Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
JUM'AQULI XUMULIY G'AZALLARI BADIIYATI
Umirzoqova Dilnura
SamDU filologiya fakulteti 3-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: M.J.Xasanova SamDU mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi dotsenti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Jum 'aquli Xumuliyning hayoti va ijodi haqida batafsil ma 'lumot berilgan. Uning ijodiga xos asosiy xususiyatlat aniqlangan. G 'azallarining mavzu-mundarijasi haqida ma 'lumot berilib, ular poetik tahlil etilgan.
Kalitso'zlar: Xumuliy, Urgut, mang'it, g'azal, tarixiy asarlar, tatabbu', faxriya, Navoiy, Mashrab, Huvaydo, Ka 'ba va ko 'ngil
ABSTRACT
This article provides detailed information about the life and work of Jum'aquli Khumuli. The main features of his work have been identified. Information about the subject-content of his ghazals was given and they were analyzed poetically.
Key words: Khumuli, Urgut, mangit, ghazal, historical works, tatabbu', fakhriya, Navoi, Mashrab, Huvaido, Kaaba and heart
KIRISH
Jum'aquli Xumuliyning hayoti to'g'risida keng ma'lumot beradigan manbalar uning o'z asarlari - "Tarixi Xumuliy", "Shayx Musoxon Dahbediyning tarjimai holi" kitoblari hamda ayrim avtobiografik g'azallaridir. Ulardan ma'lum bo'lishicha, Xumuliy 1776 yilda Mog'oniyon mavzeidagi Kandrud qishlog'ida (Hozirgi Panjkent tumanida) tug'ilgan. O'n besh yoshida Xumuliy Shahrisabz madrasasining mudarrisi Xolboy Oxun tarbiyasiga topshiriladi. Madrasani tugatgan Xumuliy ustozi yordamida Samarqanddagi Tillakori madrasasiga mudarris bo'lib tayinlanadi. Undan so'ng Urgut tumani qoziligiga saylanadi.
Xumuliyning bizgacha yetib kelgan asarlari O'zFASHI va TojFASHI qo'lyozmalar fondlarida saqlanmoqda. Shoirning hayoti va ijodini o'rganish u yashagan asrdan boshlangan edi. Tazkiralar va bayozlarda uning adabiy merosidan parchalar berilgan, ijodiy ko'lami haqida fikr yuritilgan. Xumuliy hayoti va ijodiy faoliyati to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar rahmatulloh Vozeh Buxoriyning "Tuhfat ul-ahbob" tazkirasida uchraydi. Asar muallifi Xumuliyni "Ajubai zamon, nodirai davron" deya ta'riflaydi. Vozeh Xumuliy o'zbek ekanligini, she'rlarining asosiy qismini o'zbek tilida yaratganligini ta'kidlab, bundan tashqari tojikcha she'rlar yozganligi haqida fikr bildirib, ulardan namunalar keltiradi. Bundan tashqari,
Research BIB / Index Copernicus
Mirsiddiq Hashmat "Tazkirat ush-shuaro" kitobida bu fikrlarga hamohang fikr bildiradi. Tazkiranavis shoirni zamondan zulm ko'rgan ilmli kishi sifatida xotirlaydi. XIX asrda tuzilgan bir necha bayozlarda Xumuliyning turli mavzulardagi g'azallari, muxammaslari, qasidalari kiritilgan. 1890 yilda Muhammad Sharif Ollobergan tomonidan tartib berilgan bayozda Xumuliyning yetti baytlik g'azali Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil singari ulug' shoirlarning asarlari orasida keltiriladi. Sadri Ziyoning "Risolai xattoton" kitobida ham "Xumuliy Mullo Jum'aquli ... sohibi kamolot va fazoyil buvad" degan qaydlar mavjud.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xumuliyning boy adabiy merosi bugungi zamonaviy adabiyotshunoslikning e'tiborini tortib kelmoqda. O'tgan asrning yirik adabiyotshunos olimlaridan S.Ayniy "Tarixi mang'itiyai Buxoro" asarida va Abutohirxo'janing "Samariya" kitobiga yozgan so'zboshisida Xumuliyning "Tarixi mang'itiya" asari haqida ma'lumotlar berish bilan birga, o'rni kelganda, undan foydalangan. Shuningdek, akademik V.Abdullayev, professorlar R.Xodizoda, I.Abdullayev, H.Hikmatullayev, R.Orzibekov, U.Karimov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida Xumuliyning hayoti va ijodi to'g'risida qisman ma'lumotlar keltirilgan. Professor A.Abdurahmonov 1973 yilda Xumuliy adabiy merosi to'g'risida dissertatsiya himoya qilgan va Xumuliyning 72ta g'azalidan iborat "Oshi haloli qayda?" tanlangan g'azallarini e'lon qildi1.
