SHERBOBOYEVMuxriddin ALFRAGANUS UNIVERSITY ORCID: 0009-0007-4384-5686 Влияние взглядов Карла Поппера на идеи постпозитивизма [email protected]
LUEPBOBOEB MyxpnAAHH A/lbOPArAHYC yHMBEPCMTM The influence of Karl Popper's views on the ideas of postpositivism
SHERBOBOYEV Mukhriddin ALFRAGANUS UNIVERSITY
Annotatsiya: Ushbu maqolada Karl Popper qarashlarining postpozitivizmga ta'siri masalasi o'rganilgan bo'lib, Popper qarashlarining pozitivizm, neopozitivizm g'oyalari bilan aloqadorligi hamda tarixiy taraqqiyot nuqtai nazaridan yuqoridagi ta'limotlarni to'ldiruvchi g'oya sifatida shakllanganligi yoritilgan. Popper qarashlarining hozirgi zamon falsafasida tutgan o'mi va ahamiyati va o'z davrida unga bildirilgan munosabat masalasi tahlil qilingan.
Аннотация: В данной статье рассматривается влияние взглядов Карла Поппера на постпозитивизм, а также объясняется, как взгляды Поппера соотносятся с идеями позитивизма, неопозитивизма и формируются как идея, дополняющая вышеуказанное учение с точки зрения исторического развития. Анализируются роль и значение взглядов Поппера в современной философии, отношение к нему в его время.
Abstract: This article examines the influence of Karl Popper's views on postpositivism, and explains how Popper's views are related to the ideas of positivism, neopositivism, and formed as an idea that complements the above teachings from the point of view of historical development. The role and importance of Popper's views in modern philosophy and the attitude towards him in his time are analyzed.
Kalit so'zlar: pozitivizm, neopozitivizm, postpozitivizm, bilish, ilmiy bilish, epistemologiya, taraqqiyot, ijtimoiytaraqqiyot,falsafiymufhohada.
1 (6) 2024
Alfraganus
xalqaro ilmiy jurnali
KIRISH
Har qanday falsafa bilan shug'ullangan fayasuf qarashlarida borliq, uning mohiyati, bilish va undagi o'ziga toslik va mantiq masalasi, albatta, aks etadi. Chunki, bunga sabab har bir inson hayoti bilan bog'liq bo'lgan bu uch muammo hamma uchun birdek ahamiyatli. Buni Karl Popper ijodida ham kuzatish mumkin.
K.Popper F.Bekon va R.Dekartning insonning aqlu idroki va bilish qobiliyati haqidagi qarashlarini «soxta epistemologiya» deb ataydi. Chunki insonning aqlu idroki cheklangan, u «hech narsani bilmasligini biladi», xolos. Qolganlari aqlning takabburligidir. Shuning uchun ham Popper haqiqatni talqin qilishda ilmda davogar bo'lishga da'vogar har qanday ta'limotga shubha bilan qarash lozim, deb ta'kidlaydi. Buning sababi nimada? Ta'kidlash joizki, «hozirgi paytda fan falsafasi bilan shug'ullangan ba'zi olimlar fan rivojlanishi kumulyativ (to'plovchi) jarayon emas, degan fikrga qo'shiladilar»[1]. Fan tarixida, shu jumladan, uning ayrim sohalari tarixida ham shunday davrlar bo'lganki, yillar davomida yig'ilgan bilimlarni: nazariyalar, tamoyillar, asos soluvchi qoidalarni qayta ko'rib chiqish sodir bo'lgan.
MATERIAL VA METOD
Ilmiy taxminlarning haqiqiyligini aniqlashda birinchi asosiy mezon bu D.Yum va I.Kant kabi olimlarga ma'lum bo'lgan, taxminlarni tajriba bilan solishtirish talabi, deb hisoblanadi. Agar hissiy tajribada, emperizmda uni tasdiqlovchi obyektlarni ko'rsatish mumkin bo'lmasa, unda u ahamiyatsizdir, noto'g'ridir. XX asr G'arbiy Yevropa falsafasida, xususan, Vena to'garagi pozitivistlari ushbu talabni verifikasiya tamoyili deb nomlashdi: ilmiy tushunchalar, taxminlar, nazariyalarni tajriba orqali tekshirish mumkin bo'lsa, unda ular ilmiy ahamiyat kasb etadi. Tajriba ma'lumotlariga bevosita aloqador bo'lmaydigan rivojlangan nazariy tushunchalarga nisbatan bilvosita verifikasiyani ishlatish mumkin. Masalan, «kvark» (faraz qilingan zarracha) tushunchasiga tajriba orqali real ekvivalent (o'xshash narsa) topib berish mumkin emas. Lekin kvark nazariyasi tajriba, eksperiment yo'li bilan qayd etilishi mumkin bo'lgan qator hodisalarni oldindan aytib beradi, demak, ushbu nazariyani bilvosita verifikasiya qilish mumkin.
