TEXNOLOGIYA
UDC 677.021.15/.18
JINA MASHINASINING XOMASHYO VALIGIDA JINLANGAN CHIGITLARNI ISHCHI KAMERADAN CHIQISH TEZLIGIGA BO‘G‘LANISHINI TADQIQI
Shamsiddinov Elyor
Andijon mashinasozlik instituti, Tayanch doktorant, elyor [email protected]
Sarimsakov Olimjon Sharifjanovich Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, Professor, [email protected]
Annotasiya. Bu ilmiy maqolada paxta tozalash korxonalarida uchraydigan muammolardan biri tolani echib olishda uchraydigan tola shikastlanishi xisoblanadi. Paxta tolasi to‘qimachilik sanoatida muhim xomashyo turi xisoblanib, to‘qimachilik fabrikalari xam o‘z extiyojidan kelib chiqib tola yigirishga yaroqli tolalarni saralab olish uchun o‘z talablariga ega. Ushbu talablarga mos tolani chigitdan ajratib olish va arra tishidan yechib olishda uchraydigan muammolarni bartaraf etishda ilmiy tajribalar olib bajarilgan, ushu ilmiy tadqiqotlarni tahlil etiladi. Ushbu ilmiy echimlar mazkur maqolada bayon etilgan.
Аннотация. В данной научной статье одной из проблем, возникающих на хлопкоочистительных предприятиях, является повреждение волокна при удалении волокна. Хлопковое волокно является важным сырьем в текстильной промышленности, и у текстильных фабрик для прядения исходя из их потребностей есть свои требования к выбору подходящих волокон. Проведены научные эксперименты для решения проблем, возникающих при извлечении волокна из семени и удалении его из зубов пилы, отвечающего этим требованиям, и проанализированы научные исследования. Эти научные решения описаны в этой статье.
Abstract. In this scientific article, one of the problems encountered in cotton ginning enterprises is fiber damage during fiber removal. Cotton fiber is an important raw material in the textile industry, and textile factories have their own requirements for selecting suitable fibers for spinning based on their needs. Scientific experiments were carried out to solve the problems encountered in extracting the fiber from the seed and removing it from the saw tooth, which meets these requirements, and the scientific research is analyzed. These scientific solutions are described in this article.
Kalit so‘zlar: paxta, chigit, ishchi kamera, havo soplosi, havo tezligi, havo oqimi.
Ключевые слова: хлопок, семена, рабочая камера, воздушное сопло, скорость воздуха, расход воздуха.
Key words: cotton, seed, seed roll, air nozzle, airspeed, airflow.
Kirish. Xomashyo valigining parametrlariga va birinchi navbatda uning zichligiga ta’sir qilishda ta’minlashdan keyingi o‘rinda turadigan omil - tozalangan chigitlarning xomashyo valigidan chiqarib yuborish jarayonidir. Chigitdan tolani ajratish bo‘yicha ko‘pgina tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu olimlarni Jindagi muamolarga o‘z tadqiqotlari orqali bergan ilmiy yechimlarini tahalil qildik. Professor olimlar o‘z yechimlarini va izohlarini o‘rganib tahlil qilinib jin mashinasidagi muammolarga yechim topildi.
Muradov R.M. ning ko‘rsatishicha jinlash jarayoni stabilligini ta’minlovchi asosiy omil ham tozalangan chigitlarning ishchi kameradan o‘z vaqtida chiqarib yuborish ekanligini ko‘rsatdi [1]. Muallif tadqiqotlarida jinlash jarayonining eng asosiy parametrlaridan biri chigitlarni ishchi kamerada qolish vaqti ekanligini ko‘rsatib berdi.
B.B. Bazarov chigit tarog‘i holatini arrali jinlash jarayoni ko‘rsatkichlariga ta’siriga
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
TEXNOLOGIYA
bag‘ishlangan ishida [2] quyidagi masalalar ko‘rilgan. Chigitlarni tukligi darajasi, ham da xomashyo valigining zichligini chigit tarog‘i bilan rostlanadi. Valik qanchalik bo‘sh bo‘lsa, chigitlar shuncha intensiv tushadi.
