Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON KINO RАSSOMLIGI SHАKLLАNISH BOSQICHLАRNING TАRIXIY VА NАZАRIY АSOSLАRI (1930-1980 YILLАR)'

O‘ZBEKISTON KINO RАSSOMLIGI SHАKLLАNISH BOSQICHLАRNING TАRIXIY VА NАZАRIY АSOSLАRI (1930-1980 YILLАR) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
106
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kino rassom / kino san’ati / badiiy konseptsiya / kinemotograf / O‘zbekfilm

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulnoz Mannob Qizi Jalolova

Ushbu maqolada 1930-yillardan 1980-yillargacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda kino rassomligining shakllanish va rivojlanish bosqichlarining tarixiy va nazariy asoslari to‘g‘risida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON KINO RАSSOMLIGI SHАKLLАNISH BOSQICHLАRNING TАRIXIY VА NАZАRIY АSOSLАRI (1930-1980 YILLАR)»

O'ZBEKISTON KINO RASSOMLIGI SHAKLLANISH BOSQICHLARNING TARIXIY VA NAZARIY ASOSLARI (1930-1980 YILLAR)

Gulnoz Mannob qizi Jalolova j [email protected] Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada 1930-yillardan 1980-yillargacha bo'lgan davrda O'zbekistonda kino rassomligining shakllanish va rivojlanish bosqichlarining tarixiy va nazariy asoslari to'g'risida so'z boradi.

Kalit so'zlar: kino rassom, kino san'ati, badiiy konseptsiya, kinemotograf, O'zbekfilm

THE HISTORICAL AND THEORETICAL BASIS OF THE STAGES OF FILM-MAKING IN UZBEKISTAN (1930-1980)

Gulnoz Mannob kizi Jalolova j [email protected] National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod

Abstract: This paper is to discuss historical and theoretical background of film art formation and development stages in Uzbekistan in the period from 1930s to 1980s.

Keywords: film artist, cinematography, art concept, cameraman, Uzbekfilm

Kino san'ati inson ongi va qalbiga kuchli ta'sir ko'rsata oluvchi beqiyos qudrat va imkoniyatlarga ega. Uning o'ziga xosligi shundaki, kino qahramonlarning ichki dunyosi so'z bilan, o'y-xayollari kinooperator orqali yirik, o'rta va umumiy planlarda, rejissyorning topilmasida, rassomning qoralamalarida, kompozitorning qahramon tabiatiga monand kuy-qo'shiq yarata bilishida o'z aksini topadi. To'g'ri tanlangan mavzu, g'oya, muhimi, tasviriy yechim kabi umumlashmalar tomoshabinni film davomida ro'y berayotgan voqea joyiga pinhona yetaklaydi. Kino san'atining o'ziga xos qonun-qoidalari asosida yaratilgan ekran asari namoyishi davomida tomoshabin kino qahramon yashab turgan makonda u bilan birga nafas oladi, dardlari va shodliklariga sherik bo'ladi.

Ushbu murakkab san'atning shakllanishida, shuningdek filmning badiiy-g'oyaviy konsepsiyasini va uslubiy xususiyatlarini yaratishda "asosoiy uchlik"ka kiruvchi, rejissor va operator kabi muhim rol o'ynovchi - kinorassomlarning o'rni katta. Kinorassom filmning tasviriy yechimi shakllantirilishida muhim ahamiyat kasb etadi va uning filmdagi roli murakkab va ko'p qirrali. Rassomning zamonaviy kinodagi

vazifasi bo'lg'usi filmning vizual tasvirlarini yaratadigan eskizlarni bajarish bilan chegaralanmaydi. U nafaqat rejissyorni tushuntirishga yordam beradi, balki filmning g'oyaviy-majoziy kontseptsiyasini yaratishda, aktyorlar o'z qahramonlari faoliyat yuritadigan muhitni tushunish va his qilishida, operatorga filmning stilistikasini va optimal suratga olish pozitsiyalarini topishdagi kabi filmning yaralishidan so'ngiga qadar bo'lgan murakkab jarayonda ishtirok etadi. Shuning uchun sahnalashtiruvchi rassom universal bilimga ega bo'lgan shaxs bo'lishi kerak: arxitektura tarixini, dekorativ va amaliy san'atni, mebel va kostyum uslublarini bilishi, musiqani, texnikani, optika qonuniyatlarini, matematikani tushinishi lozim. Chunki bu bilimlarning barchasi film uchun muhim bo'lgan emotsional atmosferani yaratishda kerak bo'ladi.

