASHLAR

Nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishda O.Qurbonova nutqda uchraydigan nuqsonlarni aniqlash ham metodik ahamiyatga egaligini ta'kidlaydi. Ular: mahalliy sheva yoki oila ta'siri, "ko'cha tili"ning ta'siri, maktabda o'quvchilarning og'zaki nutqiga e'tibor bermaslik, nutq organlarida g'ayritabiiy kamchiliklarning bo'lishi: ba'zi tovushni ayta olmaslik, tili chuchuklik kabi. O'qituvchining muhim vazifasi ana shu nuqsonlarni o'z vaqtida anglash, bartaraf etish, oldini olish sanaladi. Nutqiy savodxonlikni egallash birinchi galda hozirgi o'zbek tili va uning mavjud ifoda vositalarini puxta o'zlashtirish, adabiy til me'yorlariga to'liq amal qilish kabi lisoniy omillarga, ikkinchidan, so'zlashganda muayyan axloq-odob me'yorlariga rioya etish, o'zi va o'zgalar gapiga e'tiborli bo'lish, o'rinli so'zlash, tinglash, suhbatlashish, munozara madaniyatini bilish kabi ijtimoiy-ruhiy omillarga bog'liqdir. Muloyim so'zlash, so'zlayotganda va yozish jarayonida so'zlarni o'z o'rnida ishlatish, nutqni kerakli va foydali so'zlar bilan boyitish o'quvchilarning ma'naviy fazilatlarini yuksaltiradi. O'quvchiga har bir inson hayotida befoyda so'zning ahamiyatsizligini hayotiy voqea va misollar bilan tushuntirish, yaxshi so'zning qadr-qimmati baland bo'lishini anglatish, ta'lim-tarbiya jarayonining o'zagini tashkil qiladi. O'quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish o'zining mustaqil fikrini tinglovchiga aniq va tushunarli yetkazishgina emas, balki tevarak-atrofdagilarning dunyoqarashi, e'tiqodlariga ma'lum xulosalar chiqarish uchun ham ta'sir qilishi zarur. Binobarin, inson nutqi orqali bilimlarni egallashdan tashqari nutq vositasida fikrini ifodalaydi. O'quvchilarda nutqiy kompetensiyalarni

rivojlantirishdan maqsad ulardagi so'zlash, fikrlash, muloqot qilish, munosabat bildirish, mushohada qilish, ifodali o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, mustaqil ravishda matn tuzish va yozish malakalarini tizimli shakllantirish va o'stirish, leksik va sintaktik birliklarni qo'llashda mantiqiy yondashuvga asoslanishni o'rgatishdan iborat. Sermazmun og'zaki nutq, ibratomuz maqol va hikoyalar o'qish, har bir narsadan hikmat qidirish g'oyasi yo'g'rilgan badiiy adabiyot namunalarini tinglash ta'sirida mahsuldor yozma nutq yaratiladi. Shuning uchun o'qish, tinglash va yozish o'quvchilarni bilimlarni mustahkam egallashga va komillikka yetaklovchi unsurlardir. 1

Til ta'limida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish o'quvchilarda nutqini o'stirishga yo'naltirilgan hamkorlikda olib boriluvchi amaliy faol mashg'ulotdir.

1 O.Qurbonova 10-11-sinf ona tili darslarida o'quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya aftoreferati.T.2021 y

O'quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish va amaliy ko'nikmalar hosil bo'lganini nazorat qilish o'qituvchidan chuqur bilim berishni va egallangan bilimlarni tekshirib borishni talab qiladi. O'quvchilar nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda quyidagi ustuvor tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiq.

Har bir metodikaga doir tadqiqotning asosini boshlang'ich ta'lim topshiriqlari tashkil etadi. Ona tili ta'limida keyingi bir asr davomida ko'plab tadqiqotlar olib borildi. Jadidlar boshlab bergan ta'limning mazmuni o'zida ona tiliga xos milliylikni qamragan edi. Tadqiqot davomidagi tahlillarga murojaat qilganimizda umumiy o'rta ta'lim darsliklari bilan oliy ta'lim darsliklari o'rtasidagi qiyosiy bog'liqlikka e'tibor qaratamiz.a

Jadidlarning sa'y-harakatlari bilan yaratilayotgan, o'z davrida sekin-asta shakllanayotgan milliy ruhdagi "Ona tili" darsliklari o'z o'rnini 1939 yilga kelib A.G'ulomov ta'kidlaganidek2, 1938 yilda (S.Barxudarov va Dosichevalarning rus maktablari uchun "Rus tili" darsligi stabil qo'llanma sifatida qabul qilingach), o'zbek maktablari uchun ham keyingi yillarda til me'yorlarini belgilashda nazariy asos vazifasini o'tagan Olim Usmon va Barot Avizovlarning to'liqsiz o'rta va o'rta maktablar uchun tavsiya etilgan darsligi egalladi3. Keyinchalik professor A.K.Borovkov rahbarligida tuzilgan darsliklar M.Shams , T.Sodiqovlarni darsliklariga nisbatan ancha mukamallikka egaligi bilan ajralib turadi. Yigirmanchi yillarning boshlarida yaratilgan o'zbek tili darsliklari tarkibida o'quv topshiriqlari mavjud emas edi. Keyinchalik A.Borovkov boshchiligida 1950 yillarda yaratilgan darsliklarda o'quv topshiriqlari kiritila boshlandi4.

