Научная статья на тему 'JIZZAX VILOYATIDAGI EKOLOGIK TOPONIMLAR TAHLILI'

JIZZAX VILOYATIDAGI EKOLOGIK TOPONIMLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
121
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TOPONIMLAR / ORONIMLAR / GIDRONIMLAR / FITONIMLAR / ZOOTOPONIMLAR / EKOLOGIK FUNKSIYANI BAJARUVCHI JOY NOMLARI

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Мadraximov A. E.

Ushbu maqolada Jizzax viloyatidagi joy nomlarining tabiiy-geografik, o‘simlik va hayvonot olami bilan bog‘liq nomlarni ekologik funksiyasi tadqiq etilgan bo‘lib, shuningdek suv obyektlarini tabiiy-geografik va gidrologik xususiyatlarini ekologik jihatlari o‘rganilgan va taxlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF ECOLOGICAL NAMES IN JIZZAKH REGION

In this article, the ecological function of place names in the Jizzakh region, names related to the natural-geographical, plant and animal world has been researched, as well as the ecological aspects of the natural-geographical and hydrological features of water bodies have been studied and analyzed.

Текст научной работы на тему «JIZZAX VILOYATIDAGI EKOLOGIK TOPONIMLAR TAHLILI»

UDK: 81'373.21

Madraximov A.E.

Farg'ona davlat universiteti geografiya kafedrasi doktoranti

JIZZAX VILOYATIDAGI EKOLOGIK TOPONIMLAR TAHLILI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Jizzax viloyatidagi joy nomlarining tabiiy-geografik, o'simlik va hayvonot olami bilan bog'liq nomlarni ekologik funksiyasi tadqiq etilgan bo 'lib, shuningdek suv obyektlarini tabiiy-geografik va gidrologik xususiyatlarini ekologik jihatlari o 'rganilgan va taxlil etilgan.

Kalit so'zlar: toponimlar, oronimlar, gidronimlar, fitonimlar, zootoponimlar, ekologikfunksiyani bajaruvchi joy nomlari.

Madrakhimov A.E.

PhD student Department of Geography Fergana State University

ANALYSIS OF ECOLOGICAL NAMES IN JIZZAKH REGION

Annotation. In this article, the ecological function of place names in the Jizzakh region, names related to the natural-geographical, plant and animal world has been researched, as well as the ecological aspects of the natural-geographical and hydrological features of water bodies have been studied and analyzed.

Key words: toponyms, oronyms, hydronyms, phytonyms, zootoponyms, place names performing an ecological function.

Kirish. Ma'lumki, kishilik jamiyati uchun geografik nomlar (toponimlar)ning adreslik funksiyasi eng muhim hisoblanadi, chunki faqat uning yordamida bir geografik obyektni ikkinchisidan ajratish, farqlash va geografik o'rnini topish mumkin. Joy nomi, ya'ni toponim - geografik obyektning adreslilik funksiyasini bajaradi. Geografik nomlarning adreslik funksiyasi naqadar muhimligini V.A.Nikonov aniq ta'riflagan: "Bir lahzaga faraz qilaylik, planetamizda geografik nomlar o'chirib tashlandi. Shaharlar, qishloqlar, daryolar, dengizlar, tog'lar, davlatlar, ko'chalar hammasi nomsiz. Natijada, transport izidan chiqqan, odamlar qayerga yurishini, yuklarni qayerga tushirishni, tez yordam mashinasi qayerga borishini bilmaydi, jahon xo'jaligining inqirozga, insoniyatning esa ibtidoiy jamoa davriga tushib qolish xavfi paydo bo'lgan, buning hammasi kichkina bir geografik nom tufaylidir" [6]. Bizga ma'lumki Toponimika oraliq mavqega ega bo'lgan integral fan bo'lib, lingivistika (tilshunoslik), geografiya, tarix fanlari oralig'ida yuzaga keldi.

Shunda uning murakkabligi, fanlararo majmuali mohiyati ochiladi. Hozirga kelib bu soha ekologiya fanining ham tadqiqot doirasiga tortilmoqda. Ekologik jihatidan ahamiyati yuqori bo'lgan toponimlarni fanda ekologik toponimlar deb atalmoqda. Ekologik toponimlar tushunchasi adabiyotlarda ilk bor 1993 yilda Dog'istonlik olim X.L.Xanmagomedov tomonidan ishlatildi [5].

Asosiy qism. Geografik nomlarni mazkur yo'nalishda o'rganishni boshlab bergan olim S.Qorayev ekanligini ta'kidlash zarur. Olimning "mamlakatimiz hududida yashagan Qulon, (Qulonsoy, Qulonboshi, Qulontepa toponimlaridan), Bulon (Bulon, Bulonti toponimlaridan), Sirtlon (Do'lta, Do'ltali toponimlaridan), Yo'lbars (Palangdara toponimidan) kabi xayvonlar hozirda yo'q bo'lib ketsada, nomlarning saqlanganligi haqida 1969 yilda yozgan edi [4]. Olimning ta'kidlashicha "Bir vaqtlar O'rta Osiyoda qulon deb atalgan yovvoyi otlar uyur-uyur bo'lib yurishgan. Qulonni ovlay berib, qirib yuborishgan. Xozirgi vaqtda qulon Turkmanistondagi Bodxiz qo'riqxonasida qolgan, xolos. Bundan tashqari Bulon degan xam xayvon bo'lgan. qulon va bulon to'grisida xalq og'zida mana shunday she'r bor":

Qulon yurmas yerlardan.

