Научная статья на тему 'BO‘LАJАK BOSHLАNG‘ICH SINF O‘QITUVCHILАRINING KOMMUNIKАTIV KO‘NIKMАLАRINI RIVOJLАNTIRISHNING TАRKIBIY KOMPONENTLАRI'

BO‘LАJАK BOSHLАNG‘ICH SINF O‘QITUVCHILАRINING KOMMUNIKАTIV KO‘NIKMАLАRINI RIVOJLАNTIRISHNING TАRKIBIY KOMPONENTLАRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kommunikаtiv tа’lim / muhit / qobiliyаt / pedаgogik qobiliyаtlаr / trening / muloqot / nutq / fikr. / коммуникативное образование / среда / способности / педагогическое мастерство / обучение / общение / речь / мышление.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Z А. Izbosаrovа

bаrchаmizgа mа’lumki, hаr bir o‘qituvchi shаxsidа mаmlаkаtimizning dolzаrb muаmmolаrini, mаqsаd vа vаzifаlаrini vijdonаn tаsаvvur qilib, аniq bаjаrib borishi uchun shijoаt bilаn o‘z imkoniyаti, bilimi, tаjribаlаrini ishgа solishgа o‘rgаtаdi hаmdа pedаgogik fаoliyаtgа ijodiy yondаshish mаlаkаlаrigа egа bo‘lish vаzifаlаri mаvjud. Ushbu mаqolаdа yuqoridаgi fikrlаr hаqidа so‘z borib, bo‘lg‘usi boshlаng‘ich sinf o‘qituvchilаrining аxborot-kommunikаtiv tа’lim muhitidа аxborot-kommunikаtiv kompetentligini rivojlаntirish vа аxborot-kommunikаtiv tа’lim muhitining tаrkibiy qismlаri keltirilgаn. Mаqolа keng аuditoriyа uchun mo‘ljаllаngаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STRUCTURAL COMPONENTS OF THE DEVELOPMENT OF COMMUNICATION SKILLS OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS

все мы знаем, что каждый педагог добросовестно представляет актуальные проблемы, цели и задачи нашей страны, учит с энтузиазмом использовать свои возможности, знания и опыт, обладает навыками творческого подхода к педагогической деятельности. В данной статье рассмотрены вышеперечисленные моменты и представлено развитие информационнокоммуникативной компетентности будущих учителей начальной школы в информационно-коммуникативной образовательной среде и компонентах информационно-коммуникативной образовательной среды. Статья предназначена для широкой аудитории.

Текст научной работы на тему «BO‘LАJАK BOSHLАNG‘ICH SINF O‘QITUVCHILАRINING KOMMUNIKАTIV KO‘NIKMАLАRINI RIVOJLАNTIRISHNING TАRKIBIY KOMPONENTLАRI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Z.A. Izbosarova1^_

1Termiz davlat universiteti, Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: barchamizga ma'lumki, har bir o'qituvchi shaxsida mamlakatimizning dolzarb muammolarini, maqsad va vazifalarini vijdonan tasavvur qilib, aniq bajarib borishi uchun shijoat bilan o'z imkoniyati, bilimi, tajribalarini ishga solishga o'rgatadi hamda pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish malakalariga ega bo'lish vazifalari mavjud. Ushbu maqolada yuqoridagi fikrlar haqida so'z borib, bo'lg'usi boshlang'ich sinf o'qituvchilarining axborot-kommunikativ ta'lim muhitida axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish va axborot-kommunikativ ta'lim muhitining tarkibiy qismlari keltirilgan. Maqola keng auditoriya uchun mo'ljallangan.