Vatanimizda ishlab chiqarilgan arrali jinni ishlatish tajribasini inobatga olib muallif arrali jinni ishlash qobiliyati diapazonida tradision chigit tarog‘ining xar hil holatlarini maxsus uslubiyat bo‘yicha tadqiq qilgan. Chigit tarog‘ini kolosniklarga nisbatan holatini o‘zgartirilganda unumdorlikni, fartukka yuklanishni, xomashyo valigining tukdorligi va tezligini, hamda chigitning tukdorligini sezilarli og‘ishlari kuzatilgan. Agarda chigit tarog‘ining ma’lum holatida faqat unumdorlikni o‘zgartirilganda, masalan jinni ta’minlanishini intensivligi xisobiga, u holda xomashyo valigi zichligini tolaning sifatiga ta’sirini xarakterlovchi ma’lum bog‘lanishni olingan bo‘linardi.
B.B. Bazarov tajribalarida chigit tarog‘ining holati 66° dan 90° gacha o‘zgartirilganda, jin unumdorligi 7 dan 9 kg/arra-soat gacha ortdi, taroqning buralish burchagining 114° gacha keyingi oshirilishi unumdorlikni keskin (9 dan 5 kg/arra-soat gacha) tushib ketishiga olib keladi. Xuddi shu narsa ishchi kamerasi fartukiga yuklanish o‘zgartirilganda kuzatiladi.
Tadqiqot usuli. Xomashyo valigining tukdorligi uning tezligiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bunda xomashyo valigining maksimal tezligi chigit tarog‘ining normal holatida xomashyo valigi toladorligining yuqori qiymatiga mos keladi.
Tajribalar natijalari shuni ko‘rsatdiki, chigit tarog‘ining arrali jinlash jarayonidagi o‘rni juda katta. Shuning uchun jinlashning umumiy jarayonida chigitli taroqni qatnashishini, demak, uning optimal shakllari, o‘lchamlari va konstruksiyalarini aniqlash kerak.
Safarov N.M. xomashyo valigining turli zichliklarida jinlashning dinamik va texnologik ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubini yaratishga bag‘ishlangan tadqiqotida chigitlarning ishchi kamerasida qolib ketish vaqtini kamaytirish ahamiyatini ochib berdi va buning yo‘llarini ko‘rsatib berdi [3].
R.F.Yunusovning [4] tadqiqotlarida perspektiv yo‘nalishlardan biri jinlash jarayonini, elektroenergiyaning kamroq sarfida yuqori sifatli mahsulotlar olinishini ta’minlovchi, yumshoq xomashyo valigida amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
R. Sulaymanov [5] ishida qo‘shimcha chigit chiqarishda nazariy yo‘l bilan konsol kolosniklarning, kolosniklar va qistirmalar orasidagi masofanining optimal parametrlarini aniqlashga imkon beruvchi chigit harakatining dinamikasi va matematik modellari masalasini echish algoritmi olingan. Ularga asosan arralar orasidagi masofani kamaytirilganda qo‘shimcha chigit chiqarish yangi usuli va qurilmasi taklif etilgan.
S. Z.Yunusovning tadqiqotlarida [6] arrali jinda xomashyo valigi tezlatgichining egiluvchan elementli yangi konstruksiyasi ishlab chiqildi. Ushbu konstruksiyani qo‘llanilishi xomashyo valigi zichligini 20'25 % ga kamayishiga imkon berdi. Natijada mavjud arrali jinlarga nisbatan mashinaning unumdorligi 1,0'1,1 kg/arra-soat ga ortganini, tolaning shtapel massa uzunligi 0,2 мм ga oshganini, tolaning nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushi 0,6% ga, chigitning mexanik shikastlanganligi 0,5% ga kamayganini aniqladi.
