NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original peper
© N.S. Shayzakova1^_
1Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Farg'ona, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: pedagoglarda deontologik madaniyatning shakllanishining omillari haqida so'z boradi. Boisi bo'lajak o'qituvchilarida tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari ilmiy nazariy jihatdan yoritib berish bugunning davr talabi. Shu bois maqolamizda bo'lajak o'qituvchilik kasbiga tayyorlanishning ahloqiy-kasbiy jihatlari, pedagogik deontalogiya va kompetentlikning xususiyatlari, mazmuni, mohiyati ham nazariy jihatdan yoritilgan.
MAQSAD: har tomonlama yetuk intellektual rivojlangan, ijtimoiy sifatlar bilan tarbiyalangan, milliy va ma'naviy qadriyatlarga sadoqatli, yangicha fikrlaydigan, o'z shaxsiy va fuqarolik pozitsiyasiga ega, milliy mafkuraning barcha sifatlarini o'zida mujassamlashtirgan barkamol shaxsni tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir.
MATERIALLLAR VA METODLAR: ta'lim sohasida axloq tarbiyasi, ma'naviy-axloqiy tarbiyalash, pedagoglik odobi fazilatlari, o'qituvchining burchi, ta'limni insonparvarlashtirish, ta'limiy qadriyatlar hamda barkamol shaxsni shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari masalalari mamlakatimiz olimlari T.Gapporova, X.Ibragimov, D.Kenjayeva, Sh.Mardonov, O.Musurmonova, D.Nasriddinova, S.Norboyeva, Sh.Olimov, N.Ortiqov, M.Ochilov, N.Ochilova, D.Ro'ziyeva, Z.Saliyeva, J.Toshmatova, B.Xodjayev, A.Xoliqovlar tomonidan tadqiq etilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan har tomonlama rivojlangan shaxs etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, yosh avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, ta lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan takomillashtirish, o'qituvchilik kasbining nufuzini oshirish bo'yicha yuksak ma'naviyatli, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo'lgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, pedagog xodimlarning qadr-qimmati va nufuzini oshirish, ularning moddiy-ma'naviy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish kabi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi ma'naviy va kasbiy jihatdan yetuk shaxslar tayyorlashni taqozo etadi. Bunday shaxslarning tayyorlanishida esa, oliy ta'lim tizimi yetakchi va hal qiluvchi o'rinni egallaydi.
XULOSA: bo'lajak o'qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirishda bo'lajak o'qituvchi shaxsi, pedagogik jarayon ishtirokchilari o'rtasidagi deontologik munosabatlarning
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №3(2)
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
pedagogik-psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda rivojlantirish jarayonining bosqichlari, deontologik kompetentlikning komponentlari, shaxs xususiyatlari, rivojlantirish jarayonining tamoyillari, shakl, metod va natijalarni baholashning maqbul variantlarini ishlab chiqish hamda modellashtirishni talab etadi.
Kalit so'zi: tanqidiy va kreativ tafakkur, innovatsion faoliyat, intellektual salohiyat, modernizatsiya, kasbiy etika, xulq-atvor, deontalogiya, kompetentlik, konsepsiya.
Iqtibos uchun: Shayzakova N.S. Pedagogning deontologik tayyorgarligi - ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligi garovi. // Inter education & global study. 2024. №3(2). B.50-57.
ДЕОНТОЛОГИЧЕСКАЯ ПОДГОТОВКА ПЕДАГОГА -ГАРАНТИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА_
© Н.С. Шайзакова1^
Ферганский медицинский институт общественного здравоохранения, Фергана, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассматриваются факторы формирования деонтологической культуры у будущих педагогов. Поэтому педагогические возможности формирования критического и креативного мышления у будущих учителей научно-теоретически осветить требование современности. Поэтому в нашей статье также теоретически освещены морально-профессиональные аспекты подготовки к будущей педагогической профессии, особенности, содержание, сущность педагогической деонтологии и компетентности.
