Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA, О‘QUVCHILARNING KOGNITIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI'

TASVIRIY SAN’AT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA, О‘QUVCHILARNING KOGNITIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
35
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
kognitiv / originallik / empatiya / qobiliyat / semantika / intellekt / innovatsiya / refleksiy. / когнитивность / оригинальность / эмпатия / способности / семантика / интеллект / новаторство / рефлекс.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — I.J. Mengnorov

ushbu maqolada tasviriy san’at darslarini tashkil etishda o’quvchilarning kognitiv konpetensiyasini rivojlantirish haqida sо‘z yuritilgan. Unda pedagogik kognitiv, pedagogning kognitiv konpetensiyasini rivojlantiruvchi metodlari, kognitiv konpetensiyasiga ega pedagog о‘zida namoyon eta oladigan malakalari, hamda о‘qituvchi shaxsiga qо‘yiladigan talablar haqida keng ma’lumot berilgan. Shu bilan bir qatorda, maktablarda tasviriy san’at о‘qituvchilariga tabiatdagi buyum va hodisalarni kuzatish, kо‘rish, ularni ilmiy asosda idrok etishga о‘rgatish haqida sо‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES IN STUDENTS IN ORGANIZATION OF FINE ARTS LESSONS IN SCHOOLS

в данной статье говорится о развитии познавательной компетентности учащихся при организации занятий изобразительным искусством. В нем представлена обширная информация о педагогической познавательности, методах развития познавательной компетентности педагога, навыках, которые может продемонстрировать педагог, обладающий познавательной компетентностью, а также требованиях, предъявляемых к учителю. Кроме того, учителям изобразительного искусства в школах предлагается наблюдать и видеть предметы и явления природы, учить воспринимать их на научной основе.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA, О‘QUVCHILARNING KOGNITIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI»

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

TASVIRIY SAN'AT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA, < KOGNITIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

© I.J. Mengnorov1^_

1Termiz davlat universiteti, Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada tasviriy san'at darslarini tashkil etishda o'quvchilarning kognitiv konpetensiyasini rivojlantirish haqida so'z yuritilgan. Unda pedagogik kognitiv, pedagogning kognitiv konpetensiyasini rivojlantiruvchi metodlari, kognitiv konpetensiyasiga ega pedagog o'zida namoyon eta oladigan malakalari, hamda o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar haqida keng ma'lumot berilgan. Shu bilan bir qatorda, maktablarda tasviriy san'at o'qituvchilariga tabiatdagi buyum va hodisalarni kuzatish, ko'rish, ularni ilmiy asosda idrok etishga o'rgatish haqida so'z yuritilgan.

MAQSAD: tasviriy san'at darslarini tashkil etishda, o'quvchilarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini tadqiq qilishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, ijtimoiy-psixologik so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi faktorli tahlil orqali tasdiqlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: mamlakatimizda sifatli har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlashni amalga oshirilishi ta'lim-tarbiya jarayonida g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi, chunki, kadrlar tayyorlash va uni sifat-saviya jihatidan yuksaltirish - bu yuqori malakali o'qituvchi-pedagoglarni tayyorlash bilan birga yosh avlodga ta'lim - tarbiya berishni ham yuqori saviyaga ko'tarilishini asosiy omili bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumki, ta'lim-tarbiya jarayonida boshlang'ich sinflar ta'limi alohida bosqich bo'lib, bu davr bola shaxsini eng kuchli rivojlanish davri hisoblanadi, chunki, bu davr bolalarni 5-6 yoshidan 10-11 yoshgacha bo'lgan o'sish davri bo'lib, unda bola shaxsi o'zining yetuklik va o'smirlik davriga ilm, tafakkur, tasavvur, malaka va ko'nikmalar yig'adi. Aynan shu davrda bola shaxsining ko'rish, kuzatish, idrok etish, tasavvur va tafakkur qilishga o'rganish davrining eng shiddatli bosqichi bo'ladi.

XULOSA: har qanday ijod yechilishi kerak bo'lgan muammoning, masalaning qo'yilishidan boshlanadi. Muammo fanning rivojlanish yo'li yoki texnologiyaning mukammallashtirilishi, san'atning evolyusiyasi natijasida kelib chiqish mumkin.

Kalit so'zlar: kognitiv, originallik, empatiya, qobiliyat, semantika, intellekt, innovatsiya, refleksiy.

