Научная статья на тему 'QOʻQON TEATR SANʼATI IJTIMOIY HODISA SIFATIDA'

QOʻQON TEATR SANʼATI IJTIMOIY HODISA SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
193
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
obraz / psixofizik / musiqali drama / talqin / mahorat / rol / ichkipsixik / ijro / teatr / sahna / xatti-harakat / kechinma sanʼat / qayta gavdalantirish / pyesa / rejissyor / aktyor / pafos / mizansaxna / ovoz / nutq / plastika / yechim / xolat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mushtariybegim G’ofurjon Qizi Komilova, Sh.Usmonov

Har bir jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy hayotida san’at va madaniyatning tutgan o’rni beqiyosdir. Shuningdek bizning Yangi O’zbekiston deya atalmish jannatmakon yurtimizda ham. San’at tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo’lib, inson va jamiyatning rivojlanish va taraqqiyotida o’ta muhim o’rin egallaydi. "San’at donishmandlik sari qo’yilgan ilk qadam" degan edi Aristotel. San’at inson tafakkurining maxsuli xisoblanar ekan, uning asosiy vazifasi inson ma’naviy ruxoyatiga ta’sir etishdan iboratdir. Bu esa san’atkorlardan yuksak ma’naviyatni talab qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QOʻQON TEATR SANʼATI IJTIMOIY HODISA SIFATIDA»

QO'QON TEATR SAN'ATI IJTIMOIY HODISA SIFATIDA

Mushtariybegim G'ofurjon qizi Komilova mushtariybegimkomilova@gmail .com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Ilmiy rahbar: Sh.Usmonov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Har bir jamiyatning ijtimoiy va ma'naviy hayotida san'at va madaniyatning tutgan o'rni beqiyosdir. Shuningdek bizning Yangi O'zbekiston deya atalmish jannatmakon yurtimizda ham. San'at tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo'lib, inson va jamiyatning rivojlanish va taraqqiyotida o'ta muhim o'rin egallaydi. "San'at donishmandlik sari qo'yilgan ilk qadam" degan edi Aristotel. San'at inson tafakkurining maxsuli xisoblanar ekan, uning asosiy vazifasi inson ma'naviy ruxoyatiga ta'sir etishdan iboratdir. Bu esa san'atkorlardan yuksak ma'naviyatni talab qiladi.

Kalit so'zlar: obraz, psixofizik, musiqali drama, talqin, mahorat, rol, ichki-psixik, ijro, teatr, sahna, xatti-harakat, kechinma san'at, qayta gavdalantirish, pyesa, rejissyor, aktyor, pafos, mizansaxna, ovoz, nutq, plastika, yechim, xolat.

KOKAND THEATER ART AS A SOCIAL PHENOMENON

Mushtaribegim G'furjan kizi Komilova [email protected] Uzbekistan State Institute of Art and Culture Scientific advisor: Sh.Usmanov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: The role of art and culture in the social and spiritual life of every society is incomparable. Also in our paradise country called New Uzbekistan. The concept of art is a comprehensive concept and occupies a very important place in the development and progress of man and society. "Art is the first step towards wisdom," said Aristotle. As art is considered as a product of human thinking, its main task is to influence the human spirit. This requires high spirituality from artists.

Keywords: image, psychophysical, musical drama, interpretation, skill, role, inner-psychic, performance, theater, stage, behavior, experiential art, re-embodiment, play, director, actor, pathos, mise-en-scene, voice, speech, plasticity, solution, situation.

Qadimdan Farg'ona vodiysining "Buyuk ipak yo'lida" joylashgan yirik savdo, madaniyat va ma'rifat markazlaridan hisoblagan Qo'qon o'zining 2000 yildan ortiqroq tarixida, xalqimiz uchun yuzlab madaniyat, san'at arboblari, yozuvchi, shoir va xalq hunarmandlarini etishtirib bergan ko'hna shahar hisoblanadi.

Qo'qon shahar musiqali drama teatrining ijodiy jarayon bosqishlarini bo'lishimiz mumkin:

1. Tashkil etilgan davrdan urushgacha: Qo'qon xonligi davridagi teatr truppalari, professionalizmga qadar tearlar. Teatrning tomoshabinlarga ma'fkuraviy oziqlantiruvchi sifatidagi xizmati.