Ammo, ta'limda ta'limiy jihati shundaki, mazkur darsliklar mazmuni keyinchalik oliy ta'lim darsliklariga shu holatda ko'chdi, o'zbek tili grammatikasining asosiy qismiga aylandi. oliy ta'lim darsliklarida mashqlarga o'rin ajratilmagan. O'zbek tili o'qitish metodikasi darsliklarida ayrim mustaqil ta'lim o'quv topshiriqlari bor, o'quv qo'llanmalarda keyingi yillarda qat'iy tartibda kiritildi. Uzoq yillar oliy ta'lim darslik va qo'llanmalarida mustaqil ta'lim topshiriqlaridan umumli foydalanilmadi. Bu holat o'zbek adabiy talaffuz me'yorlarining talabalar tomonidan yetarlicha o'zlashtirilmay qolishiga olib keldi. Ona tili ta'limi tarixiga nazar tashlasak, bunday mashqlar o'zbek tili fan sifatida shakllangan dastlabki yillarda (1930-1940)

2 G'ulomov.A.G'. //O'zbekiston sovet ensiklopediyasi.-T., 1981. - 394-b.

3 Usman A., Avizov B. O'zbek tili grammatikasi. Birinchi bo'lim. Fonetika va morfologija.To'liqsiz o'rta va o'rta maktablar uchun darslik.-T:. Ozdavna§r,1939. -235 b.

4 Borovkov A., G'ulomov A., Ma'rupov Z., Shermuhammedov T. O'zbek tili grammatikasi. Yetti yillik va o'rta maktablarning

5 - 6-sinflari uchun darslik. I qism. Fonetika va morfologiya. -T:. O'zdavnashr, 1946 - 227-b.

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

chop etilgan darsliklarda ham mavjud bo'lmaganligini yuqorida ta'kidlandi5.

Metodist G'.Hamroyev tadqiqotlarida o'quv topshiriqlari umumiy o'rta ta'lim tizimi doirasida o'rganib chiqilgan. Bu borada uning ona tili o'qitish metodikasida mashq va topshiriqlar vazifa jihatidan farqlanmaydi, buning natijasida talabalarda nutqiy ko'nikmalar to'laqonli rivojlanmayapti6 degan fikriga qo'shilish mumkin.

Darhaqiqat, oliy ta'lim darslik va qo'llanmalarida ham boshlang'ich ta'lim topshiriqlari maxsus o'rganilmagan, savolni topshiriqdan, topshiriqni esa mashqdan, farqlab bo'lmaydi.

"Pedagogika Ensiklopediyasi"da mashqqa berilgan ta'rifning ancha takomillashgan va ta'lim sohasiga moslashtirilgan shaklini ko'rish mumkin:

Mashq (arabcha - husnixat, rasm chizish uchun namunalar) - biror faoliyatni puxta o'zlashtirish yoki sifatini yaxshilash maqsadida ko'p marta takrorlash. Mas., o'qish, yozish. M. ta'limda ko'nikma va malakalar hosil qilishda muhim o'rin tutadi7.

G'.Hamroev ta'kidlagani kabi har bir atama o'z mazmun-mohiyatiga ega. Ya'ni, mashq muayyan harakatni, bir necha bor aynan takrorlash asosida shu mashg 'ulotdan ko 'zlangan ko 'nikma va malakaga ega bo 'lishni nazarda tutsa, topshiriq kishining, jumladan, talabaning zimmasiga biror mazvuni mustahkamlash maqsadida bir marta bajarish uchun beriladigan ish, vazifani anglatadi.

Topshiriq atamasiga "O'zbek tilining izohli lug'ati"da quyidagicha ta'rif berilgan: "Topshiriq 1. Kimsaning zimmasiga yuklatiladigan ish, vazifa. Hukumat topshirig'i. Topshiriq bermoq. Tergovchi ham xit bo 'ldi. Axir, u bu yerga o 'ynagani kelmagan-ku. Maxsus topshiriq bilan oqni oqqa, qorani qoraga ajratgani kelgan-"8. Mustaqil ta'lim topshiriqlarini bir-biridan farqlab vazifasiga ko'ra metodik yondashish lozim. Demak, mashq - ko 'nikma yoki malaka hosil qilish vosita. Topshiriq esa ma 'lumotlarni xotiraga kirituvchi qurilmaga o 'xshaydi.

