Научная статья на тему 'QO’QON XONLIGIDA MILLIY XALQ TOMOSHA SAN’ATI VA TEATRNING SHAKILLANISHI'

QO’QON XONLIGIDA MILLIY XALQ TOMOSHA SAN’ATI VA TEATRNING SHAKILLANISHI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
501
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniy hayot / sozahdalik / qo’g’irchoq teatri / masharabozlik / xalq tomosha san’ati / so’z sana’ti ustalari / raqqosalar.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Dildora Zafarovna Mirzahamdamova

Mazkur maqolada Qo’qon xonligida tashkil topib to hozirgi kunda Qo’qon drama teatrining shakillanib borishi tarixi tog’risidagi ma’lumotlar taxlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO’QON XONLIGIDA MILLIY XALQ TOMOSHA SAN’ATI VA TEATRNING SHAKILLANISHI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

QO'QON XONLIGIDA MILLIY XALQ TOMOSHA SAN'ATI VA TEATRNING

SHAKILLANISHI

Dildora Zafarovna Mirzahamdamova

Qo'qon davlat pedagogika instituti Tarix kafedrasi o'qituvchisi mirzakhamdamova@mail .ru

Mazkur maqolada Qo'qon xonligida tashkil topib to hozirgi kunda Qo'qon drama teatrining shakillanib borishi tarixi tog'risidagi ma'lumotlar taxlil etilgan.

Kalit so'zlar: madaniy hayot, sozahdalik, qo'g'irchoq teatri, masharabozlik, xalq tomosha san'ati,so'z sana'ti ustalari, raqqosalar.

Qadimdan Farg'ona vodiysining "Buyuk ipak yo'li"da joylashgan yirik savdo, madaniyat va ma'rifat markazlaridan hisoblangan Qo'qon o'zining 2000 yildan ortiqroq tarixida, xalqimiz uchun yuzlab madaniyat, san'at arboblari, yozuvchi shoir va xalq hunarmandlarini ytishtirib bergan ko'hna shahar hisoblanadi.

XVII asrning boshi, XVIII asrning oxiri, ya'ni 170 yil davom etgan xonliklar, so'ngi Rossiya mustamlakachiligi, ayniqsa, sho'rolar tuzumi davrida turli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar, to's-to'polon, jangu-jadallar, hukmdorlarning o'zbek halqiga o'tkazgan zulmi, tazyiq va kamsitishlariga qaramay, Qo'qonda adabiyot, san'at va madaniyat gurkirab o'sdi va rivoj topdi. Qo'qon ahli yaratgan noyob badiiy asarlar va be'takror san'atlari bilan dunyo madaniyati va sana'ti xazinasiga salmoqli hissalar qo'shdi.

Buning asosiy sababi, Qo'qon xalqining azaldan o'z yurti va vataniga bo'lgan fidoiyligi, millati va diniga bo'lgan sodiqligi, shuningdek, o'z milliy urf-odatlari, qadriyatlari va ma'naviyatiga bo'lgan e'tiqodlari, adabiyot, san'at va madaniyatga bo'lgan cheksiz hurmat va ehtiromlaridur.

Shu bois ham XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida, yurtimiz, jumladan, Qo'qon adabiy muhiti va san'atiga qiziqish juda katta bo'lgan.

XIX asr oxirlaridan boshlab shahrimizga ko'plab ilmiy tadqiqot ekspedisiyalari oqimining uzluksiz ravishda kelib turishi fikrimizning yaqqol dalilidur. Ular o'zlari olib brogan ilmiy tadqiqotlar asosida o'sha davr Turkiston xalqlari hayoti, jumladan, Qo'qon xonliklari davridagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayot haqida ko'plab ilmiy asarlar yaratganlar. Masalan, I.D.Gorchakovning 1849 yilda yozib, Sankt-Peterburgda chop ettirgan "Обозрение Кокандского ханства в нынешном его состоянии", V.P.Nalivkinning 1886 yilda yozgan "Краткая история Кокандского ханства",

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

V.V.Bartol'dning 1927 yilda Leningrad shahrida bosilgan "История кулъторной жизни Туркестана", A.L.Troiskayaning "Каталог архива Кокандских ханов 19 века", A.P.Fedchenkoning "В Кокандском ханстве", A.L.Kunning 1877 yilda nashr etilgan "Очерки Кокандского ханство" kabi ilmiy asarlari shular jumlasidandur.

