Научная статья на тему 'FALSAFIY DUNYOQARASH BARCHA EZGU-NIYATLARNI AMALGA OSHIRUVCHI MA’NAVIY KUCHDIR'

FALSAFIY DUNYOQARASH BARCHA EZGU-NIYATLARNI AMALGA OSHIRUVCHI MA’NAVIY KUCHDIR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1224
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Falsafiy dunyoqarash / milliy manfaat / milliy yuksalish / ma’naviy kuch / global makon / axbarotlar ummoni / falsafiy tafakkur. / Philosophical worldview / national interest / national progress / spiritual power / global space / information ocean / philosophical thinking.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jumanova, G.I., Sherboyev, S.P.

Ushbu maqolada jamiyatni rivojlantirishda muhim omil odamlarning yangicha dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish, ya’ni ularni “tafakkur qulligi”dan ozod qilish masalasi falsafiy tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PHILOSOPHICAL WORLDWIDE IS A SPIRITUAL POWER THAT MAKES ALL GOOD INTENTIONS

This article provides a philosophical analysis of the formation and development of a new worldview of people and the development of society, that is, freeing them from the "slavery of thought"

Текст научной работы на тему «FALSAFIY DUNYOQARASH BARCHA EZGU-NIYATLARNI AMALGA OSHIRUVCHI MA’NAVIY KUCHDIR»

FALSAFIY DUNYOQARASH BARCHA EZGU-NIYATLARNI AMALGA OSHIRUVCHI MA'NAVIY KUCHDIR

G.I. Jumanova

ToshPMI Falsafa kafedrasi katta o'qituvchisi Talaba S.P. Sherboyev

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jamiyatni rivojlantirishda muhim omil odamlarning yangicha dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish, ya'ni ularni "tafakkur qulligi"dan ozod qilish masalasi falsafiy tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Falsafiy dunyoqarash, milliy manfaat, milliy yuksalish, ma 'naviy kuch, global makon, axbarotlar ummoni, falsafiy tafakkur.

АННОТАЦИЯ

В этой статье дается философский анализ формирования и развития нового мировоззрения людей и развития общества, то есть освобождения их от «рабства мысли».

Ключевые слова: философское мировоззрение, национальный интерес, национальный прогресс, духовная мощь, глобальное пространство, информационный океан, философское мышление.

ABSTRACT

This article provides a philosophical analysis of the formation and development of a new worldview of people and the development of society, that is, freeing them from the "slavery of thought"

Keywords: Philosophical worldview, national interest, national progress, spiritual power, global space, information ocean, philosophical thinking.

KIRISH

XXI asrga kelib jahon xalqlarining hayotida katta o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz", "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz", "Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir"1 nomli nutq va ma'ruzalar to'plamidan iborat bo'lgan kitoblarida yangi sharoitda islohotlarni izchillik bilan

1 Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халкимиз билан бирга курамиз.- Т.: «Узбекистан» НМИУ,2017., Миллий тараккиёт йулимизни катъият билан давом эттириб,янги боскичга курарамиз.1-жилд.- Т.: «Узбекистан» НМИУ,2017.,Халкимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий ба^одир.2-жилд.- Т.: «Узбекистон» НМИУ,2018.

amalga oshirishning tarixiy zaruriyat ekanligi, uni amalga oshirishning yangicha shakl, usul va vositalari ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan .

Mustaqillik uchun ochiq yoki pinhona davom etgan kurashlardan so'ng o'zining haqiqiy mustaqilligiga erishgan o'zbek xalqi ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy davlatni qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish orqali ozod va obod Vatanda, erkin va farovon hayot kechirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Bu maqsadga erishish uchun odamlarning yangicha dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish, ya'ni ularni "tafakkur qulligi"dan ozod qilish masalasi eng dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Bunga sabab O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi I.A.Karimov aytganidek:" tafakkur ozod bo'lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutulmasa inson to'la ozod bo'lolmaydi"2.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston xalqi mustaqillikning o'tgan "Milliy tiklanish" (1991-2016 yillar) davrida mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy mustaqilligini ta'minlash borasida ulkan ishlarni amalga oshirdilar. Odamlar ongida, eski sovet mafkurasidan qutilib, yangicha o'zbekona milliy falsafiy dunyoqarashning shakllanishiga zamin yaratildi. Zero, shunday ekan, o'zbek xalqining milliy manfaatlarni o'zida ifodalovchi yangicha milliy falsafiy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirish masalasi zaruriyat darajasiga ko'tarildi. Mustaqillikning "Milliy yuksalish" davriga kelib esa O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: ".bugun xalqimizning tafakkuri ham, dunyoqarashi ham, talab va ehtiyojlari ham butunlay o'zgardi. Odamlarimiz hamma narsaga ziyrak va teran nazar bilan qaramoqda"3. Bu degan so'z jamiyat o'zgarishi bilan odamlarning falsafiy dunyoqarashi ham o'zgaradi. Bu o'zgarish dialektik, ba'zida esa sinergetik shaklda yuz beradi.

"Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish" davriga o'tish davrida barcha aholi qatlamlarining, xususan mamlakat aholisining 60% ni tashkil qiluvchi yoshlarning falsafiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, to'g'ri shakllangan va yo'naltirilgan falsafiy dunyoqarash barcha ezgu-niyatlarni amalga oshiruvchi ma'naviy kuch, ya'ni inson tanasining ruhiy quvvati sifatida maydonga chiqadi. O'zbekona yangicha milliy falsafiy dunyoqarashni shakllantirishning mantiqiy mag'zini Sh.M.Mirziyoyevning:"Ruhsiz tana o'lik kabi

2 KapHMOB H.A. Y36eKHCTOHHHHr CHeCHH-H^THMOHH Ba HRTHCOgHH HCTH^6o^HHHHr aCOCHH TaMOHH^apH//YHHHr y3.BaTaH ca^garox Ka6u MyKanaacgHp.T.3. - T.:Y36eKHCTOH,1966. B. 34.

3 Mup3ueeB ffl.M. Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu npe3HgemuHHHr O^HH Ma^ucra Mypo^aaraoMacu// YHHHr y3H. Mhmhh THK^aHHrngaH-MH^^HH MKca^um capu. 4- - TomKeHT:«Y36eKHCTOH» HMHY,2020. - B.9.

bo'lganidek, milliy ruhsiz tarix ham, voqelik ham ma'lumotlar va axborotlar yig'indisidan iborat bo'lib qoladi. Inson qalbida milliy g'urur tuyg'usi, o'z xalqi va Vataniga mehr hissi uyg'onmasa, har qanday noyob ma'lumot ham uning qalbiga chuqur kirib bormaydi. Biz bunga aslo yo'l qo'ymasligimiz lozim.

Bugungi global makonda, qarama-qarshiliklar, inson, ayniqsa, yoshlarning ongi va qalbini egallash uchun kurash nihoyatda kuchaygan hozirgi sharoitda yosh avlod tarbiyasining o'rni va ahamiyati har qachongidan ham ortib borayotgani hech kimga sir emas. Siz bilan biz yashayotgan zamonning achchiq haqiqati shundan iboratki, katta hayot ostonasiga qadam qo'yayotgan yoshlarni agar sog'lom kuchlar to'g'ri yo'lga boshlamasa, g'arazli niyatlar bilan yurgan buzg'unchi kuchlar o'z ortidan ergashtirib ketadi. Dunyodagi raqobatga bardoshli, jahon maydonida o'z o'rnimga ega bo'laman, degan har bir xalq shu masalalar haqida jiddiy o'ylaydi, bu borada amaliy choralarni ko'radi. Zarur choralarni ko'rmasa, hech shubhasiz, xalq va millat sifatida o'zligini boy beradi"4 ,-degan fikrlari tashkil qiladi. Shuning uchun ham odamlar, ayniqsa yoshlarning falsafiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish hech qachon o'zining dolzarbligini yo'qotmaydigan masalalar qatoriga kiradi. "Falsafiy dunyoqarash - bu olam va odam munosabatlaridagi tabiat, jamiyat va insonning eng umumli o'zaro bog'lanish, aloqadorlik va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish asosida kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta'sirida shakllanadigan va rivojlanadigan bir butun olam haqidagi ilmiy, tarixiy, mantiqiy, universal, maqsadli, goyaviy, nazariy bilim va amaliy xatti-harakatlarning yaxlit tizimi. Jamiyat taraqqiyoti va falsafaning rivojlanish dialektikasi ana shu xususiyatlarga asoslanib, o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi. Bir tomondan, jamiyatning o'zgarib borish tamoyili falsafiy g'oya, nazariya va ta'limotlar o'zgarishini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, o'zgarayotgan falsafa jamiyat moddiy-ma'naviy hayot tarzini ilg'ab olib, uning istiqbollarini belgilash, mafkurasini shakllantirishda nazariy, uslubiy asos bo'lib xizmat qiladi. Falsafiy tafakkur- ma'naviy taraqqiyot mahsulidir.

