Научная статья на тему 'Xorazm viloyati geografik joy nomlari tarkibida o’simliklarga bog’liq nomlar (fitonimlar)'

Xorazm viloyati geografik joy nomlari tarkibida o’simliklarga bog’liq nomlar (fitonimlar) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
378
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
toponim / fitonim / floristik / agrotsenoz / gidrofil / mezofil / ekologik funksiya / etnoekologik madaniyat

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — A.A.Kutlimuratov, T.T.Jumaniyazov

Ushbu maqolada Xorazm viloyati toponimlarini tabiiy geografik jixatdan o’rganishda o’simlik nomi bilan bog’liq geografik nomlarning shaklanishi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Xorazm viloyati geografik joy nomlari tarkibida o’simliklarga bog’liq nomlar (fitonimlar)»

Xorazm viloyati geografik joy nomlari tarkibida o'simliklarga

bog'liq nomlar (fitonimlar)

A.A.Kutlimuratov T.T.Jumaniyazov Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm viloyati toponimlarini tabiiy geografik jixatdan o'rganishda o'simlik nomi bilan bog'liq geografik nomlarning shaklanishi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: toponim, fitonim, floristik, agrotsenoz, gidrofil, mezofil, ekologik funksiya, etnoekologik madaniyat

Names related to plants (phytonyms) in the geographical place

names of Khorezm region

A.A.Kutlimuratov T.T.Jumaniyazov Urganch State University

Abstract: This article analyzes the formation of geographical names related to plant names in the study of Khorezm region toponyms from a natural geographical point of view.

Keywords: toponym, phytonym, floristic, agrocenosis, hydrophilous, mesophilous, ecological function, ethnoecological culture

Kirish. Geografik nomlar xilma-xil tarixiy sharoitlar va tillar takomilining mahsulidir. Shuning uchun ham geograflardan tashqari filologlar, tarixchilar, arxeologlar va etnograflar toponimikaga tobora ko'proq murojaat qilishadilar. Geografik nomlar asosan o'tmish davrlaridan beri aholining ko'chishi, o'zaro muloqatlari, el-elatlar bo'lib yashab o'tgan xudulari to'g'risida tasavvurlar beradi.

Har qanday geografik ob'ektni to'g'ri nomlash doimo muhim va dolzarb masala hisoblanib kelingan. Aslida yer yuzasidagi barcha ob'ektlar emas, balki inson faoliyati davomida ma'lum ahamiyaga ega bo'lgan yoki boshqa ob'ektlardan nimasi bilandir farq qilib, odamlar diqqatini o'ziga tortgan joylargina nomlangan.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab respublikadagi tabiiy-geografik ob'ektlarga nom berish, ular nomini o'zgartirish, yangi ob'ektlarga nom berish bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlandi. Bu tadbirlarning qabul qilinishi va

amalga oshishida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasidagi ma'muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlar va boshqa toponimik ob'ektlarning nomini tartibga solish to'g'risida» 1996 yil 31 mayda qabul qilingan qarori, shuningdek, «O'zbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy tuzilish, toponimik ob'ektlarga nom berish va ularning nomlarini o'zgartirish masalarini hal etish tartibi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustdagi Qonuni muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Nom berish jarayoni o'zining qonuniyatlariga ega, chunki nomlardan foydalanish odamlar orasidagi munosabatlarni ta'minlaydi, og'zaki va yozma axborotda ob'ektlarni birxillashtirish (bir shaklga keltirish) imkonini beradi. E.M.Pospelov to'g'ri qayd qilganidek, "Har bir joy nomining birinchi va asosiy vazifasi ob'ektni nomlash, uning atrofdagi boshqa bir xil ob'ektlardan farqlash hisoblanadi".

