Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH TA'LIM JARAYONIDA CHET TILI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH'

BOSHLANG'ICH TA'LIM JARAYONIDA CHET TILI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang'ich ta'lim / zamonaviy texnologiyalar / metodikalar / chet tillari / usul / interaktiv o'yin / ta'lim.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Marjona Orif Qizi Toychiyeva, Guzal Baxtiyor Qizi Ergasheva, Mahmudova Zilola Shuxrat Qizi

Ushbu maqolada xususan boshlang'ich ta'limda chet tillarini o'qitish jarayonini samarali tashkil qilish va bolalar uchun qiziqarli metodlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda dars jarayonini olib borish,shuningdek yurtimizda ta'lim samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan metodik usullar haqida so'z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH TA'LIM JARAYONIDA CHET TILI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

BOSHLANG'ICH TA'LIM JARAYONIDA CHET TILI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

Marjona Orif qizi To'ychiyeva, Guzal Baxtiyor qizi Ergasheva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti,Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til(ingliz tili) yo'nalishi talabalari

Ilmiy rahbar: Mahmudova Zilola Shuxrat qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi ingliz tili o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xususan boshlang'ich ta'limda chet tillarini o'qitish jarayonini samarali tashkil qilish va bolalar uchun qiziqarli metodlar va zamonaviy texnologiya-lardan foydalangan holda dars jarayonini olib borish,shuningdek yurtimizda ta'lim samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan metodik usullar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar:Boshlang'ich ta'lim,zamonaviy texnologiyalar,metodikalar,chet tillari,usul,interaktiv o'yin,ta'lim.

ABSTRACT

In particular, this article talks about the effective organization of the process of teaching foreign languages in primary education and conducting the lesson process using interesting methods and modern technologies for children, as well as methodical methods aimed at increasing the effectiveness of education in our country.

Keywords: Primary education, modern technologies, methods, foreign languages, method, interactive game, education.

KIRISH

Hozirgi kunda chet tillarini o'rganish zamon talabiga aylanmoqda va har bir soha vakillaridan ingliz tilini bilish qobiliyati talab qilinmoqda. Shuningdek, har bir davlat fuqarolari orasida ham jahon tili darajasiga chiqayotgan ingliz tili tobora om-malashib bormoqda.Hozirda til o'rganayotganlar qiyinchiliklarga duch kelish-maydi,negaki zamonaviy texnologiyalar rivojlangan bir davrda til o'rganish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.Xususan,bizning yurtimizda ham ta'lim sohasiga chuqur e'tibor qaratilgan,shuningdek chet tillarini o'qitish bo'yicha ham ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda va o'z samarasini bermoqda.Misol qilib aytishimiz mumkinki,oldinlari ingliz tilini 5-sinfdan boshlab o'qitilar edi,hozirda nafaqat bosh-

April 23-24, 2024

709

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

lang'ich sinf o'quvchilaridan,balki maktabgacha ta'lim tizimidan boshlab turli xil oson va qiziqarli mashg'ulotlar orqali ingliz tili bolalarga o'rgatib kelinmoqda.Chunki ayni shu davrda bolalarning ma'lumot qabul qilish va har bir o'rganayotgan ma'lumotlarini umri davomida xotiralarida saqlab qolishadi. Boshlang'ich ta'lim o'quvchilarini o'qit-ishda o'qituvchining metodikasi ham muhim rol o'ynaydi, chunki o'quvchilarni darsga qiziqtira olishi va osonlashtirilgan tarzda turli metodlardan foydalanib darslarni sa-marali olib borishi kerak.

Asosiy qism

Kichik maktab yoshdagi bolalarga chet tillarini o'rgatish juda muhim jarayon va ularning dunyoqarashi kengayishida, o'zaro aloqalarini rivojlanishida yordam be-radi.Bu yoshdagi bolalarga uncha qiyin bo'lmagan oddiy so'zlar, turli metod va interaktiv o'yinlar orqali o'rgatiladi. Bu yoshda bolalar yoshlariga mos audiolar, multfilm-lar,videoroliklar va rang-barang ko'rgazmali qurollardan foydalanib, ko'proq eshit-ish,ko'rish va tinglash qobiliyatlaridan foydalangan holda dars jarayonini olib borish samarali usul hisoblanadi.Maktablarda aniq programma asosida yaratilgan darsliklar mavjud bo'lib,shu darsliklar asosida har bir o'qituvchi dars jarayoniga kreativ yon-dashgan holda,faqat nazariy bilim beribgina qolmay,o'rgangan ma'lumotlarini amalda qo'llash orqali o'quvchilarning chet tilini o'rganish qiziqarliroq va samaraliroq bo'lishini ta'minlaydi.Shuningdek,bolalarga so'zlarni shunchaki yodlatibgina qol-masdan,shu so'zlar foydalanib gaplar tuzish, interaktiv o'yinlar va guruhlar o'rtasida musobaqalar tashkil qilish ham samarali usul hisoblanadi.

Maktab yoshidagi bolalarga chet tilini o'rgatishda quyidagi metodlardan foyda-lanish mumkin:

1. Tillar bilan bog'liq qiziqishlarni o'zida olish:Bolalarni kelgusi tillarni o'rganishga tortish uchun ularning qiziqishlariga muvofiq vositalar va dasturlar tayyorlash muhimdir.Misol uchun,ularning yoqtirgan multfilmlari yoki qo'llanmalar orqali tillarni o'rgatish oson bo'ladi.

2.Turli komponentlardan foydalanish:Audio,vizual va o'qish mexanizmlaridan foydalanish.Bu bolalarga turli o'quv usullari orqali tillarni o'rganishlarida yetuk yordam beradi.

3. Chet tillarini o'rganishni amaliyotga o'tkazish:Chet tillarini o'rganishni amaliyotga o'tkazish (suhbatlashish,yozish,tinglash va gaplashish)jarayonida umumiy so'zlarni oson yodlash va mustaqil gaplashishni rag'batlantirish yuqori darajada mu-him.

Yuqoridagi metodlardan foydalanilsa,har bir o'quvchi chet tillarini yanada qiziqish va boy energiya bilan o'rganishi shubhasizdir.

XULOSA

April 23-24, 2024

710

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Xulosa qilib aytganda,Chet tillarini o'rgatishga ehtiyoj yuqori bo'lgan bir davr-da ta'lim jarayonida zamonaviy metodlardan, innovatsion ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni tez va samarali bo'lishiga olib keladi.Bu jarayonga har bir pedagog o'qituvchilar mas'uliyat bilan yondashishi va yoshlarga chet tillarini o'rgatish orqali kelajakda yaxshi kadrlar tayyorlashga o'z hissasini qo'shishi juda mu-him hisoblanadi.

REFERENCES:

1."Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda chet tillarini o'qitishning zamonaviy metodikasi" Yo'ldasheva Shoira

2."Chet tilini o'qitishda zamonaviy metodlardan foydalanishning ahamiyati" Naza-rova Navbahor

3 .https: //fll .j dpu. uz/index.php/fll/article/download/4151/2761/10119 4.https://www.econferencezone.org/index.php/ecz/article/download/113/103/112

711

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.