Научная статья на тему 'KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH: MA’LUMOTLAR, TAHLILLAR, ISTIQBOLLI REJALAR'

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH: MA’LUMOTLAR, TAHLILLAR, ISTIQBOLLI REJALAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aholi turmush darajasi / ish bilan bandlik / ishsizlik / kambag’allik / o’z-o’zini band qilish / tadbirkorlik / mulk huquqidan foydalanish / mehnat unumdorligi / aqliy salohiyat / imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mustafaqulov Yangiboy Bo’riqulovich, Musurmankulova Gulchexra Isabekovna

Maqolada kambag‘allikni bartaraf etish, ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda aholini o’z-o’zini ish bilan band qilish, bu bilan mamlakatimizda kambag’allikni qisqartirishga erishish choralari hamda ushbu muammolar bilan bog’liq yechimlarni topish maqsadida tadqiqotlar olib borgan xorijiy olimlarning ilmiy ishlari mazkur tadqiqotning nazariy-uslubiy asoslarini tashkil etadi. Bir qancha olimlar tomonidan olib borgan tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, global qashshoqlikni qisqartirish bo'yicha dunyo bo'ylab amalga oshirilayotgan minglab dasturlar, kambag'al davlatlarga ko'rsatilayotgan oziq-ovqat va boshqa yordamlar, fan-texnika va tibbiyot yutuqlari insonlarni ocharchilik va o'limdan saqlab qolayotgani hamda sayyoramizdagi resurslar har bir insonni yetarlicha oziq-ovqat bilan ta’minlashga qaratilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda kambag’allikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar va ular bilan bog’liq natijalar ham tahlil sifatida berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH: MA’LUMOTLAR, TAHLILLAR, ISTIQBOLLI REJALAR»

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH: MA'LUMOTLAR, TAHLILLAR,

ISTIQBOLLI REJALAR

Mustafaqulov Yangiboy Bo'riqulovich Musurmankulova Gulchexra Isabekovna

TAFU "Tarmoqlar iqtisodiyoti" kafedrasi katta o'qituvchilari, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Farg'ona yo'li ko'chasi 1-uy, Tashkent, O'zbekiston [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13335303 Annotatsiya: Maqolada kambag'allikni bartaraf etish, ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda aholini o'z-o'zini ish bilan band qilish, bu bilan mamlakatimizda kambag'allikni qisqartirishga erishish choralari hamda ushbu muammolar bilan bog'liq yechimlarni topish maqsadida tadqiqotlar olib borgan xorijiy olimlarning ilmiy ishlari mazkur tadqiqotning nazariy-uslubiy asoslarini tashkil etadi. Bir qancha olimlar tomonidan olib borgan tadqiqotlarda ta'kidlanishicha, global qashshoqlikni qisqartirish bo'yicha dunyo bo'ylab amalga oshirilayotgan minglab dasturlar, kambag'al davlatlarga ko'rsatilayotgan oziq-ovqat va boshqa yordamlar, fan-texnika va tibbiyot yutuqlari insonlarni ocharchilik va o'limdan saqlab qolayotgani hamda sayyoramizdagi resurslar har bir insonni yetarlicha oziq-ovqat bilan ta'minlashga qaratilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda kambag'allikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar va ular bilan bog'liq natijalar ham tahlil sifatida berib o'tilgan.

Tayanch so'zlar: Aholi turmush darajasi, ish bilan bandlik, ishsizlik, kambag'allik, o'z-o'zini band qilish, tadbirkorlik, mulk huquqidan foydalanish, mehnat unumdorligi, aqliy salohiyat, imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish.

1 KIRISH

Hech kimga sir emas-ki, barqaror rivojlanish masalasi har doim jahon hamjamiyatining diqqat markazida bo'lib kelgan. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasining 2015 yil sentyabrda bo'lib o'tgan tarixiy sammitida dunyoning 190 dan ortiq davlatlari tomonidan 2030 yilgacha amalga oshirilishi ko'zda tutilgan 15 dan ortiq global maqsad hamda 165 dan ortiq vazifalardan iborat "Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)" dasturi qabul qilindi.