Iqtibos uchun: Mengnorov I.J. Tasviriy san'at darslarini tashkil etishda o'quvchilarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B. 382-391.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)

QUVCHILARNING 1ETODIKASI

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

РАЗВИТИЕ КРЕАТИВНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ У УЧАЩИХСЯ В ОРГАНИЗАЦИИ

УРОКОВ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В ШКОЛАХ_

© И.Д. Менгноров1Н

1Термизский государственный университет, Термез, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье говорится о развитии познавательной компетентности учащихся при организации занятий изобразительным искусством. В нем представлена обширная информация о педагогической познавательности, методах развития познавательной компетентности педагога, навыках, которые может продемонстрировать педагог, обладающий познавательной компетентностью, а также требованиях, предъявляемых к учителю. Кроме того, учителям изобразительного искусства в школах предлагается наблюдать и видеть предметы и явления природы, учить воспринимать их на научной основе.

ЦЕЛЬ: в организации уроков изобразительного искусства состоит в исследовании методики развития познавательных компетенций учащихся.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования использовались такие методы, как беседа, социально-психологический опрос, наблюдение, а степень статистической достоверности полученных результатов подтверждалась факторным анализом.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: реализация качественной всесторонней подготовки зрелых кадров в нашей стране приобретает исключительное значение в учебно-воспитательном процессе, так как подготовка и качественное повышение уровня кадров-это основной фактор повышения уровня подготовки высококвалифицированных учителей - педагогов, а также образования подрастающего поколения. Известно, что в учебно-воспитательном процессе образование младших классов является особым этапом, периодом наиболее интенсивного развития личности ребенка, так как это период взросления детей с 5-6 лет до 10-11 лет, в течение которого личность ребенка накапливает знания, мышление, воображение, умения и навыки к своему взрослому и подростковому возрасту. Именно в этот период наступает наиболее интенсивный этап периода обучения личности ребенка видеть, наблюдать, воспринимать, воображать и мыслить.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: любое творчество начинается с постановки задачи, вопроса, который необходимо решить. Проблема может возникнуть в результате пути развития науки или совершенствования техники, эволюции искусства.

Ключевые слова: когнитивность, оригинальность, эмпатия, способности, семантика, интеллект, новаторство, рефлекс.

Для цитирования: Менгноров И.Д. Развитие креативных способностей у учащихся в организации уроков изобразительного искусства в школах. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 382-391.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES IN STUDENTS IN ORGANIZATION OF FINE ARTS LESSONS IN SCHOOLS_

© Islam J. Mengnorov1®

1Termiz State University, Termiz, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article talks about the development of students' cognitive competence in the organization of visual art classes. It provides extensive information about pedagogical cognitive, methods of developing the cognitive competence of the pedagogue, skills that a pedagogue with cognitive competence can demonstrate, and the requirements for a teacher. In addition, teachers of fine arts in schools are told to observe and see natural objects and phenomena, to teach them to perceive them on a scientific basis.

AIM: in the organization of fine art lessons, it consists in the study of methods for the development of cognitive competencies of students.

MATERIALS AND METHODS: in the course of the study, such methods as conversation, socio-psychological survey, observation were used, and the degree of statistical reliability of the results obtained was confirmed by factor analysis.

DISCUSSION AND RESULTS: the implementation of high-quality comprehensive training of mature personnel in our country is of exceptional importance in the educational process, since training and qualitative improvement of the level of personnel is the main factor in improving the level of training of highly qualified teachers, as well as the education of the younger generation. It is known that in the educational process, primary school education is a special stage, the period of the most intensive development of the child's personality, since this is the period of growing up of children from 5-6 years old to 10-11 years old, during which the child's personality accumulates knowledge, thinking, imagination, skills and abilities for his adult and adolescence. It is during this period that the most intensive stage of the period of teaching the child's personality to see, observe, perceive, imagine and think begins.

CONCLUSION: any creativity begins with setting a task, a question that needs to be solved. The problem may arise as a result of the path of development of science or the improvement of technology, the evolution of art.

Key words: cognitive, originality, empathy, ability, semantics, intelligence, innovation, reflex.

For citation: Islam J. Mengnorov. (2024) 'Development of creative abilities in students in organization of fine arts lessons in schools', Inter education & global study, (4(1)), pp. 382-391. (In Uzbek).

