Научная статья на тему 'JAMIYATDA IJTIMOIY BARQARORLINI TA'MINLASHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING AYRIM DOLZARB MASALALARI'

JAMIYATDA IJTIMOIY BARQARORLINI TA'MINLASHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING AYRIM DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
632
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot / axborot texnologiyalari / axborot tizimi / ommaviy axborot vosiyalari / gazeta / jurnal / online axborot markazlari / electron nashrlar / ijtimoiy tarmoqlardagi axborotning tarqatilishi. / information / information technology / information system / mass media / newspapers / magazines / online information centers / electronic publications / dissemination of information on social networks.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sultonova, Aziza Rixsiboyevna

Ushbu maqolada ijtimoiy hayot sohalari rivojlanishida o’zining muhim o’rniga ega bo’lgan ommaviy axborot vositalari va ulardan foydalanishning zamonaviy dolzarb masalalari, ulardan foydalanishning innovatsion texnologiyalaridan foydalanishning o’ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqolada muallifning keng ilmiylika asoslangan fikr-mulohazalari keltirilgan. Tadqiqot ob’ektini mohiyatini ochishga xizmat qiladigan ilmiy manbalarga murojaat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ISSUES OF THE USE OF THE MEDIA TO ENSURE SOCIAL SUSTAINABILITY IN SOCIETY

This article analyzes the current issues of the media and their use, which play an important role in the development of social life, the specifics of the use of innovative technologies. In addition, the article presents the author's extensive scientific-based opinions. References are made to scientific sources that serve to reveal the nature of the research object.

Текст научной работы на тему «JAMIYATDA IJTIMOIY BARQARORLINI TA'MINLASHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING AYRIM DOLZARB MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JAMIYATDA IJTIMOIY BARQARORLINI TA'MINLASHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING AYRIM DOLZARB MASALALARI

Sultonova Aziza Rixsiboyevna

Toshkent moliya instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

[email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ijtimoiy hayot sohalari rivojlanishida o 'zining muhim o 'rniga ega bo'lgan ommaviy axborot vositalari va ulardan foydalanishning zamonaviy dolzarb masalalari, ulardan foydalanishning innovatsion texnologiyalaridan foydalanishning o'ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqolada muallifning keng ilmiylika asoslangan fikr-mulohazalari keltirilgan. Tadqiqot ob 'ektini mohiyatini ochishga xizmat qiladigan ilmiy manbalarga murojaat qilingan.

Kalit so'zlar: axborot, axborot texnologiyalari, axborot tizimi, ommaviy axborot vosiyalari, gazeta, jurnal, online axborot markazlari, electron nashrlar, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotning tarqatilishi.

SOME ISSUES OF THE USE OF THE MEDIA TO ENSURE SOCIAL SUSTAINABILITY IN SOCIETY

Sultonova Aziza Rixsivoevna-

Senior Lecturer, Department of Social Sciences, Tashkent Financial Institute.

[email protected]

ABSTRACT

This article analyzes the current issues of the media and their use, which play an important role in the development of social life, the specifics of the use of innovative technologies. In addition, the article presents the author's extensive scientific-based opinions. References are made to scientific sources that serve to reveal the nature of the research object.

Keywords: information, information technology, information system, mass media, newspapers, magazines, online information centers, electronic publications, dissemination of information on social networks.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СМИ ДЛЯ ОБЕСПЕЧЕНИЯ СОЦИАЛЬНОЙ УСТОЙЧИВОСТИ В ОБЩЕСТВЕ

Султонова Азиза Риксивоевна-

Старший преподаватель кафедры "Социальные науки" Ташкентского

финансового института. sultonova74 @mail. ru

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируются актуальные вопросы СМИ и их использования, которые играют важную роль в развитии общественной жизни, специфика использования инновационных технологий. Кроме того, в статье представлены обширные научно обоснованные взгляды автора. Делаются ссылки на научные источники, служащие раскрытию сущности объекта исследования.

