KINOOPERATORNING TASVIRIY YECHIM YARATISHDAGI O'ZIGA
XOSLIGINI
Azizbek Arzikulov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Rejissyor bilan operator hamkorligi xususida o'z shaxsiy qarashlarim bor. Odatda film yaralishida doim rejissyorni o'y-qarashlari bilan umumiy kompozitsiya mantig'i o'lchanadi. Lekin rejissyor ham ideal odam emas. Unga o'z fikrlarizni tushuntira bilsangiz, agar u aqlli rejissyor bo'lsa, sizni tezda tushunadi va ortiqcha tortishmaydi. Kinoda tasvirga javobgar operator bilan rassom. Rejissyorni ishi esa har bir komponentga mas'ul ijodkorlarning munosabatini bir joyga yig'ib, oltin cho'qqiga mash'ala darajasida olib chiqishdan iborat.
Kalit so'zlar: operator, san'at,tarix,o'bektiv, fotokamera, rang, yorug'lik, kompozitsiya, simmetriya, kino, kinooperatorlik maktabi, ijodkor, badiiylik, tasviriy yechim
THE UNIQUENESS OF THE CINEMATOGRAPHER IN CREATING A
VISUAL SOLUTION
Azizbek Arzikulov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: I have my own view on the collaboration between director and cameraman. Usually, when making a film, the logic of the overall composition is measured by the thought of the director. But the director is not an ideal person. If you can explain your thoughts to him, if he is a smart director, he will quickly understand you and will not put too much pressure. An artist with a cameraman responsible for the images in cinema. And the director's task is to bring together the worldview of the creators responsible for each component and bring it to the golden pinnacle at the torch level.
Keywords: cameraman, art, history, lens, camera, color, light, composition, symmetry, film, school of cinematography, creator, artistry, pictorial solution
KIRISH
Rejissyor operatorga ishonishi kerak: Rejissyor bilan operator hamkorligi xususida o'z shaxsiy qarashlarim bor. Odatda film yaralishida doim rejissyorni o'y-qarashlari bilan umumiy kompozitsiya mantig'i o'lchanadi. Lekin rejissyor ham ideal odam emas. Unga o'z fikrlarizni tushuntira bilsangiz, agar u aqlli rejissyor bo'lsa, sizni
tezda tushunadi va ortiqcha tortishmaydi. Kinoda tasvirga javobgar operator bilan rassom. Rejissyorni ishi esa har bir komponentga mas'ul ijodkorlarning munosabatini bir joyga yig'ib, oltin cho'qqiga mash'ala darajasida olib chiqishdan iborat.
USULLARI
Masalan, Zulfiqor Musoqov bilan shu kungacha uchinchi filmimni olgan bo'lsam, bolaligimdan u kishini filmlarin ko'rib katta bo'lganman. Bu gapim bilan rejissyorni ichki dunyosi-yu, xarakterini o'ta yaxshi bilaman demoqchimasman. Biz ijodkorlar davrasida ham ko'p tortushuv, baxslar bo'lib turadi. Bu tabiiy, ish bor joyda tortishuv bo'ladi. Zulfiqor aka operatorlikni menga ishonib topshirdimi, demak u menga ishonadi.
Shu o'rinda aytmoqchimanki, rejissyor anglagan holda o'z operatoriga ishonch bildirishi tarafdoriman. Bilasizmi, Zulfiqor aka hattoki, ssenariydagi so'zlarning tasviriy yechimga ta'siri borasida ham operator bilan maslaxatlashadi. Lekin operatorni erkini cheklab, "Mana bu yerini men aytgandek suratga olib berginL" deydigan rejissyorlar ham ko'plab uchrab turishadi. Bundaylarni rejissyor deb hisoblamayman, ochig'i.
