Научная статья на тему 'YANGI OʼZBEKISTONDA JAMIYATNI YANADA DEMOKRATLASHUVIDA JAMOATCHILIK NAZORATINI TAʼMINLASHDA JURNALISTIK FAOLIYATNING OʼRNI'

YANGI OʼZBEKISTONDA JAMIYATNI YANADA DEMOKRATLASHUVIDA JAMOATCHILIK NAZORATINI TAʼMINLASHDA JURNALISTIK FAOLIYATNING OʼRNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
121
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat / jamoatchilik / nazorat / huquq / erkin / senzura / matbuot / jurnalist / mustaqil / ijtimoiy / ijodiy / demokratik jamiyat. / общество / общественность / контроль / закон / свобода / цензура / печать / журналист / независимое / социальное / творческое / демократическое общество.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muminova, Dilfuza Baxadirovna

Ushbu maqolada Yangi Oʼzbekistonda jamiyatni yanada demokratlashuvida jamoatchilik nazoratini taʼminlashda jurnalistik faoliyatning oʼrni haqida so’z boradi. Bugungi kunda, davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishida jamoatchilik nazorati omili juda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʼzbekistonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich oʼtkazilayotgani haqida so’z boradi. Jamoatchilik nazoratining shakllari haqida hamda jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholini, ularning muayyan qatlamini tashvishga solayotgan muammolarni hal etish uchun jamoatchilik nazorati muhimligi haqida aytib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF JOURNALISTIC ACTIVITY IN PROVIDING PUBLIC CONTROL IN THE DEMOCRACY OF SOCIETY IN NEW UZBEKISTAN

В данной статье рассматривается роль журналистики в обеспечении общественного контроля в дальнейшей демократизации общества в Новом Узбекистане. На сегодняшний день фактор общественного контроля играет очень важную роль в эффективном функционировании органов государственного управления и управления. Говорится, что Узбекистан постепенно проводит реформы, направленные на укрепление организационно-правовых механизмов общественного контроля. Формы общественного контроля Значение общественного контроля в решении наиболее острых вопросов общественной жизни, забот населения, определенной его части.

Текст научной работы на тему «YANGI OʼZBEKISTONDA JAMIYATNI YANADA DEMOKRATLASHUVIDA JAMOATCHILIK NAZORATINI TAʼMINLASHDA JURNALISTIK FAOLIYATNING OʼRNI»

YANGI O?ZBEKISTONDA JAMIYATNI YANADA DEMOKRATLASHUVIDA JAMOATCHILIK NAZORATINI TA?MINLASHDA JURNALISTIK FAOLIYATNING O?RNI

Muminova Dilfuza Baxadirovna

O�zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar

universiteti magistranti.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Yangi O?zbekistonda jamiyatni yanada demokratlashuvida jamoatchilik nazoratini ta?minlashda jurnalistik faoliyatning o?rni haqida so�z boradi. Bugungi kunda, davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishida jamoatchilik nazorati omili juda muhim ahamiyat kasb etadi. O?zbekistonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich o?tkazilayotgani haqida so�z boradi. Jamoatchilik nazoratining shakllari haqida hamda jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholini, ularning muayyan qatlamini tashvishga solayotgan muammolarni hal etish uchun jamoatchilik nazorati muhimligi haqida aytib o�tilgan.

Kalit so�zlar: jamiyat, jamoatchilik, nazorat, huquq, erkin, senzura, matbuot, jurnalist, mustaqil, ijtimoiy, ijodiy, demokratik jamiyat.

���������

� ������ ������ ��������������� ���� ������������ � ����������� ������������� �������� � ���������� �������������� �������� � ����� �����������. �� ����������� ���� ������ ������������� �������� ������ ����� ������ ���� � ����������� ���������������� ������� ���������������� ���������� � ����������. ���������, ��� ���������� ���������� �������� �������, ������������ �� ���������� ��������������-�������� ���������� ������������� ��������. ����� ������������� �������� �������� ������������� �������� � ������� �������� ������ �������� ������������ �����, ����� ���������, ������������ ��� �����.

