Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGI TA’LIM YO‘NALISHLARIDA O‘TILADIGAN IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR (MUAMMO VA YECHIMLAR)'

QISHLOQ XO‘JALIGI TA’LIM YO‘NALISHLARIDA O‘TILADIGAN IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR (MUAMMO VA YECHIMLAR) Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

155
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat taraqqiyoti / fan tarmog„i / ijtimoiy-gumanitar yo„nalish / islohotlar tadrijiyligi / qishloq xo„jaligi sohasi / ta‟limda integratsiyalashuv / social development / scientific network / socio-humanitarian direction / gradualism of reforms / agricultural sector / integration in education

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Ulug‘bek Toshmurotovich Yazdonov

Maqolada jamiyat hayoti va rivojining ta‟lim taraqqiyoti bilan chambarchas bog„liqligi, bu yo„nalish drayveri hisoblangan fan tarmoqlarining ahamiyati, ular o„rtasidagi funksional integratsiyalashuv xususiyatlari, rivojlanish tamoyillari, istiqbolli rejalarni olib borish zaruratini asoslovchi faktlar qiyosiy tipologik, faktorial tahlil uslubida ijtimoiy-falsafiy tadqiq etilib, jamiyat taraqqiyoti yo„lida ijtimoiygumanitar fanlarning o„rni ochib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES (PROBLEMS AND SOLUTIONS) TAKEN IN THE FIELDS OF AGRICULTURE EDUCATION

In the article, the fact that the life and development of society is closely related to the development of education, the importance of the branches of science considered as the driver of this direction, the features of functional integration between them, the principles of development, the facts justifying the need to carry out prospective plans are presented in the method of comparative typological, factorial social analysis philosophical research is carried out and the role of social and humanitarian sciences in the development of society is revealed.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGI TA’LIM YO‘NALISHLARIDA O‘TILADIGAN IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR (MUAMMO VA YECHIMLAR)»

QISHLOQ XO'JALIGI TA'LIM YO'NALISHLARIDA O'TILADIGAN IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR (MUAMMO VA YECHIMLAR)

Maqolada jamiyat hayoti va rivojining ta'lim taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liqligi, bu yo'nalish drayveri hisoblangan fan tarmoqlarining ahamiyati, ular o'rtasidagi funksional integratsiyalashuv xususiyatlari, rivojlanish tamoyillari, istiqbolli rejalarni olib borish zaruratini asoslovchi faktlar qiyosiy tipologik, faktorial tahlil uslubida ijtimoiy-falsafiy tadqiq etilib, jamiyat taraqqiyoti yo'lida ijtimoiy-gumanitar fanlarning o'rni ochib berilgan.

Kalit so'zlar: jamiyat taraqqiyoti, fan tarmog'i, ijtimoiy-gumanitar yo'nalish, islohotlar tadrijiyligi, qishloq xo'jaligi sohasi, ta'limda integratsiyalashuv.

. SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES (PROBLEMS AND SOLUTIONS) TAKEN IN THE FIELDS OF AGRICULTURE EDUCATION

In the article, the fact that the life and development of society is closely related to the development of education, the importance of the branches of science considered as the driver of this direction, the features of functional integration between them, the principles of development, the facts justifying the need to carry out prospective plans are presented in the method of comparative typological, factorial social analysis philosophical research is carried out and the role of social and humanitarian sciences in the development of society is revealed.

Keywords: social development, scientific network, socio-humanitarian direction, gradualism of reforms, agricultural sector, integration in education.

KIRISH

Jamiyat taraqqiyoti - ta'lim va tarbiyaga qaratilgan e'tibor

Ulug'bek Toshmurotovich Yazdonov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, falsafa fanlar doktori, professor

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

hamda ijtimoiy munosabatlar kontekstiga bog'liqligi oddiy

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

haqiqat. Chunki, faqat ma'rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi (Mnp3HëeB, 2019). Ushbu fikrni yunon olimi Aristotelning "Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi" nomli konsepsiyasida ham ko'rish mumkin. Demak, barcha davrda bo'lganidek, bugungi kun ham ta'lim va tarbiya uzviyligini ta'minlashni talab etmoqda. Ushbu maqolada jamiyat ijtimoiy hayotining ajralmas qismi bo'lgan fanlararo integratsiyani ta'minlash zarurati ko'rib chiqilib, inson va jamiyat taraqqiyotida har bir fan tarmog'ining o'z o'rni mavjudligi ochib berilgan. FOYDALANILGAN MATERIALLAR VA USULLAR. Maqolada ko'rib chiqilgan masala, jamiyatimizda olib borilayotgan ijtimoiy islohotlarni ochib beruvchi manbalar asosida ijtimoiy falsafiy tahlil etilib, tarixiylik, mantiqiylik, taqqoslash, umumlashtirish, qiyosiy tipologik, faktorial tahlil kabi usullar yordamida tadqiq etilgan.