NATIJALAR VA MUNOZARA
Film aslida qog'ozda tug'iladi: Kinoda qahramonning ichki dunyosini yoritishda atmasfera juda katta rol o'ynaydi. Atmasferani yaralishida birinchi navbatda rassom, operator va rejissyor uchligida uzoq izlanishdan so'ng topilgan nodir ob'ektlar asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Mana masalan, debyut ishim "O'tov" filmini suratga olishda ob'ekt topish uchun avval ijodiy guruhimiz bilan Respublikamizning barcha tog'li tumanlarini aylanib chiqqanmiz. Chunki o'zingizga ham yaxshi ma'lumki, mazkur film qahramoni Sobiq Ittifoq tuzumining nohaqliklarini qabul qilolmay, hamma narsadan voz kechib, tog'-u, toshlar aro tarkidunyo qilgan asli ziyoli odam. Qahramon xarakteri va uning kelib chiqishiga qarab juda ko'p izlandik, lekin aynan xos makonni topolmadik. Oxiri Boysunga yo'l oldik, u yerda tog' bo'lib tog'ga, adir bo'lib adirga o'xshamaydigan bir joyga duch keldik, u yer huddi qahramon ruhiyati bilan chambarchas bog'liq edi. Filmda umumiy planga urg'u berilganligining sababi ham, tabiat va qahramon o'rtasidagi bog'liklarni ko'rsatish edi.
Tasvir muhitini rassom va operatorning hamfikrligi yaratadi. Tasavvur qiling, operator chiroyli chiroq qo'ysa-yu, orqa fon bo'shliqdan tashkil topsa. Rassom ishi sezilmaydi. Qahramon qishloq odami bo'lsa, qishloq muhiti, tog'lik bo'lsa, tog'liklar muhiti yoki uning ichki dunyosi boshqa bo'lib, o'zi boshqa muhitda yashayotgan bo'lishi mumkin. Bu vaziyatda rassom tomonidan o'sha atmasferaga mos detallar, ob'ektlar topilishi kerak. Operator rassom topilmalariga suyanib, asoslanib, tasvirni o'z qarashi bilan boyitib boradi.
Rassom chizgan raskadirovka(filmdagi har bir kadrning chizmasi)da ssenarist, rejissyor, rassomning o'y qarashlari jamlanadi. Suratga olishdan oldin hatto,
qahramonning ustidagi kiyimi-yu, uning holatigacha aniqlashtirib olamiz. Meni fikrimcha, film aslida ham, avval qog'ozda tayyor bo'ladi, suratga olish maydonchasida faqatgina ijro qilinib beriladi, xolos.
Kino - yo 'q narsadan bor qilish san 'ati: Kinoda har bir effekt zamirida fikr bo'lishi lozim. va har qanday effekt fikrga xizmat qilishi kerak. Gollivud filmlarni olaylik, ularda ommaviylikni oshirish maqsadida, jangovor va naturalistik tasvirlarga keng o'rin beriladi. Men bu borda boshqacha fikrdaman. Shart emas, jangovor sahnalarni reallashtirish. Kino o'zi yo'q narsadan bor qilish san'ati. Masalan, yiqilmoqchi bo'lgan aktyorni shunday tasvirga olish imkoniyatlarini topish mumkinki, bu tomoshabinda u hozir rostdan ham yiqilib tushdi degan fikrni uyg'otsa, shuni o'zi kifoya deb o'ylayman.
