O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO'RSATGAN SAN'AT ARBOBI JO'RA MAHMUDOVNING IJODIY VA PEDAGOGIK FAOLIYATINING UYG'UNLIGI
Faruhjon To'rayev
Annotatsiya: Mazkur maqolada pedagog va rejissor, O'zbekiston Respublikasida xizmat san'at arbobi Jo'ra Mahmudovning pedegogik ijodiy faoliyati. Aktyorlik va rejissyorlik kurslarida ta'lim berish uslubiyatining o'ziga xosligi. Jahon va O'zbek teatr san'ati pedagogikasi, aktyorlik maktablari an'analarining davomiyligi. Aktyorlik va rejessura tendensiyalari, sahna asarining yaxlitligi va badiiyligi, Jo'ra Mahmudov izlanishlarining ijodiy samaradorligi asosiy e'tiborga olingan. Shuningdek, O'zbek teatrlarida sahnalashtirilgan spektakllari va dramatik pyesalari, ilmiy asarlarining milliy va zamonaviy uyg'unlashuvi haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: teatr, dramaturgiya, pyesa, personaj, ssenagrafiya, madaniyat, K.S.Stanislavskiy, obraz, qahramon, harakter, muhit, pessa, harakterlilik, sahnaviy makon, hatti-harakat, uslub, maktab, akademik, an'ana, mumtoz, sahna, sistema, aktyor, rejissyor, ssenariy, dramaturg, shart-sharoit, butafor, pedagog, rassom, libos, ijod, tovush, chiroq, dekaratsiya, san'at, professional, tasavvur, spektakl, timsol, zamonaviy, ashula, musiqa, raqs, sinkret, jest, pantomima, plastika, grim, tendensiya, radio, partitura, tarix
THE HARMONY OF THE CREATIVE AND PEDAGOGICAL ACTIVITY OF JORA MAHMUDOV, THE ARTIST SERVED IN THE REPUBLIC OF
UZBEKISTAN
Faruhjon Torayev
Abstract: In this article, the pedagogic creative activity of Zhora Mahmudov, pedagogue and director, service artist in the Republic of Uzbekistan. The uniqueness of teaching methods in acting and directing courses. Pedagogy of world and Uzbek theater art, continuation of traditions of acting schools. Acting and directing trends, the integrity and artistry of the stage work, and the creative efficiency of Jora Mahmudov's researches were taken into account. Also, it will be discussed about the national and modern combination of plays and dramatic plays, scientific works staged in Uzbek theaters.
Keywords: theater, dramaturgy, play, character, scenography, culture, K.S. Stanislavsky, image, hero, character, environment, profession, character, stage space, behavior, style, school, academic, tradition, classical, stage, system, actor, director,
ITFVE^^Hl 321 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
screenplay, dramatist, conditions, props, pedagogue, artist, dress, creativity, sound, lamp, decoration, art, professional, imagination, performance, symbol, modern, song, music, dance, syncret, gesture, pantomime, plastic, grime, trend, radio, score, history
"San'atimizdagi hamma narsa artist bo'lishni istagan har bir o'quvchidan birinchi navbatda organic tabiatning ijodiy qonunlarini nazariy tomondangina emas, balki amalda ham batafsil o'rganishni talab qiladi. O'quvchi, shuningdek, psixotexnikamizning hamma usullarini o'rganish va amaliy egallashga ham majburdir. Bularsiz sahnaga chiqishga hech kimning haqqi yo'q. Aks xolda san'atimizda chinakam mahorat egalari emas, balki havaskorlar, chala mullalar yetishib chiqqan bo'ladi. Bunday sahna hodimlari bilan teatrimiz o'smaydi, gullab yashnamaydi. Aksincha, ular tushkunlikka mahkum etilgan bo'ladilar"-K.S.Stanislavskiy.
O'zbek milliy teatr san'ati tashkil etilgan ilk davrlar va bugungi kun oralig'ida uzoq va sermazmun tarix mujassam. Bu tarix sahifalarida rang-barang bitiklar bisyor. Unda qizg'in ijodiy jarayonlar, turfa hil san'at asarlari. Bir-biriga o'xshamagan istedod egalarining salmoqli mehnatlari muhrlanib qolgan.
