Научная статья на тему 'YOSHLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING ROLI'

YOSHLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

8
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aniq fanlar / ijtimoiy-gumanitar fanlar / ijtimoiy va falsafiy ong / mantiqiy tafakkur / rivojlanish “katalizatori” / Renessans / skiptik yondashuv / falsafiy qonunlar. / Точные науки / социально-гуманитарные науки / общественно-философское сознание / логическое мышление / “катализатор” развития / Ренессанс / скептический подход / философские законы.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — T. Sultonov

Aniq fanlar insoniyat, jamiyat turmushini qulaylashtirib, og’irini yengillashtirib, kiyintirib, to’ydirib davolasa, ijtimoiy fanlar inson (shaxs), jamiyat, davlat miyasini to’ldiradi, ongini “davolaydi”. Chunki ijtimoiy fanlar xalqni va millatni uyg’otishga qodir bo’lgan kuch bo’lib, uchinchi renessans taraqqiyotining “katalizatori” kengdir. Shu boisdan ham usgbu maqolada ijtimoiy fanlarga bo’lgan kintik qarashlar tanqid qilinib, inson to’g’ri fikrlash uchun tanqidiy qonunlarga, falsafiy ongga tayanib ish olib borishi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В то время как точные науки лечат человечество, общество, делая жизнь комфортной, облегчая, одевая и насыщая тяжелое, социальные науки наполняют мозг человека (человека), общества, государства, “лечат”его разум. Потому что социальные науки-это сила, способная пробудить нацию и нацию, а “катализатор” прогресса третьего возрождения обширен. Вот почему в этой статье критикуются кинтические взгляды на социальные науки, утверждая, что человек работает, полагаясь на критические законы, философское сознание, чтобы правильно мыслить

Текст научной работы на тему «YOSHLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING ROLI»

YOSHLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNING ROLI

T. Sultonov

TDIU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi professori v.b., falsafa fanlari doktori

ANNOTATSIYA

Aniq fanlar insoniyat, jamiyat turmushini qulaylashtirib, og'irini yengillashtirib, kiyintirib, to'ydirib davolasa, ijtimoiy fanlar inson (shaxs), jamiyat, davlat miyasini to'ldiradi, ongini "davolaydi" Chunki ijtimoiy fanlar xalqni va millatni uyg'otishga qodir bo'lgan kuch bo'lib, uchinchi renessans taraqqiyotining "katalizatori" kengdir. Shu boisdan ham usgbu maqolada ijtimoiy fanlarga bo'lgan kintik qarashlar tanqid qilinib, inson to'g'ri fikrlash uchun tanqidiy qonunlarga, falsafiy ongga tayanib ish olib borishi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, ijtimoiy va falsafiy ong, mantiqiy tafakkur, rivojlanish "katalizatori", Renessans, skiptik yondashuv, falsafiy qonunlar.

АННОТАЦИЯ

В то время как точные науки лечат человечество, общество, делая жизнь комфортной, облегчая, одевая и насыщая тяжелое, социальные науки наполняют мозг человека (человека), общества, государства, "лечат"его разум. Потому что социальные науки-это сила, способная пробудить нацию и нацию, а "катализатор" прогресса третьего возрождения обширен. Вот почему в этой статье критикуются кинтические взгляды на социальные науки, утверждая, что человек работает, полагаясь на критические законы, философское сознание, чтобы правильно мыслить.

Ключевые слова: Точные науки, социально-гуманитарные науки, общественно-философское сознание, логическое мышление, "катализатор" развития, Ренессанс, скептический подход, философские законы.

ANNOTATION

While exact sciences heal humanity, society, making life comfortable, lightening, dressing and saturating the heavy, social sciences fill the brain of a person (person), society, the state, "heal" his mind. Because social sciences are a force capable of awakening a nation and a nation, and the "catalyst" for the progress of the third renaissance is extensive. That is why this article criticizes the kintical views on

April 24, 2024

630

social sciences, arguing that a person works by relying on critical laws, philosophical consciousness, in order to think correctly.

Keywords: Exact sciences, social and humanitarian sciences, social and philosophical consciousness, logical thinking, "catalyst" of development, Renaissance, skeptical approach, philosophical laws.

