Научная статья на тему 'OLIY TAʼLIM TIZIMIDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI OʻQITISHNING DOLZARB VAZIFALARI'

OLIY TAʼLIM TIZIMIDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI OʻQITISHNING DOLZARB VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

31
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Taʼlim toʻgʻrisida qonun / Harakatlar strategiyasi / Taraqqiyot strategiyasi / ―Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi‖ / ijtimoiy bilimlar tizimi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Naim Xalimovich Oblomuradov

Maqolada Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlari koʻrib chiqilgan. Uzluksiz taʼlim bosqichlarida, ayniqsa, oliy taʼlim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarga boʻlgan eʼtiborning bugungi holati tanqidiy tahlil qilingan. Milliy taʼlim tizimi samaradorligini taʼminlashda ijtimoiygumanitar fanlarning ustuvor vazifalari tahlil etilgan. Yangi Oʻzbekiston sharoitida ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish borasidagi ilgʻor tajribalar, muammo va yechimlarning ijtimoiy-falsafiy jihatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TAʼLIM TIZIMIDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI OʻQITISHNING DOLZARB VAZIFALARI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

OLIY TA'LIM TIZIMIDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O'QITISHNING DOLZARB VAZIFALARI

Naim Xalimovich Oblomuradov

Toshkent moliya instituti, tarix fanlari doktori, professor

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekiston oliy ta'lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari ko'rib chiqilgan. Uzluksiz ta'lim bosqichlarida, ayniqsa, oliy ta'lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlarga bo'lgan e'tiborning bugungi holati tanqidiy tahlil qilingan. Milliy ta'lim tizimi samaradorligini ta'minlashda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ustuvor vazifalari tahlil etilgan. Yangi O'zbekiston sharoitida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish borasidagi ilg'or tajribalar, muammo va yechimlarning ijtimoiy-falsaiiy jihatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim to'g'risida qonun, Harakatlar strategiyasi, Taraqqiyot strategiyasi, "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi", ijtimoiy bilimlar tizimi.

Ma'lumki, mamlakatimizda mustaqil va erkin fikrlaydigan, dunyo ilmu fani yutuqlarini puxta o'zlashtirib, zamon bilan hamohang bo'lib yashashga tayyor bo'lgan sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Bu borada barcha kuch-qudrat va imkoniyatlarning safarbar etilishi o'zining amaliy natijalarini berdi. Zero, biz uchun bugungi sharoitda fuqarolik pozitsiyasiga ega, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiladigan, mamlakatimiz hayotidagi o'zgarish va islohotlarda faol ishtirok etuvchi zamonaviy va keng dunyoqarashli yoshlar avlodini voyaga yetkazish nihoyatda muhim. Shunday kadrlarni tarbiyalamasak, yoshlarimiz biryoqlama shakllanadi. Yosh avlod ma'naviyatsiz bo'lsa, uning yaxshi zamonaviy mutaxassis, faol fuqaro bo'lib shakllanishi amri mahol bo'lib qoladi. Zero, ulug' ma'rifatparvar, atoqli adib va pedagog Abdulla Avloniyning: "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir", degan so'zlari bugungi kun uchun yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomalari va 2017-yil 7-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni, "Yoshlarga oid Davlat dasturi", yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktyabrdagi "Ilm-fan va ilmiy

33

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

faoliyat to'g'risida"gi O'RQ-576-sonli qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6097-son Farmonlari mamlakatimizda ta'lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi [1]. Xususan, ta'lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu - "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo'lib, mazkur Qonunga asosan ta'lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta'lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo'yildi [2].

Jadal rivojlanib borayotgan ta'lim tizimi, ilm-fan va texnologiyalar mutlaqo boshqacha mutaxassisni tayyorlashni davlat va jamiyat oldiga vazifa qilib qo'ymoqda. Bu esa dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh, intellektual salohiyati va professionallik darajasi yuqori mutaxassis-kadrni tayyorlashni, va bu mutaxassis kasbiy mahoratidan tashqari xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter texnologiyalarini amalda qo'llay olish malakasini talab qiladi [3].

Afsuski, so'nggi yillarda uzluksiz ta'lim bosqichlarida, ayniqsa, oliy ta'lim tizimida ijtimoiy fanlarga bo'lgan e'tibor sustlashganligiga guvoh bo'lmoqdamiz. 2000-yillardan boshlab, O'zbekistonda ijtimoiy fanlarga biryoqlama texnokratik yondashuv kuzatilib, bu fanlarga o'ziga xos "begona" fanlar sifatida qarashlar shakllana boshladi.

