Научная статья на тему 'KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIMNI ISLOH QILINISHI: NATIJA VA MUAMMOLAR'

KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIMNI ISLOH QILINISHI: NATIJA VA MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Siddikov R.B.

Mustaqillikni ilk davrida O‘zbekistonda ta’lim sohasini isloh qilishda tanlangan yo‘l ma’lum ijobiy natijalar bergan bo‘lsada1992 yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun ta’lim tizimini faqat qisman isloh qilishga imkon yaratdi. O‘tish davrida (1991-1996 yillar) amalga oshirilgan ishlar ta’lim tizimining takomillashuviga xizmat qilib, mavjud salbiy holatlarni kamayishiga olib keldi[1]. Shu bilan birga dunyodagi globallashuv hamda jahon ta’lim makonidagi integratsiya jarayonlari va zamonaviy kadrlarga qo‘yilayotgan talablar sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va tubdan modernizatsiya qilishni taqozo etdi. Oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning keyingi bosqichi 1996 yilda, oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgandan so‘ng boshlandi. Bu bosqichning asosiy ustivor yo‘nalishlari qilib quyidagilar belgilandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA OLIY TA’LIMNI ISLOH QILINISHI: NATIJA VA MUAMMOLAR»

KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI ASOSIDA O'ZBEKISTONDA OLIY TA'LIMNI ISLOH QILINISHI: NATIJA VA

MUAMMOLAR

Siddikov R.B.

t.f.n., dotsent,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11173896

Mustaqillikni ilk davrida O'zbekistonda ta'lim sohasini isloh qilishda tanlangan yo'l ma'lum ijobiy natijalar bergan bo'lsada1992 yilda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risidagi" Qonun ta'lim tizimini faqat qisman isloh qilishga imkon yaratdi. O'tish davrida (1991 -1996 yillar) amalga oshirilgan ishlar ta'lim tizimining takomillashuviga xizmat qilib, mavjud salbiy holatlarni kamayishiga olib keldi[1]. Shu bilan birga dunyodagi globallashuv hamda jahon ta'lim makonidagi integratsiya jarayonlari va zamonaviy kadrlarga qo'yilayotgan talablar sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va tubdan modernizatsiya qilishni taqozo etdi. Oliy ta'lim tizimidagi islohotlarning keyingi bosqichi 1996 yilda, oliy ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgandan so'ng boshlandi. Bu bosqichning asosiy ustivor yo'nalishlari qilib quyidagilar belgilandi.

- bakalavriat va magistraturadan iborat oliy ta'limning ikki bosqichli tizimi joriy qilish;

- oliy ta'lim tizimini moliyalashning yangi tizimiga o'tish (davlat grantlari shaklida budjet mablag'lari va shaxsiy manbalar hisobidan moliyalash, ya'ni talabalarni oliy o'quv yurtiga to'lov shartnoma asosida qabul qilish);

- talabalarni mamlakatning barcha hududida bir kunda va bir vaqtda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda o'tkaziladigan kirish test sinovlari orqali qabul qilishga to'liq o'tish.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 27 avgustda bo'lib o'tgan IX sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov mamlakat ta'lim tizimini erishgan darajasi va ahvoliga obyektiv baho berdi[2].

Ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lanmaganligi, ya'ni uzluksiz ta'lim tizimini tashkil qilish muammolarini hal qilinmaganligi, kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o'zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o'quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyotning kamligi, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o'rtasida o'zaro hamkorlik va integratsiyaning yo'qligi - kadrlar tayyorlash tizimidagi jiddiy kamchiliklardan hisoblanar edi. Shu boisdan ham 1997 yil 29

avgustda "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, miqyosi va maqsadlari bo'yicha keng qamrovli "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" ning qabul qilinishi ushbu muhim sohada chuqur islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tatbiq qilishda islohotlarni bosqichma-bosqich o'tkazish tamoyiliga amal qilindi.

Birinchi bosqich - o'tish davri bo'lib (1997-2001 yy.) unda kadrlar tayyorlash tizimisalohiyatini saqlab qolish uning rivojlanishi uchun huquqiy meyoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy - moddiy shart-sharoitlar yaratildi.

Ta'lim mazmunini isloh qilish, tayyorlanayotgan kadrlar sifatining respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar talablariga muvofíqligini ta'minlash maqsadida "Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida"gi Qaror qabul qilindi. Ikki bosqichli oliy ta'lim tizimini tashkil etish va rivojlantirishga qaratilgan bakalavriat va magistratura uchun davlat ta'lim standartlari joriy etildi.

Oliy ta'limni isloh qilishni meyoriy xuquqiy asoslarini jahon ta'lim makonidagi talablarga moslashtirish hamda yuqori malakali kadr tayyorlashni sifatini oshirish maqsadida xalqaro standart tamoyillariga asoslangan klassifikator qabul qilindi.