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MA'NOSI. Barchamizga ma'lumki, inson tarbiyasi alohida e'tibor talab etib, uning kechishi ko'p holatlarda individual ta'sirga bog'liq bo'lib qoladi. Chunki, inson tabiatan alohida "individ" sifatida dunyoga kelganligi kabi, uning individdan shaxsga o'tishi ham "individual tarbiya" bilan uzviy bog'liqdir. Ammo ta'lim tarbiyaning mantiqiy davomi bo'lib, uning kechishi ko'p hollarda umumiy xarakter bilan belgilanadi. Shu sababli, ta'limga davlat miqyosidagi islohot sifatida qaralib kelinadi. Masalan, yurtimizda ham ta'limni har tomonlama taraqqiy ettirish, ta'lim asosida ilmga tayangan yangi O'zbekistonni yaratish bosh maqsadga aylangan. Xususan, keyingi yillarda barcha sohalar qatori ta'lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Bu borada o'nlab muhim farmon, qaror, konsepsiyalar va dasturlar qabul qilindi. Ayniqsa, yaqinda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi(Mnp3HëeB, 2017), deganda yurtboshimiz:

birinchidan, zamonaviy hayotni ilm-ma'rifat va ta'limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo'lmasligini;

ikkinchidan, jahonning yetakchi davlatlarida ta'limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishini;

uchinchidan, yoshlarimizni sog'lom hamda go'zal turmush kechirishi, egallagan kasbiy faoliyati bo'yicha doimiy ish o'rniga ega bo'lishi;

to 'rtinchidan, eng muhimi - mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo'lga kiritgan yutuqlar bilan chambarchas bog'liqligini nazarda tutgan edilar. Albatta qisqa davr ichida ta'lim taraqqiyotiga qaratilgan ko'plab:

October 5-6

856

- 2019 yil 8 mayda qabul qilingan (PQ-4312-son) O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi;

- 2019 yil 29 aprelda (PF-5712-son) O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi;

- 2019 yil 8 oktyabrda (PF-5847-son) O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi kabi huquqiy-me'yoriy hujjatlar (Umidbek o'g'li, 2022) bilan birga, ko'plab yutuqlar ham qo'lga kiritildi. Ushbu fikrimizni quyidagi asoslar bilan izohlash mumkin (2021 yil dekabr holati bo'yicha):

- Maktabgacha ta'lim qamrovi. 2016 yilgacha 45% bo'lgan bo'lsa, 2021 yilda 62 foizdan oshirildi. Istiqbolda: 2025 o'quv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkazish reja qilinmoqda.

- Maktablarni sifat jihatidan zamon talabiga moslash. Keyingi besh yillikda 10 ta prezident, kimyo-biologiya, matematika va ATga ixtisoslashgan 197 ta maktab ochiladi. Istiqbolda: 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o'quvchilarni baholash dasturi reytingi bo'yicha jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishish maqsad qilingan.

- Oliy ta'limda yuzaga kelgan o'zgarishlar. Maktab bitiruvchilarining oliy ta'limga qamrov darajasi 2017-2021 yillarda 9 foizdan 28 foizga yetkazildi. Istiqbolda: 2030 yilga qadar 50 foizga yetkazish reja qilingan. Shuningdek, bugungi kunga kelib - oliy ta'lim muassasalari soni 141 taga yetishi, qabul o'rinlari 66 mingtadan 182 mingtaga oshirilishi, yurtimizda xorijiy mamlakatlar ta'lim muassasalarining 26 ta filialini ochilishi hamda keng qamrovli mutaxassislar tayyorlashning yo'lga qo'yilishi, oliy ta'lim tizimida sog'lom raqobat muhitini shakllantirilishi, o'quv yuklamalarini maqbullashtirilishi, ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etilib borilayotganligi, oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta'minlash bo'yicha sezilarli islohotlarning olib borilayotganligi, professor-o'qituvchilarning maoshini o'rtacha 3,5 barobarga oshirilishi, tom ma'noda - oliy ta'lim islohotlarining dastlabki natijalaridir.