Ключевые слова: информация, информационные технологии, информационная система, средства массовой информации, газеты, журналы, информационные интернет-центры, электронные издания, распространение информации в социальных сетях.

KIRISH

Bugungi globallashuv jarayonlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayot sohalarini rivojlantirib yangi bosqichga olib chiqilishi uchun asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda. Ushbu jarayonda insonning faolligini, uni daxldorlik hissini oshirish davrimizning muhim masalalaridan biridir. Bu jarayonda ko'plab omil, vositalarninig ta'siri mavjud bo'lib, ularning ichida ommaviy axborot vositalari asosiy o'rinda turadi. Zamonaviy davrda ommaviy axborot vositalari demokratik jamiyatning muhim tayanchiga aylanib bormoqda. Chunki, demokratiya - bu xalq hokimiyati . Xalq boshqaruvi uchun esa jamiyatni oynadek ko'rsatib turadigan, uni kamchiliklarini namoyish qilib, uni taraqqiyoti uchun zarur omillarni ko'rsatib berishi va insonni harakatga kelishiga undaydigan kuch lozimdir. Bu kuch ommaviy axborot vositalaridir. Ommaviy axborot vositalari ijtimoiy hayotning ajralmas bo'lagiga aylangan, jamiyatimiz hayotida o'z o'rni va ahamiyatiga ega bo'lgan soha bo'lib, u haqida fikr yuritishdan oldin unga ta'rif keltirish maqsadga muvofiqdir. Ommaviy axborot vositalari - bu gazeta, jurnal, televideniye, radio dasturlar, hujjatli filmlar, internet va boshqa nashr vositalari va ularning tarqatuvchilaridir. OAVdagi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yangiliklar o'quvchi va tinglovchiga qaratilgan bo'lib, ularning voqealikka munosabati va ijtimoiy siyosiy faoliyatini belgilovchi omil bo'lib xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Jamiyatda aholi va partiyalarning siyosiy faolligi, fuqarolik jamiyati institutlari roli, ommaviy axborot vositalarining ta'siri kun sayin oshib bormoqda"1. Ommaviy axborot vositalarining insonni ongi va tafakkurini o'zgarishida, hayot faoliyatini tashkil qilishida, ijtimoiy-siyosiy hayot, hamda, o'zligini anglash, vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim o'rni bor. OAVlarning ijtimoiy hayotdagi asosiy o'rni ularni fuqarolik mas'uliyatini milliy va umumbashariy yuqori darajada anglashga yordam berishi bilan bog'liqdir. Jamiyat a'zolari hozirgi globallashuvning yangi bir bosqichida ommaviy axborot vositalaridan voqealarni aniq yoritish, zamonaviy dunyodagi ijtimoiy o'zgarish va hodisalarni tahlil qilishni, jamiyatning dolzarb muammolarini hal qilish va jamoatchilik fikriga ta'sir o'tkazish kabi funksiyalarini rivojlantirishni kutmoqda.

Ommaviy axborot vositalarini ijtimoiy hayotimizdagi o'rnini quyidagi jihatlari belgilab beradi:

Birinchidan, ommaviy axborot vositalari insonlar bilim darajasini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Bugungi kunda bu vositalar jamiyat a'zolarini kundalik bilimlarni egallab borishida asosiy o'rinni egallaydi. Televideniye, radio, gazeta, jurnallar, internet nashrlari turli sohalarga ixtisoslashgan holda o'z auditoriyasiga ko'plab bilimlarni berib bormoqda. PAndemiya sharoitida esa online maktabninig televideniye orqali joriy qilinganligi ham uni insonni bilim olish jarayonidagi ahamiyatini ko'rsatib beradi.