�������� �����: ��������, ��������������, ��������, �����, �������, �������, ������, ���������, �����������, ����������, ����������, ��������������� ��������.

KIRISH

2017�2021 yillarda O?zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo?nalishi bo?yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi mamlakatda yangi modernizatsiya davrini boshlab berdi. Keng qamrovli islohotlar jamiyatning barcha sohalarini qamrab oldi va 2018-2019 yillarga kelib jamiyat har kungi o?zgarishlarni kundalik holat sifatida qabul qila boshladi. Bu, o?z navbatida, mutaxassislar va yetakchi O�V xodimlari tomonidan �Yangi O?zbekiston� atamasining yuzaga kelishiga va uning ommaviylashishiga olib keldi.

Yangi O?zbekistonda olib borilayotgan modernizatsion jarayonlarning bosh tashkiliy-huquqiy asosi bo?lgan Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish birinchi ustuvor yo?nalishining uchinchi bandi bevosita Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishga bag?ishlangandir. Ushbu bandda ko?rsatib o?tilgan ustuvor vazifalardan biri bu �jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish� sifatida belgilab qo?yildi. Jumladan, 2017�2021 yillarda O?zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo?nalishi bo?yicha Harakatlar strategiyasini �Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili�da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 44-bandida �Jamoatchilik nazorati to?g?risida�gi O?zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilab qo?yildi va bu o?z vaqtida amalga oshirildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda, davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishida jamoatchilik nazorati omili juda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat organlari rahbar-xodimlarining qonunlarga qat?iy amal qilib, o?z zimmalaridagi vazifa va majburiyatlarini mas?uliyat bilan ado etishlarida bu institutning ta?sir doirasi nihoyatda yuqori.

O?zbekistonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich o?tkazilmoqda. �vvalo, Konstitutsiyamizda davlatning jamiyat oldidagi mas?ulligi mustahkamlab qo?yildi. Xususan, O?zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga muvofiq davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas?uldirlar. Shuningdek, 2014 yil 16 aprelda qabul qilingan qonunga asosan, Konstitutsiyamizning 32-moddasi jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga oid yangi norma: �Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi� bilan to?ldirildi.

2018 yil 13 aprelda kuchga kirgan �Jamoatchilik nazorati to?g?risida�gi Qonunda davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonun jamiyatga juda zarur huquqiy hujjat hisoblanadi.

Jamoatchilik nazorati boshqa nazorat turlaridan o?zining sub?ektlari bilan farqlanadi. Boshqa nazorat turlarida davlat organi mansabdor shaxs bo?lib, maxsus ma?lumotga ega shaxslar muayyan tartibga solingan tartib-taomillarga rioya qilgan holda nazoratni o?tkazadi hamda bu nazoratni o?tkazish majburiy. Jamoatchilik nazoratida esa fuqarolar, fuqarolarning o?zini o?zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari qatnashishlari mumkin. Ular ixtiyoriy ravishda, ochiq, oshkora jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.

Qonunning 6-moddasida jamoatchilik nazoratining quyidagi sakkizta shakllari belgilangan:

� davlat organlariga murojaatlar va so?rovlar;

� davlat organlarining ochiq hay?at majlislarida ishtirok etish;

� jamoatchilik muhokamasi;

� jamoatchilik eshituvi;

� jamoatchilik monitoringi;

� jamoatchilik ekspertizasi;

� jamoatchilik fikrini o?rganish;

� fuqarolarning o?zini o?zi boshqarish organlari tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa tashkilotlar va muassasalarning hisobotlarini eshitish.

