Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
ONG-TAFAKKURNING O'ZGARISHI MEXANIZMLARINING
IJTIMOIY HAYOT RIVOJIGA TA'SIRI
Sapayev Valisher Odilbek o'g'li-
Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola inson ongi va tafakkuri o'zgarishi mexanizmlarining ijtimoiy hayot sohalariga ta'siri, shakllari va unga ta'sir qiluvchi omillar tahliliga bag 'ishlangan.
Kalit so'zlar: g'oya, milliy g'oya, tizim, ijtimoiy hayot, jamiyat, yangi islohatlar, mustaqil taraqqiyot, milliy tiklanish.
THE EFFECT OF SOCIAL LIFE DEVELOPMENT OF MECHANISMS OF CHANGE OF CONSCIOUSNESS
Sapaev Valisher Odilbek ugli-
Independent researcher of Urgench state university [email protected]
ABSTRACT
This article is devoted to the analysis of the forms of influence of the mechanisms of change of human consciousness and thinking on the spheres of social life and the factors influencing it.
Keywords: idea, national idea, system, social life, society, new reforms, independent development, national revival.
ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ ЖИЗНИ НА РАЗВИТИЕ МЕХАНИЗМОВ
ИЗМЕНЕНИЯ СОЗНАНИЯ
АННОТАЦИЯ
Данная статья посвящена анализу форм влияния механизмов изменения сознания и мышления человека на сферы общественной жизни и факторов, влияющих на нее.
Ключевые слова: идея, национальная идея, система, общественная жизнь, общество, новые реформы, самостоятельное развитие, национальное возрождение.
Scientific Journal Impact Factor
KIRISH
Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohalarini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan masala bo'lib, bu ish milliy g'oya maqsadlari, tamoyillari asosida olib borilmoqda. Bunda, O'zbekistion tarixida yangi davrni boshlab bergan voqea -Harakatlar strategiyasi qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, unda inson ongi va tafakkurini o'zgarishi va ijtimoiy hayot sohalarining rivoji kabi jamiyat hayotining muhim masalalari hamohanglik kasb etganini ko'ramiz. Aynan, ijtimoiy taraqqiyot - islohotlarning insonlar tomonidan qanday idrok etilayotganligiga ham bog'liqligi, insonlar islohotlarni yangi davr kishisi sifatida anglab olayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Inson ongi va tafakkuri davr ruhini aks etgan holda o'zgarib borsa, mamlakatning rivojlanishida tub o'zgarishlar, barqarorlikni ta'minlash choralari ko'riladi va o'zgargan ong yangicha tafakkur egalari ijtimoiy barqarorlikka salbiy ta'sir etuvchi omillarni darrov idrok etib oladi va ui bartaraf eta oladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bugungi kunda islohotlarni amalga oshirishda yangilangan ong va tafakkur muhim omilga aylanmoqda. Ong va tafakkur tazyiqdan g'ayriinsoniy g'oyalardan ozod bo'lmasa, u to'la ozod va erkin bo'lolmasligi ham inson ongini o'zgarishini ehtiyojga aylantirmoqda. Yangi O'zbekistonni qurish davri ham birinchi ongni yangi dunyoqarashni shakllanishi bilan bog'liq. Prezidemtimiz xalqimiz ongidagi chuqur o'zgarishlar sodir bo'lganini inobatga olgan holda «Yangi O'zbekiston- yangicha dunyoqarash» ni «Uchinchi renessans»ni poydevorlarini qo'yishga e'tibor qaratmoqda. Bu tashabbuslar ham ong o'zgarganligi va ijtimoiy taraqqiyotga intilishni natijasisir. Yana, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Besh tashabbus» loyihasi ham o'zgarayotgan ong va tafakkur orqali anglab yetiladigan chuqur ma'no-mazmunga ega. Chunki, davr ruhiga mos o'ylay oadigan, insonni barkamol bo'lishi hayotda o'z o'rnini topishmasalasini birinchi o'rinda farzandiga qo'yadigan ota-onalar bu loyihalarni mohiyatini chuqur anglay oladi. Endilikda yoshlar ham har tomonlama yetuk bo'lish uchun sportda, ilmda, informasion texnologiyalarda, san'atda kasb-hunarda yetuk bo'lish kerakligini anglab olmoqda va islohotlarga yaxshi javob bermoqda.
