Научная статья на тему 'KO‘P QIRRALI XALQARO MUNOSABATLARNING JADAL RIVOJLANISHIDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI'

KO‘P QIRRALI XALQARO MUNOSABATLARNING JADAL RIVOJLANISHIDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
vatan / vatanparvarlik / inson / tarbiya / ruhiyat / tarix / musiqa

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Lutfullayev Anvar Qudratovich

Maqolada bugungi kun yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda musiqaning ahamiyati, uning inson ruhiyatiga ta’siri xususidaga fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek, “Vatan” so‘zining tushunchasi, ma’nosi, tuyg‘usi kabi hissiyotlarni, shu bilan birga har bir inson o‘zining kasbiy hamda mehnat faoliyati davomida vatanparvarlik ruhida yondashish, uning mazmun-mohiyatini kengaytirish, musiqa san’atining o‘rnini yoritishga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KO‘P QIRRALI XALQARO MUNOSABATLARNING JADAL RIVOJLANISHIDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA MUSIQA SAN’ATINING O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

KO'P QIRRALI XALQARO MUNOSABATLARNING JADAL TARBIYALASHDA MUSIQA SAN'ATINING O'RNI

Lutfullayev Anvar Qudratovich

professor, Toshkent davlat pedagogika universiteti "Ijrochilik mahorati va madaniyati" kafedrasi

mudiri

https://doi.org/10.5281/zenodo.11498752

Annotasiya. Maqolada bugungi kun yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda musiqaningahamiyati, uninginson ruhiyatiga ta'siri xususidagafikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek, "Vatan" so'zining tushunchasi, ma'nosi, tuyg'usi kabi hissiyotlarni, shu bilan birga har bir inson o'zining kasbiy hamda mehnat faoliyati davomida vatanparvarlik ruhida yondashish, uning mazmun-mohiyatini kengaytirish, musiqa san'atining o'rnini yoritishga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: vatan, vatanparvarlik, inson, tarbiya, ruhiyat, tarix, musiqa.

Аннотация. В статье изложены размышления о значении музыки в патриотическом воспитании сегодняшней молодежи, ее влиянии на психику человека. Она также посвящена освещению таких эмоций, как понятие, значение, осознание слова «Родина», при этом каждая личность в своей профессиональной и трудовой деятельности должна подходить в духе патриотизма, расширять его содержание, показывать роль музыкального искусства в этом процессе.

Ключевые слова: родина, патриотизм, человек, воспитание, психика, история, музыка.

Abstract. The article presents reflections on the importance of music in the patriotic education of today's youth, its influence on the human psyche. It is also dedicated to clarifying such emotions as the concept, meaning, feeling of the word "Motherland", while each person in his professional and work activities should approach in the spirit of patriotism, expand its content, and illuminate the place of musical art.

Keywords: homeland, patriotism, person, education, psyche, history, music.

Vatan — sajdagox kabi muqaddasdir

Inson yaralibdiki, Vatan so'zining ma'nosini tushunishga, uning mohiyatini anglashga, qadrini bilishga intiladi. Kindik qoni to'kilgan yurt, ona zamin, muqaddas Vatan uchun jon fido etgan buyuk ajdodlarimiz jasorati bu tabarruk tushuncha mazmunini yanada teranroq idrok etishga yordam beradi.

"Vatan" so'zi yangrasa, tuyg'ular jo'sh urib, qalblarni ezgu hislar to'ldiradi. Har bir avlod "Vatan" tushunchasini o'zi uchun qaytadan kashf etadi va o'z faoliyati bilan uning mazmun-mohiyatini kengaytirishga hissa qo'shadi. Shu bois ham "Vatan" tushunchasi Vatanning bepoyon sarhadlari kabi keng.

Odamzot ikki narsani - Vatanni va ota-onani tanlash xuquqiga ega emas. Bir Vatan va xalqqa mansublik esa, kishiga umr bo'yi mas'uliyat yuklab boraveradi. Har ikkisini ham yomon nazar, yovuz kuchlardan himoya kilish - shu Vatan farzandi bo'lgan har bir inson uchun oliy burch va sharafli vazifadir.