MAQSAD: bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishning tarkibiy komponentlari jihatlarini tadqiq qilishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: mazkur maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishning tarkibiy komponentlari jihatlari haqida so'z borib, bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri, ya'ni bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarda kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirish jihatlari hamda samaradorligi masalalariga qaratilgan. Bu borada qator yetakchi olimlarning ilmiy-nazariy qarashlariga tayandik.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirish ularning ta'lim jarayonidagi samaradorligini oshiradi. Tadqiqot natijalari ko'rsatganidek, lingvistik, interaktiv va pragmatik komponentlar eng muhim ahamiyatga ega bo'lsa-da, sotsial-madaniy, emotsional va reflektiv komponentlar ham muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun, bu komponentlarni o'z ichiga olgan kompleks yondashuv bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kommunikativ ko'nikmalarini muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradi.

XULOSA: tadqiqot natijalariga ko'ra, lingvistik, interaktiv va pragmatik komponentlar o'qituvchilarning kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishda eng muhim hisoblanadi. Ammo, sotsial-madaniy, emotsional va reflektiv komponentlar ham muhim rol o'ynaydi. Kompleks yondashuv orqali o'qituvchilarning barcha komponentlar bo'yicha kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirish mumkin.

Kalit so'zlar: kommunikativ ta'lim, muhit, qobiliyat, pedagogik qobiliyatlar, trening, muloqot, nutq, fikr.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Izbosarova Z.A. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishning tarkibiy komponentlari. // Inter education & global study. 2024. №5. B.168-176.

СТРУКТУРНЫЕ КОМПОНЕНТЫ РАЗВИТИЯ КОММУНИКАТИВНЫХ НАВЫКОВ

БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ_

© З.А. Избосарова1Н

1Термезский государственный университет, Термез, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: все мы знаем, что каждый педагог добросовестно представляет актуальные проблемы, цели и задачи нашей страны, учит с энтузиазмом

использовать свои возможности, знания и опыт, обладает навыками творческого

V п у

подхода к педагогической деятельности. В данной статье рассмотрены вышеперечисленные моменты и представлено развитие информационно-коммуникативной компетентности будущих учителей начальной школы в информационно-коммуникативной образовательной среде и компонентах информационно-коммуникативной образовательной среды. Статья предназначена для широкой аудитории.

ЦЕЛЬ: состоит в исследовании аспектов структурных компонентов развития коммуникативных навыков будущих учителей начальных классов.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данной статье речь идет об аспектах структурных компонентов развития коммуникативных навыков будущих учителей начальных классов и рассматривается одна из актуальных тем сегодняшнего дня, а именно об аспектах формирования и эффективности коммуникативных навыков у будущих учителей начальных классов. В этом отношении мы опирались на научно-теоретические взгляды ряда ведущих ученых.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: развитие коммуникативных навыков будущих учителей начальных классов повышает их эффективность в образовательном процессе. Как показывают результаты исследования, хотя лингвистический, интерактивный и прагматический компоненты являются наиболее важными, социокультурный, эмоциональный и рефлексивный компоненты также играют важную роль. Поэтому комплексный подход, включающий эти компоненты, способствует успешному развитию коммуникативных навыков будущих учителей начальных классов.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: согласно результатам исследования, лингвистический, интерактивный и прагматический компоненты являются наиболее важными для развития коммуникативных навыков учителей. Однако социокультурный, эмоциональный и рефлексивный компоненты также играют важную роль. При

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

комплексном подходе возможно развитие коммуникативных навыков педагогов по всем компонентам.

Ключевые слова: коммуникативное образование, среда, способности, педагогическое мастерство, обучение, общение, речь, мышление.

Для цитирования: Избосарова З.А. Структурные компоненты развития коммуникативных навыков будущих учителей начальных классов. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 168-176.

STRUCTURAL COMPONENTS OF THE DEVELOPMENT OF COMMUNICATION SKILLS OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS_

© Zuxro A. Izbosarova1®

1Termez State University, Termez, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: we all know that every teacher conscientiously imagines the actual problems, goals and tasks of our country and teaches them to use their opportunities, knowledge, and experiences with enthusiasm, and has the skills of a creative approach to pedagogical activities. lish tasks. This article discusses the above points and presents the development of information-communicative competence of future elementary school teachers in the information-communicative educational environment and the components of the information-communicative educational environment. The article is intended for a wide audience.