1982 yil "Asrlar sadosi" kitobida Xumuliyning bir turkum g'azallari e'lon qilingan. Xumuliyning yirik asarlaridan bo'lgan "Tarixi mang'itiya" mang'itiylar sulolasining siyosiy va ijtimoiy tarixini o'rganishga bag'ishlab yozilgan asardir. Kitobda 1750 yillardan 1800 yilning boshlarigacha Buxoro xonligida bo'lgan ijtimoiy-siyosiy voqealar o'z ifodasini topgan. Muallif Muhammad Rahimxon, amir Doniyol davrlariga bir muncha to'xtalib, Shohmurod hukmronligi yillariga ko'proq o'rin bergan. Asarda Muhammad Rahimxon Buxoro davlatini markazilashtirish majburiy bo'ysundirilishi, amir Doniyol davrida feodallarning xonlikka qarshi isyoni, separatlarcha harakati avj olganligi tarixiy faktlar asosida ochib berilgan.
Xumuliy Buxoro xonligini markazlashtirish siyosatini davom ettirgan Shohmurodning hukmronlik yillarini mufassal sharhlaydi. Asarda Shohmurod viloyatlardagi isyonlarni bostirish uchun xalqqa imtiyozlar berganligi, moliyaviy, ma'muriy, harbiy va sud islohotlarini o'tkazganligi, sharoitga to'g'ri kelmaydigan soliqlarni bekor qilganligi yoritilgan. Shohmurodning Marvga tortgan harbiy yurishlari, Afg'oniston shohi Temur shoh bilan qilgan janglari ham atroflicha yoritilgan.
1 Х,умулий, Оши ^алоли кайда?, танланган газаллар, Самарканд, Зарафшон, 1993 йил. 55 бет.
Research BIB / Index Copernicus
"Tarixi mang'itiya"ning e'tibor tortadigan tomonlaridan biri, muallif asarning so'ngida Samarqand shahri tarixini, uning o'sha davridagi ahvolini yoritadi. Temuriylar zamonasida shahar obod bo'lgani, keyingi asrlarda hukmron nazaridan chetda qolib, suvsizlikdan xarobalikka yuz tutub, yirtqich hayvonlarning makoniga aylanib qolganini afsus bilan ta'kidlaydi. Shohmurod hukmronligining so'nggi yillarida Samarqandni obodonlashtirishga katta e'tibor beradi. Turli viloyatlardan ustalar to'playdi va shaharda 24 masjid, 24 guzar barpo qiladi. Urgut, Zomin, Jiz zax, O'ratepa, Panjkent, Xavos singari tomonlardan odamlarni ko'chirib kelib, shu guzarlarga joylashtiradi. Ko'chirib keltirilganlar qaysi viloyatdan bo'lsa, guzurlar ham shu nom bilan ataladi. Xumuliyning fikricha, Samarqandning Feruzi, Shohizinda, Poyqavoq, So'zangaron darvozalari o'sha davrda ta'mir etilgan.
Tarixnavisning bu asarida amir Haydar hamda amir Nasrullo Buxoro xonligini idora etgan yillardagi ayrim voqealar ham qayd etilgan. Xumuliy yozib qoldirgan tarixlar hozirgi tarixchilar fikriga to'g'ri kelishi bilan qimmatlidir. Xumuliyning yana bir qimmatli asari 1837 yilda yozilgan "Manzumoti tarixiya" asaridir. Asarda 70ga yaqin kichik va katta hajmdagi ta'rix she'rlari o'rin olgan bo'lib, ular amir Haydar va Nasrulloxonlar Buxoro xonligini boshqargan davrdagi voqealarni o'rganishda muhim manba sanaladi. Xumuliyning ta'rix she'rlari turli mavzularda yozilgan. Bu asar 19 asrning birinchi yarmida Buxoro amirligi muzofotida sodir bo'lgan voqea hodisalar to'g'risida ishonarli ma'lumot berish bilan tarixiy ahamiyat kasb etsa, uning she'riy bayon etilishi esa badiiy qimmatini oshirgan. Tarixchi va shoir Xumuliyning bu she'riy asari 19 asrning birinchi yarmidagi o'zbek va tojik xalqlari turmushiga oid ayrim voqealarni o'rganishda muhim manbadir.