2. Urush davri. Teatr tomoshabinlarga ruhlantiruvchi sifatida.

3. Urushdan keyingi davrdan etmishinchi yillargacha. Izlanishlar davri.

4. Etmishinchi yillardan mustaqillik yillarigacha. Teatrning yangi bosqichga ko'tarilish davri.

5. Mustaqillik davri. Milliylik va zamonaviylik davri.

Qo'qon teatrining Qo'qon xonligidan urush davrigacha bo'lgan davri I-bobning 1-bo'limida o'limida o'rganilib quyidagilar aniqlandi:

- bu davrdagi drama to'garaklarining repertuari yozma piesa shaklda emas, og'zaki dramaturgiyadan iborat bo'lib improvizatsiya asosiga qurilgan;

- aktorlarning mahorati haqqoniy obrazlar va harakterlar yaratish, ularning ichki-tashqi dunyosini haqqoniy badiiy bo'yoqlar bilan ochib berish darajasiga etmagan;

- milliy dramaturgiya asosan qiziqchilik, masxarabozlik va pontamimo (so'zsiz harakat)lardan iborat bo'lganligi hali drama, musiqiy drama, tragediya va boshqa janrlarning shakllanmaganligi tufayli, faqat komediya janri rivojlangan;

- rus truppalari va mahalliy truppalari bilan birga ishlash, ular bilan tajriba almashish ijodiy yuksalishlarga turtki bo'lgan;

- aktyorlik mahorati masxarabozlikdan professional darajaga ko'tarilgan;

- Qo'qon teatri bir necha marotaba qisqa muddatlarga tarqatilib yuborilgan bo'lsa ham tamoman yo'q bo'lib ketmagan, o'zining davomiyligini saqlab qolgan.

XVII asrning boshi, XVIII asrning ohiri, ya'ni 170 yil davom etgan xonliklar, so'ngi 115 yillik mustamlakachilik, ayniqsa, sho'rolar tuzumi davrida turli siyos iy, iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar, to's-to'polon, jangu-jadallar, hukmdorlarning o'zbek xalqiga o'tkazgan zulm, tazyiq va kamsitishlarga qaramay, Qo'qonda adabiyot, san'at va madaniyat gurkirab o'sdi va rivoj topdi.

Buning asosiy sababi, Qo'qon xalqining azaldan o'z yurti va vataniga bo'lgan fidoiyligi, millati va diniga bo'lgan fidoiyligi, millat va diniga bo'lgan sodiqligi, shuningdek, o'z milliy urf-odatlari, qadiriyatlari va ma'naviyatiga bo'lgan e'tiqodlari, adabiyot, san'at va madaniyatga bo'lgan cheksiz hurmat va ehtiromlaridir.

Moziyga nazar tashlasak, Qo'qon o'tmishda O'rta Osiyoda yirik madaniyat va ma'rifat markazi bo'lish bilan birga, milliy xalq tomosha san'ati rivoj topgan maskanlardan biridir.

Agar o'zbek milliy san'ati dastlab qachon va qayerdabarpo etilgani haqida so'z yuritadigan bo'lsak, shuni katta faxr, g'urur, iftixor va mamnuniyat bilan ayta olamizki, o'zbek milliy teatrchilik san'ati dastlab Qo'qonda tug'ilgan va rivoj topgan. Uning chuqur ildizlari Qo'qon xonliklari, ayniqsa, Amir Umarxon, Madalixon va Xudayorxonlar hukmdorlik qilgan davrga borib taqaladi.

Qo'qon tarixchilaridan-Mulla Qosim xojining yozib qoldirgan ma'lumotlariga ko'ra, 1840 yilda Madalixon davrida xon saroyida Bidyorshum degan san'atkor rahbarligida 10-15 chog'lik mahalliy havaskor san'atkorlardan teatr truppasi tashkil etilgan bo'lib, unda dastlab "Muddaris" nomli hajviy asar, ya'ni komediya ijro etilgan.

