Научная статья на тему 'KARL POPPERNING ILMIY BILISH MANTIG‘INI O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY BILISH JARAYONIDA QO‘LLANILISHI'

KARL POPPERNING ILMIY BILISH MANTIG‘INI O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY BILISH JARAYONIDA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
: ijtimoiytaraqqiyot / bilish / tanqidiylik / ratsionallik / demokratiya / xususiymulk / hurfikrlik. / социальный прогресс / знание / критичность / разумность / демократия / частная собственность / суеверие.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Azimmurod O’g’li Muxriddin Sherboboyev

Maqolada, Karl Popperning ilmiy bilish mantig‘iga oid qarashlari hamda Yangi O’zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotga erishishida Popper g‘oyalarining tadbiq etilishi masalalari tahlil qilingan. Jumladan, inson qadrini ulug‘lash va insoniy qadriyatlardan unumli foydalanish hamda erkinlik, hurfikrlik va aqliy tafakkurning ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rni o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье анализируются взгляды Карла Поппера на логику научного познания и применение идей Поппера в общественном развитии Нового Узбекистана. В частности, изучались прославление человеческого достоинства и эффективное использование общечеловеческих ценностей, а также роль свободы, разумности и интеллектуального мышления в общественном развитии.

Текст научной работы на тему «KARL POPPERNING ILMIY BILISH MANTIG‘INI O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY BILISH JARAYONIDA QO‘LLANILISHI»

KARL POPPERNING ILMIY BILISH MANTIG'INI O'ZBEKISTONNING IJTIMOIY BILISH JARAYONIDA QO'LLANILISHI

Azimmurod o'g'li Muxriddin Sherboboyev

"ALFRAGANUS UNIVERSITY" Nodavlat oliy ta'lim tashkiloti

katta o'qituvchisi, PhD,

ANNOTATSIYA:

Maqolada, Karl Popperning ilmiy bilish mantig'iga oid qarashlari hamda Yangi O'zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotga erishishida Popper g'oyalarining tadbiq etilishi masalalari tahlil qilingan. Jumladan, inson qadrini ulug'lash va insoniy qadriyatlardan unumli foydalanish hamda erkinlik, hurfikrlik va aqliy tafakkurning ijtimoiy taraqqiyotdagi o'rni o'rganilgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiytaraqqiyot, bilish, tanqidiylik, ratsionallik, demokratiya, xususiymulk, hurfikrlik.

АННОТАЦИЯ:

В статье анализируются взгляды Карла Поппера на логику научного познания и применение идей Поппера в общественном развитии Нового Узбекистана. В частности, изучались прославление человеческого достоинства и эффективное использование общечеловеческих ценностей, а также роль свободы, разумности и интеллектуального мышления в общественном развитии.

Ключевые слова: социальный прогресс, знание, критичность, разумность, демократия, частная собственность, суеверие.

ABSTRACT:

The article analyzes the views of Karl Popper on the logic of scientific knowledge and the application of Popper's ideas in the social development of New Uzbekistan. Inparticular, glorification of human dignity and effective use of human values, as well as the role of freedom, rationality and intellectual thinking in social development were studied.

Keywords: social progress, knowledge, criticality, rationality, democracy, private property, superstition.

Bugungi kun ijtimoiy jarayonlarini yanada samarali va ko'lamdor bo'lishini ta'minlash maqsadida falsafiy me'rosni amaliy hayotga tadbiq qilish hamda yangi ijtimoiy foydali g'oyalarni tadbiq qilish lozim. Jumladan Popper ijodini