Quvib o'tib boradi, Bulon yurmas yerlardan Qalqib o'tib boradi.

Bulonni bundan 9 asr oldin Maxmud Qoshg'ariy "Qipchiqlar mamlakatda bo'ladigan katta gavdali xayvon deb ta'riflagan" [3]. Xozirgi kunda mazkur xayvon turi yo'q bo'lib ketgan bo'lsa ham lekin geografik obektga berilgan nom o'z holicha qolganligini Jizzax viloyati misolida ko'rishimiz mumkin. Masalan Sharof Rashidov tumanida Pulonsoy, Palangtepa kabi joy nomlari saqlanib qolgan. Bu kabi joy nomlari ana shu qimmatli hayvonlarning bir zamonlar ko'p bo'lganligidan dalolat beradi.

Joyning relyef tuzilishini o'zida aks ettirgan tog', adir, qir, tepa, shuningdek relyefning salbiy shakllari - vodiylar, daralar, jarliklar, soyliklar, o'yiq-chiqiqlar, shuningdek, tekislik, past- tekisliklar va qumliklar umumiy nom bilan oronimlar deb ataladi. Vaqt o'tishi bilan tabiiy va antropogen ta'sir natijasida relyef shakllari o'zgarishi, hozirgi holati haqida ma'lumot ya'ni informatsiya berib, geografik nomlarning asosiy vazifasi bo'lgan adreslilik funksiyasidan tashqari ekologik funksiyani ham bajaradi va shu bilan birga geografik obyekt nomi saqlanib qolaveradi. Viloyatda "tepa" termini orqali yasalgan joy nomlari 109 marta takrorlanganligini nomlarni taxlili orqali ko'rishimiz mumkin. Masalan, Nurlitepa, Balandtepa, Yortepa, Zartepa, Saritepa, Galatepa, Qo'rg'ontepa, Xontepa, Oltitepa, Qumtepa, Choshtepa, Palangtepa, Shoshtepa kabi nomlarni misol keltirishimiz mumkin.

Ekologik funksiyani bajaruvchi joy nomlari orasida suv obyektlarini turini bildiruvchi gidronimlar ham muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ekologik jihatdan olib qaraganda suv va suv obyektlarining tabiiy - ekologik xususiyatlari vaqt o'tishi bilan o'zgarib boradi. Dunyoda ro'y berayotgan iqlim o'zgarishi

sharoitida bunday o'zgarishlar qisqa vaqt davomida bo'lishini hisobga olsak, gidronimlarning dastlabki holati haqida ma'lumot beruvchi manba sifatida uning nomidan olingan ma'lumotlar qammatli hisoblanadi. Gidronimlar tarkibida urug', qabila, xalq, millat nomi bilan yoki insonlar ismi bilan atalgan suv obyektlarining nomi o'zgargan yoki unutilgan. Viloyatdagi nomlar taxlili orqali gidronimlarni tabiiy-ekologik xususiyatlarini aks ettiruvchi nomlarni quydagi guruhlarga bo'lish tavsiya etildi:

a) suvning rangini anglatuvchi nomlar tarkibida ko'proq ko'k, qizil, oq, qora, sariq ranglar takrorlanib turadi. Masalan, Oqbuloq, Qorasuv (Arnasoy tumani), Qorabuloq, Qoradaryo (Baxmal tumani), Oqdaryo (Do'stlik tumani), Oqbuloq, Qizilqiyasoy (Forish tumani), Ko'kbuloq, Ko'kchashma, Oqchashma, Qorabuloq, Qizilbuloq (G'allaorol tumani) kabi nomlar;

b) suvning maza - taminadan xabar berib turuvchi gidronimlarda shirin, shakar, totli, sho'r, achchiq so'zlari ko'proq uchraydi. Masalan, Sho'rbuloq (Baxmal tumani), Shakarsoy, Sho'rsuv (Do'stlik tumani), Shirinbuloq, Sho'rbuloq (Forish tumani), Shirinbuloq, Tozabuloq (G'allaorol tumani), Sho'rbuloqsoy (Yangiobod tumani) kabi;

d) suvning harorati bilan berilgan gidronimlarga Sovuqbuloq, Qaynarbuloq (Baxmal tumani), Issiqko'l (Forish tumani), Muzbuloq (G'allaorol tumani) kabi nomlar kiradi;

e) suvning o'ziga xos xususiyatlaridan biri bo'lgan shifobaxshligi haqida darak (informatsiya)ni foydalanuvchilarga yetkazib beruvchi nomlarga Shifobuloq (Forish tumani), Chaqabuloq (G'allaorol tumani), Qashqabuloq (Zomin tumani) kabi nomlar kiradi.

