Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARGA CHET TILI O’QITISH METODIKASI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARGA CHET TILI O’QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ingiliz tili / metodika / o’qitish / o’yinlar / ko’nikma / malaka / multfilm.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zarina Jalol Qizi Mirjalilova, Marjona Alibek Qizi Egamberdiyeva, Nargiz Shuxratovna Artikova

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarga ingiliz tilini o’rgatish usullari va yangi metodikalari haqida ma’lumot berilgan. Kichik yoshdagi bolalarni o’yinlar orqali tilga bo’lgan qiziqishini uyg’otish haqida bir qancha fikrlar keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARGA CHET TILI O’QITISH METODIKASI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARGA CHET TILI O'QITISH METODIKASI

Zarina Jalol qizi Mirjalilova

E-mail: zarinamirjalilova@gmail.com

Marjona Alibek qizi Egamberdiyeva

Chirchiq davlat pedagogika universtiteti boshlang'ich ta'lim fakulteti maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (ingiliz tili) yo'nalishi 2-kurs talabalari. E-mail: Egambergiyevamarj ona33@gmail. com

Nargiz Shuxratovna Artikova

Ilmiy rahbar: Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi. E-mail: nargizartikova1982@gmail.com

ANNOTATIYA

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarga ingiliz tilini o'rgatish usullari va yangi metodikalari haqida ma'lumot berilgan. Kichik yoshdagi bolalarni o'yinlar orqali tilga bo'lgan qiziqishini uyg'otish haqida bir qancha fikrlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: ingiliz tili, metodika, o'qitish, o'yinlar, ko'nikma, malaka, mult-

film.

METHODOLOGY OF TEACHING FOREIGN LANGUAGE TO CHILDREN OF JUNIOR SCHOOL

ABSTRACT

This article provides information about the theory and new methods of teaching English to primary school age. A number of ideas have been put forward to stimulate the interest of young children in language through games.

Keywords: English language, method, teaching, games, skill, qualification

KIRISH

Yurtimizda mustaqillikka erishganimizdan beri chet tillarini o'rganishga katta e'tibor berib kelinmoqda. Xususan, ingiliz tiliga bo'lgan talab va qiziqishlar kun sayin ortmoqda. Chet tili nafaqat universtitetlarda balki ko'plab maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida ham ta'limning majburiy tarkibiy qismiga aylandi. Til

April 23-24, 2024

674

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niVBBiitiH

o'rganish qancha erta boshlansa, shuncha til o'rganish ko'nikmasini egallash darajasi ortadi. Bolalarga til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyillik, kattalarga qaraganda kuchli xotira hamda bo'sh vaqtning ko'p ekanligi buning asosiy sabablaridandir.

Kichik maktab yoshdagi bolalarga til o'rgatish bosim va majburiyat bilan e-mas, balki bolalar uchun qiziqarli va ular qabul qilishiga oson olib borilishi lozim va u bir necha foydali usullardan foydalanib dars o'tishni talab qiladi. Quyida mana shunday usullarni bir nechtasini ko'rib chiqamiz.

Touch your body ( tanangizni ushlang ) - Bu tezkor o'yin hisoblanadi. Ammo o'quvchilarga o'ylash uchun biroz vaqt ketadi. Bu o'yin birgalikda o'ynashni talab qiladi, ya'ni boshqa o'quvchilar bilan bir guruh hosil qilib guruh sifatida qat-nashishadi. O'yinga hakamlik qilib turgan o'qituvchi o'zi xohlagan biror bir tana a'zosini ( touch your hand, leg, hair) ya'ni qo'lingizni, oyog'ingizni yoki sochingizni ushlang deb ta'kidlab turadi. Bu jarayonda boshqa tana a'zosini ushlagan bola o'yinni tark etadi. Shu tariqa o'yin yakunlanib, g'olib esa tobora aniqlashib boradi. Shuni ta'kidlash kerakki, barcha jarayonlar ingiliz tilida olib boriladi.

Pictionary game - Ko'pchilik ingiliz tilida so'zlashuvchilar pictionary game ya'ni rasm chizish o'yini bilan yaxshi tanish. Rasm chizish uchun siz oddiy yoki oq magnit doskadan foydalanishingiz mumkin. Sinfni 2 ta guruhga ajratib oling va har bir jamoa uchun doskadan bittadan jadval chizing. Chunki siz jamoani to'plagan ball-arini shu yerga qayd etib borasiz. Jumladan, bir kishi doskaga chiqadi va ko'pgina teskari o'girilgan so'zlardan bittasini tanlaydi. Va shu so'zni doskaga chizib beradi. Shuningdek, bu suratlarni boshqalar topishi kerak bo'ladi. So'zni birinchi bo'lib to'g'ri topgan jamoaga 10 balldan beriladi. Yuqori to'plagan jamoa ishtirokchilari Pictionary game yorlig'i bilan taqdirlanadi. Bu esa bolalarning kundalik daftarlaridan ham joy oladi.

