Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
HOFIZ XORAZMIYNING SHAXSI VA UNING IJODI
Kurbanova Shukurjon Yeldashbayevna
Urganch Davlat Pedagogika Instituti mustaqil tadqiqotchisi.
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Hofiz Xorazmiyning shaxsi va uning ijodi Hofiz Xorazmiy devonining janr xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: Hofiz Xorazmiy, devon, janr, sevinch, sog 'inish, sadoqat, vafo, visol, judolik, mas 'uliyat, javobgarlik, ijodkor, oshiq va ma 'shuqa obrazlari.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается личность Хафиза Хорезми и его творчество. Обсуждаются жанровые особенности сборника Хафиза Хорезми.
Ключевые слова: Хафиз Хорезми, диван, жанр, радость, тоска, верность, верность, визал, разлука, ответственность, ответственность, образы творца, любовника и любовницы.
ABSTRACT
In this article, the personality of Hafiz Khorezmi and his work. The genre features of Hafiz Khorezmi's collection are discussed.
Key words: Hafiz Khorezmi, divan, genre, joy, longing, loyalty, faithfulness, visal, separation, responsibility, responsibility, creator, lover and mistress images.
KIRISH
Badiiy ijod aslida adabiy tafakkur shakllaridan biri bo'lib, ba'zan inson hayoti uning bosh tasvir obyekti sifatida ko'rsatiladi. Albatta, bu tushuncha (obyekt) tasviri mavjud olamning oliy xilqati bo'lmish insonni ulug'lab, uni badiiy kashf etishga, muayyan zamon va makon asosida ijtimoiy-estetik ideal kontekstida ko'rsatishga qaratilgan ijodiy jarayondir. Tabiiyki, unda ijodkorning haqiqiy voqelik va shaxs haqidagi qarashlarini, inson kechinmalari, orzulari, ruhiy olaminima'lum estetik maqsadga muvofiq aks ettiriladi. Yakunda , adabiy-tarixiy talqindagi inson o'z fe'l-atvori, ma'naviyati, ijobiy va salbiy jihatlari bilan turli davrlarga mansub kishilarning badiiy timsoli sifatida o'quvchi ko'z oldida gavdalanadi. Zero, inson va jamiyat mavzusi keng ma'noda, adabiyotning asosiy mavzusi bo'lsa, Vatan va xalq manfaati yo'lida nom qozongan mashhur shaxslar hamda olamshumul voqealar tarixiy mavzu asosi hisoblanadi. Ijodkor qalami jarayon silsilasida tarixiy va badiiy haqiqatni tasvirlaydi hamda uning zamirida ijtimoiy voqelik, muayyan davr bilan
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
ijodkor munosabatini aks ettiradi. Adabiyot deb atalmish bu dengizga sho'ng'igan har bir ijodkor uzoq o'tmish, zamonamiz va kelajak bilan hamnafas va uyg'unlikda yashaydi. Shunday ijodkorlardan biri Hofiz Xorazmiy deyishga to'la asosimiz bor.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi kunga qadar faqat bizga ma'lum bir devondan tashqari hech bir asari haqida ma'lumotga ega bo'lmasak-da, ushbu devor orqali Hofiz Xorazmiyning shaxsi va uning ijodi haqida ma'lum darajada ilmiy asoslarga ega bo'la olamiz. Bizningcha, Hofiz Xorazmiy qamrovi keng ijodkor bo'lib, uning ijodi falsafiy teranligi, sof ishqiy tasviri, insonparvarlik ruhi, tarbiyaviy etikasi, yuksak badiiyati, ta'sirchanligi bilan zamondoshlaridan alohida ajralib turadi. Misol uchun, XV asr birinchi yarmidagi ijod qilgan shoirdan farqli jihati shuki, uning ijodida arab-fors so'zlari kam ishlatilgan. Devonda asosan sodda, ravon va xalqona fe'l-atvorli xususiyatlarini mujassamlashtirib, Xorazm shevasi va unga xos unsurlar aks ettirilgan. Hofiz Xorazmiy bizga ma'lum ijodiy merosi 37 ming ta misradan ortiq. Yaxlit bir devon tarkibini quyidagi jadvaldan ham bilib olish mumkin (1-rasm).
1-rasm. Hofiz Xorazmiy devonining tuzilishi1
Jumladan, ularga 9 ta qasida, 1 ta tarkibband, 3 ta tarji'band, 1 ta muxammas, 1 ta marsiya, 1052 ta g'azallar, 2 ta mustazod, 31 ta qit'a, 12 ta ruboiylar kiradi.
