Научная статья на тему 'KICHIK VА O’RTА BIZNES BОSHQАRUVINI TАKОMILLАSHTIRISH YO’LLАRI'

KICHIK VА O’RTА BIZNES BОSHQАRUVINI TАKОMILLАSHTIRISH YO’LLАRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

16
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
хususiy tаdbirkоrlik / kichik vа o‟rtа biznes / rаqоbаtdоshlik / menejment / rаqаmli iqtisоdiyot / innоvаtsiya / rаqаmli tаdbirkоrlik / rаqаmlаshtirish / rаqоbаtdоshlik muhiti. / private entrepreneurship / small and medium business / competitiveness / digital and innovative economy / innovation / digital entrepreneurship / digitalization / competitive environment.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Imоmnаzаr Egаmberdievich Tursunоv, Gayratjon Sultonovich Hamroev

Mаqоlаdа milliy iqtisоdiyot rivоjlаnishidа хususiy tаdbirkоrlikni tutgаn o‟rni, kichik vа o‟rtа biznesning rаqоbаtbаrdоshligini оshirishdа rаqаmli iqtisоdiyotning mоhiyati vа mаzmuni yoritilgаn. Shuningdek, ulаrni ilm-fаn vа оliy tа‟lim integrаtsiyasi vа zаmоnаviy teхnоlоgik tаrаqqiyotning ichki vа tаshqi оmillаr bilаn uzviy bоg‟liqlikdа rivоjlаntirishgа оid tаkliflаr ilgаri surilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the role, essence and significance of the digital and innovative economy in increasing the competitiveness of private entrepreneurship, small and medium-sized businesses. Also, proposals were put forward for their development in connection with the integration of science and higher education and internal and external factors of technological development.

Текст научной работы на тему «KICHIK VА O’RTА BIZNES BОSHQАRUVINI TАKОMILLАSHTIRISH YO’LLАRI»

KICHIK VA O'RTA BIZNES BOSHQARUVINI TAKOMILLASHTIRISH

YO'LLARI

Imomnazar Egamberdievich Tursunov

iqtisod fanlari nomzodi, professor tursunov-ie64@mail.ru

Gayratjon Sultonovich Hamroev

mustaqil izlanuvchi ghamroyev@mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqolada milliy iqtisodiyot rivojlanishida xususiy tadbirkorlikni tutgan o'rni, kichik va o'rta biznesning raqobatbardoshligini oshirishda raqamli iqtisodiyotning mohiyati va mazmuni yoritilgan. Shuningdek, ularni ilm-fan va oliy ta'lim integratsiyasi va zamonaviy texnologik taraqqiyotning ichki va tashqi omillar bilan uzviy bog'liqlikda rivojlantirishga oid takliflar ilgari surilgan.

K£lit so'zlar: xususiy tadbirkorlik, kichik va o'rta biznes, raqobatdoshlik, menejment, raqamli iqtisodiyot, innovatsiya, raqamli tadbirkorlik, raqamlashtirish, raqobatdoshlik muhiti.

ABSTRACT

The article describes the role, essence and significance of the digital and innovative economy in increasing the competitiveness of private entrepreneurship, small and medium-sized businesses. Also, proposals were put forward for their development in connection with the integration of science and higher education and internal and external factors of technological development.

Keywords: private entrepreneurship, small and medium business, competitiveness, digital and innovative economy, innovation, digital entrepreneurship, digitalization, competitive environment.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta'kidlaganidek: "...raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz? Ertaga juda kech bo'ladi. SHu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o'tish - kelgusi 5 yildagi eng ustivor

February, 2024

69

vazifalarimizdan biri bo'ladi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi" [1].

Ayniqsa, raqamli iqtisodiyotning xususiy tadbirkorlik, kichik va o'rta biznes korxonalari faoliyatiga joriy etilishi natijasida jamiyat farovonligi darajasining keskin oshirilishiga imkon yaratiladi. Yangi turdagi innovatsion va raqamli dasturiy ta'minot xizmatlari yoki mahsulotlarning paydo bo'lishi biznes-jarayonlarni qayta qurish, biznes-modellarning o'zgarishi, marketingni boshqarish tizimlariga va iste'molchilar nuqtai nazariningo'zgarishiga olib keladi.