TAHLIL VA NATIJALAR
Ratsional tanqid tamoyilini ilgari surgan Karl Popper verifikasiya tamoyili orqali har qanday mohirona qurilgan nazariyaga uni tasdiqlovchi empirik dalillar topish qiyin emas, deb hisoblaydi. Lekin haqiqiy ilmiy nazariyalar murakkabroq tekshirishlarga bardosh berishi lozim. K.Popperning fikriga ko'ra, Vena to'garagi a'zolari ilgari surgan verifikasiyalashtirish ilmiylikning asosiy belgisi (mezoni) bo'lib xizmat qila olmaydi. Ilmiy nazariyalarni chegaralash (demarkatsiyalash) ning asosiy belgisi bu falsifikatsiyalashtirish,
ya'ni fanga tegishli bo'lgan har qanday nazariyani rad qila olish, noto'g'riligini isbotlab berish mumkinligidir.
Agar nazariya uni rad qilib bo'lmaydigan ko'rinishda qurilgan bo'lsa unda u ilmiy qiymatga ega emas. «Marksizm, psixoanaliz, astrologiya kabi ta'limotlarni aynan rad qilib bo'lmasligi ular tushunchalarining noaniq bo'lishiga sabab bo'ladi hamda ular tarafdorlari barcha faktlarni o'z qarashlariga zid bo'lmagan yoki qarashlarini tasdiqlovchi deb talqin qilishiga olib keladi va ularni noilmiy ta'limotga aylantiradi, deb hisoblaydi K.Popper.
«Haqiqiy fan rad etilishdan qo'rqmasligi lozim, - deydi K.Popper: -ratsional tanqid hamda faktlar yordamida doimiy tuzatilishi ilmiy bilishning mohiyatidir»[2]. Faylasuf ilmiy bilimning harakatchan konsepsiyasini tavsiya qildi: ilmiy bilim bu - taxminlar ya'ni, gipotezalar va ularning raddiyalari uzluksiz oqimidir. Ilm-fan taraqqiyoti natijasida faqat «eng kuchli nazariyalar» saqlanib qolishi lozim, lekin ular mutlaq haqiqat bo'la olmaydi. Har qanday bilim taxminiy, nisbiy tavsifga ega, uning har qanday qismidan shubhalanish mumkin va har qanday mazmun tanqid uchun ochiq bo'lishi lozim.
Shunisi xarakterliki, agarda K.Popper uchun tanqidiylikning qarama-qarshiligi bo'lmish aqidaparastlik (dogmatizm) fanni soxta fanga aylantirsa, T.Kun uchun ilmiy faoliyatning zaruriy sharti - muayyan turdagi aqidaparastlik yaxshi tasdiqlangan va samarali qarashlar tizimiga qat'iyan mosligidir. T. Kunning nuqtayi nazariga ko'ra, «fanning uzoq muddatli tinch rivojlanishi qisqa muddatli g'alayon va fandagi inqiloblar davri bilan almashadi, bunda paradigmalar, olamning ilmiy manzarasi o'zgaradi»[2].
Falsifikatsiya talabining mohiyati-dan Popper ta'limotining tanqidiy xususiyati kelib chiqadi. Mantiqiy pozitivistlar asosan ilmiy bilim strukturasini o'rgandilar, uning rivojlanishini tadqiq etish esa fan falsafasi muammolarini boyitdi. K.Popperning xulosasi «induksiyaga, ya'ni turli xil kuzatuvlar natijalarini umumlashtirilishiga asoslangan xulosa-dir. U ruhiy omil ham, kundalik hayotiy hodisa ham, ilmiy faoliyatning omili ham emas»[3]. Fanda dalil va kuzatuvlarni tasdiqlash, induksiyaning bazisi sifatida emas, balki nazariyalarni tekshirish va inkor etish falsifikatsiyaning muqim sifatidir. Dalil va kuzatuvlar gipotezani shakllantirish uchun imkon yaratadi, lekin gipoteza ularni umumlashtirmaydi. Nazariyotchilar dalillar asosida gipote-zani falsifikatsiyalashtirishga urinadilar. Chunki falsifikatsiya qiluvchi xulosa deduktiv harakterga ega.