Filmning badiiy jihatlari, dramaturgiyasi qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa uning tasviriy yechimi ham badiiy film uchun beqiyos o'ringa ega. Tasviriy yechim film muvaffaqiyatining kaliti deyish mumkin. Shunday ekan, badiiy filmlarda tasviriy yechimni tahlil etish, erishilgan yutuq va yo'l qo'yilgan kamchiliklarni analiz qilmoqlik, undan kerakli xulosalar olmoqlik kelajakdagi badiiy filmlarda olingan natijalarni tajbiq etmoqda muhimdir.

Zamonaviy badiiy filmlarning tasviriy yechimini tadqiq etishdan avval esa uning tarixiy ildizlarini, nazariy asoslarini o'rganish lozim.

O'zbekiston badiiy filmlari 1 asrlik tarixga ega. Ushbu davr mobaynida uning tarixi bir qancha mahalliy hamda chet ellik olim va san'atshunoslar tomonidan o'rganilgan. Sovet davri O'zbekiston kinematografida rassomlar ijodi haqida tahlillarni olim Myuntsning ilmiy maqola va asarlaridan o'rganish mumkin. Myunts ilk kinematografda kino rassom roli tahlil etilmaganini va bu haqida ma'lumotlar kamligini quyidagicha ifodalaydi: "- Bunga sabab o'zbek kinematografida kinorassom roli tushunchasi ancha kech paydo bo'lgani bo'ldi. Kino rassom tushunchasi paydo bo'lguncha, sovet kinematografi qatorida o'zbek kinematorafi ham bir qancha etaplarni bosib o'tishga majbur bo'ldi. Milliy kinematografnig oldidagi eng qiyin masala bu milliy kadrlarning yo'qligi va filmlar asosan boshqa davlatlardan kelgan senaristlar, rejissor va operatorlar tomonidan yaratilganligi bo'ldi. Bu paytda rassomning kinodagi roli unga kerakli rekvizitlarni topib berish, dekoratorlik vazifasidan iborat edi, ayrim hollardagina teatr eskizlari kabi film vizualini ko'rsatib beruvchi eskizlar qilingan. Bunday ishlarni asosan teatr rassomlari bajargan va 19201930 yillarda B.Chelli, G. Sentyurin va rangtasvirchi S.Fedorchenko kabi rassomlar kinoda rassom vazifasini bajarishgan." [1, 78 bet]

Kino va teatr san'atining O'zbekistonda shakllanishi, rivojlanishi va xususiyatlariga bagishlangan tadqiqotlar muallifi, taniqli kinoshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor X.Akbarov kino san'atining paydo bo'lishi, tasvirga olish jarayoni va xozirgi zamonaviy kino tahlillarini turli monografiyalari, kitoblari va

maqolalarida aks ettirgan. X. Akbarovning "Кино Узбекистана"1 deb nomlanuvchi kitobida avtorning bir necha ilmiy maqolalari o'rin olgan bo'lib, kinematografning O'zbekistonga kirib kelishidan 1980-yillar yarmigacha bo'lgan davr, filmning dramaturgik jihatlari va undagi rejissor va aktyorlar mahorati tomonlama chuqur tahlil etilgan. Ammo bu tahlillar orasida kino dekoratsiya san'ati, kinoda rassomlik ishi uning rivojlanish muammolariga deyarlik to'xtanilmaydi. Qisqa satrlarda rejissor ishi o'rganilishi davomida filmda qaysi rassom ishlagani haqida ma'lumot olish mumkin.

X.Abulqasimovaning "Рождение Узбекского кино" nomli monografiyasida O'zbekistonda kinoning tug'ilishi - boshlang'ich davri, 1917-1936-yillarning kinofilmlari va N.G'aniev, K.Yarmatov, Yu.Agzamov, S.Xodjaev, R.Pirmuhammedov kabi rejissorlarning ijodi, ular tomonidan yaratilgan filmlar tahlili berilgan. Monografiyada filmdagi tasviriy yechimga rejissor mahorati tomonlama izoh berilgan.