Hofiz Xorazmiyning shaxsiga oid qiziq jihatlardan yana biri uning ismi bilan bog'liq desak mubolag'a bo'lmaydi. Uning asl ismi borasidagi ilmiy yondashuv ilk bor adabiyotshunos professor H.Sulaymonov tomonidan ijodkorning devondagi
1 Muallif tomonidan tuzilgan.
Research BIB / Index Copernicus
yettita forscha g'azallarida keltirilgan Rahim yoki Abdurrahim nomlari asosida ilgari suriladi. Shuningdek, Abdurrahim ismining taxallus shaklida Hofiz Xorazmiyning o'zbekcha g'azallaridan birida keltirilganligi ko'rsatiladi.2
Xos o 'z quling'a lutf etib rahm qilsa yor,
Muxlis qadimiy qul anga Abdurrahim erur.3
Qadimiy Sharqdagi an'anaga aylangan tarixiy-adabiy uslubdan kelib chiqib, shu fikrni aytish mumkinki, ijodkorning yoshligi Xorazmda kechgan. Bu jihatdan albatta, uning ismida Xorazmiy nomi ham qo'llaniladi. Zero, tug'ilib o'sgan joy nomini ism oxirida keltirish yuqorida qayt etganimizdek asosan Sharq tarixiy-adabiy uslubiga xosdir.
XIV asr oxirlarida eldoshlarini tark etib Samarqand, Buxoro, Xo'jand, Iroq, Kirmon, Isfahon, Tabriz shaharlarini kezib, yakunida Sherozda Ibrohim Sulton saroyida qo'nuv topadi. O'zidan oldingi ustozlariga hurmat ko'rsatgan shoir, Hofiz Sheroziy an'analarini o'zbek she'riyatiga olib kirgan. Zotan, uning "Hofiz" taxallusini tanlashiga turkiy xalqlarni Hofiz Sheroziynining ijodidek ishqiy-falsafiy she'riyatdan bahramand qilish niyati bo'lgan bo'lsa ajab emas.
Hofiz qachon vafot etgan va qayerga dafn etilganligi ham hozircha noma'lum. Faqat adabiyotshunos professor H.Sulaymonov tadqiqotlariga asoslanib shuni ayta olamizki, 1435-yilda Sulton Ibrohim vafot etganida Hofiz Xorazmiy unga atab maxsus marsiya yozadi. Bu esa shoirning 1435-yilda hali hayot ekanligini bildiradi.4
Hofiz Xorazmiy lirikasidagi oshiq-ma'shuq obrazlari, uning tarbiyaviy jihatlari, etikasi va estetik yondashuvlari zamonamizga qadar chuqur o'rganilmagan. Albatta, Hofiz Xorazmiy badiiy mahoratini belgilashda, tarbiyaviy hamda estetik yondashuvlarini aniqlashda va uning o'zbek mumtoz adabiyotidagi munosib mavqeni ko'rsatish uchun mazkur obrazlarni va ularning falsafiy ahamiyatini atroflicha o'rganish zarur.
Zero, shoir ijodining keng qamrovi jihatlarini, ilmiy asoslantirilgan dalillar bilan ko'rsatib bersak, zamonamiz va kelajak avlod kitobxonlarida mumtoz adabiyotimizga nisbatan e'tibor va yanada qiziqish doirasi oshadi. Natijada jamoatchiligisizim orasida jiddiy mutolaa ko'nikmasi yuksaladi.
Ijodkorning har bir she'riga joylangan nafislik, ezgulik tarannumi, so'zga muhabbat hech shubhasiz o'quv dargohlari va keng adabiy davralarga yaqindan kirib borishini ta'minlaydi. O'tmish adabiy-tarixiy merosimizdagi fikr-g'oyalar bugungi davr muammolariga bog'liq bo'lib, kitobxonlarni o'ylanishga, tafakkur qilishga yo'naltiradi, mumtoz ijodkorga ixlosimizni yanada oshiradi, tarixiy merosimiz bilan
2 Хрфиз Хоразмий. Девон. 2 том. 1-китоб. - Т.: УзКПМК, 1981. - 6 б.
3 Х,офиз Хоразмий. Девон. 2 том. 1-китоб. - Т.: УзКПМК, 1981. - 121 б.
4 Х,офиз Хоразмий. Девон. 2 том. 1-китоб. - Т.: УзКПМК, 1981. - 9 б.
Research BIB / Index Copernicus
faxrlanish tuyg'usini kuchaytiradi hamda joiz bo'lsa aytish kerakki, yoshlarni ezgu maqsadlar sari tarbiyalashga hizmat qiladi. Ushbu Hofiz Xorazmiyning shaxsi va uning ijodini o'rganishning didaktik shakli, matniy yuksakligi, tasavvufga doir mulohazalari, umuman ahamiyatliligi zamonamiz uchun dolzarbligini belgilaydi.