U yo 'naltiruvchi xususiyatga ega. Topshiriq asosida talabani fikrlashga, mustaqil ishlashga o 'rgatish mumkin. Zero, mashqlar ham, topshiriqlar ham "Ona tili" darsliklarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ona tili ta'lim mazmunini takomillashtirishda adabiyot fani bilan integratsiyalash muhim ahamiyatga ega. Masalan.

l.Savol. O'zbek adabiyotida birinchi professor qaysi, shoir yoki yozuvchi bo'lgan. Qaysi yo'nalishda ish olib borgan, izohlab bering.

5 Ramazan Q., Qajjumij X. Grammatik. Sarf. O'rta maktablar ucun darslik. I qism. -T:. O'quvpeddavnasr, 1937. -149 b.

6 G'.Hamroev Ona tili o'qitishning samarali usullari. Metodik qo'llanma. - Toshkent. Bayoz. 2018. 197 b.

7 Pedagogika Ensiklopediyasi. 2-jild. -T.: J - M., 2012. - 223-b.

8 O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik.4 jild—T.: O'zME, 2004, -

150-b.

Javob: Abdurauf Fitrat. Jadidchilik harakatining davomchilaridan biri.

2. Savol. Adabiyotshunoslikka kirish kitobini 2004 yildagi muallifi kim

Javob: Quronov D.

Demak ona tilidagi ta'limiy topshiriqlarni adabiyot bilan integratsiyalashtirib berish maqsdga muvofiqdir.

Nazariy ma'lumotlar, ya'ni grammatik bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining lingvopedagogik kompetensiyalarini takomillashtirishda mavzu doirasida bilim, tushuncha hosil qiladi. Ta'lim mazmunida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi egallashi ko'zda tutilgan ko'nikma va malakani, asosan, mashqlar asosida rivojlantiriladi. Topshiriqlar bu o'rinda ko'proq talaba bilimini boyitishga xizmat qiladi. Ona tili ta'lim mazmunini rivojlantirishda topshiriqlar ustida ishlash metodikasini takomillashtirish lozim. Oliy ta'lim tizimida ona tili o'qitish metodikasiga doir o'quv metodik adabiyotlarida topshiriqlar an'anaviy shaklda quyidagicha keltiriladi:

Amaliy ish. Savol va topshiriqlar.

1. O'zbek tilida so'z oxirida qanday tovush o 'zgarishlari yuz berishi mumkin?

2.Qaysi tovushlar so'z oxirida jarangsizlanadi?

3.Qaysi tovushlar talaffuzda so'z oxirida tushib qoladi?

4.Talaffuz qilinmasa-da, imloda yoziladigan harflar ishtirok etgan so'zlarga misollar keltiring. (pas(t), sus(t), juf(t)...

5.Mazkur harflarning mavjudligini qanday aniqlaysiz? (Toshkentimiz jamoli, mol go'shti kabi)9.

Qo'llanma mualliflari yuqoridagi kabi topshiriqlarini bajarishda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari til materiallarini kuzatadilar, so'zlarni qiyoslaydilar, o'xshash va farqli tomonlarini sharhlaydilar. Mazkur jarayon faqat imlo savodxonligining rivjlanishini masalan, balki tovush va harflarni farqlash, so'z ma'nosining o'zgarishida to'g'ri talaffuzning o'rni va ahamiyatini tushunib yetishga sabab bo'ladi, talaba so'z boyligining oshishiga, so'zlarni nutqiy vaziyatga qarab to'g'ri tanlash, o'z o'rnida to'g'ri qo'llashga ham o'rgatadi. Biroq bugungi ona tili o'qitish metodikasi talabalarni, shu jumladan, talabalarni matn bilan ishlash, turli uslublardagi matnlarni o'qib tushuna olish, matndan anglaganlarini yozma va og'zaki bayon qilib bera olish ko'nikmalariga ega bo'lishi ko'zda tutilmoqda.

Bu o'rinda ona tili o'qitish metodikasi bilan til sathlari o'rtasidagi farqlarni solishtirish bo'yicha berilgan topshiriqlari o'zini oqlamasligi mumkin. Uning fan sifatidagi ahamiyati haqida fikr yuritish o'rniga xususiyatlarini so'rash ahamiyatsizroqdir. Shu ma'noda, ona tili o'qitish metodikasi bo'yicha yaratiladigan kelgusi metodik adabiyotlarda buni, albatta, e'tiborga olish zarur.

9 G'.Hamroev Ona tili o'qitishning samarali usullari. Metodik qo'llanma. - Toshkent. Bayoz. 2018. 197 b.

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

Ona tili o'qitish metodikasi darsligida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining bilim va malakalarini sinash taqdim etilgan savol va mustaqil ta'lim topshiriqlari ham pragmatik o'quv topshiriqlari bilan almashtirish vaqti kelgan:

Savol va topshiriqlar:

1.Metodika fani nimani o 'rganadi?