AIM: to study aspects of the structural components of the development of communication skills of future primary school teachers.

Materials and methods: this article deals with aspects of the structural components of the development of communication skills of future primary school teachers and examines one of the relevant topics of today, namely, aspects of the formation and effectiveness of communication skills of future primary school teachers. In this regard, we relied on the scientific and theoretical views of a number of leading scientists.

DISCUSSION AND RESULTS: the development of communication skills of future primary school teachers increases their effectiveness in the educational process. As the results of the study show, although the linguistic, interactive and pragmatic components are the most important, the socio-cultural, emotional and reflective components also play an important role. Therefore, an integrated approach that includes these components contributes to the successful development of the communication skills of future primary school teachers.

CONCLUSION: according to the results of the study, linguistic, interactive and pragmatic components are the most important for the development of teachers' communication skills. However, sociocultural, emotional and reflexive components also

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

play an important role. With an integrated approach, it is possible to develop teachers' communication skills in all components.

Key words: communicative education, environment, ability, pedagogical skills, training, communication, speech, thought.

Kommunikativ ko'nikmalar boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, ularning ta'lim jarayonidagi samaradorligini oshiradi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishning tarkibiy komponentlarini tahlil qiladigan bo'lsak, bir qator yangi ilmiy asoslar diqqatimizni tortadi. Bu komponentlar lingvistik, interaktiv, pragmatik, sotsial-madaniy, emotsional va reflektiv jihatlarni o'z ichiga oladi. Quyida shular haqida kengroq ma'lumotlar beriladi. Mazkur komponentlar respublikamiz umumiy o'rta ta'lim maktablarida asosiy tushuncha sifatida o'qituvchilar tomonidan o'zlashtirilib, mazmun va mohiyat bolalarga berilayotgan bilimlarga singdirilmoqda. Boisi respublikamizda zamonaviy oliy ta'lim ham murakkab islohotlar jarayonini boshidan kechirmoqda.

Bu ta'lim mazmunini takomillashtirish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, ta'lim sohasi mutaxassislarini tayyorlashga qo'yilayotgan bugungi kunning sezilarli darajada ortib borayotgan talablariga javob beradigan ta'lim-tarbiya ishlarining eng samarali shakl va usullarini doimiy izlashda namoyon bo'lmoqda.

Xususan, Rossiya psixologlaridan N.V.Kuzmina, V.Slasenin, F.N.Gonobolin, O'zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o'qituvchilar uchun eng zarur hislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham o'qituvchilik kasbi va ta'lim jarayoniga doir muammolar keng tadqiq etilgan (1-rasm).

Ular fikriga ko'ra, o'qituvchilik kasbi - axloqiy xarakterga ega bo'lgan insonparvar kasblardan biri bo'lib, o'quvchilarga insoniy munosabatda bo'lish o'qituvchi faoliyatining asosiy tamoyili hisoblanadi. Bu o'qituvchidan bolalarni sevish, ularni qadr-qimmatini hurmat qilish, sho'xliklariga bardoshli bo'lish, ularni jismoniy va axloqiy majruh etuvchi narsalarga murosasiz bo'lishni talab etadi.

Psixolog olim V.A.Kan-Kalik qobiliyatni tadqiq qilib shunday yozgan edi. "Pedagoglik ishi o'z tuzilishida ikki yuzdan ortiq tuzilmani tashkil qiladi. Muloqot uning eng murakkab tomonlaridan biridir, negaki u orqali pedagogik faoliyatning eng asosiy maqsadi - o'qituvchi shaxsining o'quvchi shaxsiga ta'siri amalga oshiriladi (2-rasm).

Xorijlik pedagog olima N.V.Kuzmina boshlang'ich sinf o'qituvchilarining qiyofasini quyidagi yondashuv asosida shakllantirishni tavsiya etadi: kasbiy bilimga ega bo'lish; loyihachi bo'lish; konstruktiv bo'lish; maslahatchi bo'lish; tashkilotchi bo'lish.

