Научная статья на тему 'PROFESSIONAL KADRLAR QO‘G‘IRCHOQ TEATRI KELAJAGINING TAYANCHIDIR (G’.HAMROYEVNING QASHQADARYO VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRIDA 1997/2004-YILLARDA AMALGA OSHIRGAN REJISSYORLIK FAOLIYATI MISOLIDA)'

PROFESSIONAL KADRLAR QO‘G‘IRCHOQ TEATRI KELAJAGINING TAYANCHIDIR (G’.HAMROYEVNING QASHQADARYO VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRIDA 1997/2004-YILLARDA AMALGA OSHIRGAN REJISSYORLIK FAOLIYATI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
16
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
mustaqillik / rejissor / tarix / madaniyat / san’at / qо‘g‘irchoq teatri / aktyor / rassom / ta’lim / professionallik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — U.Musinov, S.M.Qodirova

Ushbu maqolada rejissor G‘.Hamroyevning Qashqadaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatridagi ilk faoliyati haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL KADRLAR QO‘G‘IRCHOQ TEATRI KELAJAGINING TAYANCHIDIR (G’.HAMROYEVNING QASHQADARYO VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRIDA 1997/2004-YILLARDA AMALGA OSHIRGAN REJISSYORLIK FAOLIYATI MISOLIDA)»

PROFESSIONAL KADRLAR - QO'G'IRCHOQ TEATRI KELAJAGINING

TAYANCHIDIR (G'.HAMROYEVNING QASHQADARYO VILOYAT QO'G'IRCHOQ TEATRIDA 1997/2004-YILLARDA AMALGA OSHIRGAN REJISSYORLIK FAOLIYATI MISOLIDA)

U.Musinov [email protected] Ilmiy rahbar: S.M.Qodirova O'zDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqolada rejissor G'.Hamroyevning Qashqadaryo viloyat qo'g'irchoq teatridagi ilk faoliyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: mustaqillik, rejissor, tarix, madaniyat, san'at, qo'g'irchoq teatri, aktyor, rassom, ta'lim, professionallik

PROFESSIONAL PERSONNEL ARE THE BASE OF THE FUTURE OF THE

PUPPET THEATER (EXAMPLE OF THE DIRECTOR ACTIVITY OF G. HAMROYEV IN 1997/2004 IN THE KASHKADARYA REGIONAL PUPPET

THEATER)

U.Musinov [email protected] Scientific supervisor: S.M.Kadirova

UzSIAC

Abstract: This article tells about the first work of director G. Khamroev in the Kashkadarya regional puppet theater.

Keywords: independence, director, history, culture, art, puppet theatre, actor, artist, education, professionalism

Mustaqillik yillarida qator teatrlar singari viloyatlarda qo'g'irchoq teatrlari ham tashkil etila boshandi. Xozirgi O'zbek Milliy qo'g'irchoq teatrning davomchilari sifatida viloyatdagi qo'g'irchoq teatrlari ham o'z bag'riga qator yosh va iqtidorli ijodkorlarni yig'ib teatrning istiqbolini ularning ijdoiy faoliyatiga bog'ladi. Shunday ijodkorlardan biri Qashqadaryo viloyat qo'g'irchoq teatrining keyingi va eng asosiy rivojlanish tarixida katta ahamiyat kasb etgan, teatrning yangi va doimiy kadrlar faoliyatini yo'lga qo'yishda munosib xizmat qilgan, teatr repertuarini o'zining rango -rang spektakllari bilan boyitgan ijodkor G'ayrat Hamroyevdir.