May 2024

312

o'rganarkanmiz ayni bizning hozirgi jamiyatimiz taraqqiyoti uchun ham muhim bo'lgan va yangi O'zbekistonni barpo qilishda kamarbasta bo'ladigan g'oyalarni olishimiz hamda amaliyotga tadbiq qilishimiz lozim.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda ijtimoiy bilishning oldida turgan asosiy yo'nalish «Yangi, demokratik jamiyatni barpo etish, kelajak poydevorini qurish» kabi maqsatlarni tashkil qilsa, uni amalga oshirish uchun esa «hech shubhasiz, har birimizdan qat'iyatli va omilkor bo'lishni, yangicha fikr yuritish, yangicha ishlashni talab qiladi».1 Buning uchun esa har bir fuqaroning salohiyatini inobarga olgan holda yo'naltirish hamda insonning imkoniyatlaridan unumli foydalanish lozim. Insonning imkoniyatlaridan foydalanish esa individualizmni talab qiladi. K.Popper ijtimoiy taraqqiyot borasida fikr bildirarkan o'z taraqqiyot modelini gumanizm bilan ifodalaydi. Gumanizning asosida esa individualizm va egolitarizm g'oyasi yotadi. Albatta ijtimoiy taraqqiyotniung zamirida alturizmning ham o'rni katta shu sababli ham Popper individualizimi alturizmni inkor etmaydi. Shu sababli ham Popper juda ko'plab faylasuflar ijodiga tanqidiy munosabat bildiradi hamda o'z g'oyalaridagi tuzilma sifatida Afina demokratiyasini misol qiladi. Chunki unda insonparvarlik xususiyatlari mavjud bo'lgan deb biladi.

Davlat taraqqiyoti uchun inson kamoloti yeng asosiy omil hisoblanadi. «Qadimgi yunon faylasufi Suqrotning «O'zgalarni o'zgartirmoqchi bo'lgan inson, avvalo, o'zini o'zgartirishi lozim. Buning uchun esa, aniq maqsad, tolmas iroda va doimiy izlanish kerak», degan hikmatli iborasi bu borada hammamiz uchun asosiy mezon bo'lishi zarur».2 Popperning falsafasi Suqrotning qarashlariga asoslanadi shu bois ham qarashlarida ayniylik ko'p kuzatiladi. K.Popperning antikumilyativ qarashlari insonni har doim izlanishga to'xtamaslikka undaydi. Bundan tashqari tanqidiylik ijtimoiy taraqqiyotning mezoni sifatida ikkala faylasufda ham birday namoyon bo'ladi. Suqrot va Popper qarashlaridagi yana bir o'xshashlik bu insonning davlatda tom manoda erkin faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega ekanligidir. K.Popperdagi yuqorida sanab o'tilgan g'oyalar mamlakatimiz rivojlanishning yangi davrida amalga oshiriladigan islohotlarning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lgan -erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson qadrini yuksaltirish orqali xalqparvar davlat barpo etish g'oyasiga hamohang va bu yo'nalishni amaliyotda joriy qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Darhaqiqat, bugungi kunda aqlli shahar, aqlli uy, aqlli avtomobil yoki aqlli telefon kabi jamiyat hayoti uchun muhim sohalar ko'p tahlil qilinib o'rganilmoqda, ammo, ularni boshqaruvchi va foydalanuvchi aqlli inson

1 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To'ldirilganikkinchinashri. - Toshkent: O'zbekiston, 2022. -B.8.

2O'shamanba. -B.8.

May 2024

313

masalasi e'tibordan chetda qolmoqda. To'g'ri, inson muammosi har doim ilm-fan markazida turgan lekin, bugun ijtimoiy hayotning yuqori darajada murakkablashuvi inson muammosini chetga surilishiga sabab bo'lmoqda. Shunday bir sharoitda ijtimoiy taraqqiyotni qaror toptirish uchun inson masalasi kun tartibidagi asosiy masalaga aylanmog'i lozim. Demakki biz ijtimoiy taraqqiyot sari qadam qo'yarkanmiz avvalo bu jarayonda insonni o'zgartirishimiz kerak bo'ladi hamda barcha o'zgarishlar markazida insonning turishi maqsadga muvofiqdir.