Ikkinchi bosqich - (2001-2005 yillar)da Oliy ta'lim tizimidagi tarkibiy o'zgarishlar, ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash, o'quv-tarbiya jarayonini o'quv adabiyotlari hamda ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash davom etirildi. Shu davrda oliy o'quv yurtlarining ta'lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot-texnologiyalarini joriy qilish, "Internet"ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishni ta'minlash hamda axborot-kommunikatsiya sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga e'tibor qaratildi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini uchinchi bosqichida (2005 -2016 yy) to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda oliy ta'limni modernizatsiya qilishga kirishildi.Lekin bu vazifani bajarishda oliy o'quv yurtlarini moddiy texnika bazasini mustaxkamlashga va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga yo'naltirilgan mablag'lar yetarli bo'lmadi.Ta'lim tizimini boshqarishdagi rasmiyatchilik oliy ta'lim muasassalarida tashkiliy va boshqaruvda erkinlikni cheklanganligi ularning o'zgaruvchan zamon talablariga tez moslashishiga to'sqinlik qildi. Shunindek ta'limni barcha bo'g'inlarida soha xodimlarini ijtimoiy himoyalash masalalari e'tibordan chetda qolganligi, o'qitish sifatini maktab va o'rta maxsus kasb xunar ta'lim tizimida pastligi afsuski ko'plab oliy o'quv yurtlarida korrupsiyani keng avj

olishiga olib keldi[3]. Natijada oliy ta'lim tizimida tayyorlanayotgan kadrlarni sifati past darajada bo'ldi va boshqa salbiy holatlar ko'zga tashlandi[4].

Ma'lumki ta'lim tizimidagi islohotlarni samarali bo'lishi hamda tayyorlanayotgan kadrlarni salohiyati, sifati va kompetentlik darajasi avvalambor ilmiy-pedagogik kadrlarni qay darajada zamon talablariga mosligi bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimini isloh qilishda hamda yuqori malakali pedagogik kadrlarni tayyorlashda ilg'or davlatlarning tajribasidan keng foydalanish maqsadida 1997 yilda O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov farmoniga binoan tashkil qilingan "Umid" va "Ustoz" jamg'armalari Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishga o'zlarining ma'lum hissalarini qo'shdilar[5].

2003 yil 1 iyulidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq "Umid" va "Ustoz" jamg'armalari birlashtirilib "Iste'dod jamg'armasi tashkil etildi. Jamg'armaga yosh iqtidorli pedagogik kadrlarni tanlov orqali aniqlab, yetakchi chet el ilmiy markazlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlik asosida ularni intelektual salohiyatini yanada yuksaltirish vazifasi yuklandi[6].

O'tgan davr mobaynida 10100 dan ortiq pedagog va ilmiy kadrlar jamg'armaning kunduzgi maqsadli kurslarida qayta tayyorlandilar. "Iste'dod" jamg'armasi gratlari sharofati bilan 800 nafardan oshiq yosh pedagog va ilmiy xodimlar chet elda o'z malakalarini oshirishga muvofaq bo'ldilar[7].

O'zbekiston oliy ta'lim tizimida xalqaro aloqalar jadal rivojlandi. Talabalarning mobilligi bir nechta xalqaro dasturlarning ko'magida Erasmus + Yevropa Ittifoqi, Fulbright Student AQSH, (DAAD) Germaniya, Chievening Program Buyuk Britaniya, hamda yana bir qancha (JICA) Yaponiya , (Koica) Janubiy Koreya, Fransiya, Xitoy, Ispaniya, Rossiya Federatsiyasi hukumatlari tomonidan moliyalashtirilgan dasturlar asosida amalga oshirildi. O'tgan davr mobaynida O'zbekistonda oliy ta'limni modernizatsiyalashda 80 dan ortiq Tacis(Technical Assistance for the Commonwealth of independent States) loyihalari amalgaoshirildi. Tempus (Trans-European Mobility Programed) loyihalarida barcha viloyatlardan 55 ta oliy o'quv yurtlari ishtirok etdi[8].

Xulosa qilib shuni ta'kidlash mumkinki, mustaqillik yillarida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirilishi natijasida O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimini asoslari va zamonaviy oliy ta'lim tizimi shakllandi. 20162017 o'quv yiliga kelib respublikada 21 ta universitet, 37 ta institut, 2 ta akademiya, 11 ta mahalliy va 7 ta xorijiy davlatlarning oliy o'quv yurtlari filiallari faoliyat ko'rsatdi[9].