G'ayrat Hamroyev 1974-yil Buxoro viloyatining Jondor tumanida tavavllud

topgan. G'ayrat Hamroyev san'atga bo'lgan qiziqishining boshlanishi haqida u bilan qilgan suhbatimiz davomida shunday xotirlaydi: "Maktab davrlarimdan "Bolalar teatri" to'garagiga qatnashardim. Ushbu dargohda Adham aka degan ustozimiz boshchiligida turli sahna ko'rinishlarida rollar ijro qilganman. Aktyorlik san'atiga qiziqishim meni keyinchalik san'at oliygohi dargohiga yetakladi"

Shu tariqa G'.Hamrayev maktabni tugatib, 1991-yilda Toshkent davlat madaniyat institutiga xujjatlarini topshiradi. Lekin talabalik baxti nasib etmaydi. 1992-yilda oldingi M.Uyg'ur nomli Toshkent Davlat San'at instituti xozirgi O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining "Qo'g'irchoq teatr rejissorligi" ta'lim yo'nalishi talabasi bo'lish baxtiga muyassar bo'ladi. Institutda V.S.Iogelsendan qo'g'irchoq teatrining rejissorlik sirlarini puxta egallaydi.

Talabalik yillaridanoq ushbu sohani egallashga jiddiy yondashgan ijodkor diplom oldi spektaklini sahnalashtirish uchun Buxoro viloyat davlat qo'g'irchoq teatriga yo'l olgan. U yerda rejissori Galina Abbasovna bilan birgalikda Vyetnam xalq erktaklari asosida inssenirovka qilingan "Mushuk va maymunchalar" spektaklini omadli ravishda sahnalashtiradi. Diplom spektakli sifatida esa "Badjahl quyoncha" (M.Suponin asari, rassom V.Akudin) spektaklini O'zbekiston davlat qo'g'irchoq teatrida Sh.Yusupov boshchiligida sahnalashtirgan.

Yuqorida aytib o'tganimizdek SH.Yusupovga bo'lgan yangi murojaat tufayli G'.Hamroyev 1997-yilda Qashqadaryo viloyat qo'g'irchoq teatriga yo'l oladi.

Qashqadaryo viloyat qo'g'irchoq teatrida 1997-yilning avgust oylarida faoliyatini boshlagan G'.Hamroyevning ilk spektakli "Badjahl quyoncha" (M.Suponin asari, rassom V.Akudin) bo'lgan.

Shundan so'ng teatrda jonlanish yuz beradi. Oradan biroz vaqt o'tib ya'ni 1997-yilning oktabr oyida teatrda yaqindagina o'z faoliyatini boshlagan yaxshi bir iqtidor sohibi, teatr aktyori K.Dilmonov qalamiga mansub bo'lgan "Terakvoyning sarguzushtlari" spektakli (suhbat davomida aniqlangan spektakl) sahna yuzini ko'radi. Bu teatrda sahnalashtirgan spektakllari orasida G'.Hamroyevning birinchi mustaqil ishi bo'lgan.

Dastlabki ijod namunalarining ahamiyati ham shundaki, bu asarlar ayni teatrning o'zida yaralgani, barcha jarayonlar teatrning mavjud shart-sharoitlaridan kelib -chiqqan holatda tashkil etilganidadir. Bu degan so'z teatrda professional qo'g'irchoq teatr mutaxassisligi bo'yicha birgina G'.Hamroyevni va uning turmush o'rtog'ini aytmasa barcha a'zolar qo'g'irchoq teatr sohasi bo'yicha ma'lumotga ega bo'lmagan, dastlab viloyat musiqali drama teatr aktyorlari bo'lgan, keyinchalik oradan ikki - uch yil vaqt o'tgach Qarshi san'at kolleji, Qarshi madaniyat kollejining boshqa ta'lim yo'nalishlarini bitirgan yoshlar edi.

E'tiborga molik jihati shundaki, teatr dargohida na rassom, na qo'g'irchoq ustasi, na dekorator rassom va shu kabi boshqa ijodkor mutaxassislar bo'lmagan.

Natijada teatrda faoliyat yuritayotgan aktyorlar jamoasi G'.Hamroyev boshchiligida barcha ishlarni o'zlari amalga oshirgan. Eng qizig'i dramaturg ham o'zlari bo'lgan.