The gardener rabbit ya'ni bu bog'bon quyon deb atalgan yangi metod.Bu me-tod yorqinligi bilan har qanday bolani o'ziga jalb qiladi. A3 formatdagi qog'ozga e-kin maydonidagi quyonni rasmini chizing. Va o'rtacha shaklda sabzilar yasab orqasi-ga mavzuga oid savollarni yozing. Keyin sabzilarni ekin maydoniga ilib chiqing. Songra (help the rabbit pick carrots) quyonga sabzilarni terishda yordamlashing deb ayting. Bolalar bittadan doskaga chiqib sabzi ortidagi savollarga javob beradi va sabzilarni quyonning bosh savatiga solishni boshlaydi. Bu mavzuni yanada yaxshi mus-tahkamlashga yordam beradi.

O'yin faoliyatining psixologik mexanizmlari shaxsni o'zini namoyon qilish, hayotdagi o'rnini egallash, o'zini to'g'ri boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshi-rishdan iborat asosiy imkoniaytni beradi. O'quv faoliyatining asosiy matni bu o'quv bilish motivatsiyasi esa tarbiyalanuvchida o'z tanlagan qiziqishi sanaladi. Pedagogik

April 23-24, 2024

675

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

ichirchiaäavlaLBSdagogika-aniv£rsitei^—^^^^ai^i^^isiäi^is^akiikääiäg^^iämsss^^

maqsadda foydalanilayotgan o'yinlar o'yin texnalogiyalari deb ataladi.

O'yinli texnalogiyalar - ijtimoiy tarbiyalarni o'zlashtirishning barcha ko'rinishlari: bilim, ko'nikma, malaka hamda hissiy baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo'naltirilgan shartli o'quv vaziyatlarini ifodolovchi shaxsga yo'naltirilgan ta'lim (pedagogik texnalogiya) turlaridan hisoblanadi.

O'yin shunday faoliyatki uning natijasigagina emas, balki jarayonning o'zi ham bolaga zavq bag'ishlaydi. O'yin faoliyati ijod uchun imkon beradi, his-tuyg'ularni kuchaytiradi. Quyida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qo'llaniladigan o'yinli texnalogiyalarning maqsadlarini keltiramiz.

1 Didaktik o'yin - dunyoqarashni kengaytirish bilimni amaliyotda qo'llash ma'lum ko'nikma va malakalarni shakllantirish.

2 Tarbiyaviy - ta'lim oluvchida mustaqillikni va irodani tarbiyalash, ma'lum munosabatlar, axloqiy-estetik qadriyatlarni shakllantirish, hamkorlik va jamoa bilan birlashish tuyg'ularini tarbiyalash.

3 Rivojlantiruvchi - diqqat, xotira, tafakkur, taqqoslash ko'nikmalari, empatiya, refleksiya optimal yechimlarni izlab topish ko'nikmalar o'quv faoliyatiga nisbatan motivatsiyani rivojlantirish.

4 Ijtimoiylashtirish - ta'lim oluvchi ongiga jamiyatda qabul qilingan axloqiy me'yorlarni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, muhitga moslashish, o'z-o'zini boshqarish muloqotga o'rgatuvchi psixoterapevtik ta'sir.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-9 sinflari uchun chet tillar fanlaridan o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PQ-1875 - sonli qarorida 2013-2014 o'quv yilidan boshlab respublikaning barcha hudu-dida chet tillarni asosan, ingiliz tilini o'rganish umumta'lim maktablarining birinchi sinfidan o'yin tarzidagi darslar va og'zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa alifbo, o'qish va grammatikani o'zlashtirishdan bosqichma-bosqich bos-hlanadi deb belgilab qo'yilgan.

Multfilmlar. Kichik maktab yoshdagi bolalarga chet tilini o'qitishda eng sama-rali usullardan biri bu multfilmlardan foydalanishdir. Bu bolalarni darsga bo'lgan ishtiyoqini orttiradi va zerikib qilishini oldini oladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda barcha maktablar multimedialar bilan ta'minlangan. Kichik bolalar multfilmlarni ko'rish jarayonida bir qancha so'zlar ma'nosini tushunmasada, multfilm qahramonla-rining harakatlariga qarab tushunishga harakat qiladi. Multimedialar orqali o'qitish o'qituvchiga katta imkoniyatlarini beradi. Bolalar uchun ingiliz tilidagi qo'shiqlardan boshlab she'r va videoroliklardan foydalana oladi. Bu darsni zerikarli bo'lishini oldini oladi va darsni samarali bo'lishini ta'minlaydi

April 23-24, 2024

676

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogjka^niVBBiitiii^^^^^^^^lSllliS

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, boshlang'ich ta'lim tashkilotlarining o'qituvchilarida kichik yoshdagi bolalarni darsga qiziqtira olish ko'nikmasi bo'lishi kerak. Kichik yoshdagi bolalarga ingiliz tilini o'rgatishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Bunga dars davomida mavzuga oid qiziqarli o'yinlar tashkil etishni misol qilish mumkin.

REFERENCES

1. Ingiliz tili o'qitish metodikasida zamonaviy metodlar. Qaxxorov Ixtiyorbek Bax-tiyorbek o'g'li 2022 yil.

2. Second language learning mental enlightenment scientific methodological journal 2021 11-10

3. Using methods in teaching foreign languages

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875 son qarori

677

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.