Ikkinchida, ommaviy axborot vositalari insonlarni daxldorligini oshiruvchi jamiyatimizdagi yangiliklar bilan tanishtirib turadi. Bunda dunyo va mamlakatimizdagi yangiliklar insonlarni davrimizda bo'lib turgan voqealarga bo'lgan munosabatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Uchinchidan, ommaviy axborot vositalar bugungi kunda insonlarni o'z maqsad-muddaolarini, qarashlarini, takliflarini, tashabbuslarini davlat boshqaruvi organlariga yetkazib berish vositasiga aylanmoqda. Ya''ni, jamiyatimizda, boshqaruvda, ijtimoiy hayot sohalaridagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish mexanimzlari bo'yicha jamoatchilikni qarashlarini jamiyatda keng yoyishga va davlat organlarini bu bo'yicha bosh qotirishga chorlovchi bir instuitut sifatida namoyon bo'lmoqda.

1 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2021. -B.47.

207

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kidlaganidek, "Bundan buyon har bir davlat organi kundalik faoliyatida ommaviy axborot vositalari bilan yaqin muloqot va hamkorlikni yo'lga qo'yishi zarurligini yanada teranrok, anglab olishi shart"2. Ommaviy axborot vositalarini jamiyatimzdagi o'rnini huquqiy asosi sifatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasida "Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to'g'riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar"3 deb belgilangan. Mamlakatda OAVlarning doimiy faoliyati 2007-yil 16-yanvardagi "Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"4, 1997-yil 26-dekabrdagi "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida"5 gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari, hamda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son "Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"6gi, qarori, O'zbekiston Respubliaksi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabr "Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari ko'rsatishning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida"7gi 1017-son qarorlari va boshqa shu kabi normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinib boriladi.

Bugun davlat boshqaruvi sohasida ijtimoiy hayot sohalarini rivojlantirishda unda shaxsni o'rnini oshirishga, insonni manfaatlariga xizmat qiladigan boshqaruv tizimini tashkil qilishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish jarayonida ommaviy axborot vositalarini ham o'z xissasini qo'shishiga barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilib berilmoqda. Bu jarayonlarda ommaviy axborot vositalariga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar bilan birga ularga turli mas'uliyatlar ham yuklatiladi. Masalan, ommaviy axborot vositalari bugungi kunda har qanday ijtimoiy voqealikni real va holis yoritishi kerak. Chunki bugun, axborot manbalari xilma-xil bo'lib borayotgan, insonlarni ishonchi va e'tibori uchun raqobat ketayotgan, internet tarmoqlari orqali turli noma'lum manbalardan tarqatilayotgan axborotlarni insonlar tomonidan qabul qilib olinishi jarayonida xolislik, shaffoflik va reallik muhim ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Shunigdek, ommaviy axborot vositalari insonlarni voqealikka bo'lgan to'g'ri pozitsiyasi shakllantirish, fuqarolik

2 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2021. -B.118.

3 O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik bazasi. https://lex.uz/docs/-20596?0NDATE=09.02.2021%2001

4 O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik bazasi. https://lex.uz/docs/-1106870

5 O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik bazasi. https://lex.uz/docs/-1106870

6 O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik bazasi. https://lex.uz/docs/-4390513

7O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik bazasi. https://www.lex.uz/ru/docs/-4655428

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jamiyatini yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi. OAVlar jamiyatda illatlarni oldini olishga qodir kuchdir. Masalan, ichkilik, giyohvandlik, ma'muriy jinoiy huquqbuzarliklar, oilalar ajrimlari, urush-janjallar va h.k. Bularni oldini olishda ommaviy axborot vositalari real hayotdan bu balolarga ruju qo'yish insonni taqdirini qanday yakunga olib borishni ko'rsatadi va bu voqealardan ibrat olib yashashga undaydi.

