Научная статья на тему 'JAMOATCHILIK MUHOKAMALARI VA JAMOATCHILIK NAZORATINING UYGʻUNLIGI'

JAMOATCHILIK MUHOKAMALARI VA JAMOATCHILIK NAZORATINING UYGʻUNLIGI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

24
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jamoatchilik muhokamasi / jamoatchilik nazorati / jamoyatchilik instituti / ijtimoiy ong / jamiyat va davlat. / public discussion / public control / Institute of welfare / social consciousness / society and the state

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — M. M. Abduraxmonova, A. F. Turgunboyev

Jamoatchilik muhokamalari instituti oʻzining mazmun va mohiyati, maqsad va vazifalari, ijtimoiy boshqaruv va nazorat funksiyalariga koʻra juda qadimiy boy tarixga ega. Bu jamoatchilik instituti kishilik tarixida oila va jamiyat munosabatlarini tartibga solishda samarali usul, jamiyat va davlat boshqaruvida demokratik tamoyillardan samarali foydalanish vositasi sifatida turli shakl shamoyillarda qoʻllanilib kelinmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PUBLIC DISCUSSIONS AND COMMUNITY COMPATIBILITY OF CONTROL

The Institute of public discussion has a very ancient rich history according to its content and essence, goals and objectives, social management and control functions. This public institution has been used in the history of man in various forms shamoyils as an effective method in regulating family and society relations, as a means of effective use of democratic principles in society and public administration.

Текст научной работы на тему «JAMOATCHILIK MUHOKAMALARI VA JAMOATCHILIK NAZORATINING UYGʻUNLIGI»

JAMOATCHILIK MUHOKAMALARI VA JAMOATCHILIK NAZORATINING

UYG'UNLIGI

M. M. Abduraxmonova

Sotsiologiya fanlari doktori (DSc) Far'gona davlat universiteti, Farg'ona, O'zbekiston

A. F. Turgunboyev

O'qituvchi. mustaqil tadqiqotchi, Far'gona davlat universiteti, Farg'ona, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Jamoatchilik muhokamalari instituti o'zining mazmun va mohiyati, maqsad va vazifalari, ijtimoiy boshqaruv va nazorat funksiyalariga ko'ra juda qadimiy boy tarixga ega. Bu jamoatchilik instituti kishilik tarixida oila va jamiyat munosabatlarini tartibga solishda samarali usul, jamiyat va davlat boshqaruvida demokratik tamoyillardan samarali foydalanish vositasi sifatida turli shakl - shamoyillarda qo'llanilib kelinmoqda.

Kalit so'zlar: Jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik nazorati, jamoyatchilik instituti, ijtimoiy ong, jamiyat va davlat.

PUBLIC DISCUSSIONS AND COMMUNITY COMPATIBILITY OF

CONTROL

M. M. Abdurakhmonova

Doctor of Sociology (DSc), Fergana State University,Ferg'ana, Uzbekistan

A. F. Turgunboyev

He is a teacher. independent researcher, Fergana State University, Ferg'ana , Uzbekistan

ABSTRACT

The Institute of public discussion has a very ancient rich history according to its content and essence, goals and objectives, social management and control functions. This public institution has been used in the history of man in various forms - shamoyils as an effective method in regulating family and society relations, as a means of effective use of democratic principles in society and public administration.

Keywords: public discussion, public control, Institute of welfare, social consciousness, society and the state.

Eng muhimi va ahamiyatli tomoni shundaki, dastlabki jamoatchilik muhokamalari mavzulari markazida kishilik jamiyati uchun bugungi kunda ham dolzarb bo'lib qolayotgan

April 20, 2024

8

talablar: tinch - totuv yashash, tenglik, adolat, birodarlik, o'zaro yordam, hurmat va izzat, mehr-muhabbat ko'rsatish va boshqa insoniy qadriyatlar gavdalangan. Bu qadriyatlarga erishish istagi kishilarda orzu-umidlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy ehtiyojlarning shakllanishiga kuchli ta'sir ko'rsatgan.

