KARIM YO'LDASHEV IJODIGA BIR NAZAR
N.Utaganova O'z DSMI Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Maqolada serqirra ijodkor, iste'dodli rejissor, teatr rassomi, bir nechta instsenerofkalar muallifi Karim Yo'ldoshevning hayot yo'li, ijodiy faoliyati haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: teatr, rejissor, sahna, instsenerofka, suflyor, rassom, ijodiy faoliyat, truppa
A LOOK AT KARIM YOLDASHEV'S CREATION
N.Utaganova Fergana regional branch of UzSIAC
Abstract: The article talks about the life path and creative activity of Karim Yoldoshev, a prolific artist, talented director, theater artist, author of several stage plays.
Keywords: theater, director, scene, staging, prompter, artist, creative activity, troupe
Serqirra ijodkor, iste'dodli rejissor, teatr rassomi, bir nechta instsenerofkalar muallifi Karim Yo'ldoshev 1940-yil 15-yanvarda Toshkentda san'atkorlar oilasida tug'ilgan. Oilaviy muhit va yaqinlarining san'at sohasiga bo'lgan munosabati uning qalbida san'atga qiziqish uyg'otdi. Xolasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Tursunaxon Jafarova san'at sohasiga kirib kelishiga sababchi bo'ldi. Bolaligida boshlangan rang tasvir bilan ishlash va teatr san'atiga bo'lgan ishtiyoq uni san'at olamiga yetaklab keldi.
Bolalaik paytlarida oilasi bilan Namangan shahriga ko'chib keladi. Namangan shahridagi 3-umumta'lim maktabda tahsil oladi. Zamonadagi taloto'plar, qiyinchiliklar, hayotning og'ir tashvishlari bois o'quvchilik davridan ishlab oilasiga yordam berishga majmur bo'ladi. Bolalik gashtini surib, tengqur bolalari bilan ko'cha changitib o'ynash davrning boshqa bolalari qatori bo'lajak san'atkor uchun ham orzu edi. Lekin mashaqqatlar ichidan hayot va mehnat zavqini topa olgan bolakay o'zi qiziqqan sohasida ishlay boshlaydi. 9-10 yoshligidanoq kinolenta o'rashni o'rganib olib, kinomexaniklik qilib yuradi. San'atning ichida yurib, uni kuzatadi, zavq oladi va o'rganadi. Maktabda ham tengqurlari orasida eng faol o'quvchilardan bo'lib, rassomchilik, fizika kabi fanlarga juda qiziqqan va ishtiyoq biloan o'rgangan. Shu
ffciTii^^Bl 142 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
fanlardan a'lo baholarga o'qib, yuqori sinfda o'qiyotganda paytda chizmachilik fanidan to'garak ochib, o'quvchilarga dars o'tgan, ham ro'zg'or uchun pul topgan. Bir necha marta fizika fan olimpiadalarida ham qatnashgan. Rasm chizishga ishtiyoqi va iqtidori tufayli maktab sinfxonalariga ilinadigan devoriy gazetalar, turli tadbirlar uchun plakatlarni tayyorlashni ustozlari unga topshirardi. Maktabdagi hech bir tadbir uning ishtirokisiz o'tmagan. Maktabda sinfdosh do'stlari bilan teatr jamoasi tuzib, spektakllar sahnalashtirib zvaq olar edi. Keyinchalik u tomonidan tuzilgan jamoaning bu ijodi festivallarda yuqori baholanib, respublika miqyosida ham fahrli o'rinlarni qo'lga kiritgan.