Kino va moda yoxud "Qo'rg'oshin" filmidagi eksprement: Kinoda moda so'zi bilan chiqisha olmayman. Umuman, kinoda hech qachon moda bo'lmaydi. Kinoda moda so'zini qo'llaydiganlar toifasi sohada juda qo'pol ravishda xatolikka yo'l qo'yishadi. Yaqinda bir hamasbimning ishiga munosabat bildirib, "Nega ishingga bunday yondoshding?" desam, hozir bu moda-ku deya javob berdi. Hozirgi kunda eng oxirgi modeldagi kameralarda film suratga olinsa, demak, operator ishi shu ekan, degan fikr ommalashib ketgan. Yo'q, ertaga ekranda operatorni chiroyli kadriga yoki aktyorga emas, tomoshabin va aktyor, tomoshabin va muhit o'rtasida operator qanday ko'prik yasay olganligi birlamchi o'ringa chiqadi. Buni esa faqat aqlli va didli tomoshabin farqlay oladi. Talabalarimga har safar takrorlayman, qimmatbaho kamerada ishlash shart emas, qo'pol qilib aytganda, oddiy telefonda ham fikr tashiydigan ajoyib tasvirlar olish mumkin. Eng muhimi, oddiy texnologiyani ham tilini topish va uni o'ziga bo'ysundirish operatorga ko'p jihatdan bog'liq. Tomoshabin 20 % gina tasvir sifatiga e'tibor qilish mumkin. To'g'ri, operator o'z ishini texnik tarafiga ham javobgar. Tasvirga texnik jihatdan ziyon yetsa, u sifatsizga aylanadi. Lekin tasviriy yechim borasidagi xatolik oldida texnik xatolik u qadar qo'rqinchili emas. Kinoda texnika orqali fikr, g'oya haqida, uni qanday ko'rsatish haqida qayg'urish asosiysi. Bir misol, Zulfiqor Musoqov "Qo'rg'oshin" filmi bilan Berlindagi kinofestivalga borganda, festival ishtirokchilari orasidagi bir operator film plyonkaning qaysi markasida "Kodak"mi yoki "Fuji"da olinganligini so'rabdi. Zulfiqor aka "Yo'q, bu plyonka emas, aksincha, video kamerada suratga olinganligini aytgan. Ammo o'sha chet ellik Zulfiqor akani yaxshi tushunmaganlikda hisoblab, uning gaplariga ishonqiramagan.
Demoqchimanki, operator texnikani imkoniyatlarini maksimal darajada bilmasdan turib, ijod qilishi ham noto'g'ri. "Qo'rg'oshin"filmida atmasferani yaratishda oq -qora kadr berish hisobiga tasviriy yechimni kontrast orqali hal etganman. Shuningdek, videokamerada plyonkani imkoniyatlarini yaratishga harakat qilganman. Bu eksprementni amalga oshirishni oldindan o'ylab yurardim. Boyagi
Berlinlik operatorni qiziqirgan masala ham shu edi, aslida. Bu yerda hech qanday sir yo'q, hammasi oddiygina plyonka bilan videoni orasidagi farqni to'g'ri muhokama qila olganligimda. Endi u qadar 100 % bo'lmasa ham, eksprement 80% o'zini oqlagan.
Uslub va dastxat: Ko'pincha mana bu operatorni yoki mana bu ijodkorni mana shunaqa uslubi bor degan toifaga ajratish singari gaplarni eshitib qolaman. Meni bu boradagi qarashlarim biroz boshqacharoq. Sababi, uslub degan narsani men shunaqa tushunamanki, uslub dramaturgiya asosida tug'iladi. O'z-o'zidan ko'rinadiki, men faqat shunaqa uslubda ijod qilaman degan ijokor aslida qolipga tushib qoladi. Zamon va texnika o'zgargani bilan, uslubni ssenariy yo'naltirib turadi. Kamerani harakatda boshqarish, dinamikaga e'tibor berish bularni bari ssenariydagi qahramon o'y -fikri, holati, xarakteridan kelib chiqiladi. "Parizod" filmini boshlaganimizda ham ijodiy jamoada ko'p tortishuv, munozaralar kelib chiqqan. Bu meni birgina savolim deb boshlagandi. "Parizod" filmini tasviriy uslubi chiqishi uchun menga asosiy qahramon o'zi kim degan savol tinchlik bermayotgandi. Qachonki, asosiy qahramonni aniqlab, uni yaqidan tanib olmas ekanman, butun bir filmning tasviriy uslubini yarata olmayman. Asar talqini bir yon, tasvir bir yon bo'lib qolsa, hamohanglikka shikast yetadi. Uslub g'oyaga xizmat qiladi, o'z o'rnida g'oya ta'sirida ma'lum ulub kelib chiqadi. Dastxatimga keladigan bo'lsak, bu haqida bir aniq gap aytshim qiyin. Menimcha, har qanday asar asosida olingan filmda haqqoniylikka, hayotiylikka alohida e'tibor berishim, dastxatimni belgilasa kerak.
