TEXNOLOGIYA
UDK 677.21.051.2
ARRALI JINDA JINLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Rosulov Ruzimurad Xasanovich Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, [email protected]
Turdiev Baxtiyor Ergashevich Termiz muhandislik-texnologiya instiuti. [email protected]
Erdonov Abduraxmon Muzaffarovich Termiz muhandislik-texnologiya instiuti. [email protected]
Annotatsiya. Arrali jinda paxta xomashyosining titkilanish jarayonini yaxshilash va jinlash samaradorligini oshirish uchun takomillashtirilgan konstruktsiyasi tola va chigitning jarohatlanishining kamayishiga olib keladi. Bunkerdan buferli barabanga kelib tushgan paxta xomashyosining titkilanganlik darajasi plastinaning bikrligiga bog‘liq.
Аннотация. С целью улучшения процесса разрыхленности хлопка-сырца и повышение процесса джинирования в усовершенствованй конструкции пыльного джина приводит к уменьшению поврежденности волокна и семян. Степень рарзхленности хлопка-сырца поступающей из бункера в буферный барабан зависит от жесткости пластины
Abstract. In order to improve the process of loosening raw cotton and increase the ginning process in the improved design of the saw gin leads to a decrease in damage to the fiber and seeds. The degree of loosening of raw cotton coming from the bin to the buffer drum depends on the rigidity of the plate
Kalit so‘zlar: paxta xomashyosi, arrali jin, jinlash, xomashyo valigi, buferli baraban, podshipnik, bikrlik, tola, chigit, jarohatlanish.
Ключевые слова: хлопок-сырец, пыльный джин, джинирование, сырцовый валик, буферный барабан, подшипник, жесткость, волокно, семена, поврежденность.
Keywords: raw cotton, saw gin, ginning, raw roller, buffer drum, bearing, rigidity, fiber, seeds, damage.
Kirish. Paxta xomashyosining tolasini chigitdan ajratish jinlash jarayoni hisoblanadi. Paxta xomashyosining tolasini ajratishdan maqsad - talab etilgan unumdorlikda maqbul sifatli va eng ko‘p tola chiqarishga erishishdir.
Arrali jinlar PD ta’minlagichlari bilan jihozlangan bo‘lib, ular paxta xomashyosini jinlash jarayoni bir maromda va muvofiiqlashgan holda uzatishdag iborat bo‘lib, shuning undan mayda iflosliklardan ajratishda ham muxim axamiyatga ega [1,2].
Jaxon amaliyotida paxta xomashyosi tarkibidagi chigitdpn tolani ajratish arrali jinlarda amalga oshirilib, uning tarkibi korpusga o‘rnatilgan kolosnikli panjarali arrali silindrdan, chigit tarog‘i va xavo yordamida arra tishlaridan tolani yechib olish qurilmasi, shuningdek, tolani olib chiqib ketuvchi quvurdan iborat.
Usullar. Ko‘rib chiqilayotgan konstruksiyada paxta xomashyosining ta’minlash valiklariga doimiy yuklanishlarda bo‘lishi uning asosiy kamchiliklaridan biridir. Jinga o‘rnatilagan magnit doskasi faqat metall bo‘lakchalarini tutib qoladi va chigitning me’yordagi tukdorlikda chiqishi uchun doimiy ravishda chigit tarog‘ini rostlashni talab etadi.
Mazkur muammoni xal etish uchun ta’minlash valiklariga tushadigan yuklanishni kamaytirish va jin chigit tarog‘ini rostlashdan iborat.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024
TEXNOLOGIYA
Qo‘yilgan masalani xal qilish uchun shaxta-to‘plagichda ta’minlash valiklari ustiga buferli baraban o‘rnatilgan bo‘lib, u yuritmasiz podshipniklarga o‘rnatiladi. Bunda buferli baraban 2 g‘ovak (truba shaklida) tayyorlangan bo‘lib, uning o‘qining xar ikki tomonida metall chiqib turgan joylar 16 bilan bikr birlashtirilgan, barabanning 2 o‘qida 18 bikr qotirilgan prujina plastinalar 15 bilan kontaktda bo‘ladi. Barabanning 2 ikki yon tomonidan podshipnik o‘qi bilan birlashtirilgan disklar o‘rnatilgan.
Taklif etilayotgan konstruksiyaning 1-rasmda arrali jinning umumiy ko‘rinishi, 2-rasmda - chigit tarog‘i, 3-rasmda buferli barabanning qirqimi keltirilgan.