BMT ta'rifiga ko'ra "Barqaror rivojlanish bo'lg'usi avlodlarning o'z ehtiyojlarini qondirishga bo'lgan imkoniyatlariga zarar yetkazmagan holda hozirgi avlodlarning ehtiyojlariga mos keluvchi rivojlanishni ta'minlash hisoblanadi. Barqaror rivojlanish maqsadlari - bu barcha uchun yanada barqaror kelajak va eng yaxshi natijalarga erishish rejasidir. Ular qashshoqlik, tengsizlik, iqlim o'zgarishlari, atrof-muhit ifloslanishi, tinchlik va adolatning buzilishi kabi biz duch keladigan global muammolar yechimini topishga yo'naltirilgan. Bunday rivojlanish yer yuzi bo'ylab insonlarning barqaror, inklyuziv va yorqin kelajak uchun o'zaro hamkorlikdagi intilishlarini ifoda laydi" [6].

BMT "Barqaror rivojlanish maqsadlari"ni mamlakatimizda izchil amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20-oktyabrdagi 841-sonli "2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan 2030 yilgacha bo'lgan davrda "Milliy maqsad va vazifalar hamda ularni amalga oshirish bo'yicha yo'l xaritasi" tasdiqlangan va unda 2030 yilgacha bo'lgan davrda: fuqarolarning o'ta qashshoqlik shaklini bartaraf etish va kam ta'minlanishning barcha ko'rinishlarini ikki barobarga qisqartirish; aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilliligi va

samaradorligini kuchaytirish; qishloq infratuzilmasi, agrar tadqiqotlar, texnologiyalarni rivojlantirish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirish belgilangan.

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

BMT "Barqaror rivojlanish maqsadlari" doirasida kambag'allikni bartaraf etish, ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda agrar ishlab chiqarishni raqamlashtirish va "aqlli qishloq xo'jaligi"ni joriy etish orqali qishloq xo'jaligini barqaror rivojlantirish masalalari bo'yicha tadqiqotlar olib borgan xorijiy olimlarning ilmiy ishlari mazkur tadqiqotning nazariy-uslubiy asoslarini tashkil etadi. Tadqiqotda abstrakt va analitik mushohada, normativ va pozitiv tahlil, qiyosiy va omilli tahlil kabi usullardan foydalanilgan.

Maqolani tayyorlashda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO), Qishloq xo'jaligi rivojlanishi xalqaro jamg'armasi (IFAD), BMTning Xalqaro bolalar fondi (UNICEF), Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) va Jahon sog'likni saqlash tashkiloti (WHO) ishlanmalari hamda O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasining rasmiy veb-sayti ma'lumotlaridan foydalanilgan.

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Jefri Saksga ko'ra "Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) butun dunyo bo'ylab muhim ijtimoiy ustuvor yo'nalishlarga erishish uchun global safarbarlikning tarixiy va samarali usulini belgilaydi. Ular (BRM) qashshoqlik, ochlik, kasalliklarga chalinish, maktabda ta'lim olmaslik, gender tengsizligi va atrof-muhit ifloslanishi kabi holatlardan keng jamoatchilik tashvishlarini ifoda etadi" [7].

Stafford-Smit va boshqa bir guruh olimlar BRMning 17 ta maqsadlari va 169 ta vazifalarni uchta yirik asosiy

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

guruhlarga turkumlashgan: iqtisodiy o'sish, ijtimoiy integratsiya va atrof-muhitni muhofaza etish masalalari.

Ularning ta'kidlashicha BRM doirasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish quyidagi uchta soha larning o'zaro integratsion aloqalariga bog'liq: sektorlararo integratsion aloqalar (masalan, moliya, qishloq xo'jaligi, energetika va transport); jamiyat institutlari orasidagi integratsiya (mahalliy davlat boshqaruvi organlari, davlat muassasalari, xususiy sektori fuqarolik jamiyati); past, o'rtacha va yuqori daromadli mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro integratsion aloqalar" [8].

Devid Krigs boshchiligidagi olimlarning ta'kidlashicha, "kelgusida antropagen jarayonlarning yanada kuchayishi yer yuzida keng ko'lamli, keskin va orqaga qaytarib bo'lmaydigan o'zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Suv tanqisligi, ekstremal ob-havo sharoitlari, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashuvi, ekosistemaning izdan chiqishi, yerlarning sho'rlanishi, dengiz va yer osti suvlari sathining ko'tarilishi - bularning barchasi rivojlanishga to'siq bo'luvchi hamda butun jahon bo'ylab gumanitar inqirozni yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan real xatarlar hisoblanadi. Farovonlikni yuksaltirish va kambag'allikni bartaraf etish barcha mamlakatlar xalqlaridan hayot kechirishning barqaror usullariga o'tishni talab qilmoqda" [9].