O'zbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlar jamiyatni erkinlashtirish, demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida milliy g'oyaning asosiy tamoyillarini tadqiq etishni izchil davom ettirib, o'zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi masalalari "Ta'lim to'g'risida"gi qonunni joriy etish jarayonida uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirish muammolarini ilmiy tadqiq etish orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligini ta'minlashni yangi bosqichga ko'tarishga, millat tafakkurini isloh qilishga yo'naltirildi. "Ijtimoiy-gumanitar fanlar - tarix, falsafa, huquqshunoslik, arxeologiya, sharqshunoslik, O'zbekiston xalqlari madaniy merosi, tilshunoslik va adabiyotshunoslik, san'atshunoslik va boshqa sohalarda ham muhim natijalarga erishilmoqda"[1]

Ayrim uzoqni ko'ra olmaydigan "arboblar"ning "ijtimoiy fanlardan foyda yo'q" qabilidagi nojo'ya qarashlari oqibatida ushbu fanlarning salmog'i va sifatini tushirib yuborishga yo'l qo'yildi. Bu yo'nalishda kimningdir sub'ektiv yondashuvi ta'sirida biror-bir fanni joriy etish, boshqa birini esa yo'qotish, kafedralarni qo'shish va ularda professor-o'qituvchilar sonining haddan ortib ketishi bilan bog'liq tez-tez ro'y berib turadigan "tajribalar", ijtimoiy fanlar olimlari va mutaxassislari, professor-o'qituvchilarning mehnatiga muttasil skeptik munosabatda bo'lish holatlari sohaga jiddiy ziyon yetkazdi. Aynan ana shunday holat ushbu yo'nalishlarning ayrim vakillarida "Biz va bizning fanlarimiz kerak emasmi, bizga ham hech narsa kerak emas. Shunchaki topshiriqlarni bajarib, fanlarimizni o'qitib va darslarimizni o'z vaqtida o'tib yursak bo'ldi", degan tasavvur shakllanishiga sabab bo'lgan. Vaholanki, ijtimoiy-gumanitar fanlar - tarix, falsafa, huquqshunoslik, arxeologiya, sharqshunoslik, tilshunoslik va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishilgan"[2]

Davlatimiz rahbari ta'biri bilan aytganda, "Biz zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallagan avlodni tarbiyalashimiz kerak. Tabiiy-texnik va ixtisoslik fanlari bunday mutaxassislarni tayyorlash uchun asos bo'ladi. Ammo yangi avlodni xalq va jamiyat, millat va davlat manfaatlarini ko'zlaydigan, o'zini yurt manfaatlari bilan ko'radigan va islohotlarga daxldorligini, ijtimoiy mas'ulligini sezadigan, yetuk inson etib tarbiyalash uchun ushbu tabiiy-texnik va ixtisoslik fanlarning o'zi kifoya qilmaydi"[3]

631

April 24, 2024

Uchinchi Renessans haqida qanchalik ko'p gapirmaylik, harakat qilmaylik, uning tub mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlarning yordamisiz yoshlar ongiga singdirib bo'lmaydi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun Renessans boshlanishi va rivojlanishining "katalizatori" hisoblanadi. Aynan, ular xalqni va millatni uyg'otishga qodir kuchdir. Bugungi kunda, ma'lumki, mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash uchun bor kuch va imkoniyatlar sarflanayotgan bir paytda ma'naviyatni teran tushunadigan insonlarning roli beqiyos ekanligi, buning uchun tarbiya asosi bo'lgan ijtimoiy fanlarni rivojlantirish zarurligi juda ko'p aytilgan va aytilyapti. Bu boradagi yutuqlarimizdan ko'zing ham, ko'ngling ham quvnaydi. Asosan, ijtimoiy fanlarga asoslangan yangi oliygohlar faoliyat yuritayotgani, ularda talabalar uchun yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar, albatta, tahsinga sazovor.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar ichida falsafa kishilarning tafakkur madaniyatini shakllantirishda, dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega fandir. Shu sababli falsafadan dars berish jarayonida ustoz o'z shogirdlariga har taraflama namuna bo'lishi, shogirdlarida ilg'or dunyoqarashni, sog'lom e'tiqodni, yuksak falsafiy tafakkur madaniyatini shakllantirishga e'tibor berishi lozim.

Aslida, falsafa bu madaniyatdir. Insoniyat nimagaki erishgan bo'lsa, barchasi aql-tafakkuri evaziga. Tafakkur yuritish madaniyati bu falsafa-ku. Demak, biz insoniyat erishgan barcha yutuqlar uchun falsafadan minnatdor bo'lishimiz kerak. Falsafa insonga sog'lom e'tiqodni, to'g'ri fikrlash madaniyatini o'rgatadi. Shunday ekan falsafa nima bahs bu men nega fikrlayapman, degan sxolastik e'tirozdan boshqa narsa emas."[4] - degandilar.