Popper konsepsiyasini yaxshiroq tushunish uchun uning mantiqiy pozitivizm metodologiyasidan farqli tomonlarga diqqat qaratish maqsadga muvofiqdir.
Mantiqiy pozitivizm hissiy bilishni mutlaqlashtiradi. K.Popper esa bilimga turli usullar bilan erishish mumkinligini e'tirof etadi. Kuzatuv, Popper fikriga ko'ra,
tashqi ta'sirlarni oddiygina qayd qilish emas, balki gipoteza va nazariyalarni faol tekshirishdir, shuning uchun u nazariy farazlar bilan to'ldiriladi.
Mantiqiy pozitivistlar demarkasiya mezoni sifatida verifikasiyani, Popper esa falsifikatsiyani qabul qilgan. Unda fan va metafizika orasidagi farq aniq ifodalanmagan. K.Popper fan rivojiga metafizikaning katta ta'sir ko'rsatganini tan oladi. «Mantiqiy pozitivistlardan farqli ravishda, Popper ba'zi an'anaviy metafizik fikrlardan yiroq bo'lib, «uch olam» metafizik konsepsiyasini yaratdi»[4].
Mantiqiy pozitivistlar fanning asosiy usuli sifatida induksiyani, ya'ni xususiy dalillardan, yakkalikdan umumlashtirishga ko'tarilishni qabul qilar edilar. K.Popper esa, induksiya usulini rad etdi. Uning usuli sinash va adashish bo'lib, u faqat deduktiv mulohazalarga asoslangan. Mantiqiy pozitivistlar kumulyativizmni e'tirof qildilar, ya'ni ularning fikricha, bilish jarayonida har qanday keyingi qadam oldingi natijalarning umumlashtirilgan xulosasidir. K.Popper fikriga ko'ra bilimni rivojlantirish modeli kumulyativ emas edi. U hech qanday bilim to'planishini tan olmaydi.
«Mantiqiy pozitivizm vakillarining muxim metodologik vazifasi fan tilini tahlil qilish, ilmiylikning aprior» standartlarini aniqlash bo'lgan. Karl Popper o'z usulining vazivasini bilimlar rivojlanishini tahlil qilishda deb biladi. Bu esa o'z navbatida fan tilidagi mantiqiy tahlilning ahamiyatini kamaytiradi. K.Popperning metodologiyasi mantiqdan «boshqa tomonga» burildi, biroq fanning tarixiy taraqqiyotini inkor etmadi.
1950-yillarning oxiriga kelib fan rivojlanishining falsafiy tahlili tarixshunoslik tomonidan yana bir kuchli impuls oldi. Fan tarixchilari, ilmiy bilimning pozitivistlar nazariyasiga tayanuvchi mutaxassislar uzluksiz kumulyativ shaklda namoyon bo'lishini tan oladilar, lekin fanning chinakam rivojlanishi silliq va to'g'ri chiziqli bo'lishi mumkin emasligini tushunib yetdilar. 1930-yillarning oxirida pozitivizmning kumulyativizmi va empirizmiga birinchilardan bo'lib qarshi chiqqanlardan biri A.Koyre edi. «Unga ko'ra ilmiy inqiloblar tahlili bo'yicha fikr bildirilgan bo'lib, ushbu g'oyalarni qadr-qimmatiga yarasha baholash fan tarixi va falsafasining tadqiqotchisi amerikalik olim T.Kun ilmiy tadqiqotlarining natijalari chop etilganidan keyin boshlandi»[5].
Ratsionalizmga kelganda esa, uning tamoyillari Dekart va Leybnis davridan beri ma'lum edi. K.Popper ratsionalizmi, aql kuchiga cheksiz ishonchni namoyon etib, eski ratsionalizmdan o'zining tanqidiyligi bilan ajralib turardi. K Popper faqat ratsional dalillar tanqidiy sinovidan o'tgan narsalarga bu dalillarni rad etib bo'lmaydigan davrgacha ishonish mumkin, deb uqtirardi. Bu olamqarashning nomlanishi - «tanqidiy ratsionalizm», «tanqidiy insonparvarlik» ham aynan shundan kelib chiqqan. Bu olamqarash nuqtayi nazaridan, ilmiy bilimning asosi - obyektiv haqiqat emas, balki muayyan
33
Alfraganus
xalqaro ilmiy jurnali
1 (6) 2024
fe
muammoning ratsional-tanqidiy hal etilishidir.
