Научная статья на тему 'QONUN LOYIHALARI JAMOATCHILIK MUHOKAMASINING AHAMIYATI'

QONUN LOYIHALARI JAMOATCHILIK MUHOKAMASINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
451
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamoatchilik muhokamasi / jamoatchilik ekspertizasi / jamoatchilik fikri / jamoatchilik nazorati / qonun loyihasi / portal / normativ-huquqiy hujjat / taklif / tavsiya. / public discussion / public examination / public opinion / public control / draft law / portal / normative legal document / proposal / recommendation.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sherov Quvondiq Polvonnazarovich

Mazkur maqolada qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasi, qonun loyihalarining axborot texnologiyalari orqali onlayn muhokamasini takomillashtirish masalasi, qonun loyihalari yuzasidan jamoatchilik ekspertizasi kabi tushunchalar, qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish bo‘yicha xorijiy tajriba muhokama qilingan. Maqolada qonun loyihalarining muhokamalarini tashkil etish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish, yurtimizda qonun loyihalarining keng muhokamalarini joriy etish bo‘yicha ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan hamda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF PUBLIC DISCUSSION OF DRAFT LAWS

The article discusses such concepts as public discussion of bills, improving online discussion of bills using information technology, public examination of bills, foreign experience in public discussions of bills. The article contains scientifically substantiated and important proposals and recommendations for improving legislation on organizing the discussion of bills, introducing a broad discussion of bills in our country.

Текст научной работы на тему «QONUN LOYIHALARI JAMOATCHILIK MUHOKAMASINING AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

QONUN LOYIHALARI JAMOATCHILIK MUHOKAMASINING

AHAMIYATI

Sherov Quvondiq Polvonnazarovich Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti quvondiq_2017@mail. ru

Annotatsiya: Mazkur maqolada qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasi, qonun loyihalarining axborot texnologiyalari orqali onlayn muhokamasini takomillashtirish masalasi, qonun loyihalari yuzasidan jamoatchilik ekspertizasi kabi tushunchalar, qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini o'tkazish bo'yicha xorijiy tajriba muhokama qilingan. Maqolada qonun loyihalarining muhokamalarini tashkil etish bo'yicha qonunchilikni takomillashtirish, yurtimizda qonun loyihalarining keng muhokamalarini joriy etish bo'yicha ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan hamda muhim ahamiyatga ega bo'lgan taklif va tavsiyalar bildirilgan.

Kalit so'zlar: jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilik fikri, jamoatchilik nazorati, qonun loyihasi, portal, normativ-huquqiy hujjat, taklif, tavsiya.

Abstract: The article discusses such concepts as public discussion of bills, improving online discussion of bills using information technology, public examination of bills, foreign experience in public discussions of bills. The article contains scientifically substantiated and important proposals and recommendations for improving legislation on organizing the discussion of bills, introducing a broad discussion of bills in our country.

Key words: public discussion, public examination, public opinion, public control, draft law, portal, normative legal document, proposal, recommendation.

Аннотация: В статье обсуждаются такие понятия, как публичное обсуждение законопроектов, улучшение онлайн-обсуждения законопроектов с помощью информационных технологий, общественная экспертиза законопроектов, зарубежный опыт проведения публичных обсуждений законопроектов. В статье содержатся научно обоснованные и важные предложения и рекомендации по совершенствованию законодательства по организации обсуждения законопроектов, введению широкого обсуждения законопроектов в нашей стране.

Scientific Journal Impact Factor

Ключевые слова: общественное обсуждение, общественная экспертиза, общественное мнение, общественный контроль, законопроект, портал, нормативный правовой документ, предложение, рекомендация.

Demokratiya sharoitida xalqning, jamoatchilikning jamiyat hayoti bilan bog'liq xodisalarning borishiga qiziqishi ortadi, olib borilayotgan huquqiy islohotlarga, o'z haq-huquqlariga taalluqli masalalarga erkin fikr bildirishi oshadi. Jamiyatda kechayotgan siyosiy jarayonlarga fuqarolarning erkin munosabat bildirishi davlatning barcha sohalarda amalga oshirayotgan islohotlarining samarali kechishiga zamin yaratadi.