Xumuliyni chinakam shoir sifatida tanitadigan, unga XVII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmidagi o'zbek va tojik mumtoz adabiyoti maydonidagi shoirlar qatoridan o'rin olib beradigan asar uning devonidir. Xumuliy salaflari ijod etgan janrlardan unumli foydalandi va takrorlanmas rango-rang mavzudagi she'rlar yaratdi. Shoir she'riyatida ishq-muhabbat mavzusi, oshiq va ma'shuqlar timsoli suratan shayx va zohid bo'libyurguvchi shaxslar hajviyoti, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy ruhdagi g'azallar yetakchilik qiladi. Shoir o'z g'azallarida zamonasidagi kishilarning ichki dunyosi, kayfiyatini ko'rsatishga harakat qilgan. Jozibali lirik va tabiat tasvirlari orqali ijtimoiy nozik fikrlarni she'rda mujassam etgan.
Xumuliy lirikasida insoniy munosabatlar ustoz shoirlarning ijod sarchashmalaridan bahramand bo'lganligidan dalolat beradi. Bunga birgina misol, devondagi 13 ta muxammas Navoiy, Bedil, Soyib kabi yirik shoirlar g'azallariga bog'langan bo'lib, ularda insoniy muhabbat ulug'langan. Bu shoirning
Haqiqiy ishqdin harchandkim Mansur erur oshiq,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
Bu dori fitnaparvar vahmidin ishqi majoz avlo. baytidan ham ko'rinib turibdi. Xumuliy g'azallarining mavzu doirasi keng. Shoir she'rlarining asosini lirik g'azallar tashkil etadi. Ammo lirik, yor vasfiga bag'ishlangan g'azallarda ham ijtimoiy baytlar uchraydi. Masalan:
Bo'ldi ashkim bahr borgach ko'zdin ul yoshim mening, Ayrilur har su hubobi puchdek boshim mening. bayti bilan boshlanuvchi g'azalning so'nggi bayti-maqta'si quyidagi ijtimoiy fikrni bildiruvchi baytdir:
Ey Xumuliy qoziyul-hojotdin sharm etmadim, Garchi kechti qozilig'da 40 yil yoshim mening. Yoki
So'fiyu shayxu mudarris, voizu mullo mu'in, Ey, Xumuliy, ishq bozorida bir molto'damiz. Iqtidoring har necha ko'p bo'lsa, ko'pdur mushkuling, Tobdi har parvona gavhardin gireh bosh uzra toj.
Bu baytlarda shoir Xumuliyning ijtimoiy hayot haqidagi fikrlaridan boxabar bo'lishimiz mumkin.
Xumuliy g'azallarida Alisher Navoiy an'anasi singari maqta'da yoki maqta'dan avvalgi baytda odob-axloqqa oid bayt keltiriladi. Ko'rub holini inkor aylagan ul zulfi kokulg'a, Iki olamni sotgan johiledur bir qaro pulg'a. deb boshlanuvchi g'azali shunday yakunlanadi:
Soqolu soch oqardi o't, Xumuliy istirohatdin, Alavdin qo'rq, eshshakdek ag'nama, ey bexirad kulg'a. Ya'ni qarilik fasli boshlanib, soch-soqol oqardi, endi istirohatdan o'tgin, eshshakdek kulga ag'nashda olovdan qo'rqqin, deya nasihat qiladi. Yoki
Ey Xumuliy bazmu razm asbobig'a yo'qtur sabot, Xoh bo'lg'il kosa cho'bin, xoh bo'l zarin likob. Ya'ni, ey Xumuliy, bazmlarga sabot yo'q - muqim bo'la olmaydi. Bazmda shunday ekan, taxta kosa bo'ldin nimayu, zarin likob bo'lgani nima. Bazmning o'ziga sabot yo'q-ku.