Ma'lumki «Tasviriy san'at va uni o'qitish metodikasi» o'quv fani mutaxassislikning asosiy va bosh o'quv fanlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Bu fan bo'lajak o'qituvchi-pedagoglarni estetika va san'at asoslari bilan qurollantiradi, tabiatdagi, jamiyatdagi va

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

san'atdagi go'zallikni ko'ra bilishga o'rgatadi. Shuningdek, bu fan ayniqsa, o'qituvchi kasbi uchun g'oyat zarur, har soatda, har daqiqada kerak bo'ladigan rasm chizish ko'nikmasini beradi. Bu rasm chizishni bilish o'qituvchi, ayniqsa, boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun shunchalik zarurki, - «Rasmni ko'rgan soqov ham tilga kiradi»1 - degan iborani eslab o'tish o'rinli edi. Demak, boshlang'ich sinf o'qituvchisini rasm chizishni bilishida boshqa o'quv predmetlarini o'qitishda ham rasmdan yaxshi foydalanish imkoniyati tug'iladi.

Asosiy qism: «Tasviriy san'at va uni o'qitish metodikasi» o'quv fani oldiga: har tomonlama shakllangan boshlang'ich sinf o'qituvchini tayyorlash, unga estetika, san'at va materialistik tushunchalarni berish va rasm chizish ko'nikmalarini singdirish maqsadini qo'ygan holda faoliyat ko'rsatadi. Murakkab va mas'uliyatli maqsaddan kelib chiqilgan holda quyidagi vazifalarni qo'yadi: maktablarda tasviriy san'at o'qituvchilariga tabiat-jamiyatdagi buyum va hodisalarni kuzatish, ko'rish, ularni ilmiy asosda idrok etishga o'rgatish; o'quvchilarning badiiy didini, estetik tushunchasini, materialistik dunyoqarashini, go'zallik olamini va ijodiy iste'dodini va ijodkorlik qobiliyatini tarbiyalash; buyum, voqea, hodisalar tasvirini chiza bilish, ularni ijodkorlik asosida bajarish bo'yicha malaka va ko'nikmalar hosil qilish; rassomchilikning barcha tur va janrlaridagi san'at asarlarini ko'ra bilishni, idrok etishni, tushunib, ularni past saviyadagi, qalbaki rasmlardan farqlay olish ko'nikmalarini berish.

Bo'lajak o'qituvchi-pedagoglarga rasm chizishni o'rgatishning eng oson, qisqa, ilmiy asosda bo'lishining zamonaviy uslubi, didaktik prinsiplari bilan tanishtirish kabi mazmunga ega bo'lgan vazifalarni qo'yadi, bular san'at nazariyasidan qisqacha ma'lumot berish; rasm chizishni o'rgatish bo'yicha qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya, badiiy-bezash, loy va plastilin bilan ishlash va san'at asarlarini o'rgatish; boshlang'ich sinf o'qituvchilariga rasm chizishni zamonaviy, eng samarali uslublarda o'rgatish bo'yicha metodik tavsiyalar berish; kognitiv tushunchasi jarayonning o'tmishdagi, hozirgi davrdagi yoki keyingi xususiyatlarini o'z ichiga kamrab oladi. Ushbu jarayon natijasida odamlar oldin mavjud bo'lmagan biror buyumni yaratadi, kashf qiladi, yangilik elementlarini vujudga keltiradi. Ilk marotaba kognitiv so'ziga 1922 yilda Simpson tomonidan qo'yidagicha ta'rif berilgan: "Kognitiv ka odam fikrlashning bir xildagi usullarini rad etish qobiliyati sifatida qaraydi".

Kognitiv - co'zi lotincha so'zdan olingan bo'lib, yaratuvchilik, ijod etish jarayoni degan ma'no anglatadi. X.YE.Trik kognitiv ni o'rganishning to'rt yo'nalishni ko'rsatib, ularning xar birini izohlab bergan: kognitiv natija sifatida; kognitiv qobiliyat sifatida; kognitiv jarayon sifatida; kognitiv shaxsning xususiyati sifatida.

J.Gilfordning fikricha, qobiliyat intellektning umumiy modelining ichida joylashadi, shu boisdan kognitiv ning 4 omilini ajratib ko'rsatadi:

1. Originallik - izohlanishga mo'ljallangan birikmalar, o'zgacha javoblar natijalarini ko'rsatish qobiliyatidir.

2. Semantik egiluvchanlik - obyektning funksiyasini ajratish va undan yangicha foydalanishni taklif qilish qobiliyati.

1 К.Д.Ушинский. Танланган педагогик асарлар. Т.1959 й. (244, 313, 314, 438-бетлар).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3. Ifodali moslashtirilgan egiluvchanlik - yangi imkoniyatlarni ko'rish uchun rahbatlantiruvchi omillar shaklini o'zgartirish qobiliyati.

