Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA KAMBAG’ALLIK DARAJASINI QISQARTIRISHGA DOIR “MILLIY MODEL” VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’NALISHLARI'

O’ZBEKISTONDA KAMBAG’ALLIK DARAJASINI QISQARTIRISHGA DOIR “MILLIY MODEL” VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
12
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Kambag’allik darajasi / milliy model / qashshoqlikni kamaytirish / aholi farovonligini oshirish / innovatsion yondashuv / ijtimoiy shartnoma

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Musulmonova Shahlo Nasriddinovna

Hоzirdа kаmbаg’аllik butun dunyoda nаfаqаt iqtisоdiy, bаlki сhuqur ijtimоiy vа madaniy muаmmоdir. Jаmiyаtdа dаrоmаdlаrning yuqоri tаbаqаlаnishi tufаyli sаlbiy оqibаtlаr yuzаgа kelаdi, kelаjаkdа bu qаytаrib bо'lmаydigаn hоlаtlаrgа оlib kelаdi. Ushbu maqola O‘zbekistonda qashshoqlikni qisqartirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni innovatsion yondashuv asosida baholashga harakat qiladi. Asosiy yutuqlar bilan bir qatorda. Qashshoqlikni qisqartirishda qiyinchiliklarni yengish va imkoniyatlardan foydalanish usullarini taqdim etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA KAMBAG’ALLIK DARAJASINI QISQARTIRISHGA DOIR “MILLIY MODEL” VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’NALISHLARI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

O'ZBEKISTONDA KAMBAG'ALLIK DARAJASINI QISQARTIRISHGA DOIR "MILLIY MODEL" VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'NALISHLARI

Musulmonova Shahlo Nasriddinovna

"Iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchisi, Buxoro davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11422427

Annotatsiya. Hоzirdа kаmbаg'аllik butun dunyoda nofoqot iqtisоdiy, bolki ohuqur ijtimoiy vo madaniy muаmmоdir. Jаmiyаtdа dаrоmаdlаrningyuqоri tаbаqаlаnishi tufаyli sаlbiy оqibаtlаr yuzаgа kelodi, kelojokdo bu qoytorib bo'lmoydigon holotlorgo olib kelodi. Ushbu maqola O'zbekistonda qashshoqlikni qisqartirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni innovatsion yondashuv asosida baholashga harakat qiladi. Asosiy yutuqlar bilan bir qatorda. Qashshoqlikni qisqartirishda qiyinchiliklarni yengish va imkoniyatlardan foydalanish usullarini taqdim etadi.

Kalit so'zlar: Kambag'allik darajasi,milliy model, qashshoqlikni kamaytirish, aholi farovonligini oshirish, innovatsion yondashuv,ijtimoiy shartnoma.

Аннотация. В настoящее время бедность является не только экономической, но и глубокой сoциальнoй и культурной проблемой во всем мире. Из-3o высокого доходного расслoения в обществе вознитют негативные последствия, которые приведут к неoбратимым ситуациям в будущем. В даннoй статье предпринята попытт оценить реформы, реализуемые в сфере сoкращения бедности в Узбекистане, на основе иннoвациoннoгo пoдхoда. Hoряду с основными достижениями oбсуждаются отдельные проблемы предлагает способы преодоления проблем и испoльзoвания возможностей в сoкращении бедности.

Ключевые слова: Уровень бедности, нациoнальная модель, сoкращение бедности, повышение благoсoстoяния населения, иннoвациoнный подход, сoциальный кoнтракт.

Abstract. Currently, poverty is not only an economic, but also a deep social and cultural problem in the whole world. Due to the high income stratification in the society, negative consequences occur, which will lead to irreversible situations in the future. This article tries to evaluate the reforms implemented in the field of poverty reduction in Uzbekistan based on an innovative approach. Along with the main achievements, the article provides ways to overcome challenges and seize opportunities in poverty reduction.

Keywords: Poverty level, national model, poverty reduction, population welfare improve ment, innovative approach, social contract.

Ommaviy qashshoqlik ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida deyarli doimiy ravishda ko'pgina xorijiy mamlakatlarda olimlar va siyosiy arboblar nuqtai nazarida bo'lgan. Qashshoqlik jahon hamjamiyatining asosiy muammolaridan biridir. Qashshoqlik Osiyo, Аfrika va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar hamda o'tish davridagi iqtisodiyotga ega mamlakatlarda asosiy ijtimoiy va iqtisodiy tahdid sifatida ko'riladi. Dunyoda iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlariga qaramay, ko'plab mamlakatlarda munosib ish o'rinlari yaratish istiqbollari va ishlayotgan, lekin minimal daromadga ega bo'lgan ko'p sonli odamlar mavjud. Iqtisodiy samaradorlik qashshoqlik va ishsizlikni barqaror qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, iqtisodiy rivojlanish sog'lom ijtimoiy siyosat bilan birga olib borilishi kerak. Mintaqalar uchun alohida muvaffaqiyatli ijtimoiy-iqtisodiy isloh qiluvchi qashshoqlikni kamaytirish milliy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishning muhimdir. Bunday