2.Metodikaning o'quv predmeti sifatidagi o 'ziga xosliklarini izohlab bering.

3.Uning fan sifatidagi xususiyatlarini tushuntiring.

4.O'zbek tili o 'qitish metodikasi fanining boshqa

fanlar (fonetika, grafika, hozirgi o 'zbek adabiy tili, shevashunoslik, tilshunoslik asoslari) dan

farqini tushuntirib bering.

5.Aniq misollarda umumiy, xususiy hamda maxsus metodikaning o'ziga xosliklarini izohlab bering10. Oliy ta'lim tizimida an'anaviy dars mashg'ulotlari bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining, xususan, bo'lajak mutaxassislarga bilim berish, topshiriqlari asosida ma'lumotlarni yodlash, turli manbalardan olingan jumlalarni lingivopedagogik tahlil qilishga mo'ljallangan. Bo'lajak boshlang'ich sinf

o'qituvchilarining egallangan bilimlarga asoslanib, istagan matndan otlarga so'roq berish orqali ularni aniqlashga erishgach, bu otlar predmetning aniqligi, ya'ni ushlash, ko'rish, o'lchash mumkinligi va mumkin emasligiga qarab aniq va mavhumlarga ajratadilar hamda hosil bo'lgan guruhlarni mustaqil davom ettiradilar. Aniq otlar ma'no guruhlariga ajratib o'qitiladi. Bo'lajak boshlang'ich sinf

o'qituvchilarining so'z boyligini oshirishda otli birikmalar ustida ishlash muhim o'rin egallaydi.

Ona tili modulidagi darsliklarda mavzularni o'qib tushunish, malakasini baholash uchun tuzilgan topshiriqlari tuzishning nazariy tahlil qilish, topshiriqlar sifatini oshishiga xizmat qiladi. Xulosa o'rnida, shuni aytish mumkinki, ona tili o'qitish metodikasi bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash ko'zda tutilgan paytda ularning kasbiy mahoratlarini oshirishga xizmat qiladigan o'quv topshiriqlar tuzish vaqti kelgan. Shu ma'noda, ona tili o'qitish metodikasi bo'yicha yaratiladigan kelgusi metodik adabiyotlarda buni, albatta, e'tiborga olish zarur. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda, didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta'limning mavjud jarayonlarini o'rganish, uning turli jihatlari o'rtasidagi bog'liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir, ta'lim amaliyoti ta'lim mazmunini anglab olish, ta'lim tamoyillari, ta'lim metodi va vositalarini qo'llash me'yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me'yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi hamda tajriba va ta'lim

resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi11

1.2.1.-jadval

Ona tili o'qitish metodikasi ta'lim mazmunini rivojlantirishda ta'lim shakllari va vositalari

bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining didaktik vazifasi. An'anaviy ta'lim shaklida

An'anaviy ta'lim shaklida, topshiriqlari tuzish va topshiriqlar bilan ishlashda qulay va amaliy ahamiyatga ega didaktik ta'lim metodlari asosida darsliklar yaratish va shu asosida dars mashg'ulotlar olib borish;

Og'zaki, ko'rgazmali, amaliy (seminar, laboratoriya va ekskursiya)_

Oliy ta'limda modul-kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlaridan mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzishning metodik mexanizmini joriy etish

Oliy ta'limda ishlab chiqilgan taklif va

tavsiyalarni tajriba asosida darsliklar mazmunida, ona tili dars

mashg'ulotlarida sinab ko'rish va olingan xulosalarni umumlashtirish.

Dars mashg'uloti metodikasi. Noan'anaviy ta'lim shaklida

Noan'anaviy ta'lim shaklida, qulay va amaliy ahamiyatga ega didaktik-pedagogik maqsad asosida darsliklar yaratish va shu asosida dars mashg'ulotlari olib borish;

Pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlarning farqlariga tavsif. Insert, FSMU, VENN, Klaster, BBB, T-sxema, 6x6x6 va hokozo

Talabalarni mavzu doirasida har bir mavzuga

oid mustaqil o'quv topshiriqlari tuzishning 10

tadan murakkab savollar

(javobi bilan) tuzishga undash

Tezkor savol-javob interfaol o'yin metodi asosida olib boriladi.

Matndan otli birikmalarni ajratish, berilgan so'zlar ishtirokida shunday birikmalar hosil qilish kabi ijodiy amaliy ishlar o'quvchilar lug'atini shunday birikmalar

10 To'xliyev, V. O'zbek tili o'qitish metodikasi / B. To'xliyev, M. Shamsiyeva, T. Ziyodova ; red. T. Niyazmetova. - Toshkent : Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010 - 13- b.

11 M.Axmedova Pedagogika (hammualliflar) - Toshkent.: Fan

va texnologiya nashriyoti, 2018 - 94- b.

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega12. Bu esa bugungi zamon talablariga mos kelmay qolmoqda.