O'zbek toponimikasining shakllanishi va taraqqiyotida H.Hasanov, S.Qoraev, Z.Do'simov, T.Nafasov, T.Enazarov, B.O'rinboev, N.Oxunov, Sh.Qodirova, T.Rahmatov, L.T.Karimova, Yo.Xo'jamberdiev, J.Latipov, K.Seytniyazov, A.Otajanova, M.Mirakmalov, K.Xakimov, M.Tillaeva, F.Abdullaev, O.Madrahimov, A.Ishaev kabi olimlarning xizmatlari katta bo'ldi. Professor Z.Do'simovning ilmiy tadqiqot ishlari davomida Xorazm toponimlari lingvinstik xususiyatlari yasalish modellari va tiplari tahlil qilindi. A.Otajanova Xorazm etnotoponimlarining lug'aviy asoslari, grammatik xassalari va etimologik jihatdan tahlil qildi. M.Tillaeva Xorazm vohasi tarixiy-adabiy yodgorliklarning ayrim lisoniy o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qildi.

Xorazm shevalarining tarixi va ularning lingvinstik xususiyatlari F.Abdullaev, O.Madrahimov, A.Ishaev va boshqa tilshunoslar tomonidan atroflicha o'rganildi. Biroq hudud toponomiyasi geografik jihatdan to'liq o'rganilgan emas.

Yer yuzasidagi barcha geografik joy nomlari juda turli-tuman, ba'zi nomlar g'aroyib, g'alati va ularning kelib chiqishi ham juda xilma-xil. Ularni turlarga ajratish ham juda murakkabdir. Ba'zan til qoidalariga, ba'zan ularning shakllanish bosqichlariga, bunyodga kelishiga, nimalar bilan bog'langanligiga ko'ra ham turlarga ajratildi. Geograflar uchun P.G'ulomov va M.T.Mirakmalov tomonidan quyidagi turlarga ajratish joy nomlarining kelib chiqishi, qanday hodisa va voqealarga bog'langanligiga qarab amalga oshiri maqsadga muvofiq ko'rildi:

Joyning geografik o 'rniga bog'liq holdapaydo bo 'lgan nomlar, ayrim geografik nomlar o'sha joyning, geografik obyektning o'ziga xos xususiyatlaridan paydo bo'ladigan nomlar, suv bilan bog'liq nomlar (gidronimlar), o'simliklarga bog'liq nomlar fitonimlar), hayvonlarning nomi bilan bog'liq joy nomlari (zoonimlar), foydali qazilmalarga bog'liq joy nomlari, xalq, qabila, urug'lar nomlari bilan bog'liq toponimlar (etnonimlar), aholining kasb - hunaridan olingan nomlar, shaxslarning

ism-shariflari, tahalluslariga qo 'yilgan geografik nomlar (antroponimlar), afsonaviy va diniy nomlar, garoyib nomlar va zamonaviy nomlardir.

Akademik Ya.G'ulomov ma'lumotlariga ko'ra Xorazm viloyatida sug'orma dehqonchilik miloddan avvalgi taxminan 6000 yillikda ham mavjud bo'lgan, 4000-yillikning ikkinchi yarmi va 3000-yillikning boshlarida daryo suvi to'silib, kichik kanallar ham qurila boshlangan.

Sug'oriladigan yerlarning ko'payishi tabiiy landshaftlarning qisqarishiga yoki Xorazm viloyatiga o'xshagan kichik hududli joylarda butunlay yo'qolib ketishiga olib keldi.

Xorazm viloyati hududida tabiiy o'simliklar juda kam, chunki hududlarning asosiy qismlari go'za va sholi ekinlari ekilgan agrotsenozlar(madaniylashtirilgan yerlar) bilan banddir. Vohaning floristik tarkibi juda kambag'al. Faqat sahro zonasiga yakinlashgan sari gidrofil va mezofil o'simliklar turlari soni ortib boradi.

Hududda 600 dan ortik o'simlik turlari uchraydi. Shuning 250 dan ortiq turi qumli joylarda o'sadi.

Viloyatning Qizilqum va Qoraqum bilan chegaradosh tumanlarida saksovulzorlardan iborat o'rmon hududlari tashkil qilinmoqda. Sho'rxoklarda jo'zg'un, oqbosh, karvaklar keng tarqalgan, to'qaylarda esa to'rong'i, tol, jiyda yulg'un, jangal ko'p uchraydi.

