Научная статья на тему 'KAVRAK O‘SIMLIGI VA UNING AHAMIYATI'

KAVRAK O‘SIMLIGI VA UNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dorivor kavrak / dori-darmon / yig‘ish / quritish / xom ashyo / kimyoviy tarkib / kosmetologiyada qo’llanilishi / xalq tabobati / man etilgan holatlar.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Haydarov Mavlonjon Mashrabovich, Mirzaahmedova Madinabonu Dilshodjon Qizi

Maqolada dorivor kavrak o‘simlikgining shifobaxshlik xususiyatlari, uning o‘ziga xos kimyoviy tarkibi va uning ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KAVRAK O‘SIMLIGI VA UNING AHAMIYATI»

KAVRAK O'SIMLIGI VA UNING AHAMIYATI 1Haydarov Mavlonjon Mashrabovich, 2Mirzaahmedova Madinabonu Dilshodjon qizi

1FarDU, ATSF va DO' kafedrasi mudiri, b.f.f.d. (PhD) 2FarDU, Agrar qo'shma fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214744

Annotatsiya. Maqolada dorivor kavrak o 'simlikgining shifobaxshlik xususiyatlari, uning o'ziga xos kimyoviy tarkibi va uning ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: dorivor kavrak, dori-darmon, yig'ish, quritish, xom ashyo, kimyoviy tarkib,kosmetologiyada qo'llanilishi,xalq tabobati,man etilgan holatlar.

Аннотация. В статье описаны целебные свойства лекарственного растения, его уникальный химический состав и значение.

Ключевые слова: лекарственная кора, лекарственное средство, сбор, сушка, сырье, химический состав, применение в косметологии, народная медицина, запрещенные

Abstract. The article describes the healing properties of the medicinal plant, its unique chemical composition and its importance.

Keywords: medicinal bark, medicine, collection, drying, raw materials, chemical composition, use in cosmetology, folk medicine, prohibited conditions.

Kirish. Kavrak (Ferula) -lotincha "ferula" "tayoq, qamish tayoq" degan ma'noni anglatadi, "Assa" forscha "asa" - "qatron", "foetida" - lotincha "xushbo'y" so'zidan kelib chiqqan. U qadimgi yunon va rim oshxonalarida keng qo'llanilgan. Qadimgi Rimda asafoetida qarag'ay yong'oqlari bilan saqlangan, keyinchalik ular gurme taomlari uchun lazzat sifatida ishlatilgan. Asafoetida afsonaviy Shimoliy Afrika ziravorlari silfiyonidan arzonroq edi va ko'pincha uning o'rnini bosuvchi sifatida ishlatilgan. Ikkinchisi yo'qolganidan so'ng, asafoetida Evropada yanada mashhur bo'ldi. Rim imperiyasi qulagandan so'ng, Evropa ziravorlar asafoetidani unutdi. 16-20-asrlarda asafoetida Evropa oshxonasidan yo'qoldi, ammo dori sifatida qoldi. Evropadagi dorixonalarga asafoetida yetkazib beradigan genuyalik va venetsiyalik savdogarlar bu ziravorning tanish nomini - "asafetida" ni keltirdilar. Abbosiylarning arab-fors davlatida (hozirgi Iroq) tibbiyotda keng qo'llanilishidan tashqari, asafoetida ham mashhur ziravor bo'lib, nafaqat ildiz smolasidan, balki o'simlikning ildizi va maydalangan barglaridan ham foydalanilgan. Kovrak (Ferula) turkumi vakillari ziradoshlar oilasiga mansub o'simlik bo'lib, uning yer yuzida 170 dan ziyod turlari mavjud. O'rta Osiyoda 110 dan ortiq, mamlakatimizda esa 50 ta turi uchraydi. Smola-elim olish uchun asosan 10 turi ishlatiladi. Bular sassiq kovrak, Ko'histon kovragi va boshqa nomdagi kovraklardir. Bu turlar tashqi marfologik jihatdan bir-birlariga juda ham o'xshab ketadi, ammo tabiatda sassiq kovrak (Ferula assa-foetida L.) keng tarqalgan bo'lib, yelim-smola asosan shu turdan olinadi. Kovrak o'simligi bir qarashda kishida keraksiz, yovvoyi o'simlik sifatida taassurot qoldiradi. Uni barchamiz yo'lda, cho'lda ko'p uchratganmiz. Ammo uning shifobaxsh xususiyatlarini hammamiz ham bilavermaymiz.