Mustaqillikni mustahkamlash o'tkazayotgan islohotolarimizdan ko'zlangan maqsad, muddaolarni anglab yetish va ongli ravishda insonlarning harakat qilishi bu insonning ongi va tafakkuri mustaqilligi va erkiligiga bog'liq.
Scientific Journal Impact Factor
Ijtimoiy hayotdagi rivojlanish o'zgarishlar, eng avvalo, inson salohiyati, ongi va tafakkuridagi o'zgarishlar jarayonining hosilasdidir. Bugun hayotning o'zi uning rivojlanishi, o'zgarishi, taraqqiyotga erishishi inson ongi va tafakkuridagi o'zgarishlarga bog'liq ekanligini ko'rsatib turibdi. Inson ongi va tafakkurini o'zgarishi bir tomonidan mustabid tizim qoliplari asosida sayozlikda qolgan ong va tafakkurni rivojlanitirish ehtiyoji bo'lsa, ikkinchidan ongning umuman o'zgarishi rivojlanib boradigan ijtimoiy tushuncha ekanligi keltirib chiqardi.
Inson o'z tafakkurini qaytadan qo'rmasa, ongini o'zgartirmasa u butun hayoti davomida ijtimoiy hayotning mazmunini bilmasligi jamiyatning g'oyaviy asoslari nimalarga qaratilganini jamiyat hayotidagi prinsiplarning ahamiyatini bir umr anglay olmay o'tadi. «Inson fikrlaydi, lekin u xar kun, xar doim xar xil fikrlaydi. Uning bugungi fikri ertaga to'g'ri kelmasligi mumkin. Chunki, ertangi kun talabi, extiyojlari yangi. Uni anglash, idrok etish unga yangicha kuz bilan karash, yondashish orkali uni xal etishi kerak. Agar ertangi kunga xam kechagi tafakkur kuzi bilan karasa, u xayot talabi»[1]. Chindan ham, ijtimoiy taraqqiyotning sir ham mana shunda. Buning siri ham bugungi davrda bugunning ko'zi bilan qarashlikdadir. Bugun ijtimoiy hayot sohalarida yangicha qarashlar va mezonlar asosida ishlar olib borilmoqda. Insonlardan ham ijtimoiy hayot sohalariga yangicha qarashni hayot talab etmoqda.
NATIJA VA TAHLILLAR
«Taraqqiyot borliqning eng umumiy xossalaridan biri bo'lib, u predmetning yangi sifat holatiga o'tishida tarkibi va strukturasining xossalari aloqalarni va munosabatlarning o'zgarishida va shu kabilarda o'z ifodasini topadi»[2]. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ta'kidlaganidek, «Biz O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bunga, faqat, jadal islohotlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz»[3]. Aynan, mana shu sanalganlarni milliy g'oya targ'iboti tizimiga ham tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ijtimoiy hayot sohalarii zamon talablari asosida tashkil qilishi ijtimoy rivojlanishi omilidir. Yuksak insoniy qadriyatlar, inson omilini hamma narsadan ustun qo'yishi va ilm-fan, innovatsiyalarni shunga xizmat qildirish lozimdir.
«Xar kanday inson, tabiiyki, murod-maksadsiz yashay olmaydi. Binobarin, toki,xayot mavjud ekan, mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan, ular o'z tarakkiyot yulini, ertangi kun ufklarini, uzining milliy g'oyasi, milliy mafkurasi orkali belgilab olishga intiladi»[4]. Ijtimoiy hayotni barqarorligiga bu ikki tushuncha : ong va tafakkur bab-barobar ta'sir ko'rsatadi. Ularning muhimliigi bo'yicha ajratish to'g'ri bo'lmaydi. Inson ongining o'zgarishi o'z navbatida jamiyatimiizda
Scientific Journal Impact Factor
o'zgarishlarga sabab bo'luvchi bunyodkor g'oyalarni hayotga tadbiq etuvchi muhim kuchdir. Harakatlar strategiyasida demokratik jamiyat qurishdagi islohotlarda insonni faolligini oshirish bo'yicha yangi va muhim vazifalar belgilab berildi. Insonning qalbiga quloq solish dardini eshitish muammolarni yechishda ushbu belgilandan tamoyillar esa dasturulamal bo'lmoqda.