Ustoz haqiqatan ham gapning po'st kallasini aytgan edilar. Falsafa hur fikrlovchi, o'z aql idrokiga o'zi egalik qiluvchi insonga xos tafakkur madaniyatidir. "Falsafa, - deb yozadi A.A.Sichev, - intellektual jihatdan mustaqil va ichki ruhiy dunyosi erkin insonning tanlovidir".[5] Falsafa bu madaniyat, fikrlash madaniyatidir. Inson to'g'ri fikrlash uchun mantiqiy qonunlarga tayanadi. Bu falsafaning bir qismidir. Mantiqni bolalarga maktab yoshidan boshlab o'rgatishimiz lozim (Afsuski bu borada juda orqada qolganmiz). O'qitish jarayonining, tarbiya jarayonining o'zi metafizik uslubga asoslanadi. Bu metafizika o'rganuvchiga oddiylikdan murakkablikka o'tishni o'rgatish mumkin emas. Dialektika va metafizika olamdagi chiziqli va batartib o'rganish jarayonlarinigina ifodalab berishi mumkin. Lekin olamda murakkab, nochiziqli, keskin halokatli o'rganuvchan jarayonlar ham borki, ularni tasvirlab berish bunday jarayonlarning qonuniyatlarini tushuntirib berishga metafizika ham dialektika ham ojizlik qiladi. Ularni zamonaviy metodologiya -sinergetika metodologiyasi to'g'ri tushuntirib, izohlab berishi mumkin.[6]

632

April 24, 2024

Falsafiy tafakkur madaniyatini o'rganish uchun avvalo murabbiyning o'zi bu madaniyatni egallagan bo'lishi lozim. Buning uchun ustozlar tinimsiz o'z ustida ishlashlari, o'zlarini takomillashtirishlari lozim.[7]

Falsafiy tafakkur madaniyatining uchta jihati mavjud:

Birinchidan, har bir inson falsafiy onglilikni egallashi, ya'ni uning umumlashtirish, taqqoslash, saralash, solishtirish, mavhumlashtirish va konkretlashtirish qobiliyati bo'lishi, falsafiy bilimlarga ega bo'lishi lozim;

Ikkinchidan, saralab olgan bilimlariga ishonch-e'tiqodi bo'lishi zarur. Ya'ni bu olgan bilimlarini chindan ham haqiqat deb bilishi, bu bilimlarning haqiqatligiga, kerakli ekanligiga chin dildan ishonishi darkor;

Uchinchidan, bu bilimlarni amaliyotga tadbiq eta bilishi, voqelikka falsafiy yondasha olishi lozim. Ya'ni, falsafiy bilimlardan boshqalarga foyda keltirishi, jamiyatni ma'naviy jihatdan sog'lomlashtirishda qo'llay olishi kerak.

Mana shu jihatlar birlashgan joyda falsafiy madaniyat qaror topgan bo'ladi. Ya'ni, madaniyat bilimlar, bu bilimlarga bo'lgan ishonch-e'tiqodi va bilimlarini amaliyotga tatbiq etishining birligidan iboratdir.

Taassufki falsafa deb ataladigan axloqshunoslik va estetika fanlariga ajratilgan o'quv soatlari yilma-yil kamaytirib borildi. Bulg'usi matematik, fizik, geologlarga, umuman tibbiyot va texnika fanlari bilan shug'ullanadiganlarga vaqt bilan mablag' sarflab, ijtimoiy fanlarni, xususan axloqni, falsafani o'qitishning nima keragi bor, degan texnokratik qarashga ko'ra ish yuritildi.

Qiyoslaymiz: aniq fanlar insoniyat, jamiyatning turmushini qulaylashtirib, og'irini yengillashtirib, to'ydirib, kiyintirib davolasa, ijtimoiy-gumanitar fanlar inson, jamiyatning miyasini "to'ydiradi", ongini "davolaydi"[8]. Demak, olimlarimizning intellektual salohiyati 2021 yil 6 noyabr Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning ilgari surgan "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" mamlakatimizni rivojlanishining turli sohalarini o'z ichiga olgan bo'lib, "inson-jamiyat-davlat" (sobiq sho'ro davrida va dastlabki mustaqillik yillarida "davlat-jamiyat-inson") degan yangi tamoyil asosida qurildi.

