Научная статья на тему 'BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI TARBIYAVIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA DEONTOLOGIK YONDASHUV'

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI TARBIYAVIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA DEONTOLOGIK YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
243
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilm / fan / tizim / kompetentsiya / kompetentlik tarkib / qism / ta’lim / standart / samara / maxsus uslubiy / natija / imkoniyat / tarbiyaviy faoliyat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Norposhshaxon Xabibullayevna Voxidova, M.B.Abdulxayeva

Maqolada jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, ta’lim-tarbiya tizimini ilm fan taraqqiyotining eng soʻnggi yutuqlari negizida modernizatsiyalash uchun yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish jarayonida boʻlajak oʻqituvchilarning tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishlari zarurligi asoslanib, tarbiyaviy faoliyat tushunchasining mazmuni, maqsad va vazifasi, jarayonni tashkil etish uchun talabalar oʻzlashtirishlari zarur boʻlgan bilimlar sohasi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI TARBIYAVIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA DEONTOLOGIK YONDASHUV»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TARBIYAVIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA

DEONTOLOGIK YONDASHUV 1Norposhshaxon Xabibullayevna Voxidova, 2M.B.Abdulxayeva

1Toshkent davlat pedagogika universiteti, Pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari

doktori

2Toshkent shahri Chilonzor tumanining 168 maktab o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10810825

Annotatsiya. Maqolada jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, ta'lim-tarbiya tizimini ilm fan taraqqiyotining eng so'nggi yutuqlari negizida modernizatsiyalash uchun yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishlari zarurligi asoslanib, tarbiyaviy faoliyat tushunchasining mazmuni, maqsad va vazifasi, jarayonni tashkil etish uchun talabalar o'zlashtirishlari zarur bo'lgan bilimlar sohasi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: ilm, fan, tizim, kompetentsiya, kompetentlik tarkib, qism, ta'lim, standart, samara, maxsus uslubiy, natija, imkoniyat, tarbiyaviy faoliyat.

Jahondagi globallashuv jarayonlari, ta'lim-tarbiya tizimidagi islohotlar, ilm-fan taraqqiyotining eng so'nggi yutuqlari negizida modernizatsiyalash ta'limni axborotlashtirish sharoitida barcha hududlarida deontologik yondoshuv asosida maktab direktorlarining boshqaruv madaniyatini takomillashtirishtizimining yangi mazmuni va samarali modellarini izlab chiqish jarayonga joriy etish ko'plab ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning: "Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash, ma'naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish" - deya ta'kidlaganligi bo'lajak o'qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash masalasi dolzarb muammolardan biri ekanligini ta'kidlaydi.

"Umumiy o'rta ta'lim muassasalari - ijtimoiy hayotning muhim, ajralmas tarkibiy qismi hisoblanib, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, ma'rifiy jihatdan taraqqiy etishning asosi sifatida, shaxsning ma'naviy yetukligi va barkamolligini kafolatlaydigan, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda katta imkoniyatlarga ega muqaddas maskan" sanalishi yoshlar tarbiyasi masalasi mamlakatimizda davlat ahamiyatiga molik masala sifatida qaralayotganligidan dalolat beradi. Bu vazifani amalga oshirishga qaratilgan davlat hujjatlarida mazkur faoliyatni maqsadli amalga oshirish tartibi ham belgilangan.

Pedagogik oliy ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan tizimli tarbiyaviy faoliyat bo'lajak o'qituvchilarning, tarbiyachilarning, mamlakat ziyolilarining g'oyaviy qarashlari, mafkuraviy immunitetlarida o'z aksini topadi, uning natijasida jamiyatning gullab yashnashi, ravnaq topishi, kishilarning ijtimoiy hayotining farovonlavi hamda yoshlarning har tomonlama kamol topishiga zamin yaratiladi.