Ijodkor bilan suhbat chog'ida-"Jamoamiz bilan yig'ilib hammamiz birglikda Arkadiy Gaydaning "R.V.S" degan asarini sahnalashtirganmiz, men ko'proq salbiy rollarni o'ynardim, Po'latjon ismli yaqin sinfdosh do'stim rejissor bo'lardi, spektakl yanayam chiroyli ta'sirli bo'lishi uchun dekoratsiya qilib, katta oq devoriy qog'ozga rasm chizardim, ham rassom edim, ham rol o'ynardim, keyinchalik bizni Namangan shahrining markaziy bog'iga spektakl qo'yib berishimiz uchun taklif qilishgan. Shu orqali biz shaharga huddi havaskor teatr truppasidek tanilib qoldik" deb xotirlaydi. Maktab davridanoq kelajagining tamal toshini qo'ya boshlagan yosh rassomning endi teatr sohasiga ham qiziqishi ortib respublika festivallarida truppa bilan ishtirok eta boshlashdi. San'at hayotining mazmuniga aylanib ulgurgan, yosh Karim Yo'ldoshev maktabni tamomlab hozirgi O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutiga rassomchilik yo'nalishi uchun hujjatlarini topshirishga keladi. O'qishga qabul qilinib tahsil ola boshlaydi.
Karim Yo'ldoshev oliy ta'limning rejissura sohasida 2 yil o'qib, bu sohaning mohiyatini yaxshi anglay olmay qiynaladi. Sababi o'sha vaqtda darslar faqat rus tilida o'tilar va rus tilini yaxshibilmaganligi unga qiyinchilik tug'dirardi. Oxir -oqibat u o'qishni tashlab Namangan teatriga qaytadi. O'sha davrda teatrning bosh rejissori bo'lgan Albert Xachaturov Karim Yo'ldoshev hayotida rejissorlik maktabining katta ustozi bo'ldi. Avvaliga u suflyor, afisha yopishtiruvchi, sahnada kichkina epizodlarni o'ynaydi. Keyinroq A.Xachaturov uning rejissorlik qobilyatini sezib, uni o'z yoniga oladi va sohaning past-balandini o'rgatishga kirishadi. Rejissorlik sohasi va bu kasbining sirlarini Karim Yo'ldoshev ko'proq shu ustozidan o'rganadi.
Namangan teatridagi ustoz rejissorlaridan yana biri Grigoriy Petrovich Kim bilan hamkorlikda Stepanenkaning "Yozilmagan qonunlar" asarini sahnalashtiradi. Grigoriy Petrovich Kim bilan rejissorlik sohasidagi qarashlari bir biriga mos tushib spektakl muvaffaqiyatli chiqadi. Ustozlarining undovi bilan Karim Yo'ldoshev o'qishga qaytadi. Rejissorlik sohasida ancha tajriba orttirib qaytganligi uchun o'qishdagi qiyinchiliklar endi sezilmaydi. Ilm olishga bo'lgan intilish sabab, endi u rus tilini ham astoydil o'rganishga kirishadi. Rus tilini yaxshi o'rganib keyinchalik Rossiyada bir muddat ishlar tajriba ham orttiradi.
ncTTni^^H] 143 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Karim Yo'ldashev maqtovlar va shon-shuhroat ketidan yugurmadi chin san'atkorlik baxtini ijoddan deb bildi va topdi. O'qidi, izlandi ustozlar ijodini kuzatdi, o'zi uchun yangi yo'l, uslub yarata oldi.
Karim Yo'ldoshev yuqori kursga o'tgan yillarida hozirgi Milliy akademik drama teatrida yordamchi rejissor sifatida ishga qabul qilinadi. Bu paytda u rejissor Ginzburg bilan birgalikda Sarvar Azimovning "So'nmas yulduzlar" asarini sahnalashtirishga arishdi. 1964-yil shu teatrda rejissor Toshxo'ja Xo'jayev yozuvchi Chingiz Aytmatovning "Sarvqomat dilbarim" asarini sahnalashtiradi. Spektakl, ayniqsa asar Karim Yo'ldoshevga juda yoqib, o'ziga oxangrabodek tortadi hamda uni diplom ishiga sahnalashtirish to'g'risida rejalashtiradi. Asar sahnalashtirilib, spektakl premyerasida yonma yon o'tirgan o'sha paytdagi Namangan teatrining direktori Obidjon Maqsudov "Spektaklga gap yo'q, lekin parda ko'p ochilib yopilishi yomon ekanda" deb fikr bildiradi. Karim Yo'ldoshev fursatdan foydalanadi, institut uni diplom ishi uchun boshqa viloyat teatriga yuborayotgan bir payt edi. "Obidjon aka agar men sizga huddi mana shu asarni bitta ham parda ochilib yopilmaydigan qilib sahnalashtirib bersam meni Namangan teatriga olib ketasizmi?" deydi. Direktor rozilik bildiradi. Chunki u Karim Yo'ldoshevni yaxshi bilar, ustozi Albert Xachaturov bilan yurgan paytlarida ishlarini kuzatgan va zavq olgan edi. Shunday qilib u 1965-yil diplom ishi Chingiz Aytmatovning "Sarvqomat dilbarim" asarini Namangan teatrida muvaffaqiyatli qo'yadi. O'qishni tamomlab, jonajon Namangan teatrida rejissor bo'lib ijodiy faoliyatini boshlaydi.