Darsliklarni tushuntirish darajasidan kelib chiqib, ona tilidagi matnni o'qib tahlil etish, topshiriqlar va mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzish va darsliklarda hamda dars mashg'ulotlarida o'zaro quyidagicha bo'lishi maqsadga muvofiq.

Xulosa o'rnida, shuni aytish mumkinki, ona tili o'qitish metodikasi zamon talablariga javob berishi uchun barcha diqqatni nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratish lozim. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'z o'quvchilariga tinglab tushunish, o'qib tushunish, gapirish va yozish ko'nikmalarini hosil qilishni o'rgatishi lozim. Buning uchun har bir talaba matn ustida ishlashni bilishi, bir fikrni turli shakllarda bera olishni o'rganishi, eng asosiysi, ta'lim topshiriqlari va mustaqil topshiriqlarni farqlay olishi, ulardan dars mashg'ulotlari davomida samarali foydalana olishi lozim. Oliy ta'lim mazmuning hozirgi rivojlanish bosqichi global o'zgarishlar bilan tavsiflanadi. Bo'lajak mutaxassisni rivojlantirishning kompetensiyaga asoslangan modeliga o'tish, nazariy bilimlar majmuasining aloqasiga emas, balki kompetensiya asosida ifodalangan ta'lim natijalariga e'tibor qaratish. Talabalarni sertifikatlash bo'yicha davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq kirish va joriy nazoratni, shuningdek oraliq sertifikatlashni o'tkazish uchun baholash fondlari mablag'lari yaratiladi. Natijada, o'quv jarayonining diqqat-e'tibori nazorat va baholash komponentiga o'tadi, bu esa o'quv jarayonini tizimli ravishda kuzatib borish, diagnostika qilish va tuzatishga imkon beradi.

Agar biz vakolatlarni baholash haqida gapiradigan bo'lsak, unda bu biz uchun hali ham muammo bo'lib qolmoqda, chunki mavjud baholash tizimini o'zgartirish kerak. Mutaxassislarni tayyorlashning kompetensiya modelini yaratishda ona til ta'lim mazmuni yutuqlarini, ta'limiy sifatini doimiy ravishda kuzatib borish va talabaning shaxsiy fazilatlari, ijodiy xususiyatlarini rivojlantirishga imkon beradigan innovatsion elektron baholash vositalaridan faol foydalanish kerak.

Nazariy jihatdan kasbiy kompetensiya - bu maxsus faoliyatni rivojlantirish, uni tahlil qilish usullari va mutaxasisslik ta'lim jarayonida uni rivojlantirish mexanizmi va amaliyotda metodik professionallikni takomillashtirish natijasidir. Empirik ravishda, kasbiy kompetensiya xodimning kasbiy faoliyatni rivojlantirish sharoitida turli darajadagi murakkablikdagi kasbiy vazifalarni hal qilishga tayyorligi bilan tavsiflanadi va professionalning ideal modeli sifatida taqdim etiladi. Zamonaviy ta'lim makonida portifoliolar, testlar, ballarni baholash tizimi kabi talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish darajasini baholash vositalari asosida qo'llaniladi.

12 A.G'ulomov, M.Qodirov, M.Ernazarova, A.Bobomurodova, N.Allavutdinova, V.Karimjonova Ona tili o'qitish metodikasi (Universitet va pedagogika institutlarining filologiya fakulteti talabalari uchun) Darslik. T.: TGPI, 1991. T.Fan va texnologiya 2012. - 3S0 b.

Zamonaviy baholash vositalari mutaxassisga tayyorgarlikning mazmuni va faoliyat tarkibiy qismlarini aniqlashi kerak, bu vakolatlarni namoyish qilishni yoki ularni muayyan vaziyatda qo'llashni nazarda tutadi. Vaziyatli vazifa sifatida bunday baholash vositasi yuqoridagi barcha talablarga javob beradi deb hisoblaymiz. Vaziyatli vazifalarni nazorat materialining yangi istiqbolli turi sifatida birinchi eslatish V.S.Avanesovning ishlarida keltirilgan. U predmetlarning bilim va ko'nikmalarini amaliy, ekstremal va boshqa vaziyatlarda harakat qilishga sinash uchun ishlab chiqilgan bunday vazifalarni situatsion deb ataydi13.

Vaziyatli vazifalar muammoli bo'lib, faoliyat usulini aniqlash va tushunishga qaratilgan.

Vaziyatli muammoni hal qilishda o'qituvchi va talabalar turli maqsadlarni ko'zlaydilar:

-talabalar uchun ushbu vaziyatga mos yechimni topish;

-o'qituvchi uchun — talabalarning faoliyat uslubini va uning mohiyatini anglashni o'zlashtirish14.

