EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
THE IDEOLOGICAL AND ARTISTIC DIRECTION OF HUVAYDO'S LYRICS
Mamadaliyev Yarmuxammat Xudaybergenovich
South Kazakhstan University named after Mukhtar Auezov Senior teacher (PhD). Kazakhstan Nazarova Dilafruz Ikhtyorovna Senior Teacher Alisher Navo'i Tashkent State University Of Uzbek Language And Literature https://doi.org/10.5281/zenodo.10968170
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 06th April 2024 Accepted: 12th April 2024 Online: 13th April 2024
KEYWORDS Lyrics, accuracy, artistry, interaction, ghazal, rubai.
The article analyzes the issue of tradition and interaction of Uzbek classic literature, the ideological and artistic direction of Huvaido's lyrics. The classification of the system of images of his poetry is considered.
HUVAYDO LIRIKASINING GOYAVIY-BADIIY YO'NALISHI
Nazarova Dilafruz Ixtiyorovna
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi katta o'qituvchi. O'zbekiston. [email protected] Mamadaliyev Yarmuxammat Xudaybergenovich Muxtor Auezov nimidagi Janubiy Qozog'iston universiteti katta o'qituvchisi (PhD). Qozog'iston. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10968170
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 06th April 2024 Accepted: 12th April 2024 Online: 13th April 2024 KEYWORDS
Lirika, to'g'rilik, badiiylik, o'zaro ta'sir, g'azal, ruboiy.
Maqolada o'zbek mumtoz adabiyotining an'ana va o'zaro ta'sir masalasi, Huvaydo lirikasining g'oyaviy-badiiy yo'nalishi tahlil qilinadi. She'riyatining obrazlari tizimi tasnifi ko 'rib chiqiladi.
Xojanazar G'oyibnazar o'g'li Huvaydo XVII-XVIII asrlar o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga o'zining munosib hissasini qo'shgan ijodkorlardan biridir. U Markaziy Osiyo tasavvufining buyuk namoyandasi, naqshbandiya, yassaviya, qodiriya tariqatlari g'oyalarining targ'ibotchisi, mutassavif shoir, so'fiy (eshon) sifatida xalqimiz ma'naviy hayotida o'chmas iz qoldirdi.
Har bir davrning o'z ijodkorlari va buyuk shaxslari bo'lgani kabi Huvaydo ham o'zi yashagan davrining ma'naviy hayotida yetakchi rol o'ynadi. Uning she'riyati xalq orasida juda mashhur bo'lgan. Sababi, Huvaydo Xudoning marhamati va muhabbatiga sazovor bo'lish va ilohiy sirlardan ogoh bo'lish uchun, avvalo, o'z nafsi istaklariga qarshi kurashmog'i, ya'ni o'z-o'zini anglamog'i lozimligini uqtirgan. Bu borada Huvaydo ijodida ustozlari Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab, So'fi Olloyorlarning ta'sirini yaqqol sezish mumkin.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
"Huvaydo g'azallari badiiy jihatdan g'oyat pishiq-puxta bo'lib, ularda turli-tuman badiiy san'atlardan mohirona foydalanish, til bezaklari, so'z o'yinlari, Qur'on va Hadislardan o'rinli foydalanish, arab harflari yordamida turli majoziy iboralar yaratish ko'zga yaqqol tashlanib turadi. Shoirning arab, fors, o'zbek adabiy tilini qanchalar yaxshi va puxta bilganligi uning badiiy mahoratida o'z aksini topgan. Huvaydoning tasavvufiy iboralari va she'riy uslubi ko'proq Ahmad Yassaviy va Boborahim Mashrab yo'lini tutganligidan guvohlik beradi. Shoir "Mano" radifli g'azalini Ahmad Yassaviyga nazira qilib yozgan bo'lsa, "Kuyar", "Kuygay", "O'zim", "Uchrabman" radifli g'azallarini Mashrabga nazira qilib yozgan"1, - deb ta'kidlagan edi Q.Ro'zmatzoda. Ustoz fikrlari ayni haqiqatdir. Cunki Huvaydo ijodini ko'zdan kechirar ekanmiz, unda Mashrabona ruh ustuvor ko'zga tashlanishining guvohi bo'lamiz. Shoir qalamiga mansub har qanday ijod mahsulidan biz insonlarni to'g'ri yo'lga yo'llovchi, nafsni tiyish, nafs tarbiyasi, Ollohni tanish borasidagi nidolarni eshitamiz. Bu nidolar shunchaki emas, albatta. Insonlarni to'g'rilikka, ezgulikka boshlab, jamiyatda adolat hukm surishini istaganidan.