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

strategiya xorijiy tajribaning ijobiy tomonlarini ham, uning kamchiliklarini ham hisobga olishi kera, barqaror iqtisodiy o'sishga erishish va mintaqa fuqarolarining farovonligini oshirish, iloji bo'lsa, ijtimoiy rivojlanishdagi xatolar va buzilishlarning oldini olishi zarur.

Kambag'allikdan faqat o'sha qatlamga mansub odamlar jabr chekadi, deyish yanglish tushuncha. Bu nafaqat aholi, balki davlatning ham katta dardi, hatto, aytish mumkinki, fojiasidir. Bu holat xalqning sog'lig'i, mehnatga layoqati va ilmiy -ijodiy salohiyatiga putur yetkazadi. Shuningdek, uning oqibati iqtisodiy o'sishning pasayishi va siyosiy jarayonlarning keskinlashishiga sabab bo'ladi. Jamiyatning turli sohalarida ishtirok etish imkoniyati ham cheklangan. Davlat esa bepul o'rta ta'limni ta'minlash, tibbiy xizmatlarni asosiy paketini kafolatlash, ijtimoiy zaif, deb tasniflangan guruhlarga ixtisoslashgan yordam va kam ta'minlangan oilalarga imtiyozlar berishga majbur. Eng yomoni, kambag'allik holatiga tushib qolishdan ko'ra, undan chiqib ketish anchagina qiyinroq. Shu bois j amiyatimizda kambag'allikni qisqartirish ayollar va yoshlar rolini oshirish, birinchi navbatda, ularga malaka berish hamda bandligini ta'minlash zarur. Chunki jamiyatning ma'naviy va ilmiy rivoji yoshlar qo'lida va ularni munosib oyaga yetkazishda ayollar o'rni beqiyos ekanligini qayd etib o'tish lozim. Bu vazifani samarali va sifatli bajarmasdan turib ayollar hamda yoshlar manfaatlari bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy masalalarni tizimli hal etish imkonsiz.

Biz ayta olamizki,yurtimizda aholining muayyan qatlami o'rtasida kambag'allik mavjudligi birinchi marta e'lon qilingan kundan boshlab uni qisqartirish bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlar alaloqibat O'zbekistonning o'ziga xos kambag'allikni qisqartirishga doir milliy modelini tashkil qilayapti desak mubolag'a bo'lmaydi. Xususan, barcha tuman va shaharlarda ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash bo'yicha mutlaqo yangi tizim - "Temir daftar", "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari" joriy etildi. Buning natijasida ular bilan tizimli, manzilli ish yo'lga qo'yildi. Sektor rahbarlari va mutasaddi idoralar vakillari tomonidan har bir mahallada holat o'rganildi, yoshlar va ayollar bilan birma-bir muloqot qilindi, ehtiyojlari, qiziqishlari aniqlandi hamda shu asosda manzilli choralar ko'rildi. Ishsiz yoshlar va xotin-qizlarda motivatsiya uyg'otib, kasbiy ko'nikmalar shakllantirish, psixologik, huquqiy, tibbiy va moliyaviy ko'mak berildi. "Ijtimoiy shartnoma" tajribasi keng qo'llanish uchun normativ bazasi ishlab chiqilib Buxoro viloyatida pilot tarzda qo'llandi. Bu tizim orqali ko'plab fuqarolarning bandligi ta'minlandi. O'zini o'zi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda ko'pgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli ming-minglab fuqarolarimiz mehnat faoliyatini qonuniy tarzda yo'lga qo'ydi. Umuman, pandemiya sharoitida o'z ishini yo'qotgan aholini qo'llab-quvvatlash uchun davlat va hukumat barcha chora-tadbirlarni ko'rdi. Kambag'allikni qisqartirish va aholining daromad manbalarini oshirish maqsadida "daftar"lar bilan ishlash (jazoni o'tab qaytganlarning ijtimoiy moslashuvi, yoshlar va ayollarni psixologik qo'llab-quvvatlash, ularni chet tillari va kasb-hunarga o'qitish bo'yicha) nodavlat notijorat tashkilotlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish va hamkorlikni kengaytirish lozimligi belgilab olindi.