Ushbu yillarda respublika miqyosida an'anaviy qo'g'irchoq teatr uslubidagi spektakllarni sahnalashtirish o'ziga xos tendensiyaga aylanib bormoqda edi. Jumladan bu haqda teatrshunos olim M.Qodirov va S.Qodirovaning "Qo'g'irchoq teatr tarixi" kitobining "Qo'g'irchoq teatri mustaqillik yillarida" nomli bo'limida respublika va viloyat teatrlari faoliyatiga nazar tashlanib shunday ma'lumotlar keltiriladi: "Viloyat teatrlarida ham xalq ijodiga, an'anaviy qo'g'irchoq teatri uslubi va vositalariga qiziqish, bir tekis bo'lmasa - da, jiddiy tus olayotgani e'tiborga molik. Buxoro va Toshkent teatrlarining "Chodir jamol", Xiva teatrining "Afandi hangomalari", Jizzax teatrining "Tomoshada tomosha" (1993), Andijon "Lola" teatrining "Bor ekanu yo'q ekan..." (2000) spektakllari bunga misol bo'la oladi"1

Bu yangiliklarni yaxshi anglagan, qolaversa o'zida shunday asarni sahnalashtirish istagi kuchli bo'lgan ijodkor G'.Hamroyev endilikda viloyat qo'g'irchoq teatr jamoasi bilan o'zbek milliy qo'g'irchoq teatrining qahramoni Kachalpolvon ishtirokidagi "Ochko'z kachal" (G'.Hamroyev, K.Dilmonov) spektaklini sahnalashtiradi.

"Chodir jamol" uslubidagi teatrning o'ziga xosligi shundaki, spektakl voqealari markazida bosh qahramon Polvon Kachal obrazi turgan bo'lib, unda ijtimoiy hayot haqidagi voqealar satira, yumor vositalari orqali ifoda etilgan. Shuningdek, uning xotini obrazi ya'ni Bichaxon ham ushbu tipdagi asarlarning bosh obrazidir.

Biz an'anaviy teatr haqida gapirar ekanmiz, uning ijtimoiy fosh etuvchi va yumoristik xarakterga ega ekanligini, muhim mafkuraviy va estetik ahamiyat kasb etishini aytib o'tishimiz lozim. Shu jihatdan olib qaraganda qo'g'irchoqbozlar professional san'atkor bo'lganliklaridan, ular yaratgan teatrning g'oyaviy - badiiy darajasi ham yuqori bo'lgan.

Joriy spektaklda ham Kachal Polvon ishtirokidagi voqea bayon etiladi. Unga ko'ra Kachal Polvon bozorda olmafurushni uchratib qoladi, va olmalarni yuvmasdan paqqos tushiradi. Shundan keyin Kachal Polvon qorin og'rig'i bilan og'rib qoladi hamda boshidan ko'pgina sarguzashtlarni kechiradi. Korfarmon bilamizki, Kachal Polvon spektakllarining boshqaruvchisi bo'lgan. Bu spektaklda ham uning chorlovi bilan Xitoydan tabib chaqiriladi. Polvonlar kurashi ham aks etadi. Tomosha yechimi sifatida esa maxsus dorini ichgan Kachal Polvon darddan holi bo'ladi. Mana shu sahna bilan bog'liq holat ayniqsa qo'g'irchoq teatriga xos bo'lgan qiziqarli turyuklar (bunda o'zaro mo'jizali tuyulgan xatti - harakatlar asosidagi qiziqarli ko'rinishlar) bo'lgan. Ya'ni Kachal Polvon qornidan olmalarning tushishi qiziqarli ravishda olmalar tushirish harakati orqali mo'jizaga ega bo'ladi. Buni ko'rgan bolajonlar

1 M.Qodirov, S.Qodirova. Qo'g'irchoq teatri tarixi.T.,Talqin, 2006, 157 b.

rfccTii^^Bl 272 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

yuzida kulgu, tabassum jo'sh uradi. Shu kabi qiziqarli sahnalarga boy bo'lgan spektakl 1998-yilda sahna yuzini ko'radi.