Oliy ta'lim tizimida ijtimoiy fanlar qancha va qaysi yo'nalishlarda, qanday shaklda, qanday mazmunda o'qitilishi haqida yagona yondashuv haligacha mavjud emas. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Bizda uzoq yillar davomida ijtimoiy fanlarga nisbatan bir tomonlama texnokratik yondashuv, bu boradagi masalalarga ajabtovur bir o'gay qarash shakllanib qolgan. Ayni paytda, afsus bilan qayd etish mumkinki, haligacha uzluksiz ta'lim bosqichlarida, ayniqsa oliy ta'lim tizimida ijtimoiy fanlarni qancha hajmda va qanday yo'nalishlarda, qay bir shaklda va qanday mazmunda o'qitish va o'rgatish bo'yicha yaxlit konsepsiya yo'q. Afsuski, ayrim kaltabin mulozimlarning "Ijtimoiy fanlardan foyda yo'q" qabilidagi nojo'ya qarashlari oqibatida ushbu fanlarning salmog'i va sifatini tushirib yuborishga yo'l qo'yildi"[4].

Rivojlangan xorij mamlakatlarida ijtimoiy fanlarni o'rganish zamonaviy shart-sharoitlarda samarali hayot kechirish va faoliyat ko'rsatishning muhim omili sanaladi. Shu boisdan bu mamlakatlarda ijtimoiy fanlarni o'qitishning o'ziga xos tizimi shakllangan. Masalan, AQSHda bu tizim mutaxassislar tayyorlashga mo'ljallangan ijtimoiy ta'lim, turli ta'lim yo'nalishlari talabalariga ijtimoiy bilimlar berishga moslashtirilgan ta'lim, fuqarolarga ijtimoiy bilimlarni yetkazuvchi o'quv kurslari majmuini o'z ichiga oladi. Keyingi yillarda Osiyoning qator mamlakatlarida ham ijtimoiy fanlarga bo'lgan e'tiborning o'sishi kuzatilmoqda. Masalan, yangi asrda Xitoyda 1977-yildan faoliyat ko'rsatib kelayotgan Ijtimoiy fanlar Akademiyasi mazmunan va tarkiban takomillashtirildi [5].

34

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

Qayd etish zararki, jahonning ijtimoiy taraqqiyotga yuz tutgan barcha mamlakatlarida ijtimoiy fanlarga bo'lgan e'tibor yil sayin yuksalib bormoqda, uning imkoniyatlari, bir tomondan, jamiyat oldida turgan muammolarni tadqiq qilishga, ikkinchi tomondan esa, insonni shaxs sifatida shakllantirishga safarbar qilinmoqda.

Ma'lumki, XX asrning taniqli tabiatshunoslik sohasi vakillari — Albert Eynshteyn, Maks Plank, Nils Bor, Verner Karl Geyzenberg, Ervin Shryodinger, Maks fon Laue, Ilya Prigojin (barchasi Nobel mukofoti sovrindorlari) va boshqalar gumanitar bilim, falsafa, adabiyot va san'at o'zlari uchun qanchalik ahamiyatli degan savol ustida bosh qotirmagan. Gumanitar bilimlarga bo'lgan ehtiyoj ular uchun aksioma bo'lgan.

Buyuk olimlarning hayot yo'li shuni ko'rsatadiki, ularning barchasi keng dunyoqarashi, mutaxassisligiga bevosita bog'liq bo'lmagan mashg'ulotlarga ishtiyoq qo'ygani bilan ajralib turardi. Olimning dunyoqarashi qanchalik keng bo'lsa, uning ijodiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar shuncha ko'p bo'lgan. Hatto aytish mumkinki, maxsus sohalardagi ilmiy muvaffaqiyatlar olimning dunyoqarashi va sevimli mashg'ulotlarining kengligi bilan to'g'ri proporsionaldir. Bundan tashqari, inson tafakkuri bir tomondan mantiqiy, ratsional, sistematik va ongli, boshqa tomondan intuitiv, hissiy va obrazli xarakterga ega. Haqiqiy ijod jarayonida bu ikkala tomon bir-biriga uzviy bog'langan.

