Научная статья на тему 'KASB TANLASHDA OILANING O‘RNI'

KASB TANLASHDA OILANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / jamiyat / Vatan / maqsad / san’at / family / society / motherland / goal / art

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Qalandarov, Usmon Egamberdiyevich

Mazkur maqolada jamaiyat va Vatan ravnaqi yо‘lida bel bog‘laydigan kelajak yoshlarini tarbiyalash, oilaning farzand tarbiyasidagi о‘rni hamda uning kelajakdagi aniq maqsdalari haqida fikr yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF THE FAMILY IN CHOOSING A PROFESSION

This article discusses the role of the family in raising children and its specific goals for the future

Текст научной работы на тему «KASB TANLASHDA OILANING O‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

KASB TANLASHDA OILANING O'RNI

Qalandarov Usmon Egamberdiyevich

UrDU "San'at" kafedrasi o'qituvchisi, usmon-art@mail .ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada jamaiyat va Vatan ravnaqi yo'lida bel bog'laydigan kelajak yoshlarini tarbiyalash, oilaning farzand tarbiyasidagi o'rni hamda uning kelajakdagi aniq maqsdalari haqida fikr yuritiladi

Kalit so'zlar: oila,jamiyat, Vatan, maqsad, san 'at

ABSTRACT

This article discusses the role of the family in raising children and its specific goals for the future

Keywords: family, society, motherland, goal, art

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается роль семи в воспитании детей и ее конкретные сели на будущеее

Ключевые слова: семья, общество, Родина, сель, искусство

KIRISH

Oila jamiyatning muqaddas bo'g'ini sifatida qarar ekanmiz, albatta, bu qo'rg'onning ustunini mustahkamlash, qaddini rostlash muhimdir. Aks holda qo'rg'onga putur yetadi. Bu ustun Yaratgan tomonidan ato qilingan ne'mat ya'ni, farzand ekanligi inkor etib bo'lmas voqeadir. Oilada farzand taribiyasi juda nozik parvarishni talab qilishi ota va onalik martabasiga erishganlar uchun begona emas. Jamiyatga ulkan hissa qo'shadigan, ulug' maqsad sari intiluvchi shaxs sifatida shakllangan farzandni tarbiyalash ma'suliyatli vazifadir. Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidur," - degan fikri ham yuqoridagi fikrlarimizga hamohangdir.

Prezidentimizning "Barchamizga ayonki, yurtimizdagi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari, avvalambor, uning farzandlari timsolida namoyon bo'ladi, ro'yobga chiqadi"1 - deb, ta'kidlaganlari ilgari surmoqchi bo'lgan fikrimizni asoslaydi hamda oiladagi farzand tarbiyasi masalalariga jiddiy e'tibor qaratishimizga undaydi.

Buyuk mutafakkirlarimiz tarbiya masalalarida juda ko'plab fikr va qarashlarini ilgari surib, g'oyaviy yechimlarini ham ko'rsatib o'tganlar. Misol uchun, Abdulla

1 Mirziyoyev SH.M. 2016 8 dekabr. "Xalq so'zi" gazetasi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" asarida bola tarbiyasiga alohida e'tibor qaratib, "Tarbiyaning zamoni", "Badan tarbiyasi", "Fikr tarbiyasi", "Axloq tarbiyasi" kabi bo'limlarga ajratgan holda tadqiq etishi ham bu ma'suliyatli vazifa ekanligiga yana bir marotaba e'tiboringizni qaratadi.

Sharq adabiyoti o'tmishiga nazar solar ekanmiz, islomiy g'oyalar negizida sug'orilgan asarlar pand-nasihat, hikmatlar ko'rinishida yaratilganiga shohid bo'lasiz. Bu turdagi asarlar orqali farzand tarbiyasi masalasi islom madaniyatida katta ahamiyat kasb etganligini anglash mumkin. Bunday tarbiyaviy masalalarda ko'tarilagan g'oyalar shaxsning ma'naviy va jismoniy kamolotga erishishga qaratilgandir.

Buyuk ajdodlarimizdan Imom Buxoriy, Imom Moturudiy, Hakim at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Al Xorazmiy, Al Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar o'zlarining beqiyos ilmlari bilan umuminsoniy ma'naviyat, madaniyat va ma'rifat rivoji uchun katta hissa qo'shganliklari butun dunyoga ayon.