Vatan onadek tanho va yagona. Inson borki, uning qalbida Vatan tuyg'usi yashaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Turli sabablarga ko'ra Vatanidan, yaqinlaridan uzoqda kun kechirishga majbur bo'lgan musofirlar o'z kindik qoni to'kilgan zaminiga talpinib yashagani, ona yurt sog'inchida o'rtangani haqida ko'p eshitganmiz.

Tole yo'qe, jonimg'a balolig' bo'ldi,

Har ishniki ayladim, xatolig' bo'ldi.

Uz erni ko'yib, hind sori yuzlandim,

Yo rab, netay, neyuz karolig' bo'ldi.

Hind zaminida ulkan davlat barpo etgan, ilmu-fan, adabiyot va san'atda o'chmas iz qoldirgan shoh va shoir, sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning Andijondan keladigan har bir xabarga mushtoq bo'lgani, Vatandan keltirilgan mevalarni ko'rganida yosh boladek o'zini tutolmay yig'laganiga ham shu sog'inch sabab emasmu aslida? U o'z davrining yirik va kudratli davlatlaridan biri - Hindistondek mamlakat hukmdori bo'la gurib, bir umr Andijonni, so'lim Farg'onani, bobolaridan meros Samarqandni qo'msab o'tdi. Ijodining salmoqli qismini Vatan sog'inchiga bag'ishladi.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, "Vatan - sajdagox kabi muqaddasdir". U oddiy tufroq emas, Vatan ajdodlar hayoti kechgan, ularning hoklari bilan muqaddaslashgan kutlug' makondir. Vatan - xalqning o'tmishi, buguni va kelajagi mujassamlashgan yurt.

Tarix saxifalarida yurtimiz xokonlaridan biri haqida shunday rivoyat bor: dushman hoqonni urushga tortish uchun turli bahonalar izlardi. Shu sabab uning sevgan otini so'rabdi, chunki bu ot bir soatda ming farsax yo'l bosarkan. Hoqon qurultoy chaqirib. urushning dahshatli oqibatlaridan ko'ra sevgan otidan ajralmoqni afzal bilishini aytibdi. Dushman esa bahona izlardi. Shuning uchun kelasi gal uning sevgan yorini talab qilibdi. Jamiki beklar va qo'shin boshliqlari larzaga kelib: "Bizni jangga yo'lla! Ruxsagingni so'raymiz, hukmdorim!" - deyishibdi. Hoqon izn bermabdi. "Men yurtimni muhabbatim uchun qurbon qila olmayman!" - deb, boshiga tushgan musibatga chidabdi. Yana dushman tarafdan elchilar kelishibdi. Bu gal ular mutlako unumsiz, yaydoq, qaqrok bir parchagina erni so'rabdilar. Qurultoy yaroqsiz bir parcha erni berish bi lan mamlakat bir narsa bo'lib qolmasligini aytgan ekan, endi qoqon larzaga kelibdi: "Vatan bizninggina mulkimiz emas, mozorda yotgan otalarimizning, qiyomatga qadar tug'ilajak nabiralarimizning bu muqaddas tufroqda haqlari bor. Vatandan, bir qarich bo'lsada, bermoqqa hech bir kishining haqqi yo'q. Endi aniq urushamiz. Mening orqamdan olg'a! Bo'yin tovlaganlarga o'lim!" - deb, dushmanga sherdek tashlanibdi.

Uzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari mamlakat mustakilligini va hududiy yaxlitligini mustahkam ta'minlamoqda, tinchlik va osoyishtalikni saqlamoqda, Uzbekiston Respublikasi davlat manfaatlarini himoya qilmoqda.

Ular xalqimizning tinch bunyodkor mehnatiga xalal bermoqchi bo'lgan har qanday yovuz niyatli kimsalarning bosqinchilik harakatlariga to'siq bo'lib kelmoqdalar. Bu yo'lda Vatanimiz farzandlari hech ikkilanmay o'z jonlarini fido qilishga tayyor ekanligini tarixning o'zi isbotladi.