Spektaklda Shuxrat Hamroyev - Kachal Polvon, Ikrom Saidolimov -Korfarmon, Masxaraboz rollarini o'ynashadi. Kachal Polvon jonli plan birga qo'g'irchoq turining qo'lqopli turida ham o'ynaladi. Polvonlar esa katta xajmli, ichiga bir kishi kiyib o'ynaladigan qo'g'irchoqlar orqali tomosha ko'rsatadi. Joriy spektaklda ham rassomlik ishlarini, qo'g'irchoqlarni yasashni teatr jamoasi G'.Hamroyev boshchiligida amalga oshirishadi. Asarda g'oyaviy jihatdan ochko'zlik, tartiblarga amal qilmaslik illatlari aks ettirilgan

G'.Hamroyev 1998-yilda bevosita Qarshi madaniyat bilim yurtiga aktyorlik san'atidan dars berish uchun taklif etiladi. Bilim yurti talabalari bilan "Yovuz rux" (Qilich Abdinabi) degan dramatik asar sahnalashtiradi.

1999-yilda G'.Hamroyev teatrda rahbar sifatidagi faoliyatini boshlagan. Bu davrda U teatr aktyorlari jamoasiga astalik bilan Qarshi madaniyat kolleji, Qarshi san'at kollejini bitirgan va shu yillarda tahsil olgan kadrlarni jalb eta boshlaydi.

Ularning safida Akmal va Farxod Xudoyorov, Saodat Saidova, Ilyos Qurbonov, Alijon Aminov, Oygul Xo'janova, Shuhrat To'xtamishov, Shokir Olimshoyev, Turdimurod Xudoyberdiyev, Alijon Ro'ziboyev kabilar bo'lishgan.

G'.Hamroye Qashqadaryo viloyat qo'g'irchoq teatrida rahbar hamda badiiy rahbar sifatida ishlar ekan sohadagi professional kadrlarni yetishtirish masalasida jiddiy ishlarni amalga oshiradi.

Teatrda mavjud shart - sharoitlar inobatga olinadi. Ular orasida eng jiddiy muammolardan biri qo'g'irchoq teatri san'ati sohasi bo'yicha mutaxassislikka ega bo'lmagan jamoaga ushbu sohaning sir - asrorlarini o'rgatish masalasi edi. Bu muammoning yechimi sifatida o'zi hamda turmush o'rtog'i Xamroyeva Sanoxon bilan birgalikda aktyorlik mahorati, qo'g'irchoq boshqarish asoslari, sahna nutqi fanlarini ma'lum vaqtlar kesimida o'rgata boshlashadi.

Uzoqni ko'ra bilgan, o'z sohasini mukammal egallagan rejissor G'.Hamrayevga alohida iste'dod egasi sifatida baho berar ekanmiz taniqli pedagok R.Usmonovning fikrlari nechog'lik ahamiyatli ekanligini anglaymiz: " rejissorning vazifasi asosan spektakl yaratish bo'lsa ham ammo u faqat shu ish bilan shug'ullanmay, hozirgi teatrda u teatrning ijodiy yo'nalishini belgilaydigan bosh ijodkor hisoblanadi. Bundan ko'rinib turibdi-ki, G'.Hamrayev nafaqat bosh ijodkor balki ustoz sifatida ham o'z vazifasini to'laqonli uddalay olgan.

1998-yil 26-martda o'zbek teatri ijodkorlari uchun katta yangilik sifatida ko'rilgan O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan "O'zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to'g'risida"gi tarixiy farmon imzolanadi. Barcha teatr singari Qashqadaryo viloyat qo'g'irchoq teatri ham Respublika miqyosidagi o'rnini mustahkamlash maqsadida mamzu jihatdan dolzarb,

zamonaviy asarlarni sahnalashtiradi, bir qancha festivallarda qatnashadi, ommaviy miqyosidagi bayram tadbirlarida faol ishtirok etadi. G'.Hamroyev rahbarligi, X.Sattorov bosh rejissorligidagi viloyat o'g'irchoq teatri jamoasi qo'g'irchoq teatrining turli xil janrlardagi, qolaversa kattalar uchun ham spektakllarni sahnalashtirish gullab - yashnagan yillari bo'lgan.