Dastlabki davrlarda jamoaviy muhokamalar mavzulari haqida xalq og'zaki ijodiyoti namunalari, turli ertak va dostonlar, nodir hikmatlar, rivoyatlar, matal va maqollar, qo'shiq va laparlar bizga zaruriy ma'lumotlar beradi. Xalqimizning og'zaki ijodiyoti durdonalari sanaladigan "Shiroq", "To'maris", "Kuntug'mish" kabi afsonalar, "Alpomish", "Yoriltosh", "Go'ro'g'li" kabi dostonlar, "Toxir va Zuxra", "oshiq G'arib va Shohsanam" kabi qissalarda o'sha davrlardagi xalqning azaliy va asriy orzu-umidlari: insoniylik, ezgulik, adolat, ozodlik va erkinlik g'oyalari ilgari suriladi, ularni qo'lga kiritishga bo'lgan harakatlar qo'llab-quvvatlanadi, kelajakka bo'lgan ishonch mustahkamlanadi. Jamoatchilik muhokamalari auditoriyasining kengayishi va yangi-yangi usullarning paydo bo'lishida yozuvning kashf etilishi mislsiz beqiyos katta rol o'ynadi. Bunda biz qarayib besh ming yillik yozuv tarixga ega bo'lgan "Qadimgi turkiy bitiklar" degan umumiy nomda jahon sivilizatsiyasiga katta hissa qo'shgan xalq sifatida har qancha faxrlansak arziydi.

Shu o'rinda alohida ta'kidlash zarurki, "Yevropa qomusi" sifatida tan olingan shu asarda ilgari surilgan g'oyalar o'z davrida jamoatchilik orasida keng muhokamalarga olib kelgan, 1789-1884 yillarda yuz bergan fransuz inqilobi qabul qilgan "Inson va grajdanlar huquqlari deklaratsiyasi" [1] ni qabul qilinishiga asos bo'lgan. Bu deklarsiyada ilgari surilgan g'oyalar XVIII-asrning oxiri va XIX-asrning boshlarida butun Yevropada ijtimoiy fikrda umuminsoniy qadariyatlarni jamiyat taraqqiyotining eng ustivor ma'naviy mezonlariga aylanishiga, ijtimoiy fikrda tom ma'noda kuchli inqilobiy o'zgarishlar yuz berishiga olib keldi.

G'arbda yangicha falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlar shakllanishi va taraqqiyotida yana bir nemis faylasufi Gegelning (1770-1831yy.) xizmatlari alohida katta bo'ldi [2]. U jahon tarixini jamoatchilik muhokamalarining eng asosiy mavzusi bo'lib kelgan erkinlik va demokratiya taraqqiyoti nuqtai nazardan to'rt bosqichga bo'ladi. Gegel birinchi Sharq dunyosiga to'xtalar ekan, unda faqat yagona zo'ravon hukumronning erkinligi tan olinganligini, xalq ruhiga unga ko'r-ko'rona, so'zsiz bo'ysunish xosligini, ikkinchi, yunon-rim dunyosida esa erkinlik bo'lgani, lekin juda cheklangan, faqat ayrim kishilar uchun amal qilganligi, xalq ruhi har xil yo'nalishda bo'lganligini, yunon dunyosiga "go'zal shaxslilik" tamoyili xosligini, rim dunyosiga esa, mavhum umumiylik xosligini ta'kidlaydi. Uning fikricha, erkinlik faqat nemis xalqlarida to'liq bo'lgan. Bu irqchillik ruhidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlar nemis xalqi ongiga millatchilik va shovinistik ruhiyatni kirib kelishiga nazariy manbaa bo'lib xizmat qildi. Markaziy Osiyoda XIX-XX asrlar ijtimoiy fikr tarixida markazlashgan temuriylar davlati tanazulga yuz tutgan, vorislar o'rtasida o'zaro urushlar avj olgan, ilm-fan rivoji sustlashgan davr bo'ldi. Bu holat jamoatchilik muhokamalari

April 20, 2024

9

rivojlanishiga ham kuchli salbiy ta'sirini ko'rsatdi, ammo uning asosiy mavzusi yana kishilaming asriy orzu-umidlari: adolat, insof, diyonat, sahovat, mehr-oqibat, aql-zakovat, halollik kabi ma'naviy-ahloqiy yetuklikka chorlovchi fazilatlar bo'lib qolaverdi.