ЦЕЛЬ: одной из актуальных задач является воспитание гармоничной личности, всесторонне развитой интеллектуально, воспитанной с социальными качествами, преданной национальным и духовным ценностям, мыслящей по-новому, имеющей свою личностную и гражданскую позицию, воплощающей в себе все качества национальной идеологии.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: вопросы нравственного воспитания, духовно-нравственного воспитания, качества педагогической этики в сфере образования, обязанности учителя, гуманизации образования, воспитательных ценностей и психолого-педагогических основ формирования гармоничной личности отечественные ученые т.Гаппорова, Х.Ибрагимов, Д.Кенджаева, Ш.Мардонов, О.Мусурмонова, Д.Насриддинова, С.Норбоева, Ш.Олимов, Н.Ортиков, М.Очилов, Н.Очилова, Д.Рузиева, З.Салиева, Дж.Ташматова, Б.Ходжаев, А.Исследовано холиковыми.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: воспитание молодежи как духовно-нравственно всесторонне развитой личности, вывод системы образования и воспитания на качественно новый уровень, дальнейшее совершенствование работы
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №3(2)
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
по воспитанию подрастающего поколения, содержательное совершенствование качества образования и воспитания, повышение престижа педагогической профессии. воспитание самоотверженной и патриотичной молодежи, повышение достоинства и престижа педагогических работников, реализация таких приоритетных задач, как усиление их материально-духовной и социальной защиты, требует подготовки духовно и профессионально зрелых лиц. Однако в подготовке таких людей система высшего образования занимает ведущее и решающее место.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: развитие деонтологической компетентности у будущих педагогов требует разработки и моделирования оптимальных вариантов развития личности будущего педагога, компонентов деонтологической компетентности, особенностей личности, принципов процесса развития, формы, метода и оценки результатов с учетом педагогико-психологических особенностей деонтологических отношений между участниками педагогического процесса.
Ключевое слово: критическое и творческое мышление, инновационная деятельность, интеллектуальный потенциал, модернизация, профессиональная этика, поведение, деонтология, компетентность, концепция.
Для цитирования: Шайзакова Н.С. Деонтологическая подготовка педагога -гарантия эффективности образовательного процесса. // Inter education & global study. 2024. № 3(2). С. 50-57.
DEONTOLOGICAL PREPARATION OF THE TEACHER -GUARANTEE OF THE EFFECTIVENESS OF THE EDUCATIONAL PROCESS
© Nigora S. Shayzakova1®
1Fergana Public Health Medical Institute, Fergana, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article considers the factors of formation of deontological culture in future teachers. Therefore, pedagogical possibilities of formation of critical and creative thinking in future teachers scientifically-theoretically illuminate the requirement of modernity. Therefore, our article also theoretically illuminate moral and professional aspects of preparation for the future teaching profession, features, content, essence of pedagogical deontology and competence.
AIM: one of the urgent tasks is to educate a harmonious personality, intellectually well-developed, educated with social qualities, devoted to national and spiritual values, thinking in a new way, having its own personal and civil position, embodying all the qualities of the national ideology.
MATERIALS AND METHODS: the issues of moral education, spiritual and moral education, the quality of pedagogical ethics in education, the duties of the teacher, humanisation of education, educational values and psychological and pedagogical foundations of the formation of a harmonious personality domestic scientists t. Happorova,
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
H.Ibragimov, D.Kenjaeva, Sh.Mardonov, O.Musurmonova, D.Nasriddinova, S.Norboeva, Sh.Olimov, N.Ortikov, M.Ochilov, N.Ochilova, D.Ruzieva, Z.Salieva, J.Tashmatova, B.Hodjaev, A.Kholikov.
DISCUSSION AND RESULTS: upbringing of youth as a spiritually and morally comprehensively developed personality, bringing the system of education and upbringing to a qualitatively new level, further improvement of work on education of the younger generation, substantial improvement of the quality of education and upbringing, raising the prestige of the pedagogical profession. upbringing of selfless and patriotic youth, raising the dignity and prestige of pedagogical workers, realisation of such priority tasks as strengthening of their material and spiritual and spiritual development. However, in the training of such people, the system of higher education occupies a leading and decisive place.