Bugungi kunda fuqarolarning demokratik islohotlarni amalga oshirishdagi ishtirok etish shakllari kengayib bormoqda. Bunday shakllardan biri bu mamlakatda qabul qilinayotgan barcha turdagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalariga erkin munosabat bildirishi, o'z fikrini erkin bayon qila olishi, norma ijodkorligi jarayonini takomillashtirishda bevosita ishtirokidir.

So'ngi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning qonunlar qabul qilish jarayonida faol ishtirok etishlari uchun mustahkam zamin yaratildi. Fuqarolar ham mazkur islohotlarni chuqur anglagan holda har bir qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari muhokamalarida faol ishtirok etmoqdaki, bu bilan o'zlarining jamiyatdagi turli o'zgarishlarga beparvo emasliklarini yaqqol namoyon etimoqda.

Shunday ekan, qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini takomillashtirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda.

Mazkur maqolada kuzatish, analiz va sintez, mantiqiylik, qiyosiy-huquqiy hamda ilmiy bilishning boshqa usullaridan foydalanildi.

Shuningdek, mutaxassislar X.Azizov, X.Xayitov va A.Yo'ldoshevlarning "Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini tayyorlashning tashkiliy-huquqiy asoslari risolasi", Sh.Shodmonovning "Qonunlar loyihalarini tayyorlashda fuqarolarning keng ishtirok etishi hususida" nomli, P.Rustamovning "Aktualnie voprosi i prinsipi osuщestvlenie obщestvennoy ekspertizi zakonoproektov. Qonunchilik hujjatlarini ekspertiza qilish muammolari." nomli, Sh.Zulfiqorovning "Mamlakatimizda qonun loyihalarini tayyorlash va qonunlar ijrosini nazorat qilishda deputatlar hamda keng jamoatchilikning ishtiroki" nomli maqolalaridan foydalanildi.

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda yurtimizda qonun loyihalarining keng jamoatchilik muhokamalarini o'tkazish masalasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 2017 yil 12 iyul kuni parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O'zbekiston ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida qonun ijodkorligida ijtimoiy hamkorlikning muhim bir masalasiga to'xtalib o'tdilar: "Qonunlarni qabul qilishda jamoatchiligimiz, saylovchilarning keng ishtiroki sezilmayapti. Qonunlar qabul qilinishi bilan xalqimizning og'iri yengil bo'ldimi, uning hayotidagi muammolar hal bo'ldimi, degan savollar bilan, afsuski, hech kim qiziqmayapti. Shuning uchun ham qonunlarni qabul qilish jarayonida yangi tizim — aholi bilan muhokama qilish tizimini joriy etish lozim, deb hisoblayman" [1].

Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur taklifning amaliyotga keng joriy etilishi avvalambor, qonun ijodkorligi jarayonining yanada rivojlanishi, bu borada jamoatchilikning faol ishtiroki ta'minlanishi hamda yuksak darajadagi qonunlarning qabul qilinishiga zamin yaratadi.

O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 20 apreldagi "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi O'RQ-682-son Qonunida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini o'tkazish batafsilroq tartibga solindi [2]. Jumladan, Qonunning 24-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish va muhokamasini o'tkazishga oid asosiy qoidalar belgilandi.

Shu bilan birga, muhokama degani barcha manffatdor shaxslarning o'z fikrini erkin bilidirish jarayoni bo'lgani tufayli 2021 yil 20 apreldagi O'RQ-682-son Qonunida jamoatchilik muhokamalari ishtirokchilarining qabul qilingan yoki qilinmagan takliflari to'g'risidagi ma'lumotnomalarni tayyorlash va taqdim etish bilan cheklanish emas, balki loyiha ishlab chiquvchi o'z munosabatlarini har bir tushgan taklifga bildirishi maqsadga muvofiqligi to'g'risida bildirilgan fikrlarning [3, 352] inobatga olinmagani e'tirozlidir. Bunday muhokama jarayonida fikrlar tiniqlashtirilib, loyihalarning puxta tayyorlanishi ham, fuqarolar huquqiy madaniyatining o'sishiga ham xizmat qilishi shubhasiz.

