Научная статья на тему 'JAMIYATDA TINCHLIK BARQARORLIK MUHITI RIVOJLANISHIDA MILLIY-MADANIY MARKAZLARNING O‘RNI'

JAMIYATDA TINCHLIK BARQARORLIK MUHITI RIVOJLANISHIDA MILLIY-MADANIY MARKAZLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
11
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tinchlik / barqarorlik / jamiyat / millatlararo munosabatlar / barqarorlik / globallashuv / milliy-madaniy markazlar / urf-odatlar / millat / elat / qo‘mita

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Usanov Shuxrat Musurmonovich

Ushbu tadqiqot ishida jamiyatda tinchlik, barqarorlik, ahillik muhitini vujudga kelishi, Respublikamizda millatlararo munosabatlar, milliy-madaniy markazlarning jamiyatda barqarorlik muhitini vujudga kelishidagi ahamiyati, yoshlarni bag‘rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tarix, madaniyat, milliy an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga ahamiyati, yoshlar ongida vatanparvarlik, tolerantlik tushunchalari shakllanishiga ahamiyat qaratildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYATDA TINCHLIK BARQARORLIK MUHITI RIVOJLANISHIDA MILLIY-MADANIY MARKAZLARNING O‘RNI»

ARTICLE INFO

JAMIYATDA TINCHLIK BARQARORLIK MUHITI RIVOJLANISHIDA MILLIY-MADANIY MARKAZLARNING

O'RNI

Usanov Shuxrat Musurmonovich

TTATermiz filiali "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi assistenti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13943454

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10- Oktyabr 2024 yil Ma'qullandi: 15- Oktyabr 2024 yil Nashr qilindi: 17- Oktyabr 2024 yil

KEYWORDS

tinchlik, barqarorlik, jamiyat, millatlararo munosabatlar, barqarorlik, globallashuv, milliy-madaniy markazlar, urf-odatlar, millat, elat, qo'mita.

Ushbu tadqiqot ishida jamiyatda tinchlik, barqarorlik, ahillik muhitini vujudga kelishi, Respublikamizda millatlararo munosabatlar, milliy-madaniy

markazlarning jamiyatda barqarorlik muhitini vujudga kelishidagi ahamiyati, yoshlarni bag'rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tarix, madaniyat, milliy an'ana va urf-odatlarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga ahamiyati, yoshlar ongida vatanparvarlik, tolerantlik tushunchalari shakllanishiga ahamiyat qaratildi.

O'zbekiston Respublikasi o'zining boy tarixiga ega mamlakat hisoblanib kelgan. Mustaqillik yillarida jamiyatda do'stlik va ahillik, tinchlik va barqarorlik muhitini mustahkamlash ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, gumanitar va ma'naviy sohalarda islohotlarni izchil amalga oshirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishning muhim omili va zarur sharti sifatida qaratildi. Mustaqillik yillarida ushbu soha bo'yicha bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotda esa, jamiyat barqarorligi, tinchlik, bag'rikenglik, millatlararo munosabatlar sohasi bo'yicha hali ochilmagan ayrim ilmiy yangiliklar keltirilgan bo'lib bu sohaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy ishning ochib berilishida soha bo'yicha tatqiqotlar olib borgan Respublika va xalqaro miqyosdagi olimlarning ilmiy ishlari, arxiv ma'lumotlari, turli internet saytlarida sohaga tegishli berilgan ma'lumotlardan foydalanildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ushbu tadqiqotni yoritishda asosan oliy yuridik kuchga ega bo'lgan asosiy qonun hujjati O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, hukumat qarorlari, viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlari, millatlararo munosabat sohasiga tegishli bo'lgan internet saytlaridan olingan manbalar, Respublika va xorijda millatlararo munosabatlar sohasiga tegishli tadqiqotlar olib borgan olimlarning asarlari asos bo'lib xizmat qildi.

Tadqiqotni o'rganishda ma'lumotlarni o'zaro qiyoslash, chiqarilayotgan farmon va qarorlarni tahlil etishdan kelib chiqqan xulosalar, ma'lumotlarga xolislik bilan yondashuv orqali tadqiq etildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Hozirda davlatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila bo'lib yashamoqda. Ko'p millatli xalqimiz vatanimiz taraqqiyotiga o'z hissalarini jamiyatning barcha soha va

tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishga va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga o'z hissasini qo'shmoqdalar.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, hozirgi jahon globallashuv davrida ijtimoiy-gumanitar fan olimlari oldiga umumbashariy hamda milliy manfaatlarga xizmat qiluvchi mo'tadil ijtimoiy-siyosiy konsepsiyalarni nazariy jihatdan asoslash mas'uliyatini yuklamoqda.