Robert Keyts va boshqa olimlarning fikricha, dunyo 2050 yillarga borib ochlik va qashshoqlikni qisqartirish hamda sayyoramizning asosiy hayot kechirish tizimlarini saqlab qolish bilan birga, insonlarni boqish, tarbiyalash, ta'lim berish va ish bilan band qilish uchun yetarli resurslar, materiallar va axborot bilan yetarli miqdorda ta'minlagan taqdirdagina barqarorlikning minimal darajasiga erishgan bo'ladi [10].

4 TAHLILLAR VA TADQIQOT NATIJALARI

BMT hamda barqaror rivojlanish masalalari yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olimlar fikrlarini umumlashtirish asosida xulosa qilish mumkinki, BRMning maqsadi va undan kelib chiqadigan asosiy vazifalar yer yuzidagi insonlar farovonligini oshirish maqsadini ko'zlovchi ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolardan tashkil topgan, desak xato bo'lmaydi. BRMning asosini tashkil etuvchi bu uch element (iqtisodiy o'sish, ijtimoiy integratsiya va atrof-muhitni muhofaza qilish) bir-biri bilan o'zaro mustahkam bog'langan bo'lib, kambag'allikni qiaqartirish, jamiyat va uning a'zolari farovonligini ta'minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega, desak - mobolag'a bo'lmaydi.

BRMning unikalligi shundaki, ular barcha mamlakatlarni - sayyoramizni himoya qilish bilan birga kambag'al, boy va o'rta daromadli aholining farovonlikka erishishiga ko'maklashishga chaqiradi.

Ta'kidlash joizki, "Barqaror rivojlanish maqsadlari"da ko'zda tutilgan maqsadning asosiy qismi agrar va oziq-ovqat masalalariga bevosita yoki bilvosita tegishli. Mazkur tadqiqotda BRMning aynan agrar va oziq-ovqat siyosati hamda bu sektorlarni barqaror

rivojlantirishga qaratilgan maqsadlari va vazifalarini tadqiq etishga e'tibor qaratilgan.

BRMning birinchi maqsadi 2030 yilga borib dunyo miqyosida "Hamma joyda qashshoqlikning har qanday ko'rinishiga barham berish'ni nazarda tutadi. Qashshoqlik - bu shunchaki barqaror hayot kechirish uchun daromadlar va resurslarning yetishmovchiligi emas. U ochlik va to'yib ovqat yemaslik, ta'lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarga cheklangan imkoniyat, ijtimoiy diskriminatsiya hamda ayrim toifadagi insonlarning qarorlar qabul qilishda ishtirok eta olmasligida namoyon bo'ladi [11].

Qashshoqlik turli shakllarda namoyon bo'lib, uning vujudga kelish sabablari sifatida ishsizlik, ijtimoiy yakkalanish, ayrim mamlakatlar aholisining tabiiy ofatlar va epedimik kasalliklar oqibatlariga kuchli bog'liqligi kabi omillarni kiritish mumkin. Bunday holatlar kishilarning to'laqonli hayot kechirishiga imkon bermaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra yer sharida hamon 800 millionga yaqin kishi o'ta qashshoqlikda hayot kechiradi va ularning salkam 75 % i kuniga 2 (ikki) dollardan kam daromad topadi. Dunyoning eng boy mamlakatlarida bolalarning salkam 32 % ga yaqini qashshoqlik darajasida hayot kechirishga majbur. Yer yuzidagi 5 yoshgacha bo'lgan har to'rt bolaning bittasi yetarlicha bo'y va og'irlikka ega emas [12].

BMT notenglik va qashshoqlikni iqtisodiy o'sishga to'sqinlik qilib, jamiyatdagi hamjihatlik va farovonlikka putur yetkazadi, ayrim holatlarda esa siyosiy beqarorlik va kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi, deb baholagan [13].

Qashshoqlikning barcha ko'rinishlarini bartaraf etish barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashning eng muhim shartlaridan biri sanaladi. Buning uchun bosqichma-bosqich, keng qamrovli va adolatli iqtisodiy o'sishni ta'minlash, barcha uchun keng imkoniyatlarni ochish, tengsizlikni bartaraf etish va adolatli ijtimoiy muhitni shakllantirish, turmush kechirish farovonligi ko'rsatkichlarini oshirib borish, resurslardan samarali foydalanish va ekotizimni saqlashning barqaror usullaridan foydalanish talab etiladi.