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek,

"...istiqlol yillarida mamlakatimizda oliy o'quv yurtlari soni 2,5 baravar ko'paydi. Mamlakatimizda davlat budjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 7 foizi ta'lim tarbiya sohasiga yo'naltirilmoqda"[10].

O'tgan davr mobaynida O'zbekistonda zamonaviy yaxlit uzluksiz ta'lim tizimi shakllantirilganligiga qaramasdan oliy ta'lim tizimi mustaqillik yillarida mamlakat iqtisodiyotida bo'lgan tub o'zgarishlarga to'liq moslasha olmadi. Oliy o'quv yurtlarigakirishni kvotalar bilan cheklanganligi mehnat bozorini yuqori malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj bilan taklif o'rtasidagi mutanosiblikning buzilishini vujudga keltirdi. O'tgan davrda yoshlarning qariyb 100% o'rta ta'limga jalb qilingan bo'lishiga qaramasdan ularning faqat 9% oliy ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ldi[11]. Bunday holni vujudga kelishiga obyektiv va subyektiv sabablar olib keldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek "Afsuski aksariyat oliy o'quv yurtlarida ta'lim sifati xalqaro mezonlarga va real iqtisodiyot talablariga javob bermaydi. Ishlab chiqarishda ish boshlagan ko'pgina bitiruvchilarni aksariyat hollarda qayta tayyorlashga to'g'ri kelmoqda"[12]. Yana kadrlar tayyorlashdagi muammolarga e'tibor qaratib "Biz ko'plab dasturlarni qabul qilmoqdamiz, lekin ularni amalga oshiradigan, tashabbuzkor va vatanparvar, yuqori malakali kadrlar yetarlimi? Oliy o'quv yurtlarida tayyorlanayotgan mutaxassislar oldimizga qo'yilgan ulkan vazifalarni bajarishga qodirmi? Ularga ta'lim berayotgan o'qituvchi va professorlarning bilim va malakasi davr talabiga javob beradimi? Ming afsuski, bu savollarga javob berish oson emas. Biz bu yo'nalishdagi ishlarimizni tanqidiy baholagan holda 2017-2021 yillar Oliy o'quv yurtlari tizimini yanada rivojlantirish bo'yicha dastur ishlab chiqishimiz va uni hayotga tatbiq etishimiz kerak bo'ladi"[13] degan fikr bildirildi. Mustaqillik yillarida bosib o'tilgan yo'l va orttirilgan tajribani xolisona baholagan holda ,erishilgan yutuqlar va yuzaga kelgan muammolarni tahlil qilib hamda zamon talablaridan kelib chiqib 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi[14]. Harakatlar strategiyasida uzluksiz ta'limni yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish,mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish,ta'lim va o'qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta'lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko'paytirish vazifalari qo'yildi.

Adabiyotlar:

1. Siddiqov, R. B. (2020). Globallashuv davrida O'zbekistonda oliy ta'limni rivojlanish tendensiyalari va muammolari (1991-2016 yillar). O'tmishga nazar, 8, 78-91.

2. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent: Sharq, 1997. - B. 4.

3. Yun A. Corruption in Uzbek higher education:Detrimental impurity for the future.(Central Asia policy briefs #34) 2016.

4. Siddikov, R. B. (2021). Reforms in the higher education system of Uzbekistan: Problems of transformation. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 27(1), 399-412.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste'dod" jamg'armasi joriy arxivi.1997-2003 yil ma'lumotlari.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 1 iyuldagi PF-3272-sonli "Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi Farmoni / http : //www.lex.uz/ pages/getpage.aspx?lactid=484629

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste'dod" jamg'armasi joriy arxivi 2013.

8. Узбекистан. Обзор системы высшего образование. Февраль 2016 г. Erasmus +. http://eacea.ec.europa.eu/ education/ Eurydice/eurypedia_en..php.

9. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi rasmiy sayti. http://edu.uz/uz/opendata/ view?id=3 (murojat qilingan vaqti 20. 04.2016 ).

10. Tinchlik, ma'rifat va bunyodkorlik yo'lida hamkorlik .O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-cessiyasining ochilish marosimidagi nutqi. Ma'rifat 2016 yil 19 oktabr.

11. Узбекистан: Модернизация системы высшего образование. Июнь 2014 г. Документ Всемирного банка. - С.10.

12. Toshkent oqshomi. 2016 yil 26 noyabr.

13. XXI asr, 2016 -yil 20-oktabr.

14. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida / Rasmiy nashr / O'zbekiston Adliya vazirligi. -Toshkent: Adolat, 2017. -B. 112.

15. Siddikov, R. B. (2021). Reforms in the higher education system of Uzbekistan: Problems of transformation. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 27(1), 399-412.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.