R.Muradov, A.Karimov, A.Sarimsakov va boshq. [7] tomonidan jin mashinasi ishchi kamerasidagi yangi takomillashgan konstruktiv elementlarning tola sifatiga ta’siri, arrali jin ishchi kamerasidagi jarayonlarni amaliy va nazariy statik hisobi o‘rganilgan. Xomashyo valigini arrali silindr bilan o‘zaro ta’sirlanishuv kuchlari, xomashyo valigining ishchi kamera ichida jinlash zonasidan o‘tish vaqtidagi harakat qonunini aniqlangan va ular bo‘yicha grafiklar qurilgan.
R.M. Kattaxodjayev, S. Fazildinov, M.T. Tillayev [8] ishida arrali jin xomashyo valigi zichligiga paxtani notekis uzatilishini ta’siri tadqiq qilingan.
Arrali jinlash jarayonini takomillashtirishning asosiy masalalaridan biri - xomashyo
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
TEXNOLOGIYA
valigi zichligini ma’lum darajada ushlab turishdir. Lekin, xomashyo valigi zichligini o‘zgarish xarakteri va sabablarini bilmay bu masalani echish mumkin emas.
Xomashyo valigi zichligini ma’lum diapazonda stabilligi, ayniqsa arraga yaqinlashganda, chigitlarni arra tishlariga sanchilishini kamaytirishga olib keladi, buning natijasida chigitning shikastlanganligi, va demak, nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushi kamayadi.
Mualliflar tomonidan paxtani ishchi kamerasiga notekis uzatilish jarayoni o‘rganib chiqilgan bo‘lib, buning uchun paxta notekis uzatilishini vaqt va kamera uzunligi bo‘yicha jinlash jarayonining asosiy ko‘rsatkichlariga ta’siri eksperimental tadqiqotlari o‘tkazilgan.
Xomashyo valiginning zichligi vaqt va ishchi kamerasi uzunligi bo‘yicha o‘zgaradi, o‘rta sohalarda zichroq qatlam, chekkalarda siyrakroq qatlamlar joylashadi va bu qonuniyat o‘zgarish qonuniyati jinning ixtiyoriy unumdorlikda kuzatiladi. Tolaning nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushi ham mashina uzunligi bo‘yicha xar hil va mashina markazida maksimumga etadi, chekkalarda esa pasayadi (1-rasmga qarang).
R.M. Kattaxodjayev va S. Fazildinovlar [9] xomashyo valigi zichligini o‘zitekislanish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatishdi va bu xususiyat o‘zitekislanish koeffisiyenti bilan baholanadi. Tadqiqotda o‘zitekislanish koeffisiyentini nazariy hisoblashning aniqlashtirilgan uslubi va analitik ifoda taklif qilingan.
4ДТ
3,9
й
• i-H
fl
3,5
та
о
СО
3,1
z
к 1
2
1 .
16
й
12
чй
чй
<u
о
8
4
о
£
II
III
IV
I
Jin ishchi kamerasining uchastkalari
1-rasm. Jinning 10,2 kg/arra-soat unumdorligida nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushi (1) va notekislik koeffisiyentini (2) ishchi kamerasi uzunligi bo‘yicha o‘zgarishi
I.T. Maqsudov va A. Azizxodjayev [10] 3XDDM arrali jin unumdorligini arrali silindr iste’mol qilayotgan quvvatga, chigitlarni mexanik shikastlanganligini ortishi, xomashyo valigining tolaligi va zichligi, tolada nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushini ortishiga ta’sir darajasini aniqlashdi. Mualliflar xomashyo valigi aylanish tezligini oshirishni, shu bilan tolaning tabiiy xususiyatlarini maksimal saqlab jin unumdorligini oshirishni taklif etishgan.
B.I. Bekmirzayev [11] tola va chigitlarni sifatini yaxshilash maqsadida xomashyo valigining havo o‘tkazuvchanligi bo‘yicha arrali jin ta’minotini rostlash usulini ishlab chiqqan. Muallif tomonidan eksperimental natijalar olingan va u shunday xulosaga keladiki, eng kam tola shikastlanganligi I-nav paxtani jinlashda xomashyo valigi zichligi 325 kg/m , III-nav uchun esa 290 kg/m3 da bo‘ladi.