Davlatimiz rahbari tomonidan "Aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmon qabul qilindi. Ushbu farmon xalqning turmush darajasini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni yanada qo'llab-quvvatlashga qaratilgan muhim hujjat bo'ldi. Kambag'allikni qisqartirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi. O'zbekistonda kambag'allikka qarshi kurashish 2017-yildan boshlab mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishi qilib belgilangan. Respublika va hududlar

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

miqyosida ehtiyojmand oilalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 15 dan ortiq me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, 2021 yilda 70 ming nafar ishsiz fuqaroni 40 turdagi kasbhunarga o'qitish, 39,6 ming nafar ishsizlarni tadbirkorlik ko'nikmalariga o'rgatish, 50 ming kishini tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi uchun chet tillariga o'qitish reja qilingan. Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar ko'lami ham kengaytirilmoqda. O'zbekistonda kambag'allik darajasi yangicha tajriba asosida o'rganilmoqda.Unda jahonning ilg'or mamlakatlari tajribasi, xususan, AQSHning taniqli olimlari, 2019 yildagi Nobel mukofoti laureatlari Abxijit Banerji, Ester Dyuflo va Maykl Kremerning kambag'allikni qisqartirish bo'yicha o'tkazgan tadqiqotlari natijalaridan foydalanildi.

Mamlakatimizning asosiy qonunida davlat fuqarolarning bandligini ta'minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish va qashshoqlikni kamaytirish choralarini ko'rishi belgilab qo'yilgan (43-modda). Mehnatga layoqatsiz va yolg'iz keksalar, nogironlar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning huquqlari davlat himoyasidadir (57-modda).

Davlat aholini ijtimoiy himoya qilish va qashshoqlikni qisqartirish bo'yicha samarali va maqsadli siyosatni, shu jumladan, mehnatga layoqatli aholi daromadlarini oshirish mexanizmlarini va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini amalga oshirish tarafdori.

"O'zbekiston 2030" strategiyasi ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarida islohotlar o'tkazish, ijtimoiy xizmatlar tizimini qayta ko'rib chiqish va qashshoqlikni kamaytirish chora-tadbirlari orqali "har bir inson salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish"ga qaratilgan.

Mamlakatimizda 2030-yilgacha bo'lgan davrda aholini ijtimoiy muhofaza qilish strategiyasi qabul qilingan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan bo'lib, uning barcha viloyatlarda bo'linmalari hamda mamlakatimizning har bir shahar va tumanlarida "Inson" ijtimoiy xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etilgan.

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, mutanosib mintaqaviy siyosatni amalga oshirish, infratuzilma va tadbirkorlikni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash kabi ustuvor yo'nalishlarni o'z ichiga olgan 2030-yilgacha bo'lgan davrda "Qashshoqlikni qisqartirish strategiyasi" loyihasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy mexanizmlar bilan bir qatorda ta'lim va sog'liqni saqlash tizimlari samaradorligini oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy yordam va xizmatlar ko'rsatish tizimini takomillashtirish rejalashtirilgan.

Minimal iste'mol xarajatlaridan kelib chiqqan holda milliy qashshoqlik chegarasi o'rnatildi. Ushbu mezonga ko'ra, qashshoqlik darajasi 2021 yilda 17 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2022 yilda 14 foizga pasaygan .

Maqsad 2030-yilga borib iqtisodiyot hajmini ikki barobarga oshirish va daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar qatoriga qo'shilishdir. Bundan tashqari, 2026 yilgacha qashshoqlikni ikki baravar kamaytirish rejalashtirilmoqda . Yordam berish chora-tadbirlarining o'ziga xosligini oshirish maqsadida mamlakatimizda davlat yordamiga muhtoj oilalar va fuqarolarni aniqlashga yondashuv o'zgartirildi. Ehtiyojmandlarni hisobga olish uchun mahallalarda "temir", "ayollar", "yoshlar" daftarlaridan foydalanilmoqda. Nafaqalarni taqsimlashda aniqlik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida yagona elektron ma'lumotlar bazasi -Ijtimoiy himoyaning yagona reestri tashkil etildi. Natijada ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni qamrab olish darajasi oshdi. Jumladan, 2019-yilda Ijtimoiy himoya yagona reestri orqali 595 ming oila ijtimoiy nafaqa va yordam olgan bo'lsa, 2022-yil yakuniga ko'ra bu raqam 4 barobarga oshib,

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

2,2 million oilaga yetdi. Ushbu maqsadlar uchun qariyb 11,4 trillion so'm ( 1 milliard dollardan ortiq ) yo'naltirildi.