4. Semantik o'z-o'zidan yuzaga keluvchi egiluvchanlik - nisbatan cheklangan vaziyatlarda turli xil g'oyalar yaratish qobiliyati.

Gorrens bu qobiliyatlarni odamlar orasida mavjud bo'lmagan tafovut tariqasida ta'riflaydi. Gorrens kognitiv deb, nihoyatda kuchli darajada kamchiliklarni idrok qilish, bilimlardagi kamchiliklarni, yetishmaydigan elementlarni, disgarmoniya va hokazalarni idrok qilish qobiliyatlarini tushunadi. Kognitiv ni o'rganishdagi yo'nalish uning shaxs xususiyati sifatida qarashdan iborat bo'lib, unda shaxs muammosi mazkur holat bilan uyg'unlashtirilgandir. Ushbu yo'nalishning vakillari bo'lmish Geldshteyn Rodjers, Masloular ijodiy jarayonni "o'zini-o'zi faollashtirish" bilan bog'lab tushuntirishga xarakat qilganlar, bular quyidagilar: aqliy tayyorgarlik davri; muammoni ko'rib chiqish; fikrning tug'ilishi va masalaning ifodalanishi; muammoning hal etish yo'lini qidirish; ijodiy prinsiplarni qabul qilish; pritsiplarni sxema ko'rinishga keltirish; texnik yasatish va ijodiylikni kengaytirish.

K.Rodjers 1994 yil ijodkorlik yoki kognitiv haqida quyidagicha fikr bildiradi. "Shaxsning kreativ fikrlash layoqati, muammoni hal qilinishi lozim bo'lgan vaziyatlarida yangi imkoniyatlar natijasida biror yangi, ungacha mavjud bo'lmagan buyum yaratilishini muvaffaqiyatli hal qilishiga yordam beradi".

Kognitiv - o'qituvchi voqelikka, buyum va hodisalarga, darsga noan'anaviy yondashishni o'rganishi zarur bo'ladi. XXI asr yangiliklar, ixtirolar asri bo'lib, o'qituvchidan doimo izlanishni talab etadi. Torrens fikricha kognitiv : muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o'zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o'zaro qarama - qarshiligiga nisbattan ta'sirchanlikni ifodalaydi.

Pedagogik kognitiv : pedagogning an'anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta'lim va tarbiya jarayonini samaradorligini ta'minlashga xizmat kiluvchi yangi g'oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy xal qilishga bo'lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati. Pedagogning kognitiv potensiali, uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi, u ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Pedagog kognitiv potensialiga ega bo'lishi uchun, kasbiy faoliyatida quyidagilarga e'tiborini qaratishi zarur: kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish; yangi-yangi g'oyalarni yaratishda faollik ko'rsatish; ilg'or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o'rganish; hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.

Pedagogning kognitiv potensialini rivojlantiruvchi metodlar: Odatda pedagogning kognitiv qobiliyatiga ega bo'lishlari pedagogik muammolarni xal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyixalarni amalga oshirish va uzaro ijodiy xamkorlikka erishishlari orqali ta'minlanadi. Pedagog o'z-o'zidan ijodkor bo'lib kolmaydi, uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qib-o'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har kanday mutaxassisda bo'lgani kabi, bo'lajak pedagoglarning kognitiv qobiliyatiga ega bo'lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo'yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'zini o'zi ijodiy faoliyatga yunaltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim axamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni taxlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod maxsulotlarini yaratishga aloxida e'tibor qaratishi zarur.

Kognitiv potensialiga ega pedagog, o'zida bajariladigan vazifalarning mohiyati va ahamiyatini belgilay olishi, masalaning qo'yilishini tahlil qila olishi, masalani hal qilish rejasini tuza olishi, masalani hal qilishda samarali metodlar, ya'ni analiz, sintez, induksiya, deduksiya, taqqoslash va boshqalarni qo'llay olish malakalarini namoyon qila olishi kerak. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyixalarni amalga oshirishi, kognitiv potensialini yanada rivojlantiradi, ular ijodiy fikrlashga odatlanadi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish ko'nikmalarini puxta o'zlashtiradi, pedagogika yoki mutaxassislik fani yutuqlari, hamda ilg'or tajribalardan foydalanish imkoniyatlarini mustaqil tahlil qiladi, pedagogik jamoa tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot va ijodiy loyihalarni bajarishda faol ishtirok etadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyixalarni amalga oshirishi unda kognitiv potensialini yanada rivojlantiradi.