Ilmiy bilim dinamikasi muammolarini o'rganishda tanqidiy ratsionalizm metodologiyasini qo'llash natijasida Popper biologizatorlik ko'rinishiga ega fan rivoji konsepsiyasini ishlab chiqdi. Eng yaxshi nazariya, bu- aynan inkor etilgan xamda yangi nazariya uchun oziqlantiruvchi muhit yarata bilgan nazariyadir, deb hisoblaydi Popper ilmiy nazariyalarning haqiqatlik darajasi bilan chuqur qiziqadi va o'z kuzatishlari asosida «tanqidiy usul, sinash va adashish usuli (adashganlikni aniqlash maqsadida qat'iy tanqidga duch keluvchi, dadil gipotezalarini ilgari surish usuli) haqiqiy ilmiy usuldir, degan xulosa beradi.
Konvensionalizmda ayblanishdan qochishga harakat qilgan Popper ikki konsepsiyani ishlab chiqadi: uch olam ontologiyasi va subyektsiz biluvchi gnoseologiya. Birinchisining mazmuni olamning uch darajaga (olamga) ajratilishidan iborat. Bular: «narsalar olami, (1- olam), insonning shaxsiy ruxiy olami (2 olam) va g'oyalar, ilmiy bilim, axloq, san'atga oid bilimlar olami (3 olam). Fanning uchinchi olamini Platon qarashlariga binoan, g'oyalar olamiga kiritib, K.Popper tanqidiy ratsionalizmning konvensionalizmda ayblanishini
qisman bartaraf etadi. Uch olamning nisbatan mustaqilligiga asoslangan yangi ontologiya, obrazli qilib aytganda, trializm ontologiyasi, qonuniy ravishda biluvchi subyektsiz bilish haqidagi ta'limot yaratilishiga aylanadi.
Faylasufning fikricha, «uchinchi olam nazariyalar, dalillar, muammolar, kitob va jurnallar mazmunidan iborat, bu olam birinchi va ikkinchi olamning o'zaro ta'siridan kelib chiqadi»[2]. Narsalar olami, jismoniy olamning evolyutsiyasi natijasida paydo bo'lgan, inson psixikasi olamidan ancha oldin mavjud bo'lgan, deb to'g'ri talqin qilingan. Uchinchi olam esa birinchi va ikkinchi olamning o'zaro ta'siri inson faoliyatining qo'shimcha mahsuli bo'lib, insonning biologik jihatdan tirik qolishini ta'minlaydi.
«Uchinchi olam» tushunchasi gnoseologiya masalalarini tushunishga imkon beradi. Xususan, neopozitivistlar gnoseologiyasi bilimning subyektiv ma'nosini o'rganib «bilaman» yoki «fikrlayman» ni kundalik tushuncha sifatida ifodalashgan. Bunda uchinchi olamning mavjud bo'lish usuli til deb hisoblangan. Til asosida yaratilgan bu olam odamlar psixikasidan mustaqil ravishda, obyektiv mavjuddir. Bu obyektiv olam bilishning o'ziga xos turi bo'lgan, biluvchi subyektsiz bilish bilan bog'liqligi tushunarli hol. Odatda, subyektiv (insoniy) jihatlari qanchalik kam bo'lsa, bilim ko'proq darajada ilmiy hisoblanadi. Subyektivlikning, xususan, bilim psixologizmining inkor etilishi, Popperni, bir qarashda taajjublantiruvchi, subyektsiz gnoseologiya g'oyasiga olib keladi. Subyektsiz bilish mumkin emasligi tushunarli, biroq uning haqiqiy subyekti kim?
To'g'ri, uchinchi olamni inson yaratgan va u o'zgarishlarga uchragan. K.Popper ushbu olamga nafaqat haqiqiy, balki yolg'on nazariy tizimlarini kiritadi hamda munozaralar, baxslar va turli masalalarni joylashtirib, bilim o'sishini mustaqil jarayon deb ko'rsatadi. Bilim rivojlanishini tushuntirish uchun Popper «krititsizm» tushunchasini ishlatadi. Buning ma'nosi krititsizm refleksiyasidir. Uningcha, hattoki, eng yaxshi nazariyalar ham bizning kashfiyotimizdir. Ular xatolarga to'la. «O'z nazariyalarimizni tekshirayotib, biz quyidagicha yo'l tutamiz: nazariyalarimizda yashiringan xatolarni topishga urinamiz, tanqidiy uslub mohiyati shundan iboratdir»[2].