Bu davrda yashab ijod qilgan Boborahim Mashrab, Mirzo Abdulqodir Bedil, Nodira, Uvaysiy, Ogahiy, Ahmad Donish, Berdaq, Muqimiy, Zavqiy, Anbar Otin va boshqa ko'plab yozuvchi va shoirlar xalq ijtimoiy fikrida keng muhokama etilayotgan bu azaliy mavzularga bag'ishlangan o'lmas asarlar yaratdilar, xalqimizni ma'naviy-ruhiy qo'llab-quvvatlashga intildilar. Ular o'zlarining asarlariga singdirilgan ijtimoiy-siyosiy va axloqiy qarashlarida o'sha davr hukumdorlarini insofga, diyonatga chaqirish orqali mehnatkash xalqqa yon berishga chaqirdilar. Shu bois ham ularning asarlari oddiy mehnatkash insonlar tomonidan sevib o'qilar, qo'ldan-qo'lga, og'izdan-og'izga o'tib yod olinar, ularda ilgari surilgan ilg'or g'oyalar qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'lar edi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston rus chorizmi tomonidan bosib olindi. Bu bosqinchilik harakati ijtimoiy fikrda keskin burilish yasadi, adolatsiz bosqinchilik urushlaridan katta jabir ko'rgan xalq ijtimoiy ongida mustamlakachilarga qarshi ozodlik va erkinlik g'oyalariga asoslangan ma'rifatchilik harakati avj oldi. Bu harakatlarga jadidchilar yetakchilik qildilar. Uning eng faol vakillari sifatida Mahmudxo'ja Behbudiy, Muxammad Sharif So'fizoda, Saidrasul Aziziy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Cho'lpon, Fitrat kabi ziyolilar yangi ta'lim-tarbiya shoxobchalari, maktab, maorif, madaniy targ'ibot ishlariga bosh-qosh bo'lish orqali avvalo, xalqimizni ma'rifatli qilishga, Vatan ozodligini istayotgan xalqni to'g'ri yo'lga boshlashga, uning buguni va kelajagi to'g'risida qizg'in boshlangan muhokamalar va munozaralarga yetakchilik qilishga harakat qildilar. Ularni o'z maqsadlariga erishish uchun tanlagan xatarli yo'llari, shaxsiy fojealari xalqimiz ijtimoiy fikrini yanada o'sishiga, Vatan ozodligi va erkinligi uchun kurashlarni avj olishiga kuchli ta'sir ko'rsatdi, xalqni jipslashishga, millat sifatida yagona mafkuraga ega bo'lishiga katta turtki berdi.

Xalqimiz ijtimoiy fikri rivojlanishida asosiy maktabga aylangan Jadidchilik harakati sho'rolar inqilobidan so'ng ham yanada kuchaydi. Chunki, ular jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlariga zid uyushtirilgan bu kommunistik inqilob amalda xalqimizga ozodlik va erkinlik bera olmasligini oldindan yaqqol ko'ra oldilar, ma'naviy-axloqiy boy tarixiy merosimizni oyoq osti qilinishiga qarshi kurashga yetakchilik qilishga harakat qildilar.

O'zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi eng avvalo, kishilar ijtimoiy ongida eski mustabid tuzumda shakllangan fikr qaramligi, bir qolipda fikrlash, shaxsiy fikrni ochiq aytishdan hadiksirash ruhiyatidan qutilishga, erkin fuqaro sifatida o'z fikri va so'ziga ega bo'lishiga siyosiy qulay muhit yaratib berdi. Inson endi nafaqat aqli va qo'li bilan yaratgan moddiy boyliklarni haqiqiy egasiga aylandi, shu bilan birga erkin ong va tafakkur ijodkoriga ham aylandi. O'zbekistonda jamoatchilik muhokamalari instituti huquqiy asoslarini shakllanishiga birinchi qo'yilgan tamal toshi sifatida 1989 yilda, ya'ni hali sobiq sho'rolar

April 20, 2024

10

y

diktaturasi parchalanmasdan muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning kuchli matonati va katta jasorati bilan qabul qilingan o'zbek tiliga davlat tili maqomi berish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinganligini ko'rsatish zarur. Mazkur qonun sharofati bilan ona tilimiz ilk marotaba huquqiy jihatdan yagona siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy, madaniy muloqot vositasi sifatida rasmiy e'tirof etildi. Eng muhimi, bu qonun loyihasi hech bir ikkilanmasdan umumxalq muhokamasiga qo'yildi, keng jamoatchilik tomonidan qizg'in bahs - munozaralarga sabab bo'ldi, qiziqarli ko'plab taklif va tavsiyalar berildi.