Oily ta'lim tizimida o'zbek milliy teatr san'ati pedagogikasi tashkil topganidan buyon 80 yil o'tdi. Bu davrda, "vaqt" deb atalmush oily hakam bag'rida qanchadan-qancha buyuk istedod egalari kamol topdilar. Davrlar silsilada toblangan o'zbek teatrlari va milliy san'ati tarixi zarvaraqlarida minlab san'atkorlaning nomlari ham mangu muhrlanib qoldi. Qanchadan-qancha namoyondalar o'z ijod mahsullari bilan vatan nomini dunyoga tanitdilar. O'zbekiston iste'dodlar makoni, san'atsevar va san'atkor xalq ekanligini olam ahliga isbotladilar va isbotlab kelmoqdalar. Chindan ham bugun dunyoning rivojlangan mamlakati borki, O'zbekiston va uning san'ati borasida ma'lum tushunchalarga ega. Bularning barchasi millatimiz san'ati tobora yuksalib borayotganini isbotlaydi.
Teatr ma'naviyat markazi, ziyo maskani hisoblanar ekan, u yerda faoliyat olib borayotgan ijodkorlar tarbiyachi vazifasini o'taydi. Tomosha san'at pedagoglari va ularning bosib o'tgan ijod yo'llari, yaratgan ijro maktablari, o'ziga xos an'analari keyinchalik o'zbek teatr san'ati pedagogikasida asosiy dasturil amal vazifasini o'tay boshladi. Bugun professional darajadagi ijrolari, ulkan ijodiy salohiyati va bama'ni asarlari bilan dunyoning har qanday san'at sohasi bilan bahslasha oladigan O'zbek milliy san'atining kamoloti, undagi ijrochilarning o'zbek san'at pedagogikasining ilk namoyandalari asos solgan an'ana va maktablaridan suv ichgan bilimlari tufayli yuzaga chiqmoqda.
Shunday insonlar bo'ladiki, ular bu olamni tark etganlarida ham yor-u do'stlari, hamkasblari, maslakdoshlari, umuman, barcha-barchaning qalbida ezgu amallari, qilgan hayrli ishlari bilan mangu muhrlanib qoladi. Har qachon uni yodga olganda
ncTTni^^H] 322 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
so'zlovchining ko'zlarida quvonch, yuzlarida tabassum paydo bo'ladi va to'lib-toshib gapira boshlaydi. Ayniqsa, teatr san'ati pedagogikasi sohasida faoliyat olib borgan insonlar o'z shogirtlari qalbida umrbod yashaydi. Ularning bergan ta'lim-tarbiyasi, ilmi hamda bilimlari bir umr hayot yo'llarida, sahnada suyanchiq vazifasini o'taydi. Shu bois ham shogirtlar ularni har doim mamnunlik bilan yodga oladilar.
O'zbek milliy teatr san'ati rejissurasi, pedagogikasi, dramaturgiyasining buyuk ijodkori O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, professor Jo'ra Mahmudov (Mahmudov Jo'raboy Mahmudovich) o'zbek teatr san'atida o'z o'rniga ega tajribali, o'z kasbini amaliy hamda nazariy jihatdan mukammal biladigan ijodkor. Jo'ra Mahmudov 1942-yil 4-yanvarda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1971-yil A.N.Ostrovskiy nomidagi teatr va rassomchilik san'ati instituti (hozirgi O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti) ning dramatik teatr rejissorligi mutaxasisligini, O'zbek milliy teatrining asoschisi Mannon Uyg'urning sadoqatli shogirti, O'zbekiston xalq artistlari davlat mukofoti sovrindori professor, rejissor Toshho'ja Ho'jayev va Nazira Aliyeva, pedagoglar Iza Isayeva, I.Radun ustaxonasida tahsil olgan.
Jo'ra Mahmudov 1971-1975-yillar O'sh Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi O'sh Davlat Akademik musiqali drama teatri (avvalgi S.M.Kirov), 1975-1978-yillar Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat musiqali teatri, 1983-1994-yillar Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrlarida (avvalgi Sirdaryo davlat drama teatri) bosh rejissor, 1978-1983-yillar televideniyada, 1997-2002-yillar Yosh tomoshabinlar teatrida rejissor, 1994-1997-yillar Madaniyat ishlari vazirligida yetakchi mutaxassis bo'lib faoliyat olib borgan.