Milliy g'oya tizim sifatida barqaror faoliyat olib borishi xalqning ezgu maqsadalri yo'lidan olib boradigan tizimga aylanishi uchun «... xaqiqat mafkuraning birdan-bir ozuqa mezoniga aylanishi lozim"[5]."Inson taraqqiy etmasa jamiyat taraqqiy etmaydi» deydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. Inson ongi va tafakkuri o'zgarishi va taraqqiy topishi uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo'lib, unda kishilarning erishgan moddiy va madaniy merosi o'z aksini topgan. Tarixiy taraqqiyot jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, g'oyaviy-mafkuraviy rivojlanishi bilan uzviy bog'liq holda yuz beradi.
Inson ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda uni o'zgartirish muhim ahamiyatga ega. Ongni o'zgarishini jamiyatimizda bozor iqtisodiyotinn asosiy tamoyillarin tadbirkorlik tanlash huquqi, udddaburoblk, tashabbuskorlik, tavakkalchilik zaruriyatga aylantirmoqda. Mustaqillik natijasida amalga oshayotgan inson ongi va tafakkuri o'zgarishi jarayoni o'z-o'zidan vujudga keladigan jarayon emas, balki, tub o'zgarishlar davrining boshlanganligi tufayli mafkuraviy ta'sirlardan holi bo'lgan, milliylik kasb etgan yangi erkin tafakkur va ongni shakllanishi jarayonidir. Birinchi Prezident Islom Karimov aytganidek : «Yuksak maqsadlarga erishishning hal qiluvchi omili bu-hech shubhasiz mamlakatimiz aholisining ongu tafakkuri va dunyoqarashida yuz berayotgan o'zgarishlar»[6]dir. Bu o'zgarishlar orqali inson taraqqiy ettirilmasa jamiyatni taraqqiy etishi qiyin kechadi. Inson ongi va tafakkuri haqida fikrimizni davom ettirib shuni alohida ta'kidlash lozimki, mustaqillik sh aroitida jamiyatimizda inson ongi va tafakkurida avvalgi passivlik fonidan keskin o'zgarishlar tomon yuz burdi. Insonlarda turli hususiyatlar demokratik ongnin rivojlanishi bilan shakllanib bormoqda. Jamiyatning rivojlanishi inson ongi va tafakkurining o'zgarishiga bog'liqligi to'g'risida turli qarash va yondashuvlar mavjud. Agar inson ongi va tafakkuri bevosita insonning hayotini o'zgarishiga ta'sir qilsa, demak o'zida jamiyatdagi ob'ektiv zaruratni ifodalagan bo'ladi. Ya'ni inson hayotini o'zgarishi inson ongining o'zgarishi birlamchi bosqich bo'lib xizmat qiladi. Inson ongi va tafakkurini o'zgarishi uchun eng avvalo fuqarolik jamiyati mustaqil institutlari bo'lgan siyosiy partiyalar kasaba uyushmalari turli maqsadlardagi volontyorlik
Scientific Journal Impact Factor
tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining mustaqil faoliyatini tashkil etishimizga bog'liqdir.
Demak, O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida jamiyatimiz hayotidagi tub sifat o'zgarishlar inson ongi va tafakkurida ham o'zgarishlarni vujudga keltiradi. Insonning ongi va tafakkuri o'zgarayotgan hozirgi davrda inson o'zgarishlarni ilg'ab olish uchun milliy g'oya mezon sifatida xizmat qiladi. Milliy g'oya faqat bilim sifatida inson ongi va tafakkurida qolishi emas, balki, insonni harakatga keltiruvchi vosita bo'lishi lozim. Hozirgi globallashuv sharoitlari inson ongi va tafakkurida tizimli shiddatli o'zgarishlar kechishini lozimligini ko'rsatmoqda. Milliy g'oya uchun esa ong va tafakkurdagi o'zgarishlar o'z istiqbolini belgilashdagi indikator bo'lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Ergashev I. Siyosat falsafasi, - Toshkent: 2004, Akademiya, -B.15.
2. Falsafa qomusiy lug'at, - Toshkent: Sharq, 2004. -B.311.
3. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari, 4-jild, - Toshkent: O'zbekiston, 2020. -B.10.
4. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi buyuk kelajakka ishonchdir. 8-jild, T., O'zbekiston., 2000, -B.490.
5. Karimov I.A. XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Asarlar, 6-jild. - Toshkent: O'zbekiston, 1998
6. Karimov I.A. Mamlakatimizni yanada obod yetish va moderinizatsiya qilishni qat'iyat bilan davom ettirish yo'lida. 21-jild - Toshkent: O'zbekiston, 2013. -B.93.
XULOSA