A.E. Lugachev, R.Z. Burnashev, G.I. Miroshnichenko [12] ishida paxta mashinalari ta’minlagichlarining materialni uzatish tekisligi tadqiq qilingan. Ta’minlovchi tizimlarning asosiy vazifasi - paxta mashinalarini bir tekis ta’minlashdan iborat. Lekin, yig‘uvchi bunker va
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024
TEXNOLOGIYA
bir juft oltiparrakli ta’minlovchi valiklardan iborat bo‘lgan, mavjud tizimlar mashinaga xomashyoni ma’lum darajada diskret uzatishi hisobiga tolali materialni ishlash texnologik talablariga javob bermaydi.
Mualliflar tomonidan maxsus stendda ta’minlagichning turli sxemalarida uzatish tekisligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan.
Ta’minlagich konstruksiyalarining solishtirma tahlili ko‘rsatdiki, parakli ta’minlovchi valiklar tituvchi juft bilan birgalikda tekis ta’minlash bilan ajraladi. Shuning uchun tituvchi valiklar kataroq aylanish chastota bilan qurilmani ishlashi maqsadga muvofiq, lekin bu tezlik 500 ay/min dan oshmasligi kerak, chunki bu paxtani tabiiy xususiyatlarini saqlash muammosi bilan bog‘liq.
Ta’minlovchi valiklar aylanish tezligini rostlash tizimlarini mashina elektroyuritmasi ishini stabillash hisobiga takomillashtirish variantlari ham ishlab chiqarishda qo‘llanilmadi [13]. Bunga asosiy sabab tizimlarni ishlatish nisbatan qimmatligi va murakkabligidir.
Tadqiqot natijalari. Keyingi paytda ishlab chiqilayotgan qurilmalarda motor valining aylanish tezligini stabillashga katta e’tibor qaratilgan, lekin amaliyot ko‘rsatishicha, ta’minlovchi valiklarning aylanish tezligi juda stabil bo‘lganida ham kutilayotgan natijani olish qiyin bo‘ladi, chunki ishlanayotgan materialning fizik-mexanik xususiyatlarining notekisligi, batareyali komponovkalarda ishlaganda o‘zaro bog‘lanish yo‘qligi ta’minlovchi valiklar aylanish tezligining yuqori stabilligi samarasini yo‘qqa chiqaradi. Yuritma sifatida yakori boshqariluvchi to‘g‘rilagichdan ta’minlanadigan mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori ham qo‘llanilgan. Shuningdek rostlovchi element sifatida to‘rtqatlam tuzilishli yarimo‘tkazgichli qurilma - tiristor qo‘llanilgan [14].
Tuyinish drosellari va ta’minlovchi tarmoq chastotasi o‘zgartirgichlari yordamida asinxron motorlar rotorlarining aylanish chastotasini rostlash bo‘yicha ham ishlar olib borilgan [15].
Ta’minlovchi tarmoq chastotasi o‘zgartirgichlarini qo‘llanilishi yaxshi natijalarni beradi, lekin o‘sha paytda mavjud bo‘lgan o‘zgartirgichning murakkabligi, va demak, qimmatligi va ishonchliligi pastligi paxta tozalash sanoatida bu motorlarni qo‘llanishiga to‘siq bo‘ldi.
FarPIda Aripov N.M. bajargan fundamental tadqiqotlar turkumi [16;17] ta’minlagich tezligini rostlash bo‘yicha texnologik jarayon talablariga amalda to‘la javob beradigan va yuqorida ko‘rib o‘tilgan ishlanmalarning kamchiliklaridan xoli bo‘lgan chastotali rostlanuvchi asinxron elektroyuritma yaratish uchun etarli nazariy va amaliy asos yaratgan.
Paxtani ishlash texnologik mashinalari avtomatik boshqaruv sistemasi [18] ishlab chiqilgan.