For citation: Zuxro A. Izbosarova. (2024) 'Structural components of the development of communication skills of future primary school teachers', Inter education & global study, (5), pp. 168-176. (In Uzbek).

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

^учно-теоретический и методический журнaл 2024, №5

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1-rasm. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF 5847-son hamda "2017-2021 -yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish kabi dolzarb masalalar qo'yilgan.

"Ta'limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab talaba (yoki o'quvchi)ning dasturiy bilim, tasavvur va ko'nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o'quv faniga qiziqishga kuchaytirish, kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg'ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir".

Qobiliyat turlari

/ Muloqot qilish Voqealarni oldindan ko'ra

(kommunikativ) qobiliyati / olish qobiliyati

/ >

Eshitish va his qilish Kinestetik (teri-muskul)

qobiliyati qobiliyat

Mantiqiy qobiliyat / Shaxsning ichki qobiliyati /

2-rasm. Qobiliyat turlari.

Tadqiqot metodologiyasi sifatida adabiyot tahlili va so'rovnoma usullari qo'llanildi. Adabiyot tahlili orqali kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirishga oid ilg'or tadqiqotlar o'rganildi. Shuningdek, boshlang'ich sinf o'qituvchilari va pedagogika mutaxassislari

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

orasida so'rovnoma o'tkazildi. So'rovnomada qatnashchilar kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirishning qaysi komponentlari eng muhim ekanligini baholadilar.

Endi esa asosiy fikrimiz, ya'ni bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirish masalasiga qaratsak. Barchamizga ma'lumki, "Kommunikаtiv" so'zi esa fransuzcha kommuna (commune) (jamoa) so'zidan kelib chiqqan bo'lib, ma'nosi birlikda muloqot qilish yoki muloqotda birlashishni anglatadi. Kommunikativ qobiliyat - bu pedagogik o'zaro harakat sohasida maxsus ko'rinishga ega bo'lgan muloqotga qobiliyatlilik hamdir.

Fikrimizcha esa, kommunikativlik - muloqot qila olishlik, o'zgalar bilan muloqotga kirishuvchanlik qobiliyatidir. Bu qobiliyat o'qituvchining o'z fikrini aniq va tushunarli tarzda jamoaga yetkazib berishida ahamiyatli hisoblansa, o'quvchilarida ham kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish: o'zgalarni tushuna olish, o'z-o'zini anglash, vaziyatni to'g'ri baholash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Nаtijаlаr. So'rovnoma natijalari bo'yicha respondentlarning aksariyati lingvistik, interaktiv va pragmatik komponentlarni eng muhim deb baholadilar. Adabiyot tahlili natijalari esa sotsial-madaniy, emotsional va reflektiv komponentlarning ham kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirishda muhim o'rin tutishini ko'rsatdi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirish jarayoni kompleks va ko'p qirrali bo'lib, bir necha asosiy tarkibiy komponentlarni o'z ichiga oladi. Ushbu komponentlar quyidagilardan iborat:

1. **Lingvistik komponent**: Bu komponent bo'lajak o'qituvchilarning tilni to'g'ri va samarali ishlatish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Bu, jumladan, grammatik qoidalarni bilish, boy lug'at zahirasi, talaffuzning to'g'riligi va so'z boyligi kabilarni o'z ichiga oladi.

2. **Interaktiv komponent**: Ushbu komponent o'qituvchilarning o'zaro muloqotga kirishish, dialoglar qurish va samarali kommunikatsiya qilish qobiliyatlarini o'z ichiga oladi. Bu, jumladan, savol-javoblar, muhokamalar va munozaralar orqali o'quvchilar bilan muloqot qilishni o'z ichiga oladi.

3. **Prаgmаtik komponent**: Bu komponent o'qituvchilarning kommunikatsiya maqsadlarini anglash va ularga mos ravishda muloqot qilish qobiliyatlarini o'z ichiga oladi. Bu, jumladan, turli vaziyatlarda qanday gapirish kerakligini bilish, nutqning kontekstual jihatlarini tushunish va turli kommunikativ strategiyalarni qo'llashni o'z ichiga oladi.