Hofiz Xorazmiyning ishq-muhabbat tasnifida insoniyatga xos jihatlarning go'zal tabiiy tuyg'usi, sevgi bilan bog'liq bo'lgan oshiq-ma'shuqning nozik qarashlari, ulkan orzulari ostida sevinch, sog'inish, sadoqat, vafo, visol, judolik, mas'uliyat, javobgarlik va boshqa tushunchalarini kuylagan buyuk shoirligi yana bir bor o'z tasdig'ini topgan. Ushbu fikrlarimizning tasdig'i sifatida Hofiz Xorazmiy quyidagi misralarini keltirish mumkin.
Ko 'ngul maqsudi bu olamda yo 'qdur, Farah asbobi ham odamda yo 'qdur.
Farah izdama tarkibi jahondin, Xavosi obi hayvon samda yo 'qdur.
Tilamagil jahondin no 'sh doru, Asalning ta 'mi chun arqamda yo 'qdur.
Vafo izdama har mujrimdin, ey do 'st, Vafo holi chun har mujrimdayo'qdur.
Bu yo'lda g 'amdin o 'zga yor bilma, Chu g'amdin o 'zga bir hamdamda yo 'qdur.
Safo izdar esang, sof et ko 'ngulni, Safoyi ishq jomi Jamda yo 'qdur.
Sadoyi ishq, Hofiz, sanda erur, Sado bu gunbadi a 'zamda yo 'qdur.5
Ko'rishimiz mumkinki, Hofiz Xorazmiy o'z zamonasining yetuk ijodkori va ma'rifatparvar shoiri bo'lgan. Shoir ijodining alohida ahamiyati shunda-ki, u avvalo turkiy til qoidalariga tayanib, Xorazm shevasiga xos so'zlar asosida bitilganligidadir. Bu esa bizga shoir devoni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratadi. Bu jihatdan, ilmiy jihatdan tadqiq qilgan yurtimizning ko'zga ko'ringan olimlari H.Sulaymonov, F.Sulaymonova, S.Hasanov, M.Sulaymonov va boshqalarning
5 Хрфиз Хоразмий. Девон. 2 том. 1-китоб. - Т.: УзКПМК, 1981. - 110 б.
Research BIB / Index Copernicus
izlanishlarini e'tiraf etish joiz. Shu bilan bú" qatoráa, Hofiz Xo^miy ijodiy merasi turkiy tilli millat vakillarini ham qiziqtirishini unutmaslik lozim. Zero, turkiyalik olimlar R.Toparli, A.Ustuner va boshqa izlanuvchilarning Hofiz Xorazmiyga oid devonni tadqiq qilib, o'zlaгining muayyan xulosalarini beгishi bizni g'uгuгlantiгadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):
i. Jumaxo'ja N., Adizova I. O'zbek adabiyoti tarixi. - T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020. -
2. Recep T. Harezmli Hafiz Divani'ndan Se?meler. - Ankara: 1994, Kültür Bakanligi Yayinlari
3. Xalliyeva G. Qiyosiy adabiyotshunoslik. - T.: Akademnashr, 2020. - 158 b.
4. Хрфиз Хоразмий шеъриятидан. - Т.: УзКПМК, 1980. - 123 б.
5. Хрфиз Хоразмий. Девон. 2 том. 1-китоб. - Т.: УзКПМК, 1981. - 304 б.
6. Хрфиз Хоразмий. Девон. 2 том. 2-китоб. - Т.: УзКПМК, 1981. - 312 б.
7. Юсупова Д. Узбек мумтоз адабиёти тарихи. - T.: Akademnashr, 2013. - 272
8. История узбекской литературы. В 2-х томах. Том I. С древнейших времен до XVI в. - Т.: Фан, 1987. - 486 с.
9. Recep T. Hâfiz-i Harezmî'nm Sultan îbrahim'in Ölümü Üzerine Yazdigi Mersiye. // Marmara Üniversitesi Fen-Edebiyat Fakültesi Türklük Araçtirmalari Dergisi (Mehmet Akalin Armagani) (8) 1997, Marmara. - 511-524 s.
10. Сулаймонов М.Ю. Хрфиз Хоразмий ва узбек лирик шеъриятининг ривожи: Филол. фанлари номзоди ... дисс. - Тошкент, 1996. - 160 б.
11. www.kutubxona. uz
12. www.literatura.ru
13. www.ziyonet.uz
540 b.
б.