O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "20222026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 sonli Farmoniga asosan "Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish zarurligi" maqsad qilib belgilanib olingan [2].

Yuqoridagi holatlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda an'anaviy jarayonlar bilan birga innovatsion rivojlanish jarayonlariga ham e'tibor qaratish maqsadga muvofiqligi ko'rsatadi. Shu nuqtai nazardan, xususiy tadbirkorlik, kichik va o'rta biznes rivojidagi o'zgarishlar, ularning innovatsion va raqamlashtirish muhitiga moslashuvchanligi, biznes-jarayonlar va biznes-modellarning o'zgarishi hamda innovatsion va raqamli iqtisodiyot o'rtasidagi o'zaro ta'sirlarning ijobiy jihatlarni o'zlashtira olishi kabilar hozirda har qachongidan ham dolzarbdir.

Bugungi kunda, milliy iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga va biznes rivojiga ta'sir qiluvchi yaqinlashib kelayotgan beqarorlikka qarshi kurashish mexanizmlarini topishdir, chunki sanktsiyalarning Rossiya iqtisodiyotiga ta'siri butun, uning ta'siri doirasidagi barcha iqtisodiy makoniga ta'sir qiladi. Rossiyaga texnologiya importiga qarshi sanksiyalar mahalliy ishlab chiqarishga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda, aholining ishbilarmonlik faolligini pasaytiradi. Bu O'zbekistonga bevosita ta'sir qiladi, chunki Rossiya mamlakatimizning tashqi savdodagi faoliyatida birinchi o'rinda turadi [3].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan YAngi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoniga 2-ilova "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda "Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2022 yil 9 noyabrdagi PF-244-son Farmoniga muvofiq tadbirkorlarning zamonaviy faoliyat yuritishiga to'sqinlik qilayotgan talablar qayta ko'rib chiqilib, bir qator

engilliklar joriy qilindi.

February, 2024

Xususan, tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish vositalaridan: davlat ro'yxatidan o'tkazish, litsenziyalash va ruxsat berish, texnik tartibga solish, tarif va notarif tartibga solish, majburiy sug'urta, davlat nazorati, raqobatni himoya qilish va javobgarlik o'rnatildi. Dasturning maqsadlarida raqamli iqtisodiyotni asosiy "drayver" sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirish belgilangan, shuningdek, iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalarining kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish ko'rsatib o'tilgan.

MАVZUGА ОID АDАBIYOTLАR TАHLILI

Iqtisodiyotning milliy raqobatdoshiligi evolyutsiyasining globallashuviga oid E.V.Drobotning, pandemiya sharoitida xorijiy davlatlar, shu jumladan, Rossiya iqtisodiyoti real sektorining raqobatdoshligi borasida T.A.Malishevning, xususiy tadbirkorlik, kichik va o'rta biznes borasida V.V.Pechatkin va L.M.Vildanovalarning ilmiy ishlarida raqobatdoshlik va raqamlashtirish o'zaro bog'liqligi, innovatsion texnologiyalarni qo'llash asosida uzoq muddatli iqtisodiy o'sish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, yangi ish o'rinlari yaratish hamda barqaror daromadga erishish bilan bog'laydilar [4].

Rossiya fanlar akademiyasi professori R.V.Meshryakov fikricha "raqamli iqtisodiyot" tushunchasiga ikki xil yondashuv mavjud: birinchisi klassik yondashuvda - raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotdir, shu bilan birga bu elektron tijorat (tovarlar, xizmatlar) yo'nalishi bilan ham tasniflanadi. Ikkinchisi keng yondashuvda - raqamli iqtisodiyotni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarish sifatida qaraladi [5].