Ijodkor ko'p yillar Namangan, Sirdaryo, Farg'ona, Qo'qonda rejissor sifatida faoliyat olib bordi. Jamoatchilik va shogirdlari mehrini qozondi.
San'atshunos olim, professor Sotimboy Tursunboev K.Yo'ldoshev ijodi haqida shunday deydi: -"1965 -yillar boshlarida ancha putur yetgan Namangan teatri, aynan K.Yo'ldoshev sahnalashtirgan spektakllar bilan ijodiy gullash davriga kirdi. O'n yillik faoliyati davomida "Tohir va Zuhra", "Layli va Majnun", "Gulisiyoh", "Navoiy Astrobodda", "Halima", "O'n sakkizga kirmagan kim bor", "Vaqt 24 soat", "Ota o'g'li" "Qaroqchilar" kabi o'ttizga yaqin asarlarni sahnaga qo'ydi." 1
Qayerda faoliyat olib bormasin Karim Yo'ldashev rejissor sifatida o'z talqini va uslubi bilan teatrning repertuarini boyitdi. Unda turli xil mavzudagi tarixiy, klassik hamda zamonaviy mazmundagi asarlar o'rin oldi. Teatrning salohiyati uning repertuari bilan belgilanishi yaxshi bilgan rejissor chin ma'noda teatrda ijodiy o'sish borligini ko'rsatdi, axil bir jamoa yarata oldi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Содикрв X,. Узлигини излаган инсон. / "Наманган х,ак;ик;ати" 2011 йил 5 январь
1 Соди;ов X. Узлигини излаган инсон. / "Наманган хаки;ати". 2011 йил 5 январь
ПссШ^^Ш] 144 ISSN 2181-063Х/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
2. Karim Yo'ldashev bilan suhbat.
3. Yuldashev, K., & Jo'Raeva, M. A. (2023). AP CHEXOVNING "IVANOV" ASARI HAQIDA. Oriental Art and Culture, 4(1), 651-655.
4. Yuldashev, K., & Jo'Raeva, M. A. (2023). KINODA OVOZ. Oriental Art and Culture, 4(1), 739-743.
5. Yuldashev, K., & Jo'Rayeva, M. A. (2023). ARISTOTELDAN KEYINGI TEATRLAR. Oriental Art and Culture, 4(4), 148-152.
6. Yuldashev, K., & Juraeva, M. A. (2023). Task and Role Behavior. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(1), 36-40.
7. Yuldashev, K., & Juraeva, M. A. (2023, May). THE MOST IMPORTANT TERMS OF DRAMATURGY. In International Conference on Research Identity, Value and Ethics (pp. 206-208).
8. ^ypaeBa, M. A., & MngarneB, K. (2021). HYRTH YMP. Oriental Art and Culture, 2(4), 115-122.
9. Yuldashev, K., & Jo'Rayeva, M. (2022). IJODKORLAR. Oriental Art and Culture, 3(1), 133-141.
10. Yuldashev, K., & Jo'Rayeva, M. (2022). PARANJI SIRLARI YOXUD XOLISXON (TO 'LAXON). Oriental Art and Culture, 3(2), 889-895.
145
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)