Zero, o'zbek tiliga davlat maqomini berish to'g'risidagi qonun nafaqat fuqarolarga o'z ona tilisida ish yuritish huquqini ta'minladi, shu bilan birga jamoatchilik muhokamalari auditoriyasini birdaniga kengayishiga, rasmiy yig'inlar, davlat ahamiyatiga molik xujjatlarni muhokama qilishda oddiy fuqarolarning erkin fikr bildirishiga keng yo'l ochib berdi. Bu esa, milliy demokratiyaning rivojlanishida asosiy omil bo'lib xizmat qila boshladi.

Jamoatchilik muhokamalari instituti shakllanishini huquqiy asoslari mamlakatimizning 1992-yilda qabul qilingan Bosh qonuni - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har tomonlama to'liq o'z ifodasini topdi. So'z Konstitutsiyamizning jamoatchilik muhokamalarini qonuniy va adolatli tashkil bo'lishidagi alohida roli ustida borar ekan, uning tarixi - qadimgi toshbitiklardan tortib, to bugungi kungacha - sinovlarga to'la, mashaqqatli yo'llarda orttirilgan qarayib uch ming yillik tajribalarga asoslanishini ta'kidlash zarur. Muhtaram Yurtboshimiz Konstitutsiyamiz xalqchilligi va boy falsafiy tafakkurga asoslanganligi haqida to'xtalib: "Ana shu mashaqqatli va sharafli yo'lda erishgan barcha yutuqlarimizni, eng avvalo, Konstitutsiyamiz bilan bog'lashimiz, albatta, bejiz emas. Nega deganda, Asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo'limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi" [3] - deya ta'riflaydi.

Mamlakatimizda 2018-yil 12-aprel kuni "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi 474-sonli O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning qabul qilinishi ahamiyati jihatidan fuqarolik jamiyatini rivojlanishining huquqiy asoslarini ta'minlashga xizmat qiladi. Davlat organlari, idora va tashkilotlari faoliyatining oshkoraligi va shaffofligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Qonun O'zbekiston fuqarolarining davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali jamiyat va davlat ishlarini boshqarishga bo'lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ro'yobga chiqarishga asos bo'ldi. Mazkur qonun 21 moddadan iborat bo'lib jamoatchilik nazoratining turli shakllari bo'yicha aniq tushuncha va izohlarni yoritib beradi. Qonun bilan belgilanishicha, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazoratining sub'ektlaridir. Jamoatchilik nazoratining shakllari quyidagicha ifodalanadi: - davlat organlariga

April 20, 2024

y

murojaatlar va so'rovlar; - davlat organlarining ochiq hay'at majlislarida ishtirok etish; -jamoatchilik muhokamasi; - jamoatchilik eshituvi; - jamoatchilik monitoringi; -jamoatchilik ekspertizasi; - jamoatchilik fikrini o'rganish; - fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish.

Jamoatchilik nazoratining shakllarini o'rganish davomida bevosita jamoatchilik fikriga alohida urg'u berish maqsadga muvofiq. Jamoatchilik nazorati sub'ektlari davlat organlariga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularga so'rovlar yuborishga haqli. Mazkur so'rovlarning shakllanishi jarayoni bevosita keng xalq ommasining fikrlari, munosabati va nuqtai nazarlaridan kelib chiqib shakllanadi. Ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar, davlat organlarining qarorlari loyihalarini ommaviy muhokama qilish jamoatchilik muhokamasi sifatida tushuniladi. Jamoatchilik muhokamalari nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari orqali o'tkazishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi turli ijtimoiy guruhlarning vakillari, shu jumladan muhokama etilayotgan masala o'z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo'lgan yoki daxldor bo'lishi mumkin bo'lgan shaxslar ishtirokida o'tkazilishi ham mumkin. Jamoatchilik muhokamasi ommaviy va ochiq o'tkaziladi. Jamoatchilik muhokamasining ishtirokchilari jamoatchilik muhokamasiga kiritilgan masalalar yuzasidan o'z fikrini erkin bildirishga va takliflar kiritishga haqli. Ushbu holat o'z navbatida keng xalq ommasi orasida jamoatchilik fikrini paydo bo'lishiga asos bo'ladi.