Kinoda rassom ishi va uning ijodi Xanjara Abulqasimovaning asarlarida qisman yoritiladi. San'atshunos tomonidan tuzilgan filmografiyada 1917-1936 yillarda yaratilgan filmlarda ijod qilgan kino rassomlar haqida qisman ma'lumot olish mumkin. Ushbu davrda A.Utkin "Минарет смерти" («Buxkino» 1925y); B.Chelli "Солнечное счастье" («Uzbekgoskino» 1926y), "Второя жена" («Uzbekgoskino» 1925y), "Шакалы равата" («Uzbekgoskino» 1927y), "Крытый фургон" («Uzbekgoskino» 1928y), "Последный бек" («Uzbekgoskino» 1930y), "Подём" («Uzbekgoskino» 1931y); S. Fedorchenko "Рамазан" («Uzbekfilm» 1932y), "Перед рассветом" («Uzbekfilm» 1934y), "Колодец смерти" («Uzbekfilm» 1934y), Sh.Mamaladze "Клыч" («Uzbekfilm» 1936y), "Джигит" («Uzbekfilm» 1936y) filmlarida rassom sifatida ishtirok etishgan.

Kino tarixining boshlarida filmning tasviriy-plastik yechimi rejisyor va operator tomonidan voqea-hodisalar rivojini shunchaki ketma-ket qayd etib borish yo'li bilan hal etilgan. Bunday holatda filmning ta'sirchanligi voqealar va qahramonlar hisobigagina erishilgan, tasvir tizimi esa bir chekkada qolib ketgan. Kino ustalarining tasviriy olamdagi izlanishlari o'laroq zamonaviy kinoda yuksak saviyaga, eng murakkab, nozik his-tuyg'ularni chuqur ochib berishga erishildi. [2, 96 bet] Tarixiy faktlar va ilmiy ishlarga asoslangan holatda O'zbekistonga kinematografning kirib kelishidan va 1930-yilgacha bo'lgan davrda kino rassomlar faqat dekoratorlik vazifasida ishlagani va ularning filmdagi roli hali aniqlanmagan deyish mumkin. Keyingi davrda milliy filmlarning suratga olinishi va kinemotografning rivojlanishi barobarida kino yaratilishida rejissor va operator bilan bir qatorda rassom roli ham o'ziga xos mavqega ega bo'lib bordi.

Olim M.Myunts tomonidan 1930-1885 yillargacha bo'lgan davrda ijod qilgan kino rassomlar hayoti va ijodi o'rganilgan bo'lib, shu davrda ijod qilgan kinorassomlar

1 Х.Акбаров «Кино Узбекистана» Всесоюзное обьединение «СЮЗИНФОРМКИНО» госкино СССР, Москва. 1981г.

haqidagi qimmatli ma'lumotlar taqdim etilgan: Varsham Yeremyan, Dobrin Vadim Aleksanrovich, Ziyamuhammedov Sadriddin, Emanuel Qalontarov, Baxtiyor Nazarov, Yevgeniy Pushin, Narimon Raximbabaev, Valentin Sinechenko.

Varsham Yeremyan (1897-1963) bir qancha rejissorlar bilan turli xil janrdagi filmlarda ishlagan: "Tohir va Zuhra", "Alisher Navoiy", "Nasriddinning sarguzashtlari", "Paxtaoy", "Avitsenna", "Hamza" badiiy filmlari bunga misol bo'la oladi. Yeremyan kinematografik maydonni juda chiroyli "qurgan" Rassomning birinchi plandagi detallarni kattaroq ko'rsatishi va bu bilan kadrda chuqurlik hissini orttirishi operator va aktyorlarning o'z ishlarini "qiynalmasdan" bajarishlari uchun sharoit yaratib bergan. Kadrlarda ortiqcha narsaning yo'qligi va plastik obrazlarning bir-biriga kontrast yoki bir-biriga uyg'un bog'lanishi aynan Yeremyan ijodiga xosdir. [3, 82 bet] Shuningdek, Xanjara Abulqasimovaning "Kino san'ati asoslari" o'quv qo'llanmasida kino rassom Varsham Yeremyan ijodi "Tohir va Zuhra", "Alisher Navoiy", "Nasriddinning sarguzashtlari" badiiy filmlari orqali tadqiq etiladi va quyidagi xulosalar beriladi: "Uning eskizlari rangtasvir asarlariga o'xshash, ularning har biri mustaqil asar sifatida qabul qilinar, faqat mazmun-mohiyati bilan bo'lajak filmning asosini tashkil qilardi. Uning uchun bo'lajak filmda arzimas narsa yo'q edi. Avval eskizlarda, so'ng dekoratsiya yoki liboslarda o'z ifodasini topgan har bir detal o'z ta'sirchanligi va ishonarliligi bilan ajralib turgan. Uning qator filmlarga chizgan va ishlagan bozor va choyxonalar eskizlari hech qachon bir-birini qaytarmagan. U har safar turli arxitektura yechimida yangi-yangi kinoobrazlar yaratib, interyerlarda o'zining betakror ifodasini topardi."