Krititsizmning o'rinli ekanligini e'tirof etish inson qobiliyatiga nisbatan qayta murojaat qilish demakdir, u tug'ma yoki ilm amaliyoti negizida paydo bo'lgan qobiliyatdir. Ilmiy amaliyotda tasdiqlanadiki, krititsizm zarurati tadqiqot faoliyati davomida aniqlanadi. Kashfiyotlar ijodiy jarayon natijasi bo'lib, u mantiqiy amallarning qo'llanilishini talab etadi. K.Popper va uning izdoshlari Lakatos, Kun g'oyalarining keyingi ishlanishi, takomillashishi bilim olishi (o'zlashtirish jarayoni) ni tushuntirib berish yo'nalishida amalga oshdi. Uning ushbu yondashuvini fallebilizm deb aytish mumkin.
Ilmiy bilishda fallebilizmning asoschisi D.Yum hisoblanadi. Uning fikricha, bizning umumiy va zaruriy bilimlar mavjudligiga bo'lgan ishonchimiz illyuziyadir: tajribadan kelib chiqadigan haqiqatni ya'ni, zarurat tusiga kirgandek ko'rinayotgan haqiqatni biz adashib idrokimizning ixtiyoriy harakati natijasi deb qabul qilamiz. «Epistemologiyadagi ratsionalizm chizig'i umumiy va zaruriy bilimlarning mavjudligini bildiradi, muammo esa uning qanday mavjudligidadir. Kant Yumni tanqid qilar ekan, sof matematika aprior sintetik bilimlar, umumiy va zaruriy haqiqatlardan iborat deb ta'kidlagan»[4].
Ta'kidlash joizki, ratsionalizm va fallibilizm o'rtasidagi bahs, bilim olishdagi individual-psixologik jihat va obyektivlik antik davrdayoq mavjud bo'lgan. Xususan, Protagor fikricha, inson bilimlari barcha narsalarning me'yoridir, Sokrat esa odamlar fikridan xoli bo'lgan bilimlar borligini ta'kidlagan. Sokratgacha eleatlar bilim va fikr (qarash) o'rtasida aniq farq o'rnatishgan bo'lib, ularning manbayini his-tuyg'ular bilan anglash jarayoni tashkil etadi, borliq idrok orqali anglanadi, deb tushunishgan.
Eleatlar ratsional falsafiy an'anaga muvofiq gnoseologiyaning predmeti masalasini amalda hal etishgan bo'lib, shu bahonada o'z tadqiqot sohasidan psixologiyani chetlashtirgan. Bunda metodologik tadqiqot sohasini faqat tasdiqlash konteksti bilan chegaralashni taklif qilishgan, chunki birinchi kontekst psixologik omillardan iborat. Postpozitivistlar (Lakatos, Popper) psixologik omillarni ijtimoiy omillar bilan birga fanning tashqi tarixiga aloqador deb bilishgan. Bu esa fan tarixi uchun uning
mantig'iga xos bo'lmagan episfeffiologik tadqiqot obyektidan iborat bo'lib qoladi.
Hozirgi davrda Popperning tanqidiyi ratsionalizm konsepsiyasitarkibiga nafaqat falsifikasionizm, uch olam, subyektSiS gnoseologiya g'oyalari, balki muayyan darajada ochiq jamiyat konsepsiyasi ham kiradi. Ochiq jamiyatning xomaki loyihasi «Ochiq jamiyat va uning dushmanlan» asarida berilgan bo'lib, «Tarixiylikning qashshoqligi» asarida kengaytirildi va aniqlashtirildi. K.Popper ijtimoiy tashkilotlarni ikki turga: ochiq - liberal va demokratik hamda yopiq tashkilotlarga bo'ladi. Yopiq jamiyatga misol tariqasida ibtidoiy traybalizmni - qabilaviy separatizm (ajralib chiqishga intilish), qadimgi davr tiraniyalari, fashistlar va sho'rolar diktaturalarini yuzaga keltiradi. Ochiq jamiyat rivojlanishining asosiy usuli texnologiya va jamiyatni boshqarishdagi siljishlar orqali amalga oshiriladigan ijtimoiy injeneriya hisoblanadi.