1994/2004-yilga qadar "Chimildiq" (Kattalar uchun, E.Xushvaqtov asari, sahnalashtiruvchi rejissor X.Sattarov, 1997-yil), "G'alamislar qo'zg'oloni" (X.Sattarov asari, sahnalashtiruvchi rejissor X.Sattarov, 1998-yil), "Quvnoq masxarabozlar" (Xalq o'yinlari asosida K.Dilmonov asari, sahnalashtiruvchi rejissor G'.Hamroyev, 1998-yil), "G'aroyib mexr" (B.Orlovning "Oltin jo'ja" asari asosida, sahnalashtiruvchi rejissor G'.Hamroyev, 1999-yil), "Quyosh nuri" (Popesko asari, sahnalashtiruvchi rejissor G'.Hamroyev, 1999-yil), "Qitir - qitir kim bo'ldi" (("Chiy - chiyoyning sarguzashti" spektakli qayta sahnalashtirilgan) YE.Chepoyevetskiy asari, sahnalashtiruvchi rejissor X.Sattarov, 2001-yil), "Men bezori Barmaley" (X.Sattorov asari, sahnalashtiruvchi rejissor X.Sattarov, 2001-yil), "Qorinbotir" (A.Obidjon asari, sahnalashtiruvchi rejissor A.Xudoyorov, 2002-yil), "Yovuz rux" (Kattaklar uchun, Q.Abdinabi asari, sahnalashtiruvchi rejissor G'.Hamroyev, 2003-yil), "Salom kelajak" (M.To'raqulov, X.Sattorov asari, sahnalashtiruvchi rejissor X.Sattarov, 2003-yil), "Sozandalar" (G.Jabborov, J.Ortiqov asari, sahnalashtiruvchi rejissor SH.To'xtamishev 2003-yil), "Burgut" (I.Ibrohimov asari, sahnalashtiruvchi rejissor X.Sattarov, 2003-yil) kabi spektakllar katta mehnat samaralaridir.

Bugungi kunda teatrlarimiz uchun G'.Hamroyev singari o'z sohasini juda chuqur anglaguvchi, uni sevuvchi fidoyi ijodkor va rahbarlar suv va havo singari zarurdir. Ushbu maqolada rejissor G'.Hamroyevning Qashqadaryo viloyat qo'g'irchoq teatridagi dastlabki faoliyatinigina yoritishga harakat qildim. Keyin yillar hamda bugungi kunda ham ushbu ijodkor bu teatr sahnasida qator asarlarni sahnalashtirgan hamda ko'plab zalvorli yutuqlarga erishgandir. Bular haqida esa keyingi ilmiy-ijodiy izlanishlarimda yoritishni maqsadga muvofiq deb bildim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qodirov M. O'zbek xalq og'zaki dramasi. T., Fan, 1963, 124-131 bb.

2. Speranskiy YE. Aktyor teatra kukol. M., VTO, 1965, s. 73.

3. Qashqadaryo va Surxonjaryo ekspeditsiyasi materiallari. O'zFASI fondi, inv.T-307

4. Qodirov M.X. O'zbek xalq tomosha san'ati. T.:0'qituvchi. 1981. 59-b

5. Sayfullayev B, J.Mamatqosimov. Aktyorlik mahorati. T.: Fan va texnologiya, 2012. 13-14 b.

6. Abdullayev A.A. Qo'g'irchoq teatrida rejissorlik xususiyatlari. Magistrlik dissertatsiyasi. - T.,, 2005. 4-b.

7. Yuldashev.T.I., Ikromov H.I., Muxtarov I.A, M.S.Muxtorova. Teatr va yosh avlod. T., 2012 y. 31-bet.

8. O'rinov E. Qo'g'irchoq teatrlarida repertuar masalasi. Teatr, 2004, №1, 25-

bet.

9. M.Qodirov, S.Qodirova. Qo'g'irchoq teatri tarixi.T.,Talqin, 2006, 157 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.