CONCLUSION: the development of deontological competence in future teachers requires the development and modelling of optimal options for the development of the personality of a future teacher, components of deontological competence, personality characteristics, principles of the development process, form, method and evaluation of results, taking into account pedagogical and psychological features of deontological relations between the participants of the pedagogical process.
Key word: critical and creative thinking, innovative activity, intellectual potential, modernisation, professional ethics, behaviour, deontology, competence, concept.
Barchamizga ma'lumki, jahon talim tizimida bo'lajak o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish, ijtimoiy kasbiy burch va axloqiy-etik talablar asosida yo'lga qo'yish imkoniyatini ifodalovchi deontologik kompetentlikka ega bo'lajak mutaxassislarni shakllantirish jarayoniga alohida e'tibor qaratilmoqda. Turli xalqaro tashkilotlar, jumladan, YUNESKO tomonidan tashkil etilgan "COMEST - Ilmiy bilimlar va texnologiyalar etikasi bo'yicha Butunjahon komissiyasi" tomonidan xalqaro miqyosda ekologik axloq, ilmiy etika, axborot jamiyati texnologiyalariga oid axloqiy masalalar, fan va texnika etikasi kabi sohalarda keng faoliyatning tashkil etilishi mutaxassisliklarga oid deontologik muloqotlarni takomillashtirish, pedagogik jarayondagi shaxslararo aloqalarni deontologik tamoyillar asosida yo'lga qo'yish, bo'lajak o'qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirishning ahamiyatliligini ham aks ettiradi.
Jahon ta lim tizimida ijtimoiy-madaniy, gumanitar va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorliklarni kengaytirish, madaniy va ijtimoiy-axloqiy jihatdan munosabatlarni chuqurlashtirish, innovatsion aloqalarni yo'lga qo'yish, turli xalqaro dasturlar doirasida amalga oshiriladigan ilm-fanga oid loyihalarni tashkil etish, shuningdek, ta lim, madaniyat, sog'liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid sohalardagi aloqalarni rivojlantirish,
For citation: Nigora S. Shayzakova. (2024) 'Deontological preparation of the teacher -guarantee of the effectiveness of the educational process', Inter education & global study, (3(2)), pp 50-57. (In Uzbek).
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
kasbiy burch, faoliyatning axloqiy jihatlarini ifodalovchi deontologik munosabatlarni yanada kengaytirish bo'yicha hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Respublikamizda so'nggi yillarda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini tubdan takomillashtirish, bo'lajak o'qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirishning meyoriy asoslari yaratilmoqda. "Tarbiya va o'qitish usullari, pedagogik kasbga qiziqishi yuqori bo'lgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish" ustuvor vazifalar etib belgilandi. Bu esa bo'lajak o'qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, integrativ yondashuv asosida talabalarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish mazmuni va modelini takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tadqiqot muammosiga doir meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni muayyan darajada hal etish hamda tadqiqot ishimizning dolzarbligini asoslash uchun "deontologiya" tushunchasi hamda uning mazmun-mohiyatini aniqlashtirib olish maqsadga muvofiqdir.
Adabiyotlarda ta kidlanishicha, pedagogik deontologiya (yunon. "deontos" - loyiqlik, munosib, kerakli, tegishli, "logos" - ilm, ta limot) manosini bildirib, mazkur tushuncha natijalarga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Deontologiya tushunchasi bilan bir qatorda kreativlik tushunchasi ham keladi.
Kreativlik - (ingl. "creativite" "yaratish", "bunyod qilish") - bu ijodiy qobiliyatlik darajasi, shaxsning barqaror sifati hisoblanadigan ijod qilishga bo'lgan qobiliyati bo'lib, u kreativ tafakkur bilan bog'liq. Kreativ tafakkur - bu shaxsning o'z oldida turgan vazifalarini nostandart xal etish hamda o'z maqsadlariga erishishning yangi, yanada samaraliroq yo'llarini topish qobiliyatidir.
Bir qator pedagogik adabiyotlar tahlili va keyingi yillarda ilmiy izlanishlar olib borilgan tadqiqot ishlarida ham "kreativ", "pedagogik kreativlik", "kreativ qobiliyatlar", "kreativ kompetentlik" tushunchalariga atroflicha izoh berib o'tilgan. "Kreativ yondashuv" tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko'plab tariflarini keltirish mumkin.