Shunday ekan, ijtimoiy fanlarga e'tibor bermaslik oqibatida dunyoqarashi bir tomonlama shakllangan, o'zidan boshqani o'ylamaydigan, xalq, davlat va jamiyat tushunchalaridan begona bo'lgan va bugungi kunda chet ellarda "boy berilgan avlod" deya atalayotgan yoshlar avlodi bizda ham vujudga kelmaydimi?

Davlatimiz rahbari "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" asarida "bundan 60-70 yil ilgari, Ikkinchi jahon urushidan keyingi qiyinchilik va moddiy taqchillik yillarida chet ellarda ishlab chiqilgan va asosan, ma'naviyat va gumanitar ta'limga pul sarflash zarur emas, deb hisoblangan va mutlaq g'oyasizlikka asoslangan

April 24, 2024

633

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^^zbekjStan^jlliy^niViiSiieii

ijtimoiy konsepsiyaning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rib turibmiz"[9], deya ta'kidlaydi. Demak, ijtimoiy fanlarni o'qitishga pulni ayamasligimiz kerak. Besh yil o'tar, o'n yil o'tar, sarflangan mablag' izsiz ketmaganligining guvohi bo'lamiz. Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur kabi davlatlar tajribasi ham ta'lim va tarbiyaga sarflangan moliya o'zini oqlaganini butun dunyoga namoyon qildi. Agar ijtimoiy fanlar rivojiga pulni ayasak, yana eski yo'l o'zanlariga tushib qolamiz. Bunga esa aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi.

"Bizda uzoq yillar davomida ijtimoiy fanlarga bir tomonlama texnokratik yondashuv, bu boradagi masalalarga ajabtovur bir "o'gay" qarash shakllanib qolgan".[10]

Shu boisdan ta'lim tizimining barcha bosqichida ijtimoiy fanlarni qay tarzda taqsimlash, o'qitish va amaliyot soatlarini qanday tashkil etishga doir maxsus konsepsiyani ishlab chiqish ehtiyojga aylandi. Shu sababli Prezidentimiz "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" asarida aytganidek, "Uzluksiz ta'lim tizimida ijtimoiy fanlarni o'qitish tartibi va tamoyillari to'g'risida" qonunni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish zarur. Bu jihatdan 2022-2030 yillarda uzluksiz ta'lim va tarbiya sohasini gumanitarlashtirish strategiyasi yaratilishi va amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Shundagina biz iqtisodiyot sohasida ham har tomonlama bilimli zamonaviy kadrlarni tayyorlashga erishamiz. Haqiqatan ham, biz katta niyatlar bilan poydevorini qo'yayotgan Yangi O'zbekiston - Renessans davri mamlakatimizda mana shunday ulkan boylik yaratishga, xalqimiz hayotini farovonlashtirishga va kelgusi avlodlarga o'zimizdan munosib meros qoldirishga xizmat qiladi.

Islohotlar jarayonida oliy ta'lim tizimiga falsafiy fanlarni qaytarish masalasi nihoyatda muhim. Hozir ularga o'quv rejalarida ajratilgan soat shu qadar kamki, bir necha fan bitta "falsafa" degan umumiy nom ostida o'qitilmoqda. Hatto milliy universitetdagi mamlakatlarda yagona bo'lgan Falsafa fakultetiga "Ijtimoiy fanlar" degan nom berildi.[11] Vaholanki, xorijdagi aksar universitetlarda alohida Falsafa fakulteti bor. Sho'ro davridan boshlab hozirgacha davom etib kelayotgan falsafani mafkuraga tobe qilish yo'lidan voz kechishimiz kerak. To'g'ri, falsafiy fanlar mafkuraviylik xususiyatiga ega. Lekin bu xususiyat fanning o'zagiga aylanmasligi lozim. Afsuski, so'nggi yillarda aksar o'quv dasturi va adabiyot mualliflari soxta milliylik va mafkurabozlikka zo'r berib keldi. Masalan, Milliy universitetda tuzilgan falsafa o'quv dasturida na Aflotun, na Arastu, na Kant, Dekart, na Spinoza, na Gegel (Hegel), na Shopenhauer bor. Ularning o'rniga Bobur, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat kabi "milliy faylasuflarimiz" kiritilgan edi.