Texnika bu - yordamchi vosita: Operatorning yutug'i, u ko'proq ijod bilan band bo'lishi kerak, agar xayoli texnikaning biror murakkab jihatiga ketib qolsa, unda asosiy narsa - ijodni boy beradi. Texnika bu - yordamchi vositadir. Operator sohasi bo'yicha yaxshigina asosga ega bo'lsa, zamonlar osha taraqqiy etayotgan texnika, texnologiya bilan ham bemalol tillasha oladi va bu o'z navbatida operatorni ish jarayonida ortiqcha savollardan holi etadi. Demak, hammasi nazariyaning alifbosini mukammal o'rganib chiqish kerakligiga borib taqalmoqda. Kamera ham aslida operatorni fikrini ifodalovchi vosita.
Yirik plan - tomoshabin ko'ngliga yo'l... : Doim aktyorni holatini his qilib turishga harakat qilaman. Ana o'sha kechinmadan kelib chiqib, tomoshabin hozir uni tuyg'uga to'la ko'zlarini ko'rgisi kelyapti degan fikrga kelaman va aktyorni yirik planda tasvirlayman. Aslida, yirik plan - tomoshabin ko'ngliga yo'l... Bu esa butun bir filmda alohida, qadrli kadr bo'lib qolishi ham mumkin.
Rang-obraz tili: Diplom ishim "Chat" qisqa metrajli filmi bo'lgan. Film bir qiz hayoti haqida bo'lib, uning avtoxalokatga uchrash sahnasi bor edi. Ma'lumki, avtoxalokat qon bilan bog'liq. U qizni kasbi rassom bo'ladi. Filmni boshida u oq matoga qizil bo'yoq bilan surat soladi. Bu bilan men avvaldayoq, uning keyingi hayotida sodir bo'ladigan fojeiy voqeaga ishora berganman.
Umuman, badiiy filmda aktyorning ustidagi libosi ham uning xarakteridan kelib chiqib belgilanadi va bu tasviriy yechimga , g'oyaga ham bevosita ta'sir etadi. Lekin kadrning go'zalligi uchun bitta rangni qurbon qilish shart emas.
Ijodkorni diplomi emas, balki uning qilgan ijodiy ishlari tanishtiradi.
XULOSA
Kinooperator kamera va ob'ektiv yordamida ijod qilib, ssenarist, rassom, rejissyor g'oyasini va aktyor fiziologik-ruhiy holatini tomoshabinga yetkazib beradi. Agar teatr spektaklida sahnadagi aktyorlarning jonli muloqoti tomoshabinga ishtirok effektini bersa, badiiy filmda bu vazifa operator tasvirlariga yuklanadi. Tasvir vositasida nafaqat jarayonni kuzatish, balki qahramonlardan birining nigohi bilan ikkinchisiga qarash yoki aksincha ko'z, yuz, nigohlar vositasida javob qilishidek so'zsiz, sirli muloqotlar guvohi bo'lish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Dr. Tadjibayeva O.K.; Melikuziev I.M.; Khusanov Sh.T., Issues of the using the Special Effects as means of Visual expression in the Cinema art. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, 2, 2020, 2204-2215.
2. Ikbal Melikuziev. (2020). Cinematographer's ability in the creation of graphic image in uzbek historical films. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(05), 1554-1567. Retrieved from http: //sersc.org/j ournal s/index.php/IJAST/article/view/10078
3. Ikboljon, M., & Tirkashaliyevich, K. S. (2019). Creative researches of young cameramen on the creation of graphic image in modern uzbek feature films. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 9(1), 5230-5236. doi:10.35940/ijeat. A2948.109119
4. Ikboljon Melikuziev. (2016). Duties of a Cinematographer in Creating a Film. Journal of Literature and Art Studies, 6(7). https://doi.org/10.17265/2159-5836/2016.07.013
5. Melikuziev, I. (2020). Cinematographer's ability in the creation of graphic image in Uzbek historical films. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1554-1567.
6. S Khusanov, B Bazarbayev, K Xidirova (2020) Lacking professional personnels as the major issue in the" karakalpakfilm" cinema studio - International Journal of Psychosocial Rehabilitation.