O'sh Davlat Akademik musiqali drama teatri (avvalgi S.M.Kirov) - "O'rtoq Mahmudov, 1971-yilning 14-iyulidan O'sh viloyati Kirov nomidagi o'zbek teatriga bosh rejissor etib tayinlanganingiz sababidan zudlik bilan o'z vazifangizni bajarishga kirishishingizni so'raymiz". 1
J. Mahmudov O'sh Davlat Akademik musiqali drama teatri (avvalgi S.M.Kirov) o'zbek teatr tarixida ilk bor Umarjon Ismoilovning "Rustam" dramasini musiqali drama janrida sahnalashtirdi. Bastakor Toshxo'ja Orifxo'jayev, rassom Yuriy Ligay (Andijon viloyati teatri bosh rassomi), rollarda "Rustam" Qirg'izistonda hizmat ko'rsatgan artistlar Sarobiddin To'xtasinov, Ne'matjon Ne'matov, "Qimmat" Oytoji Shobdonova, "Hamro" Qirg'izistonda hizmat ko'rsatgan artist Tursunxon Soliyeva, "Boyvachcha" Ne'matjon Ne'matov, "Qumri" Munira Rasuljonova, "Holmat" Fattohxon Abdurahimov, "Turg'un" G'ulomjon Fozilov, "usta" Zokirxo'ja Tursunxo'jayev, ommaviy sahnalarda teatr aktyorlari ijro etishgan.
Keyinchalik Abdug'ani Abdug'afforovning "Tirik arvohlar" satirik komediyasi, "Baloyi nafs" nomi bilan sahnalashtirildi. Boshqirt dramaturgi Ilshod
1 Hayotim chorrahalari. J. Mahmudov. - Toshkent: Fan ziyosi, 2021. - B. 130. (180)
fîcïV^^^BI 323 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Yumagulovning "Narkes" asarini tarjima qilib sahnalashtirdi. "Narkes" spektakldagi roller taqsimoti: "Temurxon" G'anijon Holmatov, "Narkes" Oytoji Shobdonova, Gulchehra Yusupova, "Boyimbet" Mamatxon Usmonov, "Sarimbet" Jo'raxon Rahmonov, "Aznay" Ziyomiddin Jalolov, "Zumrad ona" Tursunxon Soliyeva, Zamira To'laxo'jayeva, "Ilesgula" Fattohxon Abdurahmonov. "Narges" spektakli O'sh (Furunze) shahrida o'tkazilgan festivalda sovrinli o'rin egalladi. Furunze va Toshkent televideniyasida takror va takror namoyish qilindi.
1973-yil A.Ostrovskiy "Momoqaldiroq" drama, J.Mahmudov "Sohibjamol" musiqali drama. Mazkur asar 1974-yil iyul oyida O'sh teatrining Toshkentga qilgan ijodiy safari vaqtida "Muqimiy" teatri binosida namoyish etiladi. 1974-yil Gogol "Revizor" O'sh teatrida Jo'ra Mahmudov tomonidan birinchi marotaba sahnalashtiriladi. Rollar taqsimoti: "Shahar hokimi" O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Jo'raxon Rahimov, "Xlestakov" G'anijon Holmatov, "Anna Andreyvna" Qig'izistonda xizmat ko'rsatgan artist Tursunxon Soliyeva, "Mariya Antonovna" Jamila Azimova, "Sudya" Inyatulla Rayimjonov, "Osip" Chirmash Qo'rchiyev, "Bobchinski" Ziyovuddin Jalolov, "Dobchinski" Fattohxon Abdurahimov, "Pochta mudiri" Bozorboy Yo'ldoshov.
