Received: 10 September 2022 Accepted: 21 September 2022 Published: 30 September 2022
UDK: 633.55
O'simliklar himoyasi
KOVRAK O'SIMLIGINING XOMASHYO SANOATIDA QO'LLANILISHI
Xo'jayev P.Y.1, SulaymonovX.N.1, Payg'ambarov B.R.2
'ToshDAU "Ekologiya va botanika" kafedrasi assistenti. 2ToshDAU talabasi.
Annotatsiya. Respublikamiz hududi shifobaxsh, dorivor, ozuqabop, yem-xashak, asalchil o'simliklarga boy o'lkadir. Ulardan oqilona foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammosidir. Shifobaxsh o'simliklar ichida kovrak (Ferula L.) turkumi turlari alohida o'rin tutadi. Kovrakturkumi turlari monokarp va polikarp o'simliklardir.
Kalit so'zlar: shifobaxsh, dorivor, ozuqabop, yem- xashak, asalchil o'simliklar, Ferula foetida, monokarp va polikarp, ildiz, barg, novda, poya.
Kirish. Respublikamiz hududi shifobaxsh, dorivor, ozuqabop, yem- xashak, asalchil o'simliklarga boy o'lkadir. Ulardan oqilona foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammosidir. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 yanvardagi № 5 -sonli "2015-2017 yillarda o'rmon xo'jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va oziqabop o'simliklar xomashyosini yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi majlis bayonnomasida xalq xo'jaligi sohalarini xomashyo bilan ta'minlashga katta e'tibor qaratish kerakligi, manzarali, oziq-ovqat sanoatida qo'llaniladigan va yuqori hosil beruvchi o'simlik turlarini introduksiya qilishni kuchaytirish zarurligi alohida qayd qilindi. Yuqoridagi qaror ijrosini ta'minlash uchun tez fursatda cho'l va adir mintaqalarida tabiiy hol da o'sadigan oziq-ovqat sanoatida qo'llaniladigan o'simliklarni, yo'qolib ketish arafasida turgan kamyob turlar monitoringini tashkil qilish.ularning dorivor, yem-xashak, oziqabop turlarini introduksiya qilish sohasidagi izlanishlarni yanada kuchaytirishni talab etadi.
Shifobaxsh o'simliklar ichida kovrak (Ferula L.) turkumi turlari alohida o'rin tutadi. Kovrak o'simligining yer yuzida 200 ga yaqin turi, shundan O'zbekistonda 55 ta turi uchraydi. Kovrak turkumi turlari ko'p yillik monokarp va
polikarp o'simliklardir. Ferula foetida-sassiq kovrak o'simligi O'zbekistonning cho'l va adirlardagi turli o'simliklar guruhida uchrab, qizilqum sahrolari, Mirzacho'l, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi hududlarida tarqalgan. Uning bo'yi 1,0-1,5 metrgacha yetadi, poyasi tik o'suvchi, ichi biroz g'ovak, yuqori qismidan shoxlangan, ko'pincha bir (ba'zan 2-3) generativ novda qosil qilib, 7-9 yilda bir marotaba gullaydi. Ildizi baquwat, yo'g'on, tuproqning 1,5 metr chuqurligigacha boradi. Ildizining asosiy qismi 0,5 metr chuqurlikkacha borib, uning shakli silindrsimon, bochkasimon yoki tuxumsimon shaklda bo'ladi. Uning barglari yumshoq, tez so'liydigan, ustki tomoni tuksiz, pastki qismi esa biroz tukli, ildiz bo'g'zidagilari qisqa, yo'g'on bandli, poyadagilari maydaroq bo'lib, uchki qismdagilari barg novini qosil qiladi. Ildiz bo'g'zida barglarining shakli piramidasimon, barg plastinkasi ikkilamchi qirqilgan, barg bo'laklari lantsetsimon, chekkalari tekis bo'lib, uzunligi 14,0-18,0 sm, eni 5-7 sm gacha boradi.