O'simliklarga bog'liq holda paydo bo'lgan joy nomlari ya'ni fitonimlar viloyatimizda ham, respublikamizning boshqa viloyatlarida ham ko'p uchraydi. O'simliklar bilan bog'liq joy nomlari mikrotoponimlarda ayniqsa ko'p uchraydi. O'simliklar bilan bog'liq nomlar ba'zan aniq miqdorini bildiradi. Gujumlik Turang'ilik, O'rikzor, Terakzor, Uzumzor Mevazor Lolazor Chamanzor nomlari o'sha joylarda shu tur o'simliklarning ko'p tarqalganligini bildirsa, Yakkatut, Yakkagujum, Ikkiturang'il, Beshgujum, Qirqgujum, Qo'shtut kabi nomlar bu tur o'simliklar kamligi yoki ko'pligini bildiradi.

Qamish. Amudaryo bo'ylaridagi to'qaylarda, ko'llarda. kollektorlarda, umuman suv serob bo'lgan joylarda bu o'simlik keng tarqalgan. Ularning bo'yi 4-5 m.ga etadi. Suv bo'yidagi aksariyat qamishlar 1,5-3,5 m.ga boradi. Qamishdan chorvachilikda va qurilish materiali sifatida keng foydalansa bo'ladi. Undan kimyoviy yo'l bilan chumoli kislotasi, metan spirti. atseton, formalin olish ham mumkin.

To'rong'i. To'qaylardagi asosiy o'simlik turlaridan biri hisoblanadi. Ularning bo'yi 12-14 m.ga boradi. Diametri 0,5 m. Allyuvial tuproqlarda yaxshi o'sadi. Hozirgi kunda ulardan qurilish materiali sifatida keng foydalanilmoqda.

Yantoq. Amudaryo deltasida, daryo bo'ylarida keng tarqalgan yovvoyi o'simliklardan biri hisoblanadi. Qizilqum va Qoraqumga yaqinlashgan sari yantoqzorlar o'simliklar qoplamining asosini tashkil etadi.

Saksovul. Viloyatning Qoraqum va Qizilqumga yaqin qismlarida ko'p uchraydi. Ularning asosan 2 turi keng tarqalgan bo'lib, ular oq saksovul va qora saksovul.

Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asarida Qizilqumda qumtepalarda yakka-yakka holda o'suvchi saksovullar uchraudigan hududga yaqin aholi maskanini So'k-so'k(saksovul-yaxshi yonuvchi o'tin-daraxt) qishlog'i deya ta'rif beradi.

Angarik-mahalla, Xorazm shevasiga xos bo'lgan "ang" so'zi o'rik so'zining dialektal variantidir. Angarik yerlari juda hosildor, o'rik va uzumlar ko'p va ertapishar bo'lgani uchun shevada ang (eng, old), arik (o'rik) "ang-arik" - ertapishar o 'rik ma'nosida

Anjirchi (Anjirbog') - Urganch tumanidagi qishloq nomi. Geografik joy nomining tarkibi ikkita so'z - anjir va bog' so'zlaridan iborat. Toponimning birinchi komponenti-anjir so'zi o'simlik (daraxt va uning mevasining) nomi, fitonim. Anjirchi - "anjir daraxti ko 'p bo 'lgan bog'yoki hudud" ma'no sidadir.

Bog'ot - viloyat tarkibidagi tuman va shaharcha nomi. Janubiy O'zbekiston toponimiyasini o'rgangan nomshunos olim T.Nafasovning yozishicha, bog'ot so'zining ilmiy ma'nosi - bog'lar, bog' so'zining ko'plik shakli, -ot qo'shimchasi ko'plik, me'yoridan ko'p ma'noni bildiradi.

Shahardan tashqari, atrofi devor bilan o'ralgan, mevali daraxtlar, tok va gullar ekilib, bog'-rog' va gulzorga aylantirilgan joy - bog'ot. Ana shunday joy atrofida bunyod qilingan aholi punktiga ham Bog'ot nomi berilgan.