Dunyo hamjamiyatida yuz berayotgan tub o'zgarishlarning mazmun mohiyatini anglashga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy yondashuv ma'naviy-amaliy voqelikning turli shakllari, masalan, ijtimoiy-etnik jarayonlarni o'rganish orqali ob'ektiv bilim shakllanishida faol ishtirok etadi.

Har qanday jamiyat barqarorligining taminlanishida milliy siyosat va millatlararo munosabatlarni tartibga solish va ularni ro'yobga chiqarish mexanizmi muhim omil sifatida qaraladi.

Mamlakatlar tinchligida tadqiqot predmetiga aylangan ayrim ajralib turuvchi jihatlar bo'ladi. Masalan, bizda ushbu omil sifatida milliy etnik muommolarning oldini olish, jamiyatda barqarorlik muhitiga erishish birinchi o'ringa qo'yiladi.

Shu ma'noda, millat va millatlararo munosabatlarga doir ilmiy konsepsiyaning nazariy asoslari va amaliy ma'no-mazmunini ifodalaydigan kategorial apparatni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 136 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan hamda ko'p millatli davlatlar qatoriga kiradigan O'zbekiston uchun millatlararo munosabatlarni takomillashtirish masalasi, mamlakatda tinchlik, barqarorlikni ta'minlash, fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim o'rin tutgani sababli davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi[5, -B. 7].

Jamiyatimizning ko'pmillatliligi millatlararo munosabatlar sohasida tegishli ilmiy-amaliy bilim va ko'nikmalarni talab qiladi. Qolaversa, hozirgi vaqtda dunyodagi har bir xalq, davlat, jamiyat, fuqaroning boshqa millat va elat vakillari bilan o'zaro munosabatlardagi alohida mas'uliyati millat xulq-atvorining normasiga aylanib bormoqda[5, -B. 7].

O'zbekistonda shakllangan ko'pmillatlilik xalqlar orasida bag'rikenglik tushunchasining keng quloch yozishiga olib keldi.

Bag'rikenglik tamoyilining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, hodisalarning tafovutlari, ziddiyatlari, farqlari haqida so'z borganda unga ehtiyoj paydo bo'ladi, Umuman, bag'rikenglik sabrlilik yoki befarqlik deb emas, turli madaniyat, din, antropologik toifalarda namoyon bo'ladigan xilma-xilliklarga hurmat va ehtirom bilan yondashish degan ma'noda talqin etiladigan bo'lib qoldi.

Hozirgi kunda butun dunyoda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish zarurati xalqaro miqyosda davlatlarning kuch-g'ayratini birlashtirishni talab qiladi. Shu yo'l bilangina tinchlik va inoqlikda yashash, o'zga madaniyat va diniy konfessiyaga, o'zga irqqa murosa muhitini yaratish, turli xalq va millatlarning hamjihatligiga erishish mumkin[6, -B. 5].

Mamlakatimizda shakllangan ayrim tushunchalarga to'xtalib o'tadigan bo'lsak.

Millatlararo bag'rikenglik—fuqarolik jamiyatining ijtimoiy normasi bo'lib, boshqa millat va elatlar vakillarining umuminsoniy qadriyatlarga zid bo'lmagan nuqtai nazarlariga, dinlari, urf-odatlari, an'analari va madaniyatiga nisbatan murosai madorada namoyon bo'ladi.

Millatlararo munosabatlar—mamlakat hududida istiqomat qiladigan millatlar va elatlar o'rtasidagi, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan munosabatlardir[1].

Yo'qorida berilgan atamalar mazmun mohiyatiga ko'ra mamlakatimizda tinchlik, barqarorlik, millatlararo totuvlik jihatlarining rivojlanganligini ko'rsatadi.

O'zbekistonda millatlararo munosabatlar jarayonida milliy-madaniy markazlar "xalq diplomatiyasi" mexanizmidan faol foydalangan holda tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do'stona munosabatlar va madaniy-ma'rifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlar bilan yaqin va o'zaro manfaatli munosabatlarni yo'lga qo'yishga salmoqli hissa qo'shmoqda.