Shu o?rinda biz O?zbekistondagi jamoatchilik nazorati shakllarini G?arb mamlakatlaridagi jamoatchilik nazorati shakllari bilan o?zaro qiyosiy tahlilni amalga oshirsak. Ko?plab rivojlangan demokratik mamlakatlarda jamoatchilik nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

? davlat hokimiyati va mahalliy o?zini o?zi boshqarish organlariga petitsiyalar bilan murojaat qilish (fuqarolarning individual va jamoa tartibida murojaatlari);

? hokimiyat faoliyati to?g?risida axborotning fuqarolar uchun ochiqligi (fuqarolar uchun davlat organlarining axborot jihatdan ochiq-oshkoraligi);

? mahalliy o?zini o?zi boshqarish, fuqarolar yig?ilishlari va yig?inlari orqali fuqarolarning jamiyat ishlarini boshqarishda ishtiroki;

? oshkoralik tarzida eshitishuvlar;

? qonun loyihalari va davlat hayotining boshqa muhim masalalarining jamoat muhokamalari;

? qonunchilik hujjatlari loyihalarining jamoat ekspertizasi;

? jurnalistik tekshiruvlar va boshqalar.

Jurnalistik tekshiruv jamoatchilik nazoratining eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Jurnalistik tekshiruvlar orqali inson huquqlari va erkinliklari buzilganiga, turli sohalardagi salbiy hodisalarga jamiyatning, hokimiyat organlari va mansabdor shaxslarning e?tiborini qaratish ko?zda tutiladi. Inson huquqlari bo?yicha umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida har bir kishining e?tiqod erkinligi va uni erkin izhor etish huquqiga ega ekanligi belgilab qo?yilgan. Bu huquq hech qanday to?sqinliksiz shaxsning davlat chegaralaridan qat?i nazar, har qanday vositalar bilan axborot va g?oyalarni qidirish, topish va tarqatish erkinliklarini o?z ichiga oladi. Keyingi davrlar mobaynida �QSh va Yevropa Ittifoqi davlatlarida jurnalistik tekshiruvni amalga oshirish, uning shakllari, uslublari va mexanizmlari konkretlashtirildi, ularni hayotga tatbiq etish bo?yicha tashkiliy-huquqiy choralar qabul qilindi.

Xususan, Shveytsariyaning �Jamoatchilikni xabardor qilish to?g?risida�gi Qonunining 15-moddasida belgilab qo?yilgan qoidalar bo?yicha, jurnalistlar va parlamentga kiruvchi partiyalarga ular o?tkazadigan tekshiruvlarga va axborot yig?ishlarida imkon qadar ko?maklashish lozim. �QShda jurnalistik tekshiruvlarni amalga oshiruvchi Jurnalistlar assotsiatsiyasi faoliyat yuritadi. �ssotsiatsiya davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradigan jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari ishlarini har tomonlama tashkiliy-huquqiy jihatdan qo?llab-quvvatlaydi.

Demak, yuqoridagi tahlildan ma?lum bo?lishicha, O?zbekistondagi jamoatchilik nazorati bo?yicha qonunchilik tizimidagi asosiy farq unda jurnalistik tekshiruv institutining jamoatchilik nazorati shakli sifatida aniq-ravshan ifodalanmaganida deb ko?rsatishimiz mumkin. Shuni inobatga olib, biz ushbu bo?shliqni to?ldirishni va huquqiy jihatdan kelib chiqqan holatda O?zbekiston Respublikasi �Jamoatchilik nazorati to?g?risida�gi qonunining 6-moddasiga tegishli o?zgartirish kiritib, jurnalistik tekshiruv institutini jamoatchilik nazorati shakli sifatida qat?iy belgilashni taklif qilamiz.

Qonunda jamoatchilik nazorati sub?ektlari sifatida O?zbekiston Respublikasi, fuqarolarning o?zini o?zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, jamoatchilik kengashlari, komissiyalar belgilangan. Ular bir so?z bilan aytganda, fuqarolik jamiyati institutlari hisoblanadi.

Yangi O?zbekistonda jamoatchilik nazoratini jamiyatni demokratlashtirishning muhim omili sifatida davlat ahamiyati darajasida baho berilayotganini Prezident Shavkat Mirziyoev O?zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag?ishlangan tantanali marosimdagi ma?ruzasida ham alohida e?tirof etdi: �Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan ko?ra samarali vosita yo?q... Bugun jamoatchiligimiz tom ma?noda uyg?ondi, endi turli lavozimdagi shaxslarning xatti-harakatlariga odamlarimiz bevosita baho berib, o?z fikrini erkin ifoda etishga o?rganmoqda... Shuni aniq tushunib olish lozimki, jamoatchilik nazorati � bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o?zini o?zi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir� .