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun tumanlarida, Andijon va Toshkent viloyatida bo'lib o'tgan voqealarda harbiylarimiz ko'rsatgan jasorat va matonat so'zimizning yaqqol isboti bo'la oladi. Bu haqiqiy vatanparvarlik tarbiyasidir.

Biz ularning ko'rsatgan jasoratlari oldida bosh egamiz. Yurt tinchligi, Vatan himoyasi oddidagi burch ularni qahramonlikka undadi. Aslida bu vaqtda harbiylarimiz qahramonlik ko'rsatyapman, deb o'ylashmagan. Ona zaminga mehr, Vatanga muhabbat, burchga, kasamyodga sadokat ularni jasorat ko'rsatishga undagani aniq. Ular ko'rsatgan jasorat ortida vatanparvarlik,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

erksevarlik ruhida olingan tarbiya turibdi. Vatanparvarlik tarbiyasi borasida bugungi kunda qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan va bu jarayonlar davom etmoqda. Masalan: O'zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasidan F.Boqievning "Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mudofaa ongining o'rni: funksional yondashuv" mavzuidagi psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori uchun yozgan dissertatsiyasida uning psixologik aspektlarini tadqiq etilgan.

Har qanday tarbiya, avvalom bor ona allasi orqali qalblarga jo bo'ladi. Bu esa ohang, xirgoyi qolaversa musiqa orqali amalga oshiriladi.

Bugungi maqolamizda mana shundan mard va jasur yurt farzanlarini tarbiyalashda musiqa san'atining o'rni va ahamiyati haqida bahsyuritamiz.

Musiqaning insonga ta'siri va uning tarbiyaviy ahamiyati haqida eramizdan oldingi IV asrdayoq grek faylosufi Platon shunday degan edi: "Eng katta tarbiyaviy omilmusiqiy san'atdir. Zeroki, agar tarbiya to'g'ri yo'lga qo'yilgan bo'lsa, ritm va garmoniya qalbga hammadan chuqur yo'l topadi va salobat baxsh etadi, uni ko'rkam qiladi, aks holda, uning teskarisi bo'lib chiqadi". Uning shogirdi Aristotel /Arastu/ bu fikrni quvvatlab: "Musiqa kishi ruhining axloqiy tomoniga ma'lum darajada ta'sir etadi, bas shunday ekan, u yoshlarni tarbiyalaydigan predmetlardan biri bo'lib xizmat qilmog'i lozim", - deb hisoblaydi.

Vatanparvarlik, eng avvalo, ona allasi orqali inson qon-tomiriga, jon-taniga singib ketadi. Keyinchalik atrof-muhit, ijtimoiy tarbiya unga ta'sir etadi va shakllanadi. O'zining mustaqil fikriga ega bo'ladi. Bu judayam murakkab va uzoq davom etadigan ta'lim -tarbiya jarayonidir. Lekin musiqaning inson hayotida tutgan o'rni, uning inson ongi va tafakkuriga ta'sirini hisobga olib ta'lim-tarbiya jarayoni olib borilsa o'ylaymanki, bu katta natija beradi.

Ko'rib turganingizdek, inson hayotida musiqaning o'rni nihoyatda kuchli. Faqat tanlovda adashmasangiz bas. Go'zal musiqa tinglang va hayotingiz ham chiroyli bo'lsin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 iyundagi 267-sonli "Yoshlarni harbiy-vatanparlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'rsida"gi Qarori // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. - Т., 2023. - 3 iyul. - 09/23/267/0438-son.

2. O'zbekiston Respublikasining Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi. - T., 2018.

3. Altinov I.I. va boshq. Vatan aziz - jasorat mangu. - T.: G'afur G'ulom nashriyoti, 2017.

4. O'zbek tilining izohli lug'ati / A.Mamadaliev tahriri ostida. - Т.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. - B. 444-445.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.