Butun ilm-fan tarixi, xorij amaliyoti va jahon ekspertlari fikrlari shundan dalolat beradiki, tabiiy va texnik fanlar universitetlari uchun gumanitar fanlar, adabiyot va san'at zarur. Zamonaviy xorij tajribasini o'rganish haqida gapiradigan bo'lsak, AQSH va Buyuk Britaniyaning texnika universitetlarida gumanitar fanlar hajmi 30 foizga teng.

Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o'qitishni bitta kafedrada amalga oshirish tajribasi o'zining kutilgan samarasini bermaydi. Ijtimoiy fanlarning har biri inson

shaxsining shakllanishi jarayoniga o'ziga xos ta'sir ko'rsatishga qodir. Ijtimoiy fanlarni o'qitishning "bir nuqtadan" umumiy, standart talablar asosida amalga oshirilishi bu fanlar o'rtasidagi tafovutni yuvib yuboradi, ularning shaxsga ta'sirini kamaytiradi. Shu sababli ham bugungi kunda gumanitar bilimlarni dolzarblashtirish, soha vakillarini ijtimoiy muammolarni hal qilish jarayoniga jalb etish uchun avvalo munosabat o'zgarishi lozim: jamiyatda o'tkir akademik va ijtimoiy bahslar uyushtirilib, tarixchi, tilshunos, jamiyatshunos va boshqalarning faoliyati taftish etilishi, talablarga ko'ra ijtimoiy buyurtma shakllanishi lozim [6].

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishni yanada takomillashtirish bo'yicha quyidagi taklif va tavsiyalar maqsadga muvofiq hisoblanadi:

1. Ijtimoiy fanlarning dasturlarini tuzishda oliy ta'lim yo'nalishi xususiyati albatta hisobga olinishi muhim. Dasturlar va o'quv adabiyotlarini yaratishda faoliyat yuritayotgan oliy ta'lim muassasasi yo'nalishidan kelib chiqib yondashish maqsadga

35

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

muvofiq. Turli OTMlarda gumanitar fanlarni o'qitish OTM profiliga mos ravishda turlicha bo'lishi kerak, chunki barcha ilmiy sohalarda differensiatsiya jarayoni amalga oshirilib, buning natijasida yangi ixtisoslashgan fanlar shakllanadi.

2. Respublika ta'lim tizimidagi barcha bosqichlarda, jumladan oliy ta'lim muassasalaridagi barcha ta'lim yo'nalishi va mutaxassisliklarida ijtimoiy-gumanitar fanlarni, ularni o'qitishga ajratiladigan dars soatlarini ko'paytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, mazkur fanlar bo'yicha yangi avlod darslik va o'quv qo'llanmalari yaratishga jiddiy e'tibor qaratish lozim. Ayni paytda ularga oid adabiyotlarni turli tillarda nashr etish maqsadga muvofiq.

3. Oliy o'quv yurtlarida ijtimoiy fanlarni o'qitishni kuchaytirish - milliy madaniyat, an'analarni asrab-avaylash, yoshlarni o'z Vataniga muhabbat ruhida tarbiyalash, zamonaviy voqelikni munosib idrok etishga yordam beradigan falsafiy tafakkurni shakllantirish, shuningdek ekstremizm, korrupsiya va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashda yoshlarda ma'naviy immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi.

Xulosa sifatida qayd etish joizki, O'zbekistonda ijtimoiy fanlarni inson shaxsini takomillashtiruvchi qudratli omilga aylantirish uchun ularni o'qitishning uzluksiz tizimini shakllantirish va rivojlantirish, oliy ta'lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o'qitishni bitta kafedrada va aniq fanlarga xos pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshirish tajribasidan voz kechish, ijtimoiy fanlar bo'yicha ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy-uslubiy markazlarni ko'paytirish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, 23.09.2020-yildagi O'RQ-637-son.

3. Oliy ta'lim islohotlari: yutuqlar, muammolar, yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. 2019-yil 25-26-oktyabr.

4. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: "O'zbekiston", 2021. -B. 231-232. (Mirziyoyev Sh. New Uzbekistan strategy. - Tashkent: "Uzbekistan", 2021. - B. 231-232.)

5. M.Majitov. "Inson shaxsini takomillashtirishda ijtimoiy fanlarni o'qitishning ahamiyati". Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari. 2022-yil, 2-son.

6. Asanov E. Gumanitar fanlardan nima naf?// Tafakkur jurnali, 2021-yil, 4-son.

36

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.