Keyingi yillarda dunyo miqyosida kambag'allikning keltirib chiqaruvchi omillar va ularni bartaraf etish yo'llariga oid qator ilmiy tadqiqotlar olib borilayotganini qayd etish joiz. Ulardan 2019 yilgi Nobel mukofoti sohiblari Abxijit Banerji, Ester Dyuflo va Maykl Kremerlarning kambag'allikni qisqartirish bo'yicha olib borgan ochiq kuzatuvlar asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini alohida ta'kidlash joiz.

Olimlar olib borgan tadqiqotlarda ta'kidlanishicha, global qashshoqlikni qisqartirish bo'yicha dunyo bo'ylab amalga oshirilayotgan minglab dasturlar, kambag'al davlatlarga ko'rsatilayotgan oziq-ovqat va boshqa yordamlar, fan-texnika va tibbiyot yutuqlari insonlarni ocharchilik va o'limdan saqlab qolayotgani hamda sayyoramizdagi resurslar har bir insonni yetarlicha oziq-ovqat bilan ta'minlash imkonini berishiga qaramasdan, hamon yer yuzidagi aholining 14 % i kuniga 1 dollardan kam daromad ishlab topib, tirik qolishga harakat qilm-

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, в-8 may 2004 www.in~academy.uz

oqda. Daromadlar va milliy valyutalar xarid qobiliyatining pastligi sharoitida bu mablag' bilan ular kambag'allik tuzog'idan chiqib ketolmaydilar.

Ko'p mamlakatlarda kambag'allar hayot zarur bo'lgan eng asosiy xizmatlar, ya'ni sifatli ta'lim va tibbiy xizmat, toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, transport, kommunikatsiya va boshqa qulayliklardan foydalanish imkoniga ega emas.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbayiga ega emasligi, turli hisob-kitoblarga ko'ra O'zbekiston aholisining 12-15 foizi yoki 4,5-5 million kishi kam ta'minlangan aholi qatlamlariga kirishi qayd etildi [14].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26-martdagi "Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishga oid Davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5975-sonli Farmoni va ushbu Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida 2020 yil 26-martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarorlari qabul qilindi. Bu shu bilan yakun topib to'xtab qolganicha yo'q[17].

Bizga ma'lum-ki, keying yillarda mamlakatimizda kambag'allikni qisqartirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Bu nafaqat aholi o'rtasida, hatto Muhtaram Prezidentimizning diqqat markazida bo'lgan dolzarb masala ekanligiga ham guvoh bo'lmoqdamiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yilning 15 may kuni kambag'allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi. Davlatimiz siyosatida inson manfaatlari, ijtimoiy adolat tamoyillari ustuvor. Shu boisdan ham aholining muayyan qatlami o'rtasida kambag'allik borligi tan olinib, uni qisqartirish bo'yicha alohida tizim joriy qilindi[21]. Bunga qo'shimcha, joriy yil boshida barcha tumanlar sharoitiga ko'ra 5 ta toifaga ajratilib, tabaqalashgan yengilliklar berildi. Bularning natijasida o'tgan yili 1 million nafar, bu yil birinchi chorakda 210 ming aholi kambag'allikdan chiqarildi. Har yili oilaviy tadbirkorlikka 13 trillion so'm kredit va 1 trillion 500 milliard so'm subsidiyalar ajratilayapti. "Ijtimoiy himoya reyestri" orqali 2 million 300 ming muhtoj oila, xotin-qizlar, yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan vatandoshlarimiz moddiy yordam bilan qamrab olindi. Lekin, bu natijalar hali yetarli emas[22]. Kambag'allikni kamaytirish - bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg'otish, kasbga tayyorlash va ish o'rinlarini ko'paytirishga qaratilgan kompleks vazifadir. Shu bois yig'ilishda bu borada yangi bosqichga o'tish, rag'bat choralarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Oxirgi besh yilda yurtimizda tadbirkorlar soni 285 mingdan 590 mingtaga ko'paydi. Bu - bitta tumanda 2,5 mingdan ortiq yoki bir mahallada 50 nafardan tadbirkorlar sinfi shakllandi, degani. Agar davlat bu tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik qilib, ularni qo'llab-quvvatlasa, joylarda