Shuningdek, 2021 yil 20 apreldagi O'RQ-682-son Qonunida jamoatchilik muhokamalarining onlayndan boshqa shakllariga e'tibor qaratilganda maqsadga muvofiq bo'ladi. Tadqiqotchi Sh.Shodmonovning fikricha, fuqarolar qonun loyihalari

muhokamasida erkin ishtirok etish, loyihalar yuzasidan takliflar va mulohaza

261

Scientific Journal Impact Factor

kiritishi, tegishli organlar, deputatlar bilan tashkil etilgan uchrashuvlarda va boshqa tadbirlarda qatnashish imkoniyatlaridan samarali foydalanishi mumkin [4, 8]. Shu jihatdan Qonunchiligimizda mavjud jamoatchilik muhokamalariga oid me'yorlar ularni bevosita va bilvosita turlariga tasniflash, bilvosita jamoatchilik muhokamalari onlayn barobarida, gazeta va boshqa ommaviy axborot vositlari orqali amalga oshirilishini nazarda tutishiga qo'shilish mumkin [5, 50].

Yuqoridagi mutaxassislarning fikrlarini davom ettirgan holda aytish mumkinki, qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalari nafaqat fuqarolarning qonun loyihalari muhokamasida erkin ishtirok etishiga va loyihalar yuzasidan takliflar va mulohazalarni erkin bildirishlariga, balki yanada pishiq, mustahkam, inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlariga xizmat qiladigan qonunlar yaratilishiga zamin yaratadi.

Ayrim mutaxassislar tomonidan jamoatchilik muhokamalari va ekspertizasi o'rtasida aniq farq yo'qligini ham ta'kidlashadi [6, 80]. O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 12 apreldagi "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi O'RQ-474-son Qonunida jamoatchilik nazoratining shakllaridan biri sifatida jamoatchilik ekspertizasi tushunchasi keltirilgan bo'lib, Qonunning 12-moddasida "Jamoatchilik ekspertizasi normativ-huquqiy hujjatlar va davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalari fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash uchun ularni o'rganish hamda baholashdan iboratdir.", - deb belgilangan [7].

Qonun loyihalarining jamoatchilik ekspertizasi ham alohida ahamiyatga ega jarayon bo'lib, huquqshunos X.Xayitov bu borada quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan: jamoatchilik ekspertizasining xulosasi, avvalo, maxsus bilimga ega bo'lgan, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlanishi, qolaversa, bayon etilayotgan yondashuvning ishonchli dalillarga asoslanishi va qonun loyihasi bo'yicha aniq taklif va tavsiyalardan iborat bo'lishi lozim. Bu birinchi navbatda qonun loyihasining mualliflariga mazkur loyihaga yangicha ko'z bilan qarash, uning matnini takomillashtirish imkonini beradi. Zero, jamoat ekspertizasi natijasida tayyorlangan xulosa va unda ifodalangan taklif-tavsiyalarning vaziyatga mosligi, amalga oshirish mumkinligi - bu ekspertiza ta'sirchanligining muhim omilidir [8, 48].

Qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasini tashkil qilish masalalasi xorijiy mamlakatlar tajribasida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, AQShda jamoatchilik muhokamalari qonun loyihalarini kelishish jarayoni bilan uyg'unlikda amalga oshiriladi [9, 46]. Belgiyada keng jamoatchilikning fikr-mulohazalarini olish

Scientific Journal Impact Factor

va qonun loyihasi yuzasidan ularning munosabatini o'rganish maqsadida qonun loyihalarining mazmun-mohiyati qisqacha tarzda bir varaqda chop etilib, aholi o'rtasida tarqatiladi. Latviyada jamoat tashkilotlari parlament qo'mitalarining ochiq yig'ilishlarida ishtirok etib, o'z taklif va tavsiyalarini muhokamaga tashlash huquqiga egalar. Estoniyada qonun loyihalari parlamentning rasmiy veb-sahifalarida muhokama etiladi. Rossiyada esa, jamoat muhokamalarini tashkil etish bevosita Jamoat palatasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Xorvatiya qonunchiligiga muvofiq, barcha ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari jamoat muhokamasidan o'tishi shart [10, 24].