Asar qabuliga Toshkentdan tashrif buyurgan san'atshunoslik fanlari nomzodi Tamara Izrailevna Selmenshteyn spektakl xususida ijobiy fikrlar bildirib, aktyorlar ijrosi o'ziga xos, ayrim o'rinlarda betakror ekanligini qayta-qayta ta'kidlab o'tdi. 1972-yil 12-aprelda O'shdagi "Lenin yo'li" gazetasida bosilgan jurnalist Ahmadjon Muxammadjonovning "Revizor" sarlavxali maqolasidan ayrim ixtiboslar: "Mazkur komediyani sahnalashtirishdagi muvaffaqiyatlarni ijodiy jamoaning kamolat sari olg'a tashlangan yana bir qadami, deb hisoblash o'rinli bo'lar edi. Chunki komediyadagi har bir personaj, u xoh birinchi darajali, xoh epizodik bo'lsin, davr kirdikorlarini ochib tashlashda muhim vosita rolini o'ynaydi.... Satirik obrazlar galereyasini yaratish uchun komik qiyofalar yarata oladigan butun bir aktyorlar gruppasi kerak edi... Spektaklning tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinishi teatr kollektivi satirik asarni sahnalashtirish borasida yetarli imkoniyatlarga ega ekanligini tasdiqlaydi"
J.Mahmudov 1975-yil 6-sentabrdan Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati drama teatri bosh rejissori etib tayinlandi.2
Men o'z navbatida bosh rejissor sifatida ishdan bo'shatib yuborilgan keksa aktyorlar O'zbekiston xalq artistlari Rustam Mansurov, Zaynab Sodiqova, Kifoyat Muslimova, Muso Muqimov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Baqo Tojiyevlarni qayta ishga qabul qilishlarini iltimos qildim.
Husniddin Sharipov "Afsona" (Oshi halol) satirik komediya, I.Ilovayskining "Sandurining sarguzashtlari" ertak, O'lmas Umarbekov "Qiyomat qarz" drama.
2 Hayotim chorrahalari. J. Mahmudov. - Toshkent: Fan ziyosi, 2021. - B. 158. (180)
ficiv^^^BI 324 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Spektakl to'g'risida Samarqanddagi "Lenin yo'li" gazetasining 1976-yil 10-mart sonida N.Shukurov va S.Mirzayevlarning "Oliyjanoblik va razillik kurashi" nomli maqolasi e'lon qilinib, unda shunday satrlar bor edi: -Pyesani sahnalashtiruvchi teatr bosh rejissori Jo'ra Mahmudov drama g'oyasini uning asosiy xususiyatlarini yaxshi tushungan holda ish ko'rgan. Aktyorlar to'g'ri tanlangan, obrazlar xarakterini ochuvchi holatlar ustalik bilan topilgan. Tanoberdi Qurbonov "Qiyomat qarz" da Sulaymon ota rolini mukammal, hayotiy va jozibali qilib ijro etishga muyassar bo'lgan. Sulaymon otaning Nu'monjon Nazarov bilan uchrashuvi spektaklning eng ta'sirli sahnasi bo'lib chiqqan. Rejissor ham, aktyorlar ham bu oliyjanoblik bilan razillikning to'qnashuvini ko'rinishda dramatizm vositasida g'oyat hayajonli ko'rsatishga erishganlar.
Y.Yurandotning "To'qqizinchi pokiza", P.Telegeno "Qaldirg'ochlar", M.Karim "Insonlikka nomzod" asarlarini sahnalashtirdi.
Guliston teatrida M.Karim "Insonlikka nomzod", Shukurillo "Janjal", Abdulla Qahhor "Og'riq tishlar", V.Shekspir "Qirol Lir" asarlarini sahnalashtirdi.
O'zbekiston san'at arbobi Jo'ra Obidovich Mahmudov 2002-yildan boshlab O'zbekiston davlat san'at institutida dramatik teatr rejissorligi hamda dramatik teatr va kino aktyorligi yo'nalishi talabalariga rejissorlik mahorati, aktyorlik mahorati fanlaridan dars bera boshladilar. O'sha davrda soha bo'yicha o'zbek tilida darslik va adbiyotlar yo'qligini hisobga olib, ijodiy tajribalarga tayangan holda rejissorlik va aktyorlik san'atiga doir o'quv qo'llanmagan hamda darsliklar yoza boshladilar.