O'simlik vegetatsiyasi fevral oyi oxiridan boshlaydi. Aprel oyida gullab, may oyining oxirida urug'laydi. Mevasi may oyining oxiri va iyun oyining birinchi yarmida pishib yetiladi. Mart oyi o'rtasidan boshlab generativ novda intensiv ravishda
sutkasiga 12,0-15,0 sm gacha o'sadi. Mart oyining oxirida generativ novda balandligi 45,0-50,0 sm gacha borib, parakladiy va ulardagi soyabonlar aniq ko'rinib, markaziy va yon soyabongullar to'liq shakllanadi. Poyasining pastki qismida joylashgan parakladiy markaziy soyabonda joylashgan gullari g'unchalay boshlaydi. Bu davrda o'simlikning to'pbarglari maksimal o'lchamga yetib, bo'yi 18,0-25,0 sm ga, eni 15,0-20,0 sm gacha boradi. Ularning soni 3 ta, ba'zan 4 ta. Poyadagi o'simlik vegetatsiya davrining boshlanishida to'pbarglar sutkasiga 3,0-5,0 sm gacha o'sadi. Barglarining o'sishi o'simlikning gullash fazasigacha davom etadi. Generativ novdaning o'sishi uning gullash davrida sekinlashib, gullash davrining oxirida umuman to'xtaydi. May oyining boshlariga kelib o'simlik mevalash paytida barglari quriy boshlaydi. Barcha monokarp turlari kabi 35-40 kun ichida dastlab tubbarglar, so'ngra poyadagi barglar quriydi. Vegetatsiya davrning 40-45 kunlari o'simlik ommaviy gullash davriga o'tadi. Urug'lar yetilgach hasharotlar, qushlar va shamol yordamida tarqaladi.
Ekilganmaysalarvegetatsiyasining5-6-yillari saraton boshlanishidan iyun oyi boshlaridan ildiz bo'g'zi atrofida 10-20 sm kenglikda va chuqurligi 10-15 sm atrofida kovlanib, ildiz bo'g'zidagi o'tgan yilgi va yangi barg qoldiqlari tozalanib, karton va boshqa materiallar bilan qoplanadi. So'ngra saraton boshlangach maxsus afg'on pichog'i bilan kesiladi. Spiral shaklda yupqa qilib kesiladi. Kesilgan joydan chiqqan smola 2-3- kunda bir marta qirib olinadi. Bu jarayon bita o'simlikda mavsum davomida 25-30 marta takrorlanadi. Bitta o'simlikdan mavsum davomida 25-30 marta takrorlanadi (oktyabr oyi oxirigacha). Bitta o'simlik ildizidan o'rtacha 35-40 gramm gacha smola olish mumkin. Smolaning dastlabki olingan qattiq qismi bozorda yuqori baholanadi. Saratonning issiq kunlarida qotgan qismi keyingi olingan suyuq qismiga qaraganda yuqori baholanadi. Bir kunda smola yig'uvchilar o'rtacha 500-600 gramm gacha smola olish mumkin. Férula foetida o'simligi tarkibida smola
(yelim] va efir moylari saqlab, ular tibbiyotda, lak-bo'yoq, ziravor modda sifatida qo'llaniladi. Uning ildizidan olinadigan yelim nastoyka, emulsiya holida o'ta charchashning oldini olishda, isteriyada, yel qaydovchi, balg'am ko'chiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi. Eron va Hindistonda, O'rta Osiyoda F. foetida o'simligidan preparatlar yaratilgan hamda oziq-ovqat mahsulotlariga xushbo'y ta'm beruvchi moddalar ham olinadi. Hindistonda bu o'simlik smolasidan oziq-ovqat mahsulotlariga ta'm kiritish uchun undan foydalaniladi. Nepal aholisi o'zlarining kundalik hayotida o'simlikdan dieta sifatida qabul qilib, siydikni haydashda foydalanadilar (Eigner, Schol, 1990; Bandyopadhay va b„ 2006]. Bu o'simlikdan turli kasalliklar astma, tutqanoq, qorin og'rig'i, grippni davolaydilar va ichak parazitlarini yo'qotishda foydalaniladi (Zargari, 1996; Takeota, 2001; Evans 2002; Lee va b„ 2009].
O'simlikdan ajratib olingan barcha birikmalar 3 guruhga; kumarinlar, murakkab efirlarning terpenoid va seskviterpenli spirtlari, seskviterpen laktonlariga ajratiladi. Kimyoviy tarkibini o'rganish natijasida undan 70 dan ortiq biologik faol moddalar ajratib olingan. O'zbekistonda bu o'simlikdan olingan smola nastoyka, emulsiya, plastir holida astma, asab kasalliklari, turli yaralar, oshqozon ichak kasalliklarini davolashda, o'sma kasalliklarini davolashda foydalanilgan (Xolmatov, 1976; Cherepanov, 1981].
Olimlarning so'nggi farmakologik, biologik tekshirishlari bu o'simlik moddalari antioksidant, antivirus, antidiabet va antigripp xususiyatlarga ega ekanligi, ulardan rakka qarshi, gipotenziv vositalar sifatida foydalanish mumkinligi haqida materiallar e'lon qilingan (Salim va b., 2001; Fatehi, 2004; Singh, 2007; Sitara va b„ 2008; Dehpour va b„ 2009].