Kompyuter testlarini ishlab chiqishda ishtirok etgan mualliflar ikkita atamadan foydalanadilar:

"vaziyatli vazifa" va "vaziyatli muammo" ularning tushunchasida ushbu atamalar bilan belgilangan ob'ektlar faqat qiyinchilik darajasi bilan farq qiladi.

Shunday qilib, "vaziyatli vazifa" tushunchasining ozgina talqinlarini tahlil qilish bizni ushbu konsepsiyani muallifning formulasini taklif qilish zarurligiga olib keldi. Vaziyatli vazifa deganda biz talabalar o'quv predmeti mazmunini ongli ravishda o'zlashtirishlari uchun amalda muhim vaziyatni hal qilishga qaratilgan shart-sharoitlarni o'z ichiga olgan o'qitish va baholash vositasi tushuniladi. Vaziyatli vazifaning o'ziga xosligi, bizningcha, aniq amaliyotga yo'naltirilgan xarakterga ega ekanligi yotadi, lekin uni hal etish uchun ma'lum bir mavzu bo'yicha aniq bilimlar zarur.

Vaziyatli vazifalarning har xil turlari bilan ularning barchasi odatiy tuzilishga ega. Qoida tariqasida, vazifa quyidagilarni o'z ichiga oladi:

-sarlavha (afzalroq yorqin, diqqatni jalb qilish); -vaziyatli-ish, muammo, hayotiy voqea; -shaxsan muhim kognitiv savol; -ushbu masala bo'yicha turli xil usullar bilan taqdim etilgan ma'lumotlar (matn, jadval, grafik, statistika); - vazifa bilan ishlash uchun savollar yoki vazifalar. Ushbu vazifalarda talabalar uchun vazifalar turli xil murakkablik darajalaridan iborat (tanishishdan baholashgacha), bu talabalarning individual xususiyatlarini, shuningdek o'quv guruhining xususiyatlarini hisobga olishga imkon beradi.

Vaziyatli vazifalar Amerikalik olim B. Blum tomonidan ishlab chiqilgan taksonomiyaga asoslangan

13V.S.Avanesov. Teoriya i metodika pedagogicheskix izmereniy: leksii [Elektronnbiy resurs] - Rejim dostupa: http://www.studmed.ru/docs/document4772/c

14 Akulova, A. A. konstruirovanie situatsionnbix zadach dlya otsenki kompetentnosti ucharn,ixsya: uchebno-metodicheskoe posobie dlya pedagogov shkol [Tekst] 200S

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

axborot bilan ishlashning eng universal usullarini rivojlantirishga qaratilgan kategoriya. Vaziyatli vazifalarni hal qilish ketma-ket bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi: maqsad, faollashtirish, muammo, vositalarni tanlash, nazariy, samarali, umumlashtirish. Vaziyatli vazifalar-bu bir qator funksiyalarni birlashtirgan yangi avlod o'qitish texnikasi. Keling, ularning qisqacha tavsifini beramiz

-talabalarning bilim faoliyatini tashkil etish funksiyasi-bilimlarni o'zlashtirishga hissa qo'shadigan vaziyatli vazifalar;

-talabalarning mustaqil o'quv faoliyatini tashkil etish funksiyasi-mustaqil ravishda bilim olishga, ko'p bosqichli vazifalar yordamida yutuqlarini tekshirishga, natijalarni qayd etishga imkon beradigan vaziyatli vazifalar;

-tuzatuvchi funksiya ish natijalarini baholashga imkon beradigan vaziyatli vazifalar, kerakli tuzatish ishlari15.

Pedagogik jarayon o'zaro bog'liq, o'zaro davom etuvchi vaziyatli vazifalarning uzluksiz zanjiri sifatida qaralishi mumkin. Vaziyatli vazifalar maqsadli ravishda yaratilishi yoki o'z-o'zidan paydo bo'lishi mumkin. Vaziyatli vazifalarni ishlab chiqishda turli xil yondashuvlar mavjud:

-birinchi yondashuv tegishli dars mashg'ulotida savollar asosida maqsad va vazifani tuzishdir;

-ikkinchi yondashuv har bir talaba qanday hal qilishni o'rganishi kerak bo'lgan amaliyotga yo'naltirilgan vazifalarning aniqlangan turlariga asoslanadi;

-uchinchi yondashuv hayotiy muammolarga asoslangan bo'lib, ularni hal qilish uchun bilim asoslari tegishli o'quv fanlarida yotadi;

-to'rtinchi yondashuv ehtiyojdan kelib chiqadi mavzu bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish uchun emas, balki mavhum o'quv material ustida, lekin moddiy, talabalar uchun muhim.

Vaziyatli vazifalar axborot bilan ishlashning eng universal usullarini rivojlantirishga qaratilgan.

Ko'pchilik tadqiqotchilar quyidagi umumnazariy to'plamni ajratadilar:

- analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tasniflash, tan olish, tanlash, tuzish, birlashtirish, permutatsiya, transformatsiya, unifikatsiya, tizimlilash, qurish, o'xshatish asosida variantlar.