Mamlakatda milliy-madaniy markazlar davlat tomonidan e'tirof etilmoqda. Jumladan: Mustaqillik yillarida milliy madaniy markazlarning 120 dan ortiq faoli davlat mukofotlariga sazovor bo'ldi, orden va medallar bilan taqdirlandi, jumladan, 14 nafariga "O'zbekiston Qahramoni" yuksak unvoni berildi.

Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 156 ta milliy-madaniy markaz, O'zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 do'stlik jamiyati faoliyati O'zbekistondagi barcha millatlar va elatlarning tarixi, madaniyati, ma'naviy qadriyatlari, an'ana hamda urf-odatlarini asrash va har tomonlama rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishda muhim o'rin tutadi[8].

O'zbekistonda ochiqlik siyosati qo'shni mamlakatlar bilan keng ko'lamli hamkorlik aloqalari 2016-2017-yillardan keyin yanada kengaydi.

Ayniqsa, qo'shni mamlakatlar bilan boshlangan keng ko'lamdagi ikki tomonlama hamkorliklar masalasi ancha ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi. Markaziy Osiyo xalqlari yagona makon va tarix, umumiy qadriyat va mushtarak turmush tarzi asosida shakllandi. "Bizning mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo'shnichilik rishtalari bog'lab turadi. Bizni tarix, din, umumiy madaniyat va an'analar birlashtiradi" - deb ta'kidlagan edi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev[4, -B. 264].

Milliy-madaniy markazlar faoliyati natijasida Markaziy Osiyo davlatlaridagi o'zbek millatiga mansub kishilar tomonidan tashkil etilib turli millatga mansub bir maqsad yo'lida faoliyat olib borayotgan ayrim birlashma va tashkilotlar bilan aloqlar o'rnatgan.

Jumladan: Markaziy Osiyo davlatlaridagi o'zbeklarning milliy uyushmalari «O'zbeklar jamiyati», So'g'd viloyati «O'zbek ma'naviyat va ma'rifat markazi» (Tojikiston), O'sh «O'zbeklar jamiyati», O'sh viloyati «O'zbek milliy-madaniy markazi» (Qirg'iziston), Qozog'iston Respublikasi o'zbeklarining "Do'stlik" hamjamiyati, O'zbek milliy-madaniy markazi (Turkmaniston) kabilarni misol qilish mumkin.

Ushbu markazlar tashabbusi bilan o'zbek tilidagi matbuot organlari «O'sh sadosi», «Jalolobod tongi» («Tong»), «Axborot», (Qirg'iziston), «Xalq so'zi», «So'g'd haqiqati», «Ma'naviyat», «Qadriyat» gazetalari va «Sharqnoma» jurnali (Tojikiston), «Do'stlik bayrog'i» (Turkmaniston), «Janubiy Qozog'iston», «Janubiy jarchilari» (Qozog'iston) gazetalari faoliyat olib bormoqda[7, - B. 7].

Ushbu berilgan xorijdagi markaz va uyushmalar ikki mamlakat o'rtasidagi aloqlarning yanada taraqqiy etishida juda katta ahamiyatga egadir.

2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinishi va amalga oshirilishi, biz yashayotgan bugungi davrning o'zi davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo'shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan

puxta o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o'rtasida o'zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishni taqozo etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017-yil 19-may kuni PF-5046 sonli farmoni[2] jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta'minlash, fuqarolar ongida katta, ko'p millatli yagona oilaga mansublik tuyg'usini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.

Xususan, Respublika baynalmilal madaniyat markazi va O'zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi negizida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu qo'mita zimmasiga jamiyatda millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni ta'minlash, tinchliksevar siyosatni, mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilgan yutuq va muvaffaqiyatlarni keng targ'ib qilish, xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, chet eldagi hamyurtlarimiz diasporasi bilan do'stlikni mustahkamlashga doir davlat siyosatini izchil amalga oshirish vazifasi yuklanadi.

Qo'mita millatlararo totuvlik, do'stlik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash, muvofiqlashtirish va rag'batlantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Shuningdek, milliy-madaniy markazlarga amaliy va metodik yordam ko'rsatadi, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi, millati, irqi va diniy e'tiqodidan qat'i nazar, fuqarolar ongida ko'p millatli yagona oila tuyg'usini mustahkamlash, "O'zbekiston — umumiy uyimiz" tamoyilini amalga oshirish choralarini ko'radi.

Yoshlarni bag'rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tarix, madaniyat, milliy an'ana va urf-odatlarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratiladi. Bu millatchilik va ekstremizm aqidalariga qarshi mafkuraviy immunitetga ega, mustaqillik g'oyalariga sodiq, O'zbekiston milliy manfaatlarini himoya qiladigan va ilgari suradigan ma'naviy barkamol avlodni shakllantirish imkonini beradi.