Ferula L. turkumi vakillarining farmakologik xususiyatlari XIX asr oxirlarida Osiyo qit'asining Hindiston, O'rta Osiyo, Pokiston, Eron shuningdek, AQSh, Yevropa mamlakatlaridan Shvetsiya, Germaniya, Portugaliya mamlakatlarida
Agro Inform N3 [S] 2022
o'simlikdan olinadigan moddalar shu davlatlarning rasmiy farmakopeyasiga kiritilgan.
Dunyoning ko'pgina mamlakatlari, jumladan Respublikamizda ham parxezbop, shifobaxsh oziq-ovqat turlarini ko'paytirish, ayniqsa vitamin va minerallarga boy, dori-darmonlar olish ishlariga alohida e'tibor berilmoqda. Shuning uchun tadqiqotlarimiz asosida olingan kovrak o'simligining turli botanik organlari, ya'ni bargi va poyasini qayta ishlash, quritish, sarxil holda ishlatish, o'simlik ildizidan olingan smola (yelim)dan oziq ovqatda ziravor sifatida foydalanishni yo'lga qo'yish lozim. Shuning uchun tadqiqotlarimizning keyingi bosqichida kovrak o'simligining poyasi va barglaridan konservalash, o'simlikning xuddi shu qismlarini quritib, ziravor sifatda foydalanishni amalga oshirishni lozim topdik. Binobarin mamlakatimizning kovrak
o'simligi o'sadigan hududlarda marinadlangan konservasi oziq-ovqat va gazakbop sifatida iste'mol qilinadi. Kimyoviy tarkibining tahlili asosida yangi dietik ozuqa mahsulotlari, shifobaxsh moddalar, ayniqsa homilador ayollar va bolalar uchun biologik faol qo'shilmalar olish maqsadida kovrak o'simligining bargi va poyasidan konserva tayyorlanadi. Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" kitobida kovrak smolalari bo'g'in og'rig'ida, ovqat hazm qilish jarayonini kuchaytirish, gijjani haydash va homilani tushirishda qo'llanilishi ta'kidlangan.
Chet mamlakatlarda Ferula foetida o'simligining smolasiga bo'lgan talab tobora ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda F. foetida, F. kuhistanica o'simliklarining ildizlaridan yelim (smola) olinib, har yili yuzlab tonna xomashyo tayyorlanib chetga eksport qili nmoqda. Bu holat o'simlik zaxiralarining kamayib ketishiga olib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абдурахимов X., Рахмонкулов У. О прорастании семян трех видов Ферул. Узб. биол. журн. 1966. 6.-С. 33-35.
2. Bagheri S.M., Sahebkar A., Gohari A.R., Saeidnia S., Malmir M., Iranshahi M., 2010. Evaluation of cytotoxicity and anticonvulsat activity of some Iranian medicinal Ferula species. Pharmaceutical Biology 48, 242-246.
3. Bandyopadhyay D., Basak В., Chatterjee A., Lai Т.К., Banerji A., Banerji J., Neuman A., Christensen L.P., Brandt K., 2006. Bioactive polyacetylenes in food plants of the Apiaceae family: ooccurrence, bioactivity and analysis. Journal of Pharmaceutical and Biomedical Analysis 41, 683-693.
4. Iranshahi M., Arfa P., Ramezani M., Jaafari M.R., Sadeghian H., Bassarello C., Piacente S., Pizza C., 2007. Sesquiterpene coumarins from Ferula szowitsiana and in vitro antileishmanial activity of 7-prenyloxycoumarins against promastigotes. Phytochemistry 68, 554-561.
5. Kwon E,Y„ Cho Y.Y., Do G.M., Kim H,J„ Jeon S,M„ Park Y.B., Lee M.K., Min T.S., Choi M,S„ 2009. Actions of ferulic acid and vitamin E on prevention of hypercholesterolemia and atherogenic lesion formation in apolipoprotein e-deficient mice. Journal of Medicinal Food 12, 996-1003.
6. Коровин Е.П. Главнейшие линии в систематике рода Ferula (Taurn) L. Бюлл. Моип. 1939. Т.48. вып 5-6-с.65-75.
7. Коровин.Е.П. Иллюстративная монография рода Ferula.L Е.1947.93.С
8. Ларин.И.В.,Кирьялов.Н.П.Шаир.(Ferula pyramidata (Kar. Et. Kar] Eug Kor)- новое кормовое и смолоносное растение. Сов. Ботаника. 1940.а.4.с. 1215-1216.
9. Mustafaev. С.М. Botanika. T.O'zbekiston 2002. 439-440 b.