O'zbek milliy teatrchilik san'atining paydo bo'lishi, shakllanishi va yaratilishi, o'sha davrda Qo'qonda yashab, ijod qilgan, shuningdek, Farg'ona vodiysining yirik shahar va qishloqlaridan kelib to'planganmashhur san'atkorlar, so'z ustalari, askiyachilar, hofizlar, sozanda va xonandalar hamda raqqosalar bilan bog'liqdir.

XVIII asrning oxiri XIX asr davomida Qo'qonda yshab ijod qilgan Bidyorshum, Zokir eshon, Sa'di Maxsum, Ro'zi gov, Normat qiziq, Shomat qiziq, Usmon qiziq, Rustam qiziq, Matxoliq qiziq kabi professional aktyorlar, Rustam hofiz, Boymat hofiz, Saydali hofiz kabi ashulachi va eng mashhur qo'shiqchilar, ayollardan Abdurahmon pari, Og'il hofiz, Zuhro qiziq, Iqlim dadho, Xuvaydo otin, Oynisa hofiz, Isirg'a otin kabi musiqachi va qo'shiqchilar, Hamdam bachcha, Farzinxon bachcha, Oq bachcha, Cho'ntak bachcha, Kumush bachcha, Chirvon bachcha kabi raqqos va raqqosalar, birgina Qo'qon shahri emas, balki butun Respublikamizda o'zbek professional teatrchiligi san'atiga ta'mal toshini qo'ygan buyuk san'atkorlar edilar.

XIX asrning ikkinchi yarmida, ya'ni Xudoyorxon xonlik qilgan davrda, ayniqsa, Qo'qon teatr san'ati yanada gurkirab o'sdi va rivoj topdi.

San'atni, ayniqsa, teatr san'atini insonlarga ko'rsatadigan ta'sir kuchi va tabiyaviy ahamiyati katta ekanligini chuqur anglab etgan Xudayorxon, o'z hursandchiligi, ayshu ishrati, ayni zamonda g'oyaviy maqsadlarni ko'zlab, saroy-teatr san'atini har tomonlama o'stirish va rivojlantirish ishiga katta ahamiyat bergan edi.

Shu maqsadda Xudoyorxon xalq ichida tanilgan va shuhrat qozangan san'atkorlarni saroyga to'plab, ulardan o'z maqsadlari yo'lida keng va unumli foydalanib kelgan.

Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, Qo'qonda Xudoyorxon hukmdorlik qilgan davrda, saroyda 30 kishidan iborat aktyorlar truppasi, 60 kishilik raqs truppasi va 75 kishidan iborat xalq cholg'u asboblari ansambli faoliyat ko'rsatib kelgan.

Rus elchilari qatorida Qo'qonga borgan I.Ibragimov 1871 yil 10 dekabrda boshlanib 6 oy davom etgan Xudayorxonning o'g'li to'yida shu tartibdagi

namoyishlarni ko'rgan. Uning yozishicha, namoyishda avval sozanda va xonanda o'tgan, so'ng gullar bilan bezatilgan daraxt ko'tarib o'tilgan, orqasidan saf-saf bo'lib "kema"larda va mash'al ko'targan raqqosalar, ular ketidan turli qiziq kiyimlarda masxarabozlar o'tishgan, oxirida fil, Rustam, Rustam xotinining katta qo'g'irchoq qiyofalari ko'ringan1.

Saroy truppasi tarkibida xalq teatri va dramaturgiyasining namoyondalari Bidyorshum, truppaning rahbari, mashhur aktyor Zokir eshon, iate'dodli san'atkorlardan Rizo qiziq, Sa'di Maqsum, Normat qiziq, Boymurot qiziq, Mo'min qishloqi, Bahrom qiziq, Usmon qiziq, Ro'zi gov, Baxtiyor qiziq, Shomat qiziq, Davlat qiziq, Mulla Xoshim, Usmon qiziq, Xolmat qiziq, Kalsariq qiziq, Ovliyaxon qiziq, Muzrat masxara, To'la masxara, Quvvat kalta, Boltaqul masxara, Matyaqub ko'r kabi elu xalq orasida tanilgan va shuhrat qozongan zamonaning mashhur san'atkorlari etishib chiqqan va ijod qilgan edilar.