Jamiyat rivojlanishining istiq-bollari to'g'ridan-to'g'ri ilmiy
kashfiyotlarga bog'liq. Qilinajak ilmiy kashfiyotlarning aniq vaqtini oldindan aytib bo'lmaganidek, tarixiy jarayon yo'nalishini ham oldindan ko'rib bo'lmaydi. Ochiq jamiyat konsepsiyasi totalitarizmga qarshi yo'nalgan, shu bilan birga indeterminizmga asoslanadi va marksizmga qarshi turadi. Geraklit, Platon, Marksni Popper yopiq jamiyat g'oyasining tarafdorlari deb hisoblagan. Marks ijtimoiy rivojlanish nazariyasining tajribada tekshirib bo'ladigan qismi, Popperning fikricha, yolg'ondir. Masa-lan, Marksning kelajakdagi ijtimoiy inqi-loblar haqidagi bashoratlari, kapitalning jamlanishi va ishchilar sinfining qashshoqlanishiga doir qonunlari ham shunday xususiyatga ega.
Marks nazariyasining keyingi rivojlanishi, bashoratlarining nega amalga oshmayotganligini tushuntirish-ga
urinishlar, rivojlanishning ilk bosqichlarida bo'lganidek, marksizmni soxta fan va sodda rivoyatga aylantirar edi. K.Popperning fikriga ko'ra, «marksizmning uch nuqsoniga quyida-gilar kiradi: essensializm
- narsalar mohiyatini tushunib yetishga bo'lgan da'vosi; xolizm - narsaning har bir qismi butunligida unga xos bo'lgan xususiyatlarning aks etishi; va profetizm
- kelajakni oldindan bilish mumkinligini isbotlash»[6]. Profetizmni bashorat qilishga ishtiyoq sifatida Popper tarixiylik deb ham atadi. K.Popper g'oyalarining marksizmga qarshi yo'nalganligi liberal va konservativ qadriyatlar tarafdorlarini o'ziga jalb etdi.
Popperning tanqidiy ratsionalizmi qanchalik konservatizmga qarshi yo'nal-gan bo'lsa, shunchalik totalitarizmga (va shu kabi kommunizmga) qarshi yo'nalgan «sosial-demokratik» falsafadir. Chunki u, avvalambor, o'zgarish usuli falsafasi edi, bu o'zgarish, zo'ravonlik yo'li bilan amalga oshiriladigan inqi-lobdan farqli o'laroq, insoniylik va aql miqyosining o'zgarishi sifatida baholanishi kerak.
Shuni nazarda tutmoq lozim-ki, Popperning tarix haqidagi konsepsi-yasining «ochiq jamiyat» va «yopiq jamiyat» kabi asosiy tushunchalari
34
1 (6) 2024
Alfraganus
xalqaro ilmiy jurnali
A.Bergsonning «Axloq va dinning ikki manbayi» asaridan olingan edi. Bergsonning fikriga ko'ra, yopiq jamiyat - P<tabiat quchog'idan» endi-endi ajralib chiqqan jamiyatdir. K.Popper uchun ham bunday jamiyat sehrli tabular (taqiqlar) mavjudligiga ishonishga asoslanadi. Ochiq jamiyat, «tabularga tanqidiy munosabatda bo'lish va o'z qarorlarini o'zaro muhokama qilishni hamda o'z aqllari imkonlaridan kelib chiqqan holda qabul qilishni» o'rgangan insonlardan tarkib topgan. Bu jamiyat nafaqat ratsional-tanqidiy, balki ichki jozibaga egadir.
Popper va neopozitivistlar o'rtasida kelishmovchiligining keyingi nuqtasi falsafaga munosabat masalasi edi. Vitgenshteyn fikricha, falsafaning vazifasi nazariyalarda emas, balki amaliy faoliyatda namoyon bo'lishi kerak edi. Haqiqiy falsafaning vazifasi falsafiy bema'nilikni aniqlash hamda odamlarni mazmunli gapirishga o'rgatishdan iboratdir.