Motorning aylanish tezligi motorga kerakli kuchlanishni beruvchi seriyali ishlab chiqariluvchi tiristorli rostlash bloki yordamida o‘zgartiriladi. Blok chiqishidagi kuchlanishni blok bilan komplektda bo‘lgan zadatchik yoki ishlab chiqilgan nazorat va rostlash paneli (subblok) yordamida rostlash mumkin. “Subblok” ka ta’minlovchi valiklar motorining aylanish tezligi to‘g‘risida, xomashyo valigi holatini xarakterlovchi arrali silindr motorining kuchlanish toki to‘g‘risida signallar va vazifa signali keladi. Xomashyo valigining zichligi ortishi bilan arrali silindr motorining tok kuchi ortadi va natijada, subblokka kelayotgan signal kuchayadi. Ta’minlovchi valiklar motorining aylanish tezligi, hamda kameraga tushayotgan paxta hajmi kamayadi. Xomashyo valigining zichligi kamayishi bilan tushayotgan paxta miqdori ortadi. Shunday qilib, xomashyo valigining zichligiga bog‘liq holda paxtaning tushishi avtomatik ravishda rostlanadi. Bundan tashqari, subblok arrali silindr motorining yuklanishi, ya’ni xomashyo valigining zichligi to‘g‘risida normalangan signal chiqaradi.
Xullas, arrali jinlash bo‘yicha tadqiqotlarni o‘tkazilgan tahlili asosida, shuni aytish mumkinki, arrali jinlashda xomashyo valigi zichligining o‘zgarishi va uni boshqarish sifatli
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
TEXNOLOGIYA
mahsulot olishda asosiy masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun paxtaning boshlang‘ich xarakteristikalarga bog‘liq holda, paxtaning talab darajasidagi sifati va arrali jinning optimal unumdorligini ushlab turish masalasi, xomashyo valigi parametrlarini o‘zgarishiga bog‘liq holda jinni paxta bilan ta’minlashni nazorat qilish va ta’minlovchi valiklarning aylanish chastotasini rostlash yo‘li bilan echilishi lozim.
Valikli jinni paxta bilan ta’minlash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rinarli tadqiqotlar turkumi professor M.T.Hojiyev rahbarligida X.S. Usmanov tomonidan bajarilgan [19] bo‘lib ularning natijasida IVA impulsli variatori konstruksiyasi takomillashtirilgan va undan foydalangan holda valikli jin ishini jinlash qobiliyati va xomashyo xususiyatlarining o‘zgarishiga bog‘liq holda boshqarish qurilmasi va sistemasi yaratilgan. Uning qo‘llanilishi samaraliligi isbotlangan.
Xulosa. Tadqiqotda jinlash jarayonida ish unumdorligini oshirish yo‘llari sifatida ishchi kamera ichida jinlangan chigitni tezroq chiqarish maqsadida konussimon to‘rli baraban, yon qismi o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat qiluvchi ishchi kamera, xomashyo valigi tezligini oshirish maqsadida tezlatuvchi baraban, xomashyo valigin harakatlanishiga yordam beruvchi to‘rli baraban va ichida issiq havo puflaydigan qo‘zg‘almas quvur o‘rnatish taklif etilgan.
Toladan ajragan chigitlarni ishchi kameradan chiqarish usuli sifatida turli shakllardagi kolosniklardan foydalanish tavsiya etilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi bo‘yicha jin mashinasi ishchi kamerasida hosil bo‘lgan xomashyo valigi aylanishi bilan ish unumdorligi o‘rtasida bog‘lanish borligi aniqlangan. Paxta tozalash ishlab chiqarishning asosiy mashinasi bo‘lgan jindagi texnologik jarayon - tola ajratishning unumdorligi, tola va chigitning sifatini belgilovchi asosiy omillar xomashyo valigining parametrlari bo‘lib ularning eng ahamiyatligi valikning zichligidir.Xomashyo valigining zichligi asosan ikki omil - ta’minlash hamda tola va tozalangan chigitni ishchi kameradan chiqarib yuborish orasidagi dinamik muvozanatning holati bilan belgilanadi va zichlikning o‘zgarish dinamikasiga ta’siri jihatida ta’minlash jadalligi hal qiluvchi ustuvor ahamiyatga ega.