Qo'mitaga davlat organlarida milliy-madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlarining manfaatlarini himoya qilish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elat vakillarining o'ziga xos milliy an'analari, urf-odatlari va marosimlarini asrash va rivojlantirishga ko'maklashish vazifasi yuklangan.

Ushbu farmonda xorijiy mamlakatlar bilan do'stona munosabatlarni, chet eldagi hamyurtlarimiz va turdosh tashkilotlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash vazifalari belgilangan. Qo'mita mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy mamlakatlarning tashkilotlari va diplomatik vakolatxonalari, xorijiy davlatlarda faoliyat ko'rsatayotgan turdosh tashkilotlar bilan samimiy va o'zaro hurmatga asoslangan aloqalar o'rnatish hamda izchil rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tizimli amalga oshiradi.

Bu boradagi ishlar xalqaro hamjamiyatda respublikaning nufuzi va maqomini yanada yuksaltirish, O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish

borasida erishilgan yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan. Bu borada o'zbek xalqining boy tarixi, madaniyati, ma'naviy qadriyatlari va an'analari, shu zaminda tug'ilib o'sgan buyuk olim va mutafakkirlar merosi, ularning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasini keng namoyish etish bo'yicha tadbirlar o'tkaziladi.

Qo'mita o'zbek xalqining mamlakatimiz tashqarisidagi tarixiy va madaniy meros obyektlarini asrab-avaylashni ta'minlash maqsadida davlat va nodavlat tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilish masalasiga ham alohida e'tibor qaratadi.

Xorijiy mamlakatlar bilan millatlararo munosabatlar va do'stona aloqalarni yanada rivojlantirish va uyg'unlashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va olib borishda bevosita ishtirok etishga ko'maklashish Qo'mitaning ustuvor vazifalari sifatida belgilangan.

Farmonga muvofiq hududlarda millatlararo munosabatlarni rivojlantirish va xorijiy mamlakatlar bilan do'stona aloqalarni yo'lga qo'yish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.

Muxtasar aytganda, Farmon qoidalarining hayotga tatbiq etilishi mamlakatda millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, tinchlik va barqarorlikni ta'minlash bo'yicha yaxlit tizimni rivojlantirish, milliy madaniy markazlar uchun yanada qulay va keng imkoniyatlar yaratish, ularning bunyodkorlik tashabbuslari va intilishlarini qo'llab-quvvatlash, faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalarini yanada rivojlantirish, "xalq diplomatiyasi" vositasida chet eldagi vatandoshlar bilan munosabatlarni kengaytirishga xizmat qiladi[2].

Millatlararo munosabatlar sohasi keyingi yillarda muhim sohaga aylandi. O'zbekiston Respublikasi prezidenti "Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida'gi farmonni imzoladi.

Konsepsiyada millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiyyo'nalishlari etib belgilandi:

millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida O'zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish;

- millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an'analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida O'zbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qo'shimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;

- jamiyatda ko'p millatli katta oila his-tuyg'usini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari o'rtasida do'stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini ta'minlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik;

- millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida

xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan do'stona aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qo'llab-quvvatlash va xorijdagi o'zbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, O'zbekistonning jahon maydonidagi obro'-e'tibori va imidjini oshirish;

- O'zbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarni, ilg'or xorijiy tajribani e'tiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi tuzilmasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar, metodika va ekspertiza bo'limi o'rniga yuridik shaxs tuzmasdan, shtatdagi xodimlar soni 4 nafardan iborat Millatlararo munosabatlar bo'yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazini tashkil etish to'g'risidagi taklifga rozilik berildi.

Quyidagilar tashkil etilayotgan Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: millatlararo munosabatlar sohasida tizimli asosda ilmiy, shu jumladan, ijtimoiy tadqiqotlar, shuningdek, mazkur yo'nalishdagi jarayonlar rivojining monitoringini olib borish;

millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy maqolalar, kitoblar, ilmiy-tadqiqot materiallari, axborot-tahliliy sharhlar tayyorlash va e'lon qilish;

yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari, ma'ruzalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish;

millatlararo munosabatlar sohasidagi muammolarni o'rganish va ularni hal etishda xorijiy tajribani tahlil qilish hamda O'zbekiston sharoitida ana shu tajribadan foydalanish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda millatchilik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan mojaroli vaziyatlar va ixtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish, shuningdek, mazkur sohadagi xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo'yicha takliflar va tavsiyalar tayyorlash.