XX asrning birinchi yarmidan boshlab falsafaning narsalar mohiyatiga oid haqiqiy muammolarni hal qilish qobiliyatiga e'tibor qaratila boshlandi. Bazi nazariyotchilar fanda hech qanday haqiqiy falsafiy muammolar yo'qligiga ishonishdi. Agar mavjud bo'lsa ham, bu faqat tilga oid qo'llanish yoki so'zlarning ma'naviy muammolari deb hisoblashdi.
Kant kabi Popper ham, «falsafa sohasida uzoq vaqtdan beri bahs-munozaralarni davom ettirganda, uning negizida hech qachon so'z bilan bog'liq muammo yo'q, lekin har doim ham haqiqiy muammolar mavjud»[7] deb bildi. «Popperga ko'ra falsafiy muammolar mavjud va ular quydagilar: kosmologiya muammosi, olamni bilish muammosi, shu jumladan, biz va bizning bilimimiz bu olamning bir qismi sifatida muammo, deydi Popper. Falsafaning vazifasi koinotni va undagi joyimizni tanqidiy ravishda aks ettirish, bilim olish imkoniyatimizni, yaxshi va yomonni farqlash qobiliyatini shakllantirishdir, deydi Popper [7].
Neyrat va Karnaplar singari Vena to'garagining faol a'zolari falsafa va bilish nazariyasi kabi tushunchalarni yo'qotishga ham qaror qilishgan edi. Chunki ularning fikri bo'yicha falsafaning aslida kosmologiyaga hech qanday aloqasi yo'q edi.
K.Popperning esa fikri butunlay boshqacha bo'lib, quydagicha yozgan edi: «olam faqat metafizik, shuning uchun falsafiy g'oyalar kosmologiyaning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatishi tabiiy» [7]. Falsafaning butun tarixiga sinchiklab qaraydigan bo'lsak, uning haqiqatni izlash tarixi bo'lganligiga guvoh bo'lamiz. Shu sababli ham, faylasuflarning maqsadi, qiymatlarni tahlil qilish emas, deydi Popper, balki qiziqarli va asosiy haqiqatlarni izlash, haqiqiy nazariyalarni izlab topishdan iborat bo'lishi lozim.
Neopozitivistlar bo'lsa empirik ilm-fan yoki sof mantiqdan tashqarida bo'lgan metodik nazariya mavjudligini rad etdilar. Tilning mantiqiy tahlili sifatida esa bilish nazariyasini taklif qilishdi. Quyidagi aniq izohni Vena kulubi vakillari beradi: «bilish ta'rifga, tilga asoslangan bo'ladi. Shuning uchun bilimni o'rganish tilga aylanmog'i lozim. Shunday qilib, haqiqiy bilim nazariyasi - epistemologiya va metodologiyaning mavjudligi butkul rad etildi. Agar metodologiya, mantiq bo'lmasa, unda neopozitivistlarning fikriga ko'ra, u empirik fanning bir bo'lagi bo'lishi kerak, masalan, olimlarning ish jarayonida xatti-harakati ilmi»[8]. Bu fikrga asosan, tabiiy metodologiya nazariyasini yaratish g'oyasi kelib chiqdi.
Popper «Hamma insonlar faylasuf-lardir», degan g'oyani ilgari suradi, shu bois faylasuflar hamma insonlar kabi haqiqatni topish uchun har qanday usullarni qo'llashlari mumkin. «Yagona falsafiy usul umumiy ratsional muhokamaning usuli yoki tanqidiy tadqiqot va kundalik ongning barcha qarashlarini tekshirish usuli bo'lishi mumkin. Ushbu usulning maqsadi haqiqatga yaqinlashib, inson hayotiga kamroq yomon ta'sir ko'rsatadigan nuqtayi nazarga erishishdir»[8].
Popper chegaralash mezonini joriy qiladi hamda ilm-fan boshqa barcha nazariy qismlardan empirik usuli bilan farq qilishini aytadi. Shuning uchun bilish nazariyasi empirik usul nazariyasi sifatida tavsiflanishi kerak edi. Ammo usul nazariyasi haqida, agar ular ilmiy tezislarning hech birini soxtalashtirishdan himoya qilsagina o'rnatilishi kerak bo'lgan muntazam metodologik qoidalar to'plami mavjudligi haqida gapirish mumkin. Soxtalashtirish - bu yuqori tartib qoidasi
va boshqalar uni qo'llashni ta'minlashi kerak. Qoidalar orasidagi munosabatlar qat'iy deduktiv yoki mantiqiy emas, balki demarkatsiya mezonini qo'llash maqsadi bilan bog'liq.