Gelgols va Uolles birinchi bo'lib ijodiy jarayonni bir necha bosqichga bo'lishini taklif qildilar: Tayyorgarlik - muammo uchun tegishli bo'lgan obrazlar yoki tasavvurlarni o'ylash yoki anglash Gelmgols takidlashicha, agar muammo no'malum bo'lsa, bu paytda yechim topilmaydi, u muammoni qoldirib turar edi.

G'oyani pishitish. Biroz vaqtdan keyin yechimning o'zi unga ma'lum bo'ladi. Bu ilhom bosqichi bo'lardi. Tekshirish yoki ishlab chiqish jarayoni, bunda g'oya mantiqiy tekshiriladi va tugal shaklga keltiriladi. XVIII asrda kislorodni kashf qilgan ingliz ximigi J.Pristlining ta'kidlashicha, faqat o'z tasavvuriga keng yo'l ochib bera oladigan olimlargina buyuk kashfiyotlar qilishga qodir.

Kognitiv - pedagogik ijodkorlikning asosi: Oliy maktab va kollej o'qituvchisining samarali faoliyati uning chuqur va rang-barang kasbiy bilimlari, dars berish metodikasini egallanganligi, o'z mehnatining psixologik asoslarini hisobga olishi bilan bog'langan. Bu vazifalarning hal qilinishida pedagog shaxsiga muhim ahamiyat beriladi. Oliy maktab va kollej o'qituvchisi shaxsiga jiddiy talablar qo'yiladi. Ular pedagoglar va psixologlar tomonidan chuqur o'rganilgan. O'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan eng muhim talab uning yuqori malakali bo'lishidir, balki uningsiz pedagogik faoliyat yuritib bo'lmaydi.

O'qitish, o'rganish va o'rgatish bo'yicha qobiliyatlar turi: Pedagogik jarayonga qaratilgan qobiliyatlar, boshqa insonning ichki holatini to'g'ri baholash, unga hamdardlik bildirish, hamnafas bo'lish qobiliyati (empatiya qobiliyati), taqlid qilish uchun namuna bo'lish qobiliyati, tarbiya jarayonida individual xususiyatlarni inobatga olish qobiliyati, muloqotning lozim topilgan uslubini, o'z o'rnini topish, kelisha olish qobiliyati va hurmat qozonish, talabalar osida obro'ga ega bo'lish qobiliyatidir. Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, o'qituvchining pedogogik qobiliyatlarini klassifikatsiyasi quyidagilar:

Didaktik qobiliyat - bu oson yo'l bilan murakkab bilimlarni o'quvchilarga tushintira olish bo'lib, bunda o'qituvchining o'quv materialini o'quvchilarga tushunarli qilib bayon

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

etishi, mavzu yoki muammolarni aniq va tushunarli qilib aytib berishi, o'quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg'ota olishi ko'zda tutiladi. O'qituvchi zarurat tug'ilgan hollarda o'quv materialini o'zgartira, soddalashtira oladi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, tushunarsiz, noaniq narsani tushunarli qilib oladi.

Akademik qobiliyat - barcha fanlar yuzasidan muayan bilimlarga ega bo'lishlik. Bunday qobiliyatlarga ega bo'lgan o'qituvchi o'z fanini o'quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o'z fani sohasidagi yangiliklarni kuzatib boradi. Fan-texnika, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir qiziqishlari bilan ko'p narsalarni o'rganib boradi.

Perseptiv qobiliyat - qisqa daqiqalarda o'quvchilar qobiliyatini idrok eta olish fazilati, bu o'quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o'quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna olish bilan bog'liq bo'lgan psixologik kuchatuvchanlikdir. Bunday o'qituvchi kichkina alomatlar, uncha katta bo'lmagan tashqi belgilar asosida o'quvchi ruhiyatidagi ko'z ilg'amas o'zgarishlarni ham fahmlab oladi.