Ommaviy axborot sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlar, ularning sifati, mehnat faoliyatining samaradorligi ham bu sohani rivojlanishiga xizmat qialdi. Ommaviy axborot vositalari doirasida faoliyat yuritadigan jurnalist turli xil manbalardan ma'lumot olishi va insonlarni ongiga foydali, dolzarb, ishonchli ma'lumotlarni yetkazib berishi mumkin. Shuningdek, ular ma'lumotlarning to'g'riligi va ishonchliligini bilishi kerak, agar ma'lumot qonunga xilof bo'lsa, uni rad etishi, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilishi kerak. U yoki bu qonunbuzarlik uchun jurnalist jinoiy va boshqa jazolarga tortiladi

Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy hayotimizdagi ahamiyatli jihatlaridan yana biri bu ularning aholi, ayniqsa, yoshalr ongi va tafakkuriga halollik, vijdon, ishonch va eng yuqori insoniy qadriyatlarning ustuvorligini singdirishi va tabaqalanish va kamsitishlardan farqli o'laroq ifoda etilgan siyosiy madaniyatni shakllantirishda muhim omil bo'lib xizmat qilishi lozim.

Xulosa qilib aytganda bugungi kunda ommaviy axborot vositalari jamiyatining rivojlanishida muhim o'rin egallaydi. Shaxsni ma'naviy yetuk inson bo'lib tarbiyalashda, ma'rifatli jamiyat a'zosi qilib shakllantirishda o'rni katta. Shuningdek, bu soha axborotni jamiyatga tez, sifatli, ishonchli holatda yetkazish bo'yicha ma'suliyat yuklatilgan soha hisoblanadi. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, bugungi jahon sivilizatsiyasi axborot , uni tarqatilishi, uni insonga ta'siri orqali davr o'zgarishlarini amalga oshirishga qaratilgan bir davrda yashayotgan inson hayotida axborot birlamchi omil bo'lib xizmat qiladi. Jamiyat taraqqiyoti esa kelajakda bu omilni mohiyatini anglab insonni faoliyatida uni o'rnidan yetarli darajada foydalana olish bilan bog'liq bo'lib boradi.

REFERENCES

1. Mnp3HëeB ffl. BywK Kena^araMH3HH Mapg Ba onH®;aHo6 xanKHMH3 6nnaH 6npra KypaMH3. - TomKeffr: Y30eKHCTOH, 2017. - 488 6.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Мирзиёев Ш.М. Танкидий тахлил, катъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - хар бир рахбар фаолиятининг кундалик коидаси булиши керак. -Тошкент: Узбекистон 2017.

3. Мирзиёев Ш. Миллий тараккиёт йулимизни катъият билан давом эттириб, янги боскичга кутарамиз. Асарлар. И-жилд. - Тошкент: Узбекистон, НМИУ, 2017. - 592 б.

4. Каримов И.А. Биз келажагимизни уз кулимиз билан курамиз. 7 - жилд. -Тошкент: Узбекистон, 1999. - 410 б.

5. Sapaev V. O, The actuality of improvement in rural social standard of living in Uzbekistan // Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2020. - Т. 2. - №. 11. - С. 147-151. https://uzjournals.edu.uz/namdu/vol2/iss11/24/

6. Sardor K., Valisher S. INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA //Academic research in educational sciences. - 2020. - №. 4. https://cyberleninka.ru/article/n7inson-ongi-milliy-goya-tizimi-elementi-sifatida

7. Sapaev V., Madrakhimov A. The transformation of social conciousness and intelligence of rural population on social life of Uzbekistan //Norwegian Journal of Development of the International Science. - 2020. - №. 39-4. - С. 54-56. https://cyberleninka.ru/article/n7the-transformation-of-social-conciousness-and-intelligence-of-rural-population-on-social-life-of-uzbekistan

8. Sardor, Kutlimurodov, and Sapayev Valisher. "INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA." Academic research in educational sciences 4 (2020). httpsV/cyberleninka.ru/article/n/inson-ongi-milliy-goya-tizimi-elementi-

9. Sapayev, V. O. O. G. L. (2022). ONG-TAFAKKURNING O 'ZGARISHI MEXANIZMLARINING IJTIMOIY HAYOT RIVOJIGA TA'SIRI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 323-327.

sifatida

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.