1876 yili Rossiya bosqinidan so'ng Qo'qon xonligi tugatilib, ruslar butun Turkistonda bo'lganidek, Farg'ona vodiysida, jumladan, Qo'qonda ham o'z siyosatlari va mafkuralarini singdirish, rus madaniyatini yrli xalqlarga keng targ'ib qilishni yo'lga qo'yish maqsadida 1880 yilning o'rtalarida shaharning Yangi Chorsu qismida "Общественное собрание" binosini qura boshladilar. Bino bitgach, Qo'qonga ham, boshqa shaharlarda bo'lganidek, Rossiya, Ozarbayjon, Tatariston va Armanistonda professional sayyor teatr jamolari, sirk va turli konsert guruhlari kelib, shahar aholisiga har xil tomoshalar ko'rsata boshlashdi. Bu esa o'z navbatida Qo'qon ziyolilari va yoshlari orasida shu davrgacha o'zlariga mutlaqo notanish bo'lgan Ovrupa san'ati va madaniyatiga qiziqish o'yg'ota boshlagan.

Moziyga nazar tashlasak, Qo'qon o'tmishda O'rta Osiyoda yirik madaniyat va ma'rifat markazi bo'lish bilan birga, milliy xalq tomosha san'ati rivoj topgan maskanlardan biridur.

Agar o'zbek milliy san'ati dastlab qachon va qayrda barpo etilgani haqida so'z yuritadigan bo'lsak, shuni katta faxr, g'urur, iftixor va mamnuniyat bilan ayta olamizki, o'zbek milliy teatrchilik san'ati dastlab Qo'qonda tug'ilgan va rivojlangan. Uning chuqur ildizlari Qo'qon xonliklari, ayniqsa, Amir Umarxon, Madalixon va Xudoyorxonlar hukmronlik qilgan davrga borib taqaladi.

Qo'qon tarixchilaridan - Mulla Qosim hojining yozib qoldirgan ma'lumotlariga ko'ra, 1840 yilda Madalixon davrida xon saroyida Bidyorshum degan san'atkor rahbarligida 10-15 chog'lik mahalliy havaskor san'atkorlardan teatr truppasi tashkil etilgan bo'lib, unda dastlab "Mudarris" nomli hajviy asar, ya'ni komediya ijro etilgan.

O'zbek milliy teatrchilik san'atining paydo bo'lishi, shakillanishi va yaratilishi, o'sha davrda Qo'qonda yashab, ijod qilgan, shuningdek, Farg'ona vodiysining yirik shahar va qishloqlaridan kelib to'plangan mashhur san'atkorlar, so'z ustalari, askiyachilar, sozanda ustalari, hofizlar, sozanda va xonandalar hamda raqqosalar bilan bog'liqdur.

XVIII asrning oxiri va XIX asr davomida Qo'qonda yashab ijod qilgan Bidyorshum, Zokir eshon, Sa'di Maxsum, Ro'zi gov, Normat qiziq, Shomat qiziq, Usmon qiziq, Rustam qiziq, Matholiq qiziq kabi mahoratli aktyorlar, Rustam hofiz, Boymat hofiz, Saydali hofiz kabi ashulachi va eng mashhur qo'shiqchilar, ayollardan Abdurahmon pari, O'g'il hofiz, Saydali hofiz kabi ashulachi va eng mashhur qo'shiqchilar, ayollardan Abdurahmon pari, O'g'il hofiz, Zuhro qiziq, Iqlim dodho,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Huvaydo otin, Oynisa hofiz, Isirg'a otin kabi musiqachi va qo'shiqchilar, Hamdam bachcha, Farzinxon bachcha, Oq bachcha, Cho'ntak bachcha, Kumush bachcha, Chirvon bachcha kabi raqqos va raqqosalar, birgina Qo'qon shahri emas, balki butun respublikamizda o'zbek professional teatrchiligi san'atiga ta'mal toshini qo'ygan buyuk san'atkorlar edilar.

XIX asrning ikkinchi yarmida, ya'ni Xudoyorxon xonlik qilgan davrda, auniqsa, Qo'qon teatr san'ati yanada gurkirab o'sdi va rivoj topdi.