Tafakkur orqali inson faqat bugungi kunni emas, utmishni ham kelajakni ham biladi, farazlaydi, umumlashtiradi va tushunchalarda ifodalaydi. Inson tafakkuri orqali vokea-xodisalar orasidagi uzaro aloqadorlikni, qonuniyatlarini ochadi, taqqoslaydi, tahlil qiladi. Ingliz faylasufi R.Dekart "Men fikr qilayaman, demak men mavjudman" degan so'ziga binoan muloxaza qiladigan bo'lsak, fikr qilishlik insonni

4 Mnp3HeeB ffl.M. X,ap6HH-BaTaHnapBap^HK Tap6nacHHH KynanTHpHm - go^ap6 Ba3H$aMH3gnp// yHHHr y3H. Mhmhh THK^aHHmgaH-MH^^HH MKca^nm capu. 4- - TomKeHr:«y36eKHCTOH» HMHY,2020. -B.136-137. 4..H.A.fflepMyxaMMegoBa "®a^ca$acn."2009 h.

Scientific Journal Impact Factor

tirikligidan,intiluvchanligidan va ogoxligidan dalolatdir. Ming afsuski biz yashayotgan kishilik jamiyatida xar doim fikri qaram mantiqsiz muloxaza yuritadigan insonlar mavjuddir. Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko'rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko'zdan kechiradigan bo'lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g'oya va ta'limotlar bilan yovuz va zararli g'oyalar o'rtasida azaldan kurash mavjud bo'lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko'ramiz.

Axborot asri deb nom olgan XXI asrda tevarak atrofni go'yo ulkan «axborot ummoni» o'rab olgan va shu muhit shunchalik tez o'zgarmoqdaki, ushbu axborotlar ummonida bemalol suza olish uchun, ularni tez qabul qilish, tez qayta ishlash va ulardan samarali foydalanish mahoratiga ega bo'lish talab etiladi.Shuni yodda saqlomoq kerakki, inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Chunki, yoshlarimizning fikrlash qobiliyati, teran tafakkur egasi bo'lmish, yetuk dunyoqarashni anglab olish - dolzarb vazifadir. - "Ma'naviyat - eng ta'sirchan va qudratli qurolimiz" degan tamoyilga rioya qilishimiz zarur. Yoshlarimizning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur.

Hayot falsafasidan kelib chiqib turmush tarzimiz, ijtimoiy hayot jabhalariga teran nazar tashlasak, ijobiy jihatlarimiz qatorida salbiy holatga monand yoshlar ongu tafakkurida- dunyoqarashga nisbatan qat'iyan bo'shligi, fikr faqirligi, ruh qaramligi, iroda va qobiliyat sustligi, loqaydpik, boqimandalik, axloqiy kemtiklik, mantiqiy bilimsizlik, tanqidiy mulohaza, burch va mas'uliyatni chuqur his qilmaslik kabi salbiy illatlarni oz bo'lsada uchratish mumkin.

Falsafiy dunyokarash tarkibida xissiyot va akl muhim urin tutadi. Xissiyot dunyoqarashning emotsional-ruxiy jixati bulib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning akliy shaklidir. Xissiyot quvonch, shodlik, zavqlanish, xayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, xavotirlanish, asabiylashish, yolkizlik, zaiflik, ruxiy tushkunlik, g'am-g'ussa, nadomat, o'z yakinlari va vatani takdirini uylash kabi xilma-xil shakllarda namoyon bo'ladi. Ana shular barchasining uyg'unligi dunyoni xis etishga olib keladi. Dunyoni xis kilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo'ladi. Har bir kishiga xos xissiyot va fikr,

Scientific Journal Impact Factor

bilim va e'tikod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va qadriyatlar dunyokarash tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun xolda aks ettiradi. Bir butun, yaxlit dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, inson xayotining oxirigacha davom etadi. Bu xolat individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi.