Huvaydo devoniga kiritilgan g'azal, mustazod, muxammas, ruboiy kabi janrlarda tasavvufiy she'riyatning yorqin namunalarini ko'rishingiz mumkin. Huvaydo g'azaliyoti ko'lamining kengligi hamd, na't, orifona, oshiqona, rindona g'azallar turkumining barchasi mavjudligi bilan ham belgilanadi. Shoirning hamdga oid g'azallarini "Devon"ning dastlabki sahifasidan, ya'ni g'azallar boshlanmasi deyishimiz mumkun. Shoir ham an'anaga muofiq (Sharq kitobatchilik an'anasiga ko'ra devonning boshlanish qismi Ollohga hamd-u sano tashkil etadi) bitgan. Devonda dastlab Huvaydoning:
Iloho, san qaram birla kechurg'il, ey Xudovando,
Gunohi jumla mo'minni, ayo ma'budi bexamto!...
matlasi bilan boshlanuvchi g'azalini hamd g'azallari boshlanmasi deyishimiz mumkun. G'azal boshdan oyoq Ollohning yagonaligi, hamma ishga qodirligi va boshqa sifatlari bayon etilgan. Na't g'azallarida har bir mo'min - musulmon uchun komillik ibrati - payg'ambarimiz Muhammad sallolohu alayhi vassallamning hayot tarziga oid lavhalar va albatta, cheksiz muhabbat ifodalangan o'rinlar devonda tez-tez uchraydi.
Huvaydoning she'riyati asosan oshiqona va orifona ruhdagi g'azallardan tashkil topgan. Rindona g'azallar ham devonda anchagina. Oshiqona g'azallarida, asosan, insonni kamolat sari intiltiruvchi, sabr bilan intiluvchi oshiq kechinmalari va qiyofasi ta'sirchan tasvirlangan. Orifona g'azallarida shoir Huvaydo donishmand, faylasuf siymo sifatida gavdalanadi. Bunday g'azallar insonni ma'naviy kamol toptiruvchi so'fiyona ma'rifat g'oyalari bilan yo'g'rilgan.
Huvaydo lirikasi juda serjilo, teran ma'no qatlamlariga ega bo'lgan mukammal asarlardir. Jumladan:
Ko'rdim tuno kun ko'chada bir mohiloqoni, Hayron bo'lo qoldim.
Xusnidan oni ko'nglim uyi topdi ziyoni, Raxshon bo'la qoldim2.
Keltirilgan mustazodning mohiyati oshiq va ma'shuqning uchrashuvidangina iborat emas. Unda tasavvufiy mazmun-mohiyat munozara shaklida timsoliy tarzda aks ettiriladi. Mustazod
1 Исматуллох Абдуллох, Крдиркул Рузматзода. Чароги субхидам янглиг...// Хужаназар Хувайдою Девон. - Т.: Янги аср авлоди, 2007. 9-10-бетлар.
2Хувайдо. Девон. - Т.: Янги аср авлоди, 2007. 257-бет. Bundan keyin devondan olingan ma'lumotlarni "O'sha manba" deb sahifasini ko'rsatib ketamiz.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
davomida shoirning tasavvufiy qarashlari piri murid muloqoti deb tushinishimiz mumkun. Negaki, mustazod davomida shunday satrlar uchraydiki, yuqoridagi fikrimizni isbotlaydi:
"...Hilvatga kirib so'kdi, manga qildi nasixat: "Mundog' dema zinxor el oldida begonasifat ochma zaboni", Qurbon bo'la qoldim...".