San'atni ayniqsa, teatr san'atini insonlarga ko'rsatadigan ta'sir kuchi va tarbiyaviy ahamiyati katta ekanligini chuqur anglab ytgan Xudoyorxon, o'z hursandchiligi, ayshu ishrati, ayni zamonda g'oyaviy maqsadlarini ko'zlab, saroy-teatr san'atini har tomonlama o'stirish va rivojlantirish ishiga katta ahamiyat bergan edi.

Shu maqsadda Xudoyorxon xalq ichida tanilgan va shuhrat qozongan san'atkorlarni saroyga to'plab, ulardan o'z siyosiy maqsadlari yo'lida keng va unumli foydalanib kelgan.

Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, Qo'qonda Xudoyorxon hukmdorlik qilgan davrda, saroyda 30 kishidan iborat aktyorlar truppasi, 60 kishilik raqs truppasi va 75 kishidan iborat xalq cholg'u asboblari ansambli faoliyat ko'rsatib kelgan.

Saroy truppasi tarkibida xalq teatri va dramaturgiyasining namoyondalari Bidyorshum, truppaning rahbari, mashhur aktyor Zokir eshon, iste'dodli san'atkorlardan Rizo qiziq, Sa'di Mahsum, Normat qiziq, Boymurot qiziq, Mo'min qishloqi, Baxrom qiziq, Usmon qiziq, Ro'zi gov, Baxtiyor qiziq, Shomat qiziq, Davlat qiziq, Mulla Hoshim, Usmon qiziq, Xolmat qiziq, Kalsariq qiziq, Ovliyoxon qiziq, Muzrat masxara, To'la masxara, Quvvat kalta, Boltaqul masxara, Matyoqub ko'r kabi elu xalq orasida tanilgan va shuhrat qozongan zamonaning mashhur san'atkorlatiytishib chiqqan va ijod qilgan edilar.

Truppanig repertuari asosan ularning o'zlari tomonidan ijod qilinib yaratilgan va ijro etilgan "Mudarris", "Avliyo", "Xon hajvi", "Zarkokil", "Qalandarlar", "Dorbozlik", "Kelin tushurdi", "Qozi", "Sudxo'r" kabi 200 ga yaqin turli janr va hajmdagi p'esa, aytishuv va muqallidlardan iborat bo'lgan va tarkib topgan.

Xudoyorxon saroyida tarkib topgan va rivojlangan bu an'anaviy yoki qadimiy xalq teatri, uing tomoshalari va repertuarlari haqida yozuvchi Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romani va shu roman asosida O'zbekiston kinostudiyasi tomonidan yaratilgan shu nomli badiiy fil'mda aniq va qimmatli ma'lumotlar berilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o'lkasida yuz bergan siyosiy voqealar, o'zgarishlsr, chor Rossiyasining Markaziy Osiyoni bosib olishi, 1896 yilga kelib, Qo'qonda Xudoyorxon xonligining tugatilishi, shundan so'ng Turkistonga ruslarning bostirib kirishi, ularning o'z mavqeini mustahkamlash siyosatlarini o'tkazish

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

maqsadida, hamma yrda bo'lganidek, Qo'qonda ham xalqimizning ko'p asrlik milliy madaniyati, ma'naviyati va an'analarini o'rniga o'z madaniyati va ma'naviyatini o'rnatish harakati yuz berdi.

Shuni e'tirof etish lozimki, albatta, bunday harakatlarning salbiy oqibatlari bilan birga ijobiy ta'siri ham bo'lgan. Uning Turkiston xalqlari o'rtasida madaniy, ma'rifiy taraqqiyotni tezlashtiriah, ma'naviy, badiiy va estetik tushunchasini o'stirish, rivojlantirish hamda takomillashtirishdagi roli va ahamiyati katta bo'lgan.

Buning oqibatida Qo'qon xonligi tugatilgandan so'ng shaharda birinchi bor Ovrupo tipidagi musiqiy drama to'garagi tashkil qilinib, unga 1876 yilgacha Qo'qon saroy truppasida ishlab, ijod qilib kelgan Ro'zi gov Nazarmat o'g'li rahbar etib tayinlanadi va uning rahbarligi 1915 yilgacha davom etadi.