Demokratik jamiyat barpo etishga yana bir muhim jihatlardan biri bu hurfikrlikdir. Ayni shu so'z zamirida jamiyat taraqqiyoti uchun muhim bo'lgan erkin insoniy ma'no mujassamdir. Bugun davlatda so'z erkinligi, fikr erkinligi huquqiy asosga ega bo'lib Konstitutsiyamizning 29- moddasida «Har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.

Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo'lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin»3 deb belgilab qo'yilgan. Ammo hurfikrlikning vujudga kelishi inson tafakkuri bilan uzviy bog'liq ijtimoiy jarayondir. Karl Popper qarashlarida ayni hurfikrlikning mohiyati ochib berilgan. Jumladan Popper shunday yozadi: «Hurfikrlik- bu to'g'ri aqliy tafakkurdir». Shu sababli ham Popper demokratik davlat deganda, eng avvalo aql ustuvor bo'lgan, barcha o'zgarishlar fuqarolar tomonidan aql mushohadasi orqali anglanadigan davlatni nazarda tutadi. Aql ustuvorligi tushunchasi mantiqiy tafakkur yuritish qobiliyati bilan ifodalanadi. K.Popper qarashlari mantiqiy pozitivizm vakili sifatida mantiqqa asoslanishi tabiiy holat edi. K.Popperning mantiqiy tafakkuri uchun qurol bu tanqid hisoblanadi. Har bir insonda tanqidiy tafakkur rivojlansa bu albatta davlatda hurfikrlikni keltirib chiqaradi. K.Popper fikricha davlat va fuqarolar o'rtasida bo'ladigan munosabatlarda tafakkur ya'ni aqliy bilish birlamchidir. K.Popper intuitsiyani tan olmaydi. Bu bilish turini aql chegarasiga mos kelmaganligi sababli ham davlat hayotiga tadbiq qilishni ma'qul ko'rmaydi. Arastu va Aflotun qarashlarida shu kabi g'oyalarga qarshi fikrlar bo'lganligi sababli Popper ular ijodini tanqid qiladi. Ayni Arastu qarashlarida intuitiv bilimlarning o'rni birlamchi bo'lsa, Aflotunda esa davlat adolat mezoni edi. Bu qarashlar Popperning adolat mezonlariga mos kelmadi ya'ni, ochiq jamiyatni cheklaydigan omil edi. Aflotunning kollektivizmini Popper totalitarizm deb nomlaydi. Uning fikricha alturizm va gumanizm kollektivizmdan yoki totalitarizmdan kelib chiqmaydi aksincha, individualizmga borib taqaladi. Bu holatda insonga o'z imkoniyatlarini erkin

3 https://lex.uz/docs/-20596?ONDATE=09.02.2021%2001

May 2024

314

namoyon qilishi uchun sharoit yaratiladi. Davlatchilikning kollektivizm shakli xalq ommasining loqaydligiga olib keladi, bunda hurfikrlilik an'analari yo'qolib boradi, buyuk shaxslarga sig'inish kuchayadi.

Popperning demokratiya haqidagi qarashlari «Ochiq jamiyat va uning dushmanlari» deb nomlangan asarlarida bayon qilingan. «Ochiq jamiyat» deganda u erkin demokratik huquqiy davlatni tushungan. Bunda jamiyat individuallik tamoyillariga asoslanadi. Shu kabi g'oyalari asosida Popper Aflotun kollektivizimini individ xususiyatlarini yo'q qilishda ayblaganini ko'rishimiz mumkin. K.Popper g'oyalari ijtimoiylikni yoki inson hayoti uchun uning atrofidagilarni, jumladan jamiyatning ta'sirini inkor qilmaydi. U shaxsning kamol topishini avvalo jamiyatga xususan, oilaga, do'stu yorlarga va atrof muhitga ham bog'laydi. Tashqaridan qaraganda K.Popper qarashlari ijtimoiylikni inkor qilgan bo'lib ko'rinadi. Ammo, mohiyatan yondoshilsa albatta uning individualizmi ijtimoiy munosabatlarni inkor qilmaganligini ayon bo'ladi. Shaxs kamoloti ijtimoiy va tabiiy atrof muhit mahsuli ekanligini ta'kidlab, Popper misol tariqasida Betxovenni keltiradi. «U mashhur musiqashunos bo'lgan, lekin garang bo'lgan. Uni mashhur bo'lishiga oilasi, tabiiy iqtidori, jamiyatdagi ahvoli hamda musiqiy ma'lumoti katta ta'sir ko'rsatgan».4 Popperning bu g'oyalarida individning shaxs darajasiga ko'tarilishi uchun lozim bo'lgan faktorlar masalasi namoyon bo'ladi. K.Popperning ratsionalizmi ijtimoiy munosabatlar nuqtayi nazaridan qaralsa albatta kelishuvni, ijtimoiy aloqalarning kuchayishiga olib keladi.