Truppaning repertuari asosan ularning o'zlari tomonidan yaratilgan "Muddaris", "Avliyo", "Xon hajvi", "Zarkokil", "Qalandarlar", "Dorbozlik", "Kelin tushirdi", "Qozi" "Sudxo'r" kabi 200ga yaqin turli janr va hajmdagi piesa, aytishuv va muqallidlardan iborat bo'lgan2.

XIX asrning ikkinchi yarimida Qo'qon xonligi tugatilgandan so'ng, shaharda birinchi bor Evropa tipidagi musiqiy drama to'garagi tashkil qilinib, unga 1876 yilgacha Qo'qon saroy truppasida ishlagan Ro'zi gov Nazarmat og'li rahbar etib tayinlanadi.

Bu davrda rus va boshqa qo'shni davlatlar teatrlarining Qo'qonga tashrifi teatr san'atining rivojlanishiga turtki bo'lgan. 1904-1905 yillarda M.M.Petipa rahbarligidagi rus imperatori aristlari tomonidan ko'rsatilgan N.V.Gogolning "Uylanish", "Revizor" spektakklar, ayniqsa Z.A.Malinovskaya truppasi tomonidan 1905-1916 yillarda qo'yilgan A.N.Ostrovskiyning "Sepsiz qiz", "Kambag'allik ayib emas", "Aybsiz aybdorlar", "Momoqaldiroq", "Talantlar va muhlislar", Griboedovning "Aqllilik balosi", Turgeneevning "Qishloqda bir oy", L.N.Tolstoyning "Tirik murdalar", "Anna Karenina", A.P.Chexovning "Ivanov", "Vanya tog'a", 1912-yilda Tataristonning Qosim Shomil rahbarligidagi "Nur" truppasi namoyish etgan "Bizning shahar sirlari", "Bechora qiz", 1915-1916 yillarda Yu.Norimov rahbarligidagi Boku musiqali drama teatrining "Nodirshox", "Layli Majnun" va "Arshin mol olon" spektakllari Qo'qon madaniy va ma'naviy hayotida juda katta voqea bonaviy hayotida juda katta voqea bo'ldi.

1914 yilda tashkil topgan Qo'qon havaskorlik truppasi tomonidan "Och harflar" va "Eski Turkiya" piesalarini saxnalashtirdi. Truppaga ma'rifatchi, jadidchi Hamza Hakimzoda Niyoziy rahbarlik qila boshlagandan so'ng truppada ancha jonlanish yuz

1 Ibragimov I. Pyat dney v Kokande// Turkestanskie vedmosti. 1872, 20-son.

2 Umarov A. Mirzaxamdamov Z. Qo'qandi latif san'at ayvoni. "Farg'ona" nashiriyoti, 2011 yil, 5 -bet.

beradi. 1915 yili Xamza qalamiga mansub, to'rt pardali "Zaharli hayot" ("Ishq qurbonlari") asar saxnalastirilib, bu kun 1915-yilning 22-oktabri Qo'qon teatrining tug'ilgan kuni sifatida trixga kirdi. "Zaharli hayot"dan so'ng truppa A.Samadovning "Mahramlar", "Ilm hidoyati" dramalari, Normuxammad domlaning "Kufr xatosi" nomli komediyalarini tomoshabinlarga taqdim etdi. Bu davrda truppada maxsus bino yo'qligi, kiyim-kechak, rekvizit kamligi bilan birga truppada ayol obrazini talqin qiladigan aktrisaning yo'qligi katta muammolarning biri edi.

1918-1920 yillardagi fuqarolar urushi davrida yarim professional truppa "Kim to'g'ri", "Loshman fojealari" (1918), "Boy ila xizmatchi" (1919) piesalarini saxnalashtirib, aravada qishloqma-qishloq yurib tomoshabinlarga namoyish etishgan.

1921 yilda Farg'ona viloyati tashkil topadi. 1917 yildagi Hukumat dekretiga asosan, 1921 yilning may oyida Turkston viloyat xalq komissariyati qoshidagi teatr bo'limining kollegiyasi har bir viloyatda professional teatr tashkil etish haqida qaror qabul qiladi. Qarorga asosan Qo'qon shahar teartri viloyat teatriga aylantiriladi. Teatrga Mirshohid Miroqilov direktor, Xamza rejissor etib tayinlanadi.