Masalan, tadqiqotchi N.Ochilova axloqiy qarashlar haqida o'z fikrlarini bildirib, "Axloqiy bilimlar va axloqiy qarashlar bu kishining tashqi muhit - jamiyatdan olgan va tartibga solingan axborotlaridir. Axloqiy e tiqod esa tartibga keltirilgan axborotlar bilan birga xattiharakatning mo'ljallangan, nazarda tutilgan andozasi hamdir. Axloqiy e tiqod axloqiylik natijasida shakllanadi", -deya takidlaydi.
Bo'lajak o'qituvchilarida deontologiyaning shakllanishi va rivojlanishining xronologiyasi bo'yicha o'qituvchi shaxsining xulq-atvori va fazilatlariga jamiyatning asosiy talablarini tahlil etish ahamiyatli sanaladi. Jumladan, insonning muayyan kasbiy faoliyatga oid xulq-atvor normalari haqidagi qarashlar qadim zamonlardan axloqiy falsafiy ta'limoti mazmuni bilan bog'liqlikda rivojlangan.
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Shu o'rinda deontologiya tushunchasiga ham izoh berib o'tsak. Bugungi kunda jamiyatga kirib kelgan "Deontologiya" fani biz uchun yangilik emas, biz majburiyat sifatida bilganmiz, lekin fan rivojlangan bir davrda xalqaro pedagogik atamalarda ishlatiladigan so'zlarga o'z munosabatimizni bildirmoqchimiz. "Deontologiya" so'zi deontos - "shart", "burch", logos - "ta limot", degan ma'noni anglatib, ingliz faylasufi Dj.Bentam mazkur tushunchani ilmiy jihatdan asoslagan. Uning "Deontologya of science of morally" asarida deontologiya ya'ni, inson axloqi, etikasi xaqidagi ilmiy fikrlar bayon qilingan. Keyinchalik Dj.Bentam tomonidan tavsiya qilingan "deontologiya" fanidagi g'oyalar nemis faylasufi I.Kant tomonidan rivojlantirildi, u deontologiyani "etika bu burch, majburiyat etikasidir", deb ta rifladi. Dastlab deontologiya so'zi tor ma'noda insonning xudoga ishonchi, keyinchalik esa keng ma'noda ishlatilib, insonning majburiyatlarini ifodalovchi tushuncha sifatida izohlangan.
Muallif deontologiyani, umuman, axloqning asoslarini, burchning namoyon bo'lish shakllarini ochib beruvchi, ijtimoiy qonunlar va talablar mazmunida namoyon bo'ladigan umumiy ijtimoiy normalar va qoidalar, shuningdek, inson xulq-atvoriga oid "to'g'ri va mos fan" deb tushungan. Keyinchalik "deontologiya" fanidagi g'oyalar nemis faylasufi I.Kant tomonidan rivojlantirilib, deontologiya tushunchasi "yetika - bu burch, majburiyat yetikasidir" deb tariflandi.
Deontologik madaniyat bu - o'qituvchining o'quvchilar bilan munosabatlar jarayonida zarur bo'lgan umumiy axloqiy qoidalar majmuasi, pedagogning meyoriy-ma'naviy qarashlarga asoslangan odobidir. Ma'lumki o'qituvchilarda ma'naviy-axloqiy, xususan, pedagogik qiyofasini shakllantirish bo'yicha o'qituvchi - tarbiyachining olib boradigan ishlari murakkab va ko'p qirralidir.
Deontologik madaniyat imkoniyat yaratgan pedagogik tajribalarni egallab olish orqali ko'p qirrali munosabatlar va muammolarni vujudga keltirishga yordam beradi, o'zini anglashni, o'zini takomillashtirishni ta'minlaydi.
