Научная статья на тему 'TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK VA INSONPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING O‘RNI'

TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK VA INSONPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
361
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
VATAN / VATANPARVARLIK / JAMIYAT / TARBIYA / OILA / MILLIY QADRIYAT / HURMAT-EHTIROM / INSONPARVARLIK / FIDOYILIK

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rashidova B.Ya.

Ushbu maqolada ta’lim - tarbiya jarayonida yoshlarni vatanparvarlik va insonparvalik ruhida tarbiyalashning ahamiyati, bugungi kunda yoshlarimiz uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, ulardan unumli foydalanish zarurligi haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF EDUCATING YOUTH IN THE SPIRIT OF PATRIOTISM AND HUMANITY IN THE EDUCATIONAL PROCESS

This article describes the importance of educating young people in the spirit of patriotism and humanity in the educational process, the wide opportunities created for our youth today, the need to use them more efficiently.

Текст научной работы на тему «TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK VA INSONPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING O‘RNI»

УДК 321

Rashidova B. Ya.

"Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi Jizzax politexnika instituti

TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK VA INSONPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING O'RNI

Annotatsiya: Ushbu maqolada ta'lim - tarbiya jarayonida yoshlarni vatanparvarlik va insonparvalik ruhida tarbiyalashning ahamiyati, bugungi kunda yoshlarimiz uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, ulardan unumli foydalanish zarurligi haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Vatan, vatanparvarlik, jamiyat, tarbiya, oila, milliy qadriyat, hurmat-ehtirom, insonparvarlik, fidoyilik.

Rashidova B. Ya. senior teacher "SocialSciences" department Jizzakh Polytechnic Institute

THE ROLE OF EDUCATING YOUTH IN THE SPIRIT OF PATRIOTISM AND HUMANITY IN THE EDUCATIONAL PROCESS

Annotation: this article describes the importance of educating young people in the spirit of patriotism and humanity in the educational process, the wide opportunities created for our youth today, the need to use them more efficiently.

Keywords: Homeland, patriotism, society, upbringing, family, National value, respect, humanity, self-sacrifice.

Yosh avlodning ta'lim va tarbiyasi to'g'risida g'amxo'rlik qilish faqat hukumatimizning yoki maktablarning emas, birinchi navbatda har bir ota-onaning muqaddas burchlaridan hisoblanadi. Har bir inson o'z farzandi yaxshi, barkamol nasi bo'lib etishishini orzu qiladi. Katta bo'lgach, jamiyatda o'ziga munosib o'rin egallab, Vataniga sodiq, elu xalqining xizmatiga tayyor, vijdonli va diyonatli bo'lishini niyat qiladi. Hozirgi kunda dunyo hamjamiyatining oldida turgan global muammolardan biri yoshlar tarbiyasidir. Bugun zamon shiddat bilan o'zgarayapti. Bu o'zgarishlarni eng avvalo yoshlar his qilmoqdalar. Yoshlarni har tomonlama sog'lom, ma'naviy jihatdan etuk qilib tarbiyalash har qanday davrda ham muhim hisoblangan. Chunki jamiyatning, davlatning ertangi kuni, kelajagi yoshlarning bugungi kunda olgan bilimlariga, tarbiyasiga, ma'naviyatiga bog'liq. Mamlakatimizda yoshlarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har qanday mamlakatning kelajagi so'zsiz

"Экономика и социум" №9(100) 2022

www.iupr.ru

189

yosh avlodning tarbiyasi va taraqqiyoti bilan bog'liq. Shuni anglash kerakki, zamonaviy bozor munosabatlari va global tendensiyalar yosh avlodning hayotiy qadriyatlariga va axloqiy qoidalariga ta'sir ko'rsatadi. Ammo ular hamisha ham ijobiy va yaratuvchilikka olib kelmaydi. Bu esa tashvishlanarli holdir. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida yoshlar huquqlari bo'yicha konvensiya qabul qilish zarurligi borasida bildirgan tashabbusi, davlatlarning yoshlarning taqdiri va kelajagi borasida mas'uliyatni o'z zimmalariga olishga chaqiriq bilan chiqqan edi.