K.Popper ratsionalizmni umumiy tushuncha sifatida qo'llaydi. Avvalo u intelektual faoliyatda qo'llanilmaydi, balki kuzatish va tajribalarda ham namoyon bo'ladi. Ikkinchidan esa Popper biror bir muammoni hal qilishda tuyg'u va hissiyotga emas, balki aniq tafakkurga, aqlga murojaat qilish aqliy bilish orqali yechishni nazarda tutadi. Ijtimoiy taraqqiyot vatan ravnaqi esa bizdan aqlni, har qanday muammolarni aql bilan hal qilishni talab qiladi. Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek: «Bugun zamon o'zgarmoqda, uning talabi, oldimizga qo'yayotgan vazifalari tobora ortib bormoqda. Mana shunday murakkab sharoitda «Sen - menga tegma, men -senga tegmayman» degan kayfiyat bilan ishlashning vaqti o'tdi. Biz «vaziyat yomon, vaziyat og'ir» deb bahona qidirishga o'rganib qolganmiz. Lekin shu vaziyatni kim o'zgartiradi, kim izga soladi, degan savolni, keling, o'zimizga beraylik. Vaziyatni o'zimiz, o'z aql-zakovatimiz, mehnatimiz bilan o'zgartirmasak, hech kim chetdan kelib bu ishni biz uchun qilib bermaydi»5. Shunday ekan taraqqiyotga birga aqliy mushohada va tinimsiz mehnatimiz asosida erishishimiz lozim.

4Nazarov Q. va b. G'arbfalsafasi. -Toshkent: Sharq, 2004. -B. 689.

5https://president.uz/uz/news/5451/

May 2024

315

Ratsionalizmni K.Popper ijtimoiy munosabatlar misolida ham tushuntirishga urinadi. U shunday yozadi: «Men adashishim ham mumkin, u ham xato qilishi mumkin, lekin birgalikda biz haqiqatga yaqinlashamiz». Bu g'oya zamirida insonlar o'rtasidagi tobora uzilib borayotgan rishtalarni aqliy mushohada yordamida tushunish va vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishimiz mumkin bo'lgan g'oya yashiringan. Darhaqiqat, inson o'zi xatokor, uni to'g'ri tushunish hayotdagi qancha stresslarni ketkizadi. Forobiy g'oyalarida mavjud bo'lgan insondagi ehtiyojlar jamiyatni tashkil topishiga sabab bo'lgani singari, Popperda ham insondagi xatokorlik uni boshqalar bilan birlashishga undaydi. Bu esa, milliy qadriyatlarimizga singib ketgan «Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar» mazmunidagi maqolga mos keladi. Bugun bizning bu g'oyaga har doimgidan ham ehtiyojimiz ko'proq. Yangilanayotgan jamiyatimizda insonlarni birlashtirishga qay darajada ehtiyoj borligini sotsiologik so'rovnoma natijalari misolida ko'rishimiz mumkin.Popperning "Men adashishimmumkin, u ham adashishimumkin ammo, birgalikda biz haqiqatgayaqinlashamiz" deganfikriniso'rovnomadaishtiroketganrespondentlarning 80 % belgilagan.