Asrlar davomida an'anviy yoki qadimiy xalq teatrlarining chiqishlari va tomohalari asosan shahardagi ochiq maydonda va sayilgohlarda o'tkazilar edi. Chor hukumati Ovrupa tipidagi yangicha teatr tomoshalarini ochiq maydon va xiyobonlarda o'tkazib bo'lmasligini hisobga olib, 1880 yildan boshlab Turkistonning yirik shaharlarida, jumladan, Qo'qonda ham teatrlar uchun maxsus binolar qurish ishlarini amalga oshira boshlaganlar. Teatr binolarining loyihasi va boshqa hujjatlarni tayyorlash, qurilish ishlari bilan shahar dumalari shug'ullana boshladilar. Bu ishda va uni amalga oshirishda homiylar va mahalliy amaldorlarning moliyaviy va moddiy yordamlari ham qo'l kelgan va katta madad bergan.

Shu yo'sinda 1878 yilda Qo'qonda ham klub tipidagi "Voyennoy sobraniy" qurib bitkazilib, uning sahnasida dastlab shahar harbiy gornizoninig askarlari, shuningdek, rus va mahalliy xalq kishilaridan trkib topgan shahar badiiy havaskorlari shahar sholisiga o'z tomoshalarini ko'rsata boshlaganlar.

Shundan so'ng shahar dumasi tomonidan 1880 yilning boshlarida teatr san'ati uchun mo'ljallangan maxsus "Obshestvennoy sobraniy" binosini qurish ishlari boshlanib ketib, bu bino 1880 yillarning o'rtalariga bitkazilib, ishga tushirilgan.

Bu binoda dastlab rus badiiy havaskorlari to'garaklari, milliy xalq teatrlari ishtirokchilari o'z tomoshalarini ko'rsatib turadilar. Ularning repertuari asosan rus klassik yozuvchi va dramaturglarining sahna asarlaridan iborat bo'lgan edi.

Drama to'garaklarining repertuari yozma p'esa shaklida emas, og'zaki dramaturgiyadan iborat bo'lib, improvizasiya asosiga qurilgandi.

Birinchidan, hali o'zbek aktyorlari san'ati haqqoniy obrazlar va harakterlar yaratish, ularning ichki-tashqi dunyosini haqqoniy badiiy buyoqlar bilan ochib berish darajasiga ytgan emas edi.

Ikkinchidan, o'sha davrdagi o'zbek og'zaki dramaturgiyasi asosan qiziqchilik, mashxarabozlik va pantamimo (so'zsiz harakat)lardan iborat bo'lganligi hali drama,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

musiqiy drama, tragediya va boshqa janrlarning shakillanmaganligi tufayli o'zbek aktyorlik san'atini faqat komediya janrda rivojlanishi va shakilllanishiga olib keldi.

Qadimiy o'zbek teatrida kiyim-kechaklardan unumli foydalanish yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lsa ham sahnalashtirilayotgan spektakllarni badiiy bezash, yoritish, dekorasiya, butaforiya, rekvizit asboblari, shuningdek, grim va pariklardan maqsadli foydalanish imkoniyati yaratilmagan edi.

Aktyorlar bu vositalarni sahnada ko'p hollarda o'zlari jonli ravishda ifoda qilib berishga harakat qilar edilar.

Biz uchun ahamiyatli yri shundaki, o'tgan XVIII asr oxirida Qo'qonda Ro'zi gov Nazarmat o'g'li rahbarlik qilib kelgan drama to'garagi, 1915 yilda shaharda Hamza Hakimzoda Niyoziy va Mirshohid Miroqilovlar tomonidan shakillantirilib, asos solingan, 2010 yilda o'zining 95 yillik yubileyini nishonlagan, hozirgi Hamza nomli o'zbek davlat musiqiy drama teatri poydevori hisoblanadi.

LLD.Gorchakovnmg "Обозрение Кокандского ханства в нынешном его состоянии", Sankt-Peterburg. 1849.

2.Туркестанские ведомости, 1871, № 95.

3.A.L.Kunning "Очерки Кокандского ханство", Москва. 1877.

4.P.Nalivkinning "Краткая история Кокандского ханства", Moskva. 1886.

5. VV.V.Bartol'dning "История кулъторной жизни Туркестана", Leningrad. 1927.

6.A.L.Troiskayaning "Каталог архива Кокандских ханов 19 века", Moskva. 1969.

7. Х,.Бобобеков. "Кукон тарихи", Тошкент. 1996.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.