4. **Sotsiаl-mаdаniy komponent**: Ushbu komponent o'qituvchilarning turli madaniy va ijtimoiy kontekstlarda muloqot qilish qobiliyatlarini o'z ichiga oladi. Bu, jumladan, turli madaniyatlarning an'analari, qadriyatlari va odob-axloq qoidalarini tushunish va hurmat qilishni o'z ichiga oladi.

5. **Emotsionаl komponent**: Bu komponent o'qituvchilarning o'z emotsiyalarini boshqarish va o'quvchilarning emotsional holatini tushunish qobiliyatlarini o'z ichiga oladi. Bu, jumladan, emotsional intellekt, empatiya va stressni boshqarish qobiliyatlarini o'z ichiga oladi.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №5

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

6. **Reflektiv komponent**: Ushbu komponent o'qituvchilarning o'z kommunikativ faoliyatini tahlil qilish va o'z ustida ishlash qobiliyatlarini o'z ichiga oladi. Bu, jumladan, o'z nutqini tahlil qilish, xatolarni aniqlash va ulardan xulosa chiqarishni o'z ichiga oladi.

Har bir komponent bir-biri bilan uzviy bog'langan bo'lib, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirish uchun birgalikda ishlashi kerak. Ushbu ko'nikmalar o'qituvchilarning ta'lim jarayonida samarali muloqot qilishiga va o'quvchilarning muvaffaqiyatli ta'lim olishini ta'minlashiga yordam beradi.

Aslida ham pedagogik mahorat egalari uchun o'zlashtirish lozim bo'lgan qator komponentlar mavjud (3-rasm).

PEDAGOGIK MAHORATNING TASHKIL ETUVCHI KOMPONENTLARI

■ »O'qituvchilikkasbigasadoqat;

__-

(

• o'z faniningo'qitish metodikasini mukammal bilishi;

• pedagogik qobiliyatlarini namoyish eta olishi;

• pedagogik texnikani o'z o'rnida qo'llay bilishi.

_>

3-rasm. Pedagogik mahoratni tashkil etuvchi komponentlari.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, quyidagi metodikalar o'qituvchilarning kommunikativ ko'nikmalarini samarali rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi:

1. **Lingvistik mаshqlаr**: Grammatik qoidalarni mustahkamlash, lug'at boyligini oshirish va talaffuzni takomillashtirish uchun turli mashqlar. Masalan, matnlarni tahlil qilish, yangi so'zlardan foydalanish, diktantlar yozish.

2. **Interаktiv usullаr**: O'zaro muloqotga kirishishni rag'batlantiruvchi usullar. Masalan, guruhli ish, disputlar, ro'yxatdan o'tkazish, rolli o'yinlar. Bu usullar o'quvchilarning muloqotga bo'lgan qiziqishini oshiradi va ularning faol ishtirokini ta'minlaydi.

3. **Prаgmаtik mаshqlаr**: Turli vaziyatlarda qanday muloqot qilishni o'rgatuvchi mashqlar. Masalan, muloqot strategiyalari, muammoli vaziyatlar bo'yicha bahslar va simulyatsiya mashqlari.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. **Sotsiаl-mаdаniy mаshqlаr**: Turli madaniyatlar va ijtimoiy kontekstlarda muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirish. Masalan, madaniy tadbirlar, boshqa xalqlarning urf-odatlari bilan tanishish, madaniy ta'sirlar bo'yicha muhokamalar.

5. ^Emots^^ mаshqlаr**: Emotsional intellektuallikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar. Masalan, emotsional hodisalarni tahlil qilish, emotsional hujumlarni boshqarish, stressni boshqarish usullari.