Valentin Sinechenko Emmanuilovich (1914-1976) "Furqat", "Поэма двух сердец", "Samolyotlar qo'nishmadi" filmlarida ijod qilgan. Rassomning har bir janrga aloqida yondashishi va yechim topishi kuzatiladi. Masalan, drammatik tanglik va og'irlik "Ilohiy qon" filmida, o'tkir publitsistik yondashuv "Samolyotlar qo'nishmadi" filmiga xosdir. Shuningdek rassom eskizlarida plan va masshtabga alohida e'tibor bergan bo'lib, undagi aniqlik va epizod bilan uzviy bog'liqlik kuzatiladi, hamda, ranglardagi emotsional yorqinlik ham aynan Sinechenko eskizlariga xosdir. [4, 83 bet]

Yevgeniy Pushin Aleksandrovich "Dumaloq muhr", "Doira", "Mening uyimga kir" filmlarida ijod qilgan bo'lib, eskizlardagi lokallik, oddiylik va rangdagi o'ziga xos cheklovlar aynan rassom ijodiga xosdir. [5, 84 bet]

60-yillarning boshlarida Butunittifoq Davlat kinematografiya institutida maxsus ta'lim olgan bir guruh rassomlar O'zbekiston san'atiga qo'shildi. Ular o'zlari bilan professionallikni, kinematografiyaning o'ziga xos vazifalarini tushunishni olib kelishdi. Ular keksa avlod rassomlari tomonidan to'plangan estetik qadriyatlarni ehtiyotkorlik bilan saqlab qolishdi va rivojlantirdilar.

O'zbekfilm kinostudiyasiga bir guruh yosh ijodkorlarning kelishi kino drama, rejissyorlik, kinematografiyadagi bir qator yangi hodisalarga to'g'ri keldi. Shu yillarda

VGIKni tugatgandan so'ng kelgan va juda tez ijodiy individualligini topgan, badiiy muammolami hal qilishga intilgan iste'dodli milliy rejissyorlar jamoasi shakllandi. Kino dramaturgiyasi ijtimoiy ahamiyati jihatidan chuqurroq, tiniqroq, o'tkirroq bo'lib, voqelikni falsafiy tushunish xususiyatlarini asta-sekin egallab bordi. Yaratilayotgan filmlarning janr va tematik doirasi kengaydi. Ulug' Vatan urushi haqida hikoya qiluvchi tarixiy va tarixiy-inqilobiy filmlar bilan bir qatorda vaqtga bag'ishlangan filmlar, shu jumladan komediyalar ham paydo bo'la boshladi.

O'zbekfilm studiyasiga san'atkorlar Emonuel Qalontarov va Nariman Raximboev deyarli bir vaqtda kelgan. Badiiy afzalliklari, temperamentlari va didlari bilan farq qilib, ularni yosh g'ayrat, energiya va infuziya birlashtirdi. Dastlabki yillarda ular birgalikda filmlar ishlab chiqarish ustida ishladilar va ularning har birining nafaqat ishtirok etish darajasini, balki har birining ijodiy individualligini ham aniqlash qiyin edi. Asta-sekin o'z mavzusini, ijodiy intilishlariga yaqin bo'lgan rejissorni, tasviriy yechimning uslubiy xususiyatlarini o'zida mujassam eta olgan operatorni topadilar.

Emanuel Qalontarov (1932-1984) 1959 y.dan «O'zbekfilm» kinostudiyasida rassom. Sh. Abbosovning «Sen yetim emassan» (1962), «Toshkent - non shahri» (1968), «Abu Rayhon Beruniy» (1974), A. Hamroevning «Qo'rquvsiz» (1974), «Inson qushlar ortidan boradi» (1976), L.Fayziev va O.Meyerning «Ali bobo va qirq qaroqchi» (1978) filmlariga qog'oz va kartonga ko'mir, akvarel, guash bilan ishlagan eskizlari film g'oyasini ochib berishga xizmat qilgani bilan diqqatga sazovor. «Abu Ali Ibn Sino» (1979), «Uyg'onish» va «Kelinlar qo'zg'oloni» (1984) filmlariga ishlagan dekoratsiya eskizlari rassomning mahoratini ifodaladi.