2005-yilda "Aktyorlik mahorati", 2005-yilda "Sahna kompozitsiyasining alifbosi", 2008-yili H. Mahmudova bilan hammualliflikda "Rejissura asoslari" hamda 2016-yilda "Aktyorlik mahorati" darsliklarini, 2009-yilda "Sahna va sahnadoshlar", 2011-yilda "Sahna fidoyilari", 2015-yilda "XX asr rejissurasi", 2015-yilda "Ergash Masofayev", 2016-yilda Mixail Chexovning "Aktyorlik texnikasi", 2019-yilda "Toshxo'ja Xo'jayev", 2019-yilda Mannon Uyg'ur haqidagi "Og'a", 2020-yilda "Rejissura tarixi va nazariyasi", 2021-yilda "Teatr san'ati metodologiyasi va texnologiyasi" hamda "Biz bilgan va bilmagan Shekspir" kabi kitoblarni nashrdan chiqargan. Ushbu kitoblar, ilmiy-ijodiy izlanishlar yosh ijodkorlar, talabalar uchun dasturi amal bo'lib kelmoqda.
Undan tashqari yozuvchi, dramaturg, tarjimon sifatida ijod qilib o'zlari yozgan 1988-yil "Maktab sahnasi", "Osmondan tanga yoqqan kun" bolalar uchun pyesalar to'plamini 2008-yilda, "Pyesalar to'plami" 2015-yilda, "Bekam" deb nomlangan qissa va hikoyalar to'plami 2019-yilda chop etildi. Jahon adabiyotining namoyondalari Aristofanning "Lisistrata" va Alfred Xeydokning, pyesalarini tarjima qilib nashrdan chiqardi. J.B.Molerning "Hasis", N.V.Gogolning "O'lik jonlar" asari bo'yicha M.Bulgakov pyesalarini va ko'plab kurs ishlariga zarur bo'lgan asarlarni tarjima qilib, 20 yillik pedagogik faoliyatida o'nlab diplom spektakl chiqardilar.
ncTTni^^H] 325 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Bular ichida V.Shekspiming "Qirol Lir", N.V.Gogolning "O'lik jonlar" romani asosida M.Bulgakov yozgan pyesasini tarjima qilib sahnalashtirganlar, B.Brextning "Kavkaz bo'r doirasi" ("Kavkazskiy melovoy krug"), Izzat Sulton va Uygunning "Alisher Navoiy", M.Karimovning "Insonlikka nomzod", N.V.Gogolning "Uylanish" va boshqa diplom spektakllar sahna yuzini ko'rgan. Hozirda teatr, televideniya, kino sohalarida faol xizmat qilib kelayotgan yuzlab aktyor va rejissorlarga saboq berdilar.
Foydanilgan adabiyotlar
1. Hayotim chorrahalari. J. Mahmudov. - Toshkent: Fan ziyosi, 2021.
2. Rejissura asoslari. M. Muhammedov. - Toshkent. 2008.
3. An'anaviy teatr dramaturgiyasi. M. Qodirov. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.
4. K.S.Stanislavskiy. Aktyorning o'z ustida ishlashi. T. Ho'jayev tarjimasi. Toshkent. 1965 y.
5. J. Mahmudov, Hamida Mahmudova. "Rejissura asoslari" O'. M. Ye davlat ilmiy nashriyoti 2008y.
6. Hamidjon Ikromov "Davr va teatr" O'. M. Ye davlat ilmiy nashriyoti 2009y.
7. J. Mahmudov "20-asr rejissurasi namoyondalari" Alisher Navoiy nomidagi O'.M.K 2015y.
8. N. Garchakov "Rejisserskiy uroki Stanislavskogo" Moskva -1951 y.
9. Nemerovich-Danchenko V.I. "O tvorchestve aktyora". M., "Iskusstvo" 1984
y
10. Toshpo'lat Tursunov. XX asr O'zbek teatr tarixi. Toshkent. 2010 y.
11. T. Azizov. Mening rejissyorlik ishlarim. - T.: San'at instituti bosmaxonasi, 2003 y.
12. T. Ismoilov. Tarix va sahna. - T.: G'. G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashiryoti, 1998 y.
13. Mark Zaharov. Teatr bez vran'ya. Moskva. 2007 y.
14. Vstrechi c Meyerxoldom. Moskva. 1967 y.
15. V. E. Merxold. Moskva. 1968 y.
16. N. Zohidova. Toshho'ja Ho'jayev. Toshkent. 1980 y.
17. I. Muhtarov. Teatr i klassika.- T.: G'. G'ulom, 1988 y.
18. I. Muhtarov. Teatr i yego aktyori. - T.: Fan. 1989 y.
326
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)