K.Popperning tanqidiy ratsionalizmi zamirida bilish va uning o'sishi nazariyasi yotadi. Biroq, u nafaqat ilmiy haqiqatni izlashga, balki insoniyat jamiyatining boshqa har qanday sohasiga ham tegishlidir. «Ratsional tanqidiy munozara mexanizmi chinakam ochiq jamiyat, ya'ni liberal jamiyat mavjudligi haqida gapirishga imkon beradi»6. K.Popperning fikricha, bilish bu taraqqiyotining asosiy sharti va barcha mavjud an'analarni muhokama qilish, ularning shart-sharoitlari, imkoniyatlarini anglash, muayyan muammoli vaziyatda salbiy va ijobiy tomonlarni aniqlash, o'zaro almashish va o'zaro solishtirishning tanqidiy muhokama jarayonida oqilona prinsiplarning mavjudligidir. K.Popper tavsiya qilgan ushbu mantiqiy tizim orqali mavjud an'analarni mushohada qilamiz, har qanday eskilik sarqitiga ko'r ko'rona ergashib ketavermaymiz. Axir inson tafakkur orqali to'g'ri yo'l tanlaydi, muammolarni yechadi sababiyat olamida o'z borlig'ini namoyon qiladi. Tafakkur orqali tanqidiy tahlil esa bugun xalq va davlat o'rtasidagi munosabatlarni gumanistik ruhda kechishini ta'minlamoqda. Ayniqsa bu davlat xizmatchilariga ta'luqlidir. Yurtboshimiz tomonidan yangi O'zbekistonni parpo etish yo'lida: «Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu bosh vazir yoki uning o'rinbosarlari bo'ladimi, hukumat a'zosi yoki hududlar hokimi bo'ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo'lib qolishi kerak»7 degan fikrning ilgari surilishining o'ziyoq, tanqidiy tahlilning qimmatli g'oya ekanligini ko'rsatadi.

6Лекторский В.А. Рациональность, критицизм и принципы либерализма. Вопросы философии. - М., 1995. -

№ 10. -С. 27- 36.

7https://presidentuz/uz/news/5451/

May 2024

316

Ommaviy axborot vositalari tomonidan tashkil qilinayotgan tanqidiy ko'rsatuv yoki maqolalarning natijasida jamiyatda ko'plab mummolarni hal bo'layotganini ko'rib guvohi bo'lmoqdamiz. Albatta, tanqid tarraqqiyotga xizmat qilishi, ezgulikka xizmat qilishi hamda eng avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishi lozim. Chunki, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» deb atalgan g'oyani bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etish yotadi.

Ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishda ijtimoiy bilish masalasi muhim hisoblanadi. K.Popperning ijtimoiy bilish masalasiga oid qarashlari ham har bir mamlakat taraqqiyoti uchun muhim bir manba'dir. «Ijtimoiy bilish masalasida ikki jihatga yondoshiladi: birinchidan, har qanday bilish jamiyatda paydo bo'ladi, shakllanadi va ma'naviy- madaniy asoslarga tayanadi. Shu sababli ham bilish mantig'i bo'yicha har qanday bilish ijtimoiydir, u insonning odamlar orasidagi faoliyati bilan bog'liq, degan ma'noni kelib chiqadi; ikkinchidan, Ijtimoiy bilish inson faoliyati shakllaridan biridir, ya'ni jamiyatni, ijtimoiy jarayon va hodisalarni bilishdir»8. Ijtimoiy bilish masalasida Popper qarashlarini keltirar ekanmiz udagi ilgari surilgan g'oyalar amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan xarakterlidir.