Ma'rifatchilik g'oyalarini ilgari surgan Gulxaniy, Ahmad Donish, Ogahiy, Nodira, Uvaysiy, Anbar otin, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, jadidchilik harakatining namoyondalari - Behbudiy, Avloniy, Tavallo, So'fizoda, Fitrat, Hamza, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon singari yozuvchi va shoirlar jamiyatni ma'rifat asosida tarbiyalashdek ulkan maqsad sari kurashdilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Afsuski, bugungi kunimizda farzandlarimiz, jamiyatimizning ko'plab yosh a'zolari maqsadsiz kelajak sari odimlashlari og'riqli holatga aylanib bo'ldi. Yoshlarimizning kasb tanlash borasida ham maqsadsiz intilishlari dolzarb masalaga aylangan. Ta'lim dargohlarida tahsil olayotgan talabalardan: maqsading nima?, kelajakda nima qilmoqchisan? - kabi savollar bilan murojaat qilar ekansiz, ularning aksariyati "amallab o'qishga kirsam", "ammalab tugatsam", "amallab biror ish topib ishlarman" qabilidagi fikrlar bilan o'ralib qolishlari bizni sergaklikka chorlaydi. Bunday "amallab"lar qobig'i maqsadsiz intilishlar natijasida borgan sari o'ralib borveradi.

Yuqorida oila va farzand tarbiyasi hamda maqsad haqida fikrlarni shunchaki yuritmadik. Naslimiz davomchilariga beg'ubor bolaligidanoq o'z oldiga jamiyat mafaati, vatan ravnaqi yo'lida aniq maqsadlar qo'yishni o'rgatishdek vazifa ota-ona deb atalmish zotlarga ham sharafli ma'suliyat yuklaydi.

Bunday sharafli ma'suliyat Sahna san'ati ijodkorlarini ham sergaklikka tortishi zarur. Chunki, Teatr san'ati o'zining funksiyasiga ko'ra inson qalbini boyituvchi san'at ekanligi ham aytmoqchi bo'lgan fikrimizga ta'luqlidir. Ma'naviy ozuqa, estetik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

zavq hamda tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi sahna san'atining betakrorligi nuqta'iy nazridan ham kasb tanlash uchun farzandlarimiz hamda yoshlarimizni ulug' maqsadlar, g'oyalarga yetaklovchi munosib sahna asarlarini yaratish sahna ijodkorlariga sharafli vazifalar yuklaydi. Sahnalashtiriladigan spektakllarda o'rnak bo'luvchi, jamiyat, millat uchun manfaatli xizmat qiladigan kasb egalarining chinakam obrazini yaratish ushbu soha egalariga zalvorli ma'suliyat yuklaydi.

Shu o'rinda, teatr va kino san'ati rejissyorlari, aktyorlar, bastakorlar, shoirlar, honandalar va boshqa san'at egalariga shuni eslatib o'tishni joiz deb bildikki: siz ijod mahsulini ijro qilar yoki yaratar ekansiz, chinakam san'at asari talablari darajasida yondoshing. Siz ijro qilayotgan, yaratayotgan asarlaringizni jamiyat manfaatini ulug'lovchi, millat qadrini ko'taruvchi, milliy g'urur! Vatan! - deganda faxr tuyg'ularini qo'zg'atuvchi g'oyalar bilan sug'oring! Chunki, sizning ijodingiz zamirida yurtimiz bolalari ulg'aymoqda, shakllanmoqda!

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, kelajak ertasi bo'lgan yosh avlodni tarbiyalashda bolaligidanoq aniq kasbga muhabbat tuyg'ularini shakllantirish, sevib qolgan kasbi nuqta'i nazaridan jamiyat, Vatan ravnaqi manfaatlariga katta hissa qo'shadigan oliy maqsadlarni oldiga qo'yib, uni amalga oshirish yo'lida bel bog'laydigan farzandlarni tarbiyalash hamda kasbga yo'naltirish bugungi kunning muhim vazifasidir. Bu vazifani amalga oshirish avvalo oila va uning asosiy yetakchilari bo'lmish ota-onalar zimmasidagi ma'suliyat.

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. 2016 8 dekabr. "Xalq so'zi" gazetasi.

2. Aristotel. Poetika. -T.: G'. G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at, 1980.

3. Knebel M. O. Poeziya pedagogiki. -M.: Iskusstvo,1976.

4. Qodiriy A. Ijod mashaqqati. T: O'qituvchi, 1995.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.