ADABIYOTLAR
1. Umarov Akmal Akparalievich. “Tola Sifatini Yaxshilash Maqsadida Arrali Jinni Ta’minlash Jarayonini Takomillashtirish” (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan Dissertasiya. Namangan - 2018
2. Mansurov X. Avtomatika va paxtani dastlabki ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish. - T.: O‘zbekiston, 1995. - 248 b.
3. Усманов Х.С. Совершенствование процесса питания хлопком сырцом при джинировании: Диссертация на соискание учёной степени кандидата технических наук. -Ташкент. 2005.
4. Болдинский Г.И. и др. О профиле фартука сырцовой камеры джина в зоне входа в нее хлопка-сырца // - Ж. Реф. сб. Хлопковая промышленность. 1975. №1. 9 с.
5. Мирошниченко Г.И. Основы проектирования машин первичной обработки хлопка. - М., «Машиностроение», 1972. - 486 с.
6. Гробер А.Д. Закономерности формирования вероятностных характеристик длины хлопкового волокна в процессе джинирования. // Хлопковая промышленность. 1970. №1. стр. 8-10.
7. Бекмирзаев Б.И. Разработка способа регулирования питания пильного джина по воздухопроницаемости сырцового валика в целях улучшения качества волокна и семян: Диссертация на соискание учёной степени кандидата технических наук - Ташкент. 1989 -с.6-58.
8. Фазилдинов С., Каттаходжаев Р.М.. Снижение пороков волокна при пильном
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
TEXNOLOGIYA
джинировании хлопка-сырца. // Хлопковая промышленность. 1981 г., №1, стр. 7.
9. Мирошниченко Г.И. и др. Оборудование и технология производства первичной обработки хлопка. - Т., «Укитувчи», 1980. - 328 с.
10. Мансуров Х. Автоматика ва пахтани дастлабки ишлаш жараёнларини автоматлаштириш. - Т.: Узбекистан, 1995. - 248 б.
11. Гнеденко В.И. и др. Импульсный вариатор: А.С. № 313002. - Опубл. в Б.И. 1971 № 27.
12. Тютин П.Н. и др. Устройство для распределения волокнистого материала по бункерам хлопкоперерабатывающих машин: А.С. № 676650 - Опубл. в Б.И. 1979. № 17.
13. Мансуров Х.М., Якубов Б.Н. Способ управления питания батареи джинов. // Тезисы докладов ТИТЛП. - Ташкент, 1992. - с. 43.
14. Бурнашев Р.З. и др. Деформация слоя хлопка-сырца лопастями питающих валиков хлопкоочистительных машин. Хлопковая промышленность. 1980 г. №3 стр 18.
15. Корабельников Р.В. и др. Влияние конструкции лопастных валиков на равномерность питания. // Хлопковая промышленность. 1980 г. №4. с. 15.
16. Каттаходжаев Р.М. и др. Влияние неравномерности подачи хлопка-сырца питателем на плотность сырцового валика пильного джина // - Ж. Реф. сб. Хлопковая промышленность. 1979. № 6. с. 20.
17. Каттаходжаев Р.М., Фазилдинов С. Стабилизация сырцового валика пильного джина // -Ж. Реф. сб. Хлопковая промышленность. 1975. № 1. с. 9.
18. Каттаходжаев Р.М., Фазилдинов С. Самовыравнивание плотности сырцового валика. // Хлопковая промышленность. 1981, №2 с. 4.
19. Максудов И.Т., Азизходжаев А.И. Влияние производительности пильного джина на его технологические показатели // - Ж. Реф. сб. Хлопковая промышленность, 1981, № 4. с.12-14.
20. Лугачев А.Е. и др. Исследование равномерности подачи материала питателями хлопковых машин. // Хлопковая промышленность. 1980 г. №2 с. 14.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024