Kovrak o'simligini morfologik hususiyatlari. Kavrak-kattaligi daraxtga o'xshash ko'p yillik o't o'simlik. Bo'yi 1,5-1,8m ba'zan 3m ga yetadi. O'zidan kuchli hid ajratadi. Asosiy ildizi yo'g'on vertikal ildizpoyali. Poyasi yakka, diametri 5-9 sm, siyohrang silliq ko'rinishda bo'ladi. Barglari yumshoq, erta tokiladi, ustki tomoni tuksiz, ostki tomoni esa kulrang tuk bilan qoplangan. Barglari ildiz bo'g'zidagi va quyi poya qismidagilari bandsiz yuqori poya qismidagilari asosan bandli. Barg plastinkalari yirik uzunligi 40 sm gacha, eni 30 sm, ellipssimon shaklda, uch karra bo'lingan. . To'pguli - keng ro'vak. Soyabonlari ko'p sonli, barchasi meva hosil qiluvchi,

markaziy soyabonlari yo'g'on bandli, aksariyat holda yolg'on halqa hosil qiladi, 20-30 nurli, nurlari 3-6 sm uzunlikda, siyohrang, deyarli teng. Soyabonchalari 10-15 gulli, o'rama bargchasiz. Gulbandlari qisqa, uzunligi 0,5-0,8 sm. Kosachabarglarning tishchalari mayda, uchburchak shaklida. Gultojibarglari sariq, 2-2,5 sm uzunlikda, cho'zinchoq-ellipssimon, to'mtoq, uchki qismi ichkariga qayrilgan. Stilopodiy kosasimon. Mevasi 1,5-2 sm uzunlikda, eni esa 0,8-1 sm, ellipssimon, orqa tomondan siqilgan, yassi, tuksiz. Orqa qirralari ipsimon, chetki qirralari keng qanotsimon. Ajratma kanallari lojbinkada yakka joylashgan, jami 4 ta, yirik, komissura tomonida 5-6 ta, qirrali ajratma kanallari orqa qirralarda 1 tadan va chetkilarida 3-4 tagacha bo'ladi.

O'sish joyi va tarqalishi. «O'zbekiston florasi» ning 6 tomlik monografiyasida mazkur tur keltirilmagan, lekin o'simlik O'zbekistonning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida uchraydi. Mazkur tur 2017 yil dala tadqiqotlari davomida yig'ilgan gerbariy materiallari namunalari mualliflar tomonidan aniqlanib, keyinchalik M. Pimenov tomonidan tasdiqlangan. Umumiy tarqalishi. O'rta Osiyo (janubiy-g'arbiy Pomir-Oloy), Janubiy Tojikiston va janubiy O'zbekistonning endemic tur hisoblanadi.

Kimyoviy tarkibi. Vegetatsiya davrida barglarida (xom ashyoning quruq vazniga nisbatan % hisobida ): protein 22,75, oqsil 18,25, eruvchan shakarlar 1,1, gemitsellyuloza 3,15, kletchatka 12,81, yog'lar 3,3, barg bandlarida - gemitsellyuloza 5,99, sellyuloza 21,7, protein 7,02, oqsil 5,31, yog'lar 1,88, kul 10,41 mavjud. Mevasidan terpenoid kumarinlaridan tajikorin va tajiferin ajratib olinadi, ularda yoqimsiz hidga ega 0,6% efir moyi mavjud. Bahorda aholi tomonidan yosh poyalari istemol qilinadi. Qatron asosan ildizidan tibbiy maqsadda yig'ib olinadi. Hozirgi vaqtda qatronni yig'ish bo'yicha texnologik ko'rsatmalar ishlab chiqilmoqda. Agar texnologik ko'rsatmalarga rioya etilsa, o'simlik xom ashyosining yig'imidan keyingi ikkinchi yilda qayta o'sib, tabiiy populyatsiyalariga hech qanday zarar yetkazilmaydi.

Xalq tabobatida qo'llanilishi. Kovrak antioksidant xususiyatlari tufayli turli mamlakatlarda xalq tabobatida keng qo'llaniladi. Shamollash va virusli kasalliklarning oldini olish uchun bolaning bo'yniga kovrak qatroni bo'laklari bo'lgan kichik sumka qo'yish tavsiya qilingan. Xitoy tibbiyotida kovrak damlamasi nevrozlar, nevrasteniya, isteriya kasalliklarini davolashda, shuningdek, butun organizm uchun umumiy tonik sifatida ishlatiladi. O'rta Osiyoda kobrak smolasidan parazitlarga (yumaloq chuvalchanglar, tasmalar va boshqalar) qarshi dori sifatida foydalaniladi.

Kosmetologiyada qo'llanilishi. Kovrak o'simligidan olingan ferul kislotasi bo'lgan kosmetika keng tarqalgan. Ferul kislotasi peellari teri iflosliklarini tozalaydi, toksinlarni olib tashlaydi va ajinlarni tekislashga yordam beradi.