Nutqiy qobiliyat - ixcham, ma'noli, ohangdor, muayan ritm, temp, chastotaga ega bo'lgan nutq, shuningdek, o'qituvchi nutqining jarangdorlik, uning pauza, mantiqiy urg'uga rioya qilishi, qobiliyati, nutq darsda hamisha o'quvchilarga qaratilgan bo'ladi. O'qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o'quvchining javobini taxlil qilayotgan, ma'qullayotgan yoki koralayotgan bo'lsa ham, uning nutqi hamisha o'zining ichki kuchi, ishonchi, o'zi gapirayotgan narsaga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi o'quvchi uchun aniq, sodda, tushunarli bo'ladi.

Tashkilotchilik qobiliyati - sinf-guruh yoki jamoani uyushtirish va uni boshqarish iste'dodi. Tashkilotchilik o'quvchilarni xilma-xil faoliyat turiga jalb qilish uchun asos hisoblanadi. Bu qobiliyat, birinchidan o'quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish bo'lsa, ikkinchidan, o'z shaxsiy ishini to'g'ri uyushtirish qobiliyatidir. Obro'ga ega bo'lishlik qobiliyati - o'zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql-farosatliligi, mustahkam irodasi bilan obro' orttirish uquvchanligi. Fanda bu qobiliyat turi-avtoritar qobiliyat, deb ham yuritiladi. Obro'ga ega bo'lish o'qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir kompleksiga, uning irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamliligi, qat'iyligi, talabchanligi va hokazo), va o'quvchilarga ta'lim - tarbiya berish mas'uliyatini his etishga, bu ishonchni o'quvchilarga ham yetkaza olishga bog'liq bo'ladi.

Kommunikativ qobiliyatlar - muomalar va muloqot o'rnata olish, bolalarga aralashish qobiliyati, o'quvchilarga to'g'ri yondashish yo'lini topa olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan samarali o'zaro munosabatlar o'rnata bilish, pedagogika nazokatining mavjudligi.

Psixologik tashxis (diagnoz) qobiliyati - insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishdan iborat bashorati. Bu o'z xarakatlarining oqibatlarini oldin ko'rishda, o'quvchining kelgusida qanday odam bo'lishi haqidagi tasavvur bilan bog'liq bo'lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarning taraqqiyot etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga, odamga ishonish bilan bog'liq bo'ladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Diqqatni taqsimlash qobiliyati - bir necha obyektlarga bir davrning o'zida o'z munosabatini bildirish. O'quvchi o'qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari-hajmi, uning kuchi, ko'chuvchanligi, idora qilina olishi va ishga solinishining taraqqiy etgan bo'lishi mumkindir. Qobiliyatli, tajribili o'qituvchi materialni bayon qilish mazmuninig va shaklini, o'z fikrini yoki o'quvchi fikrini diqqat bilan kuzatadi, toliqish, e'tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, barcha intizom buzilish hollarini e'tibordan qochirmaydi, nihoyat o'z shaxsiy xatti-harakatlarini, ya'ni mimikasini, pantomimikasini va yurish-turishini ham kuzatib boradi.

Konstruktiv qobiliyat - o'quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati. Bu qobiliyat o'quvchi shaxsining rivojini loyihalashga, o'quv-tarbiya mazmunini, shuningdek, o'quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab olishga imkon beradi.

Gnostik qobiliyat - tadqiqotga layoqatlilik bo'lib, o'z faoliyatini, bu faoliyat jarayonini va uning natijalarini tekshirish hamda o'rganish natijalariga muvofiq faoliyatni qayta qurish qobiliyatidir. Pedagogik qobiliyatlarni har tomonlama o'rganish, qobiliyatlar shaxsning aql-idroki, his-tuyg'usi va iroda sifatlarini namoyon bo'lishidan iborat ekanlagini ko'rsatadi. Pedagogik qobiliyatlar umumiy qobiliyat: masalan, adabiy va ilmiy ijod qilish, loyihalash qobiliyatlari bilan bog'langan bo'lib, ular o'qituvchi faoliyatining samaradorligini oshiradi. Bunday o'qituvchilar o'z o'quvchi va talabalarini ana shu faoliyatiga jalb qilib, ularga ta'lim - tarbiya berishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.