Tadbirkorlik faoliyati barqaror rivojlanishining innovatsion jihatlari jahonda ko'plab munozara mavzusiga aylandi. Mavjud tajriba shuni ko'rsatadiki, ilg'or mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi barqaror rivojlanish afzalliklarini ro'yobga chiqarish bosqichida turibdi, rivojlangan innovatsion tuzilmaga ega samarali ta'lim tizimi va innovatsion faoliyatni huquqiy jihatdan ta'minlagan. Global innovatsiyalar indeksida rivojlangan mamlakatlar etakchilik qilishi bejiz emas. Ushbu reytingda O'zbekiston 2022-yilda o'z mavqeini yaxshiladi va Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida 3-o'rinni egalladi, umumjamoa hisobida 82-o'rin va Markaziy Osiyoda 1-o'rinni egalladi.

Bizning fikrimizcha, innovatsiyalar joriy qilish va rivojlantirish istiqbollari birinchi navbatda sanoat sohasida tarkibiy, texnik, texnologik va mahsulot sifat o'zgarishlarini, shuningdek, xalqaro hamkorlik jarayonlarini amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik harakatlarini birlashtirishdan iborat

bo'lishi lozim [6].

February, 2024

Belorussiya fanlar akademiyasi professorlari I.I.Gancheryonok, N.N.Gorbachev va I.E.Tursunovlarning fikricha raqamli iqtisodiyot sharoitida zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadini har qanday strategik muammolarni hal qilish va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni optimal boshqarishni amalga oshirish bo'yicha qarorlar qabul qilish imkonini beradigan darajada axborot texnologiyalari tizimini yaratish bilan bog'lashadi. Raqamli axborot texnologiyalarini rivojlantirishning eng ommabop va keng tarqalgan texnologik vositasi Internet deb hisoblashadi [7].

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Xususiy tadbirkorlik, kichik va o'rta biznes korxonalarida fan, oliy ta'lim hamkorligi hissasini oshirish, ilmiy hajmdor texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamlashtirish asosida mavjud holatni yuksaltirish va tartibga solish bo'yicha mavjud yondashuvlarni statistik ma'lumotlarni o'rganish va iqtisodiy jihatdan taqqoslash va tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraktsiyalash, ma'lumotni guruhlash, analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya usullaridan keng foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

Ilmiy tadqiqotlar sharhi ko'rsatishicha raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, ularning an'anaviy biznesga kirib borishi, raqamli mahsulot va xizmatlarning yangi turlarini paydo bo'lishi, onlayn-kanallardan ommaviy foydalanish, biznes-jarayonlarni qayta qurish, biznes-modellarni transformatsiyasiga, marketing tizimini boshqarish hamda iste'molchi xatti-harakatlarini o'zgarishiga olib keladi.

Bugungi kunda, elektron biznesdan foydalanish odatda ikkita yo'nalishda amalga oshiriladi: yangi biznesni yaratish yoki faoliyatni kengaytirish maqsadida yoki mavjud elektron biznes faoliyatini kengaytirish uchun axborot texnologiyalarini joriy etish. Elektron biznes to'rtta asosiy yo'nalishlardan iborat: elektron tijorat; internet xizmatlari; internet xizmatlar kontenti; elektron firmalar biznes faoliyati.

Tadbirkorlik sohasida innovatsion ishlanmalar, shu jumladan, raqamli texnologiyalarni joriy etilishi iqtisodiy rivojlanishni yangi bosqichga ko'tarishda o'yidagtlar muhim ahamiyat kasb etadi:

- tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan tijorat banklarining kreditlari bo'yicha kafillik, shuningdek, foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya olish maqsadida onlayn buyurtmanomalar topshirish;

- topshirilgan buyurtmanomalarning "Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi" tomonidan

tezkor onlayn ko'rib chiqish;

February, 2024

- tijorat banklarining kreditlari bo'yicha, elektron raqamli imzodan foydalangan holda, kafillik, shuningdek, foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish to'g'risida elektron shartnomalar tuzish;

- tijorat banklari va ularning mijozlariga Jamg'armaning rasmiy veb-sayti va SMS-xabarnoma orqali real vaqt rejimida buyurtmalarni ko'rib chiqish va ularning ijrosi holatini kuzatish.