Kavrak o'simligini ekish va parvarish qilish. Ferula assofoetida - yerga urug'larni ekish yoki issiqxonalarda yetishtirilgan ko'chatlari bilan ko'paytiriladi. Ko'p yillik o'simlik sifatida paykalli ponalarga joylashtiriladi. Ekishdan oldin tuproq begona o'tlardan tozalanadi (agrotexnik tadbirlar yoki gerbitsidlar orqali), organik va mineral o'g'itlar bilan boyitiladi. Asosiy shudgorlash 25-30 sm chuqurlikda amalga oshirilib, bahorda dalaga agrotexnik ishlov beriladi. Keng qatorli usulda ekiladi. Qatorlarning oralig'i 70 sm, 1 gektarga 6-8 kg/ga urug', ekish chuqurligi 2-3 sm. Maysalar unib chiqqandan so'ng, o'simliklar orasi 40 sm dan yaganalanadi. O'simliklarni parvarish qilishda tuproqni yumshatish va begona o'tlardan tozalash lozim. O'sish mavsumida qator oraliqlarini 3-4 kultivatsiya qilish, 2-3 marta begona o'tlardan tozalash, mineral o'g'itlar bilan oziqlantirish tadbirlari amalga oshiriladi. Urug'lar to'liq yetilish davrida yig'ib olinadi. Xushbo'y ziravor sifatida bahorda ildizlardan olingan sutli sharbati ishlatiladi.

1-rasm. Kovrak o'simligi

Dorivorlik xususiyatlari. Kovrak shirasi (sutli sharbat) asosan jazavada (vasvasa), shuningdek, ichakdan havo haydovchi va balg'am ko'chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Og'riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi, ich suruvchi xususiyatlarga ega. Sassiq kovrak shirasi tarkibida boshlang'ich ta'sir etuvchi modda - efir moylari bor. Uning davolovchi xususiyatlari ko'p, ba'zi insonlar uning katta dozasini ham zararsiz hisoblashsa, ayrimlar zaharli sanashadi. Farmakopiyada assafetida jazavaga qarshi faol vosita sanaladi. Veterinariya tibbiyotida u ichak va teri parazitlariga qarshi ishlatiladi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar va yomon ta'siri. Kovrak bilan davolashga qarshi ko'rsatmalar. Ushbu ziravorga individual intoleransga ega bo'lgan odamlar kovrak va unga asoslangan mahsulotlarni homiladorlik va emizishda, tana haroratining ko'tarilishida, shuningdek, oshqozon kislotaliligining oshishi bilan bilan bog'liq kasalliklarda qo'llash mumkin emas.

Xulosa. Kavrak o'simligidan sut shiradan tashqari an'anaviy oziq- ovqat sanoatida ham foydali ziravor sifatida foydalanilmoqda. Bu esa sog'lom turmush tarzini kimyoviy moddalarsiz dorivor o'simliklar mahsulotlariga bo'lgan talabni qondirishni talab qilsada tasdiqlangan dorivor xususiyatlari, to'g'ri ishlatilsaginako'zlangan maqsadga erishiladi

REFERENCES

1. Ataboyeva X.N., Xudayqulov J.B., O'simlikshunoslik.Toshkent 2018.

2. Xolmatov H.X, Ahmedov O'.A. Farmakognoziya. Toshkent 1995

3. O'.Ahmedov, A.Ergashev, A.Abzalov, M.Yulchiyeva, D.Mustafakulov. Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya «tafakkur-bo'stoni» nashriyoti Toshkent - 2018

4. Saminov A., Ismoiljonova D., Rahmataliyeva M. Dorivor sut qushqo'nmas osimligining foydali xususiyatlari va undan oqilona foyalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. -№. D4. - С. 155-159

5. Белолипов И. В. Краткие итоги первичной интродукции растений природной флоры Средней Азии в Ботаническом саду // Интродукция и акклиматизация растений: Сб. науч. тр. - Ташкент

6. Xolmatov H.X, Ahmedov O' .A. Farmakognoziya. Toshkent 1995

7. Atabayeva X. O'simlikshunoslik. - Toshkent, 2004.

8. Bo'riyev X.S. Sabzavot ekinlari selektsiyasi va urug'chiligi. T. "Mehnat". 1999

9. Saminov A., Ne'Matova D., Aliyeva M. Tirnoqgul o 'simligining dorivorlik xususiyatlari va dori tayyorlash usullari //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 75-78.

10. Alimardon o'g'li S. A., Qizi M. D. U., Qizi N. S. M. Dorivor steviya o 'simligini yetishtirish agrotexnologiyasi va sohalarda foydalanish istiqbollari //Научный Фокус. - 2023. - Т. 1. -№. 1. - С. 1194-1198.

11. Avazbek S. et al. Trigonella feonum-graceum lo 'simligining xalq tabobati va rasmiy tibbiyotda qo 'llanilishi //Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities. - 2023. - Т. 2. - №. 7. - С. 22-26.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.