Arrali jin quyidagi qismlardan tashkil topgan: shaxta 1, buferli baraban 2, ta’minlash valiklari 3, qoziqli baraban 4, to‘rli yuza 5, ifloslikni olib chiquvchi shnek 6, doska 7, ishchi kamera 8, arrali silindr 9, chigit tarog‘i 10, havo kamerasi 11, o‘lik kamerasi 12, kolosniklar 13. Chigit tarog‘i 10 korpusga sharnir 17 yordamida va korpus bilan qo‘shimcha prujina 14 yordamida bog‘langan. Prujina 14 konussimon shaklda bajarilishi mumkin.
1-rasm. Arrali jinning umumiy ko‘rinishi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024
TEXNOLOGIYA
Natija. Arrali jin quyidagicha ishlaydi: paxta tozalash korxonasi bosh binosiga uzatilayotgan paxta xomashyosi separator orqali taqsimlovchi shnekka 1 kelib tushadi, so‘ngra xar bir jin ustida o‘rantilgan ta’minlagichlarni 3 toddiradi. Ta’minlash valiklari 3 ustiga podshipnikda buferli baraban 2 o‘rnatilgan bodib, ta’minlash valiklarga 3 tushadigan bosimni bartaraf etadi. Bunda buferli barabanning 2 ikki tomoniga paxta xomashyosining kelib tushishiga bog‘liq xolda metall chiqib turgan joylar 16 prujinali plastinaga 14 ta’sir qiladi, natijada paxta xomashyosining massasiga bogdiq xolda deformatsiyalanadi, buferli baraban 2 buraluvchi tebranishlarni hosil qiladi, so‘ngra ta’minlash valiklariga 3 paxta xom ashyosini bir maromda uzatiladi. Ta’minlash valiklari 3 paxta xomashyosini qoziqli barabanlarga 4 bir maromda uzatadi. So‘ngra qoziqli baraban 4 to‘rli yuza 5 bilan birgalikda paxta xomashyosini titkilash va iflosliklardan tozalab, maginitli valik 7 orqali jinning xomashyo kamerasiga 8 uzatadi. Ajratilgan iflosliklar ifloslik shneki 6 yordamida olib chiqiladi.
Xomashyo kamerasiga 8 kelib tushgan paxta xomashyosi arrali silindrning 9 aylanuvchi arra disklari yordamida ilashtirilib, chigit tarog‘idan 10 kolosniklarning ishchi qismiga tomon siljiydi. Arra tishlari bilan ilashtirilgan paxta bodakchalari, paxta bo‘lakchalari va boshqa bodakchalar bilan ilashtirilgan paxta xomashyosi ularga arra tishlari parakti xaqida xabar beradi: natijada paxta xomashyosining xamma massasi xomashyo kamerasida arrali disklarning 9 teskari yo‘nalishdagi harakati hisobiga xomashyo valigi hosil bodadi. Xomashyo valigining aylanishini arra tishlari bilan paxta xomashyosini to‘xtovsiz uzatish bilan ta’minlanadi, shuning uchun jinning to‘xtovsiz ish unumdorligini ta’minlaydi. Toladan ajralgan chigitlar xomashyo valigi massasidan aloqani yo‘qotadi va kolosnik 13 bo‘yicha pastga qarab harakatlanadi.
Jindan chiqayotgan chigitlarning tukliligini chigit tarogdning 10 holatini prujina 14 yordamida o‘zgartirish bilan rostlanadi. Chigit tarogd 10 xomashyo valigining zichligiga qarab holatini o‘zgartiradi. Bunda prujinaning 14 deformatsiyasi hisobiga chigit tarogd 10 kichik burchak tebranishni tuksiz chigitlarning yuklanishini chigitlarning tukligiga bogdiq holda keltirib chiqaradi. Chigit tarogdning 10 avtomatik rostlash holati amalga oshiriladi. Arrali jinlash jarayonini to‘xtovsiz ta’minlash jin ishchi kamerasidagi aylanuvchi xomashyo valigi bilan arrali silindar arralarining tishlari, kolosniklar 13, havo bilan tolani yechib olish qurilmasi 11 bilan o‘zarota’siri bilan amalga oshiriladi.
Xulosa. Taklif etilayotgan konstruksiya paxta xomashyosining titkilanish darajasini sezilarli darajada oshirish hisobiga jinning ish unumdorligini oshishiga va tola hamda chigitning jarohatlanishining kamayishiga olib keladi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024
TEXNOLOGIYA
3-rasm. Buferli baraban
ADABIYOTLAR
1. Справочник по первичной обработке хлопка книга 1 Ташкент «Мехнат»-1994.
2. 4DP-130 arrali jin pasporti
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024