Falsafiy dunyoqarashning shakllanishida bilim g'oyatda muhim axamiyat kasb etadi. Bilimda dunyokarashning barcha belgilari mavjud. Bilim va dunyokarash aynan bir narsa emas. Olamni tushunish bilimlar paydo bulishi uchun asosdir. Bilim inson ongida xissiy va aqliy bilish jarayonida xosil bo'ladi, u dunyokarashning asosi, uning o'zviy kismidir. Bilim muayyan sharoitda biron bir xodisa yoki narsani baxolashda ko'l keladi va aynan ana shu jarayonda dunyoqarashga aylanadi. Bunday baxo berish jarayonida mudom muayyan manfaatlar asos qilib olinadi. Shuning uchun xam ijtimoiy dunyokarash turli ijtimoiy guruxlar manfaatlarini ifoda etadi, goxida ularni amalga oshirish uchun kurash maydoni bo'lib koladi.Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev "Dunyoqarashni- ilm, daromad, manfaat o'zgartiradi "deb aytgan so'zlari fikrimiz tasdig'i deyish mumkin.Biror partiya yoki gurux o'z maksadlariga yetishish yulida butun jamiyat uchun xos bo'lgan umumiy ijtimoiy dunyokarash tarkibida kuprok va salmoklirok joy egallashga yoki uni o'z manfaatlari foydasiga o'zgartirishga xarakat kiladi. Umuman, xayotda maksadga erishishning eng oson va kulay yo'li o'zgalar dunyokarashini jamiyat foydasiga o'zgartira olishdir.

Falsafiy do'nyoqarashga ega bo'lgan odamlar hayotining asosiy maqsadini o'z xalqi va umuminsoniyatning ozodligi va farovonligi uchun olib boriladigan kurash bilan bog'laydilar. Masalan. Zardo'sht (er.av. VI asrda yashagan),Muhammad ibn Abdulloh (570-632), Alisher Navoiy (1441-1501), Moxandas Karamchand Gandi (1869-1949). Ibrohim Mo'minov (1908-1974),I.A.Karimov(1938-2016) va shu kabi buyuk insonlarning dunyoqarashi gumanistik xarakterga ega bo'lgan.

Bugungi kunda falsafiy tafakkurning yangilanishi nafaqat umumiy ma'naviy muhitning, balki har bir jamiyat a'zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o'zgarishi hamdir. Kelajak insonni tarbiyalashda biz, avvalo, jamiyat taraqqiyoti tendensiyalarini va ayni paytda milliy ma'naviyatimiz xususiyatlarini hisobga olmog'imiz lozim. Bu masalani milliy va umuminsoniy falsafiy g'oyalarni, nazariyalarni ishlab chiqmasdan hal qilish mumkin emasligi esa tobora aniq bo'lib bormoqda.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar orqali ularning ma'naviy dunyosini yuksaltirishga, kitobxonlik hamda mutolaa madaniyatini shakllantirish ularni vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbir va tanlovlar tashkil etish, yangi O'zbekistonga yangicha dunyoqrashli insonlar orqali oliy maqsadimizga erishishimiz.

REFERENCES

1. Мирзиёев Ш.М. Хдрбий-ватанпарварлик тарбиясини кучайтириш - долзарб вазифамиздир// Унинг узи. Миллий тикланишдан-миллий юксалиш сари. 4-жилд. - Тошкент:«Узбекистон» НМИУ,2020. -Б. 136-137.

2. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халкимиз билан бирга курамиз.- Т.: «Узбекистон» НМИУ,2017

3. Akmalova, P. D. (2019). The concept of moral personality development in creativity of thinkers of central asia. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 9(1), 135-141.

4. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.

5. Jurayev, S. S. O. G. L. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BORLIQ MASALASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 12-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.