Deontologik madaniyat muammolari bo'yicha F.N.Gonobolin, N.V.Kuzmin, A.I.Sherbakov, A.A.Slastenin va boshqalar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan va qarashlari shakllangan. Masalan, K.M.Levitan deontologiyaning hozirgi holatini quyidagicha tavsiflaydi: "Deontologiya turli munosabatlar tizimida kasbiy burch, majburiyat va to'g'ri xulqatvor muammolarini, mutaxassisning o'z kasbiy faoliyati obekti, jamiyat, davlat, huquq, jamoatchilik fikrining tashuvchisi sifatidagi boshqa fuqarolar, o'ziga bo'lgan munosabatni o'rganuvchi fanlararo fandir".
Bo'lajak o'qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini tahlil etishga oid muhim tushunchalardan biri "kasbiy tayyorgarlik" tushunchasi bo'lib, ushbu tushuncha o'qituvchining o'z kasbiy burchlarini deontologik tamoyillarga muvofiq bajarish uchun zarur bo'lgan mavjud bilim, ko'nikma va malakalardan xabardorlik darajasining holati hamdir. Shu bilan bir qatorda bo'lajak o'qituvchisining deontologik tayyorgarligi - bu bo'lajak o'qituvchi ongi, uning bilim, ko'nikma va malakalarining kasbiy burch talablariga muvofiq o'quv, tarbiyaviy faoliyatni amalga
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
oshirishga tayyorligi holatidir. Bu uning umumiy tayyorgarligining ajralmas qismi bo'lib, kasbiy ongning rivojlanish darajasini, kasbiy faoliyatda nima zarurligini anglashni aks ettiradi. G.M.Kertaevaning asarlarida o'qituvchining deontologik o'zini anglashi talabaning ruhiy, jismoniy salomatligiga zarar yetkazmaslik tamoyili sifatida tariflanganligini ko'rishimiz mumkin. O'qituvchining deontologik tayyorgarligi o'qituvchilarning kasbiy amaliyotida ega bo'lishi kerak bo'lgan axloqiy va axloqiy asoslarni anglatadi. Bu sinfda va undan tashqarida ularning xatti-harakatlari va qarorlar qabul qilishiga rahbarlik qiladigan bir qator axloqiy tamoyillar va axloqiy me'yorlarni tushunish va ularga rioya qilishni o'z ichiga oladi.
O'qituvchilar uchun deontologik tayyorgarlikning ba'zi asosiy jihatlari:
1. **Axloqiy tamoyillar**: O'qituvchilar halollik, adolatlilik va boshqalarni hurmat qilish kabi axloqiy tamoyillar bilan tanish bo'lishi kerak. Bu tamoyillar ularning o'quvchilar, hamkasblar, ota-onalar va jamiyat bilan o'zaro munosabatlari uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
2. **Kasbiy odob-axloq qoidalari**: O'qituvchilar ta'lim muassasalari yoki professional ta'lim tashkilotlari tomonidan o'rnatilgan kasbiy xulq-atvor qoidalarini bilishi va ularga rioya qilishlari kerak. Ushbular ko'pincha o'qituvchilardan kutilayotgan muayyan axloqiy ko'rsatmalar va xatti-harakatlar standartlarini belgilaydi.
3. **Maxfiylik va Maxfiylik**: O'qituvchilar maxfiylikni saqlash va talabalar va ularning oila a'zolarining shaxsiy hayotini hurmat qilish muhimligini tushunishlari kerak. Ular maxfiy ma'lumotlarni o'z ixtiyori bilan ishlatishlari va faqat kerak bo'lganda va kerak bo'lganda baham ko'rishlari kerak.
4. **To'g'rilik va inklyuzivlik**: O'qituvchilar, ularning kelib chiqishi, qobiliyati yoki kimligidan qat'i nazar, barcha talabalar uchun inklyuziv va teng huquqli sinf muhitini yaratishga intilishi kerak. Ular noto'g'ri qarashlarni tan olishlari va bartaraf etishlari va barcha talabalarning o'rganish va muvaffaqiyatga erishishlari uchun teng imkoniyatlarga ega bo'lishini ta'minlash uchun harakat qilishlari kerak.