Shu bilan birga, O?zbekiston Respublikasi Prezidenti jamoatchilik nazoratining ahamiyatini teran anglab, uning jamiyat barcha sohalarida joriy etilishini yoqlab chiqadi: �Jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, ta?lim, sog?liqni saqlash, kommunal xo?jalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarur. Shuningdek, bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va xizmat ko?rsatish sifati kabi masalalar ham doimo jamoatchilik nazoratida bo?lishi darkor�.

Darhaqiqat, jamoatchilik nazorati ijtimoiy adolatni qaror toptirish uchun shaxs, jamiyat va davlat aloqalarida muvozanat, tenglik, o?zaro mas?uliyat va javobgarlikka xizmat qiladi. Mazkur institut yurtimizda insonning huquq va erkinliklari nafaqat davlat tomonidan kafolatlangani, balki davlat organlari faoliyatida ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ta?minlaydi va bunda jamoatchilik nazoratining mavjudligi siyosiy hokimiyatning tom ma?noda xalq qo?lida bo?lishining ko?rsatkichi hisoblanadi.

Jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholini, ularning muayyan qatlamini tashvishga solayotgan muammolarni hal etish uchun jamoatchilik nazorati muhim. Qolaversa, jamoatchilik nazoratining mavjudligi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati taraqqiyotining muhim shartidir.

�ynan ushbu shakllar orqali davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini o?rnatish, bu orqali ta?sirchan jamoatchilik nazoratini o?rnatish mumkin. Masalan, jamoatchilik nazorati sub?ektlari davlat organlariga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularga so?rovlar yuborishga haqli. Fuqarolik jamiyati institutlari muayyan hududda aholini tashvishga solayotgan masala yuzasidan murojaat yoki so?rov yuborish orqali mazkur muammoni hal etishga ko?mak berishi mumkin.

E?tirof etish kerak, keyingi yillarda O?zbekistonda amalga oshirilayotgan pragmatik, ochiq-oshkora va shaffoflikka asoslangan yangi bosqichdagi islohotlar samarasi tufayli jamiyatimizda jamoatchilik nazoratining ham ta?sir doirasi sezilarli ravishda kuchaydi. �yniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistlar tomonidan davlat organlari va ularning rahbar-mutasaddilari xatti-harakatlariga nisbatan bildirilayotgan munosabat tufayli ko?plab kamchilik va muammolar, qonunbuzilish holatlariga chek qo?yilayotganini barcha ko?rib, bilib turibdi.

XULOSA

Yangi O?zbekistonda jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishida ommaviy axborot vositalarining ahamiyati beqiyos ekanligini O?zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ham ta?kidlab o?tgan edi: �Bugungi kunda xalqimiz orasida yurib, uni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni ko?rsatib berayotgan eng katta kuch � bu mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalari vakillaridir. Demokratik islohotlarimiz natijasida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar mansabdor shaxslarni o?z ishini qonuniy asosda to?g?ri tashkil etishga undamoqda�.

Bundan tashqari, Prezident o?z nutqida jamoatchilik nazorati va O�V faoliyatining o?rni borasidagi o?zining printsipial xulosasini beradi: �...Jamoatchilik nazorati ham, ommaviy axborot vositalari ham yagona bir maqsadga, ya?ni xalqimizni rozi qilish va uning turmushini yaxshilashga qaratilganini hammamiz birdek anglashimizni istardim�.

REFERENCES

1. Jalilov �., Muhammadiev U., Jo?rayev Q. va boshq. Fuqarolik jamiyati asoslari: o?quv qo?llanma / �Toshkent: �Bactria press�, 2015. 142-bet.

2. Fukarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining roli va axamiyatini oshirish. � Toshkent, 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.