2023-yil 8-noyabrda tashkil etilgan SDG indeksi bo'yicha taraqqiyoti:Taraqqqiyot uchun qashshoqlikka qarshi kurashda erishilgan yutuq va strateguiyalar muhokama qilingan davra suhbatida BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili o'rinbosari Anas Fayyod Qarman o'zining kirish so'zida aytgan "Biz O'zbekistonda maqsadli va samaraliroq siyosat chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradigan Milliy ko'p o'lchovli kambag'allik indeksini (MPI) yaratish va sinovdan o'tkazish bo'yicha O'zbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilayotganimizdan xursandmiz. Bu tashabbus hukumatning daromaddan tashqari qashshoqlikning murakkabliklari va ko'p jihatlarini tushunish va ularga qarshi kurashishga sodiqligini aks ettiradi". So'zlari mamalakatimizda amalaga oshirilayotgan samarali ishlarning dalilidir.

Yuqorida qayd etib o'tilgan qator ishlar amaliy samaradorligini oshirishning yana bir necha yo'llari mavjudligini aytib o'tish lozim.Dastavval ushbu sohada ishlar samaradorligini pasaytiruvchi omillarni sanab o'tadigan bo'lsak,fikrimizcha ularning ilk qatorida kishilardagi kambag'allik psixalogiyasi yotadi.Yertarli moliyaviy savodxonlikka ega bo'lmagan aholini ijtimoiy yordam berish yo'li bilan kambag'allikdan chiqarish imkoni yo'q. Aksincha, ijtimoiy yordam ularda keyinchalik boqimandalik ruhiyati shakllanishiga olib keladiShuningdek, O'zbekiston sharoitini, oddiygina demografik holatni ham e'tiborga olish zarur. Mehnat bozoriga kirib kelayotgan kadrlar soni bilan mavjud ish o'rinlarining soni bir-biriga nomutanosib. Yetarli miqdorda ish o'rinlari yaratilmagani bois odamlar ishsiz qolmoqda. Shu tufayli tashqi mehnat migratsiyasiga ehtiyoj paydo bo'lgan. O'zbekistondagi "ortiqcha" ishchi kuchi shu yo'sinda o'z kunini ko'rib kelmoqda. Aytmoqchi bo'lganimiz, ish o'rinlarini yaratish orqali kambag'allikni qisqartirishda, avvalambor, mamlakatda iqtisodiy o'sishni ta'minlash kerak deb hisoblaymiz. Biz tom ma'noda erkin iqtisodiyotni qura olsak, shunda iqtisodiyot tarmoqlarining o'zi kerakli miqdorda ish o'rinlarini yaratib, aholini ish bilan ta'minlaydi va pirovard natijada O'zbekistonda kambag'allar soni kamaya boshlaydi.

Xulosa:

O'zbekistonda kambag'allikka qarshi kurash haqida gapirganda, turli mintaqalarda, shahar yoki qishloqlarda yashaydigan turli yoshdagi odamlar, erkaklar va ayollar uchun kambag'allikning sabablari juda farq qilishini hisobga olishimiz kerak. Shu nuqtayi nazardan, qashshoqlikka qarshi kurash juda murakkab va ko'p qirrali vazifadir. Shu munosabat bilan, muhtoj odamlarga to'g'ridan to'g'ri moliyaviy yoki tabiiy yordam ko'rsatish orqali qashshoqlik muammosini hal qilishda jiddiy ijobiy natijaga erishish mumkin emasligi ayon bo'ladi. . Bunda ularga amaliy sherik bo'lgan holda ma'lum tadbirkorlikni boshlashga yordamlashish va bu uchun kerakli bilimlar bilan ta'minlash orqali ularni o'ziga va kelajagiga ishonchni oshirishimiz mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida" PF-29-son Farmoni. 03.12.2021-yil. https://lex.uz.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ko'rsatish hamda kambag'allik bilan kurashish ko'lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-6277-son Farmoni. 11.08.2021. https:// lex.uz.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-31-son qarori. 03.12.2021-yil. https://lex.uz.

5. Shahlo M., Aziza T. External Labor Migration and Informal Employment: Situation, Problems and Their Causes //European Journal Of Business Startups And Open Society. -2023. - Т. 3. - №. 12. - С. 45-50.

6. Shahlo M., Aziza T. Poverty as a Socio-Economic Category //European Journal Of Innovation In Nonformal Education. - 2023. - Т. 3. - №. 12. - С. 27-31.

7. Nasriddinovna M. S. SPECIAL DIRECTIONS OF POVERTY REDUCTION IN THE REGIONS //International Journal of Education, Social Science & Humanities. - 2024. - Т. 12. - №. 3. - С. 847-852.

8. Musulmonova S. Mintaqalarda kamg 'allik darajasini pasaytirish va xorij tajribasidan foydalanish yo 'llari. - 2024.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.