Tasavvuf islom dini bag'rida shakllangani bois, tasavvuf mohiyatini bilishga kirishishdan oldin dinni yaxshi bilish lozim. Huvaydo esa so'fiy shoir bo'lganligi uchun islom dinini mukammal bilgan. Shuning uchun shoir she'riyatini tasavvufsiz tassavvur etish juda mushkul. Uning har bir asari so'fiyona ruhda yozilgan. Har satrida tasavvufiy mazmun-mohiyat aks etgan. Mustazodlardan tashqari shoir ruboiylari ham falsafiy-tasavvufiy g'oyalar bilan talqin etilgan. Masalan,
May ichmagima la'li parivash bois, Nolonligima orazi dilkash bois, Axbob parishonlogima so'rsa sabab, Man aytaman: Ul zulfi mushavvash bois.3 Yoki:
Ey, bog'i nazokatda qaddi sarvu, yuzi gul, Ulyuzdin erur ishq eli chun qumriyu bulbul, Rayhonu binafsha xatu zulfingni asiri, Shamshodu sanubar qadding oldida ikki qul.4
Mazkur to'rtliklarda oshiqni may ichmoqga, parishon bo'lishga va qumri-yu bulbuldek nola chektirishga ul zulfi mushavvash go'zalligi sabab, ul gul yuz- ilohiy xil'at timsolidir.
Bir qarashda shoir she'riyati tili sodda, ravon ko'ringani bilan unda ma'nolar shu qadar keng va teranki, uni izohlashga til ojiz. Shoir she'riyatini boshdan oyoq pand, adab asosiga qurilgan desak mubolag'a bo'lmas. Buni shoir she'riyatining har bir satrida ko'rishimiz mumkun.
Xojamnazar Huvaydo dunyoqarashining shakllanishida shubhazis, davr muammolari, ya'ni iymon-e'tiqodning pasayishi, kishilarning mol-u dunyoga xirs qo'yishi, ma'naviy va axloqiy tanazzul kuchli ta'sir etgan. U ana shu muammolarni kuchli iztirob bilan shunday ifodalaydi:
Haloki nafs bo'libdur tamomi odamlar Alarning ko'nglidayo'q haybati qiyomat hech5.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Huvaydoning ijodiy merosi ko'lamida tasavvuf maslagiga e'tiqod yuksak o'rinda turadi. Yassaviy o'z hikmatlarida "Dunyo uchun g'am yema, Xaqdin o'zgani dema" tarzida nido cheksa, Mashrab "Bir xudodin o'zgasi barcha g'alatdur, Mashrabo" deydi, Huvaydo esa "Dunyoda xoyu havas qilmoq abas, Bir xudodin o'zgani suymoq abas", -deydi. Huvaydoning dunyoqarashicha har bir insonning dil olami tavof etishga sazovor bo'ladi. Inson o'zidagi eng go'zal fazilatlarni unda mujassamlashtiradi. Binobarin odamzot yuragida Ollohga muhabbat bor eklan, u Ka'ba singari muqaddasdir. She'riyatida inson tabiatidagi yaramas xislatlar qoralanib, kamtarlik, samimiylik, rostgo'ylik, chin insoniylik tuyg'ulari
3 O'sha manba. 257-bet
4 O'sha manba. 260-bet.
5 O'sha manba. 145-bet.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
ulug'lanadi. Huvaydo ulug'lagan xislatlar, tuyg'ular yuksak badiyat bilan ifodalangan. Insondagi mehr, samimiylik, rostgo'ylik, kamtarinlik kabi tuyg'ular Huvaydoga xosdir. Shoir she'riyatini o'rganish barobarida yana shunday anglash mumkunki, professor N. Jumaxo'ja ta'biri bilan aytganda "Huvaydoning pand-u ababdan xoli birorta asarini uchratish qiyin. Aksincha, Huvaydo she'riyatining yalpi mohiyatini pand-u adab tashkil etadi. Uning nazmi bu fazilati bilan insoniyat, ayniqsa, yosh avlod uchun umrboqiy ma'naviy ma'zaxdir"6.