Istama hojat kishidin garchi mun'imdur karim, Ey Xumuliy, xor etar chunkim kishini har tama'. Ya'ni, birovdan mushkulingga hojat istamagin, chunki kishini ta'ma xor etadi, deydi. Bunda shoir Pahlavon Mahmud she'riyatining mohiyatiga yaqin keladi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
Yoki
Fig'on chun bo'ldi betavfir, qachon faryod etar ta'sir, Kiyik bo'lg'on emas tasxir, kuchuk g'ilg'on bila g'avg'o. Ya'ni, fig'on, baqir-chaqir hech qachon ta'sir etmaydi, ulug'lanmaydi. Axir kuchukning g'avg'osi kiyikni qachon sehrlabdi.
Yoxud «Madrasa» radifli g'azalini olib qarasak, Xumuliyning ijtimoiy fikri to'la-to'kis namoyon bo'ladi. Bu kabi g'azallardan ko'rinib turibdiki, Xumuliy zamonasini qoralab, insoniylikka olib bormaydigan jamiyatdan bezganligini, ko'z yumib yashashdan boshqa chora yo'qligini, kazzobu riyokorlarning boshi osmonu fazlu donish ahliga yorug' kun yo'qligini bayon etadi.
«Oshi halol qanda» g'azalida shoir she'r boshidan oxiriga qadar ritorik so'roq tarzida ijtimoiy tuzumdan norozi ekanligini ifodalaydi. G'azal so'ngida shoirning falsafiy-tasavvufiy qarashlari aks etgan. Ya'ni xum piri tasavvufiy istiloh sanalib, o'zini riyokorlik bilan masjid elidan sanab yurganlardan ko'ra xum piri avlodir, o'zini mo'minu musulmon sanab masjidda qaror topib, zimdan nomusulmonlik qilganlardan xum piri kamolot sohibiroqdir, deydi.
Sobiq tuzum zamonida ta'kidlanganidek "Shoir matbuot orqali zamon yangiliklari bilan tanisha borib, turmushni sinchiklab o'rganishi natijasida din xurofotning achinarli oqibatlarini anglay oldi. Keng xalq ommasining ahvoli og'irligi, maorif va madaniyatdan mahrumligi, ruhoniylarning aldamchiligi uning ruhida musulmonchilikka qarshi isyon uyg'otadi» emas, tasavvufning ming-ming yillik an'analariga ko'ra riyokor shayxlarni riyokor masjid ahlining «komil»ligidan komilroq sanaydi.
Xumuliy g'azallarida ko'zga tashlangan va eng ko'p fydalanilgan, murojaat etilgan badiiy san'atlar tanosub, talmih, tazod, tashbih, husni ta'lil, zulqofiyatayn kabilardir. Talmeh san'ati orqali shoir ijodiy niyatini obrazli ifodalaydi. Xumuliy tarixiy shaxslarga, payg'ambarlar, afsonaviy qahramonlar, tasavvuf namoyandalari, oshiqlar, shohlar, Azozil obrazlaridan unumli foydalanadi. Masalan, payg'ambarlar: Ey ajuzi obi rahmat selidin ayyomi hut, Soldi to'fonkim tanuri Nuhdin suv birla o't.. Ey labing chashmasida sabz xating shoxi nabot, Nafasing Iso dami, nuktalaring Xizri hayot. Nega ohim otashindur sarg'arib ruxsorasi, Ey Masihim, bo'lmasa men xastadek mismor sham. Shahanshahlar shahi darveshdur habsi nafs qilg'on, Ajab mo'redururkim elga hukmi chun Sulaymmondur. Afsonaviy qahramonlar:
Research BIB / Index Copernicus
May ichkim, nash'ai fayoz chekkim sog'ari sahbo, Skandar ko'zgusi, Jam jomini aylar ato sanga; Bo'lma hashmat do'stikim, uyqudag'i afsonadur, Qissai Kayxusravu karri fari Afrosiyob; Xatqa nisbat qaydadur la'lingda deb qildim savol, Dedi suvsab Xizr yetmish chashmai hayvong'a. Xizrdek dil zinda bo'l, umri abaddin komyob, Joni yo'q oinag'a mulki Skandardin na haz;
Shoirning ijtimoiy-falsafiy, didaktik g'azallarida payg'ambarlar, afsonaviy qahramonlarga ishora qilib obrazlantirilsa, ishqiy g'azallarda esa mashhur oshiqlarga ishora qilib talmih yaratiladi, shuningdek, Iso Masih jon ato etuvchi sifati bilan yorga murojaat etilgan o'rinlar ham mavjud.