Yuqoridagi kabi ijobiy jarayonlar, barcha hududlarda xizmatlarni boshqarish, ijtimoiy soha ob'ektlari, ishlab chiqarish, yo'l transport, kommunal infratuzilma kabi 40 dan ortiq sohalar bo'yicha ma'lumotlarning integratsiyalashgan axborot muhitini tashkil etish orqali real vaqt rejimida ma'lumotlarning tahlilini yuritish va tezkor qarorlarni qabul qilish maqsadida geoportallarni tashkil etishga oid "yo'l xarita" ishlab chiqilgan.

Kichik biznes sub'ektlarining YIM hajmidagi ulushi 2022 yilda 54,9%ni tashkil etgan (1-rasm).

■ Sanoat • Qurilish m Bandlik ■ Eksport ■ Import

1-^sm. 2019-2023 yillаrdа хususiy tаdbirkоrlik, kichik vа o'rtа biznesning YIM hаjmidа

ulushi

Bugungi kunda, amalga oshirilayotgan izlanishlar shuni ko'rsatmoqdaki, O'zbekistonda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish innovatsion - ishlab chiqarish klasterini yaratish yo'li bilan klaster elementlari sifatida oliy ta'lim muassasalari va uning hududlardagi bo'linmalarini ham qo'shgan holda innovatsiyalarni qo'llash asosda amalga oshirilishi kerak. Tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko'p jihatdan mamlakatning ilmiy-texnikaviy rivojlanish bo'yicha uzoq muddatli strategiyasi mazmuni va xususiy, shu jumladan virtual tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari bilan belgilanadi. Aynan virtual tadbirkorlik, o'z navbatida, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar rivojlanishini ta'minlash, hunarmandlar, yakka

February, 2024

73

tartibdagi fermerlar, kichik tadbirkorlar uchun zamonaviy jihozlar yaratish, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko'p jihatdan mamlakatning ilmiy-texnikaviy rivojlanish bo'yicha uzoq muddatli strategiyasi mazmuni va virtual tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash chora tadbirlari bilan belgilanadi. Aynan virtual tadbirkorlik, o'z navbatida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yo'lga qo'yish va rivojlanishini taminlash, hunardmanlar, fermerlar va tadbirkorlar uchun zamonaviy uskunalar yaratish, mamlakat eksport saloxiyatini oshirish imkonini beradi [8].

Yangi O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanish bosqichida xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2022 yil 27 yanvarda qabul qilingan "Xizmatlar sohasini qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-104- son Prezident qarori sohada kichik biznes korxonalari va mikrofirmalarni imtiyozli kreditlash, imtiyozli soliq stavkalarini j oriy etish, yangicha xizmat turlarini tashkil etish yuzasidan infrastrukturalarni yaxshilash hamda tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash orqali xizmatlar xajmini yanada kengaytirish uchun rag'bat bo'lmoqda. Mamlakatda 2019-2023 yillarda xizmatlar sohasini asosiy ko'rsatkichlari quyida keltirilgan (2-rasm.) [9].

XIZMATLAR SOHASINI ASOSIY KO'RSATKICHLARI

18,2%

2019 2020 2021 2022 2023

■ Xizmatlar hajmi Olzgarishi%

2-rasm. 2019-2023 yillarda xizmatlar sohasini asosiy ko'rsatkichlari

XULOSA VА TАKLIFLАR

Mamlakatning raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik va o'rta biznes raqobatdoshligini oshirish, biznes tuzilmalardagi

February, 2024

74

innovatsiyalarning roli, ahamiyatini teran anglanishi va raqobatbardoshlikka yo'naltirilgan maqsadli faoliyat, ilmiy hajmdor texnologiyalar, ishlanmalar va tajriba-konstruktorlik ishlarituzilmalari, prognozlashtirish va tahliliy departamentlar, texnopark yoki texnologiyalar transferi agentliklari yo'lga qo'yilishi bilan kechadi.