O'simlik va hayvonot dunyosi bilan bog'liq bo'lgan nomlar - fitonimlar hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda, kishilik jamiyatining eng ta'siriga uchragan va o'zgargan tabiat komponentlari ham aynan o'simlik va hayvonot olami hisoblanadi. O'simlik nomlarining ekologik tadqiqotlar uchun ahamiyatli tomoni shundaki, ular asosan toponimik pozitivlik qonuniyati asosida qo'yiladi. Bu qonuniyat asosida qo'yilgan nomlar asosan geografik obyektning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hususiyatlarini ya'ni real voqea -hodisalarni o'zida aks ettiradi [1].

Viloyatda xozirda kamayib borayotgan o'simlik nomlari bilan bog'liq nomlar ham uchraydi. Masala, Sharof Rashidov tumanida Yantoqzor nomli qishloq bor. Bu nom - zor affiksi orqali yasalgan bo'lib ana shu hududda yantoq o'simligini ko'p tarqalganligi bildiradi, lekin hozirda bu o'simlik turi qishloqda topish qiyin. Shuningdek, ko'plab o'simlik nomi bilan atalgan qishloq va mahallalarda ana shu o'simlik uchramasligi mumkin. Masalan, Baxmal tumanidagi Sadarayhon, Jizzax shahrida Chilonjiyda, Sharof Rashidov tumanida Sada kabi nomlar.

Viloyatning hayvonot dunyosi nomlari bilan atalgan geografik obyektlarning nomlari ham ekologik jihatidan o'rganilishi mumkin. S.Qorayevning yozishicha, zootoponimlar tarkibida ayg'ir, baliq, bahrin,

bedana, biya, burga, burgut, bo'yra, bo'ri, do'lta ("sirtlon"), ilon -jilon, karp, laylak, malax (tojikcha), ot, tuya, chag'a, chovli, shag'ol, echki, eshak, qarsak, qarchig'ay, qarg'a, qulon, qoplon, g'ajir (g'ajimoq-felidan o'limtikxo'r beso'naqay qush, tasqara ham deyiladi) kabi so'zlar uchraydi [2]. Masalan, viloyat hududidagi Ilonli, Baliqchi, Kaptarxona, Palangtepa kabi nomlar.

Viloyat hududida tarqalgan, xozirda yo'q bo'lib yoki kamayib ketayotgan yovvoyi hayvonlar nomi bilan atalgan mahalla yoki qishloq nomlari ham uchraydi. Do'stlik tumanida qishloqlarning biri G'azalkent (Ohuni g'izol deb atashadi) deb ataladi. Ilmiy adabiyotlarda etimologiyasi berilmagan bo'lsada, bu nom zootoponimik (xayvon nomi bilan bog'liq ) bo'lishi mumkin. XX asr boshida g'izollar, jayronlar o'lkamizning qariyb ko'plab joylarida yovvoyi holda yashagan. Lekin o'tgan asrda ushbu hayvon turini ov qilinishi natijasida ohular soni keskin kamayib ketgan. Shuningdek viloyat hududida kamayib borayotgan qushlardan Sarlochin (Jizzax shahri), Semurg' (Paxtakor tumani) kabi nomlar ham uchraydi. Bundan tashqari qush va parrandalar nomidan Kaptarli, Qaldirg'och (Baxmal tumani), Kaptarxona (Zafarobod tumani) kabi nomlar uchraydi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, viloyatdagi joy nomlarinig tabiiy -geografik, o'simlik va hayvonot olami bilan bog'liq nomlarni ekologik funksiyasini o'rganish natijasida, kishilarning ho'jalik faoliyati natijasida o'zgartirilib yuborilgan relyef shakllari yoki yo'q bo'lib ketayotgan o'simlik va hayvon turilarini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek viloyatdagi gidronimlarni guruhlarga bo'lish orqali suv obyektlarining tabiiy - geografik va gidrologik xususiyatlari sezilarli o'zgarganligi to'g'risida ma'lumot olish mumkin. Bu esa suv obyektlariga nom qo'yishning ekologik jihatlari bugungi kunimiz uchun ahamiyatli ekanligini ko'rsatadi.

Фойдаланилган адабиётлар:

1. Ахдоадалиев Ю.И. Топонимика ва географик терминшунослик. -Фаргона, 2018.-118 б.

2. Ахмадалиев Ю.И., Отакулов П.С. Экологик топонимлар -Фаргона, 2021.-188 б.

3. ^ошгарий М. Девону луготит турк. Индекс-лугат. -Т.: «Фан», 1967. -545-б.

4. ^ораев С. Географик номлар маъносини биласизми? - Т.: Узбекистан, 1970. - 192 б.

5. Ханмагомедов Х.Л., Махачева С.З., Гебекова А.Н. Экологическая топонимика Северного Кавказа // Тез. докл. конф. по итогам геогр. исследований в Дагестане. Вып. 24. Махачкала: Изд-во геогр. о-ва Дагестана, 1993. С. 97- 98.

6. Хдсанов Х. Географик номлар сири: илмий - оммабоп таъриф. -Т.: "Узбекистон", 1985, 120 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.