5. **Kasbiy halollik**: O'qituvchilar o'z harakatlarida halol, ishonchli va mas'uliyatli bo'lish orqali kasbiy halollikni namoyish etishlari kerak. Bu ularning kasbiy majburiyatlarini bajarish, belgilangan muddatlarga rioya qilish va qarorlari va amaliyotlari haqida shaffoflikni o'z ichiga oladi.
6. **Axloqiy qarashlar**: O'qituvchilar o'z amaliyotlarida axloqiy qarashlarga duch kelishlari mumkin, masalan, manfaatlar to'qnashuvi yoki axloqiy tamoyillar institutsional siyosatga zid keladigan vaziyatlar. Deontologik tayyorgarlik ushbu dilemmalarni hal qilish va axloqiy jihatdan to'g'ri qarorlar qabul qilish uchun zarur bo'lgan tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi.
Umuman olganda, o'qituvchilarning deontologik tayyorgarligi axloqiy xulq-atvorni targ'ib qilish, ta'lim jamoasida ishonch va hurmatni rivojlantirish va pirovardida barcha talabalar uchun ta'lim sifatini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Bo'lajak o'qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish maqsadida kompetensiya va kompetentlik
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tushunchalari, deontologik kompetentlik va uning tarkibiy qismlarining mazmun-mohiyatini aniqlab olishimiz zarur.
"Deontologik kompetentlik" tushunchasi I.P.Slyusareva, K.K.Pashayan kabi tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida ham uchraydi. I.P.Slyusareva deontologik kompetentlik tushunchasiga quyidagicha tarif beradi: "...mutaxassis shaxsining shaxsiy va muvaffaqiyatga yo'naltirilgan deontologik bilimlari, ko'nikmalari, muhim deontologik fazilatlari mavjudligi tufayli ichki (kasbiy) va tashqi (ijtimoiy) muhit bilan samarali munosabatda bo'lishga imkon beradigan xususiyat".
Bilamizki, oliy ta'limda o'qitishda fanlararo integratsiya bo'lajak o'qituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi va tadqiqot ishimizda, bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda mutaxassislik va psixologik-pedagogik fanlarning imkoniyatlaridan integrativ asosda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Navoiy A. "Mahbub ul-kulub". O'n besh tomlik. Toshkent. Badiiy adabiyot nashriyoti, 1966 y. 13 tom. 192-193- b.
2. Ochilov M. Muallim - qalb me'mori. - T.: "O'qituvchi", 2001. 34-35 b.
3. Bentham J. Deontology // Bentham J. Deontology together with a Table of the Springs of Action and the Article of Utilitarianism. - Oxford: Clarendon Press, 1983, p. 119-281.
4. Elkonin B.D. "Ponyatie kompetentnosti pozitsiya razvivayushego obucheniya". Moskva.
5. Xоdjayev B. Umumiy pedagоgika. - T.: "Sanо-standart", 2017-y. 433 bet.
6. Yadgarov, N. J. "Methods using the 3ds max package in teaching projection drawing in school." Euro-Asia Conferences. Vol. 1. No. 1. 2021.
7. N. Dj. Yadgarov, Ph. D. , Associate Professor Bukhara - open-air museum // Oriental Art and Culture. 2019. №IV (1). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bu
8. Nodir D. Yadgarov, Taner A§gi, Ihsan Tokta§ BiRSANAT VE ZANAAT MUZESi OLARAK OZBEKiSTAN ORTAQAG BUHARA MiMARiSiNDEN YAZLIK SITORA-I MOKHI-KHOSSA SARAYI // Inter education & global study. 2024. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bir-sanat-ve-zanaat-m-zesi-olarak-zbekistan-orta-a-buhara-mimarisinden-yazlik-sitora-i-mokhi-khossa-sarayi (дата обращения: 29.04.2024).
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Shayzakova Nigora Saydarifovna, katta o'qituvchi [Шайзакова Нигора Сайдарифовна, Старший преподаватель], [Nigora S. Shayzakova, Senior teacher]; manzil: manzil: O'zbekiston, Farg'ona, Yangi Turon, 2-a uy [адрес: Узбекистан, Фергана, ул. Янги Турон 2-а], [address: Uzbekistan, Fergana city, Yangi Turon street, house 2]; Email: mail:[email protected]
2002.