Teatrga Mariya Kuznetsova, Murod Qo'ldoshev, Jo'ra Qo'ldoshev, Obid Hasanovlarning qoshiga Ahmadjon qo'sjnay, Yusufjon changchi, Madaminjon tanburchi kabi etuk san'atkorlar kelib qo'shiladi.

Teatr repertuaridan G'ulom Zafariyning "Halima" musiqali dramasi, N.V.Gogolning "Uylanish" komediyasi keng o'rin ola boshlaydi.

1924 yilda sobiq O'zbekiston SSRi tashkil qilingach, M.Miroqilov boschiligida 25 kishidan iborat truppa qayta tiklanadi. Bu truppada xalq hofizi- Muhiddin Qori Yoqubov, Xoji Siddiq Islomlar ham bor edi. Tez orada truppa Muhiddin Qori Yoqubov ishtirokidagi konsert dasturi, shuningdek, Rafiq Mo'minning "Yoriltosh" Gogolning "Uylanish" spektakllarini saxnalashtirib, butun vodiy bo spektakllarini saxnalashtirib, butun vodiy bo'ylab gostrol safarini uyushtiradi.

1925-yilining sentyabr oyidan boshlab Samarqand Namuna teatri bilan birlashib, "O'lka sayyor truppasi" deb atala boshlaydi.

1924-1925 yillarda Moskvadagi o'zbek oqartuv uyi qoshida uch yillik, Bokudagi Teatr texnikumi qoshida ikki yillik teatr studiyalari tashkil etiladi.

1927 yili ochilgan ikkinchi guruhda Qo'qondan Jo'ra Qo'ldoshev, Bahodir Jalolov, Po'latov Rahmanova, Zanjirali Murzatov, aka-uka Anvar Olimovlar o'qishga kiradilar. Studiya talabalari Moskva teatrlarining aktyor va rejissorlari R.N.Simonov, I.M.Tolchanov, B.E.Zaxavalar qo'lida ta'lim oladilar.

1926-1930 yillarda Moskva studiyasining ikki guruh bitiruvchilari tomonidan Mol'erning "Xasis", N.V.Gogolning "Revizor", "Isyon" va "Qon va suv" spektakllarini saxnalashtirib, Farg'ona, Andijon, Samarqand shaharlari bo'ylab namoyish etadi. Bu davrda Muhiddin Qori Yoqubov, Tamara xonim, Gavhar xonim, Karim Youbiy, Bidonxonom Yoqubova, Lutfixonim Sarimsoqova, Xalima Nosirova,

I jbÄÜ^^Bl ®83 http://oac.dsmi-qf.uz

Nabi Rahimov, Xakima Xo'jaeva, Qurbon Nazarov, Muxsin Xamidov, Nazira Alieva singari buyuk san'atkorlar faoliyat ko'rsatgan.

1930-yildan boshlab, Qo'qon teatrida yangi davr boshlandi. 1932-yili teatrga Xamza Xakimzoda nomi berilib teatr endi, Xamza nomidagi o'zbek davlat musiqali drama teatri deb atala boshladi. Bu davrda teatrga Qo'qonda tashkil etilgan "temir yo'li teatri" va "Yosh tomoshabinlar teatri"ning qo'shib yuborilishi hisobidan teatr ijodiy tarkibi kengaydi.

1935-1939-yillarda Qo'qon teatri ham ijodiy tarkibi kuchaydi, balki yangidan yangi badiiy yuksas, zuvalasi pishiq asarlar repertuardan joy olgan davr deyish mumkin. Q.Nazarov tomonidan V.N.Gogolning "Uylanish", Usmon Nosirning "Dushman", "Zafar", "Lolaxon", Xamzaning "Ayb kimda", Chinoq Yoqubov tomonidan G'ulom Zafariyning "Xalima", V.P.Molchanovning "Farxod va Shirin", "Adolat" nomli musiqali dramalari saxna yuzini ko'rdi. Ayniqsa Muxtorjon Murtazoev musiqasi asosida "Paranji sirlari" ("Xolisxon") musiqali dramasi, "Maysaraning ishi" komediyasi, "Boy ila xizmatchi" dramasi orqali Og'iloy Madiyorova, Ne'mat Qosimov, Saboxon Karimova, Nabijon G'offurov, Sh.Tojiboeva singari san'atkorlarning ijodiy faoliyati yangidan kashf etildi deyish mumkin.