Jamoatchilik fikrining nazorati o'ziga xos bo'lib, u nazoratning boshqa turlaridan quyidagilar bilan farqlanadi: maxsus huquqiy tartibga solishni talab etmaydi, u go'yo jamoatchilik nazorati turlarining huquqiy asosidan foydalanadi; uning natijalari hamisha ham yozma shakldagi hujjatlarda rasmiylashtirilmaydi, chunki jamoatchilik tomonidan baholash ijtimoiy ongda mavjud va u grafik shaklda ifoda etilishidan ko'proq anglanishiladi; bu, qoida bo'yicha, oshkor va ommaviy nazoratdir, uning natijalari tegishli organlarga ma'lum qilinadi, aholi ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etiladi; u majburiy xususiyatga ega emas, biroq uni hisobga olishadi, unga quloq tutishadi. Shunday qilib, agar davlat nazoratining natijalari huquqiy ahamiyatga ega bo'lsa, jamoatchilik fikrining nazorati ko'proq psixologik xususiyatga egadir. Shunga qaramasdan, jamoatchilik fikri huquqiy normalarni shakllantirishga mansabdor shaxslar va fuqarolarning ongi va xatti-harakatiga ta'sir qilishi mumkin.

So'nggi yillarda jamoatchilik fikri instituti davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini tartibga soladigan qonunchilikda hisobga olinayotganligini ta'kidlash lozim. Jumladan, davlat organlarining jamoatchilik fikrini quyidagilarda hisobga olishi mustahkamlab qo'yilmoqda: qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda; mamlakatni rivojlantirishning davlat va mintaqaviy dasturlarini, inson

April 20, 2024

huquqlari masalalari bo'yicha milliy harakat rejalarini ishlab chiqishda; davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirishda; inson huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilishda va boshqalarda.

Masalan, "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to'g'risida"gi qonunning 16 va 17-moddalarida qonunchilik tashabbusi huquqi sub'ekti qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritguniga qadar jamoatchilik fikrini o'rganishi, qonun loyihasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritulgunga qadar nodavlat tashkilotlarga taqriz uchun yuborishi belgilab qo'yilgan. "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonunda ham normativ-huquqiy hujjat loyihasining muhokamasi jarayonida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoatchilik birlashmalari, OAV tomonidan bildirilgan takliflar va mulohazalar hisobga olinishi kerakligi ko'rsatilgan (16-modda).

Jamoatchilik fikrini hisobga olishga "O'zbekiston Respublikasi qonunlari loyihasini umumxalq muhokamasi to'g'risida"gi qonunda ham e'tibor qaratilgan. "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'risida"gi qonunning qabul qilinishi jamoatchilik fikrini keng hisobga olishga ko'maklashadi. Unda fuqarolar, jamoatchilik va OAVning davlat organlari faoliyati to'g'risidagi axborotdan foydalanishi, ushbu organlar tomonidan tashkil etiladigan ochiq majlislarda ishtirok etishi, ularning axborot xizmatlari bilan o'zaro munosabatlari tartibga solingan. Jamoatchilik fikrini hisobga olish zarurati to'g'risidagi qoidalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, o'z faoliyatlari to'g'risida aholi oldida hisob berish darajasini oshirishga yo'naltirilgan o'z vaqtida qarorlar qabul qilish uchun davlat xizmatchilarining kasb axloq kodeksiga qo'shila boshlandi.