bandlikni hal qilish imkoniyati ortadi. Masalan, aholini kasb-hunarga o'qitish uchun har yili davlat tomonidan 200 milliard so'm ajratilyapti. Lekin bu mablag'lar tadbirkor bilan bog'lanmagan. Xuddi shunday, tadbirkor ham yiliga katta xarajat qilib, o'zi uchun minglab mutaxassis tayyorlashga majbur. Lekin, bunda davlat qo'llab-quvvatlovi yo'q. - Buning birdan-bir to'g'ri yechimi - tadbirkorga sharoit yaratib, ular bilan manfaatli hamkorlik qilish. Bu orqali ham bandlikni ta'minlaymiz, ham malakali mutaxassis tayyorlaymiz, -dedi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev[1,2,3,4].

Shu maqsadda 1 iyundan boshlab "20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi amalga oshirilishi ma'lum qilindi. Unda ishtirok etish ixtiyoriy bo'ladi. Dasturga 2023-2024 yilda jami 1 milliard dollar ajratiladi. Bu mablag'lar hisobidan tadbirkorga kambag'al oilalar a'zosini kasbga o'qitib, ishli qilishiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi. Tadbirkorning "amaliy monomarkaz" tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga o'qitish xarajatlari to'liq qoplab beriladi.

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar beriladi. Jumladan, kamida 20 foiz kambag'al oila a'zosini bir yil davomida ish bilan ta'minlasa, mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi. 5 million so'mgacha ish haqi to'layotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravar kamaytiriladi. Kambag'al oila a'zosi ham daromad solig'idan ozod qilinadi.

Shuningdek, soliq va bojxona ma'murchiligida ham yengilliklar nazarda tutilmoqda. Xususan, bunday tadbirkorlar faoliyatida soliq tekshiruvlari o'tkazilmaydi. Ularga qo'shilgan qiymat solig'i hamda ortiqcha to'langan soliqlar tekshiruvsiz qaytarib beriladi. Barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib to'lash imkoni beriladi. Bojxona rasmiylashtiruvida "yashil yo'lak" tartibi qo'llaniladi.

Dasturga kirgan tadbirkorlarga infratuzilma, yer va bino-inshootlar bilan ta'minlashda qo'shimcha yengilliklar beriladi. Masalan, yer va bino-inshootlarni xususiylashtirishda bo'lib to'lash imkoniyati yaratiladi. Qiymati 50 milliard so'mdan yuqori loyihalar bo'yicha infratuzilma xarajatlari to'liq qoplab beriladi. Yig'ilishda ushbu yangi tizim asosida joriy yilda 550 ming aholini o'qitib, kambag'allikdan chiqarish mumkinligi aytildi.

Ma'lumki, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha Xitoyda tajriba katta. Ushbu tajriba asosida har bir viloyatda kambag'allikdan chiqarish bo'yicha alohida dastur amalga oshirilishi belgilandi. Bunda, kambag'allik yuqori bo'lgan tumanlarda yo'l-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash, kichik va o'rta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirishga e'tibor qaratiladi. Endi har yili tasdiqlanadigan davlat investitsiya dasturlari ham shu asosda shakllantiriladi.

Mutasaddilarga tanlab olingan 14 ta tumanni kambag'allikdan chiqarish bo'yicha kompleks dastur ishlab chiqish vazifasi qo'yildi.

XULOSAVA TAVSIYALAR

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™2157centurv

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

Tadqiqot doirasida olingan natijalar asosida quyidagi xulosa tavsiyalarni ilgari suramiz:

• Aholi o'rtasida mulk huquqi va turli tadbirkorlik faoliyatidan foydalanish daxlsizligini davlat tomonidan qat'iy muhofaza qilish orqali mamlakatimizda mehnat unumdorligini oshirish mexanizmlarini rivojlantirish[51;

• Har bir oila o'z-o'zini ish bilan band qilish choralarini mustaqil ko'rish hamda "VAQT" nobudnarchiliklarni oldini olish;

• Ish ko'lamini kengaytirish va aholini ish bilan bandlikka jalb etish;

• Raqamli va innovatsion, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish evaziga "aqlli korxonalar"ni rivojlantirish;