Qo'qon teatrining bu davrdagi faoliyatiga o'sha vaqtlardagi mahoratli kadrlarni yetishtirib chiqargan "kolxoz-sovxoz" teatrlarini alohida ta'kidlab o'tish joiz. Ma'lumki, 1930 yillarda Respublikaning barcha tuman va qishloqlarida boshlangan kollektivlashtirish kompaniyasi 1933 yillarga kelib o'z nihoyasiga etdi. Viloyatlarga qarashli tuman markazlarida kolxoz va sovxoz teatrlarini barpo etish to'g'risida hukumat qaroriga asosan 1934 yili Mingut qishlog'ida kolxoz-sovxoz teatri tashkil etildi. Teatrga shu jamoaga A'zamjon Mo'minov, Robixon Mo'minova, Orifjon Abdullaev, Po'latjon Yo'ldoshev, Mirzohid Karmov, Valijon Hamroev, Oyimxan Xasanova, Qumrixon Mavlonova, Shafoatxon va Salomatxon Tojiboyeva, Araqul Parmanov, Qosimjon Mamajanov kabi 15 nafar qobiliyatli yoshlar qabul qilingan. Ular ijrosidagi, ayniqsa, teatrning yosh iste'dodli xonandalaridan Valijon Xamroev ijrosidagi "Ey, pari dildor", "Ey, nozanin" qo'shiqlari, uning Robixon Mo'minova bilan ijro qilgan "Mujgonlaring", "Juda band bo'ldim,dilbarim" duetlari, shuningdek "Er-xotin majorasi", "Qoshib qayga borasan?"hajviy laparlari, qiziqchi Qodirjon Mamajonovning "Kooperativga mol keldi arang-arang", "Sartarosh" nomli hajviy laparlari juda-juda yoqar edi. Kolxoz-sovxoz teatri tomonidan saxnalashtirilgan "Gulsara" spektakli ayniqsa juda mashhur bo'lgan.

Yangi uslub va izlanishlar

1941-yilning 22-iyunidan ikkinchi jahon urushi boshlanib, barcha ishlar "Hamma narsa front uchun!" shiori ostida olib borildi. Urush barcha xalqlar, turli kasb egalari singari san'atkorlar uchun ham katta sinov bo'ldi. Urush davrida Qo'qon teatri ham bir

qancha iste'dodli san'atkorlaridan ayrildi. Moddiy tomondan qiyinchiliklarni boshidan kechirdi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, Har bir aktyorlik kasbini egallash maqsadida yurgan yosh avlod avvalo tanlagan kasbi naqadar mashaqqatli ekanini, teatr qanday dargoh ekani va nima uchun bu kasbni tanlaganini anglab yetmog'i lozimdir va shu bilan birga yaxshi bilim va ko'nikmalarni egallashi hamda ustoz san'atkorlarning tajriba va maktablaridan foydalanib, ularning yo'llarini davom ettirshlari va ularga munosib izdosh bo'lishlari lozim. Bu o'rinda ular sabr toqatli bo'lishlari, kasbini sevishlari, chuqur axloq-odobga hamda yaxshi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari talab qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017

2. Ibragimov I. Pyat dney v Kokande// Turkestanskie vedmosti. 1872, 20-son.

3. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014

4. M. Abdullayeva. "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" nashriyoti Toshkent — 2011

5. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -

2016

6. R. Usmanov "Rejissura" "Fan" Toshkent — 1997

7. J. Mahmud "Aktyorlik mahorati" o'quv qo'llanma Toshkent - 2005

8. A.Umarov, Z.Mirzaxamdamov "Xo'qandi Latif. San'atayvoni." "Farg'ona" nashriyoti 2011-yil.

9. J.Maxmudov, X.Maxmudova.Rejissura asoslari. Darslik.Toshkent 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.