XULOSA. Shunday qilib, vaziyatli vazifalarning imkoniyatlari o'qituvchi to'g'ri javob manbai sifatida emas, balki bilim va harakat usullarini o'zlashtirishda yordamchi sifatida harakat qilganda, o'qituvchi va talaba munosabatlarini teng o'zaro ta'sir yo'nalishi bo'yicha o'zgartirish qobiliyatidan iborat16.

15 Bloom, B.S., (Ed.). 1956. Taxonomy of educational objectives: The classification of educational goals: Handbook I, cognitive domain. New York: Longman.

16 Kasatkina, N. Situatsionnaya zadacha kak sredstvo otsenivaniya urovnya sformirovannosti professionalnbix kompetensiy buduw,ix pedagogov / N. Sek. Kasatkina. - Tekst: neposredstvennbiy / / obrazovanie: proshloe, nastoyaw,ee i

Tajribalarimiz jarayonida amaliyotda qo'llanilib kelinayotgan o'quv qo'llanma va darsliklar aynan ona tili ta'lim mazmunini boyitish, "Ona tili o'qitish metodikasi", fanini baholash vositalari fondini ishlab chiqib, biz talabalarga darslik matni va taklif qilingan qo'shimcha ma'lumot manbalarini o'rganishlari, berilgan savollarga javob topishlari, tajribalar o'tkazishlari, bilimlarni tahlil qilish va sintez qilishda ijodiy qobiliyatlarni namoyon etishlari uchun quyi va yuqoridagi vazifalarni tanladik va tuzdik, ularning bahosi, ya'ni ushbu pedagogik-metodik yondashuv tufayli talabalar nimanidir o'rganishni bilib oldi, bu yangi va olingan bilimlarni kelajakda amalda ham, kundalik hayotda ham qo'llaydi.

Natijada, biz ishlab chiqqan barcha vaziyatli vazifalar o'zbek tili modulida o'z vakolatini rivojlantirish darajalariga muvofiq uch darajaga bo'linadi.

Birinchi darajadagi vazifalar: bunday muammoni hal qilish uchun bitta nazariy fakt talab qilinadi (darsliklarni sifatli spiralsimon tamoyil asosida ko'paytirish darajasi) va psixologik bilish darajalari asosida amalga oshirish,

Ikkinchi darajadagi vazifalar: darsliklarda yechim bir nechta didaktik-pedagogik g'oyalarni, pedagogik-metodikaning turli bo'limlaridan olingan bilimlarni, shuningdek shaxsiy tajribani (pedagogik, metodik va didaktik talablarni tushunish darajasi) birlashtirishni talab qiladi.

Uchinchi darajadagi vazifalar: yechim vaziyatning pedagogik modelini qurishda, yangi materialni o'rganishda, bitta vaziyatli muammoni hal qilishning bir necha usullarini izlashda (aks ettirish darajasi tadqiqotda) bunda asosan kreativ tadqiqot yondashuvini talab qiladi. Vaziyatli muammoni hal qilish jarayoni har doim talabaning o'quv jarayonidan tashqarida, pedagogik amaliyot maydoniga "chiqishini" o'z ichiga oladi, bu esa vaziyat vazifasini bo'lajak o'qituvchilarni mimik, pantomimik va verbal, noverbal ta'sir etishini haqiqiy amaliy faoliyatga tayyorlash vositasiga aylantirishga imkon beradi. (Pedagogik mahoratning barcha mexanizmidan foydalaniladi).

Baho qo'yishda OTMda o'qituvchi quyidagilarni hisobga oladi

-dars mashg'ulotlari mashg'uloti mavzusi bo'yicha o'quv materialini bilishning to'liqligi (modul); -materialning mantiqiy taqdimoti; -javobning asosliligi, mustaqil fikrlash darajasi; - nazariy holatlarni amaliyot bilan, shu jumladan kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan bog'lash qobiliyati. (Innovatsion texnologiyalar, tezkor savol-javob, interfaol metodlar asosida amalga oshiriladi. Ilovada berilgan).

Innovatsion ta'lim bozor makonida samarali ishlashga qodir bo'lgan yangi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash O'zbekiston OTMda mustaqil ta'lim topshiriqlari islohotlarni muvaffaqiyatli

buduw,ee : materials III Mejdunar. konf. (g Krasnodar, Avgust 2017 g). - Krasnodar: Novatsiya, 2017. - S. 59-62.

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

amalga oshirishning muhim shartiga aylandi. O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlarida ta'limning kredit texnologiyasiga va ta'limning miqdoriy va sifat mazmunini tubdan qayta ko'rib chiqishga olib keldi.

Ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim topshiriq ishlarning ikki turi mavjud - dars mashg'ulotlaridan tashqari va dars mashg'ulotlari vaqtida intizom bo'yicha mustaqil ishlar o'qituvchining bevosita nazorati ostida va uning topshirig'i bo'yicha guruhda amalga oshiriladi17.