Bizning fikrimizcha, raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik va o'rta biznes boshqaruvini takomillashtirishda quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

- raqamli iqtisodiyot bo'yicha ilg'or xalqaro tajribani o'rgangan holda innovatsion, raqamli, shu jumladan, sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llanilishi, raqamli transformatsiya darajalari, raqamli tadbirkorlik holatini tahlil qilish, rivojlanishga to'sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish hamda bu boradagi davlat siyosati yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

- raqamli tadbirkorlik ekotizimi, uning moliyaviy mexanizm va instrumentlarini takomillashtirish, startaplarni qo'llab-quvvatlashning yaxlit tizimini ishlab chiqish, muqobil investitsiyalar, jumladan, venchur moliyalashtirish, venchur fondlarining iqtisodiy-huquqiy munosabatlarini tartibga solish uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan siyosatni belgilanishi hamda amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

- kichik va o'rta biznes korxonalarida fan, oliy ta'lim hamkorligi hissasini oshirish, ilmiy texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamlashtirish;

- hududlarda sohalararo ichki va tashqi integratsiyani kuchaytirib, innovatsion, investitsion jarayonlarni jadallashtirish, mavjud ilmiy salohiyat, axborot resurs markazlarining ilmiy zahiralaridan samarali foydalanishni tashkil etish; texnoparklarni rivojlantirish;

- raqamli inklyuzivlik, raqamli texnologiyalar bo'yicha hududlar va aholi qatlamlari o'rtasida farqni kamaytirish, raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirish va bir xillashtirish, aholining raqamli bilimlarini kuchaytirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

- raqamli va innovatsion iqtisodiyot, raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishning prognozlarini bajarilishini tahlil qilish.

REFERENCES

1. Mirziyoev SH.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq so'zi, 24.01.2020 yil.

2. O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan YAngi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 sonli Farmoni.

3. Солодовников С.Ю. Турсунов И.Э. Фaкторы и риски упрaвлении перехoдa к сетевым мехaнизмaм в условиях

February, 2024

75

цифровой экономики. Инновационная технология / Научно-технический журнал. DOI: http: //http: //qmii .uz/wpcontent/uploads/2022/04/1.

3. Сазанова А.Н. Конкурентоспособность малого и среднего предпринимательства: сущность, пути повышения, взаимосвязь с теневой экономикой. https://sciencefomm.рu/2022/artirie/2018029037.

4. Дудин М.Н. Цифровое предпринимательство в сфере услуг и торговом секторе: сущность, цели, задачи, оценка экономических выгод. Mail/ru/jurnal/(27.07.2019)

httpс://uneсdoc.unesco.org/ark:/48223/pfö000374566.

5. Сидоров В.А., Турсунов И.Э., Шарипов Т.С. Экономика инноваций: проблема технологического прорыва."Сервис"/Научно-технический журнал. 2020,№4,С.22-23.

6. Сидоров В.А., Турсунов И.Э. Бизнес инноваций: проблема отчуждения труда. Инновационная технология / Научно-технический журнал. DOI: http:// http://qmii.uz/wpcontent/uploads/2020/01/1.

7. Ганчерёнок И.И., Горбачев Н.Н., Турсунов И.Э. Цифровая экономика: управление информационными ресурсами. Учебное пособие. Т.: ИД «Ворис», 2020. 104 с.

8. Турсунов И.Э., Рахимова Д.О. Развитие виртуального предпринимательства на основе цифровой экономики. Журнал "Экономикс" № 1 (48), 2021 Российский импакт-фактор: 0,21 48 (1), 14-19

9. O'zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo^tosining 2019 - 2023 yi^^ O'zbekiston Respublikаsining ilmiy-teхnikаviy sаlоhiyati vа innоvаtsiyalаr rivоjlаnishining аsоsiy mа'lumоtlаri.

February, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.