Huvaydoning fikricha, ma'naviy kamolotga talabgor odam kamtar bo'lishini uqtiradi. Nafsga qarshi kurash, uni mag'lub etishga intilish shoir she'riyatiga xos xususiyat. Nafs va havasning xuruji hamisha ma'naviy poklik va mukammallikka rahna solib kelgan. Shu bois Huvaydo o'z she'riyatida bu illatlardan poklanishga, saqlanishga qayta-qayta da'vat etadi. Shoir e'tiqodida ko'ngil, dil nomozi eng muhim ma'naviy omillardan hisoblanadi. Shariat islom dinining yo'l-yo'riqlari, qonun-qoidalari nomoznomasidir. Shariatni tugal bilmay turib, insoniy kamolotning keying bosqichiga o'tib bo'lmaydi. Chunki Haqni tanigan, haqiqatga erishgan insongina komil inson hisoblanadi. Tasavvufda Haqni tanish yo'lidagi birinchi bosqich shariatdir. Haqiqat borliqning asliyati, mohiyati. U tasavvufda Ollohni kashf etish, vasliga erishish ilmidir. Yuqoridagilarni keltirishimizdan maqsad, Huvaydo ijodi ham diniy, ham dunyoviy, ham tasavvufiy ma'no jilolariga ega bo'lgan murakkab jarayondir. Shu bois Huvaydo ijodini o'rganish, dastlab, uning mavzu ko'lamini aniqlashdan boshlanadi.
Huvaydo she'riyati, umuman, ijodiy merosining g'oyaviy-badiiy yo'nalishi birinchidan, an'anaviylikni izchil davom ettirganligida; ikkinchidan, shoir adabiy merosi mumtoz adabiyotning an'analari zaminida shakllanib, o'ziga xos joziba va mohiyatga egaligida; uchinchidan, Huvaydo o'zidan ilgari yashab o'tgan shoirlardan ilhomlanib qolmay, maftunkor lirikasi bilan an'analarning davomiyligini ta'minlagan. Bu esa shoirning o'ziga xos yo'li, uslubi borligini, teran va falsafiy fikrlash doirasining kengligini ko'rsatadi.
Xulosa tarzida shuni aytish mumkinki, Huvaydoning ijodiy faoliyati g'oyaviy-badiiy jihatdan nihoyatda keng qamrovligi bilan ajralib turadi. Uning ijodidan gunohkor va yo'ldan adashaganlar, orif va oshiqlar, fozil va komil insonlar, turli maqom va saviyadagi shohu gadolar ham bahra olishlari mumkin. Inson ma'naviy tomondan yuksalsa, jamiyatdagi muammolar oson yechilishiga ishonadi. She'riyatida hayot ma'nosi va o'zlikni anglash masalalariga ham keng o'rin berilgan. Bu bugungi kun yoshlar tarbiyasida o'ta ahamiyatlidir.
References:
1. Хувайдо. Девон. - Т.: Янги аср авлоди, 2007.
2. Исматуллох, Абдуллох„ Кодиркул Рузматзода. Чароги субх,идам янглиг...// Хужаназар Хувайдою Девон. - Т.: Янги аср авлоди, 2007.
3. Жумахужа Н. Миллий мустакиллик мафкураси ва адабий мерос (XVII-XIX асрлар узбек шеърияти асосида). Ф.ф.док., дисс. - Toshkent, 1999.
4. Рузматзода К. Хувайдо ва тасаввуф // Сино журнали. - Т.: 2011. № 43-44. 145-бет.
5. F аниева С., Зох,идов В. Хувайдо халк дилида // Кизил Узбекистон, 1961. 15-sentyabr.
6 Жумахужа Н. Milliy mustaqillik mafkurasi va adabiy me'ros(XVII-XIX asrlar o'zbek sheriyati asosida). F.f.dok.diss... -Toshkent, 1999. 220-бет.