Gujumlik - Gujum - qattiq daraxt qorayog'ochning turli ko'rinishi. Gujumlik -shunday ko'p daraxtlar o'sadigan joy. Gujum daraxti Xorazm viloyati va Buxoro viloyatining Xorazm bilan chegaradosh Olot va Qorako'l tumanlarida va Qoraqalpog'istonda o'sadigan qattiq daraxt, uni ko'pincha qayrag'och daraxti deb atashadi, aslida qayrag'och daraxti emas, u dumaloq shaklda bo'lib, ko'p shoxli va qalin soya, salqin beradigan o'ziga xos o'simlik. Ushbu qishloqda shunday daraxtlar ko'p bo'lgani uchun qishloq shu tarzda atalgan.

Lolazor - mahalla - lola ekilgan joy, gulzor.

Qorayontoq - qishloq. Mahalliy aholining ta'riflari bo'yicha Qorayontoq -yantoq o'sgan joyda yeri unumdor bo'ladi deb ko'chib kelingan, yantoq uzoqdan qop-qora ko'ringanligi sababli shu hudud Qorayontoq deb nomlangan.

Bo'yrachi qishloq aholi qadimdan daryo, ko'l bo'ylarida tabiiy holda o'suvchi qamishni uy joy qurilishi uchu zarur hom-ashyo sifatida maxsus to'shama (bo'yra) to'qilgan. Qamishdan to'shama to'quvchilarni bo'yrachilar deyishgan va keyinchalik qishloq nomi ham bo'yrachi nomini olgan.

Uzumzor - mahalla nomlaridan biri. Mahalla aholisining ko'pchilik qismi asosan azal-azaldan uzumchilik bilan shug'ullanib kelgan. Uzumzor - uzumchilik

rivojlangan va uzum bog'i ko'p hudud va mahalla shuning uchun ham shunday nomlangan.

Yuqoribog' - mahalla. Yuqori va bog' so'zlarining qo'shilishidan hosil bo'lgan. Yuqori so'zi Xorazm shevasida tepa, baland ma'nolarida qo'llaniladi. Bog' esa forscha so'z bo'lib, mevazor, cha-manzor ma'nolarini ifodalaydi.

Demak, Yuqoribog' - tepa, yuqoridajoylashgan bog' ma'nosini ang latadi.

Xulosa o'rnida keyingi yillarda olib borilgan geografik tadqiqot ishlarida nomlarning ekologik funksiyasiga ham e'tibor qaratilmoqda. Qo'yilgan nom shu joyni, mahalla yoki ovulni, kanal yoki yopni, tepalik yoki pastlikni ilohiylashtirib, u yerdagi tabiat komponentlarini muhofaza qilishga, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishga, aholi maskanlarida sokin va osoyishta muhitni yaratishga yordam beradi. Natijada yoshlarimizga diniy-huquqiy muhofaza usuliga, ona tabiatni asrashga o'lkamizda shallangan yuksak etnoekologik madaniyat sifatida qarashimiz lozimligini uqtirgan bo'lamiz. Xorazm viloyati toponimlarini tabiiy geografik jihatdan o'rganish o'zbek xalqining uzoq asrlik madaniyati, ma'naviyati, tafakkuri va ishlab chiqarishi, xo'jalik tarzi, tabiatga munosabatini o'zida aks ettirishi, o'zi nomlayotgan joy aholisining etnik tarkibi va takomili, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy turmushi, yashash tarzi hamda hududning tabiati, tarixi haqida boy geografik ma'lumotlar olish imkonini beradi. Shuningdek aholi ushbu manzil atrofini obodonlashtirib, ko'kalamzorlashtirib uning atrofiga kelib joylashishga harakat qilishadi hamda bu hududni e'zozlanishi va qadrlanishini, keyingi kelajak avlodlarga etkazilishini ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. P.G'Ulomov, M.Mirakmalov "Toponimika va geografik terminshunoslik" oquv qollanma Toshkent-2005 y

2. "O'zbekiston joy nomlarining izohli lug'ati" Toshkent-2022 y

3. Z.Do'simov "Xorazm toponimlari" Toshkent-1985 y

4. Ya. G'ulomov "Xorazmning sug'orilish tarixi" Toshkent-1959 y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.