Albatta, ta'lim sohasidagi islohotlar katta moliyaviy mablag' talab qilishidan tashqari, vaqt ham talab etadi. Shu sababli, ta'limning universal shakllariga ham e'tiborni kuchaytirish masalasida ko'plab ishlarni amalga oshirish zarur (Язданов, 2015; Яздонов, 2020). Xususan, qishloq xo'jaligi yo'nalishlarida o'qitilayotgan talabalarga umum-kasbiy fanlar hisoblangan "ijtimoiy-gumanitar" fanlarni (O'zbekiston tarixi, Falsafa, Ingliz tili) chuqurlashtirib o'qitish dolzarbligi hanuz o'z yechimini kutib turibdi.

October 5-6

Xulosa shaklida keltirib o'tadigan bo'lsak, yuqoridagi fikrlarni quyidagicha asoslash mumkin:

Birinchidan, qishloq xo'jaligi yo'nalishlariga ixtisoslashgan oliy ta'lim dargohlarining bakalavr ta'lim yo'nalishlarida o'qitiladigan "O'zbekistonning eng yangi tarixi" fani 48 soatga mo'ljallangan bo'lib, bu soat ikki qismga, ya'ni 24 soat ma'ruza, 24 soat seminar mashg'ulotlariga ajratilgan. Albatta bir qarashdan nomutaxassis fan sifatida qishloq xo'jaligi yo'nalishlariga yetarlidek ko'rinadi bu soatlar. Ammo masala chuqurroq tahlil etilsa, bir qator muammolarga duch kelish mumkin. Masalan, "O'zbekistonning eng yangi tarixi" fanining ayrim mavzulariga e'tibor qaratamiz:

4-mavzu. "O'zbekistonning o'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo'li";

5-mavzu. "O'zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar";

6-mavzu. "Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O'zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi";

10-mavzu. "Agrar islohotlarning amalga oshirilishi: yutuqlar va muammolar" va hok.

Shu o'rinda savol tug'iladi. Masalan, 80 daqiqaga mo'ljallangan dars mashg'uloti davomida "Agrar islohotlarning amalga oshirilishi: yutuqlar va muammolar" nomli mavzuni yoritib berish mumkinmi?

Men mutaxassis sifatida - "yo'q" degan bo'lardim. Bunga bir qator asoslarni keltirish mumkin. Xususan, "O'zbekistonning eng yangi tarixi" fanida 1991 yildan bugungi kungacha bo'lgan davrni o'z ichiga olinishi ko'zda tutilgan. Shu o'rinda savol tug'iladi: kamida 30 yillik agrar sohadagi islohotlarni maksimal 80 daqiqalik vaqtda talabaga yetkazib berish mumkinmi?

Ikkinchidan, "Falsafa" nomli fanga ajratilgan 30 soatlik ma'ruzada: falsafaning predmeti, vazifalari, tarixi, metodologiyasi, yo'nalishlari, kategoriyalari kabi mavzular kiritilishi talab etilganligini masalani bir tomoni desak, dinshunoslik asoslari, axloqshunoslik, estetika, mantiq, axborot xavfsizligi kabi fanlarni o'z ichiga olishi kerak bo'lgan mavzularni kiritish talabi mantiqsizlikdan boshqa narsa emas. Chunki, shu soha mutaxassislarini bu fan tarmoqlarini tushunishi uchun kamida to'rt yil o'tilishi kerak bo'lgan fanlarni, biz 30 soatlik ma'ruzada tushuntirib berishimiz talab etiladi (Respublikada tayanch oliygohlar hisoblangan "O'zbekiston milliy universiteti" va "Samarqand davlat universitet"larida tayyorlangan fan dasturlariga qarang).

October 5-6

Shu o'rinda savol tug'iladi: maqsad - talabaga bilim berishmi yoki ularga o'tilishi kerakligi uchun bu fanlarni o'tishmi? Umuman olganda masalaga mantiqiy yondashadigan bo'lsak, Fransuz faylasufi Shamfor Nikola Sebastian Rok aytganidek, "Tarbiya va ta'lim ikki narsaga: axloqqa va mulohazakorlikka tayanmog'i kerak. Axloq ezgulikka tirgak bo'lsa, mulohazakorlik yomonlikdan asraydi. Agar siz faqat axloqqa suyansangiz, anqov va jafokashlarni, faqat mulohazakorlikka tayansangiz, o'ziga pishiq xudbinlarni tarbiyalab yetishtirasiz" (Umarov & Abdullaev, 2005).