Umuman olganda K.Popperning ko'pgina fikrlari ancha bahsli va murakkabdir. Biroq, demokratik tamoyillarga amal qiladigan jamiyatda bunday bu g'oyalardan foydalanish ayni muddaodir. Kuchli, adolatparvar jamiyat qurish uchun esa Popper demokratik davlatni tavsiya qiladi. Negaki, davlat jamiyat barqarorligi, millat osoyishtaligi va iqtisodiy taraqqiyotining bosh islohotchisidir;

Karl Popperning ochiq jamiyatni zarurligi haqidagi fikrlaridan foydalanish zarar qilmaydi. Uning qarashlaridan foydali jihatlari olinib jamiyat va davlat tarraqiyoti yo'lida safarbar qilish maqsadga muvofiqdir. Ammo, bunday ochiq jamiyatning ma'naviyati ham boy bo'lishi lozim. Inson insonga, jamiyatga, tabiatga, borliqqa, hayotga bo'lgan muhabbati mavhum bo'lmasdan, hayotiy, jo'shqin quvvatga aylanishi lozim. Muhabbat bilan nurlangan insoniy munosabatlar individlardan iborat bo'lgan mavhum jamiyatni tom ma'nodagi insoniy jamiyatga aylantiradi. Bunday jamiyatda insonlar bir-biriga begona bo'lmaydi, hayotning haqiqati ochiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, tarixda juda ko'plab olim va faylasuflar yashab o'tgan. Ularning ilmiy me'rosidan unumli foydalanish va taraqqiyotga erishish har qanday davlat va jamiyat uchun asosiy yo'nalish bo'lishi lozim. Jumladan, «Yangi O'zbekistonni barpo etish - bu shunchaki xohish- istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bolgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi

8Nazarov Q. Bilishfalsafasi (Gnoseologiya).- Toshkent: Universitet, 2005. - B. 190.

May 2024

317

taqozo etayotgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga tola javob beradigan obektiv zaruratdir»9. Shunday ekan, «Biz bu yolda islohotlarimizning asosiy harakatlan- tiruvchi kuchi bolgan jamiyatimiz a'zolarining bilim va salohiyati, kuch va imkoniyatlarini, butun azm-u shijoa- timizni ishga solishimiz lozim. Shundagina mamlakatimiz xalqimiz orzu qilgan, jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro'-e'tiborga ega bolgan, har tomonlama obod va farovon davlatga aylanadi».10 Shu kabi taraqqiyot yo'limizda ongli ravishda ishtirokchisi bo'lish va barcha sohalardagi islohotlarga labbay deb javob berib o'z imkoniyati darajasida ishtirok etish har birimizning burchimizga aylanmog'i lozim.

REFERENCES:

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To'ldirilganikkinchinashri. - Toshkent: O'zbekiston, 2022. -B.8.

2. https://lex.uz/docs/-20596?ONDATE=09.02.2021%2001

3. Nazarov Q. va b. G'arbfalsafasi. -Toshkent: Sharq, 2004. -B. 689.

4. https: //president.uz/uz/news/5451/

5. Лекторский В.А. Рациональность, критицизм и принципы либерализма. Вопросы философии. - М., 1995. - № 10. -С. 27- 36.

6. Nazarov Q. Bilishfalsafasi (Gnoseologiya).- Toshkent: Universitet, 2005. - B. 190.

7. Kurbanov, C. M., Shaniyazov, S. S., Nurfayziev, J. B., & Sherboboev, M. A. U. (2020). GEOPOLITICAL AND ECONOMIC INTERESTS OF THE RUSSIAN EMPIRE IN THE SECOND HALF OF THE 19th CENTURY IN CENTRAL ASIA. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(7), 8521-8546.

8. Sherboboev, M. A. O. (2021). CRITICAL RATIONALISM AS A METHODOLOGICAL MEANS OF SCIENTIFIC KNOWLEDGE. Academic research in educational sciences, 2(8), 89-97.

9. Azimmurod o'g'li, S. M. (2023). KARL POPPERNING ILMIY BILISH MANTIG 'I VA YANGI O 'ZBEKISTONDA IJTIMOIY BILISHNING O 'ZIGA XOSLIGI. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(2), 447-453.

9Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To'ldirilganikkinchinashri. - Toshkent: O'zbekiston, 2022. -B.3.

10O'shamanba. -B. 3.

May 2024

318

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.