Bo'lajak o'qituvchilarni innovatsion yondashuv asosida tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish haqida fikr yuritishdan avval, tarbiyaviy faoliyatga tayyorgarlik tushunchasi, uning mazmun va mohiyatini yoritish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyaviy faoliyatga tayyorlik bu ko'p qirrali tushuncha bo'lishi bilan bir qatorda maxsus psixologik holat hisoblanib, sub'ektda ma'lum bir harakat(lar)ning tarkibiy tuzilishi va uni bajarish

monitoringining doimiy ravishda diqqat markazida bo'lishini nazarda tutishdir. U pedagogik vazifani anglashga turli xil munosabatlarni, ehtimoliy xulq-atvor modellarini, faoliyatning maxsus usullarini aniqlashni, qiyinchiliklarga nisbatan ularning imkoniyatlarini baholash va ma'lum bir natijaga erishish zarurligini o'z ichiga oladi. Bo'lajak o'qituvchilarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorligi - bu tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga doir nazariy bilimlarni egalllaganlik hamda mazkur faoliyatni tashkil etish ko'nikma va malakalarni o'zlashtirganlik deyish mumkin.

"Deontologiya" so'zi deontos - "shart", "burch", logos - "ta'limot", degan ma'noni anglatib, ingliz faylasufi Dj.Bentam mazkur tushunchani ilmiy jihatdan asoslagan. Uning "Deontologya of science of morally" asarida deontologiya ya'ni, inson axloqi, etikasi xaqidagi ilmiy fikrlar bayon qilingan. Keyinchalik Dj.Bentam tomonidan tavsiya qilingan "deontologiya" fanidagi g'oyalar nemis faylasufi I.Kant tomonidan rivojlantirildi, u deontologiyani "etika bu burch, majburiyat etikasidir" deb ta'rifladi. Dastlab deontologiya so'zi tor ma'noda insonning xudoga ishonchi, keyinchalik esa keng ma'noda ishlatilib, insonning majburiyatlarini ifodalovchi tushuncha sifatida izohlangan. Bugungi kunda respublikamizda tibbiyot xodimlari singari ko'plab pedagoglarimiz, ustoz va murabbiylarimiz oz kasblariga nisbatan sadoqatlilik, mas'uliyatlilik bilan oz burchlarini yuqori kompetentlik darajasida bajarmoqdalar. Deontologik madaniyat - o'qituvchining o'quvchilar bilan munosabatlar jarayonida zarur bo'lgan umumiy axloqiy qoidalar majmuasi, pedagogning meyoriy-ma'naviy qarashlarga asoslangan odobidir. Ma'lumki bo'lajak o'qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash jarayoni murakkab va ko'p qirralidir.

Deontologik madaniyat imkoniyat yaratgan pedagogik tajribalarni egallab olish orqali ko'p qirrali munosabatlar va muammolarni vujudga keltirishga yordam beradi, o'zini anglashni, o'zini takomillashtirishni ta'minlaydi.

Deontologik madaniyat muammolari bo'yicha F.N.Gonobolin, N.V.Ko'zmin, N.M.Boritko, A.I.Sherbakov, A.A.Slastenin va boshqalar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan. Bu tadqiqotlarda pedagogik faoliyatning turli xil sifatlari va ko'rsatkichlari o'rganilgan va pedagogik faoliyat orqali o'qituvchining pedagogik madaniyati darajasini, uning mazmuni va mohiyatini anglaydilar.