Jamoatchilik fikrini o'rganish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: ijtimoiy tadqiqotlar va kuzatishlar o'tkazish (so'rov, anketalash, axborot materiallarining kontent-tahlili, fokus guruhlar va hokazolar); "shoshilinch telefon" tashkil etish, sharhlar, intervyular, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari boshqa materiallarining aholi turli ijtimoiy guruhlari va manfaatdor tomonlarining nuqtai nazarini aniqlash uchun; jamoatchilik fikrini o'rganish talab qiladigan masala bo'yicha fuqarolarning taklif va mulohazalarida bildirilgan fikrlarni qayta ishlash va umumlashtirish hamda boshqalar.

Jamoatchilik fikrini o'rganish jamoatchilik nazorati sub'ekti tomonidan quyidagi tartibda tashkil etiladi va o'tkaziladi: alohida masala bo'yicha jamoatchilik fikrini o'rganishga ehtiyoj aniqlanadi; jamoatchilik fikrini o'rganish o'tkaziladigan masalalar bo'yicha ularni hal etish yuzasidan muqobil takliflar hisobga olinadi; jamoatchilik fikrini o'rganish muddati, shakllari va usullari aniqlanadi; jamoatchilik fikrini o'rganishni o'tkazadigan tadqiqot tashkilotlari, mutaxassislar, ekspertlar, jamoatchilik tashkilotlari tanlov asosida o'rganiladi; tadqiqot olib boriladigan aholining ijtimoiy guruhlari va manfaatdor tomonlarning xususiyatlari aniqlanadi; jamoatchilik fikrini o'rganish natijalari

April 20, 2024

13

to'g'risida yakuniy axborot olinadi; jamoatchilik fikrini o'rganish talab qilinadigan masalalarni taklif etilgan hal etishga nisbatan jamoatchilik fikri umumlashtiriladi; jamoatchilik fikrini o'rganish talab qilingan masalalar bo'yicha ijroiya hokimiyat organi tomonidan uzil-kesil qaror qabul qilinishida jamoatchilik fikri hisobga olinishi ta'minlanadi; ijroiya hokimiyat organning rasmiy veb-saytida va boshqa imkoniyat bo'lgan vositalar orqali jamoatchilik fikrini o'rganish natijalari albatta e'lon qilinadi.

Demokratik davlatda jamoatchilik muhokamalari inson va jamiyat hayotidagi muammolarning turli - tumanligi, o'ziga xosligi va ularni hal etish zaruriyati keng jamoatchilikni jalb qilishni talab qiladi. Shu bois ular bu masalalarni samarali hal etish uchun turli yo'nalishlarda faoliyat yuritayotgan demokratik institutlar - siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda jamoat birlashmalariga ixtiyoriy ravishda umumiy maqsadlar yo'lida uyushadilar.

Mazkur manbaalar jamoatchilik muhokamalari tushunchasining ilmiy asoslari o'rganish uchun asos bo'ladi. Uning falsafiy jihatlariga, mazmuni va mohiyatiga ahamiyat bergan holda jamoatchilik muhokamalarini o'tkazish va uni amalga oshirish mexanizmlarini tanishtiradi. Ushbu tushunchalardan biz o'z maqsadimizga asoslangan holda muhokama mavzusini o'rganish usullarini yaratamiz. Jamoatchilik muhokamalarni tashkil qilish va uni o'tkazishda aholining har bir qatlamiga alohida yondashish lozimligini, ilmiy nazariy tushunchalarga asoslangan holda ijtimoiy munosabatlar o'rnatish va fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini to'g'ri baholash mezonlarini ishlab chiqilishiga katta yordam beradi.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - T.: "O'zbekiston", 2017.

2. Mirziyoyev Sh. Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza. - T., 2017.

3. Bekmurodov M. Inson kapitali - taraqqiyot omili. - T., "Ma'naviyat". 2015, 3-bet

2. Abduraxmonova M.M. Ijtimoiy ish kasbi y faoliyatining maktabga yo'naltirilgan sohasini rivojlanishida jahon amaliyoti tajribalari. Ijtimoiy tadqiqotlar jurnali. 6-son, 3-jild. -T., 2020 yil.

3. Abduraxmonova M.M. Ijtimoiy boshqaruvda jamoatchilik fikri samarali qaror qabul qilish omili. .№004201 mualliflik huquqi guvoxnomasi. 2021 yil 10 dekabr.

14

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.