Yo'qorida keltirilgan farmon va konsepsiyada berilgan vazifalarning bajarilishida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan milliy-madaniy markazlarning ahamiyati kattadir. O'zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va do'stlik aloqalari qo'mitasi bergan manbalarga ko'ra birgina 2023-yilda respublikadagi milliy-madaniy markazlar tomonidan 15000 tadan ortiq tadbir o'tkazildi.

Qayd etilishicha, 2023-yilda yangi 3 ta milliy-madaniy markaz tashkil etildi. Milliy-madaniy markazlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash uchun davlat byudjetidan 20 mlrd. so'mga yaqin mablag' ajratish belgilangan.

Jamiyatda barqarorlik muhitining yanada rivojlanishida bugungi kunda Millatlararo munosabatlar sohasi bilan shug'ullanuvchi ushbu qo'mita mamlakatdagi 156 ta milliy madaniy markaz, 38 ta do'stlik jamiyati va xorijdagi 98 ta vatandoshlar jamiyati bilan hamkorlik qilmoqda.

2023 yilda jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash, xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini rivojlantirish va xorijdagi vatandoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan 1 ta qonun, 2 ta Prezident qarori, 18 ta hukumat qarori va farmoyishi loyihalari tayyorlangan[3].

Umuman olganda oqilona siyosat natijasida O'zbekistonda tele-radio ko'rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar14 tilda chop etilmoqda hamda

mamlakatimizdagi 10 mingdan ortiq umumta'lim maktablarining 1865 tasida ta'lim 6 tilda, yaniy qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qirg'iz, va qozoq tillarida olib borilmoqda[9, 4-b]. XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, jamiyat taraqqiyoti davomida turli davrlarda turlicha bosqichlarni bosib o'tadi. Jahon hamjamiyati globallashuv sharoitida turli millat xalqlari orasida tinchlikni ta'minlash uchun turli vositalardan foydalaniladi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda millatlararo munosabatlar, turli etnik guruhlar orasida tinchlik va barqarorligi uchun milliy-madaniy markazlar tomonidan samarali ishlar olib borildi. Umuman olganda, jamiyatimizda millatlararo munosabatlar, dinlararo bag'rikenglik va totuvlik jarayonlarida asosiy o'sish bu Yangi O'zbekiston sharoitida ahamiyatli bo'ldi. Mamlakatimizning xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari ayniqsa qo'shni mamlakatlar (Markaziy Osiyo davlatlari) bilan ijobiy munosabatlarning yo'lga qo'yilishida davlat siyosatining ahamiyati muhimdir.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 15.11.2019 yildagi PF-5876-son. https://lex.uz/docs/-4597662

2. "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017-yil 19-may kuni PF-5046 sonli farmoni. https://lex.uz/uz/docs/-3210345?ONDATE2=30.04.2021&action=compare

3.https://aniq.uz/uz/yangiliklar/2023-yilda-respublikadagi-milliy-madaniy0/o20markazlar-tomonidan-15000-tadan-ortiq-tadbir-utkazildi

4. MHp3HëeB ffl. MapKa3HH Ocuëga y3apo gycT^HK Ba x,aMKop.«HKHH TaiMHH^arn 6aprçapop pHBO^flaHHm Ka^o^aTHgup // Xa^^HMH3HHHr po3H^HrH 6H3HHHT ^ao^HHTHMH3ra 6epH^raH энг o^hh 6ax,og,Hp. 2-^H^g. - TomKeHT. "Y36eKHCTOH" HMMY, 2018. -E. 264.

5. Y36eKHCTOHga MH^aT^apapo MyHocaôaT^ap phbo^h: MOHorpa^un / 0. MycaeB. -TomKeHT: "Mcth^^o^ Hypu", 2016. - 7. 6.

6. O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik [Matn]: darslik / R. Murtazayeva. -Toshkent: «Go To Print», 2020. - 5 b.

7. Yo'ldoshev A.B. Markaziy Osiyo davlatlaridagi O'zbeklar: tarixiy tahlil (1991-2020.) O'zbekiston tarixi ixtisosligi bo'yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Buxoro 2022. - B 7.

8. https://interkomitet.uz/ - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi sayti.

9.Toshev.A.B O'zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikengik. Toshkent: "Tasvir", 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.