Xolislik tamoyili va olimlik vijdonining oyoqosti qilinishi oqibatida falsafa halokat yoqasiga kelib qoldi, uni qutqarish kerak. Axir, butun boshli fanlar tizimidan

April 24, 2024

634

so'nggi chorak asrda birorta akademik chiqmagani, zamonaviy jahon falsafasida o'zbek faylasuflari nomining o'rin olmagani, Falsafa va huquq instituti yopilgani, ikkita Falsafa jamiyati qog'ozda mavjud bo'lgani holda amalda ishlamayotgani, fasafiy fanlarning millatimiz uchun tobora "tushunarsiz boshqotirma" bo'lib borayotganini ko'rib, deyish mumkin?!

Oliy ta'lim maskanlarining rivojlangan mamlakatlardagi kabi bozor munosabatlariga asoslangan kredit-modul tizimiga to'liq o'tishi munosabati bilan ijtimoiy fanlar o'qitilishining ko'payishi kadrlar tayyorlash xarajatlarini oshirib, ularning raqobatdoshligini kamaytiradigan holat yuzaga kelishi mumkin, bunda mazkur xarajatlarni davlat qoplab berishi maqsadga muvofiq. Chunki bu fanlar Yangi O'zbekiston kelajak avlodning yangi dunyoqarashini shakllantiradi. Nodavlat oliy o'quv yurtlarida esa ijtimoiy fanlarning o'qitilishi to'liq davlat buyurtmasi sifatida bo'lishi mumkin, shu orqali biz o'z yoshlarimizni g'oyasizlikdan saqlab qolamiz.[12]

Ijtimoiy fanlarni ta'lim sohalariga qamrab taqsimlash zarur. Masalan, pedagogik va gumanitar yo'nalishga, texnika, injenerlik, iqtisodiyot va biznes sohalarida alohida ijtimoiy fanlarni o'quv rejalariga kiritish mantiqli bo'ladi. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida Ijtimoiy fanlarni o'qitish masalalari bo'yicha maxsus boshqarma va jamoatchilik asosida Ekspertlar kengashi tuzish maqsadga muvofiq. Qolaversa, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasidan kelib chiqib, universitet va institutlarda O'zbekistonning eng yangi tarixi, falsafa (mantiq, etika, estetika), Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi, dinshunoslik, ijtimoiy antropologiya, siyosatshunoslik, huquqshunoslik (ta'lim yo'nalishi hisobga olingan holda), pedagogik va gumanitar yo'nalishlardagi OTMlarida ma'naviyatshunoslik, sotsiologiya, falsafa tarixi, mantiq fanlari chuqur o'qitilsa, zamonaviy yetuk kadrlarni tayyorlash borasidagi ishimiz yengillashadi.

Kelgusida O'zbekistonda Ijtimoiy-gumanitar fanlar universiteti tashkil qilish hamda bu sohada chuqur ixtisoslashuvni amalga oshirish o'rinlidir. Bundan tashqari, tabiiy va aniq fanlar sohalarida ham ijtimoiy-gumanitar fanlar o'qitilishini ta'minlash hamda dars soatlarini ko'paytirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada ko'tarish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirishda falsafa va falsafiy tafakkurni joriy etish, har bir mutaxassislik yo'nalishida ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar ta'sirchanligini kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta'minlashning ta'sirchan mexanizmlari sifatida ijtimoiy-gumanitar fanlarga keng imkoniyatlar yaratish. Bu barcha sohada zamonaviy, malakali va professional kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

635

April 24, 2024

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^^zbekjStan^jlliy^niViiSiieii

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" kitobida ta'kidlaganlaridek, "Afsuski, ayrim kaltabin mulozimlarning "ijtimoiy fanlardan foyda yo'q" qabilidagi nojo'ya qarashlari oqibatida ushbu fanlarning salmog'i va sifati tushirib yuborishga yo'l qo'yildi.

Faylasuflar oldida turgan muammolar:

1. Yangicha yondashuvlar asosida falsafaning umumnazariy masalalari: ontologiya, gnoseologiya va rivojlanish falsafasi bo'yicha maxsus adabiyotlarning tayyorlanishiga kam e'tibor berilayotganligi bilan bog'liq.

2. Falsafaning qonun va kategoriyalarini o'qitish borasida faylasuf professor-o'qituvchilari orasida yakdil fikrning yo'qligi.