Demak, xalqaro tajribadan ham ko'rish mumkinki, qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini o'tkazish - qonun chiqarish jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi.

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib, yurtimizda qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalarni bildirish imkonini berdi.

Birinchidan, qonun ijodkorligi yo'nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini yanada kuchaytirish, bu yo'nalishda oliy ta'lim muassasalarida bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarining mavzulari ro'yxatini shakllantirib, ilmiy tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish zarur.

Ikkinchidan, qonunchilikda bir-birini istisno etadigan, bir-biriga zid normalari mavjud bo'lgan qonunchilikni unifikatsiyalash va sohada yagona bo'lgan normativ-huquqiy hujjatni yaratish lozim.

Uchinchidan, hozirgi globallashuv sharoitida qonun loyihalari jamoatchilik muhokamalarini o'tkazishda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha internet resurslaridan yanada samarali foydalanish, normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portali - regulation.gov.uz saytini yanada takomillashtirish zarur.

Muhtasar qilib aytganda, qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalari masalasiga katta e'tibor qaratish, tizimni yanada isloh qilish nafaqat mamlakatimizda, balki xorijiy davlatlarda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda sohani yanada takomillashtirish fuqarolarimizning jamoatchilik muhokamalarida yanada faol ishtirok etishlari va bu orqali mustahkam va takomillashgan qonunlar qabul qilinishiga zamin yaratiladi.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Mirziyoev Sh.Sh. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo'lishi kerak. //Xalq so'zi. -2017. - 13 iyul.

2. O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 20 apreldagi "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi O'RQ-682-son Qonuni.// https://lex.uz/docs/5378966

3. Юлдошев А. Э. Онлайн-перспективы общественных обсуждений законодательных предложений в Республике Узбекистан //Информационные технологии и право: Правовая информатизация-2018.

- 2018. - С. 352.

4. Shodmonov Sh. Qonunlar loyihalarini tayyorlashda fuqarolarning keng ishtirok etishi hususida. // - Toshkent. Fuqarolik jamiyati - Grajdanskoye obщyestvo -Civil society. - 2014. - № 3. - B.8.

5. Azizov X., Xayitov X., Yo'ldoshev A. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini tayyorlashning tashkiliy-huquqiy asoslari. / Mas'ul muharrir: prof. O.Xusanov. - Toshkent: DBA nashriyoti, 2019. - B. 50.

6. Черногор Н. Н., Залоило М. В. Совершенствование правового регулирования общественного обсуждения проектов нормативных актов //Право. Журнал Высшей школы экономики. - 2018. - №. 4. - С. 80.

7. O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 12 apreldagi "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi O'RQ-474-son Qonuni. // https://lex.uz/docs/3679092

8. Xayitov X.S. Qonun loyihalari jamoatchilik ekspertizasi - jamoatchilik nazoratining muhim shakli sifatida. Yuridik fanlar axborotnomasi. - Toshkent.

- 2017. №1. B.48.

9. Юлдошев А. Состояние и перспективы согласования актов законодательства с институтами гражданского общества в Узбекистане // Review of law sciences, vol. 3, no. Спецвыпуск, 2020. - C. 46.

10.Zulfiqorov Sh.X. Mamlakatimizda qonun loyihalarini tayyorlash va qonunlar ijrosini nazorat qilishda deputatlar hamda keng jamoatchilikning ishtiroki // Yuridik fanlar axborotnomasi. - 2020. - B. 24.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.