6. **Reflektiv mаshqlаr**: O'z muloqot faoliyatini tahlil qilish va uni yaxshilash usullari. Masalan, videomateriallarni tahlil qilish, muloqot xatolarini aniqlash va ularni tuzatish, o'ziga nisbatan tanqidiy munosabatni rivojlantirish.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Tadqiqot natijalari bo'yicha, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirish uchun kompleks yondashuv zarur. Lingvistik komponentlar orqali o'qituvchilar tilni to'g'ri va samarali ishlatishni o'rganadilar. Interaktiv komponentlar esa ularning o'zaro muloqotga kirishish qobiliyatlarini oshiradi. Pragmatik komponentlar kommunikatsiya maqsadlarini anglash va ularga mos ravishda muloqot qilishni o'rgatadi. Shuningdek, sotsial-madaniy komponentlar turli madaniyatlar va ijtimoiy kontekstlarda muloqot qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Emotsional komponentlar orqali o'qituvchilar o'z emotsiyalarini boshqarish va o'quvchilarning emotsional holatini tushunish qobiliyatlarini oshiradilar. Reflektiv komponentlar esa o'qituvchilarning o'z kommunikativ faoliyatini tahlil qilish va o'z ustida ishiash qobiliyatlarini rivojlantiradi.

QOBILIYATLAR TIZIMI QUYIDAGI XUSUSIYATLARI BILAN FARQ QILINADI

4-rasm. Qobiliyаtlаr tizimining xususiyаtlаri

O'qituvchilarning kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirish uchun kompleks yondashuv zarur. Lingvistik, interaktiv, pragmatik, sotsial-madaniy, emotsional va reflektiv komponentlarni o'z ichiga olgan metodikalar orqali o'qituvchilarning muloqotga bo'lgan qiziqishini oshirish va ularning samaradorligini ta'minlash mumkin. Bu usullar o'quv jarayonining samaradorligini oshirib, o'quvchilarning bilim olish jarayonidagi muvaffaqiyatini ta'minlashga yordam beradi.

Kommunikativ qobiliyatga amal qilishda o'qituvchi kasbiy jihatdan o'zligini anglagan holda talaba shaxsini ko'ra olishi va uning fikr o'ylari, tashvish-quvonchlariga ega bo'la olish, auditoriyaning qiziqishlari va manfaatlarini ilmiy-ijodiy yondoshuvi hozirgi zamon o'qituvchisidan oliy insoniy fazilatlarni talab qiladi. Chunki ta'lim-tarbiya jarayoni Boshlang'ich sinf o'qituvchilardan kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirishga yo'naltirilishi va o'quv jarayonining natijasi ideal bilan qiyoslanishi lozim.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son farmoni. Qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasi, 24.10.2020 y.

2. Muslimov N.A. Kasb ta'lim o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: ped.f.dok... diss.-T.:2007,-315.b

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3. Chjay Xunyun. Metodicheskie podxody k sovershenstvovaniyu podgotovki buduщix uchiteley nachalnyx klassov k primeneniyu informatsionnyx i kommunikatsionnyx texnologiy v professionalnoy deyatelnosti dis. ...kand. Ped. nauk: 13.00.08, 2018. -175 s.

4. G'affarov E. Innovatsiya, ijtimoiy innovatsiya va innovatsion faoliyat: ilmiy-nazariy yondashuvlar. NamDU ilmiy axborotnomasi. 2019 yil, 10-son. 153-157 betlar.

5. Azizova G.G. Oliy ta'lim muassasalari professor- o'qituvchilarining kasbiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish 13.00.01 - "Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi". Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissert. avtoreferati. Samarqand - 2019.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan so'zlagan Murojaat nutqi.// "Xalq so'zi" gazetasi 2020-yil 1-oktabr soni.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Izbosarova Zuxro Anatoliy qizi, doktorant, [Избосарова Зухро Анатолиевна,

докторант], [Zuxro A. Izbosarova, doctoral student]; manzil: O'zbekiston, 117036, Surxandaryo, Termiz, Baxt ko'chasi 14/5 uy [адрес: Узбекистан, 117036, Сурхандарьинская, Термез, ул. Бахт 14/5], [address: Uzbekistan, 117036, Surkhandarya, Termez, Baxt Street 14/5 House];

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.