Kommunikativ qobiliyat - bu pedagogik o'zaro aloqalar doirasidagi o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladigan muloqot qobiliyatidir. Psixologiyaga oid adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarning bir necha guruhlari farqlanadi:

Kishining boshqa kishini bilishi. Bu qobiliyatlar guruhida kishiga shaxs sifatida, shaxsning alohida qiyofasi, motivi va xatti-harakatlariga baho berishni, kishining tashqi ko'rinishi, xulqi va ichki dunyosi nisbatiga baho berishni; savlati, imo-ishora, mimika, pantomimikasini «o'qiy» olishni qamrab olinadi. Kishining o'z-o'zini bilishi. U o'z bilimlarini, qobiliyatlarini o'z xarakteri va o'z shaxsining boshqa qirralarini hamda tashqaridan va uning atrofidagi kishilar unga nisbatan qanday baho berishi lozim bo'lsa, shunday baho berishni ko'zda tutadi. Muloqot vaziyatini to'g'ri baholay olish. Bu vaziyatni kuzatish, uning ko'proq axborot beradigan belgilarini tanlash va unga diqqatni jalb qilish; yuzaga kelgan vaziyatning sotsial va psixologik mundarijasini to'g'ri idrok etish va baholash qobiliyatidir.

O'qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kognitiv konpetensiyadir. Kognitiv termini Angliya va Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo'lib, u individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyat va hislatini bildiradi. Ijod tushunchasini belgilashda u jarayon - natija tavsifidan, kognitiv ni belgilashda esa subyekt - shartlilik tavsifidan foydalanadi. Rag'batlantiruvchi, samarali va evristik bosqichga qoloq, ya'ni ekstensiv aqliy faoliyat, kreativ bosqichga intellektual faoliyat xosdir. N.M.Gnatko kognitiv mexanizmlarni potensial va faoliyatdagi kretivlik bo'limlarga bo'lib o'rganishni taklif etadi. Potensial kognitiv N.M.Gnatkoning fikricha, muayyan tashqi sharoitlarda faol kognitiv ka aylanishga nazariy tayyor shaklda namoyon bo'ladigan

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

individuumning potensial joylashishini anglatuvchi kreativ faoliyatdir. Potensial kognitiv ijodning zaruriy subyektiv shartidir.

Faoliyatdagi kognitiv - faoliyatning biror turida ijodiy faollik ko'rsatuvchining bevosita tayyorgarligini ta'minlaydigan faoliyatining turi tavsifli potensial kreativ individumning individual tavsiflari aloqalarini yuzaga keltiradi. V.A.Slastenin, N.M.Gnatkoning potensial kognitiv ni muntazam faoliyatdagi kognitiv ka taqlid qilish asosida o'zgartirib borish haqidagi qarashlariga qo'shilgan holda uni to'ldirib, kognitiv taqlid qilish, nusxa olish yo'li bilan rivojlanadi, hamda taqlid qilish asosidagi ijod haqiqiy ijodga olib keladi, deb hisoblaydilar. O'qituvchi faoliyatidagi kognitiv ning bir necha bosqichlarini belgilash mumkin, bunda tayyor metodik tavsiyanomalar ko'chirilib, mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik usullar kiritiladi. So'ngra g'oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to'la ishlab chiqiladi va o'qitish va tarbiyalashning o'z betakror konsepsiyasi va metodikasi yaratiladi.

O'qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu refleksiyadir. Refleksiya o'qituvchining o'z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish, o'z fikri va harakatlariga tashqaridan nazar solishdir. Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki an'anasi mavjudligi aytilgan, bular obyektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib keladigan ongning reflektiv tahlili va shaxslararo muloqot ma'nosini tushunish refleksiyasidir.

Refleksiya - (lot. Reflxio - ortga qaytish) subyektning o'z ichki psixik tuyg'u va holatlarini bilish jarayonidir.

"Intellekt" tushunchasining mazmuni va mohiyati ilm-fan mahsullariga asoslangan holda yanada kengaydi, yangicha alomatlar bilan boyib bordi. Masalan, o'sha davrdagi eng keng tarqalgan ta'limotlardan hisoblangan sxolastikada ilohiy intellekt tushunchasi tadqiq qilina boshlandi, hamda mazkur atama bilan oliy, yuksak, yuqori bilish qobiliyatlari tushuntiriladigan bo'ldi.

Mashhur faylasuf Kantning ta'limotiga binoan, intellekt - bu bizdagi mavjud barcha tushunchalar tuzilishining strukturaviy bilish qobiliyatidir, zotan aql esa metafizikaviy g'oyalar tuzilishining bilish qobiliyatidir. Olimlar orasida intellektning mohiyatini tushuntirishda, uni talqin qilishda ikki xil qarash mavjud bo'lgan:

Birinchi guruh vakillarining qarashicha, iyetellektual xususiyatlar odamlarga nasliy yo'l bilan ota-onalar tomonidan beriladi.