Har bir film uchun rassom nafaqat uslubni va rangni tanlaydi, balki iqlimiy epizodlarni, dizaynning xususiyatini, fazoviy konstruktsiyalar ko'lamini ham belgilaydi. Shunday qilib, "Sen yetim emassan" filmi uchun eskizlar o'tkir grafik qora va oq rangda yaratilgan bo'lib, urush davridagi shaharlarning qahramonona mahrur qiyofasini yaratadi. Ular, birinchi navbatda, Osiyo shahrining xarakterli xususiyatlariga emas, balki filmning asosiy g'oyasiga bo'ysunadigan makonning tarkibi va yechimida keskin hamdir. Shuningdek rassom ijodiga me'morchilikning g'ayrioddiy ko'rinishlari, notinch nur kabi dinamik, yopiq, keyin panoramali ravishda hal qilingan makonning ekspresivligi xosdir. [6, 90 bet]

Vadim Dobrin Aleksandrovich ham bir qancha filmlarda kino rassom va shu bilan birgalikda kostyum bo'yicha rassom sifatida ishlagan: "Qattiq Xotira" (Sverdlovsk kinostudiyasi), "Vijdon sari", "26-kuni otmang", "Farhodning jasorati", "Quyosh bilan qaytib keling", "Yettinchi o'q", "Sen mening qo'shig'imsan", "Mening mehribon odamim", "Zo'ravon", "Oqqush" va boshqalar. Vadim Dobrin ijodining o'ziga xosligi shundaki u ko'proq tarixiy-revolyutsoner va illyustrativ mazzularda ijod qiladi, eskizlarda maydonni aniq rejalashtirgan holda, tugallangan detalizatsiyaga ega bo'lgan eskizlarni yaratadi. Rassom bir qancha materiallardan foydalangan holda har xil

fakturalar yaratadi, ranglarning emotsional xususiyatlaridan foydalanishga harakat qiladi.2

Baxtiyor Nazarov (1924) 56 ta filmda bosh rassom sifatida ishlagan. Ular orasida o'zbek kinosining "Sevgi", "Sharif va Marif"', "Hayot ma'nosi", "Katta qisqa hayot", "O'zingni ko'rsat", "Karvon" kabi durdonalari bilan birga jahon kinosi namunalari, ko'plab qo'shma loyihalar ham bor. Bular sirasiga "Qizil poezd" (Ozarbayjon), "Jungli qonuniga ko'ra" (Hindiston va SSSR), "Uch Qirol jangi" (Marokash, Ispaniya, Italiya, SSSR), "Shahrizodaning so'nggi ertagi" (Tojikiston) kabi bir qancha filmlarni kiritish mumkin.

Baxtiyor Nazarov eskizlarida qahramonning jismoniy, ruhiy holati, atrof-muhitning unga ta'siri va o'zaro garmoniyasi to'laligicha o'z ifodasini topadi. Garchi bu eskiz qaysidir filmning ma'lum kadri uchun chizilgan bo'lsa-da, alohida mustaqil asar sifatida ham badiiy qiymatga egaligi bilan ahamiyatlidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Сосновская А. Мюнц. Художники театра и кино. - Ташкент: Изд. литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1982.

2. Ханжара Абулкрсимова. А20 Кино санъати асослари/ X. Абулкрсимова; масъул мухаррир X,. Икрамова; Узбекистан Давлат санъат института. - Т.: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2009. -

3. Сосновская А. Мюнц. Художники театра и кино. - Ташкент: Изд. литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1982.

4. Сосновская А. Мюнц. Художники театра и кино. - Ташкент: Изд. литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1982.

5. Сосновская А. Мюнц. Художники театра и кино. - Ташкент: Изд. литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1982.

6. Сосновская А. Мюнц. Художники театра и кино. - Ташкент: Изд. литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1982.

7. Книга памяти участников второй мировой войны. Каталог имён бухарских евреев. Издательство Beit Nelly Media, 2015.

2 Сосновская А. Мюнц. Художники театра и кино. - Ташкент: Изд. литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1982. http://www.uzbekkino-ussr.asia/vadim-dobrin.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.