Inson ma'naviy kamoloti haqida so'z borganda, ta'lim-tarbiya masalasiga alohida to'xtalish lozim bo'ladi, chunki ta'lim-tarbiyaning uyg'unligi komil shaxsni shakllantiradi. Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani ta'limdan ajratib bo'lmaydi. Bu - sharqona hayot falsafasi. Shu o'rinda, ta'lim-tarbiya masalasiga yuksak e'tiborning samarasi maktab, oila, mahalla hamkorligining yo'lga qo'yilishi barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni kasb- hunarga yo'naltirish, shu kabi ezgu maqsadlar yo'lida erishilgan yutuqlarda yaqqol namoyon. Prezidentimizning "Najot ta'limda, najot maktabda, najot bilimda", degan e'tirofidan ta'limga e'tibor Vatan taqdiriga daxldor ekanini anglash qiyin emas. Jamiyat taraqqiyoti, milliy farovonlik hamisha yosh avlodning ta'lim-tarbiyasi, zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan yangi kadrlar, ularning yuksak malakasi bilan bog'liq bo'lib kelgan. Keksa avlod erishgan yutuqlarga, ular to'plagan tajribaga tayanib, mamlakatning ilmiy, iqtisodiy, madaniy -ma'rifiy salohiyatini yanada ko'tarish hamisha yoshlar zimmasiga tushgan. Uzoq va boy tarixi bor o'zbek xalqi o'zining ta'lim-tarbiyaga oid ulkan merosiga ega. Bu meros bugungi avlodni insonparvarlik, mehr-muhabbat, oqibat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mardlik, yuksak axloq ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Ota-ona, avlod-ajdodlarimiz tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, ular o'g'il-qizlarni yoshligidan mehnatsevarlik, har bir topshiriqni, katta yoki kichikligidan qat'iy nazar, o'z vaqtida, aniq bajaradigan, umrining har bir daqiqasini qadrlaydigan qilib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratganlar. Shuning uchun ham ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular o'rtasida olib boriladigan ma'naviy-ahloqiy tarbiya ishlar samaradorligini ta'minlash, huquqiy, tibbiy madaniyat va kasbiy mehnat mahoratini yuksaltirishdatizimli ishlar olib borilsagina, milliy urf-odat va qadriyatlarning hayotimizga tadbiqi keng qamrovli bo'ladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohatlar va unyodkorlik ishlarining zamirida kelajak avlodga bo'lgan g'amxo'rlik, yoshlarning mukammal bilim olib, o'sib-ulg'ayib va kamol topishi, Vatanga munosib farzandlar bo'lib etishishini ta'minlashda yuksak g'oya yotadi. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qanday sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishida, shuningdek, yoshlarimizni vatanimiz kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchi ekanini

'^KOHOMHKa h ^HyMM №9(100) 2022

www.iupr.ru

190

anglashlarida ta'lim muassasalari, oila va mahallaning hamkorlikdagi faoliyati muhim o'rin tutadi.

Yosh avlod ta'lim - tarbiyasi haqida gapirganda, o'zbek jadidchilik adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri Abdurauf Fitratning ushbu fikrlarini eslash joiz: Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat hurmat topishi, jahongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xorlikka yuz tutishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi,ularning o'z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog'liq.