Bundan xulosa shuki, ta'lim va tarbiya uzviyligini ta'minlash, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda "ijtimoiy va gumanitar" fanlar fundamental asos bo'lib, bu fanlarni "o'tish kerakligi uchun o'tadigan bo'lsak", Nikola Sebastian Rok keltirib o'tganidek - "o'ziga pishiq xudbinlarni tarbiyalab yetishtirgan bo'lamiz"

Uchinchidan, qishloq xo'jaligi ta'lim yo'nalishlari rivoji dunyo hamjamiyati integratsiyasi bilan bevosita bog'liq bo'lishiga qaramasdan "Ingliz tili" fani ham (bu fan o'quv rejada ikki semestr, ya'ni bir yilga mo'ljallangan) boshi berk ko'chaga kirib qolgan. Umuman bu masalada ham mantiqiy izchillik yuqolgan deyish mumkin. Chunki, ingliz tili bakalavr ta'lim yo'nalishlariga bir yil o'tilishiga qaramasdan, talaba bu fandan to'rtinchi (bitiruvchi) kursga kelib davlat imtihoni topshirishi majburiy hisoblanadi. Shu o'rinda yana savol tug'iladi: talaba birinchi kursda o'rgangan ingliz tili fanini uch yil davomida mustahkamlab bormay turib, davlat imtihonini qanday topshirish mumkin?

Aslida, davlatimiz tomonidan xorijiy tillarni o'qitishni chuqurlashtirish bo'yicha olib borayotgan islohotlarini inobatga oladigan bo'lsak, ingliz tilini o'rganish zamon talabi ekanligini ko'rish mumkin.

Birinchidan, Oliy ta'lim vazirligi yoki Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan "Ijtimoiy va gumanitar" fanlarga ajratilgan soatlarni yana bir bor ko'rib chiqib, muvofiqlashtirilgan fanlarni turkumiga qarab ajratib chiqish kerak.

Ikkinchidan, barchamizga ayonki - bugungi jamiyatimizda inson omilini boshqarish, uning ma'naviy yetukligini ta'minlash kun sayin qiyinlashib bormoqda. Shu sababli, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorining (2021 yil 26 mart, PQ-5040-son) 9-chi bandiga amal qilgan holda, barcha bakalavr ta'lim yo'nalishlariga "Ma'naviyatshunoslik", magistratura bosqichida «Kasbiy ma'naviyat» fanlarini o'qitilishini yo'lga qo'yish zarur.

Takliflar:

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022

Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative

Google Scholar indexed Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

Uchinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5040-sonli qarorida ko'rsatilganidek, qishloq xo'jaligi ta'lim tashkilotlarida madaniy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha "Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi" lavozimini joriy etish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. Umarov, E., & Abdullaev, M. (2005). Ma'naviyat asoslari. T., Sharq, 88.

2. Umidbek o'g'li, A. S. (2022). YANGI O'ZBEKISTONDA TA'LIM SOHASIDAGI STRATEGIK MAQSADLAR. Uzbek Scholar Journal, 3, 73-75.

3. Мирзиёев, Ш. М. (2017). Миллий тараккиёт йулимизни катъият билан давом эттириб, янги боскичга кутарамиз. Тошкент: Узбекистон, 592.

4. Мирзиёев, Ш. М. (2019). Послание Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Олий Мажлису, 20 декабря 2018 года: Uzbekistan.

5. Язданов, У. Т. (2015). GLOBAL PROBLEMS: HISTORICAL FORECASTING AND NECESSITY OF DEVELOPING OF THE PUBLIC OPINION. Theoretical & Applied Science(9), 76-82.

6. Яздонов, У. Т. (2020). ВЗАИМОСВЯЗЬ НАУКИ, ИСКУССТВА И РЕЛИГИИ С ОБЩЕСТВЕННЫМ МНЕНИЕМ PUBLIC OPINION-MULTIDISCIPLINARY INTERACTION WITH THE PHENOMENON OF SCIENCE, ART AND RELIGION. BBK 91, 1033.

® о

October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference

©

О

860

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.