Ushbu tadqiqotda muhokama qilingan guruhdan tashqari mustaqil ta'lim topshiriqlar ishi talaba tomonidan o'qituvchining topshirig'iga binoan, lekin uning bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladi.

Talabalarning guruhdan tashqari mustaqil ta'lim topshiriq ish turlari mavjud:

-berilgan mavzular bo'yicha insholar tayyorlash va yozish hamda talabaga mavzu tanlash huquqi beriladi;

-muammoli kitoblardan shartlardan foydalangan holda vaziyatli muammolarni mustaqil hal qilish, javob standartlarini taqdim etgan holda vazifalarni tuzish;

-adabiy manbalarni tanlash va o'rganish, davriy nashrlar bilan ishlash;

-universitet doirasida ham, boshqa oliy o'quv yurtlarida ham ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishga tayyorgarlik;

-alohida mavzularning multimediali taqdimotlarini loyihalash, ma'ruzalarning taqdimot jo'rligida;

-diagrammalar, jadvallar, krossvordlar, test topshiriqlari tayyorlash. Mustaqil ishning alohida o'rni quyidagi sabablar bilan belgilanadi18.

Har bir talabaning individual xususiyatlari va qobiliyatlaridan maqbul foydalanishga imkon beradi: - bilimlarni aqidalarga aylantirishga ko'maklashadi; -aniqlik, tashkilotchilik, tanqidiy va tahliliy tushunishni, mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi;

-kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni, o'z fikrini, ijodkorligini, individualligini ta'minlaydi.

Talabalarning mustaqil ta'lim topshiriqlari ishining maqsadi fundamental bilimlarni, kasbiy ko'nikma va profildagi faoliyat ko'nikmalarini, ijodiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi tajribalarni o'zlashtirishdir.

O'quv jarayonida talaba nafaqat o'quv dasturini o'zlashtirishi, balki mustaqil ishlash ko'nikmalarini ham egallashi kerak - u o'z ishini rejalashtirishi va bajarishi kerak. Talabalarning mustaqil ta'lim topshiriqlari ishi o'quv rejalari va dasturlarini amalga oshirishda dars mashg'ulotidan tashqari ishlarning asosiy shakllaridan biri bo'lib, o'qituvchining bevosita rahbarligisiz, lekin uning topshirig'iga binoan va uning nazorati ostida amalga oshiriladigan individual yoki jamoaviy ta'lim faoliyati sifatida tavsiflanadi.

ADABIYOTLAR:

1) Grammatik. Sarf. O'rta maktablar ucun darslik. I qism.-T:. O'quvpeddavnasr, 1937. -149 b.

2) G'.Hamroyev Ona tili o'qitishning samarali usullari. Metodik qo'llanma. - Toshkent. Bayoz. 2018. 197 b.

3) Pedagogika Ensiklopediyasi. 2-jild. -T.: J - M., 2012. - 223-b.

4) O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik.4 jild.-T.: O'zME, 2004, - 150-b.

5) To'xliyev, V. O'zbek tili o'qitish metodikasi / B. To'xliyev, M. Shamsiyeva, T. Ziyodova ; red. T. Niyazmetova. - Toshkent : Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010 - 13-b.

6) M.Axmedova Pedagogika (hammualliflar) Darslik. Toshkent.: Fan va texnologiya nashriyoti, 2018

- 94- b.

7) A.G'ulomov, M.Qodirov, M.Ernazarova, A.Bobomurodova, N.Allavutdinova, V.Karimjonova Ona tili o'qitish metodikasi (Universitet va pedagogika institutlarining filologiya fakulteti talabalari uchun) Darslik. T.: TGPI, 1991. T.Fan va texnologiya 2012. -380 b.

8) V.S.Avanesov.Teoriya i metodika pedagogicheskix izmereniy: leksii [Elektronrniy resurs]

- Rejim dostupa:

9) Akulova, A. A. konstruirovanie situatsionnix zadach dlya otsenk kompetentnosti uchamixsya: uchebno-metodicheskoe posobie dlya pedagogov shkol [Tekst] 2008g.

10) Bloom, B.S., (Ed.). 1956. Taxonomy of educational objectives: The classification of educational goals: Handbook I, cognitive domain. New York: Longman.

11) Kasatkina, N. Situatsionnaya zadacha kak sredstvo otsenivaniya urovnya sformirovannosti professionalntix kompetensiy budumix pedagogov / N. Sek. Kasatkina. - Tekst: neposredstvenntiy / / obrazovanie: proshloe, nastoyamee i budumee : material« III Mejdunar. konf. (g Krasnodar, Avgust 2017 g). - Krasnodar: Novatsiya, 2017. - S. 59-62.

12) Xayrullin G.T., Xmel N.D. Pedagogika. Kurs leksiy. - Almato: AGU im. Abaya, 2003. -s. 56

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.