• Aholining kam ta'minlangan qismiga davlat byudjetidan yetarlicha subsidiyalar orqali qo'llab-quvvatlash darajacini yanada ko'paytirish[231;

• "Oziq-ovqat xavfsizligi to'g'risida"gi, "Minimal iste'mol savati to'g'risida"gi, "Minimal yashash minimumi to'g'risida"gi "Kambag'allikdan chiqish to'g'risida"gi qonunlar qabul qilish jarayonini jadallashtirish;

• "Mamlakatimizda kambag'allikni qisqartirish" bog'liq monitoringini olib boorish va har yil yakunida Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisida "Kambag'allikni qisqartirish holati bo'yicha" Milliy ma'ruza"ni tinglash va muhokama qilish amaliyotini joriy etish.

Yuqoridagi ma'lumotlardan shunday xulosaga kelish mumkin-ki, kambag'allik nafaqat aholi uchun, hatto mamlakatning iqtisodiy rivojiga salbiy ta'sir etadigan, muhim dolzarb va og'riqli masala hisoblanadi. Shunday ekan, ushbu masalaga har bir fuqaro ma'sul, javobgar va faol ishtirok etishi muhim hisoblanadi. Buning uchun esa, har fuqaro o'-o'zini ish bilan ta'minlash tamoyiliga asoslangan holda, faol ish bilan shug'ullanishi talab etiladi. Buning natijasi esa, nafaqat oilaga, balki mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga, eng muhimi esa kambag'allikni qisqarishiga ishonchli turtki bo'ladi. Buning uchun esa, mamlakatimizda barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli va aholimizning kuch qudrati hamda salohiyatiga hech qanday shubha yo'q. Bizdan esa, faqat fidoyilik talab etiladi, xolos.

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni.

[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutqidan 02.12.2017 yil. http://uza.uz/uz/politics/shavkat mirziyoyev xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhit. 02.12.2017

[3] O'zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasining Konsepsiyasi. https://uzbekistan2035.uz/uz/uzbekistan-2035

[4] O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi.

https://www.pv.uz/uz/documents/ mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategic vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ma'suliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar togrisida.

[5] Mustafaqulov Ya.B., Qilichov S.S., Allayorov I.X. Biznes asoslari. Toshkent, "GRAND KONDOR PRINT", 2024 yil

[6] https://www.un.org/sustainabledevelopment/ru/sus tainable-development-goals/

[7] Sachs J. D. From millennium development goals to sustainable development goals //The lancet. - 2012. - T. 379. - №. 9832. - S. 2206-2211.

[8] Stafford-Smith M. et al. Integration: the key to implementing the Sustainable Development Goals //Sustainability science. - 2017. - T. 12. - №. 6. - P. 911919.

[9] Griggs D. et al. Sustainable Development Goals for people and planet //Nature. - 2013. - T. 495. - №. 7441. - P. 305307.

[10] Robert K. W., Parris T. M., Leiserowitz A. A. What is sustainable development? Goals, indicators, values, and practice //Environment: science and policy for sustainable development. - 2005. - T. 47. - №. 3. - P 8-21.

[11] https://www.un.org/sustainabledevelopment/ru/sus tainable-development-goals.

[12] www.un.org/sustainabledevelopment.

[13] www.un.org/sustainabledevelopment/ru/sustainabl e-development-goals.

[14] Banerjee, Abhijit V.; Duflo, Esther (2011). PoorEconomics: A Radical Rethinking of the Way to Fight Global Poverty. New York: PublicAffairs. ISBN 9781610390408;

[15] Michael Kremer, Population Growth and Technological Change: One Million B. C. to 1990,

[16] The Quarterly Journal of Economics, Volume 108, Issue 3, August 1993, Pages 681-716, https:// doi.org/10.2307/2118405.

[17] O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yilda Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://president.uz/

[18] https://mineconomy.uz.

[19] www.fao.org/sustainable-development-goals.

[20] www.un.org/sustainabledevelopment.

[21] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi".

[22] www.Lex.uz

[23] O'bekiston Respublikasi Markaziy bank ma'lumotlari. 2023 yil

[24] Mustafaqulov Ya.B., Todjimamatova M.E., Berdiyeva A.G'., Egamberdiyeva O.K. Biznes asoslari: praktikum (amaliy mashg'ulotlar uchun o'quv qo'llanma). Toshkent, "GRAND KONDOR PRINT", 2024 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.