N.M.Boritko bo'lajak mutaxassislarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash jarayonlarini shaxsning intellektual faoliyatlariga qo'yiladigan mantiqiy ketma-ketlikdagi uzviy va uzviy bo'lmagan me'yor va talablar mazmuni sifatida qaraydi. Psixolog olimlarning e'tirof etishicha tarbiyaviy ishlarga tayyorgarlik o'qituvchining kasbiy tayyorgarlik tizimidan kasbiy faoliyat tizimiga o'tish davridagi shaxsiy holatini aks ettiruvchi ajralmas xususiyatdir.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga bo'lgan e'tiborning kuchayishi, tarbiyani samarali tashkil etishga tizimli yondoshuv ta'lim tizimidagi ko'pgina muammolarni hal etishga ham imkoniyat yaratadi. Tarbiya ishlarini tashkil etishga qiziqishning ortishi esa ta'lim va tarbiya jarayonlarini birgalikda olib borishning ta'lim muassasalaridagi o'rni va ahamiyati, statusini oshirib borishi bilan ham izohlanadi. SHu sababli, bo'lajak pedagoglarga qisqa muddatda tahliliy materiallar asosida kelajakni uylab qabul qilinadigan qarorlar qabul qila olish qobiliyatlarini shakllantirishni inobatga olish; ta'lim oluvchilar, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, xususiy kompaniyalar vakillari bilan samarali muloqot usullariga, jumladan o'z imidjiga ega bo'lish kabi qobiliyat va boshqalar.

Bo'lajak o'qituvchilarni deontologik yondashuv asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga tayyorlash va amalga oshirish jarayoni pedagoglardan insoniylik, tashabbuskorlik, faollik, o'quv jarayoni sub'ektlarining o'zaro munosabatlari tengligi va yana ko'plab ijtimoiy faollik xususiyatlarini talab etadiki, bu talab pedagog-o'qituvchilar zimmasiga bir qator ma'suliyatli

vazifalarni yuklaydi. Bugungi kun o'qituvchisi zamon va davr bilan hamnafas qadam tashlashi, o'z pedagogik faoliyatida oshirayotgan ishlarining barcha jihatlarini yaxshi tushunishi, bilishi, kasbiy faoliyatni uyushtirishga doir bilimlarni chuqur egallaganligi, ta'limiy vazifa va tarbiyaviy vazifalarni, shuningdek, mavjud topshiriqlar va muammolarni hal eta olish kompetensiyasiga ega bo'lishi zarur. U muntazam ravishda tarbiya, tarbiyaviy faoliyat, uni samarali faoliyatni tashkil etishga oid innovatsion tadqiqotlar, kashfiyotlardan xabardor bo'lishi va tarbiya berishda unga qo'yilayotgan yaqin va uzoq istiqboldagi talablarni ko'rishi kerak.

Bo'lajak o'qituvchilarni deontologik yondashuv asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga tayyorlash:

g'oyalarini (pedagogik vazifalarni keng ko'ra olishi, pedagogik fikrlashi, rivojlanishi, o'zini rivojlantirish bilan shug'ullanishi, pedagogik o'zaro aloqalarda professionalzmga erishish);

qiziqishlari (fanga qiziqishi, psixologik-pedagogik bilimlarini takomillashtirishi, o'qituvchilarning ta'lim darajasini va umumiy ma'naviy madaniyatlarini oshirish);

qadriyatli yo'nalishlari (yuqori bilmga ega bo'lish, tarbiyalash, o'qituvchi va rivojlantirish jarayonlarida o'quvchilarini faollashtirish)

pedagogik faoliyatga iste'dod va qobiliyati asosida yondashish va tarbiyaviy faoliyatni maqsadli tashkil etishni amalga oshirishda ko'rinadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston RespublikasI Prezidentining 2022 yil 20 noyabrdagi 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida PF-60-son farmoni.

2. Bentham J. Deontology // Bentham J. Deontology together with a Table of the Springs of Action and the Article of Utilitarianism. - Oxford: Clarendon Press, 1983, p. 119-281.

3. Борытко Н.М. Теория и практика становления профессиональной позиции педагога-воспитателя в системе непрерывного образования:. Автореф. ... д-ра пед. наук. - М:, 2001

4. Elkonin B.D. "Ponyatie kompetentnosti pozitsiya razvivayushego obucheniya". Moskva. 2002.

5. Ochilov M. Muallim - kalb me'mori. - T.: "O'qituvchi", 2001. 34-35 betlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.