Popper metodologik qoidalarni Konvensiya sifatida ko'rib chiqadi, ularni tanlov va munozaralarni tanqidiy o'rnatish bilan aniqlaydi va empirik fanga xos o'yin qoidalari sifatida tavsiflaydi. Ular, masalan, shaxmat qoidalaridan jiddiy farq qiladi. K.Popper bunday uslubiy qoidalarning ikkita misolini keltiradi:
Birinchisi ilmiy o'yin bo'lib, uning, oxiri yo'q. Hech qachon ilmiy tezislarning tekshiruvga muhtoj emasligini va to'liq tekshirilgan deb hisoblovchi har bir kishi o'yindan chetlatiladi.
Ikkinchisi agar ayrim gipotezalar ilgari surilgan bo'lsa va ular tekshiruvdan o'tgan hamda uning barqarorligini isbotlagan bo'lsa, uni «yetarli asoslarsiz» yo'q qilib bo'lmaydi. «Yetarli asos», bu farazni boshqa, yaxshi sinovdan o'tgan yoki bu farazning natijalaridan birining soxtalashtirilgan shakli bo'lishi ham mumkin.
XULOSA
XX asrning oxiri ratsionalizm uchun u qadar yaxshi bo'lmagan davrlardan biri bo'ldi. K.Popperning tanqidiy ratsionalizmi ham jamiyatning bir qismi uchun o'zining jozibadorligini yo'qotdi. Ochiq jamiyatning asosiy - qonun ustuvorligi g'oyasi - har qanday erkin insoniy jamiyat uchun katta ahamiyat kasb etdi. K.Popperning fikriga ko'ra, G'arbda ochiq jamiyatlar real mavjuddir. Boshqa tomondan, ular «barcha qachonlardir mavjud bo'lganlardan eng yaxshi, erkin va adolatli, o'zini o'zi tanqid ostiga oluvchi va islohotlarning o'zlashtiruvchisidir». Bu fikrlar yana bir bor «hozirgi vaqt va kelajak shunday chalkashib ketishi mumkinki, unda tanqid ostidagi tanqid qiluvchiga aylanadi va uning teskarisi bo'lishi mumkin» degan qoidaning to'g'riligini isbotlaydi. Demak, neopozitivizmni ratsional va tanqidiy bartaraf etish jarayonida foydalaniladigan metodologiyaning kuchli va bo'sh tomonlari ustida yana bir bor atroflicha o'ylab ko'rish zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Философия и интеграция современного социально-гуманитарного знания (материалы круглого стола) //Вопросы философии. - №7. 2004. - С. 30-35.
2. Поппер К.Р. Логика и рост научного знания. -M.: Наука, 1983. - С. 241-242.
3. Шишков И.З. В поисках новой рациональности: философия критического разума. - М.: эдиториал УРСС, 2003. - С 50.
4. Поппер К.Р. Объективное знание. Эволюционный подход. - Перевод с английского Д. Г. Лахути. - М., 2002. - С. 74.
5. Лахути Д. Г. Карл Поппер и его критики / Составление. - М.: Эдиториал УРСС, 2000. - С. 51.
6. Поппер К.Р. Нищета историцизма. - M., Издательская группа Прогресс, 1993. - C. 38.
7. Поппер К.Р. Предположения и опровержения: Рост научного знания. - М.: ООО Издательство ACT: ЗАО НПЛ Ермак, 2004. - С. 141.
8. Kurba^v, C. M., Shaniyazov, S. S., Nurfayziev, J. B., & Sherboboev, M. A. U. (2020). GEOPOLITICAL AND ECONOMIC INTERESTS OF THE RUSSIAN EMPIRE IN THE SECOND HALF OF THE 19 th CENTURY IN CENTRAL ASIA. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptotogy, 17(7), 8521-8546.
9. Sherboboev, M. A. O. (2021). CRITICAL RATIONALISM AS A METHODOLOGICAL MEANS OF SCIENTIFIC KNOWLEDGE. Academic research in educattonal sciences, 2(8), 89-97.
10. Azimmurod о'^Н, S. M. (2023). KARL POPPERNING ILMIY BILISH MANTIG 'I VA YANGI O 'ZBEKISTONDA IJTIMOIY BILISHNING O 'ZIGA XOSLIGI. Finland Intei-nat^a! Scientific Journal of Educatton, Social Science & Humanities, 11(2), 447-453.
35