Shoir g'azallarida ko'pchilik shoirlar ijodida uchraydigan faxriya xususiyatlarini ham uchratdik. Masalan,
G'azali pahlaviy inshosida ko'bdur shoir, Turkzod erdi Xumuliyki zabardast o'ldi.
Ma'lumki, turk atamasi usul ma'nosida kelsa, sodda, tushunarli, ravon degan ma'nolarni anglatadi. Bunda shoir shunga ishora qilmoqda. Yoki
Iktisobu fazlu donishda Xumuliy turkdur, Amaki yo'q, xonaqoh ko'rgan tag'oyi madrasa. Yoki
Gar Navoiy lutfidan bo'ldi Xuroson bo'ston, Toza she'ringdan Xumuliy mulki Turon bo'ldi bog'. Bunda shoir o'zini Navoiy va uning lutfiga tenglamoqda. Xumuliyning Navoiyga, Mashrab va Huvaydoga ergashib, ularga shogirdlik yuzasidan bitilgan g'azallari ham mavjud: Navoiyda:
Kimki bir ko'ngli buzug'ning xotirin shod aylagay, Oncha borkim ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay. Mashrabda:
Tavofi olami dil qil jahonda har bashardin sen, Agar bir dilni sen buzsang, yuzar ka'ba buzulmazmu?
Bir mo'min dilini buzish yuzlab ka'balarni vayron etishdek gunohi azimdir. Islom ta'limotii, Navoiy va Mashrb dunyoqarashidan oziqlana borgan Huvaydoda esa: G'aribni ko'nglini buzmak gunohi beadad ermish, Kaforat bo'lmag'ay yuz ka'bani qaytib bino qilsang.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
Navoiy bir buzug' ko'ngilni shod etishni Ka'bani qayta qurishga tenglashtirgan. Mashrab har bir ko'ngilni tavof qilish zarurligini ta'kidlab, bir dilni buzmoq yuzlab Ka'ba buzilmasmi? desa, Huvaydoda g'arib ko'nglini buzish cheksiz, kafforatsiz gunohdir deyilgan. Xumuliyda esa bu yengilroq. Bu hikmat oshiqona g'azalda kelganligi uchun ustoz shoirlardagi talabchanlik emas, yorga, uning mehriga iltifot tarzida keltiriladi:
Hajr ila ko'nglumni buzding, xat bila qilding bino, Ka'bani vayron ekan chog'ida obod aylading.
Xumuliy g'azallaridan uning qanday shoir va qanday shaxs bo'lganligini bilishimiz mumkin. Uning qozi bo'lganligini, she'rlar Movarounnahr, Mang'it, Shahrisabz va Kenagaslar ahli o'rtasida mashhur bo'lganligini hamda yana bir ma'lumot o'g'liga tegishli bo'lsa kerak, Buxorodan unga ko'zoynak yuborganligi va bundan shoir shodlanganligini she'rlarida bayon etgan.
XULOSA
Xulosa qilinganda, Xumuliy Urgutiy ijodi nafaqat o'sha davr Buxoro adabiy muhitida, balki butun Movarounnahr adabiy muhitida katta ahamiyatga ega bo'lgan. Uning tarixiy va badiiy asarlari mamlakatimiz adabiyoti va ilm-fanini rivojlantirishda katta hissa bo'lib qo'shilgan. Xumuliy 80 yoshlar chamasi umr ko'rganligi manbalar qayd etilgan bo'lib, Urgut tumani Chep qishlog'iga dafn etilgan.
FOYDALANILGAN ADABiYOTLAR (REFERENCES):
1. Хумулий, Оши халоли кайда? Танланган газаллар, Самарканд, Зарафшон, 1993 йил. 55 бет.
2. Асрлар садоси. Мумтоз узбек адабиётидан намуналар. Антология. Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти Тошкент — 1982. 228-234-бетлар
3. Karimov O. Mumtoz she'riyat janrlari. Uslubiy qo'llanma. Namangan, "Namangan", 2015. -B.76
4. Ахмад Тарозий. Фунун ул-балога // Узбек тили ва адабиёти, 2002 й., 1-6 сонлар; 2003 й., 1-6 сонлар.
5. Хржиахмедов А. Мумтоз бадиият малохати. - Т.: Шарк, 1999