Vatanparvarlik insonning eng ulug', eng oliyjanob va eng muhim fazilati, odamiylikning tom ma'nodagi ifodasidir. Shu bois, "Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari" dasturiy g'oya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish-o'ta sharafli vazifadir. Yurtboshimiz haqli ravishda ta'kidlaganlaridek: "Bilimli avlod buyuk kelajakning, tadbirkor xalq farovon hayotning, do'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir"

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, yoshlarda ona Vatanga faxr va iftixor tuyg'ularini kamol toptirish, ta'lim - tarbiya jarayonida yoshlarni vatanparvarlik va insonparvalik ruhida tarbiyalash, yurtimiz ravnaqi uchun o'z hissasini qo'shishga undash, yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, sog'lom turmush madaniyatini targ'ib etish, mustaqil turmush arafasida turgan yoshlarda oila uchun mas'uliyat hissini shakllantirish, keksa avlod vakillariga hurmat -ehtirom munosabatida bo'lish va xalqimizning boy ma'naviy qadriyatlar ruhida farzand tarbiyalash tuyg'ularini takomillashtiirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning o'z aql-zakovatini namoyon etishida ota- onalarning, ustozlarning, mahallaning, bir so'z bilan aytganimizda barchamizning ishtirokimiz muhim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shavkat Mirziyoev "Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo'lida yanada hamjihat bo'lib, qat'iyat bilan harakat qilaylik" Toshkent. "O'zbekiston" 2019 yil 480 bet.

2. Tajibayev, M. A., & Axmedov, J. T. (2022). Sinergetik yondashuv-yoshlarning yangi dunyoqarashini shakllantirishning asosiy jihatlaridan biri sifatida. Scientific progress, 3(3), 527-532.

3. Tajibaev, M. A., & Rashidova, B. Y. (2022). The concepts of sustainability and instability in synergetics are an important principle. Scientific progress, 3(3), 930-933.

4. Kholbekova, M. A. T. U. (2022). Applications and developments of synergetics. Scientific progress, 3(3), 942-945.

5. Tajibaev, M. A., & Rashidova, B. Y. (2022). Content of the concept of synergetics. Scientific progress, 3(3), 938-941.

6. Kulmatov, P. M., & Tajibaev, M. A. (2022). Synergetic aas a factor for the development of modern science. Scientific progress, 3(3), 925-929.

'^KOHOMHKa h ^HyM" №9(100) 2022

www.iupr.ru

191

7. Tajibaev, M. A., & Kholbekova, M. U. (2022). Synergetic methodology serves humanity. Scientific progress, 3(3), 934-937.

8. Abdurashidovich, T. M. (2022). Yoshlarda sinergetik dunyoqarashni shakllantirish omillari. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 3(3), 203-207.

9. Abdurashidovich, T. M. (2022). Sinergetika-yoshlarning yangi dunyoqarashini shakllantiruvchi bilim sifatida. Fan, ta'lim, madaniyat va innovatsiya, 7(2), 69-73.

10. Azimova, S. Y., & Tojiboev, M. A. (2021). Improvement of spiritual and educational work it is our important task. Scientific progress, 2(5), 544-548.

11. Melikuziyevich, K. P., & Abdurashidovich, T. M. (2021). State and community management-as a priority task in the appeal. International journal of discourse on innovation, integration and education, 2(2), 133-136.

12. Quvanovich, R. Q. (2021). The Moral Importance of Humanity and Patriotism in Chistiya and Kubraviya. International Journal on Orange Technologies, 3(3), 98-103.

13. Ruziev, A. J. (2019). Изучение мировоззрения и деятельности мыслителей как исторического критерия. Theoretical & Applied Science, (11), 166-169.

14. Ruziyev, A. (2021). Дунёкдрашда тарихий хотира ва онгнинг узаро деалектикаси. Научно-просветительский журнал" Наставник", (2), 187-193.

15. Рузиев, А. (2020). Амир Темур кдрашларида сиёсий-хукукий гояларнинг акс этиши. Научно-просветительский журнал" Наставник".

16. Аликулов, С. А., & Ризаев, И. И. (2021). Методологические основы экономического регулирования через денежно-кредитную политику. In Актуальные проблемы экономики, учета, аудита и анализа в современных условиях (pp. 13-16).

"Экономика и социум" №9(100) 2022

www.iupr.ru

192

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.