7. Хидирова, К. (2022). РАЗВИТИЕ ПОЭТИЧЕСКОГО СТИЛЯ В УЗБЕКСКИХ КИНЕМАТОГРАФИИ. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 2(13), 20-23. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejsspc/article/view/6842
8. Таджибаева О. К. Народные эпосы в театральном искусстве Центральной Азии //Филология и лингвистика в современном обществе. - 2014. - С. 17-20.
9. Tadjibaeva, O. K. . (2021). Epic Heritage - The Gold Treasure. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(06), 131-140. https://doi.org/10.37547/taj iir/Volume03Issue06-18.
10. Mirsaidova, D. . (2022). ZAMONAVIY OVOZ ISHLAB CHIQARISHNING ASOSIY YO'NALISHLARI. Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 2(5), 33-36. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/3063.
11. Shokirova, G. (2022). PROBLEMS OF SKILLS OF YOUNG FILMMAKERS IN UZBEK CINEMATOGRAPHY. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 2(13), 201-207.
12. Agzamov, Doniyor. "TEXNIKA VA SAN'AT UYG 'UNLIGIDA OVOZ REJISSORLIGINING AHAMIYATI." Eurasian Journal of Academic Research 3.1 (2023): 109-112.
13. Adilov, A. (2022). THE IMPORTANCE OF SHOOTING STYLES WHEN CREATING A FEATURE FILM. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 2(13), 208-213.
14. Talabbaev, R. E. (2020). Problems And Errors Of Video Editing Beginners. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 2(10), 80-83.
15. Talabbaev, R. E. (2020). THE IMPORTANCE OF SOUND RECORDING AND PROCESSING USING MODERN COMPUTER TECHNOLOGY IN CINEMA. In WORLD SCIENCE: PROBLEMS AND INNOVATIONS (pp. 194196).
16. Ergashalievich, T. R. (2022). PLACE OF UZBEK ANIMATED FILMS IN THE WORLD OF ANIMATED FILMS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 1250-1252.
17. Ergashalievich, T. R. (2022). The importance of investigation the experience of world cinema industry specialists in the development of Uzbek cinematography. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(5), 10221025.
18. Meliqo'ziev, I. . (2023). TARIXIY FILMLARDA SYUJET RIVOJI VA KOMPOZISIYA. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 3(2),126-133. https: //in-academy.uz/index.php/ej sspc/article/view/10042.
18. Копадзе , А. (2023). МЕТАМОРФОЗЫ ИСТОРИИ МИРОВОГО ДУБЛЯЖНОГО ИСКУССТВА. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 3(2), 116-125. https://in-academy.uz/index.php/ejsspc/article/view/10041.
19. Khidirova, K. (2023). VISUAL AND EXPRESSIVE MEANS OF CINEMATOGRAPHY. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 3(2), 134-141. https://in-academy.uz/index.php/ejsspc/article/view/10052.
20. HATAM FAYZIEV -A BRIGHT REPRESENTATIVE OF THE UZBEK CINEMATOGRAPHY SCHOOLIqbal Mamasodikovich MelikuzievUzbek State Institute of Arts and culture,"Voicedirecting and operatic skills" head of the department,doctor of philosophy in art Sciences (PhD), professor, e-mail: [email protected]://doi.org/10.5281/zenodo.7509691.
21. ShCh Amanmuradov /STUDYING THE SUBJECT "TECHNOLOGY AND PRACTICE OF SOUND DESIGN" AT THE STATE INSTITUTE OF ARTS AND CULTURE OF UZBEKISTAN //Art: Actual Problems of Theory and Practice, 2021.
22. ShCh Amanmuradov / PECULIARITIES OF THE SOUND-VIEW MONTAGE OF THE FILM "THE MAN LEAVES THE BIRDS// Oriental Art and Culture, 2022.
23. N Sadikova/ EXPLORING INNOVATIVE METHODS AND THE CHALLENGE OF MODULAR LEARNING IN SOUND DESIGN TEACHING// Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and, 2022.
24. O.R Rakhimdjanov / The Role And Importance of Using the Experience of Foreign Modern Cinematographers in the Development of Uzbek Cinematography// Open Access Repository, 2022.