Ikkinchi guruh namoyondalari esa intellektni bola idrokining tezligi va tashqi ko'zg'atuvchilarga nisbatan munosabati bilan bog'lab tushuntirganlar. Shuningdek "intellekt" so'zi qadimgi grek tilidan tarjima qilinganda aql degan ma'nono anglatadi. Intellekt tuzilishini tadqiqi qilish bir qator olimlarning izlanishlarida o'z ifodasini topdi. Jumladan, amerikalik psixolog F.Frimen intellekt oltita tarkibdan iborat degan g'oyasini ilgari surdi: sonli operatsiyalarga nisbatan qobiliyatlilik; lug'at boyligi; geometrik shakllar orasidagi o'xshashlik va farqlarni ajrata olish uquvi; nutq tezligi; fikrlash qobiliyati; xotira.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

X.YE.Trik kognitiv ni o'rganishning to'rt yo'nalishni ko'rsatib, ularning xar biriga izoh berdi: kognitiv natija sifatida; kognitiv qobiliyat sifatida; kognitiv jarayon sifatida; kognitiv shaxsning xususiyati sifatida.

Ijodiy ko'rinishni talab qiluvchi masalaning kelib chiqishi mantiqi deyarli anglagan bo'lishi mumkin, lekin muammoning yuzaga kelishi haqiqiy kashfiyot bo'lib, kashfiyotchining qobiliyat darajasiga bog'liqdir. 70 mashhur bastakorning hayot yo'lining taxlili shuni ko'rsatadiki, yaxshi ijod davridan oldin astoydil o'qish kerak. Mashhur aktyor Jerar Filippdan: «Insonlarning qanday kamchiligi sizga yoqmaydi?» deb so'rashganda u «Professional bo'lmaganligi» - deb javob berdi. Shuning uchun havoskorning har qanday ijod sohasidagi «telba g'oyaning» muallifi bo'lishiga oid umidlari kulgilidir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Xutorskoy, A. V. Klyucheviye kompetensii kak komponent lichnostno oriyentirovannoy paradigmi obrazovaniya // Narodnoye obrazovaniye. - 2003.№ 2. - S. 58-64.

2. Jumanazarovich, M. I. "THE ROLE OF FINE ART IN THE DEVELOPMENT OF AESTHETIC EDUCATION IN STUDENTS." Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL) 3.09 (2022): 28-30.

3. Jumanazarovich M. I. Rangtasvir Mashg'ulotlarida Qalamtasvirning Ahamiyati //Gospodarka i Innowacje. - 2022. - Т. 20. - С. 58-61.

4. Sukhrob Abdullaev and Dilshod Mamatov, - Pedagogical foundations in the teaching of folk arts and crafts of Uzbekistan in the training of teachers of fine arts. E3S Web of Conferences 420, 10019 (2023)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/pdf/2023/57/ e3sconf _ebwff

6. 2023_10019.pdf

7. Makhfuza Odilova - Effective methods of improving the quality of education in biology lessons through computer technology. E3S Web of Conferences 460, 05015 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202346005015 BFT-2023.

8. Маматов Д.К. Организация самсстсятельнсй работы студентов первая междунарсдная научнс-метсдическая ганференция междисциплинарные исследoвания в науке и oбразoвании http://man-ua.edukit.kiev.ua/Files/downloads/%D0%9F%D0%9D%D0%A1%D0%B1%D0%A2-14-09-2012. pdf#page=183

9. Маматов Д.К., Сoбирoва Ш.У Оссбеннссти oрганизации самсстсятельнсй рабoты студентсв Педагсгические науки http://wwenews.esrae.ru/pdf/2015/1/62.pdf

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Mengnorov Islom Jumanazarovich, o'qituvchi [Менгноров Ислам Джуманазарович,

препoдаватель, [Islam J. Mengnorov, teacher]; manzil: O'zbekiston, Surxondaryo viloyati Termiz shahar "Barkamol avlod" ko'chasi 43-uy [адрес: Узбекистан, 117036, Узбекистан, Сурхандарьинская oбласть, гсрсд Термез, Гсрсд Термез, улица Баркамoл авсд, дсм 43], [address: Uzbekistan, Surkhandarya region, Termez city, 43 Barkamol avlod Street].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.