3. Xilma-xil yondashuvlar asosida o'quv qo'llanmalar tayyorlanayotgan bo'lsada, darsliklarning deyarli kamligi bilan bog'liq.

4. Keyingi paytda falsafaning umumnazariy masalalari, ya'ni Dialektika, bilish nazariyasi, Tabiatshunoslik falsafasi bo'yicha ilmiy tadqiqotlarning yetarli darajada olib borilmayotganligi.

5. Tabiatshunoslik va faylasuf olimlarning o'zaro ijodiy hamkorligining yo'qligi va buning natijasida tabiatshunoslikning zamonaviy konsepsiyalarini falsafiy tahlil va tadqiqi olib borilmayotganligi.

6. XX asrning 90-yillaridan keyin jahon fani va falsafasida vujudga kelgan turli xil konsepsiyalarning chuqur o'rganilmayotganligi.

7. Faylasuf magistrlar uchun mutaxassislik fanlaridan o'quv adabiyotlarining yetishmayotganligi.

Taklif va mulohazalar:

1. Innovasion rivojlanish agentligidan falsafaning umumnazariy masalalarini tadqiq etuvchi ilmiy loyihalar tayyorlab grantlar olish.

2. Dialetika va bilish nazariyasi, tabiatshunoslik falsafasi bo'yicha doktoranturani qayta ochish. Shuningdek, tabiatshunoslik falsafasi mutaxassis olimlarini bu sohaga jalb etish.

3. Falsafiy yo'nalishlar bo'yicha magistratura mutaxassisliklariga o'quv adabiyotlarini tayyorlash.

4. Falsafiy o'qitish dasturlari bo'yicha yakdil fikrga kelish. (Jahondagi yetuk universitetlarida falsafani o'qitish tajribasini hisobga olish).

5. Talabalarga ko'proq ilmiy manbalarni o'rganish borasida imkoniyatlarni yaratish.

6. Butun uzluksiz ta'lim tizimini huquqiy tartibga solishga qaratilgan yaxlit Ta'lim kodeksini ishlab chiqish lozim.

April 24, 2024

636

7. "Ma'naviyatshunoslik" fanini barcha davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalarida o'qitish konsepsiyasini ishlab chiqish zarur.

8. O'zbekistonda Ijtimoiy-gumanitar fanlar universitetini tashkil qilish kerak.

9. Oliy ta'lim tizimida "Ijtimoiy fanlarni o'qitish konsepsiyasi"ni ishlab chiqish maqsadga muvofiq.

"Ijtimoiy fanlarni o'qitish konsepsiyasini, ta'lim kodekdisini ishlab chiqish lozim. Kelgusida O'zbekistonda Ijtimoiy-gumanitar fanlar universitetinitashkil qilish ham lozim.

REFERENCES:

1. Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистон тараккиёт стратегияси.- Тошкент: Узбекистон нашриёти, 2022.-б.236.

2. Саифназаров И. Ижтимоий-гуманитар фанларни укитишни нега кучайтиришимиз керак? // Халк сузи, 2021 йил 29 октябрью, №2319(8011).

3. Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистон тараккиёт стратегияси -Тошкент: Узбекистон нашриёти, 2022.-б.231.

4. Али-заде, А.А.Абу Мансур аль-Мотуриди // Исламский энциклапедический словарь.-М.: Ансар, 2007.

5. Горелов А.А. Основи философии: учебник для студ. Учреждений сред.проф.образования / А.А. Горелов.-15-еизд.стер.-М. Издательский центр "Академия", 2014.

6. Руми, Джалаладдин. Поэма о скритом смисле: Избранные притчи. Перевод Наумя Гребнева. М.: Главная редакция восточной литературы издательства «Наука», 1986.

7. Тураев Б.О. +998990301104 turayev-2008@mailru.

8. Куронов М. Миллатнинг илмий салохияти истикболга хизмат килади // Халк сузи, 2003 йил 4 март, №51(3163).

9. Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистон тараккиёт стратегияси.-Т.: O'zbekiston нашриёти, 2022.-Б.234.

10. Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистон тараккиёт стратегияси.-Т.: O'zbekiston, 2022.-Б.230.

11. Мухиддин Рахимнинг шоир ва файласуф олим Абдулла Шер билан сухбати // Таффаккур, 2019.№5.б.11-12.

12. Саифназаров И. Ижтимоий-гуманитар фанларни укитишни нега камайтиришимиз керак? // Халк сузи, 2021 йил 29 октябрь, №231(8011).

637

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.